COT (ingl. Commitments of Traders) hisobotlari Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiya (ingl. Commodity Futures Trading Commission, CFTC) tomonidan e’lon qilinadi. Ushbu hisobotlar fyuchers bozoridagi vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olsa-da, ulardan olingan xulosalarni bazaviy aktiv bozoriga ham qo‘llash mumkin.
Izohlash va tahlil qilishning nisbatan soddaligi tufayli ushbu instrument Foreks treydingida ajralmas yordamchiga aylanishi mumkin. Foreks COT hisobotlari trendga ergashishga asoslangan savdo strategiyalari asosida ishlashga, shuningdek, qo‘shimcha ravishda fundamental tahlilni qo‘llagan holda bozor qayrilishlarini ancha aniq prognoz qilishga imkon beradi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Asosiy faktlar
- COT hisobotlari Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiya tomonidan juma kunlari e’lon qilinadi va o‘tgan haftadagi ma’lumotlarni aks ettiradi.
- Foreks COT ma’lumotlaridan foydalanish bepul. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotlarni izohlash jarayonini soddalashtiradigan ko‘plab COT resurslari va indikatorlari mavjud.
- COT hisobotlarida bozor ishtirokchilarining uchta toifasi ajratilgan: notijorat, tijorat va hisobot beruvchi bo‘lmagan shaxslar.
- Foreks COT hisobotlarini tahlil qilish orqali joriy tendensiyani tasdiqlash yoki uning yo‘nalishida savdo signallarini topish mumkin.
- Masalan, ushbu ma’lumotlar yordamida bozorning eng yuqori yoki eng past nuqtasini prognoz qilish mumkin, shundan so‘ng korreksiya yoki global trendning o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Bu qayrilish ishga tushishi uchun savdo signalidir.
Foreks savdosida COT hisoboti nima?
Moliya bozorlaridagi muvaffaqiyatli savdoning tarkibiy qismlaridan biri - bu axborotdir. Boshqa manbalar qatorida, treyder uni turli nashrlardan ham olishi mumkin. Ular bozor kayfiyati haqida tasavvur berishi, bu esa o‘z navbatida asosli qarorlar qabul qilishga yordam berishi mumkin. COT hisobotlarini ham shunday nashrlar qatoriga kiritish mumkin.
Xo‘sh, COT o‘zi nima? COT qisqartmasi Commitments of Traders yoki “treyderlarning majburiyatlari” degan ma’noni anglatadi. Foreks COT hisoboti — bu Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyaning (CFTC) har haftalik hisobotidir. U fyuchers bozorida turli toifadagi treyderlar egallagan pozitsiyalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Foreks COT ma’lumotlari seshanba kungi savdo sessiyasi yopilishida yig‘iladi va juma kuni kechqurun e’lon qilinadi. CFTC shaffoflik tamoyiliga qat’iy rioya qiladi va hisobotlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi.
COT, Net Positions, Reportable Positions nima ekanligi va Commitments of Traders hisobotini qanday o‘qish haqida keyinroq batafsil so‘z yuritamiz.
COT hisobotlaridagi ishtirokchilar toifalari
Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiya bozorning barcha ishtirokchilarini uchta asosiy guruhga ajratadi:
- Tijoriy treyderlar. Ularning asosiy faoliyati biznes yuritish bilan bog‘liq bo‘lib, ular foydani valyuta kursi yoki tovar narxining ehtimoliy o‘zgarishlaridan himoya qilish maqsadida fyucherslarda xedjirlash operatsiyalarini amalga oshiradi.
- Notijoriy treyderlar. Ular institutsional treyderlar sifatida ham tanilgan. Ular tovarning o‘zini sotib olish yoki yetkazib olishdan manfaatdor emas va aktiv narxining harakatiga ta’sir o‘tkazib, bundan foyda ko‘rish uchun valyuta fyucherslari hamda boshqa instrumentlar bilan katta hajmlarda ishlaydi.
- Hisobotga kirmaydiganlar (Non-Reportable). Bu guruhga xususiy spekulyantlar kiradi.
Treyderni eng ko‘p dastlabki ikki guruh qiziqtiradi.
Tijoriy treyderlar va xedjerlar (spekulyantlar)
Tijoriy treyderlar — tovarni ishlab chiqarish, merchandayzing, qayta ishlash, bevosita ishlatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardir. Bu ishtirokchilar fyuchers bozorlaridan asosan xedjirlash maqsadida foydalanadi va mavjud ma’lumotlarga tayangan holda tavakkalchiliklarni kamaytirishga intiladi.
Guruch yetishtiruvchi noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgan taqdirda o‘z hosili narxining o‘zgarishidan sug‘urtalanish uchun fyuchers kontraktlaridan foydalanishi mumkin. U guruch fyucherslarini sotib, kelajakdagi sotuv narxini xedjirlaydi. Kelajakda guruch narxi pasaysa ham, yetishtiruvchi baribir birjadagi fyuchers kontraktlarida kelishilgan summani oladi, ya’ni fyuchers pozitsiyasidan olingan foyda mahsulotni arzonroq sotishdan keladigan yo‘qotishni qoplashga yordam beradi.
Notijoriy treyderlar
Notijorat treyderlar sirasiga moliya muassasalari, xedj-fondlar, mustaqil treyderlar kiradi. Ular, shuningdek, yirik spekulyantlar yoki institutsional investorlar deb ham ataladi. Tijoriy treyderlaridan farqli o‘laroq, spekulyantlar risklarni xedjlashga emas, balki narxlar o‘zgarishidan pul ishlashga intiladi. Ularning daromadi — bu muvaffaqiyatli savdo operatsiyalaridan, jumladan, valyuta fyucherslaridan olingan foydadir.
Xedj-fond kelgusi qishda kutilayotgan sovuq havo tufayli Yevropada gaz narxi ko‘tarilishini kutmoqda. Shu sababli u ICE birjasida TTF gaz fyuchersi bo‘yicha uzun pozitsiyani egallaydi. Agar prognoz tasdiqlansa va gaz narxi oshsa, fond savdo signali asosida foyda ko‘radi.
Kichik spekulyantlar
Kichik spekulyantlar (yoki hisobot bermaydigan treyderlar) fyuchers bozorlarining ajralmas qismidir. Ular depozitlari va operatsiyalari hajmi yirik spekulyantlar guruhiga qo‘shish uchun juda kichik bo‘lgan bozor ishtirokchilaridir. Ular muhim ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi ehtimoli katta.
COT hisoboti ma’lumotlarini qanday o‘qish va tahlil qilish kerak?
COT Foreks hisobotlari fyuchers bozorlaridagi turli ishtirokchilarning pozitsiyalari va bozor kayfiyati to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar savdo pozitsiyalari, bozor kayfiyati hamda trendning davom etishi yoki yo‘nalishini o‘zgartirishi ehtimoli haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Ushbu ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun COT hisobotini qanday o‘qishni bilish lozim. Avvalo, samarali COT tahlili uch bosqichli jarayon ekanini tushunib olish kerak.
Commitments of Traders hisobotlarini olish
COT hisobotlarini ikki xil usulda olish mumkin:
- Rasmiy saytdan.“Market Data & Economic Analysis”, so‘ngra “Commitments of Traders” bo‘limini toping. Hisobot turini (“Legacy”, “Supplemental”, “Desaggregated” yoki “TFF”) hamda qisqa yoki to‘liq formatni tanlang. Sizni qiziqtirgan bozor, tovar yoki valyuta fyuchersini tanlang.
- Yangiliklar va treyderlar platformalaridan. Masalan, Bloomberg, Reuters, TradingView (hisobotlarni vizualizatsiya qiluvchi ko‘plab COT texnik indikatorlari), FinViz, BarChart,Tradingster.
Ma’lumotlar talqini
Har bir COT Foreks hisobotida turli toifadagi treyderlar egallagan pozitsiyalar haqida tasavvur beruvchi bir nechta asosiy ustun mavjud. Xo‘sh, COT hisobotini qanday o‘qish kerak? E’tibor qaratish lozim bo‘lgan bir nechta jihat bor:
- Uzun pozitsiyalar — shaxslar kelajakda tovarni sotib olish majburiyatini olgan kontraktlar soni.
- Qisqa pozitsiyalar — shaxslar kelajakda tovarni sotish majburiyatini olgan kontraktlar soni.
- O‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarishlar — hafta davomida ochiq uzun va qisqa pozitsiyalar soni qanday o‘zgargani.
- Ochiq kontraktlar soni (Open Interest) — tovar bo‘yicha hali yopilmagan yoki bajarilmagan fyuchers kontraktlarining umumiy soni. Boshqacha aytganda, treyderlar tomonidan bozorda ushlab turilgan kontraktlar soni.
Hisobot talqini
COT Foreks hisobotini yuklab olganimizdan keyin bozor kayfiyati haqida biror xulosa chiqarishga hali erta. Avvalo, COT hisobotini to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish kerak.
Tijoriy treyderlarning (kommersantlar) asosiy vazifasi — savdo pozitsiyasini kelajakdagi narx tebranishlaridan xedjirlash (himoyalash) hisoblanadi. Buning uchun ular ko‘pincha fyuchers bozoridan foydalanadilar. Tijoriy treyderlar birlamchi bo‘g‘in bo‘lgani uchun ayni paytda tovar yoki valyuta fyuchersi narxi bilan nima sodir bo‘layotgani haqidagi ma’lumotga aynan ular ega bo‘ladi. Masalan, hosil hajmining kamayishi, neft qazib olish hajmining kamayishi va hokazolar haqida. Binobarin, o‘z mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida ular uchun trendga qarshi pozitsiyalarni ochish foydalidir.
Yirik spekulyantlar esa puxta tahlil o‘tkazib, aktiv narxining o‘sishi yoki tushishidan daromad qilishga intiladi. Bu toifa ko‘pincha oddiy treyder qo‘li yetmaydigan ma’lumotlarga, turli insaydlarga ega bo‘ladi va ulkan resurslarga egaligi sababli joriy vaziyatni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushunadi. Shunday ekan, agar ularning uzun pozitsiyalari hajmi ortsa, bu o‘sish trendi davom etishi mumkinligiga ishora qiladi, ammo buni kafolatlamaydi. Va aksincha.
Kichik spekulyantlar kam ma’lumotga ega bo‘ladi, shoshilib ish ko‘radi va shu sababli ko‘pincha trendga qarshi pozitsiyalar ochadi. Statistikaga ko‘ra, ularning trend tahlili eng kam samara beradi. Agar kichik spekulyantlar pozitsiyalarining hajmi biror yo‘nalishda ayniqsa yuqori bo‘lsa, katta ehtimol bilan qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilish kerak. Foreks-treyding omma fikriga qarshi yuritilishi lozim.
Mulohazamizni Foreks savdosiga oid COT hisobotining aniq tahlili asosida davom ettiramiz.
Yirik spekulyantlar (uzun pozitsiyalar) | Yirik spekulyantlar (qisqa pozitsiyalar) | Kommersantlar (uzun pozitsiyalar) | Kommersantlar (qisqa pozitsiyalar) | Ochiq kontraktlar soni (open Interest) |
249 778 (9 910 ga o‘sish) | 143 313 (4 973 ga o‘sish) | 535 680 (8 428 ga pasayish) | 693 151 (3 226 ga pasayish) | 955 091 (6 149 ga pasayish) |
Hisobotdan ko‘rinib turibdiki, institutsional treyderlarning long pozitsiyalari soni short pozitsiyalardan ancha ko‘p. Spekulyantlar esa, biz aniqlaganimizdek, ko‘pincha trendni qo‘llab-quvvatlaydi va unga ergashadi.
Tijoriy treyderlar asosan qisqa pozitsiyalarni egallab, o‘sishga qarshi xedjirlanadi va trendga qarshi ishlaydi. Ochiq kontraktlar soni yuqori va o‘tgan hisobotdan beri jiddiy o‘zgarmagan.
Shuningdek, yirik spekulyantlarning uzun pozitsiyalari sonidagi o‘sish qisqa pozitsiyalar sonidagi o‘sishdan sezilarli darajada yuqori ekani ko‘rinib turibdi. Tijoriy treyderlarning long pozitsiyalaridagi pasayish short pozitsiyalardagi pasayishdan ancha yuqori.
Ushbu ma’lumotlardan qanday xulosalar chiqarish mumkin:
- Yirik spekulyantlar yevro bo‘yicha yuqorilovchi trend davom etishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega, shu sababli ular uzun pozitsiyalarni ko‘paytirmoqda va ularni short pozitsiyalarga qaraganda ancha ko‘proq ushlab turibdi.
- Tijoriy treyderlar buning aksini qiladi: asosan qisqa pozitsiyalarni egallab, asosiy trendga qarshi xedjirlanadi. Long pozitsiyalarning Short pozitsiyalarga nisbatan qisqarishi bu taxminlarni faqat kuchaytiradi.
- Ochiq kontraktlar soni yuqori va bir hafta ichida deyarli o‘zgarmagan.
- COT foreks hisobotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘rta muddatli istiqbolda yevro fyuchersi narxining yuqorilovchi harakati davom etishi ehtimoli yuqori.
COT indikatori yordamidagi savdo strategiyalari
Biz “Commitment of Traders” (Treyderlar majburiyatlari) hisobotini o‘qishni o‘rgandik, endi ushbu ma’lumotlar asosida qanday qilib daromadli strategiya tuzishni aniqlashtirib olaylik. COT hisobotlari asosida bir nechta uzoq muddatli savdo strategiyalarini ishlab chiqish mumkin. Foreks treydingidagi aksariyat strategiyalar singari, ular ham trend bo‘yicha yoki unga qarshi ishlashni nazarda tutadi.
COT indikatori yordamida trendni tasdiqlash
Xo‘sh, COT hisobotini qanday to‘g‘ri o‘qish kerak? Keling, COT hisobotlari asosidagi savdo strategiyasi tavsifiga o‘tamiz.
Vaziyatni 2024-yil boshidagi oltin (GC) fyuchersi misolida ko‘rib chiqaylik. Bozor ishtirokchilariga ma’lumotni qabul qilishga yordam beradigan instrumentlar ro‘yxatiga kiruvchi COT hisobotlari indikatori chizilgan instrument grafikini ochamiz.
8-yanvardan 12-fevralgacha bo‘lgan davrda notijorat treyderlarning uzun pozitsiyalari soni asta-sekin kamayib bordi (yashil chiziq asta-sekin pasaydi). 12-fevraldan 4-martgacha ularning soni deyarli o‘zgarishsiz qoldi. 4-martdan esa xaridlar faol ravishda o‘sa boshladi (yashil chiziq yuqoriga ko‘tarildi). Bu oltin narxining yuqorilovchi trendi tiklanayotganidan darak berishi mumkin.
Tijoriy treyderlarning harakatlarini tahlil qilib, taxminimizni tekshiramiz. Tijorat tuzilmalari asosan fyucherslarda o‘z pozitsiyalarini xedjlagani uchun yuqorilovchi trendni tasdiqlash maqsadida ularning qisqa pozitsiyalari ko‘payganini ko‘rishimiz kerak. 12-fevraldan 4-martgacha bo‘lgan davrda ularning qisqa pozitsiyalari soni kamaydi (COT indikatorining qizil chizig‘i ko‘tarildi), biroq 4-martdan boshlab yangi qisqa pozitsiyalar ochila boshladi (qizil chiziq yana pastlay boshladi).
COT hisoboti tahlili va unga asoslangan savdo strategiyasi spekulyantlarda “buqa” (narx oshishini kutayotganini) kayfiyati, tijorat treyderlarida esa “ayiq” (narx tushishini kutayotganini) kayfiyati ustun ekanligini ko‘rsatdi. Ularning harakatlari buni tasdiqlaydi, demak, sotib olish bo'yicha uzoq muddatli pozitsiyalarni ochish vaqti keldi, degan xulosaga kelish mumkin. Keyinchalik, yuqoriga yo‘nalgan harakat kuchayib, 2024-yil 28-oktyabrgacha davom etdi.
Bozorning ehtimoliy qayrilish nuqtalarini aniqlash
Hamma bozorning eng yuqori yoki eng past nuqtasini ushlab qolishni istaydi, shunday emasmi? Buning uchun bozor kon’yunkturasidagi keskin o‘zgarishni o‘z vaqtida payqay olish kerak. Masalan, agar narx o‘sayotgan bo‘lsa-yu, spekulyantlarning uzun pozitsiyalari soni kamayayotgan bo‘lsa, bu narxning o‘sish harakati yaqin orada tugashidan dalolat berishi mumkin.
Keling, 2021-yilgi tabiiy gaz (NG) fyuchersi grafigiga nazar tashlaymiz.
5-apreldan 30-avgustgacha spekulyantlarning uzun pozitsiyalari soni muttasil o‘sib bordi, narx ham ko‘tarildi. Biroq 30-avgustdan 4-oktyabrgacha spekulyantlar uzun pozitsiyalarni keskin qisqartira boshladi. Narx esa bu vaqtda yangi cho‘qqilarni zabt etishda davom etdi. Bu yerda nimadir noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi? Balki, biz cho‘qqini ko‘rayotgandirmiz, undan so‘ng esa ehtimol pasayish boshlanadi.
Buni tasdiqlash uchun xedjerlarning qisqa pozitsiyalari qisqarayotganini ko‘rishimiz kerak. COT indikatori shuni ko‘rsatmoqdaki, 30-avgust kuni ekstremal qiymatlarga erishilgach, xedjerlarning qisqa pozitsiyalari soni kamaya boshlagan (indikatorning yashil chizig‘i yuqoriga ko‘tarila boshlagan). Keyinchalik, xedjerlar qisqa pozitsiyalarning 30-avgustdagi minimumidan ham o‘ta olmadilar.
Tabriklaymiz, savdo strategiyamiz yordamida narx qayrilishini aniqladik. Sotish pozitsiyasini ochish mumkin. Narx oktyabr oyida 6.466 darajasidagi eng yuqori nuqtaga yetganidan so‘ng, 3 oydan kamroq vaqt ichida 47% ga pasaydi.
Xulosa
COT hisobotlari o‘rta va uzoq muddatli treyding doirasida fyuchers bozorini tahlil qilish uchun kuchli instrumentdir. Yirik treyderlarning xarid qilish va sotish pozitsiyalari sonidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali joriy trendni tasdiqlash hamda uning to‘xtashi yoki qayrilishii alomatlarini topish mumkin.
COT hisobotlariga asoslangan savdoning o‘zi mukammal va mustaqil savdo tizimi emas. Hisobotlar faqat bozor va global trendlar haqida umumiy tasavvur berishini doim yodda tutish lozim. Pozitsiyaga kirish uchun aniq bir nuqtani topishda indikatorlar va texnik tahlilning boshqa instrumentlaridan foydalanish kerak.
Treydingda COT hisobotlari haqida ko‘p beriladigan savollar
“Commitments of Traders” hisoboti odatda har juma kuni AQSH sharqiy vaqti bilan soat 15:30 da e’lon qilinadi. Birja ma’lumotlari treyderlarning o‘tgan seshanba holatiga ko‘ra treyderlarning seshanba kuni holatidagi ochiq pozitsiyalarini aks ettiradi.
COT hisobotidan qisqa muddatli savdoda foydalanish mumkin, lekin faqat bozor kayfiyatini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha indikator sifatida. Hisobot kechikish bilan chiqqani sababli, u o‘rta muddatli tendensiyalarni baholash uchun ko‘proq mos keladi. Kunlik savdo (intraday) va skalping uchun uning samaradorligi cheklangan — bu yerda texnik va fundamental tahlil talab qilinadi.
COT hisobotlari haftada bir marta, har juma kuni e’lon qilinadi, ammo ulardagi ma’lumotlar treyderlarning aynan o‘sha hafta seshanba kuni holatidagi ochiq pozitsiyalarini aks ettiradi. Kechikishga qaramay, hisobot uzoq muddatli tahlil uchun juda foydalidir.
Ha, treyderlarning pozitsiyalari to‘g‘risidagi hisobotlardan barcha foydalanuvchilar bepul foydalanishi mumkin. Bu Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyaning (CFTC) rasmiy saytida e’lon qilinadigan ochiq ma’lumotdir. Shuningdek, ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri grafikda va ancha tushunarli tarzda taqdim etadigan bepul manbalar ham mavjud.
Tijoriy treyderlar — bular biznesni narx o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlardan himoya qilish uchun fyucherslardan foydalanadigan xedjerlar, yirik kompaniyalar va ishlab chiqaruvchilardir. Notijoriy treyderlar esa foyda ko‘rish maqsadida bitimlar ochadigan spekulyantlar va fondlardir. Ularning harakatlari bozor kutishlari va kayfiyatini yaqqolroq aks ettiradi.
COT ma’lumotlaridagi kechikish CFTC tomonidan hisobotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tekshirish jarayoni sababli yuzaga keladi. Birjalar ishtirokchilar statistikasini kechikish bilan uzatadi, shundan so‘ng regulyator ma’lumotlarni umumlashtirib, e’lon qiladi. Shu sababli, hisobotning o‘zi juma kuni e’lon qilinsa-da, undagi ma’lumotlar seshanba kunidagi holatni aks ettiradi.
COT foreks bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar Chikago tovar birjasida (CME) savdo qilinadigan asosiy valyuta fyucherslari: EUR, GBP, JPY, CHF, AUD, CAD, NZD uchun mavjud. Shunga muvofiq, bu ma’lumotlar EURUSD, GBPUSD, USDJPY, USDCHF, AUDUSD, USDCAD, NZDUSD juftliklariga ham tegishlidir. Aynan shu fyucherslar bo‘yicha hajm va pozitsiyalar bozordagi holatni eng to‘liq aks ettiradi.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.
















