Treydingning har bir ishtirokchisi o‘z faoliyati davomida "vimpel" patterniga juda o‘xshash bo‘lgan "ayiq bayrog'i" figurasini bir necha bor uchratgan. Bu figura o‘z nomini, narxning izchil pasayishidan so‘ng bayroq shaklidagi kichik yuksalayotgan korreksiya ro‘y beradi. Bu esa narxning qayrilishi haqida soxta signal beradi.

Ammo bu treydingdagi keng tarqalgan xato tushunchadir, chunki narx korreksiyadan so‘ng dastlabki trend yo‘nalishida harakatlanishda davom etadi. Odatda, bayroqning shakllanishi savdoning katta hajmlarida sodir bo‘ladi.

Narxning jadal pasayishi bayroqning asosi – flagshtokni eslatadi. Texnik tahlilda, bayroq pastga yorib o‘tgandan so‘ng paydo bo’lgan pattern orqali daromad maqsadlari aniqlanadi.

"Ayiq bayrog‘i" nima va u grafikda paydo bo‘lganda treyderlarni nima haqida ogohlantiradi – ushbu maqolada batafsil ko‘rib chiqamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Bayroq nima?

"Bayroq" figurasi – bu texnik tahlil modeli bo‘lib, u flagshtok yoki bayroq ko‘rinishida shakllanadi. Ushbu pattern trendning davom etishi modeli bo‘lib, ham buqa, ham ayiq modeli bo‘lishi mumkin.

Bu hajm patterni, ya’ni uning grafikda paydo bo‘lishi yuqori volatillik va savdo hajmining o‘sishi bilan sodir bo‘ladi.

Bayroq figurasi turli bozorlarda uchraydi; uni Foreks, kriptovalyuta juftliklari, aksiyalar, xomashyo tovarlari grafigida topish mumkin.

Model, katta hajmli bir necha barlarga teng bo'lgan narxning tez harakatiga asoslanib quriladi – bu "flagshtok" deb ataladi. Shundan so‘ng, qarama-qarshi yo‘nalishda qisqa muddatli konsolidatsiya sodir bo‘ladi (bayroq shakllanadi), keyin esa narx "flagshtok"ning masofasiga yetib olish uchun trend bo‘ylab harakatlanishda davom etadi.

"Buqa bayrog‘i" treyderlarni yuksaluvchi tendensiyasining davom etishi haqida ogohlantiradi va uzoq muddatli bitim ochish uchun signal beradi. "Ayiq bayrog‘i" esa, aksincha, pasayuvchi tendensiya davom etayotganidan dalolat beradi. Narxlar grafikini tahlil qilishda, "bayroq" figurasi bilan birga samarali ishlaydigan boshqa muhim patternlar ham uchraydi.

Bunday modellar haqida "TOP-Foreks patternlari: o‘qishni va qo‘llashni o‘rganamiz" maqolasida batafsil bilib olishingiz mumkin.

LiteFinance: Bayroq nima?

Ayiq bayrog‘i nima?

Ayiq bayrog'i-bu pasayish tendentsiyasining davom etishini bildiruvchi texnik tahlil patternidir. Birinchidan, grafikda kotirovkalar bir nechta shamlarga keskin pasayadi, shaklning bayroq ustuni hosil bo'ladi. Keyinchalik, pasayish to'xtab, past nuqtani hosil qiladi. Narx qayriladi, ya'ni buqalar tushish tendensiyasini ushlab turishga harakat qilishadi, ammo bu behuda urinishdan so'ng, ayiq bayrog'ining maksimal darajasi hosil bo'ladi va kotirovkalar yana bayroq ustuni darajasigacha tushadi, bu yerda figura yakunlanadi.

Odatda, ayiq bayrog‘i yuqori savdo hajmlarida shakllanadi.

LiteFinance: Ayiq bayrog‘i nima?

Ayiq bayrog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

"Ayiq bayrog‘i" figurasi juda ko‘p uchraydi. Agar narx grafikda izchil pasayib borsa, bu potensial "ayiq bayrog‘i" bo‘lishi mumkin. Pattern savdo hajmining oshishi bilan tasdiqlanadi.

Pasayishdan so’ng, qisqa muddatli yuksaluvchi konsolidatsiya boshlanadi, va aynan shu holat bayroq deb nomlanadi. Aytib o’tish joiz: konsolidatsiyaning uzoq muddat davom etishi, “ayiq bayrog’i” figurasini bekor qiladi. Bunday holatda, “ayiq” ko’rinishidagi qayrilish patternlarini qidirib ko’rish zarur, masalan, “osilgan odam”, “qulayotgan yulduz”, “yutib yuborish” va boshqalar.

Taqdim etilgan ma’lumot tanishib chiqish uchun mo‘ljallangan va o‘zgartirilishi mumkin, iltimos, veb-saytimizda e’lon qilinadigan yangiliklarni kuzatib boring. Qo‘shimcha savollaringiz yuzaga kelsa, iltimos, bizning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan bog‘laning.

Narx harakatining keyingi yo‘nalishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin. Keskin pasayish odatda aktiv haqidagi salbiy yangiliklar yoki ma’lumotlar e’lon qilinishi fonida sodir bo‘ladi.

Bayroq modelining dastak qismi ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  1. Keskin pasayish;
  2. Tekis pasayish

LiteFinance: Ayiq bayrog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Ayiq bayrog‘i patternlari qanday ishlaydi?

"Ayiq bayrog'i" – bu tendentsiyani davom ettirish modeli bo'lib, treyderlar uning asosida bitimlarni ochish yoki yopish to'g'risida qaror qabul qilishadi. "Ayiq bayrog'i" aniqlanganda qisqa pozitsiyalar ochiladi. Agar bayroq ustuni pastga qarab shakllansa, ayiqlar tayanch darajasini testlab ko'rishadi. Daraja muvaffaqiyatli buzib o'tilsa, qisqa muddatli yuksaluvchi korreksiya amalga oshiriladi, ya'ni "bayroq" hosil bo'ladi.

Tayanch chizig'ining sinishi, ayiqlarga ko'proq ishonch bag'ishlaydi. Pasayuvchi trend davom etadi, sotish uchun yanada ko'proq bitimlar ochiladi, bu esa narxga bo'lgan bosimni oshiradi.

LiteFinance: Ayiq bayrog‘i patternlari qanday ishlaydi?

Ayiq bayrog‘i bilan buqa bayrog‘i o‘rtasidagi farq nimada?

"Buqa" va "ayiq" bayroqlari orasidagi farq ularning harakat yo‘nalishida. "Buqa bayrog‘i" narxning yuksaluvchi trendida shakllanib, narxning yanada oshishidan darak beradi. "Ayiq bayrog‘i" esa narxning pasayuvchi trendi davom etishi haqida ogohlantiradi.

Ikkala pattern ham bir xil tuzilishga ega: qo'llab-quvvatlash va qarshilik darajalari, bayroq ustuni (flagshtok), bayroq, narxning buzilish nuqtalari.

LiteFinance: Ayiq bayrog‘i bilan buqa bayrog‘i o‘rtasidagi farq nimada?

Grafikda ayiq bayrog‘i patternini qanday aniqlash mumkin?

Grafikda ayiq bayrog‘ini qanday ko‘rinishi va qanday shakllanishini bilsangiz, uni grafikda topish qiyin emas:

  1. Aniq ayiq trendini aniqlash muhim, chunki "ayiq bayrog‘i" pastga yo‘nalgan harakatning davom etish modeli hisoblanadi.
  2. Modelning "flagshtok" qismini topa olish lozim, u narxning keskin yoki asta-sekin pasayishida namoyon bo‘ladi.
  3. Narx tayanch darajasiga tushib, uni buzib o‘tgandan so‘ng, trend harakati sekinlashadi va yo‘nalishini yana yuqoriga o‘zgartiradi – bu qisqa muddatli yuksaluvchi konsolidatsiyadir. Aslida, buzib o‘tilgan tayanch darajasi testdan o‘tkaziladi, so'ngra narx, odatda, yana qayrilib, yanada tezroq pasaya boshlaydi.
  4. Pasayuvchi trend qayta tiklanganidan so‘ng, qisqa bitimga kirish nuqtasini aniqlash va u yerda stop-loss orderini o‘rnatish zarur.
  5. Target figuraning "flagshtok" darajasi bilan belgilanadi. Texnik tahlil instrumentlari yordamida, narxlar harakati trayektoriyasini loyihalash zarur.

LiteFinance: Grafikda ayiq bayrog‘i patternini qanday aniqlash mumkin?

Hajmlar yordam beradimi?

"Ayiq bayrog‘i" figurasi paydo bo‘lganda hajmlarni tahlil qilish savdo qarorlarini qabul qilishda asosiy omillardan biridir.

Hajm indikatori bozordagi joriy tendensiyani aks ettiradi. Agar "ayiq flagshtoki" shakllanayotganda hajmlar oshsa, bu sotuvchilarning yetarlicha kuchli ekanligini va ular narxni yanada pasaytirishi mumkinligini anglatadi. Yuksalayotgan konsolidatsiya davrida hajmlar, odatda, pasayadi – "buqalar"da narx qayrilishi uchun kuch yetishmaydi. "Ayiqlar" faol ravishda bosim o‘tkazib, narxlarni pasaytirishda davom etmoqda, bu esa ayiq figurasi ish berganligining yaqqol namoyishidir.

Ayiq bayrog‘i va 50-davrli sirpanuvchi o‘rtacha

"Ayiq bayrog‘i" patternini to‘g‘ri aniqlash uchun grafikka oddiy sirpanuvchi o‘rtacha – SMA 50 indikatori qo‘shiladi.

Quyida EURUSD kunlik jadvalida ko'rinib turibdiki, kotirovkalar sirpanuvchi o'rtachani pastga qarab buzib o'tdi, tayanch chizig'igacha tushishda davom ettirdi va uni ham buzib o'tdi. Narx SMA 50 chizig'idan pastroq harakatlanishi trend ayiqlarga tegishli ekanligi va hozirgi vaqtda bozorda sotuvchilar ustunlik qilib kelayotganini anglatadi.

Ko‘rinib turibdiki, qo‘llab-quvvatlash darajasi testdan o‘tkazilgandan so‘ng, buqalar 50-davrli SMA chizig‘ini yuqoriga kesib o‘ta olmadilar. Bundan tashqari, aktivning konsolidatsiya davrida savdo hajmlari pasayib bormoqda, demak, bozor to‘liq "ayiqlar" nazorati ostida va narxning navbatdagi pasayishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda narx "bayroq" figurasidan chiqquncha kutish va qisqa muddatli pozitsiyani ochish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

LiteFinance: Ayiq bayrog‘i va 50-davrli sirpanuvchi o‘rtacha

Savdoda ayiq bayrog‘idan qanday foydalanish mumkin

Grafikdagi "ayiq bayrog'i" figurasini sinchkovlik bilan tahlil qilib, uni aniqlab olgandan so'ng, yaxshi sozlangan savdo strategiyasini qo'llash kerak. Quyida ayiq bayrog'i patternidagi eng mashhur va foydali savdo tizimlarini ko'rib chiqamiz.

Strategiya №1: ayiq bayrog’ining pastga qarab buzilishi

Ushbu savdo strategiyasi treyderlar orasida eng ko‘p tarqalgan. Asosiy g‘oya – "flagshtok" va "bayroq" shakllanganidan so’ng, pastga qarab buzilishni kutish va sotish uchun pozitsiyani ochish.

Ushbu strategiya bo‘yicha savdo qilishda tahlil qilish tartibi:

  • grafikda "ayiq bayrog‘i" flagshtoklarini topish;
  • aktivning yuqoriga ko‘tariluvchi konsolidatsiyasiga, ya’ni ayiq bayrog‘i shakllanishiga erishish;
  • narxning bayroqdan pastga tushishini kutish va bozor ayiqlar nazorati ostida ekaniga ishonch hosil qilish – hajmni tasdiqlash indikatorlari, SMA 50, RSI indikatori yoki sham tahlili patternlari yordamida. Sham grafigini to‘g‘ri tahlil qilish usullari bilan "Sham grafigini qanday o‘qish mumkin?" maqolasida tanishishingiz mumkin;
  • pattern tasdiqlangandan so‘ng, qisqa pozitsiyani ochish zarur;
  • stop-loss bayroqning yuqori chegarasidan balandroq bo‘lishi kerak;
  • teyk-profit flagshtok balandligi darajasiga qo‘yiladi.

LiteFinance: Strategiya №1: ayiq bayrog’ining pastga qarab buzilishi

Strategiya №2: ayiq bayrog’i patterni va Fibonachi korreksiyasi

Fibonachchi darajalari bo‘yicha savdo strategiyasi narxlarning pasayishida qisqa pozitsiyalarni ochishni nazarda tutadi.

Savdo strategiyasidan bosqichma-bosqich foydalanish:

  • grafikdagi "ayiqcha" trendni, shuningdek, qarshilik va qo‘llab-quvvatlash darajalarini aniqlash;
  • Fibonachchi korreksiyasi darajalari setkasini joriy yuqori qarshilikdan oldingi tayanchning quyi darajasigacha tortish;
  • "ayiq bayrog‘i" flagshtogini aniqlash va Fibonachchi darajasidan korreksiyani kutish;
  • narxning yuqori darajadagi trend chizig‘idan sakrab chiqishini kutishga va sotuv uchun pozitsiyani ochish;
  • korreksiyaning burilish nuqtasidan biroz yuqoriroqqa stop-loss orderini o’rnatish;
  • teyk-profitni flagshtokning balandligi darajasiga qo‘yish yoki – konservativroq strategiyada – maqsadlar bo’yicha to‘r qo’yib, ularni bir necha qismga bo‘lib chiqish.

LiteFinance: Strategiya №2: ayiq bayrog’i patterni va Fibonachi korreksiyasi

Strategiya №3: ayiq bayrog‘i patterni va tayanch darajasini buzib o’tish

Ushbu strategiyaning mohiyati – narx tayanch darajasidan oshib ketgandan so'ng qisqa pozitsiyalarni ochishdadir.

Tayanch darajasini buzib o’tish strategiyasini qo’llash mezonlari:

  • grafikda ayiq trendini va qarshilik hamda tayanch darajalarini aniqlash;
  • "ayiqlar" tomonidan tayanch darajasiga erishilishi va uning testdan o‘tkazilishini kutib, kirish nuqtasini izlashga kirishish;
  • grafikka SMA 50 sirpanuvchi o‘rtachasini qo‘shib, quyidagilarga ishonch hosil qilish: trend ayiqlar nazorati ostida, sotuvchilar kuchli ekanligi. Katta taymfreymlarda 50, 100, 200 davrli sirpanuvchi o‘rtachalardan, kichik taymfreymlarda esa 9, 12, 20 davrli sirpanuvchi o‘rtachalardan foydalanish lozim. Boshqa texnik indikatorlardan ham foydalanish mumkin;
  • tayanch darajasidan pastroqda, sotish uchun pozitsiya ochish;
  • stop-loss orderini bayroqning yuqori chegarasidan yuqoriroqqa qo‘yish kerak;
  • target bayroq dastasining balandligi darajasi bilan belgilanadi.

LiteFinance: Strategiya №3: ayiq bayrog‘i patterni va tayanch darajasini buzib o’tish

Ayiq bayrog‘ining ijobiy va salbiy jihatlari

Texnik tahlilning boshqa figuralarida bo‘lgani kabi "ayiq bayrog‘i"ning ham o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor.

Afzalliklari

  1. Pattern universal bo‘lib, undan kriptovalyuta, Foreks, aksiyalar, xomashyo tovarlari kabi turli bozorlarda savdo qilishda foydalanish mumkin. Shuningdek, patternni har qanday taymfreymda tahlil qilish imkoniyati mavjud. U kunlik treydingda juda qulay hisoblanadi. Qisqa muddatli savdo uchun yana qanday figuralardan foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumotni "Yangi boshlagan treyderlar uchun deytreydingda qo‘llaniladigan 10 ta pattern" maqolasidan olishingiz mumkin.
  2. Ushbu patterndan foydalanishda bitimga kirish va chiqish, shuningdek stop-loss qo‘yishning aniq qoidalari mavjud. Pattern bo'yicha savdoda bu eng asosiy afzalliklardan biri hisoblanadi – bitimni ochayotganda, treyder qachon bitimni ochish va qachon undan chiqish kerakligini aniq biladi, shu bilan birga xatarlar ham kamayadi.
  3. 100 foiz pastga harakat. "Ayiqlar bayrog‘i" shaklini to‘g‘ri aniqlangandan so‘ng, bozor ishtirokchilari to‘liq ishonch hosil qilishlari mumkin: narx albatta pasayadi.
  4. Xatar va foydaning yaxshi nisbati.
  5. Model juda ko'p uchraydi.

Qo’llashdagi xavf-xatarlar

  1. Patternni noto‘g‘ri aniqlash treyderning tuzoqqa tushishi va mablag‘larini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Standart tuzilishdagi bayroqning korreksiyasi 30% dan oshmasligi kerak. Agar korreksiya 50% dan ortiq bo‘lsa, bu korreksiya emas, balki to‘liq qayrilish hisoblanadi.
  2. Treydingda yangi boshlaganlar uchun bu patternni grafikda aniqlash qiyin bo‘ladi. Bunda ko‘plab omillarni, jumladan boshqa texnik indikatorlar va sham modellarining tasdiqlovchi signallarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Ayiq bayrog’ini qo’llash bo’yicha maslahatlar

Narx patterni bir qarashda oddiy ko‘rinishi mumkin, biroq bu yanglish fikr. Muayyan qoidalarga amal qilish juda muhim:

  • Savdo qilishdan avval bayroq shakllanishini va narxning chiqishini kutish muhimdir. Ushbu vaqtga qadar model pastlash tendensiyasining davom etishini tasdiqlamaydi – trend liniyasi yuqoriga qarab buzilishi mumkin.
  • Savdo hajmini oshirish yoki RSI, SMA 50 kabi boshqa texnik ko'rsatkichlar bo'yicha figurani tasdiqlash muhim. Shuningdek, siz shamli qayrilish naqshlari va trendni davom ettirish figuralaridan foydalanishingiz mumkin: "osilgan odam", "oqshom yulduzi", "qulayotgan yulduz", "parvozdagi ikki qarg'a" va boshqalar.
  • Narx har doim ham bayroq ustunining balandligi darajasigacha tushmaydi. Shuning uchun, avval grafikdagi eng yaqin tayanch darajasini aniqlang, shunda siz teyk-profit darajasini qayerga joylashtirishni aniqlay olasiz.
  • Xatarlarni boshqarish qoidalariga rioya qiling va stop-orderlarni o'rnating. Shunday qilib, siz keraksiz zararlardan holi bo'lasiz..

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlash lozimki, "ayiq bayrog‘i" modeli ko‘plab moliyaviy bozorlarda tez-tez uchraydigan trend davomiyligining muhim figurasi hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu model texnik tahlilda eng ishonchli modellardan biri sanaladi. Biroq, bu patternni boshqa texnik vositalar bilan tasdiqlash kerak, bu esa ma’lum bir tajribani talab qiladi. Har qanday treyder o‘z ko‘nikmalarini LiteFinance onlayn platformasining demo hisobida hech qanday xavf-xatarsiz mukammallashtirishi mumkin.

”Ayiq bayrog’i” bo’yicha FAQ

"Ayiq bayrog'i" figurasi – bu pasayish trendida shakllanadigan davomiy tendentsiyaning narx patternidir.

"Ayiq bayrog‘i" buqa bayrog‘i bo‘lishi mumkin emas. "Buqa bayrog‘i" mavjud bo‘lib, u yuksaluvchi trend davrida shakllanadi va buqa trendi davom etayotganidan darak beradi.

Ushbu figurani grafikda narxlarning intensiv pasayishi ("bayroq ustuni") va qisqa muddatli konsolidatsiya ("bayroq") shaklida osongina aniqlansh mumkin. "Bayroq" dan chiqish ayiq trendining davom etishini anglatadi – qisqa pozitsiyalarni ochishingiz mumkin.

"Ayiq bayrog‘i" patterni bozorga kirish va chiqishning aniq nuqtalari va stop-loss darajasi bilan aniq strukturaga ega, shuning uchun pattern signallari aniqdir. Biroq, bu borada ma’lum xavf-xatarlar ham mavjud.

Asosiy farq narx harakatining yo‘nalishidadir. "Ayiq bayrog‘i" kotirovkalarning pasayishi bilan, "buqa bayrog‘i" esa ularning o‘sishi natijasida shakllanadi.

"Bayroq" figurasi trendni davom ettirish modelidir. Ikki xil bo‘ladi: buqa va ayiq. Shakl treyderlar tomonidan savdoda faol qo‘llaniladi, chunki u narx yo‘nalishini tasdiqlaydi.

Savdoda "ayiq bayrog‘i" nima?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat