Forex bozorida keshbek (CashBack) - bu foreks brokerlarining hamkorlik dasturida qo'llaniluvchi instrument bo'lib, u yanada ko'proq referallarni jalb qilish va Foreks brokerlari hamkorlari va ularning referallari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun mo'ljallangan.
Keshbek (CashBack) - hamkor o'z xohishiga ko'ra, referallari bilan baham ko'rishi mumkin bo'lgan pul miqdori, komissiyaning bir qismi.
Bu quyidagi ko'rinishda bo'ladi: hamkor brokerga yangi referal-mijozlarni jalb qiladi, referallar bitimlar ochadi, bitim natijalaridan qat'i nazar, hamkor brokerdan komissiya oladi va ushbu komissiyaning 5% dan 95% gacha miqdorini referalga qaytaradi. Broker yangi mijozni, hamkor - komissiyasini, referal - savdo xarajatlarining bir qismini qo'lga kiritdi. Hamma mamnun. Keshbek qanday ishlashi va uning afzalliklari haqida ushbu maqolada ko'proq o'qing.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Foreks hamkorlik dasturida keshbek nima?
- CashBack referallarni jalb qilish samaradorligini oshirishga qanday yordam beradi?
- Hamkorlik dasturiga keshbekni ulashni o'rganamiz
- Nima uchun bir nechta hamkorlik kampaniyalarini yaratish kerak?
- Hamkorlik dasturida CashBack xizmatidan foydalanish bo'yicha hamkorlar uchun maslahatlar
- Xulosa
Foreks hamkorlik dasturida keshbek nima?
Foreks hamkorlik dasturlarida CashBack - bu broker tomonidan olinadigan komissiyalar yoki spredlarning bir qismini mijozlarning o'zlariga qaytariladigan tizimining bir turidir. Bu quyidagicha ishlaydi:
Hamkorlar brokerlarni jalb qiladilar: Foreks hamkorlari Forex brokerlarini turli marketing kanallari orqali potentsial treyderlarga reklama qiladilar. Ushbu hamkorlar o'zlari jalb qilgan mijozlarning savdo faoliyati asosida komissiya oladilar.
CashBack takliflari: Ko'proq mijozlarni jalb qilish uchun ba'zi hamkorlar CashBack dasturini taklif qiladilar. Ushbu dastur orqali ular brokerdan olgan komissiya yoki spredlarning bir qismini treyderlarga qaytarib berishni va'da qiladilar.
Treyderlar manfaati: Ushbu hamkorlar orqali ro'yxatdan o'tgan treyderlar savdo uchun qilgan xarajatlarining bir qismini qaytarib olishadi. Bu har bir bitim uchun belgilangan miqdor, spred foizi yoki to'langan komissiya foizi bo'lishi mumkin. Ushbu keshbek to'g'ridan-to'g'ri treyderning savdo hisobiga o'tkazilishi yoki boshqa usullar bilan to'lanishi mumkin.
Yaxshilangan savdo shartlari: Treyderlar uchun asosiy afzallik - bu ularning umumiy savdo xarajatlari kamayishidir, vaqt o'tishi bilan bu ularning daromaddorligini oshirishi mumkin.
Hamkorlar manfaatlari: Hamkorlar CashBack taklifi tufayli ko'proq mijozlarni jalb qilish yo'li bilan manfaat topadilar, bu treyderlar bilan baham ko'rinishiga qaramay, hamkorlarning umumiy komissiyalari hajmining oshishiga olib keladi.
Umumiy qilib aytganda, Foreks hamkorlik dasturlarida CashBack, treyderlarni jalb qilish uchun marketing instrumenti bo'libgina qolmay, ularni rag'batlantirish, savdo xarajatlarini kamaytirish va savdo tajribasini takomillashtirish uchun ham xizmat qiladi.
CashBack referallarni jalb qilish samaradorligini oshirishga qanday yordam beradi?
Hamkorlik dasturi - bu Foreksda pul ishlashni istagan va bunga tayyor bo'lgan yangi mijozlarni jalb qilish orqali pul ishlash imkoniyati. Hamkorlik dasturlari nima ekanligi, LiteFinance qanday dasturlarni taklif qilishi va ularning farqlari nimadaligi, treyderlarni jalb qilish vositalari qanday va o'zingizning shaxsiy hamkorlik tizimingizni "noldan" qanday qurish kerakligi haqida barcha ma'lumot ushbu sharhda batafsil bayon etilgan. Bugungi maqolada men hamkor va referal o'rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlashga imkon beruvchi va ikkala tomonni ham qoniqtiruvchi Cashback kabi hamkorlik dasturi vositasiga ko'proq e'tibor qarataman.
CashBack tizimining afzalliklari
Boshqa hamkorlik dasturlariga nisbatan raqobatdosh ustunlikka erishish.
Savdo xarajatlarini qoplash uchun eng yaxshi shartlar tufayli ko'proq referal reyderlarni jalb qilish.
Psixologik omil. Kompensatsiya miqdori unchalik muhim emas, balki jalb qilingan treyderga hurmat belgisi sifatida kompensatsiyaning mavjudligi muhim rol o'ynaydi. Cashback hamkorlik aloqalarini mustahkamlaydi.
CashBack referalning o'zi uchun ham qulaydir. U bitimlarning samaradorligidan qat'i nazar to'lab beriladi va pozitsiyalar zararli bo'lganda, yo'qotishlarni qisman kamaytiradi. Muvaffaqiyatli bitimlar bo'lganda, CashBack tufayli referal treyder yanada ko'proq pul ishlaydi. Umumiy jihatlarda, Revenue Share keshbek dasturi qanday ishlashini aniq bir misol tariqasida bu yerda ko'rsatib berilgan.
CashBack haqida nimalarni bilish kerak
Shaxsiy kabinetingizda ko'rsatilgan keshbekning minimal foizi - 5%, qadam - 5%, maksimal foiz - 95%.
keshbek referalga hamkorning foydasidan kuniga bir marotaba to'lanadi.
Keshbek xizmatiga faqat hamkorlik dasturining Revenue Share turida ulanish mumkin. CPS tipidagi dasturlar uchun keshbek nazarda tutilmagan.
Hamkor o'zining Saxsiy kabinetida (referal/referallar guruhi) uchun alohida kampaniya bo'yicha komissiyaning kompensatsiya foizini hohlagan vaqtida va istaganicha o'zgartirishi mumkin.
Keshbek miqdori - hamkor komissiyasining foizi. Hamkor komissiyasi - bu referalning operatsiyalarni amalga oshirish paytidagi savdo xarajatlarining bir qismi.
Hamkorlik dasturiga keshbekni ulashni o'rganamiz
Keshbek (CashBack) - bu hamkorlar o'z daromadlarining bir qismini referallariga berishlarini (ya'ni qaytarishlarini) ta'minlovchi servisdir. Qisman o'z foydasidan voz kechib, hamkor o'z referallariga yanada qulay shart-sharoitlarni taklif qiladi. Hamkor o'z referallari bilan bo'lishishga tayyor bo'lgan daromad foizi, hamkorning xohishiga ko'ra belgilanadi.
LiteFinance hisobingizda CashBack xizmatini qanday yoqish mumkin
1-qadam
Shaxsiy kabinetning asosiy sahifasidagi chap menyuda "Hamkorlarga" vkladkasini tanlaymiz.
2-qadam
Ochilgan sahifada "Yangi kampaniya yaratish" tugmasini bosamiz. Revenue Share turini tanlaymiz, "CashBack" slayderini o'ng tomonga siljitamiz va referallar uchun keshbek foizini ko'rsatamiz.
Kampaniya nomi va tavsifini o'zingiz o'ylab topasiz.
3-qadam
Yo'naltiruvchi(referal) havolani nusxalab oling, treyderlarni jalb qiling va statistikani kuzatib boring.
Kichik bir maslahat: referallarni yanada samarali jalb qilish uchun siz personal lendinglardan foydalanishingiz mumkin. Ular "Promo" bo'limida keltirilgan.
Endi "Statistika" maydonini ko'rib chiqamiz:
CashBack - kampaniya nomi. Ular istalgan miqdorda yaratilishi va xohishingizga ko'ra nomlanishi mumkin.
Hamkorlik dasturi turi - ushbu holda Revenue Share. MUHIM: Keshbek xizmati faqat Revenue Share dasturi uchun nazarda tutilgan.
Kliklar - sizning referal havolangiz bo'yicha o'tishlar.
Ro'yxatdan o'tish - sizning havolangiz bo'yicha o'tgan referallarni ro'yxatdan o'tganlik soni.
Konversiya - ro'yxatdan o'tganlar sonining, faqatgina havola bo'ylab o'tganlar soniga nisbati.
To'ldirish/Yechib olish - referallar depozitlari bo'yicha statistika.
Bitimlar - referallar tomonidan amalga oshirilgan bitimlar soni.
CashBack/Stavka - referallarga kompensatsiya summasi/stavkasi.
Subkomissiya - hamkorning sub-hamkorlardan olgan komissiyasi (hamkorlik dasturlarining asosiy menyusida ko'rishingiz mumkin).
Komissiya - referallarni jalb qilganligi uchun, broker tomonidan hamkoriga kompensatsiya qilingan summa.
Quyida tashriflar/kliklar soni, ro'yxatdan o'tishganlar soni va hamkor tomonidan olingan komissiyaning grafik tasviri keltirilgan. Bu yerda siz referallarning bitimlarni ochishda eng faol bo'lgan paytlarini kuzatishingiz mumkin (komissiya to'lovlari bo'yicha keskin o'sish) va ushbu ma'lumotlarni yangi ro'yxatdan o'tishlar soni bilan taqqoslashingiz mumkin.
Va nihoyat, sahifaning pastki qismida kampaniyaga qo'shilgan referallar ro'yxati keltirilgan. Ro'yxatni kerakli mezonlarga ko'ra guruhlash uchun jadvalni sozlash opsiyasidan foydalaning.
Nima uchun bir nechta hamkorlik kampaniyalarini yaratish kerak?
Hamkor Shaxsiy kabinetida istalgan miqdorida Revenue Share hamkorlik kampaniyalarini yaratishi mumkin. Bitta dasturga referal treyderlarnin cheksiz nafari ulanishi mumkin, ammo mukofot foizi faqat alohida dasturga nisbatan belgilanadi (ya'ni unga ulangan barcha referallarga nisbatan). Muayyan kampaniyaga ulangan referalning boshqa kampaniyaga almashtirish imkoniyati bo'lmaydi, faqatgina profilini o'chirib yuborish yo'li bilan bo'lmasa. Shuning uchun, bir nechta turli xil kampaniyalarni yaratishni maslahat beraman, unda mukofotning har xil foizi bo'ladi va kimga qaysi referal havolani yuborishni - vaziyatga qarab, treyderlarni jalb qilish strategiyangizga muvofiq o'zingiz belgilaysiz.
Bir nechta hamkorlik kampaniyalarini yaratishning ijobiy tomonlari
1. Revenue Share va CPS dasturlari bo'yicha kampaniya yarating. So'ngra, bir muncha vaqt o'tgach, qaysi turdagi dastur siz uchun qulayroq va samaraliroq ekanligini taqqoslang. Foizlardagi hamkorlik kompensatsiyasi bilan daromadlarni taqsimlash doimiy savdo aylanmasi bor faol treyderlarni jalb qilish uchun ko'proq mos keladi.
2. Har bir kampaniya - bu alohida referal havoladir. Bir nechta kampaniya yaratganingizdan so'ng, siz referal havolalardan turli xil reklama kanallarida foydalanishingiz mumkin:
Ijtimoiy tarmoqlarda, treyderlar forumlarida.
O'z lending sahifangiz yoki blogingizda.
Seminarlarda, treyderlar uchrashuvlarida.
Shaxsiy kabinetingizdagi statistikani kuzatib borish orqali siz reklamalaringiz qaysi kanallarda va qaysi paytlarda samaraliroq ekanligini, keshbek foizining o'zgarishi, jalb qilingan referallar soniga qanday ta'sir qilishini ko'rishingiz mumkin.
Hamkorlik dasturida CashBack xizmatidan foydalanish bo'yicha hamkorlar uchun maslahatlar
Ochko'zlik qilmang. Referalning savdo hajmini oshirish sharti bilan keshbek foizini oshirish bo'yicha moslashuvchan tizimni ishlab chiqing. Referal qancha ko'p kompensatsiya olsa, bu uni bitimlar hajmini oshirishga yanada ko'proq undaydi. Va hajmlarning o'sishi bilan uning savdo xarajatlari va natijada hamkorga to'lanadigan komissiyalar miqdori oshadi, va bu unga referalning xarajatlarini yanada ko'proq qoplash imkonini beradi. Bunday davriylik har ikki tomon uchun ham manfaatlidir.
Hamkorlik dasturlari tizimini yarating va boshqaring. Referallarni turli mezonlarga ko'ra guruhlarga ajrating: mamlakatlar, savdo instrumentlari, strategiyalar va boshqalar bo'yicha.
Mukofotlash setkasini ishlab chiqing. Bir guruh referallar uchun 20% - bu baxtdir, boshqalari uchun 80% ham kam bo'ladi. Muayyan guruh uchun oltin o'rtalik nuqtasini topish uchun kichik sonli referallar bilan o'nlab kampaniyalarni yarating. Shu asnoda, treyderlarning alohida guruhlarini rag'batlantirish, "vaziyatga qarab" keshbek foizini o'zgartirib, tezlikni oshirish va jalb qilish kanallari kontekstida referallar so'rovlari darajasini kuzatib borish osonroq bo'ladi.
Sub-hamkorlarni jalb qiling. Hamkor sifatida siz LiteFinance tomonidan to'lanadigan, referallaringiz spredining 70% gacha va sub-hamkorlaringiz (ular ham referallarni jalb qilishi mumkin) daromadining 10% gacha miqdorini olasiz. Passiv daromadni oshirish uchun ko'p darajali sub-hamkorlar va referallar tizimini yarating.
Referallarni jalb qilish uchun iloji boricha ko'proq kanallardan foydalaning. LiteFinance dasturlarining bir nechta turlarini taklif qiling, turli toifadagi potentsial mijozlar bilan ishlang - tajriba qilishdan qo'rqmang va qat'iyatli bo'ling!
Xulosa
Keshbek - bu LiteFinance hamkorlik dasturlari orqali daromad oladigan kishi uchun yana bir instrumentdir:
Siz yangi mijozlarni jalb qilish orqali hamkor bo'lishni istaysizmi? U holda, keshbekli Revenue Share dasturi - sizga qo'shimcha raqobatbardosh ustunlik beradi.
LiteFinance platvormasida savdo hisobini ochmoqchisiz, lekin hamkorigingiz yo'qmi? Mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling va biz sizga bir nechta variantni taklif qilamiz. Hamkorlik havolasi orqali hisob ochish bilan siz hech narsa yo'qotmaysiz va hech qanday xarajat qilmaysiz. Aksincha, Foreksda pul ishlash orqali keshbek olasiz va shu bilan mablag'laringizni tejaysiz.
Keshbek yoki hamkorlik dasturlari bilan ishlash bo'yicha savollaringiz bormi? Izohlarda savollar bering!
P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)
Foydali havolalar:
- Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
- {Company}dan depozitga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinancening platformasidagi hisobnito'ldirish{link 2} paytida tegishli maydonga kiritsangiz kifoya va bonus depozit bilan bir vaqtda o'tkaziladi.
- Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
- Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.