Kompaniyaning rasmiy tili - ingliz tili. Kompaniya faoliyatining eng to'liq tavsifi bilan tanishish uchun saytning ingliz tilidagi versiyasiga murojaat qilishingizni so'raymiz. Ma'lumotninig ingliz tilidan boshqa tillarga tarjimasi, faqat tanishib chiqish uchun mo'ljallangan va yuridik kuchga ega emas, kompaniya boshqa tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Iltimos, ushbu «Ma'lumotdan foydalanish bo'yicha litsenziya shartnomasi» bilan tanishib chiqing. Ushbu Veb-saytga (keyingi o’rinlarda - “Sayt" deb ataladi) kirish, uning sahifalarini koʻrish va veb-saytdan foydalanish orqali siz ushbu foydalanish shartlariga rioya qilishga rozilik bildirasiz va ular siz uchun qonuniy ravishda majburiy ekanligini tan olasiz. Iltimos, ushbu foydalanish shartlarini diqqat bilan oʻqing. Agar siz ushbu foydalanish shartlariga rozi boʻlmasangiz, veb-saytni tark etishingiz soʻraladi. Kompaniya istalgan vaqtda oʻz xohishiga koʻra ushbu foydalanish shartlarini qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish, toʻldirish va (yoki) ulardan ma’lum qismini olib qoʻyish huquqiga ega. Siz ushbu ma'lumotlarni muntazam ravishda kuzatib borish majburiyatini o'z zimmangizga olasiz va ushbu Saytdan foydalanishingiz fakti, Shartnomaga kiritilgan barcha o'zgartirishlarni qabul qilishingizni va ularga rozi ekanligingizni tasdiqlaydi.
1. Asosiy qoidalar
1.1. Ushbu Litsenziya Shartnomasi (keyingi o’rinlarda «Shartnoma» deb ataladi) LiteFinance Global LLC kompaniyasi, hamda u rasmiy vakil sifatida taqdim etuvchi Affillangan Hamkorlari (keyingi o’rinlarda «Kompaniya» deb ataladi) va jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o’rinlarda «Mijoz» deb ataladi) o'rtasida imzolanmoqda. Ushbu Shartnoma Kompaniya tomonidan o'z Mijozlariga har qanday (shu jumladan moliyaviy, axborot va boshqa) xizmatlarni taqdim etish maqsadida ommaviy e'lon qilingan hujjatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
1.2. Kompaniya xizmatlarini tanlash yoki Kompaniya bilan boshqa har qanday usulda o'zaro munosabatda bo’lish bilan, Mijoz barcha ommaga e'lon qilingan hujjatlarning barcha shartlari va qoidalariga to'liq rozi ekanligini bildiradi. Agar Mijoz Kompaniya tomonidan ommaga e'lon qilingan hujjatlarning biron bir qoidasiga (bo’limiga) rozi bo'lmasa, u darhol Kompaniya bilan har qanday huquqiy munosabatlarni to'xtatishi shart (ya'ni, agar Mijoz taqdim etilgan ma'lumotdan foydalanish shartlariga rozi bo'lmasa va hokazo).
1.3. Kompaniya xizmatlarini tanlash yoki Kompaniya bilan boshqa har qanday usulda o'zaro munosabatda bo’lish bilan, Mijoz barcha ommaga e'lon qilingan hujjatlarning barcha shartlari va qoidalariga to'liq rozi ekanligini bildiradi. Agar Mijoz Kompaniya tomonidan ommaga e'lon qilingan hujjatlarning biron bir qoidasiga (bo’limiga) rozi bo'lmasa, u darhol Kompaniya bilan har qanday huquqiy munosabatlarni to'xtatishi shart (ya'ni, agar Mijoz taqdim etilgan ma'lumotdan foydalanish shartlariga rozi bo'lmasa va hokazo).
1.4. Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq, yuqorida ko'rsatilgan manzilda joylashgan Kompaniya Saytidan yoki Kompaniya savdo serveridan ma'lumot olib, ushbu ma'lumotdan har qanday tarzda foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar ma'lumot foydalanuvchilari deb tan olinadi.
1.5. Ushbu Shartnoma Kompaniyaning havola bo’yicha mavjud rasmiy veb-saytida joylashtirilgan har qanday turdagi va formatdagi axborot materiallari uzatilganda, ko'chirilganda yoki translyatsiya qilinganda yoki har qanday boshqa usulda nashr etilganda (ya'ni: kompaniyaga yoki uning sho'ba hamkorlaridan biriga tegishli boshqa internet-saytlarda chop etilgan ma'lumotlar, mijoz terminallari orqali translyatsiya qilinadigan iqtisodiy yangiliklar va boshqalar) ishtirok etuvchi tomonlar (kompaniya, mijozlar, uchinchi shaxslar) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
1.6. Quyida keltirilgan turdagi ma'lumotlarga boshqa qoidalar, shuningdek, yuridik va jamoatchilik hujjatlarining boshqa normalari qo'llaniladi:
1.6.1 Kompaniya logotipi ro'yxatdan o'tkazilgan Tovar belgisi bo'lib, tegishli qonunchilik, xususan, Xalqaro Tovar Belgilari to'g'risidagi Qonun bilan himoyalangan;
1.6.2 Makroiqtisodiy yangiliklar (yangiliklar xulosalari) Kompaniyaning eksklyuziv mulki hisoblanmaydi va Dow Jones Company Inc. (AQSh) tomonidan litsenziya asosida olingan bo'lib, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk qonunlari bilan himoyalangan;
1.6.3 Kompaniya Saytida uchinchi shaxslar tomonidan nashr etiladigan materiallar mualliflar mamlakatlari va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar qonunchiligi bilan himoyalangan;
1.6.4 Kompaniya tomonidan (uning nomidan) Kompaniya Saytida nashr etilgan materiallarning mualliflik huquqlari xalqaro qonunchilik bilan himoyalangan.
2. Ushbu shartnomada ishlatiladigan asosiy atamalar
2.1. Ushbu Shartnomada quyidagi asosiy terminlar va ta'riflar qo'llaniladi (agar ushbu Shartnoma bo’yicha boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa):
2.1.1 Kompaniya Sayti – internetga ulanadigan va so'rov bo'yicha ma'lumot taqdim eta oladigan dasturiy va apparatli ta'minot tizimidir. Kompaniya Saytidan ma'lumot olish uchun Mijozdan (ma'lumot foydalanuvchisidan) oldindan avtorizatsiya qilishi talab etilishi mumkin. Ushbu Shartnoma qoidalari avtorizatsiyasiz ochiq kanallar orqali uzatiladigan ma'lumotlarga ham, muvaffaqiyatli avtorizatsiya qilinganida yopiq kanallar orqali uzatiladigan ma'lumotlarga ham tegishlidir.
2.1.2 Kompaniya savdo serveri – internetga ulangan va muvaffaqiyatli avtorizatsiya qilingan holda ma'lum miqdordagi ma'lumotlarni taqdim eta oladigan dasturiy va apparatli ta'minot tizimidir. Xususan, ma'lumotlar moliyaviy instrumentlar kotirovkalari va iqtisodiy yangiliklarni o'z ichiga olishi mumkin.
2.1.3 Foydalanuvchining ma'lumot olish jarayoni – Kompaniya serveri (yoki boshqa uzatuvchi qurilma yoki tizim)dan Mijozning apparat ta'minoti yordamida (agar u internet yoki boshqa axborot kanallariga ulangan bo'lsa) ma'lumot olish jarayoniga tegishlidir. Qattiq tashuvchilarda tarqatilgan (takrorlangan) ma'lumotni olish holatlarida, ushbu jarayon(lar) ma'lumotni olish, o'qish va tushunish bilan bog'liq.
2.1.4 Kompaniya savdo serveri – internetga ulangan va muvaffaqiyatli avtorizatsiya qilingan holda ma'lum miqdordagi ma'lumotlarni taqdim eta oladigan dasturiy va apparatli ta'minot tizimidir. Xususan, ma'lumotlar moliyaviy instrumentlar kotirovkalari va iqtisodiy yangiliklarni o'z ichiga olishi mumkin.
2.1.5 Ma'lumotdan foydalanish – Mijozning kompyuterida o'rnatilgan dasturiy ta'minotdan (mijoz terminali, brauzer va hokazo) foydalanib, ma'lumotlarni ko'rish yoki ularni boshqa tashuvchilarga ko'chirish, nusxalash yoki uzatish imkoniyatini anglatadi. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga har qanday usulda uzatish ham ma'lumotdan foydalanish deb hisoblanadi.
3. Mijozlarning huquq va majburiyatlari
3.1. Mijoz, Kompaniya Saytida chop etilgan yoki har qanday boshqa usulda ulashilgan ma'lumotdan foydalanishda, quyidagi majburiyatlarga ega:
3.1.1. Ro'yxatdan o'tishda to'liq, ishonchli, aktual shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish (ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan chegaralarda). Ma'lumotlar o'zgarganda (manzil, familiya, telefon raqami yoki boshqa shaxsiy ro'yxatdan o’tish ma'lumotlari o'zgarganda), Mijoz o'z anketasiga tegishli o'zgartirishlarni ma'lum muddat ichida kiritishi shart. Mijoz ma'lumotlar o'zgartirilganligi haqida Kompaniya Saytidagi aloqa shakli orqali kerakli bo'lim bilan bog'lanib, Kompaniya xodimiga xabar berishi mumkin.
3.1.2 Mijoz uchinchi shaxslar nomidan saytga ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega emas, hatto agar uchinchi shaxslar Mijozga buni amalga oshirishga ruxsat bergan bo'lsa ham. Har bir shaxs saytga mustaqil ravishda ro'yxatdan o'tishi shart.
3.1.3 Mijoz, Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan har qanday xizmatga kirish (avtorizatsiya) uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarning (parollar, loginlar, identifikatsiya raqamlari va boshqalar) xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'rishi shart.
3.1.4 Mijoz mualliflik huquqi va intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi xalqaro va milliy qonunchilik normalariga rioya qilishi shart.
3.1.5 Mijoz Kompaniya Saytining normal faoliyatiga, shuningdek, uning alohida funksiyalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi yoki ularning ishini to'xtatishi mumkin bo'lgan harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega emas. Mijoz tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni yoki uchinchi shaxslarga tegishli ma'lumotlarni avtomatik ravishda yig'ish, shuningdek, avtomatik ro'yxatdan o'tish taqiqlanadi. Mijoz Saytda yoki Kompaniya savdo serverida ularning ishini buzish va/yoki boshqa foydalanuvchilar uchun ularga normal kirishni to'sish maqsadida foydasiz ma'lumotlarni joylashtirish huquqiga ega emas.
3.1.6 Mijoz, amaldagi qonunchilik va Kompaniyaning ommaviy hujjatlariga muvofiq, o'z hisobidan amalga oshiriladigan har qanday noqonuniy harakatlar uchun to'liq va yakka holda javobgarlikni o'z zimmasiga oladi, shu jumladan, Kompaniyaga zarar yoki yo'qotish keltiradigan harakatlar (ya'ni: Mijoz o'z hisobida amalga oshiriladigan har qanday noqonuniy (yoki Kompaniyaning jamoat hujjatlariga mos kelmaydigan) harakatlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi).
3.1.7 Mijoz, Kompaniya Saytida uchinchi shaxslarning sha'ni va qadr-qimmatiga tahdid qiluvchi, ularni discreditatsiyalovchi yoki haqorat qiluvchi, irqiy, diniy yoki etnik diskriminatsiyani targ'ib qiluvchi, yoki inson huquqlarini, fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita buzadigan har qanday ma'lumotni (xususan, har qanday shaklda (formatda) e'lon qilingan ma'lumot, shu jumladan, loginlar (psevdonimlar), suhbat mazmuni va boshqalar) joylashtirish yoki boshqa usulda (shu jumladan, noqonuniy) chop qilishga imkon beruvchi servislardan foydalanish huquqiga ega emas.
3.2. Dow Jones & Company Inc. (AQSh) litsenziyasiga muvofiq kompaniya tomonidan efirga uzatiladigan iqtisodiy yangiliklarga nisbatan, mijoz quyidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi:
3.2.1 Amaldagi qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqi va intellektual mulki xavfsizligiga rioya qilish..
3.2.2 Yangiliklarni saqlamaslik, ko'chirmaslik, ko'paytirmaslik, tarqatmaslik, aloqa kanallari orqali yoki boshqa usulda uzatmaslik, nashr qilmaslik, yangiliklar asosida o'z ma'lumotlarini yaratmaslik, efirda uzatmaslik, aylantirmaslik va tiraj qilmaslik.
3.2.3 Yangiliklardan faqat shaxsiy maqsadlarda, axborot manbai sifatida yoki o'z ixtiyoriga ko'ra iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish uchun asos sifatida foydalanish.
3.2.4 Tijorat maqsadlarida foydalanmaslik, sotmaslik, mukofot evaziga o’qish imkoni bermaslik.
3.3.Kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlardan foydalanishda Mijozning huquqlari:
3.3.1 O'z ehtiyojlari uchun va o'z xohishiga ko'ra, kompaniya tomonidan saytda chop etilgan yoki mijoz terminali yoki boshqa kanallar orqali uzatiladigan har qanday ma'lumotni mustaqil ravishda tanlash.
3.3.2 Ushbu Shartnomani buzmaydigan chegaralar doirasida, shaxsiy maqsadlarda har qanday ma'lumotdan foydalanish
4. Kompaniyaning huquq va majburiyatlari
4.1. Mijozlarga har qanday yo'l bilan va har qanday kanal orqali ma'lumot berish yoki erkin foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlarni nashr etish bilan Kompaniya quyidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi:
4.1.1 Joylashtirilgan ma'lumotlarning dolzarb, aniq, to'liq, o'z vaqtida va foydali bo'lishi uchun barcha choralarni ko'rish.
4.1.2 Ommaviy mavjud bo'lgan ma'lumotlarning hajmini, tuzilishini va sifatini yoki vaqti-vaqti bilan himoyalangan aloqa kanallari orqali uzatiladigan ma'lumotlarni tartibga solish, birinchi navbatda, Mijozlar manfaatlarini hisobga olish.
4.2. Mijozlarga har qanday usulda va har qanday kanal orqali ma'lumot berish yoki erkin foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlarni nashr etishda Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
4.2.1 O'z xohishiga ko'ra har qanday ma'lumotlarning tuzilishi va sifatini tartibga solish, qo'shimchalar kiritish, o'zgartirish.
4.2.2. Kompaniya veb-saytida taqdim etilgan xizmatlarni yaratish yoki o'chirish, ushbu xizmatlarga kirish huquqini o'z xohishiga ko'ra cheklash.
4.2.3. Ommaviy axborot vositalarini (ommaviy kanallar orqali) yoki maxfiy ma'lumotlarni (avtorizatsiya bilan xavfsiz aloqa kanallari orqali) taqdim etish to'g'risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish.
4.2.4 Taqdim etilgan ma'lumotlarning narxi va kompaniyaning veb-saytida joylashgan har qanday xizmatga kirish huquqi (obuna) to'g'risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish. Xususan, Kompaniya ma'lumot yoki xizmatdan foydalanganlik uchun qo'shimcha haq olish huquqiga ega.
5. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Kompaniyaning rasmiy Sayti, shu jumladan kompaniya Saytida ishlatiladigan barcha dasturiy ta'minot (grafik, audio, video va matn tarkibi) faqat mavjud shaklda foydalanish uchun taqdim etilgan. Kompaniya Sayt yoki uning xizmatlari foydalanuvchilarning o'ziga xos maqsadlari uchun foydalanilganda, alohida foydalanuvchilar yoki foydalanuvchilar guruhlarining o'ziga xos g'oyalari yoki umidlarini qondirishiga kafolat bermaydi. Kompaniya Sayt va/yoki alohida xizmatlardan foydalangan holda har qanday (kutilgan, taxmin qilingan yoki mumkin bo'lgan) natijalarga erishish mumkinligi haqida kafolat bermaydi.
5.2. Dow Jones & Company Inc. (AQSh) tomonidan litsenziyalangan iqtisodiy yangiliklar translyatsiyasiga kelsak, na kompaniya, na qonuniy egasi ma'lumotlarning to'liq, aniq, muntazam ekanligiga kafolat bera olmaydi va yuqorida aytib o'tilgan ma'lumotlardan foydalanish yoki foydalanmaslik yoki noto'g'ri foydalanish bilan bog'liq har qanday yo'qotish yoki zararlar uchun (hatto ular bunday potentsial yo'qotish yoki zarar mavjudligi haqida bilsalar ham) javobgar emas.
5.3. Kompaniya tomonidan nashr etilgan yoki aloqa kanallari orqali uzatiladigan tahliliy, jurnalistik yoki ta'limiy ommaviy ma'lumotlarning to'g'riligiga kelsak, kompaniya (ma'lumotlarning mualliflik huquqi egasi kim bo'lishidan qat'i nazar) hech qanday (bevosita va bilvosita/taxmin qilingan) kafolat bermaydi.
5.4. Tomonlar ushbu shartnoma bilan tartibga solinadigan munosabatlarni o'rnatishda amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo'ladilar.
6. O'zgartirishlar va qo'shimchalar
6.1. Kompaniya ushbu Shartnomaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqiga ega. Xususan, bu ushbu Shartnomaning joriy tahririda to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita tavsiflanmagan holatlar yuzaga kelganda yoki tegishli o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritishni talab qiladigan qonun ustuvorligi yuzaga kelgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
6.2. O'zgartirish va/yoki qo'shimcha kiritish tartibi:
6.2.1 O'zgartirishlar va/yoki qo'shimchalar kiritilgan taqdirda, Kompaniya Mijozlarga tegishli e'lonni Kompaniyaning rasmiy Saytiga joylashtirish va ichki pochta bilan tarqatish orqali xabar beradi.
6.2.2 Tegishli e'lonni kompaniya Saytiga joylashtirilishi va ichki pochta bilan yuborilish fakti, Mijoz tegishli matn bilan tanishganmi yoki e'tiborsiz qoldirganmi bunday qati' nazar, Mijoz kiritilgan o'zgartirishlar va/yoki qo'shimchalar to'g'risida ogohlantirilgan deb hisoblanadi.
6.2.3 O'zgartirilgan va/yoki to'ldirilgan hujjat, xabarnomaning Kompaniya Saytida e'lon qilinganidan keyin 5 (besh) to'liq astronomik sutkadan (bir yuz yigirma soat) so'ng kuchga kiradi. Belgilangan muddat tugashidan oldin ushbu Shartnoma ma'lumot (tavsiya) sifatida qabul qilinishi kerak.
6.2.4 O'zgartirilgan va/yoki to'ldirilgan hujjatning amal qilishi u kuchga kirgandan so'ng ro'yxatdan o'tgan barcha hisoblarga nisbatan qo'llaniladi (ushbu hisob egasining ilgari ro'yxatdan o'tgan boshqa hisoblarga ega bo'lishidan qat'iy nazar). O'zgartirilgan va/yoki to'ldirilgan hujjat e'lon qilinishidan oldin ro'yxatdan o'tgan savdo hisoblari uchun ushbu o'zgartirish va/yoki qo'shimchalar kuchga kirgandan so'ng qo'llaniladi.
6.2.5 Agar ushbu Shartnomaga tegishli o'zgartirish va/yoki qo'shimchani kiritishni talab qiladigan norma qonunchilik yo'li bilan kiritilgan bo'lsa, u holda ushbu Shartnomaga kerakli o'zgartirish va/yoki qo'shimchalar kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat'i nazar, tegishli normativ hujjat qonuniy kuchga kirgandan so'ng darhol qo'llanilishi lozim. Ushbu Shartnomaning yangi kiritilgan normaga zid bo'lgan qoidalari, ko'rsatilgan hujjatga tegishli o'zgartirish va/yoki qo'shimcha kiritilgunga qadar o'z kuchini yo'qotgan sanaladi.
7. Yakuniy qoidalar
7.1. Kompaniya, Mijozlarga to'g'ri axborot yetkazib berishni va axborot xizmatlaridan foydalanishni uzluksiz va o'z vaqtida ta'minlashni o'zining sha'niy masalasi deb hisoblaydi. Biroq, Kompaniya vakolatlaridan tashqari holatlar yuzaga kelganda, ushbu vazifalarni bajarish ilojsiz yoki murakkab bo'lishi mumkin.
7.2. Ushbu Shartnoma doirasida yuzaga keladigan barcha nizolar amaldagi qonunchilik va Kompaniyaning ommaviy hujjatlari asosida kelishuvlar yoki da'volar orqali hal qilinishi lozim.
8. Mijoz tomonidan shartlarning qabul qilinishi
8.1. Men Kompaniya tomonidan ochiq e'lon qilingan barcha hujjatlarning barcha qoidalariga (bandlariga, bo'limlariga) qo'shilaman, Kompaniyaning har qanday xizmatlaridan foydalanish davri mobaynida men ushbu qoidalarga rioya qilaman va agar ularga rozi bo'lmasam, darhol kompaniya xizmatlaridan foydalanishni to'xtataman.