"Buqa tuzog‘i" yoki "buqa qayrilishi" ma’lum bir savdo instrumenti bo’yicha tendensiyaning maksimumlarga yetgan paytidagi o‘zgarishini anglatadi.
Har bir treyder kotirovkalar qarshilik darajasini yengib o‘tadigan va bir muddat faol o‘sish davom etadigan vaziyatga duch keladi. Biroq, tez orada instrument qayrilib, teskari yo‘nalishda harakat qiladi va bozor ishtirokchilarini belgilangan stop-losslar bo‘yicha chiqarib tashlaydi. Bu soxta buzib o'tish "buqa tuzog‘i" deb ataladi: treyderlar xato ravishda sotib olish bo’yicha pozitsiyalar ochadilar va o‘z mablag‘larini yo‘qotadilar.
Maqolada "buqa tuzog‘i" nima sababdan kelib chiqishi va undan qanday saqlanish mumkinligi haqida bilib olasiz. Buqa qayrilishining turlarini o‘rganib, siz kapitalingizni qanday saqlab qolish va ko‘paytirish haqida tushuncha olasiz. Bunda sizga LiteFinance yordam beradi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Treydingda buqa tuzog‘i nima va u nima sababdan yuzaga keladi?
- Buqa tuzog‘ini qanday aniqlash mumkin — texnik tahlil
- ”Buqa tuzog‘i” patternlari
- Nima uchun buqa tuzoqlaridan qochish kerak va buni qanday qilish mumkin?
- "Buqa tuzog‘i" patterni asosida qanday savdo qilish: eng yaxshi strategiyalar
- Xulosa
- Buqa tuzog'i patterni (buqa qayrilishi) bo’yicha FAQ
Treydingda buqa tuzog‘i nima va u nima sababdan yuzaga keladi?
"Treydingda buqa tuzog‘i" — bu pasayayotgan hajmlarda qarshilik darajasining soxta impuls bilan buzib o’tilishidir. Treyderlar buqa bozorida ushbu ayiq formatsiyasini aniqlay olishlari zarur. Ushbu pattern xaridorlarda keyingi o‘sish uchun kuch qolmaganida, ko‘pincha foydani qayd etganlari sabablii paydo bo‘ladi. Shuningdek, sotuvchilarning ochiq qolgan short pozitsiyalari ham narxga ta’sir qiladi — ular narxning qarshilik darajasidan pastroq harakat qilgan paytdan foydalanib, foyda olishni xohlaydilar.
Nima uchun ular narxning qarshilik darajasidan pastroq tushishini kutadilar? Javob oddiy: bu zonada xaridorlarning stop-losslari o’rnatilgan. Ularning ishga tushishi narxning yanada pasayishiga sabab bo‘ladi.
Tuzoqqa tushmaslik uchun, long pozitsiyani ochishdan oldin, darajaning buzilishini va o‘sib borayotgan xarid hajmini tasdiqlaydigan qo‘shimcha indikatorlardan foydalanish kerak:
- RSI yoki Relative Strength Index — nisbiy kuch indeksi bo‘lib, trendning kuchini va uning o‘zgarish ehtimolini belgilaydi.
- Stoch yoki Stoxastik Oscillator — stoxastik ossillyator, u orqali aktivning haddan tashqari sotib olinganlik va sotilganlik darajalarini aniqlash mumkin.
- MACD yoki Moving Average Convergence Divergence — trendning yo‘nalishini, uning kuchini, shuningdek, grafikdagi qayrilish nuqtalarini sirpanuvchi o‘rtacha qiymatlar kesishmasi yordamida aniqlash vositasidir.
Yuqorida sanab o‘tilgan texnik indikatorlarning asosiy xususiyati shundaki, ular yordamida divergensiyani aniqlash mumkin.
Moliyaviy bozorlarda divergensiya grafikdagi narx harakatining texnik indikatorlarga mos kelmasligini anglatadi. Ya’ni, grafikda narx ko‘tariladi, indikatorlardagi ko‘rsatkichlar esa pasayadi va aksincha.
Buqa tuzog‘iga misollar
Apple Inc. aktivining kunlik jadvalida quyidagi belgilar bo‘yicha odatiy "buqa tuzog‘i"ni kuzatish mumkin:
- RSI indikatori bo‘yicha buqa trendida bo’lgan ayiq divergensiyasi — bu narx qayrilishining dastlabki signalidir.
- Qarshilik darajasini buzib o'tishda savdo hajmining pasayishi xaridorlar talabining kamayishi va foyda fiksatsiya qilinganligidan dalolat beradi.
- Lokal maksimumlarda "yutib yuborish" va "qora bulutlar pardasi" kabi ayiqsimon patternlar shakllanadi, ular qisqa pozitsiyalar ochilishiga signal beradi.
"Buqa qayrilishi"ga yana bir misolni quyidagi GBP/USD kunlik grafikida ko‘rish mumkin. Xaridorlar quyidagi signallarga e’tibor qaratishlari lozim:
- MACD indikatori ayiq divergensiyasini hosil qilib, narxning tez orada qayrilishi mumkinligi haqida oldindan ogohlantirgan.
- Savdo hajmi kamaya boshlagan, kotirovkalar esa, aksincha, o‘sgan. Bu treyderlarni hushyor torttirishi kerak — tashabbusning "ayiqlar" tomoniga o‘tayotganini ko‘rsatadi.
- Tasdiqlovchi signal sifatida "osilgan odam" ayiq patternining paydo bo‘lishi xizmat qildi — bu qayrilish formatsiyasidir.
Agar yuqoridagi omillarni hisobga olsak, nafaqat "buqa tuzog‘’i"dan qochib-qutulish, balki shaxsiy kapitalni ko‘paytirish ham mumkin — buning uchun, belgilangan qarshilik darajasidan yuqorida instrument bo‘yicha qisqa pozitsiyalarni ochish kerak.
Buqa tuzog‘iga yana bir ajoyib misolni BTC/USD kunlik grafigida ko‘rish mumkin. Quyidagi skrinshotda buqalar rallisi aniq ko‘rsatilgan, undan so‘ng xaridorlar kuchli qarshilikka duch kelishgan. Bu yerda "buqalar" qarshilikni kuchli impuls bilan buzib o‘tganidan so‘ng ikki marta tuzoqqa tushishgan, ammo har ikki holatda ham kotirovkalar orqaga qaytgan. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:
- Stoxastik indikator bo‘yicha ayiq divergensiyasining shakllanishi.
- Savdo hajmlarining izchil pasayishi.
- Cho‘qqida qayrilish modeli hisoblangan "yutib yuborish" sham tahlilining ayiq patternini shakllantirish.
Buqa tuzog‘ini qanday aniqlash mumkin — texnik tahlil
Buqa tuzog‘ini aniqlash uncha qiyin emas. Yuqorida keltirilgan indikatorlardan biri yoki bir nechtasidan foydalanish va savdo hajmlarini kuzatib borish muhim. Shuningdek, cho‘qqida qayrilishning klassik patternlarini o‘rganish foydali, masalan, "ayiq yutib yuborishi", "osilgan odam", "oqshom yulduzi", "qora bulutlar pardasi". Indikatorli va shamli tahlilning uyg‘unligi treyderlarga tuzoqdan qochib-qutulish, shuningdek o‘z kapitalini saqlab qolish va ko‘paytirish imkonini beradi.
Quyida BTC/USD grafigi misolida buqa qayrilishini qanday aniqlashni bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz.
1. MACD, RSI, Stoxastik texnik tahlil indikatorlari yordamida grafikdagi ayiq divergensiyasini aniqlaymiz.
Grafikda BTC/USD ko‘rinib turibdiki, MACD indikatori RSI va Stoxastikdan oldinroq farqni ko‘rsatdi. Demak, treyderlar oldindan tayyorgarlik ko‘rish va birinchi tuzoqdan qochish imkoniyatiga ega edilar — ya’ni pozitsiyalarni foyda bilan yoki zararsiz yopish.
Biroq, RSI va Stoxastik indikatorlari kechikib bo‘lsa-da, pasayib borayotgan hajmlarda qarshilikning ikkinchi impulsli buzib o'tishi bilan birga keladigan ikkinchi buqa tuzog‘ining yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi.
2. Ikkinchi muhim belgi — bozor konyunkturasi. Talab va taklifni tahlil qilish, shuningdek savdo hajmini baholash xuddi shu tarzda tuzoqdan qochish imkonini beradi.
3. Shamli patternlarni tahlil qilish buqa qayrilishini aniqlashda juda foydalidir.
Skrinshotda ko‘rinib turibdiki, buqa harakatidan keyingi yangi maksimumlarida "ayiq yutib yuborishi" patternlari shakllangan. Birinchi holatda ham, ikkinchi holatda ham qarshilikni impulsli buzib o'tishda bu figuralar hosil bo‘lgan.
4. Stop-losslarni o‘rnatib chiqish.
Savdoda risk-menejmentni unutmaslik va pozitsiyalarni ochishda albatta stop-losslarni o‘rnatish muhimdir. Bu holda, hatto treyder buqa tuzog‘iga tushib qolsa ham, yo‘qotishlar kamroq bo‘ladi.
Ushbu harakatlarni izchil va aniq tahlil bilan birlashtirish ko‘plab treyderlar va investorlar mablag‘larini yo‘qotadigan bozor hiyla-nayranglaridan saqlanish imkonini beradi.
”Buqa tuzog‘i” patternlari
Ushbu bo‘limda grafiklarda tez-tez uchraydigan buqa tuzog‘i turlarini ko‘rib chiqamiz. Bu patternning turli xillarini tahlil qilishda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan nozik jihatlarni o‘rganamiz.
Pattern №1 — “Ikki Cho‘qqi” prujinasi
Bu an’anaviy modellardan biri: ma’lum darajaga yetgach, kotirovkalar pastga qarab qayriladi. AUD/USD grafikida to‘rtta nuqtada lokal maksimumlarda narxni ko‘tarishga urinish bo‘ldi, ammo ular bekor ketdi. To‘rtinchi nuqtada "pinset cho‘qqisi" ayiq patterni shakllandi. Trend qayrilishining yakuniy tasdig‘i — "osilgan odam" modeli. Beshinchi nuqtada "buqalar" butunlay taslim bo‘lishdi va narx pastga qarab yo‘naldi.
Pattern №2 — “Yutib yuborish” shamining qisqarishi
Qisqa muddatli konsolidatsiyadan so‘ng, aktiv "teshib o‘tish" deb ataluvchi keskin yuqoriga sapchish holatini amalga oshirdi. Sotib olish bo’yicha orderlarni yig‘ish uchun qisqargan sham shakllanadi. Ammo bu hiyla — keyinroq narx pastga tushadi. Bun holatni EUR/JPY grafigida ko’rib, ishonch hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, "osilgan odam" paydo bo‘ldi — bu kuchli qayrilish signalidir.
Nima uchun buqa tuzoqlaridan qochish kerak va buni qanday qilish mumkin?
Buqa tuzoqlaridan saqlanishning eng kamida bitta sababi bor — o‘z mablag‘laringizni asrash. Ba’zida bu oson bo‘lmaydi: tuzoqqa qadar harakat treyderlarning prognozlariga mos keladi va narx trendga ergashadi. Shu sababli, savdo ishtirokchilarining ko‘pchiligi allaqachon tuzoqqa tushib qolgan, garchi beixtiyor bo‘lsa ham.
Bu yerda mantiqiy savol tug‘iladi: qanday qilib buqa tuzog'iga tushmasdan pul ishlash mumkin? Quyida buning usullarini ko‘rib chiqamiz.
1-usul
Avvalo, bu soxta qayrilish emasligiga ishonch hosil qilish kerak — turli figuralar yoki sham patternlari yordamida teshib o‘tishni qo‘shimcha ravishda tasdiqlash lozim: "buqa bayrog‘i", "ajralish", "uchta hujum qiluvchi oq askar" yoki "uchta buqa zinapoyasi" modellari.
2-usul
“Proboy”ni texnik tahlil indikatorlari bilan tasdiqlash lozim. RSI, Stochastic, MACD kabi indikatorlardan foydalanish mumkin, biroq eng ishonchli signal — savdo hajmlarining o‘sishda davom etishidir. Buzilish vaqtida hajmlar kamida bir xil darajada saqlanishi kerak. Aks holda, qarshilik darajasidan yuqorida sotib olish bo‘yicha iloji boricha ko‘proq orderlarni to‘plash maqsadida buqa tuzog‘i shakllanishi ehtimoli yuqori.
3-usul
Yana bir samarali usul — kunlik shamning yopilishini va uning soyasining uzunligini tahlil qilish. Ko‘pincha kichik vaqt oralig‘ida narx qarshilikdan yuqori bo‘lishi mumkin, ammo kunlik grafikda faqat sham soyasi qoladi. Bu "buqalar"da kuchli buzib o'tish uchun yetarli kuch bo‘lmaganligini va katta ehtimol bilan buqa tuzog‘i shakllanganligi, undan keyin esa aktiv qiymati pasayishi mumkinligini anglatadi.
"Buqa tuzog‘i" patterni asosida qanday savdo qilish: eng yaxshi strategiyalar
"Buqa tuzog‘i" patterni bo‘yicha muvaffaqiyatli savdo qilishning eng samarali strategiyasini ko‘rib chiqamiz. U yordamida bozorning bu hiylasidan qochish va foyda olish mumkin.
"Indikatorlar va sham tahlili kombinatsiyasi" strategiyasi
Strategiyaning mohiyati uning nomida: RSI, Stoxastik, MACD indikatorlari va hajm indikatori yordamida grafiklarni tahlil qilish, ayiq va buqa patternlarini o‘rganish bilan birgalikda.
Ushbu strategiya bo‘yicha savdo qilish tartibini quyida USD/CHF valyuta juftligining kunlik grafigida ko‘rib chiqamiz.
1. Avvalo, grafikda qarshilik va tayanch darajalarini aniqlash kerak.
Bir qarashda shubhali hech narsa yo‘q — buqa trendining to‘liq prognoz qilinadigan manzarasi. Chap tomonda "buqa bayrog‘i"ga o‘xshash model shakllangan, ammo yuqoriga buzib o‘tgandan so‘ng, "buqalar" qarshilik zonasiga tushib qoldi. Narxning yuqoriga harakatlanishiga nimadir to‘sqinlik qildi — bu buqa tuzog‘ining birinchi belgisidir.
2. Keyin "Indikatorlar" bo‘limidan grafikka "Hajmlar" indikatorini qo‘shish kerak.
Hajmlar qo‘shilgandan so‘ng, o‘sish savdo faolligining pasayishi bilan birga kechayotgani ayon bo‘ldi, bu esa buqa trendining sekinlashganini izohlab beradi.
3. Keyingi qadam — uchta ossillyatordan birini tanlash.
Misol uchun RSI indikatorini olaylik, undan bozorning ko‘plab ishtirokchilari foydalanadi. Ushbu indikator yordamida trend kuchini va unda buqa tuzog‘i yo‘qligini aniqlash lozim.
Indikatorli tahlili shuni namoyon etdiki, grafikda narx ko‘tarilyapti, RSI’da esa pasayib boryapti. Ya’ni, biz ayiq divergensiyasini aniqladik — bu narxning cho‘qqida qayrilishiga erta signaldir. Endi ishonch bilan aytish mumkinki, buqa qayrilishi shakllangan.
4. Keyin shamli tahlil o‘tkazish zarur.
Modellar trendning ayiqnikiga o‘zgarganini tasdiqlaydi. Grafikda ko‘plab shamli patternlar — cho‘qqidagi teskari figuralar paydo bo‘ldi. Xususan, "yutib yuborish" va "osilgan odam" modellari kuchli qarshilik va "ayiqlar"ning faollashganligidan darak beradi. Yuqoriga qaragan uzun soyali shamlar "qulayotgan yulduzlar" deb ataladi, ular "buqalar" tuzoqqa tushganini tasdiqlaydi.
Agar siz biror moliyaviy instrumentda shunga o‘xshash vaziyatni ko‘rsangiz, pozitsiyani ochishdan oldin bu buqa tuzog‘i emasligiga ishonch hosil qiling.
5. Qisqa pozitsiya ochish.
Buqa tuzog’i patterni to’liq tasdiqlanganidan so‘ng, 1 yoki 2 nuqtada qisqa pozitsiya ochish mumkin. Risk-menejmentga rioya qilamiz: pozitsiyaning birinchi yarmini eng yaqin qo‘llab-quvvatlash darajasida yopgan ma’qul. Keyin grafikda "bolg‘a", "teskari bolg'a", "yutib yuborish", "bulutlar ichra yorug‘lik" yoki "tong yulduzi" kabi buqa qayrilish figuralarining hosil bo‘lishini kuzatish lozim. Bizning holatimizda dastlab grafikda "teskari bolg'a" paydo bo‘ldi. "Yutib yuborish" buqa patterni qayrilishni tasdiqladi, undan keyin pozitsiyaning qolgan qismini yopish lozim.
Bunday yondashuv orqali nafaqat buqa tuzog'idan qochib-qutulish, balki foyda ko‘rish ham mumkin. Bunda sizga qulay LiteFinance veb-savdo platformasi yordam beradi.
Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting
Xulosa
Ushbu maqolada biz “buqa tuzog'i” patternini, uning turlarini va paydo bo‘lish sabablarini batafsil ko‘rib chiqdik. Shuningdek, bunday tuzoqlardan qochib-qutulish usullari va treyderlar o‘z mablag‘larini nafaqat saqlab qolishi, balki ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan savdo strategiyasi ham ko‘rib chiqildi.
Hoziroq savdo qilishni boshlang
Buqa tuzog'i patterni (buqa qayrilishi) bo’yicha FAQ
Treydingda buqa tuzog'i buqa bozorida yuzaga keladigan qayrilish patternidir. Ko‘tarilish trendidan so‘ng aktiv qayriladi va eng yaqin qo‘llab-quvvatlash darajasini yorib o‘tadi.
Birja savdosidagi buqa tuzog'i — bu bozordagi holat bo‘lib, unda mahalliy maksimumning soxta buzib o'tishi sodir bo‘ladi, shundan so‘ng narx teskari tomonga qayriladi va ayiq trendini shakllantiradi.
Buqa tuzog‘ini indikator va sham tahlili yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun RSI, Stoxastik, MACD kabi texnik indikatorlar va savdo hajmlari yordam beradi. Shuningdek, tasdiqlash uchun "yutib yuborish", "osilgan odam", "qora bulutlar pardasi", "oqshom yulduzi" kabi qayrilish shamli patternlarini tahlil qilish zarur.
Bu qimmatli qog‘oz grafigida shakllanadigan va narxning eng yuqori nuqtasida "buqalar" uchun tuzoq paydo bo‘lganini ko‘rsatadigan modeldir. Ushbu pattern aksiyalar narxining keskin qayrilishiga aniq signal beradi. Buqa tuzog‘i ko‘pincha korporativ hodisalarga sezgir bo‘lgan kompaniyalarning aksiyalari savdosida kuzatiladi.
Bu kriptovalyuta narxi grafigining yuqori qismida, savdo hajmi pasaygan paytda shakllanadigan patterndir. Model narxlarning pasayishini prognoz qiladi va ko‘pincha AQShning S&P va Nasdaq fond indekslari bilan o‘zaro bog‘liqligi tufayli BTC va ETH kabi asosiy kriptovalyutalar grafiklarida paydo bo‘ladi.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.



























