Diqqat qiling:
Sizning mamlakatingiz "Amerika Qo‘shma Shtatlari" deb belgilangan
LiteFinance Global LLC sizning mamlakatingizda brokerlik xizmatlarini ko'rsatmaydi.
https://litefinance.uz veb-saytida qolish bilan, barcha dasturlar va xizmatlar sizga faqat ma'lumot berish maqsadida va ro'yxatdan o'tishni taklif qilmagan holda taqdim etilayotganligini tasdiqlaysiz.
LiteFinance Global LLC saytida qolish
Kompaniyaning rasmiy tili - ingliz tili. Kompaniya faoliyatining eng to'liq tavsifi bilan tanishish uchun saytning ingliz tilidagi versiyasiga murojaat qilishingizni so'raymiz. Ma'lumotninig ingliz tilidan boshqa tillarga tarjimasi, faqat tanishib chiqish uchun mo'ljallangan va yuridik kuchga ega emas, kompaniya boshqa tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Ushbu qisqa ogohlantirish "Mijoz shartnomasi" ga qo'shimcha bo'lib, xorijiy valyuta va derivativlar bilan o'tkaziladigan operatsiyalarning barcha xavf-xatarlari va boshqa muhim jihatlarini eslatib o'tish uchun mo'ljallanmagan.Xatarlarni hisobga olgan holda, agar siz tuzayotgan shartnomalarning mohiyatini, ushbu shartnomalar kontekstida bunday munosabatlarning huquqiy jihatlarini to'g'risida yoki o'zingizning risk darajangizni bilmasangiz, yuqorida aytib o'tilgan mahsulotlar bilan operatsiyalarni amalga oshirmasligingiz kerak. Valyuta va derivativlar bilan bog'liq operatsiyalar yuqori xavf bilan bog'liq va ko'p odamlar uchun mos kelmasligi mumkin. O'zingizning tajribangiz, maqsadlaringiz, moliyaviy resurslaringiz va boshqa muhim omillarni hisobga olgan holda, bunday operatsiyalarning o'zingiz uchun maqbulligini diqqat bilan baholashingiz kerak.
1.1 1. Kredit yelkadan foydalangan holda savdo qilish, potentsial foydani ko'paytirishi mumkin, ammo bu zarar hajmini ham oshish ehtimoli borligini anglatadi. Talab qilingan garov (marja) miqdori qancha kam bo'lsa, bozor siz uchun noqulay yo'nalishda harakat qilgan holda, potentsial yo'qotish xavfi shunchalik yuqori bo'ladi. Ba'zi hollarda talab qilinadigan garov (marja) miqdori atigi 0,5% ni tashkil qilishi mumkin. Shuni yodda tutingki, garov (marja) yordamida savdo qilishda, sizning yo'qotishlaringiz dastlabki to'lovingizdan oshib ketishi mumkin va siz dastlab investitsiya qilgan summadan ancha ko'prog'ini yo'qotishingiz ehtimoli mavjud. Dastlabki garov miqdori xorijiy valyutadagi shartnomalar yoki derivativlar qiymatiga nisbatan kichik ko'rinishi mumkin, chunki savdo jarayonida "kredit yelkasi" yoki "ko'payish" effekti qo'llaniladi. Bozorning nisbatan kichik harakati ham sizning deponentlangan yoki deponentlash lozim bo'lgan summangizga, mutanosib ravishda, ko'proq ta'sir qiladi. Bu holat sizning foydangizga ham, sizga qarshi ham ishlashi mumkin. Pozitsiyani qo'llab-quvvatlashda siz garovingiz (marjangiz) summasiga va siz Kompaniyadagi hisobingizga kiritgan har qanday qo'shimcha summalarga teng ravishda yo'qotishlarga duch kelishingiz mumkin. Agar bozor sizning pozitsiyangizga qarama-qarshi yo'nalishda harakat qila boshlagan bo'lsa va/yoki talab qilingan marjaning qiymati oshgan bo'lsa, siz pozitsiyani saqlab qolish uchun zudlik bilan qo'shimcha pul mablag'larini kiritishingiz talab qilinishi mumkin. Qo'shimcha pul mablag'lari kiritmagan holda, sizning pozitsiyangiz/pozitsiyalaringiz Kompaniya tomonidan yopilishi mumkin va siz bu bilan bog'liq bo'lgan har qanday zararni yoki mablag' yetishmovchiligini qoplash uchun javobgar bo'lasiz.
1.2 Xatarlarni kamaytiruvchi orderlar va strategiyalar
Zararning maksimal hajmini cheklovchi ma'lum orderlari (masalan, mahalliy qonunchilikda ruxsat etilgan "stop-loss" orderlari yoki "stop-limit" orderlari) mavjud bo'lib, agarda bozordagi vaziyat tufayli bunday orderlarning ijrosi imkonsiz bo'lsa (masalan, bozorda likvidlik bo'lmagan taqdirda), ularni joylashtirish samarasiz chora bo'lishi mumkin. "Spread" va "straddle" kabi pozitsiyalar kombinatsiyasidan foydalanadigan strategiyalar ham, huddi odatdagi "uzoq" va "qisqa" pozitsiyalarda bo'lgani kabi, jiddiy xatarlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
2.1 Shartnoma tuzish shartlari
Siz brokeringiz bilan shartnomalarning batafsil shartlarini tekshirishingiz va ular bilan bog'liq majburiyatlar to'g'risida ma'lumot olishingiz lozim (masalan, fyuchers shartnomasi doirasida aktivni yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatingiz paydo bo'lishi mumkin bo'lgan holatlar yoki optsion haqida gap ketganda, uning amal qilish muddatining tugashi va optsionni ijro etish muddatlari to'g'risidagi ma'lumotlar). Ba'zi bir holatlarda, birja yoki kliring uyi tegishli aktiv bozoridagi o'zgarishlarni aks ettirish uchun to'lanmagan shartnomalarga nisbatan talablarini (shu jumladan optsionning ijro narxini) o'zgartirishi mumkin.
2.2 Savdoni to'xtatib turish yoki cheklash. Narxlarning o'zaro bog'liqligi
Bozordagi ayrim holatlar (masalan, likvidlikning yo'qligi) va/yoki ba'zi bozorlarning ishlash reglamentlari (masalan, narxlar o'zgarishiga qo'yilgan llimitlardan oshib ketganligi sababli qaysidir shartnomalar yoki shartnomalar oylari bo'yicha savdoni to'xtatilishi) yo'qotish xavfini oshirishi mumkin, chunki tranzaktsiyalarni amalga oshirish yoki pozitsiyalarni yopish/hisobga olish qiyin yoki imkonsiz bo'lib qoladi. Agar siz optsionlarni sotib yuborgan bo'lsangiz, bu zarar ko'rish xavfini oshirishi mumkin. Aktivning narxi va ushbu aktiv bo'yicha derivativ narxi o'rtasida har doim ham asosli bog'liqlik bo'lmaydi. Aktivning bazaviy narxi yo'qligi uning "adolatli qiymatini" baholashni murakkablashtirishi mumkin.
2.3 Deponentlangan pul mablag'lari va mol-mulk
Operatsiyalarni mamlakat ichida va chet elda amalga oshirishda, ayniqsa dilerlik kompaniyasining to'lovga layoqatsizligi yoki bankrotligi haqida gap ketganda, siz pul mablag'lari yoki boshqa aktivlar shaklida deponentlangan Garovingiz bo'yicha himoya qilish vositalari bilan tanishib chiqishingiz zarur. Pul mablag'laringizni va boshqa aktivlaringizni qanday Darajada qaytarishingiz mumkinligi, Kontragentingiz faoliyat yuritayotgan mamlakatning qonunchiligi va mahalliy normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.
2.4 Komissiyalar va boshqa to'lovlar
Savdolarda qatnashishdan avval, siz tomondan to'lanadigan barcha to'lovlar, mukofotlar va boshqa yig'imlar to'g'risida aniq tushuncha olishingiz kerak bo'ladi. Ushbu xarajatlar sizning yakuniy moliyaviy natijangizga (foyda yoki zarar) ta'sir qiladi.
2.5 Boshqa yurisdiktsiyalardagi bitimlar
Boshqa yurisdiktsiyalar bozorlarida, shu jumladan sizning ichki bozoringiz bilan rasmiy ravishda bog'liq bo'lgan bozorlarda bitimlarni amalga oshirish, sizga qo'shimcha xavf tug'dirishi mumkin. Ushbu bozorlarning tartibga solinishidagi investorlarni himoya qilish darajasi, siz ishlaydigan bozornikidan farq qilishi mumkin (shu jumladan, yomon tomonga). Sizning mahalliy tartibga solish organingiz, siz bitimlarni amalga oshiradigan boshqa yurisdiktsiyalar bozorlari yoki tartibga soluvchi organlari tomonidan belgilangan qoidalarning majburiy amal qilinishini ta'minlay olmaydi.
2.6 Valyuta bo’yicha xatarlar Sizning hisob valyutangizdan farqli bo'lgan xorijiy valyutadagi shartnomalar asosida amalga oshirilgan bitimlar bo'yicha foyda va zarar, shartnoma valyutasini hisob valyutasiga ayirboshlash zarur bo'lgan hollarda, valyuta kurslarining tebranishiga bog'liq bo'ladi.
2.7 Likvidlik bilan bog’liq xatarlar
Likvidlik bilan bog'liq xatarlar, sizning savdo qobiliyatingizga ta'sir qilishi mumkin. Xatar shundaki, siz CFD shartnomangiz yoki aktivingiz bilan xohlagan vaqtingizda savdo qila olmaysiz (yo'qotishlarni oldini olish yoki foyda olish uchun). Bundan tashqari, CFD provayderidagi depozitni saqlab turish uchun zarur bo'lgan garov (marja), har kuni sizning tasarrufingizdagi CFD shartnoma bo'yicha aktiv qiymatining o'zgarishiga qarab har kuni qayta hisoblab chiqiladi. Agar ushbu qayta hisoblash (qayta baholash) natijasida oldingi kunga nisbatan qiymatning pasayishi aniqlansa, siz depozitni (marjani) qayta tiklash va zararni qoplash uchun darhol CFD provayderiga to'lov qilishingiz kerak bo'ladi. Agar siz to'lovni amalga oshira olmasangiz, CFD provayderi sizning ushbu harakatga rozi bo'lishingiz yoki bo'lmasligingizga qaramay, sizning pozitsiyangizni yopib yuborishi mumkin. Keyinchalik ushbu aktivning narxi oshsa ham, zararni qoplashingiz kerak bo'ladi. Shunday CFD provayderlari mavjudki, agar sizda yetarli miqdordagi garov (marja) bo'lmasa, sizning barcha CFD pozitsiyalaringizni likvidatsiya qiladi, hattoki ushbu pozitsiyalardan biri ayni paytda siz uchun foyda keltirishini ko'rsatib turgan bo'lsa ham. O'z pozitsiyalaringizni ochiq saqlab turish uchun siz CFD provayderiga garovni (marjani) plyusda ushlab turish uchun qo'shimcha to'lovlarni (odatda kredit kartangizdan) uning xohishiga ko'ra yechib olishga ruxsat berishingiz kerak. Tez o'zgaruvchan volatil bozor sharoitida, kredit kartangiz bo'yicha juda tez vaqt ichida katta qarzdorlik orttirishingiz mumkin.
2.8 «Stop Loss» bo’yicha cheklovlar
Olinadigan zaralar hajmini cheklash uchun ko'plab CFD provayderlari "Stop Loss"-cheklovlarni tanlash imkoniyatini taklif qiladilar. Bunday holda, narx siz belgilagan chegaraga yetganda, sizning pozitsiyalaringiz avtomatik tarzda yopiladi. Ba'zi hollarda "Stop Loss" samarasiz bo'ladi, masalan, narxning keskin o'zgarishi yoki bozorning yopilishida. "Stop Loss" cheklovlari sizni har doim ham yo'qotishlardan himoya qila olmaydi.
2.9 Ijro bilan bog’liq xatarlar
Ijro etish bilan bog'liq xatarlar, bitimlarning bir onda amalga oshirilmaganligi sababli yuzaga keladi. Masalan, order joylashtirilgan paytdan boshlab uni ijro etilishigacha bo'lgan vaqt ichida uzilish paydo bo'lishi mumkin. Ushbu davrda bozor narxi siz uchun zararli tomonga o'zgarishi mumkin. Agar bunday holat yuz bergan bo'lsa, unda order siz kutgan narxingizga mos kelmaydigan narxda ijro etilishi mumkin. Ba'zi CFD shartnomasi provayderlari bozor yopilgan taqdirda ham savdo operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beradi. Shuni yodda tutingki, bunday bitimlar uchun ko'rsatilgan narxlar ushbu instrument bo'yicha yakuniy yopilish narxlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ko'p hollarda, spred bozor ishlagan paytdagi spredga qaraganda kengroq bo'lishi mumkin.
2.10 Kontragentlar bilan bog’liq xatarlar
Kontragentlar bilan bog'liq xatarlar - bu narx farqi shartnomalarini (CFD) chiqaruvchi provayder, ya'ni sizning kontragentingiz, o'zining moliyaviy majburiyatlarini bajara olmay qolish xavfidir. Agar sizning shaxsiy mablag'laringiz, CFD provayderining mablag'laridan tegishli ravishda ajratilmagan bo'lsa va ushbu CFD provayderi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda, provayder sizga qarzdor bo'lgan mablag'ni ololmasligingiz xavfi mavjud.
2.11 Savdo tizimlari
An'anaviy "ovozli" va elektron savdo tizimlarining aksariyati orderlar marshrutizatsiyasi, balanslash operatsiyalari, ro'yxatdan o'tish va bitimlar kliringi uchun kompyuter qurilmalaridan foydalanadi. Boshqa har qanday qurilmalar va tizimlar singari, ular ham vaqtincha ishlamay qolishi va buzilishi mumkin. Muayyan zararlarni qoplash uchun sizning imkoniyatlaringiz savdo tizimlarini yetkazib beruvchilar, bozorlar, kliring uylari va/yoki dilerlik firmalari tomonidan belgilangan ma'suliyat cheklovlariga bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday cheklovlar bir-biridan farq qilishi mumkin: ushbu masala bo'yicha brokeringiz bilan batafsil maslahatlashishingiz zarur.
2.12 Elektron savdolar
Muayyan elektron aloqa tizimidan foydalangan holda savdo qilish, nafaqat oddiy "open-outcry" bozoridagi savdolardan, balki boshqa elektron savdo tizimlari orqali amalga oshiriladigan savdolardan ham farq qilishi mumkin. Agar siz operatsiyalarni elektron aloqa tizimi orqali amalga oshirsangiz, bunday tizimga xos bo'lgan xatarlarni, shu jumladan apparat va dasturiy ta'minotning ishlamay qolish xavfi borligini ham hisobga olishingiz lozim. Tizimning nosozliklari natijasida, sizning orderingiz ko'rsatmalaringiz bo'yicha ijro etilmasligi, orderingiz umuman ijro etilmasligi, yoki pozitsiyalaringiz va marja bo'yicha talablarning bajarilishi to'g'risida doimiy ma'lumot olishning iloji bo'lmasligi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.
2.13 Birjadan tashqari operatsiyalar
Bir qator yurisdiktsiyalarda firmalarga birjadan tashqari operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. Sizning brokeringiz bunday operatsiyalar uchun kontragent sifatida ishtirok etishi mumkin. Bunday operatsiyalarning o'ziga xos xususiyati - bu pozitsiyani yopishning murakkabligi, qiymatni baholash va adolatli narx yoki xatar darajasini aniqlashning iloji yo'qligidir. Ko'rsatilgan sabablarga ko'ra, ushbu operatsiyalar yuqori xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Birjadan tashqari operatsiyalarni tartibga solish unchalik murakkab bo'lmasligi lozim yoki uning uchun alohida tartibga solish rejimi nazarda tutilishi zarur. Bunday operatsiyalarni amalga oshirishdan avval siz ularning qoidalari va ular bilan bog'liq xatarlar bilan tanishib chiqishingiz kerak.
Kompaniya, uning xodimlari yoki vakillari foyda olishni va'da qila olmaydilar, va shuningdek, zarar yo'qligiga kafolat bera olmaydilar. Mijoz yuqorida tavsiflangan qoidalarga muvofiq, moliya bozorlarida marja savdosi uchun hisob ochishda yo'qotish xavfi darajasini to'liq anglab yetishi kerak.