Ishonchim komilki, ko'pchiligingiz savdo uchun maslahatchi (avtomatlashtirilgan savdo tizimi) sotib olish yoki ishlab chiqish haqida o'ylab ko'rgansiz: uni VPS serverga o'rnatsangizu, u sizning yo'qligingizni bildirmay, savdo qilib tursa. Juda jozibali fikr, shunday emasmi?
Yoki yana boshqa bir misol: siz ishonchli boshqaruv bilan shug'ullanmoqdasiz va sizning qo'lingizda boshqa treyderlarning 5 dan ortiq hisoblari mavjud. Ish kompyuteringizdagi yoki noutbukingizdagi barcha terminallarni ishga tushirilgan holda ushlab turish - bu uskunangizni apparat qismiga og'ir yuklama bo'lishi mumkin. Va kim biladi, balki Internet o'chib qolar?
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Foreks VPS serveri nima?
Forex VPS xizmati - avtomatlashtirilgan tizimlar (skriptlar, maslahatchilar) yordamida savdo qilishni afzal ko'ruvchi treyderlar orasida mashhur bo'lgan masofaviy serverni taqdim etish xizmatidir.
VPS serveridan foydalangan holda statsionar kompyuter, noutbuk yoki planshetdan savdo qilish, provayder bilan Internet aloqasini doimiy ravishda saqlab turish va uzluksiz quvvat manbaining mavjudligi kabi afzalliklarga ega.
VPS xizmati uchun qo'llaniladigan zamonaviy texnologiyalar serverning to'xtovsiz ishlashini, uning ortiqcha yuklanmasligini kafolatlaydi va uning xususiyatlarida e'lon qilingan barcha manbalardan, ya'ni alohida ajratilgan RAM, qattiq disk, protsessorga kechayu kunduz foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.
Forex VPS xizmati qanday ishlaydi?
Foreks VPS serverining vazifalari: yuklamani o'ziga olishi, treyder undan istalgan vaqtida foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Uni to'liq ish joyi deb atash mumkin, u faqatgina avtomatik savdo uchun moslashtirilishi mumkin, xoh u maslahatchilar savdosi bo'lsin, xoh ko'plab investorlarning hisoblarini boshqarish yoki boshqa vaqt mintaqasida joylashgan treyderning signallarini nusxalash.
Treyderlarga yordamga masofaviy ish stantsiyalari, ya'ni har doim onlayn turadigan VPS serverlari keladi. 24/7. Endi kompyuterda bir nechta ochiq terminallarni saqlashning hojati yo'q. Ish stantsiyangizning resurslari to'g'risida o'ylashingiz yoki tunda Internet-provayderingiz tarmog'ida profilaktika ishlari bo'lishi haqida tashvishlanishingiz shart emas.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, masofaviy serverni ijaraga olish yoki VPS xizmatidan foydalanish savdogarni fors-major va noodatiy vaziyatlar bilan bog'liq muammolardan himoya qiladi, masalan, rejadan tashqari elektr ta'minotining uzilishi, routerning ishlamay qolishi, internetning o'chib qolishi, ruxsatsiz kirish holatlari yoki kompyuter, planshet yoki noutbukning favqulodda nosozlikka kelishi.
Foreksda VPS xizmatini faollashtirish uchun, ushbu xizmatni ijaraga beruvchi har qanday broker yoki kompaniyaning ro'yxatdan o'tish/avtorizatsiya qilish shaklini olishingiz kerak bo'ladi.
Masofaviy serverni ulash bo'yicha ko'rsatmalar, foydalanuvchining buyurtma berish paytida ko'rsatilgan elektron pochtasiga, to'lov amalga oshirilishi bilanoq yuboriladi. Ijara muddati va narxi serverning tarifi va xususiyatlariga bog'liqdir.
LiteFinance kompaniyasining ajratilgan VPS serveri
LiteFinance barcha mijozlariga Foreks savdosi uchun o'rnatish oson va ishonchli VPS serverni taklif etadi. Keling, buni batafsil ko'rib chiqamiz va uni qanday sozlash va ishga tushirish mumkinligi haqida so'z yuritamiz.
LiteForeks VPS-ining afzalliklari:
LiteFinance kompaniyasi taklif etayotgan Foreks VPS serveri Microsoftning Hyper-V deb nomlangan virtualizatsiya texnologiyasi asosida qurilgan bo'lib, u asosiy operatsion tizimdan ajratilgan 64-bitli gipervizorga asoslanadi. Bu nima degani? Bu shuni anglatadiki, tarif bo'yicha ijaraga olingan serverning barcha resurslari, kompaniya serverlari qanchalik yuklangan bo'lishidan qat'i nazar, treyderga istalgan vaqtida taqdim etiladi.
Uzluksiz 24/7 ishlash rejimi. Endi sizning uyingizda/ofisingizda Internet yoki elektr energiyasi yetishmovchiligi haqida tashvishlanishning hojati yo'q.
Kuniga 24 soat davomida malakali qo'llab-quvvatlash xizmati.
VPS serverlari kompaniyaning asosiy serverlarining yonida joylashgan bo'lib, orderlar bajarilishining minimal kechikishini kafolatlaydi.
Qulayligi: xizmatni faollashtirish va ijara haqini to'lash, to'g'ridan-to'g'ri kompaniyaning shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
Shuni yodda tutingki, minimal ping va VPS-ning asosiy broker serverlariga maksimal yaqin joylashuvi faqat o’z brokeringiz tomonidan taklif qilinishi mumkin. Bunga qo'shimcha bonus sifatida, serverni kompaniyaning shaxsiy kabineti orqali to'g'ridan-to'g'ri faollashtirish qulayligiga ega bo'lamiz.
Keling, LiteFinance bizga VPS-ning qanday konfiguratsiyasini taklif qilayotganini ko'rib chiqamiz:
OS Microsoft Windows Server 2012
1100 MHz chastotali CPU
1024 Mb operativ xotira
Qattiq diskda o’z ehtiyojlaringiz uchun 25 GB bo’sh joy
Narxi - 15$/oyiga
Ushbu tarif kuniga 24 soat tinmay ishlaydigan bir nechta avtomatlashtirilgan sodda maslahatchilarni, shuningdek, ko'plab jadvallar va ekspertlar bilan ortiqcha yuklanmagan shaxsiy savdo terminalini ishga tushirmoqchi bo'lgan oddiy treyderga to'g'ri keladi. Fonda iqtisodiy kalendar va tahlillar bilan brauzerni ishga tushirishingiz yoki sizni qiziqtirgan instrumentning grafigini tashqi manbada ochishingiz mumkin. HDD-dagi bor joy barcha asosiy ish vazifalari uchun yetarli bo'lishi kerak.
Forex VPS serveri qanday o'rnatiladi
Afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishib chiqib, LiteFinance kompaniyasining VPS serverini o'rnatishga qaror qilgan bo'lsangiz, uni amalda tadbiq etish jarayonini ko'rib chiqamiz:
1. LiteFinance rasmiy veb-saytiga o'tamiz va shaxsiy kabinetga kiramiz.
2. O'z login va parolimiz ostida avtorizatsiya qilamiz.
3. Ochilgan oynada "Savdo qilish" (Trade) punktini tanlaymiz, so'ngra "METATRADER"
4. Keyingi oynada "VPS sotib olish" (BUY VPS) tugmasini bosamiz
5. Hamma ma'lumotlarni e'lon qilinganiga mosligini tekshiramiz: hisobda mablag'larning mavjudligi, tarif qiymati. Bundan so'ng, "USD evaziga sotib olish" (BUY FOR USD) tugmasini bosamiz.
Kichik tushuntirish: siz VPS xizmatini broker tomonidan savdo uchun, aniqrog'i qilgan savdoingiz hajmi uchun beradigan ballar evaziga ham sotib olishingiz mumkin. Agar siz kompaniya bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelayotgan bo'lsangiz yoki katta hajmli lotlar bilan savdo qilsangiz, serverni ijaraga olishning shu usulidan foydalanishingiz mumkin.
6. Tugmani bosganingizdan so'ng, VPS uchun arizangiz "jarayonda" holatiga o'tadi. Savdo uchun server ajratilishini kutamiz.
7. Biroz vaqt o'tgach, sizning pochtangizga brokerdan VPS serverining rekvizitlari bilan xat keladi: IP-manzil, login, parol. Xat sizning arizangiz muvaffaqiyatli ko'rib chiqilganligini tasdiqlaydi.
8. Кейинчалик, standart Windows ilovasidan foydalanishni maslahat beraman - "Masofaviy ish stoliga ulanish". Uni "Qidirish" funksiyasi orqali, yoki "Ishga tushirish" (Пуск) menyusidagi --> "Standart" (Стандартные) papkasidan topishimiz mumkin.
9. Ochilgan oynada "Parametrlarni ko'rsatish" tugmasini bosamiz.
"Kompyuter" grafasiga xatda ko'rsatilgan serverning IP-manzilini, "Foydalanuvchi" grafasiga esa xatdagi "Login"ni kiritamiz. "Hisob ma'lumotlarini saqlab qo'yishga ruxsat berish" punktini "galochka" bilan belgilaymiz va "Ulanish" tugmasini bosamiz.
10. Keyingi oynada parolni kiritamiz. U, shuningdek, LiteFinancedan rekvizitlar bilan kelgan xatda ham mavjud. "OK" tugmasini bosamiz.
11. Agar sertifikatning haqiqiyligi to'g'risida xabar paydo bo'lsa, "So'rov boshqa ko'rsatilmasin..." punktiga "galochka" qo'yamiz va "Ha" tugmasini bosamiz.
12. Keyinchalik VPS tizimining oynasi ochiladi. Ushbu oynada bizga tanish bo’lgan Windows ish stoli paydo bo'ladi, uni o'zimizga mos ravishda sozlab olamiz.
Savdo maslahatchilari, ekspertlari va robotlarini yuklab olish va o'rnatish bo'yicha barcha keyingi ishlar VPS xizmatida standart usulda amalga oshiriladi, ya'ni dastur masofadagi kompyuterda joylashgan tegishli papkaga o'rnatiladi va savdo terminaliga yuklanadi, so'ngra avtomatlashtirilgan dasturning to'g'ri ishlashi uchun savdo terminaliga barcha kerakli parametrlar o'rnatiladi. Keyinchalik maslahatchilar va ekspertlar belgilangan barcha vazifalarni treyderning o'rniga mustaqil bajaradilar, VPS xizmatidan foydalanish esa treyderni barcha dasturlarning ishlashini muntazam tekshirib turish majburiyatidan ozod qiladi. U hattoki kompyuterni o'chirib qo'yishi ham mumkin, chunki treyderning serverda o'rnatilgan savdo terminali va unda ishlab turgan avtomatlashtirilgan yordamchilar har doim yoqiq holda turadi.
Nima qilish kerak:
LiteFinance terminalini yuklab olamiz va u hali o'rnatilmagan bo'lsa, uni masofadagi kompyuterga o'rnatamiz;
masofadagi kompyuterdan login kiritish orqali o'z savdo hisoblarimizga kiramiz;
Bulutli xotira yordamida profil papkalarini ish kompyuteringizdagi MetaTrader terminalidan masofaviy serverga o'tkazamiz yoki barcha grafiklar va maslahatchilarni noldan sozlaymiz;
istaklarimizga ko'ra qo'shimcha dasturlarni o'rnatamiz;
va tizimni ishga tushirilgan holda qoldiramiz.
Amalga oshirilgan barcha harakatlardan so'ng, siz 24/7 rejimida kunu-tun faol bo'lib qoluvchi "masofaviy ish stansiyangizga" kirish imkonini qo'lga kiritasiz. Endi, agar masofaviy ish stolini yopsangiz, u yerda ishg tushirilgan barcha dasturlar odatdagidek ishlab turaveradi. Siz MetaTrader terminallaringiz, maslahatchilaringiz, indikatorlaringiz, boshqa dasturiy ta'minotingizga istalgan vaqtda va Internet mavjud bo'lgan har qanday joyda yetishish imkoniga egasiz.
Serverga ulanishning minimal kechikishidan va tizimlaringizning 24/7 rejimida ishlashidan rohatlaning!
Treyder istalgan joydan va har qanday kompyuterdan savdo terminali o'rnatilgan serverga va undagi maslahatchilar yoki ekspertlarga ulanishi, ularning sozlamalarini to'g'rilashi, qo'shimcha instrumentarni o'rnatishi mumkin - shunchaki yuqorida tasvirlanganidek, masofaviy ish stolini ulashni amalga oshirish kifoya.
MetaTraderga o'rnatilgan VPS
Keling, bu variantda vaqt sinovidan o'tgan eski va qadrdon MQL5 xizmatini ko'rib chiqamiz. Agar kimdir bilmaydigan bo'lsa, bu MetaTrader 4 va MetaTrader 5 savdo terminallarini yaratgan kompaniya.
VPS xizmatini sotib olish uchun biz MQL5 rasmiy veb-saytiga kirishimiz kerak. Keyin "VPS" bo'limiga o'tamiz. Yoki havola orqali sahifaga to'g'ridan-to'g'ri o'tishingiz mumkin: https://www.mql5.com/ru/vps.
Ochilgan sahifada biz xizmatning tavsifini va kompaniyaning fikriga ko'ra "eng kam ping va eng yaxshi ijro"ga ega serverni tanlash imkoniyati mavjudligini ko'ramiz.
Keling, ushbu usulning afzalliklarini ko'rib chiqamiz:
Narxi oyiga 15 dollardan boshlanadi. Serverni qancha ko'p oy ijaraga olsangiz, undan foydalanishning har oyi sizga shunchalik arzonga tushadi. Maksimal chegirma 21% gacha yetadi.
Barcha yangi foydalanuvchilar uchun xizmat 24 soat davomida bepul. Ajoyib! Bizda xizmatni sinab ko'rish va agar biror narsa yoqmasa, obunani uzaytirmaslik imkoniyati mavjud. Sinov uchun obunani qanday olish haqida quyiroqda o'qing.
VPS-ga to'g'ridan-to'g'ri MetaTrader terminalidan buyurtma berish va kerakli amallarni darhol sinxronlashtirishni boshlash imkoniyati.
Quyidagilarni sinxronlashtirish mumkin:
A) maslahatchilar, indikatorlar, signallar
B) maslahatchilar, indikatorlar
C) faqat signallar
Talab bo'yicha manbalar. Platforma tasarrufida 16 GB gacha HDD, 3 GB gacha operativ xotira, bir nechta jismoniy CPU yadrolari mavjud. Qancha CPU yadrolari borligi aniq ko'rsatilmagan, ammo kompaniya bir vaqtning o'zida bir nechta savdo strategiyalarni vazifasini qoplashni va undan ham koprog'ini va'da qilmoqda.
Market’da sotib olingan ilovalarni faollashtirish huquqi kuyib ketmasligi ta’minlanadi.
Kamchiliklardan quyidagilarni autib o'tish joiz:
Boshqa terminallardan (MetaTrader bundan istisno) foydalansangiz, ular bilan uyg'un ishlash uchun mos kelmaydi
Faqat savdo uchun mo'ljallangan. Bu degani, siz tashqi ilovalar va dasturlarni ishga tushira olmaysiz – masofaviy operasion tizimga kirish imkoni yo'q.
Bitta ijaraga olingan terminal faqat bitta savdo hisobi bilan ishlashi mumkin.
Virtual terminalda har qanday DLL-dan foydalanadigan indikatorlar va maslahatchilarni ishga tushirish mumkin emas. DLL-dan foydalanish imkoniyati jismonan mavjud emas.
VPS-ni o'z terminalingizga o'rnatish
Pullik obuna xuddi sinov obunasi kabi faollashtiriladi, shuning uchun cheklangan sinov davri misolida serverni o'rnatish jarayonini ko'rib chiqamiz.
Diqqat! Siz MQL5 hamjamiyatida ro'yxatdan o'tgan hisobga ega bo'lishingiz shart. Agar u mavjud bo'lmasa, VPS-ni faollashtirishdan oldin, uni ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak bo'ladi.
MT 4 ishchi terminalimizni ochamiz.
Sozlamalar menyusini ochamiz (CTRL + O).
"Hamjamiyat" vkladkasiga o'tamiz va MQL5 login va parolimizni ko'rsatamiz. "OK" tugmasini bosamiz. Agar siz allaqachon terminalingizda avtorizatsiya qilingan bo'lsangiz, bu bosqichni o'tkazib yuborishingiz mumkin.
4. "Navigator" menyusini ochamiz (CTRL+N klavishalari yordamida)
5. Savdo hisoblarimiz ro'yxatidan qaysi biri uchun server ajratmoqchi bo'lsak, shunisini tanlaymiz va sichqonchaning o'ng tugmasi bilan bosamiz.
6. "Virtual server ajratish" punktini tanlaymiz.
7. Ochilgan master oynasida, bizga kerak bo'lgan tarif rejasini tanlaymiz. Xizmatni sinab ko'rish uchun, bepul test muddatini tanlashni tavsiya etaman.
8. "Bepul" punktini tanlaymiz va "Keyingisi" tugmasini bosamiz
9. "Virtual xosting xizmati"dan foydalanish qoidalarini qabul qilamiz. "Terminalda faollik va balansda mablag'lar mavjud bo'lgan holda, obunani avtomatik tarzda uzaytirish" opsiyasiga "galochka" qo'yamiz yoki olib tashlaymiz. "Keyingisi" tugmasini bosamiz.
10. Tabriklayman! Siz terminalingiz uchun VPS-ni faollashtirdingiz. Endi VPS-ga qo'ygan vazifalaringizga qarab, qaysi ma'lumotlar sinxronlashtirilishi kerakligini tanlaysiz: barchasi, ekspertlar yoki signal
Shuningdek, agar siz hali aniq qarorga kelmagan yoki terminalingizni oxirigacha sozlamagan bo'lsangiz, "keyinroq migratsiyalash" opsiyasini o'rnatishingiz mumkin.
"Tayyor" tugmachasini bosgandan so'ng, master oynasi yopiladi.
Agar hammasi muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsa, unda "Jurnal" bo'limida quyidagi satrlarni ko'rasiz:
Shuni yodda tutingki, terminalda sinxronlangan parametrlarga o'zgartirish kiritilganidan so'ng har safar, VPS bilan atrofdagi dasturlarni qo'lda sinxronlashtirishingiz kerak.
Buni sichqonchaning o'ng tugmasi bilan savdo hisobingizga bosish va kerakli sinxronizatsiya parametrlarini tanlash orqali amalga oshirish mumkin. Xuddi shu menyuda siz serverni to'xtatib, xostingni bekor qilishingiz mumkin.
Ko'rib turganingizdek, hammasi juda oddiy. Barcha harakatlar to'g'ridan-to'g'ri MetaTrader 4/5 terminalida amalga oshiriladi. Agar siz pullik obunani faollashtirsangiz, obunani yangilash yoki tarifni o'zgartirishdan oldin MQL5 hisob balansini to'ldirishni unutmang.
Ushbu maqolada biz Forex savdosi uchun VPS serverini faollashtirish va sozlashning ikkita oson usulini ko'rib chiqdik. O'zingiz yoqtirgan birini tanlang va olg'a. Muvaffaqiyatli savdolarni tilab qolaman!
P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)
Foydali havolalar:
- Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
- LiteFinance dan depozitingizga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinance platformasida Hisobni to'ldirish dagi tegishli maydonga kiritsangiz kifoya.
- Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
- Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.





















