Hamkorlik dasturlari: mohiyati, turlari, ro'yxatdan o'tish. Qanday qilib brokerning hamkori bo'lish va o'z hamkorlik tarmog'ingizni "noldan" yaratish haqida.

Hamkorlik dasturlari qo'shimcha pul olib kelishi yoki asosiy tadbirkorlik turiga aylanishi mumkin. Referallarni jalb qilish bo'yicha to'g'ri qurilgan tizim, oyiga 1000 AQSh dollaridan ko'proq pul ishlash imkonini beradi (tajribali hamkorlar o'n minglab dollar daromad olishlari mumkin). Ushbu sharhda hamkorlik dasturlarining mavjud turlari, ro'yxatdan qanday qilib o'tish, minimal investitsiyalar bilan hamkorlik tarmog'ini "noldan" yaratish vositalari va variantlari to'g'risida, shuningdek, hamkorlik dasturlari orqali pul ishlashning asosiy qoidalari va algoritmi haqida bilib olasiz.

Hamkorlik dasturlari: daromad turlari va algoritmi

Hamkorlik dasturi - bu brokerga foyda(spred bo'yicha daromad) olib keladigan yangi mijozlarni treydingga jalb qilish yo'li bilan daromad olish turi hisoblanadi. Broker bu foydani hamkori bilan qisman baham ko'rishga tayyor. Hamkorlik treyderning qo'shimcha passiv daromadi bo'lishi yoki mustaqil tadbirkorlik turiga aylanishi mumkin. Qanday hamkorlik dasturlari mavjudligi, qanday qilib hamkor bo'lish va shaxsiy hamkorlik tarmog'ingizni "noldan" qurish haqida o'qing.

Qanday qilib hamkor bo'lish mumkin: dastur turlari va ro'yxatdan o'tish tartibi

Har bir broker yangi mijozlarni jalb qilish va savdo aylanmasini oshirishdan manfaatdor. Shuning uchun ularning har biri hamkor tomonidan yangi mijozlarni jalb qilishda ko'makdosh bo'lishga, kerakli ma'lumotlarni taqdim etishga har tomonlama tayyordir. Dasturda ro'yxatdan o'tgandan so'ng, hamkor quyidagilarga ega bo'ladi:

  • referal havola. Ushbu havola saytga integratsiya qilinishi mumkin (agar sayt mavjud bo'lsa) yoki potentsial treyder uni brauzerning manzil satriga kiritish uchun ishlatishi mumkin. Ikkala holatda ham referal (potentsial mijoz) havola orqali brokerning veb-saytiga yo'naltiriladi;

  • bannerlar. Saytda joylashtirish uchun mo'ljallangan avvaldan tayyorlangan reklama mahsulotlari;

  • vizitkalar. Reklama tarqatma materiallari. Ushbu materiallarni chop etib chiqarish hamkorning zimmasida qoladi, broker faqat uning elektron versiyasini taqdim etadi;

  • saytning alohida sahifalarining tasvirini yaratish uchun fon rasmlari va avatarlar;

  • brokerning korporativ ranglarida avvaldan bezatilgan logotipli tayyor lendinglar (bitta sahifali veb-saytlar).

LiteFinance: Qanday qilib hamkor bo'lish mumkin: dastur turlari va ro'yxatdan o'tish tartibi

Mukofot belgilangan pul miqdori sifatida (masalan, har bir ro'yxatdan o'tgan mijoz uchun $25 yoki $50) yoki ulush sifatida (broker daromadining %) berilishi mumkin. Hamkorning vazifasi nafaqat potentsial mijozni brokerning veb-saytiga kirishga, balki haqiqiy hisobda savdo qilishni boshlashga da'vat etishdir. Shuning uchun hamkor o'ziga ishontira olish mahoratiga ega bo'lishi va eng muhimi, treydingni va taqdim etilayotgan kompaniyaning o'ziga xos xususiyatlari("fishkalar")ni yaxshi tushunishi kerak.

Hamkorlik dasturlari soni cheklanmagan. Shuning uchun, eng maqbul usul - o'z saytingizni yaratish va unga bir vaqtning o'zida bir nechta brokerlarning havolalari va reklamalarini joylashtirishdir. Quyida batafsilroq ma'lumot berilgan.

Qanday qilib brokerga hamkor bo'lish mumkin (texnik qism)

Qanday qilib ro'yxatdan o'tish va hamkorlik dasturining turini tanlash haqida, men LiteForeksning hamkorlik dasturlari misolida aytib beraman. Boshqa brokerlarning ishlash printsiplari ham deyarli farq qilmaydi.

Birinchi qadam - brokerning veb-saytida shaxsiy hisobingizni ro'yxatdan o'tkazish. Bu yerda hammasi sodda: biz pochta manzilimizni ko'rsatamiz, o'zimiz haqimizda haqiqiy ma'lumotlarni kiritamiz, elektron pochtadagi havola orqali ro'yxatdan o'tganimizni tasdiqlaymiz.

  • Muhim! Shaxsiy hisobingizni ro'yxatdan o'tkazgandan so'ng darhol shaxsni tasdiqlash jarayonidan o'tishingiz kerak. Ko'pincha bu qadamni unutib qo'yishadi, garchi kelajakda bu amaliyot pulni yechib olish bilan bog'liq muammolarni bartaraf qiladi.

Keyingi qadam - shaxsiy hisobimizda biz "Hamkorlarga" bo'limini topamiz, hamkorlik "Dasturlar" iga o'tamiz, hamkorlik shartnomasi bilan tanishamiz va shaxsiy hamkorlik kampaniyangizni yaratishga yordam beradigan ko'rsatmalarga amal qilamiz. Uni yaratgandan so'ng, shaxsiy kabinetda havola paydo bo'ladi.

LiteFinance: Qanday qilib brokerga hamkor bo'lish mumkin (texnik qism)

Hamkorlik dasturlarining turlari:

  • CPS - CPS dasturi doirasida, har bir mijoz(referal) uchun $50, shuningdek sub-hamkoringiz foydasining 10 foizini olasiz. Hamkor nafaqat jalb qilingan treyderlardan, balki sub-hamkorlar tomonidan jalb qilingan treyderlardan ham daromad oladi. Mukofot belgilangan pul miqdori va sub-hamkorlar daromadining % sifatida keladi;

  • Revenue Share - Revenue Share dasturi orqali siz referalning amalga oshirilgan har bir savdosi uchun 15 dollargacha pul miqdorini, shuningdek, sub-hamkoringiz foydasining 10 foizini olasiz. Dasturning o'ziga xos xususiyati shundaki, hamkorning o'zi referali yoki hamkori bilan bo'lishishga tayyor bo'lgan komissiya miqdorini belgilaydi. Bu shunday ko'rinishga ega: hamkor broker uchun yangi referal mijozlarni jalb qiladi, referallar bitimlar ochadi, bitim natijalaridan qat'i nazar, hamkor brokerdan komissiya oladi va ushbu komissiyaning 5% dan 95% gacha miqdorini referalga qaytaradi. Bu hamkor uchun ham (hamkorlikni mustahkamlash, ko'proq odamlarni jalb qilish imkoniyati) referal uchun ham (savdo xarajatlarini qisman qoplash) manfaatlidir.

  • Mintaqaviy vakil - ushbu dastur bo’yicha hamkor o'zining mahalliy ofisini ochishi nazarda tutiladi. Bu esa jiddiy, keng ko'lamli biznes hisoblanadi;

Siz ko'p darajali tizimni yaratmasdan oddiy hamkor bo'lishingiz mumkin. Keyinchalik, siz brokerdan reklama materiallarini olishingiz kerak bo'ladi, so'ngra yangi mijozlarni jalb qilishni boshlashingiz mumkin.

Saytda yordamchi vosita sifatida hamkorning komissiyasini hisoblab beradigan kalkulyator mavjud. Shuningdek, hamkorning shaxsiy hisobida quyidagilar bor:

  • tayyor lendinglarning bir nechta variantlari;

  • informerlarning uch xil varianti;

  • turli xil dizayn turlariga ega 10 tagacha vizitka variantlari;

  • 120 dan ortiq avatarlar.

Shaxsiy hisobingizdagi ish samaradorligini tahlil qilish uchun sana bo'yicha referal havolaga o'tish sonini, konversiya koeffitsientini, havola orqali qilingan ro'yxatlar sonini va komissiya miqdorini ko'rsatib beruvchi grafikalar va jadvallar mavjud.

LiteFinance: Qanday qilib brokerga hamkor bo'lish mumkin (texnik qism)

LiteForeksning barcha hamkorlari, ariza berilgandan so'ng, 2500 AQSh dollargacha bo'lgan mukofot jamg'armali tanlovda ishtirok etadilar. Vazifa - bir hafta yoki bir oy ichida iloji boricha yuqori aylanmaga ega bo'lgan treyderlarning ko'proq sonini jalb qilishdir.

Hamkorlik dasturida qanday qilib pul ishlash mumkin

Shunday qilib, siz nihoyat brokerning platformasida ro'yxatdan o'tdingiz, reklama materiallari va referal havolani oldingiz, ammo keyin nima qilish kerak? Shaxsiy treyderlar bazangizni qanday yaratish va nimadan boshlash kerak? Birinchidan, siz hamkorlik tarmog'ini rivojlantirishga qancha vaqt sarflashga tayyor ekanligingizni, dastlabki bosqichda unga qancha mablag' sarflashni, qancha vaqt davomida birinchi natijani kutishga tayyor ekanligingizni hal qilishingiz kerak. Ya'ni, siz batafsil harakatlar rejasini tuzishingiz kerak, unga quyidagilar kiradi:

  • muayyan vaqt uchun harakatlar tartibi va taxminiy kerakli natijalar. Masalan, bir hafta ichida 5 ta savdogarni jalb qilish va ularning aylanmasidan 10 AQSh dollari ishlash;

  • savdogarlarni jalb qilish uchun qo'llaniladigan instrumentlar.

Hamkorlik dasturlarida pul ishlash vositalari

Hamkorlik tarmog'ini shakllantirish har qanday kanallar yordamida amalga oshirilishi mumkin: Internet (elektron pochta orqali yuborish, ijtimoiy tarmoqlar, YouTube-da videolar yaratish, blog yuritish, ixtisoslashgan savdo forumlarida muloqot qilish), tematik seminarlar, uchrashuvlar, konferentsiyalar va boshqalar. 

Internetda auditoriya qamrovi yuzlab baravar ko'p bo'lsa-da, tematik uchrashuvlarda siz katta professional treyderni o'z tomoningizga jalb qilishingiz mumkin. Jonli muloqot har doim mijozlarni jalb qilishning samarali vositasi bo'lib kelgan.

Hamkorning instrumentlari:

  • sayt yaratuvchi konstruktor. Oddiy CMS (masalan, WordPress)asosida eng oddiy saytni bepul yaratishga imkon beradigan xizmat;

  • ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa (Facebook, Twitter va boshqalar), guruh, YouTube video kanali;

  • avtomatik elektron pochta yuboruvchi dastur (masalan, Unisender, Mailchimp, Aweber). Bu hamkorlarga brokerning takliflari, har qanday o'zgarishlar, tabriklar va boshqalar haqida ma'lumot yuborish uchun foydalidir;

  • vebinar xonasi (masalan: ClickMeeting). Butun dunyo bo'ylab treyderlar bilan vebinarlaringizni o'tkazishingiz mumkin bo'lgan xizmat (faqat tilni bilish masalasi bor);

  • video otkritkalar yaratuvchi dastur. Shablonlarga asoslangan xizmat brokerning chiroyli vizual taqdimotini yaratishga yordam beradi;

  • ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarni qidirishni avtomatlashtirish xizmati va ulardan trafik yaratish.

O'z shaxsiy hamkorlik tarmog'ingizni qanday yaratish mumkin

1. Veb-saytingiz orqali jalb qilish. Bepul konstruktor yordamida sayt yaratish mumkin yoki uni mutaxassisga buyurtma qilishingiz mumkin. Video, tematik bo'limlar va boshqalarni qo'shish imkoniyati mavjud yaxshi bezatilgan sayt. Sayt blog shaklida yoki axborot portali shaklida yaratilishi mumkin. Harakatlar tartibi:

  • maqsadli auditoriyani (MA) aniqlaymiz. Ular jalb qilinishi mumkin bo'lgan professional treyderlar yoki aksincha, tajribasiz odamlar bo'lishi mumkinmi? Kontentning mavzusi va ma'lumotning taqdim etilishi MAning sifatiga chambarchas bog'liqdir;

  • sayt mavzusini aniqlab olamiz. Bu strategiyalarning tavsiflari, yangiliklar tahlili, Forex haqida qiziqarli narsa va boshqalar bo'lishi mumkin.;

  • saytni to'ldiramiz. Kontent mijozlarning idrokiga qarab, ularning barcha toifalariga yo'naltirilgan bo'lishi kerak: audiallar va vizuallar. Yo'lda video tomosha qilishni yoki audio yozuvni tinglashni afzal ko'radiganlar bor. Faqat eng muhim ma'lumotni tanlab o'qishni afzal ko'radiganlar bor. Saytda barchaning ehtiyojlarini qondiradigan matnli, audio va video kontent bo'lishi kerak. Sayt ishga tushirilishidan avval, bir necha oy uchun oldindan kontent materiallarini tayyorlash kerak. Matnlarni kopirayting birjasidan buyurtma qilish mumkin, ammo pullik asosda mutaxassislarni jalb qilish yaxshiroqdir. Yoki treyderning o'zi ham yozishi mumkin;

  • saytning ko'rinishini shakllantiramiz. Saytga tashrif buyurganlarning ko'ziga eng muhim ma'lumotlar tashlanib turishi kerak, sayt ma'lumot bilan ortiqcha yuklanmasligi, menyu esa qulay bo'lishi kerak (saytdan foydalanish imkoniyati). Optimal dizayn va tartibni yaratish uchun raqobatchilarning saytlarini tahlil qiling;

  • foydalanivchilar bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratamiz. Sharhlar, tavsiyalar, anketalar - saytga tashrif buyuruvchilar bilan har qanday aloqa usullari.

Saytning dastlabki vazifasi trafikni yaratish va konversiyani oshirishdir. AIDA modelini aytib o'tish joiz: e'tibor, qiziqish, istak, harakat. Sayt birinchi navbatda o'ziga tortuvchi, esda qolarli bo'lishi kerak. Ikkinchi navbatda esa qiziqarli. Tashrif buyuruvchilar saytga iloji boricha tez-tez kirishni, administrator bilan muloqot qilishni xohlashlari kerak. Banner reklamalari va referal havola jonga tegadigan bo'lmasligi kerak. Sayt qanchalik ishonchli va qiziqarli bo'lsa, odamlarning treydingga qiziqib qolish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.

Sayt yaratish bo'yicha bir nechta maslahatlar:

  • vaqt o'tishi bilan saytni ko'p tilli qiling. To'g'ri, bunda tarjimonga ketadigan xarajatlar bor;

  • SEO mutaxassislariga murojaat qiling. Bu ham xarajat, lekin veb-sayt qidiruv tizimlarining TOP satrlariga tezroq chiqadi. Semantik yadro hosil bo'lgandan keyin tarkibni yaratish maqsadga muvofiqdir;

  • raqobatchilarning veb-saytlarini tahlil qiling.

Saytni reklama qilish. Sayt yaratilgandan so'ng, uni hech bo'lmaganda Yandex va Google brauzerlarining birinchi sahifasiga o'tkazish kerak, shunda uni ko'proq odamlar ko'rishadi, ya'ni kimningdir treydingga qiziqish ehtimoli oshadi. Bu yerda sarmoya kerak bo'lishi mumkin. Saytni reklama qilish turlari:

  • SЕО;

  • kontekstli reklama.

SEO - saytni reklama qilish va havolalarni sotib olishni o'z ichiga olgan optimallashtirish jarayonidir. Umumiy jihatlarda, o'z-o'zini reklama qilish quyidagicha:

  • qisman uni tayyorlashda wordstat.yandex yoki Keyword Plannerdan foydalaniladii, bu bosqichda kalitlar tanlanadi. Kalitlar - bu sizning saytingiz yetakchilar qatorida bo'lishi uchun kerak bo'lgan foydalanuvchilar so'rovlari. Shuning uchun ko'pincha past chastotali kalitlar tanlanadi (oyiga 1000 dan kam so'rovlar);

  • yaratilayotgan kontent (maqolalar) semantik yadroning bitta rejali kalitlaridan tashkil topgan bo'lishi kerak. Masalan: "Foreks kriptovalyutalari"(yuqori chastotali - 2566 so'rov),"Foreks kriptovalyutasini sotib olish" (114),"Forex kriptovalyutalari jadvali" (58) - bu Forex kriptovalyutalari savdosi to'g'risidagi maqolaning kalitlari. Kalitlarning mohiyati maqolaning mavzusini aniq aks ettirishi kerak. Agar foydalanuvchi Foreksda kriptovalyuta savdosi to'g'risida so'rov yuborsa, lekin mavzuga mos kelmaydigan narsani ko'rsa, u darhol havolani yopadi va qidiruv tizimi sayt reytingini pasaytiradi. SEO nuqtai nazaridan to'g'ri-optimallashtirilgan matn - 50% muvaffaqiyatdir;

  • ichki optimallashtirish amalga oshiriladi. Xususan, sarlavha, tavsif va boshqalar meta teglarini shakllantirish, ichki bog'lanishni tashkil etish haqida gaplashamiz. Butun kontent, shu jumladan rasmlar ham noyob bo'lishi shart (plagiatga qarshi vositalar yordamida tekshiriladi).

Kontent saytga muntazam ravishda qo'yib borilishi kerak. Ish natijalari vaqti-vaqti bilan Yandex.Metrika yoki Google Analytics - sayt trafigini baholash va foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun bepul manbalar. Birinchi natijalar 6 oydan kam bo'lmagan vaqt ichida ko'rinadi.

Kontekstli reklama - foydalanuvchi manfaatlariga bog'liq mazmunda bo'lgan reklama. Masalan, agar foydalanuvchi Foreksda pul ishlash imkoniyatini izlayotgan bo'lsa, unda u sizning saytingizga o'tishni yengil ravishda taklif qiladi. Kontekstli reklamaning samaradorligi Google Adwords va Yandex.Direct yordamida tahlil qilinadi.

2. Forumlar va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash. Forumlar va foydalanuvchilarning ochiq fikri keltirilgan saytlar potentsial mijoz brokerni izlab kiradigan eng birinchi joylardir. Bu yerda broker haqida reklama sifatida qabul qilinmaydigan tarzda ijobiy tasvirni shakllantirish shart. Shuning uchun forumda ro'yxatdan o'tish sanasi va xabarlar soni muhim ahamiyatga ega. Va, albatta, professionallik. Vazifa brokerning kuchli tomonlarini ko'rsatish, shuningdek, ehtimoli bor negativlikka qarshi tura bilish, ya'ni odamni asosli ravishda ishontira olishdir. Tematik ko'rgazmalar yoki seminarlarda treyderlarni jalb qilish ham xuddi shu printsipga asoslanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarning afzalligi shundaki, turli maqsadli auditoriyaga qaratilgan bir nechta guruhlarni yaratish mumkin. Ularni alohida-alohida targ'ib qilish, qiziqarli kontent bilan to'ldirish va brokerning reklama materiallarini joylashtirish mumkin. Ammo siz shunchaki veb-saytingizdagi kontentni takrorlashingiz yoki veb-saytga havolani guruhlarda takrorlashingiz mumkin. Minimal investitsiyalar bilan mijozni jalb qilishning samarali usuli.

  • U targ'ib qilish vazifalarini aniqlash, aloqa taktikasini tanlashni (har bir maqsadli auditoriya uchun individual bo'lib, qarashlarga, qadriyatlarga va boshqalarga bog'liq), konversiyani tahlil qilishni va fikr-mulohazalarni o'z ichiga oladi. MA bilan ishlash empatiya xaritasiga muvofiq amalga oshiriladi - bu esa har bir toifadagi odamlar uchun eng qimmatli va qiziqarli narsa nima ekanligini tushunishga imkon beruvchi vositadir (psixologik va xulq-atvor omili). Empatiya xaritasi (iste'molchi xaritasi) har bir MA toifasining qadriyatlarini tartibga soladi, bu esa o'quvchilar uchun eng qiziq bo'lgan narsalarga oid kontentni yaratishga imkon beradi.

3. Shaxsiy brendni targ'ib qilish. Bu yerda o'zimizni professional sifatida taqdim etish haqida gapiramiz. Maqolalar yozing, ularni yetakchi tahliliy resurslarga joylashtiring, ular tinglayotgan mutaxassis sifatida obro'ga ega bo'ling va brokerni chiroyli reklama qiling.

4. O'z ofisingizni yaratish. To'liq miqyosli biznesning eng qimmat, ammo samarali varianti. Professional treyder tomonidan boshqariladigan bir nechta menejerlar ijtimoiy tarmoqlarda, forumlarda va hokazolarda marketing kampaniyasini o'tkazadilar.

Va nihoyat, hamkorlik tarmog'ini yaratishda sizga yordam beradigan ba'zi maslahatlar:

  • potentsial treyderlar bilan iloji boricha ko'proq jonli muloqot qilishga harakat qiling. Hech narsa jonli aloqadan yaxshiroq ishontirmaydi;

  • Qancha vaqt talab qilmasin, o'zingiz jalb qilgan treyderlar bilan doim muloqotda bo'ling;

  • Agar hamkorlik tarmog'i allaqachon o'sib ketgan bo'lsa, nafaqat asosiy mijozlar bilan, balki eng barqarorlari bilan ham bog'laning (ular kichik aylanmalarni amalga oshirsa ham, doimiy ravishda);

  • 1-2 yirik jiddiy treyderlar tanaffuslar bilan kichik hajmlarda savdo qiladigan 10 kishidan yaxshiroqdir.

Xulosa. Hamkorlik dasturi - sizning qay darajada muomalali ekanligingiz va rivojlanish uchun qancha vaqt sarflashga tayyor ekaningizga bog'liq daromad turidir. Taklif etilgan daromad variantlari - bu "noldan" boshlash uchun fikrlarning faqatgina bir nechtasi halos. Ulardan eng maqbuli - bu  alohida veb-sayt yaratishdir, ammo buni amalga oshirish uchun boshlang'ich sarmoyalar talab qilinadi. Yana bir variant - ijtimoiy tarmoqlarda guruh yaratish va maqsadli auditoriya bilan ishlash. Barcha variantlar birlashtirilishi yoki qisman ma'lum darajada qo'llanilishi mumkin. Muvaffaqiyat faqat sizning rejangizga, xohishingizga, ishontirish mahoratingizga va tajriba qilish qobiliyatingizga bog'liq. Bu borada sizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

  • Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
  • LiteFinance dan depozitingizga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinance platformasida Hisobni to'ldirish dagi tegishli maydonga kiritsangiz kifoya.
  • Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
  • Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance
Hamkorlik dasturlarining turlari va daromad qilish algoritmi

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat