- Dasturda ishtirok etish uchun promo-kod: ALEALEALE
- Ushbu promokod depozitingizga quyidagi miqdorda bonus olish huquqini beradi: 60%
- Promo-kod $100 dan yuqori depozit uchun ishlatilishi mumkin.
- Promo-kod bo'yicha bonusni quyidagi savdo hisoblari turlarida olish mumkin: MT4-CLASSIC, MT4-CLASSIC2, MT4-CENT, MT4-CENT2, MT4-CENT3
- Promokodni faollashtirish uchun hisobni to'ldirish vaqtida mijoz uni o'z Shaxsiy kabinetida kiritishi lozim. Mijoz hisobni to'ldirishi bilan bonus uning savdo hisobiga o'tkaziladi.
- Bonus faqat profili to'liq tasdiqlangan (e-mail pochtasi, telefon raqami, ismi va manzili tasdiqlangan) mijozlarning hisobiga o'tkazilishi mumkin.
- Ushbu promokod bo'yicha beriladigan bonus miqdori $2500ga teng
- Ushbu bonus kredit yelkasi(plecho) 1:1000dan oshadigan hisoblar uchun amal qilmaydi.
- Bonus mijozning savdo hisoblari orasida ichki o'tkazmalarni amalga oshirish uchun berilmaydi.
-
Bonus kredit mablag'lari sifatida to'lanadi va uni ishlab chiqish va chiqarish imkoni yo'q. Ammo bonus mablag'laridan foydalangan holda olingan foyda, cheklovlarsiz chiqarib olinishi mumkin.
- Mijoz shaxsiy hisobidagi pulni yechib olganida yoki boshqa hisobga o'tkazmani amalga oshirganida, bonus miqdori hisob balansiga mutanosib ravishda kamayadi. Mijoz o'z mablag'larini yoki ularning bir qismini o'z hisobidan yechib olgan taqdirda, LiteFinance bonus mablag'larini olib qo'yish huquqiga ega.
- Agar mijoz savdo natijasida o‘z mablag‘larining bir qismini yo‘qotsa, LiteFinance bonusni balans qoldig‘iga mos ravishda kamaytirish huquqiga ega.
- Bonus mablag'laridan tashkil topgan bitimlar uchun hamkorlik mukofoti (komissiya) to'lanmaydi.
- Bonus mablag'lari qo'shimcha marja sifatida ishlatilishi mumkin, faqat kredit mablag'lariga savdo qilish taqiqlanadi. Savdo qilish natijasida treyder o'z mablag'larini to'liq yo'qotgan taqdirda, bonus hisobdan yechib olinadi.
Diqqat: Orderni/larni yopganingizdan so'ng hisobingiz balansi salbiy bo'lib qolgan taqdirda, hisob balansni tiklash uchun texnik yordam guruhimizga murojaat qilishingiz mumkin.
-
Ushbu bonusdan savdo qilish uchun foydalanish mumkin emas. Bonus mablag'lari ko'proq bitimlarni ochishda qo'shimcha marja sifatida ishlatilishi mumkin, ammo ochiq bitimlar bo'yicha balans pasayishi(prosadka)ni oldini olish uchun ishlatilmaydi. StopOut holati yuzaga kelganda, hisob balansi salbiy bo'lib qolganda va ochiq bitimlar mavjud bo'lmagan hollarda hisobdan yechib olinadi.
- LiteFinance istalgan vaqtda va sababini tushuntirmagan holda bonusni hisoblashdan bosh tortish yoki ilgari hisoblangan bonusni bekor qilish(hisobdan yechib olish), shuningdek bonus mablag'lari yordamida amalga oshirilgan barcha bitimlar natijalarini bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
- Agar mijoz savdo strategiyasida "bonus ovlash" sxemasidan foydalansa yoki bonusni ishlatishda boshqa turdagi firibgarlik harakatlari shubhasini tug'dirsa, kompaniya savdo operatsiyalari natijasini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Bonus mablag'laridan foydalangan holda olingan savdo natijalarining bir qismi bekor qilinadi. Natijani qayta ko'rib chiqish uchun hisobdagi savdo faoliyatining yetarli darajada emasligi asos bo'lishi mumkin, masalan, bitta yirik bitimni yopish yoki bir vaqtning o'zida va bir xil narxlarda amalga oshirilgan kichikroq hajmdagi bir nechta bitimlarni amalga oshirish, bu katta bir bitimni kichikroq bitimlarga bo'lib yopishni anglatadi. Odatda, bunday hisoblar yetarli savdo tarixiga ega emas. Agar bunday bitimlar aniqlansa, kompaniya oldindan ogohlantirmasdan istalgan vaqtda bonusni qaytarib olishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya quyidagi holatlar bilan bog'liq barcha xarajatlarni undirish huquqiga ega:
- likvidlik provayderlarining hisoblariga pul o'tkazish natijasida olingan komissiyalar;
- hamkorlarning hisoblarida ularni ushlab qolish uchun mablag'i yetarli bo'lmaganda, kompaniya hamkorlariga beriladigan komissiyalar;
- mablag'larni hisobga tushirish va chiqarish bilan bog'liq to'lov tizimlari komissiyalari;
- salbiy balansni qoplash xarajatlari.
- LiteFinance mijozdan qo'shimcha identifikatsiya ma'lumotlarini so'rash huquqini o'zida saqlab qoladi. Agar mijoz bunday ma'lumotlarni taqdim etishdan bosh tortsa, shuningdek mijozning shaxsini va manzilini tekshirish uchun hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa, LiteFinance kompaniyasi bonusni bekor qilish, shuningdek bonus mablag'lari yordamida amalga oshirilgan barcha bitimlar natijalarini bekor qilish huquqiga ega.
- Bonus aksiyalarida ishtirok etayotgan mijozlar Mijoz kelishuvining 4.7 bandini e'tiborga olishlari lozim, unda quyidagilar belgilangan:
Savdo platformasining "Balans" ustunida salbiy qiymat ko'rinishi bilan, kompaniya savdo hisobidagi fikslangan salbiy qoldiqlarni tuzatadi(korrektirovka). Savdo hisoblarini korrektirovka qilish (nollash) faqatgina korrektirovka paytida amaldagi bitimlari bo'lmagan hisoblarga nisbatan qo'llaniladi, ya'ni faol ochiq savdo pozitsiyalari mavjud emas (bunda kechiktirilgan orderlar inobatga olinmaydi). Bonus mablag'lari "bonus_out (negative balance)" izohi bilan "Kredit" ustunidan yechib olinadi. Bir paytning o'zida, balansning salbiy qiymatiga teng miqdordagi mablag'lar "Zero Balance Correction" izohi bilan savdo hisobiga o'tkaziladi.
- Bonus mablag'lari mavjud hisoblar, bitimlarni nusxalash tizimida ishtirok eta olmaydi. Bonus bitimlarni nusxalash tizimida ishtirok etuvchi hisoblar uchun taqdim etilmaydi.
- LiteFinance har qanday vaqtda maxsus ogohlantirishsiz bonusli promokodlarni olish va ulardan foydalanish shartlarini o'zgartirishi mumkin.
- Bonus bilan ishlash qoidalari promokod faollashtirilgan paytdan boshlab mijoz tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.