Har bir treyder o‘z faoliyatida jadvaldagi "M" harfi ko‘rinishidagi formatsiyani uchratgan. Bu figura "double top," ya’ni "ikki cho‘qqi" nomini olgan. Ushbu patternning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda kotirovkalar ikki marta gorizontal qarshilik darajasiga yetadi. Bunda ikki cho‘qqi o‘rtasida qisqa pasayuvchi korreksiya ko‘rinishidagi narx kesmasi shakllanadi.

Lekin nima uchun narx aynan shunday harakat qiladi? Pattern nima haqida ogohlantiradi va uni shamli grafikda qanchalik tez-tez uchratish mumkin? Ushbu sharhda siz "ikki cho‘qqi" nima ekanligini va ushbu pattern bo‘yicha Foreksda qanday qilib daromadli savdo qilish mumkinligini bilib olasiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Ikki cho‘qqi o‘zi nima?

"Ikki cho‘qqi" patterni ayiq formatsiyalari turkumiga tegishli bo‘lib, u treyderlarni, cho‘qqidagi trend pastga qarab qayrilish ehtimoli borligi haqida ogohlantiradi. Bu model ko‘pincha Foreks bozorida, shuningdek, kriptovalyuta, fond va tovar bozorlarida uchraydi. Pattern treyderlar tomonidan kunlik savdoda ham, uzoq muddatli bitimlarda ham qo‘llaniladi.

"Ikki cho‘qqi" shaklining "buqasimon" qarama-qarshi patterni "ikki jarlik" figurasi hisoblanadi. "Ikki jarlik" grafigi pasayuvchi trenddan keyin asosda shakllanadi. Bu pattern treyderlarni, trendning ko‘tariluvchi trendga o‘zgarishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

"Ikki cho‘qqi" patterni aktivning haddan tashqari baholanganligini ko‘rsatadi. Narxning deyarli to‘xtamasdan o‘sishi ham bunga ishora qiladi. Kuchli yuksaluvchi trenddan so'ng, ushbu pattern bir xil qarshilik darajasida ikkita yuqori nuqtani hosil qiladi. Ba’zi hollarda ikkinchi yuqori nuqta birinchisidan biroz balandroq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ikki cho‘qqi orasida pastga qaragan vaqtinchalik korreksiya kuzatiladi, bu esa shaklni "M" harfiga o‘xshash qilib qo‘yadi.

Ikki cho‘qqini hosil qilgandan so‘ng, aktivlar kotirovkasi yakuniy ravishda pastga qayriladi, pasayish trendining boshlanishi shakllanadi. Agar narx qo‘llab-quvvatlash chizig‘iga yetsa, keyingi pasayuvchi trend kuchayadi. Biroq, shunday holatlar ham bo‘ladiki, xaridorlar qo‘llab-quvvatlash darajasini ushlab turishga muvaffaq bo‘lishadi va narx yuqoriga ko‘tariladi, ya’ni qo‘llab-quvvatlash chizig'ining buzilishlari sodir bo‘ladi. Bu holda uchinchi narx maksimumi shakllanishi bilan "uchta cho‘qqi" figurasi paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. Ushbu pattern "uch tog‘" deb ham ataladi. Ushbu modelning maksimumlari bir xil darajada yoki o‘sib boruvchi tartibda joylashishi mumkin. "Uch tog‘" modeli shamli grafiklarda ancha kam uchraydi.

LiteFinance: Ikki cho‘qqi o‘zi nima?

"Ikki cho'qqi" patterni shakllanishi

"Ikki cho'qqi" patterni turli vaqt oralig'ida paydo bo'lishi mumkin. Taymfreym qanchalik katta bo'lsa, trend qayrilishi uchun ayiq signali shunchalik kuchli bo'ladi.

"Ikki cho‘qqi" 5 ta asosiy bosqichda shakllanadi:

  1. Grafikda birinchi cho‘qqining shakllanishi. Bu bosqichda xarid tendensiyasi ustunlik qiladi, narx mahalliy yoki yangi qarshilik nuqtasiga yetadi.
  2. Eng yaqin tayanch darajasigacha narx korrektsiyasi bo’ladi. Bunday holatda tayanch "bo‘yin chizig‘i" deb ataladi.
  3. Ikkinchi cho‘qqining paydo bo‘lishi. Bu bosqichda, sotuvchilarning bosimiga qaramay, "buqalar" yana narxni birinchi cho‘qqigacha ko‘tarishga erishadilar.
  4. Narxning uzil-kesil ayiqsimon burilishi. Xaridorlar qarshilikni yana bir bor yorib o‘tishga uringanidan so‘ng, "ayiqlar" tashabbusni qo‘lga oladilar va narxni qo‘llab-quvvatlashning eng yaqin darajasiga tomon faol ravishda tushirishni boshlaydilar.
  5. Qo‘llab-quvvatlash darajasining yorib o‘tilishi - bu trendning o‘zgarishini ko‘rsatuvchi yakuniy bosqich. Qisqa pozitsiyalarni ochish mumkin.

LiteFinance: "Ikki cho'qqi" patterni shakllanishi

"Ikki cho‘qqi" patternini qanday topish mumkin

"Ikki cho‘qqi" uchta asosiy elementdan iborat bo‘lib, ular grafikda "M" harfi shaklida hosil bo'ladi:

  • birinchi cho‘qqi;
  • kesim chizig‘i;
  • ikkinchi cho‘qqi.

Quyida biz "ikki cho'qqi" patterni shakllanishining 4 bosqichini tahlil qilamiz:

  1. Birinchi cho‘qqi shakllanishi.

    Avvaliga narx uzoq vaqt davomida o‘sib boradi - birinchi maksimum hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, savdo hajmi ham ortib boradi.

  2. Kesim chizig‘ining paydo bo‘lishi.

    Maksimumga erishgandan so‘ng narx pastga qarab korrektsiya bo'ladi va "bo‘yin chizig‘i" deb ataladigan oraliq tayanch chizig‘ini hosil qiladi. Bu paytda bozorda beqarorlik vujudga keladi, "buqalar" va "ayiqlar" kuchlari tenglashadi.

  3. Ikkinchi cho‘qqining shakllanishi.

    Narx mahalliy tayanch darajasiga yetadi, "buqalar" tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, narxni yuqoriga yo‘naltirishga urinadilar. Kotirovkalar ko‘tarilishi bilan savdo hajmi pasayadi. Biroq, kotirovkalar birinchi cho‘qqi darajasiga yetishi bilanoq bozorda qisqa pozitsiyalar ommaviy ravishda ochiladi. Narx pasaya boshlaydi, savdo hajmi esa ortadi.

  4. Patternning "bo‘yin chizig‘i" buzilishi.

    Narx pasayishda davom etadi, mahalliy tayanch darajasiga yetadi va uni buzib o‘tadi. Odatda, kotirovkalar buzib o‘tilgan darajani sinab ko‘rishi va pasayishni davom ettirishi kerak. Biroq, joriy tendensiyani saqlab qolgan holda, narx qayrilishsiz ham pasayishi mumkin. "Bo‘yin chizig‘i"ning buzilishi - qisqa pozitsiyalarni ochish uchun signal hisoblanadi.

LiteFinance: "Ikki cho‘qqi" patternini qanday topish mumkin

Treydingda "ikki cho‘qqi" patterni nimani anglatadi?

"Ikki cho‘qqi" narxlarning eng yuqori nuqtalarida shakllanadigan va trendning pasayuvchi shaklga o‘zgarishini oldindan bildiruvchi qayrilish modelidir. Ushbu patterning shakllanishi treyderlarga daromadli qisqa pozitsiyalarni ochish imkonini beradi. Figurani texnik jihatdan hisoblab chiqish mumkin: bitimga kirish nuqtalarini oldindan aniqlash hamda stop-loss va teyk-profitni o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Figurani  XAUUSD misolida batafsilroq ko‘rib chiqamiz. To‘rt soatlik grafikda "ikki cho‘qqi" patterni quriladi. Birinchi cho‘qqi shakllangandan so‘ng narx pasaya boshladi, natijada lokal tayanch darajasi shakllandi. Keyin "buqalar" uzun pozitsiyalarni ochishga qaror qilishdi, narx yana ko‘tarildi.

Ammo kotirovkalar qarshilik darajasiga yetishi bilanoq, "ayiqlar" xaridorlarga qarshilik ko‘rsatdi: narx tez tushishni boshladi va "bo‘yin chizig‘i"ni kesib o‘tdi. Keyinchalik kotirovkalar buzib o‘tilgan qo‘llab-quvvatlash darajasini test qiladi va pasayishda davom etadi.

"Ikki cho‘qqi" savdo patternining qoidalariga ko‘ra, qisqa pozitsiyani yorib o‘tilgan qo‘llab-quvvatlash chizig‘i sinovidan so‘ng ochish lozim. Daromad bo‘yicha maqsad "cho‘qqilar"dan "bo‘yin chizig‘i"gacha bo‘lgan masofa bilan belgilanadi, ya’ni treyderlar keyingi harakatni darhol aniqlashlari mumkin. Biroq, ayniqsa muhim yangiliklar e’lon qilinganda, kotirovkalar yanada pastroq tushishi mumkin bo‘lgan holatlar ham uchraydi. Risk-menedjment qoidalariga ko‘ra, stop-loss buzib o‘tilgan tayanch darajasidan yuqoriroq o‘rnatiladi.

LiteFinance: Treydingda "ikki cho‘qqi" patterni nimani anglatadi?

"Ikki cho‘qqi"dan foydalangan holda savdo qilish

Ikki cho‘qqili modeldan foydalangan holda savdo qilishda quyidagi qoidalarga rioya qilish muhimdir:

  1. Avvalo, figuraning o‘zini aniqlab olish zarur. Pattern yuksaluvchi trendda cho‘qqida quriladi.
  2. Ikkita cho‘qqi hosil bo‘lishini kutish va qarshilik darajasini taxminan belgilash muhimdir. Cho‘qqilar taxminan bir xil darajada joylashishi kerak.
  3. Ikkinchi cho‘qqi hosil bo‘lganidan so‘ng narxning to‘liq qayrilishini kutish juda muhimdir.
  4. Narx oraliq tayanch chizig'idan pastda, ya’ni figura kesimi chizig‘idan pastda mahkamlanganidan so‘ng qisqa pozitsiyalarni ochish zarur.

EUR/CAD valyuta juftligi misolida "ikki cho‘qqi" patterniga ko‘ra savdo qilishni ko‘rib chiqamiz.

To‘rt soatlik grafikda "qo‘sh cho‘qqi" namunasi shakllanmoqda. Ikkala lokal maksimum ham taxminan bir xil darajada, ya’ni "buqalar" 1.5093 dan yuqori kelmaydi. Shuningdek, grafikda 1.4847 darajada "bo‘yin chizig‘i" ko‘rinib turibdi. Narx bu darajadan qayta yuqoriga qayrildi.

Keyinchalik, "ayiqlar" lokal tayanch darajasini yengib o‘tganini va narx pasayishda davom etganini ko‘rishimiz mumkin. Qisqa pozitsiyani tayanch darajasidan pastda birinchi qizil sham yopilgandan so‘ng ochish kerak edi. Biroq, men grafikni darhol aniqlay olmadim va 1.4736 belgisidan biroz pastroqda 0.01 lotlik qisqa pozitsiyani ochdim. Potensial foyda 1.4609 darajasida joylashgan. Stop-loss 1.4877 hududida "bo‘yin chizig‘i"dan yuqoriga o‘rnatilgan.

LiteFinance: "Ikki cho‘qqi"dan foydalangan holda savdo qilish

Pozitsiya ochilgandan so‘ng narx, kutilganidek, tushishda davom etdi.

Ikki kundan so‘ng, bitim qo‘lda yopildi va 4,44 dollar plyusga, ya’ni bitim hajmining 40% dan ortiq foyda bilan.

LiteFinance: "Ikki cho‘qqi"dan foydalangan holda savdo qilish

Grafikdagi “ikki cho‘qqi”ga misol

"Qo‘sh cho‘qqi" naqshi ancha oddiy bo‘lib, bu model turli moliya bozorlarida tez-tez uchraydi. Quyida ushbu patternni  mashhur aktivlar bo’yicha qurish misollarini keltiramiz.

Tesla jadvalidagi ikki cho’qqi

M30 grafigida yuksaluvchi trenddan keyin "ikki cho‘qqi" modeli shakllanadi. "Ayiqlar" ikkinchi lokal maksimumdan keyin narxni orqaga qayrishga va tayanch darajasini buzib o'tishga muvaffaq bo‘lishdi.

Grafikdagi "ayiq tuzoqlari"ga alohida e’tibor qaratish lozim. "Ikki cho‘qqilar" bo‘yicha savdo qilishda soxta signallarga duch kelmaslik uchun hushyor bo‘lish kerak.

LiteFinance: Tesla jadvalidagi ikki cho’qqi

ETHUSD grafikdagi qo‘sh cho‘qqi

Kriptovalyuta juftligining to‘rt soatlik grafigida "ikki cho‘qqi" patterni paydo bo‘lmoqda. Xaridorlar kotirovkalarni birinchi lokal maksimumga qaytarishga uringanidan so‘ng, bozorda sotuvchilar faollashdi. Narx pasayib, tayanch darajasini buzib o‘tdi. Bu esa aktiv bo'yicha ommaviy ravishda qisqa pozitsiyalarning ochilishiga sabab bo‘ldi.

LiteFinance: ETHUSD grafikdagi qo‘sh cho‘qqi

NASDAQ100 grafikidagi ikki cho’qqi

Grafikdagi "ikki cho‘qqi" patternning paydo bo‘lishi 2000-yilda AQSh qimmatli qog‘ozlar bozorida yirik sotuvdan oldin kuzatilgan. Quyida ko‘rsatilganidek, moliyaviy vositaning narxi kutilgan darajadan ham pastroq tushib ketgan. Bunday vaziyatda asosiy tayanch darajalariga erishilganda, foydaning bir qismini olgan holda savdo qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin bo'lardi.

LiteFinance: NASDAQ100 grafikidagi ikki cho’qqi

Treydingda "ikki cho‘qqi"dan foydalanish cheklovlari

Boshqa savdo patternlari kabi, ushbu modelning ham qo‘llanishida o‘ziga xos cheklovlar mavjud. "Ikki cho‘qqi" shakllanayotganda, grafikda tez-tez "ayiq" va "buqa tuzoqlari"ni kuzatish mumkin. Ko‘plab treyderlar bu bozor tuzog‘iga ilinib qoladilar. Tuzоqlar sababli pozitsiyalar avtomatik ravishda yopiladi, bu esa narxlarning keyingi teskari harakatlanishlariga olib keladi.

Grafikda pattern shakllanishida, uni tuzishdagi barcha mezonlarga rioya qilish nihoyatda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, tayanch nuqtasi, eng past darajada buzilganidan so‘ng, qisqa muddatli pozitsiyalar ochishda bu juda muhim rol o'ynaydi. Aks holda, siz tuzoqqa tushib qolishingiz va mablag‘laringizni yo‘qotishingiz mumkin.

"Ikki cho‘qqi" patterni bo'yicha savdo qilishda xrisk-menedjment qoidalariga rioya qilish va bir pozitsiyaga umumiy depozitning 2 foizidan ortiq mablag‘ingizni sarflamaslik muhim. Shuningdek, bu shaklni boshqa grafik patternlar va indikatorlar bilan tasdiqlash zarur. Qo‘shimcha texnik tahlil instrumentlari yordamida treyder bozor haqida yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘ladi va narxning keyingi harakatini aniqroq prognoz qila oladi.

Xulosa

"Ikki cho‘qqi" grafik modeli, narxning cho‘qqida burilishining asosiy namunalaridan biri hisoblanadi. Bu shaklning paydo bo‘lishi treyderlarga aktiv narxining asosiy qarshilik darajasiga yetganligini va xaridorlar undan yuqoriga o‘ta olmasligini bildiradi. "Ikki cho'qqilar" deyarli barcha moliyaviy bozorlarda va vaqt oraliqlarida uchraydi, bu esa mazkur modeldan keng foydalanish imkonini beradi.

Siz LiteFinance bepul demo-hisobida "ikki cho‘qqi" modeli bo‘yicha savdoni mustaqil ravishda sinab ko‘rishingiz mumkin. Savdo uchun qulay ko‘p funksiyali veb-terminalda esa aktivlarning keng tanlovi mavjud.

Treydingda ikki cho‘qqi bo‘yicha FAQ

"Ikki cho‘qqi" ko‘tarilish trendining pasayish trendiga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Grafikda bu patternning paydo bo‘lishi narx eng yuqori nuqtaga yetganini va teskari yo‘nalishga qayrilishga tayyorligini bildiradi.

Yo‘q, "ikki cho‘qqi" patterni ayiq figurasi hisoblanadi. Uning "buqasimon" qarama-qarshi modeli — "ikki jarlik" modelidir. Ikki jarlik patterni trendning asosida sodir bo’ladi.

"Ikki cho‘qqi" kuchli pasayish tendensiyasi boshlanayotganidan darak beradi. Ikkinchi cho‘qqi shakllanganidan so‘ng narx jadal ravishda pasaya boshlaydi, "bo‘yin chizig‘i"ning sinishi esa pasayish harakatining kuchayganligidan dalolat beradi.

"Ikki cho‘qqi" modeli o‘zining savdo qoidalariga ega. Qisqa pozitsiyani ochishdan avval "bo‘yin chizig‘i" teshilishini kutish va narxning uzil-kesil o‘zgarishiga ishonch hosil qilish kerak. Xaridorlarning narxni kesish chizig‘idan yuqoriga ko‘tarishga urinishi muvaffaqiyatsiz bo‘lganidan keyin qisqa pozitsiyani ochish mumkin.

Bu, birinchi navbatda, tanlangan narx intervaliga bog‘liq. Taymfreym qanchalik katta bo‘lsa, figuraning grafikda shakllanishi shunchalik uzoq bo‘ladi.

Bu shartmas. Ba’zi hollarda ikkinchi cho‘qqi birinchisidan biroz balandroq yoki pastroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qarshilik darajasida "buqa tuzoqlari"ga uchrashi mumkin, ular tufayli treyderlar uzoq pozitsiyalarni ochadilar, ammo keyinchalik narx tushishi sodir bo‘ladi.

Ikki cho‘qqi shakllangandan so‘ng kotirovkalar pastga tushishni boshlaydi. Oraliq tayanch chizig‘ining teshilishi keyingi pasayishni oldindan belgilab beradi. Bunda daromad bo‘yicha maqsad qarshilik darajasidan "bo‘yin chizig‘i"gacha bo‘lgan masofaga qarab hisoblanadi.

"Ikki cho‘qqi" shakli yuqori narxlar sohasida hosil bo‘lib, "M" harfini eslatadi. "Ikki jarlik" patterni esa past narxlar sohasida shakllanadi va "W" harfiga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Ikki cho'qqi - bu nima va u savdoda qanday ishlaydi?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat