2025-yilda oltin, ayniqsa jahon iqtisodiyotidagi beqarorlik sharoitida kapitalni saqlab qolish uchun ishonchli aktiv bo‘lib qolmoqda. Inflyatsiyaning o‘sishi, fond bozorlaridagi beqarorlik va yetakchi mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi kutilayotganligi tufayli investorlar qimmatbaho metallardan himoya izlashga majbur bo‘lmoqda. 2024-yil aprel oyida oltin narxi yana bir troy unsiyasi uchun 2000 dollardan oshib, investorlar uchun "xavfsiz boshpana" vazifasini bajarayotganini tasdiqladi.

LiteFinance:

Fond indekslarining pasayishi va yuqori volatillik himoya aktivlariga, shu jumladan oltinga bo‘lgan talabni kuchaytiradi. Investorlar nima uchun oltinga ishonishda davom etishadi, u portfelni diversifikatsiya qilish va inqirozlardan himoyalanishga qanday yordam beradi, shuningdek, bugungi kunda qanday investitsiya usullari mavjud - ushbu sharhda o‘qing.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Nima uchun oltinga sarmoya kiritish muhim?

Oltin (Au) an'anaviy ravishda mo'tadil risk darajasidagi himoya aktivlaridan biri hisoblanadi - boshqa aktivlardan farqli o'laroq, bir necha sabablarga ko'ra metall hech qachon  qadrsizlanmaydi:

  • Pulning ekvivalenti va universal to'lov vositasi rolini bajarishi mumkin.

  • Cheklangan zaxiralarda mavjud va sanoat tomonidan doimiy talabga ega.

  • 2000-yillarning boshidan, oltin narxi ko'tarilib kelmoqda.

Metall narxi ko'tarilishining sabablari - bu birja savdosining elektron tizimlarga o'tganligi va Internet paydo bo'lishi oqibatida xususiy investorlarning birja bozorlariga kirishi soddalashtirilgani.

Oltin bozorlari qanday ishlaydi:

  1. Bozor ishtirokchilari - oltin qazib oluvchi kompaniyalar, affinaj korhonalari va yetkazib beruvchilar, Markaziy banklar, tijorat banklari va depozitariylar, birjalar, treyderlar va investorlar. Treyderlar va investorlar sifatida jismoniy shaxslar, banklar, investitsiya va pensiya jamg'armalari va boshqalar faoliyat ko'rsatishi mumkin.

  2. Oltin aylanmasi shakli - naqd va naqdsiz. Birinchi holda, bitimlar predmeti sifatida sertifikatlangan quymalar, tangalar, zargarlik sanoati mahsulotlari qo'llaniladi. Ikkinchi holda, derivativlar yoki investitsiya qog'ozlari, ko'pincha haqiqiy oltinni yetkazib berishsiz, faqatgina uning qiymatiga bog'langan bo'ladi. Metall savdolari birja va birjadan tashqari bozorlarda o'tkaziladi. Oltinning birjadagi belgisi — XAU.

Oltin qiymati qanday hisoblanadi?

Oltinning jahon narxi ikkita bozorda hisoblanadi:

  1. Spot oltinning qiymati Londonda hisoblanadi. Ish kunlarida London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi kuniga ikki marta oltin kotirovkalarini belgilaydi - "London fiksingi". Hisoblash "oltin" bozorining beshta eng yirik marketmeykerining kotirovkalari asosida amalga oshiriladi — Bank of Nova Scotia–ScotiaMocatta, Barclays Bank Plc, Deutsche Bank AG, HSBC Bank USA, NA va Societe Generale. Fiksing amaliyotining tartibi treyderlar tomonidan yuborilgan buyurtmalarga asoslanadi; ularning qondirilishi bilan XAU/USD narxlarining o'rtacha qiymati belgilanadi.

  2. Oltin fyucherslarining qiymati Nyu-Yorkdagi Comex tovar birjasi(CME Group) bo'linmasi)da hisoblanadi.

Forex bozorida oltin savdosining afzalliklari

Oltinga sarmoya kiritishning afzalligi shundaki, u to'lqinli bozor harakatining har qanday bosqichida ham treyderlar uchun qiziqarli bo'lib qoluvchi yuqori likvidli aktivdir. U aksiyalar yoki valyutalarga o'xshab qadrsizlanmaydi. Aksincha - giperinflyatsiya, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi global inqiroz, bankrotlik, urushlar va epidemiyalar paytida oltin narxi oshib boradi. O'tgan asrda hatto pul emissiyasi uchun oltin standarti qo’llanilgani.

Foreksda oltin aktivlari bilan savdo qilish afzalliklari:

  • Yuqori likvidlik fonida mo'tadil volatillik darajasi.

  • Keskin qadrsizlanish xavfi yo'qligi.

  • Yuqori bo'lmagan kirish porogi.

  • Uzoq muddatli istiqboldagi daromad bank depozitlari daromadidan yuqoriroq.

Oltinga investitsiya qilishning yana bir afzalligi — bu narxni prognoz qilish nisbatan qulayligidir. Metall kotirovkalari alohida iqtisodiyotlarning holatiga bog'liq emas, ular uchun drayver vazifasini aniq fundamental omillar bajaradi: foiz stavkalari  bo'yicha prognozlar, inflyatsiya, YaIM, dollar kursi va boshqalar.

Oltinga sarmoya kiritishning 5 usuli

Oltinga sarmoya kiritishning bir necha yo'li mavjud. Ular bir nechta mezonlarga ko'ra farqlanadi:

1. Investitsiyalar miqdori:

  • Kichik kapitalni KIF sertifikatlariga, bank oltin depozitiga yoki bank oltin quymalarini sotib olishga investitsiya qilish mumkin. Investitsion oltin tangalarni sotib olish ham ommalashmoqda, ularning qiymati Au kotirovkalari va kollektsion qiymatining o'sishi ta'sirida ortib boradi. Shuningdek, siz Forex brokerining platformasida hisob ochishingiz mumkin.

  • Katta kapitalni fond bozoriga investitsiya qilish mumkin: ETF, fyuchers, oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishga.

2. Oltinga sarmoya kiritish shakli:

  • Haqiqiy metallni sotib olish: quymalar, tangalar, zargarlik buyumlari. Agar siz oltin tangalarga sarmoya kiritsangiz, unda siz kollektsion qiymatining o'sishida ham qo'shimcha daromad olishingiz mumkin.

  • Narxlar farqi bo'yicha daromad: qimmatli qog'ozlar, KIFlar va CFD shartnomalari bo'yicha investitsiyalar.

Oltinga sarmoyalar: ijobiy va salbiy tomonlari, shuningdek oltinga qanday sarmoya kiritish kerakligi haqida batafsil ko'rib chiqamiz.

1.  Haqiqiy oltinning o'zini sotib olish

Siz haqiqiy metallni sotib olasiz va keyin uni o'zingizning xohishingizga ko'ra ishlatishingiz mumkin: uyda saqlash, bank kamerasiga qo'yish, mas'uliyatli saqlash xizmatidan foydalanish va hokazo.

Oltin quymalari va haqiqiy metallga investitsiya qilishning afzalliklari:

  • Psixologik ta'sir. Haqiqiy quyma hisobdagi raqamlarga nisbatan ishonchli sarmoya kabi ko'rinadi.

  • Amaliy jihatdan. Oltindan bo'lgan materiallardan va zargarlik buyumlaridan foydalanish maishiy hashamatning asosiy qismidir. Tilla buyumlarni har doim "lom" narxiga topshirilib yuborish mumkin, ammo bu ularning qiymatining faqat bir qismini to'laydi.

Kamchiliklari:

  • Xarid qilish. Ba'zi banklarda norezidentlarga qo'shimcha talablar bo'lishi mumkin.

  • Saqlash. Oltinni saqlash uchun bankda qoldirish mumkin, ammo bank kasotga uchrasa nima bo'ladi? Siz uni saqlash uchun mijoz yacheykasi ijaraga olingan taqdirdagina qaytarib olishingiz mumkin. Uyda saqlash ham xavf tug'diradi. Birinchidan, quymalarning o'g'irlanmasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Ikkinchidan, metallni oksidlanishini oldini olish uchun, uni doimiy parvarish qilish va muayyan sharoitlarda saqlash kerak bo'ladi.

  • Likvidlik. Haqiqiy qimmatbaho metallni qimmatli qog'ozlar singari uydan chiqmasdan bir necha klik orqali sotib bo'lmaydi.

  • Mobillik. Haqiqiy qimmatbaho metallni mamlakat tashqarisiga olib chiqish qonun bilan tartibga solingan. Ammo har doim ham metall egasining foydasiga emas.

  • Oltinni sotish. Hech qanday muammosiz quymalar sotib olingan bankning o'zida sotishingiz mumkin. Boshqa xaridorlar ekspertiza o'tkazishni so'rashlari mumkin. Ba'zi mamlakatlarda metallni sotishda QQS olinadi - umumiy xarajatlar metall qiymatining 20-25 foizini tashkil qilishi mumkin.

2. Oltin sertifikatni sotib olish

AQShda "Oltin sertifikat" deb 1934 yilgacha AQSh moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'oz hisoblanardi. Sertifikat o'z egasining bankka qo'yilgan oltinga bo'lgan huquqini tasdiqlagan. Endi "Oltin sertifikat" - bu kredit beruvchi va kredit oluvchi-emitent o'rtasidagi shartnoma bo'lib, unga ko'ra emitent qarzga olingan summani oltin kursi bilan qaytarib berishni o'z zimmasiga oladi. Sertifikat egasi haqiqiy qimmatbaho metallga ega emas, unga metall real tarzda yetkazib berilmaydi va emitent kasotga uchragan taqdirda pul yo'qotilishidan himoyalanmagan.

Oltin sertifikatni bank omonati bilan taqqoslash mumkin. Bank oltin depozitiga pul ekvivalentini qo'yish orqali investor haqiqiy metallni sotib olmaydi. Ammo u shartnomada ko'rsatilgan muddati o'tib, pulni shartnoma muddati tugagan paytdagi narx bo'yicha ozgina foizlar bilan qaytib olish huquqini oladi. Oltin depozitining kamchiliklari: bankning yuqori marjasi - taxminan 8-10%, omonatni yo'qotish xavfi - ba'zi mamlakatlarda bank kasotga uchragan taqdirda, oltin depozitlari sarmoyalarni kafolatlash fondi tomonidan qoplanmaydi.

3.Oltin bo'yicha ETF va KIF aksiyalarini sotib olish

Investor birjada ETF fondlarining aksiyalarini sotib oladi, ular esa o'z navbatida jahon bozorining oltin aktivlariga sarmoya kiritadi. Bunday fondning misoli - SPDR Gold Trust. Bu dunyodagi eng yirik birja investitsiya fondi bo'lib, uning aktivlari 100% fondning o'z oltinlari bilan ta'minlangan.

ETFga alternativa - bu kollektiv investitsiya fondlariga (KIF) sarmoya kiritish hisoblanadi. Investor boshqaruv kompaniyasiga murojaat qiladi, pulni ularning tasarrufiga o'tkazadi, buning evaziga foizli daromad keltiradigan depozitni olish huquqini tasdiqlovchi sertifikat oladi.

Afzalliklari:

  • PIFga sarmoya kiritish uchun birjaga chiqish shart emas.

  • ETF aksiyalarining yuqori likvidligi.

Kamchiliklari:

  • Kirish porogi. Oltin ETF-fondlarining qog'ozlarini sotib olish birjaga kirishni talab qiladi, bu esa birja, brokerlik to'lovlari va boshqaruv komissiyalarini to'lashni o'z ichiga oladi. Investor "Malakali investor" statusiga ega bo'lishi kerak.

  • Likvidlik. Ko'pgina hollarda, PIF shartlari komissiya yo'qotishlarisiz pulni muddatidan oldin chiqarish imkonini bermaydi. Va agar PIF sertifikati muddati tugaguniga qadar foydasiz bo'lib chiqsa, investor nafaqat daromadni, balki investitsiyalarning bir qismini ham yo'qotadi.

  • Boshqaruv kompaniyasi yoki ETF-fondining kasotga uchrash xavfi.

4. CFD bilan oltin savdosi

CFD-narxlar farqi bo'yicha shartnoma. Bu bitimning ikki ishtirokchisi o'rtasida shartnomaning boshida va oxirida amal qiladigan kotirovkalar o'rtasidagi farqni to'lash to'g'risidagi shartnoma. Texnik jihatdan, bu quyidagicha amalga oshiriladi: dunyoning istalgan nuqtasidan kelgan treyder broker yordamida hisob ochadi, verifikatsiya(shaxsni tasdiqlash)dan o'tadi va depozit to'ldirilgandan so'ng sotib olish yoki sotish bo'yicha bitimlarni ochadi. Broker komissiya oladi. CFDlar XAU kotirovkalariga bog'lanadi. Sertifikatlarda bo'lgani kabi, treyder ham haqiqiy metall olish huquqiga ega emas.

Afzalliklari

  • Kirish porogi yuqori emasligi. Masalan, XAU/USD bo’yicha  LiteFinance shartnomasining spetsifikatsiyasida 0,01 lot minimal savdo hajmi va 1:100 kredit yelkasiga mos keladigan 1%ga teng marja foizi ko'rsatilgan. Lotning o'lchami  - 100 dona.

LiteFinance: 4. CFD bilan oltin savdosi

XAU/USD juftligining narxi 1730 AQSh dollari bo'lgan holatda, minimal 0,01 lot hajmini sotib olish uchun 1730*100*0,01*0,01 = 17,30 AQSh dollari yetarli bo'ladi, bu esa 50 AQSh dollariga teng minimal depozitdan ham kam degani.

  • Minimal komissiyalar. Birja badallari yo'q, faqat spred, svop va ECN hisobida o'tkazilgan har bir lot uchun belgilangan  kichik komissiya mavjud.

  • Qisqa pozitsiyalarni ochish imkoniyati. Forex brokeri yordamida CFD XAU instrumenti bilan ishlab, siz nafaqat narxning oshishi, balki uning pasayishida ham pul ishlashingiz mumkin.

  • Kredit yelkasi - 1:100. Fond birjasi brokerlarining qimmatli qog'ozlar bo'yicha beradigan kredit yelkasi ko'pincha 1:10 gacha bo'ladi.

  • "Malakali investor" maqomi kerak bo'lmaydi.

Sinalgan broker bilan savdoni boshlang

Ro'yxatdan o'tish

Kamchiliklari:

  • Nisbatan past volatilligi tufayli, Skalping va qisqa muddatli strategiyalarga mos kelmaydi.

  • Valyuta juftliklari bilan taqqoslaganda, bu katta kredit yelkasidan foydalanish va bitimlar hajmini oshirish zarurati tufayli risk darajasi yuqori hisoblanadi.

Siz hozirning o'zida XAU/USD juftligi bo'yicha bir nechta bitimlarni bepul va ro'yxatdan o'tmasdan ochib ko'rishingiz mumkin. LiteFinance veb-saytining yuqori menyusida "Yangi boshlaganlar uchun/Demo-hisobni ochish" ni tanlang. Ochilgan brokerning ichki terminalining chap menyusida "Savdo qilish" ni tanlang va "Metallar" vkladkasida XAU/USD juftligini toping.

LiteFinance: 4. CFD bilan oltin savdosi

Siz ushbu havola orqali to'g'ridan-to'g'ri XAU/USD grafigiga o'tishingiz mumkin.

5. Oltin fyucherslari va optsionlari bilan savdo qilish

Umumiy jihatdan, oltin fyucherslari va optsionlari bilan savdo qilish printsipi CFD savdosiga o'xshaydi: treyder broker bilan hisob ochadi, verifikatsiyadan o'tadi va QUIK, Thinkorswim platformasi va shunga o'xshash terminallar orqali brokerga bitimlarni amalga oshirish to'g'risida buyruqlar beradi. Farqi shundaki, savdogar qimmatli qog'ozlarning haqiqiy egasiga aylanadi — uning egalik huquqi depozitariyda qayd etiladi. Metallni yetkazib berish imkoniyati faqat tovar fyucherslari uchun mavjud, ammo xususiy treyderlarni ko'proq hisob-kitob fyucherslari qiziqtiradi.

Afzalliklari:

  • Kafolatlar. Birja brokerlari regulyatorlar va birjalarning o'zlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Sotib olingan qog'ozlar avtomatik ravishda depozitariyda qayd etiladi.

Kamchiliklari:

  • Yuqori kirish porogi. Minimal lotni sotib olish va komissiyalarni to'lash uchun sizga 1000 dollardan ortiq mablag' kerak bo'ladi. AQSh fond birjalarida oltin bilan savdo qilish uchun, norezidentlarga AQSh brokerlari bilan ishlash huquqiga ega bo'lgan subbroker kerak.

  • Murakkabligi. Fyucherslar va optsionlar derivativlar - hosilaviy qimmatli qog'ozlar turiga kiradi. Kontrakt shartlari CFD yoki ETFlarga qaraganda ko'proq imkoniyatlarga ega — bu esa treyderdan spetsifikatsiya haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishni talab qiladi.

  • "Malakali investor" maqomisiz, qog'ozlar tanlovi cheklanganligi.

Oltin savdosining qiyosiy jadvali

Yuqorida tavsiflangan afzalliklar va kamchiliklar bu yerda jadval shaklida taqdim etilgan:

 

Afzalliklari

Kamchiliklari

Haqiqiy qimmatbaho metall

  1. Kafolat. Broker yoki bankning bankrot bo'lish xavfi yo'q

  1. Past likvidlik: yagona haqiqiy xaridor bu - bank

  2. Saqlash muammosi

  3. Sotish paytida sertifikatlash muammosi

  4. Yuqori marja - soliqlarni hisobga olgan holda, yo'qotishlar sotib olish narxining 20-25% gachani tashkil qilishi mumkin

Oltin sertifikatlar

  1. Haqiqiy metallni yetkazib berishni istisno qiladi - tegishli xarajatlar, shu jumladan sertifikatlash xarajatlari kamayadi

  1. Haqiqiy metallga egalik qilish huquqini bermaydi

  2. Yuqori kirish porogi

  3. Emitentning bankrot bo'lish xavfi

ETF-fondining oltini

  1. Yuqori likvidlik

  1. Yuqori kirish porogi

  2. Yuqori darajali xarajatlar: brokerlik va birja komissiyalari, yig'imlar, repozitariya xizmatlari uchun to'lovlar, soliqlar

CFD bo’yicha oltin savdosi

  1. Kirish porogi past — kredit yelkasini hisobga olgan holda 50-100 AQSh dollari

  2. Marja va spred bo'yicha minimal xarajatlarni ta'minlaydigan yuqori likvidlik

  3. Savdolarni har ikki yo'nalishda ham bir zumda ochish imkoniyati — o'sish tomon va/yoki sotish tomon 

  4. Minimal xarajatlar. Birja va depozit to'lovlari yo'q, faqat spred va svop mavjud. Treyder soliqlarni to'lash masalasini o'z xohishiga ko'ra hal qiladi

  1. Past volatillik. Katta kredit yelkada foydalanish zarurati.

  2. Skalping uchun mos kelmaydi

Fyucherslar va optsionlar

  1. Yuqori likvidlik

  1. Yuqori kirish porogi - 1000 AQSh dollaridan ortiq

  2. Fyuchers kotirovkalari XAUning oddiy kotirovkalaridan farq qiladi va ularni tahlil qilish murakkabroq hisoblanadi

  3. "Malakali investor" maqomi bo'lishi shart

Birjada oltinga sarmoya kiritishda risklarni qanday kamaytirish mumkin?

Riskni kamaytirish variantlari:

  • Diversifikatsiya. Oltin bilan teskari korrelyatsiyaga ega bo'lgan aktivlarga investitsiya qilish — aksiyalar, indekslar, g'aznachilik obligatsiyalari, depozitlar. Oltin narxining pasayishi fond aktivlarining o'sishi bilan qoplanadi. Aksincha, fond aktivlarining pasayishi qisman XAU/USD kotirovkalarining o'sishi bilan qoplanadi.

  • Portfelni vaqti-vaqti bilan qayta balansirovka qilib turish. Masalan, ko'proq daromad keltiradigan aktivlarni sotib olib, zararli aktivlar ulushini kamaytirish.

  • Fundamental omillarni nazorat qilish: makroiqtisodiy statistika, valyuta kurslari va fond bozorlari kotirovkalari, bozorda oltinga talab va taklif, inflyatsiya darajasi, jahon YAIM prognozlari, geosiyosiy voqealar va boshqalar. Korrelyatsiyadagi bozorlarni nazorat qilish.

Uzoq muddatli savdo bilan shug'ullanadigan va oltinga sarmoya qilishni afzal ko'rganlar uchun eng muhim maslahat: agar narx pastga qarab tushib ketsa, darhol aktivdan xalos bo'lishga shoshilmang. Tarix shuni ko'rsatadiki, kotirovkalar to'lqinlar bilan harakatlanadi - pasayish ortidan  o'sishning yangi tarixiy maksimumi keladi.

Oltinga investitsiyalar - Xulosalar

Qadimgi zamonlardan beri, odamlar ongosti darajasida, oltinni moliyaviy barqarorlikning pullik vohasi sifatida qabul qilishadi. AQSh dollari - bu shunchaki ishonch qozongan qog'oz bo'lib, uni davlat qarzini oshirgan holda ham, istalgan miqdorda bosib chiqarish mumkin. Gretsiya va Kipr davlat obligatsiyalarining "ishonchliligi"ni yaqqol namoyish etib berdi. Jahonning asosiy valyutalarining global giperinflyatsiyasi sababli global inqiroz boshlandi deb faraz qilsak, ular "Au"ga nisbatan qadrsizlanib boradi. Mutaxassislarning oltinga sarmoya kiritish istiqbollari haqidagi sharhlari ijobiydir: qimmatbaho metall ishonchli sarmoya bo'lib qoladi - ushbu aktivga butun dunyo ishonadi.

Oltinga investitsiya qilish kimlarga qiziqarli bo'lishi mumkin:

  • Faol investorlarga - risklarni diversifikatsiya qilish va investitsiya portfelini balansirovka qilish uchun.

  • Konservativ strategiyalar tarafdorlari. Qimmatbaho metallar fond aktivlari va kriptovalyutalarga qaraganda kamroq o'zgaruvchandir. Balansning "otirish"lariga qaramay, valyutalarga nisbatan oltin har doim uzoq muddatli buqa tendentsiyasini namoyish etadi. Bu valyuta inflyatsiyasi bilan bog'liqdir.

  • Faol savdo qilishga tayyor bo'lmagan va 10 yildan ortiq vaqtga bo'sh pullarini muzlatib qo'yishga sharoitlari bo'lgan investorlarga.

Sizningcha, 5-10-15 yillik kelajakda oltinga sarmoya qilish qanchalik istiqbolli? Bu masalani kommentariyalarda muhokama qilishni taklif qilaman. Va shuni ham eslatib o'tamanki, kommentlarda siz investitsiya va savdo mavzusi bo'yicha har qanday savollaringizni berishingiz mumkin. Demo-hisobni oching va birinchi bitimlaringizni ochib ko'ring. O'z kuchingizga ishoning va siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz!

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

Oltinga investitsiyalar — FAQ

Ha. Oltinga sarmoya kiritishning afzalliklari:

  • Jahon iqtisodiy inqirozi ro'y berganda himoya aktivi sifatida qo'llaniladi.
  • Boshqa metallar bilan taqqoslaganda eng katta likvidlikka ega.
  • Ishonchli moliyaviy instrument hisoblanadi. Tarixdan ma'lumki, qimmatbaho metallar pulni ta'minlash chorasi bo'lib kelgan, bu narsa psixologik jihatdan hali ham saqlanib qolgan.
  • Ushbu aktiv bitta mamlakat iqtisodiyotiga bog'lanmagan. U mamlakat moliya tizimining barqarorligini ta'minlash uchun foydalaniladigan Markaziy banklarning oltin-valyuta zaxiralarining bir qismi bo'lib, ichki bozorda sotilishi mumkin. Oltin zaxiralari milliy valyutani ta'minlaydi.
  • Oltin zaxiralari cheklangan, narx xom-ashyo sifatida haqiqiy metallga bo'lgan talab bilan ta'minlanadi.

1. Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish uchun. Qimmatli qog'ozlar indekslari arzonlashganda va jahon YAIM pasayganda oltin qiymati oshadi va shu bilan yo'qotishlar hajmini tekislaydi.

2. Oltin kotirovkalarining kuchli pasayib ketish ehtimoli juda kam. Metall narxi ishlab chiqarish va Markaziy banklar tomonidan bo'lgan talab bilan qo'llab-quvvatlanadi.

3. Valyutalar bilan taqqoslaganda, Au spekulyativ tebranishlar ta'siriga chidamliroq va uzoq muddatli istiqbolda deyarli har doim ijobiy o'sishni ko'rsatadi.

Bu investitsiya miqdori va investitsiya muddatlariga bog'liq masaladir:

1. "Ozgina pul", "Uzoq mudatga" bo'lsa, ikkita variant bor:

  • Oltin bank depoziti - marjada va komissiyalarda yo'qotmang, foiz shaklida qo'shimcha daromad oling.lasiz.
  • Quyma oltin sotib olish. Sotishda qiyinchiliklar bo'lishi mumkin.
2. "Ko'p pul", "Uzoq muddatga", bo'lsa, eng yaxshi tanlov - fond birjasiga investitsiyalardir.

3. "Ozgina pul", "Qisqa muddatga". Yuqori likvidlik va daromadlilikka ega bo'lgan boshqa aktivni tanlaganingiz ma'qul.

4. "Ko'p pul", "Qisqa muddatga" — qisqa muddatli investitsiya fondlarining sertifikatlari juda mos keladi.

5. "Spekulyatsiya" - Forex brokerining terminalida hisob ochish va CFD oltin bilan savdo qilib, narxning har ikki tomonga harakatlanishidan pul ishlash.

Ha, daromadli. 2000 yildan 2020 yilgacha Au narxi 280-290 dollardan 1500-1600 dollargacha yoki 517 foizga o'sdi — bu yiliga 25 % ortiq degani.

Oltinga sarmoya kiritish bir necha holatlarda daromadli bo'lmasligi mumkin:

  • Siz qisqa muddatga — bir necha oyga sarmoya kiritgan bo'lsangiz. Inqiroz paytlarida Au arzonlashadi - qisqa muddatli investitsiyada vaqtinchalik pasayish xavfi mavjud.
  • Siz haqiqiy quymani sotib olsangiz. Haqiqiy oltinning marjasi ba'zi mamlakatlarda amaldagi soliqlarni hisobga olmaganda 25% gacha ko'tarilishi mumkin. Bundan tashqari, sotish paytida quymani sertifikatlash masalasi yoki metall noto'g'ri saqlanganda oksidlanishi sababli muammolar paydo bo'lishi mumkin.
  • Siz pulni oltinning o'ziga emas, balki oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalariga kiritgan bo'lsangiz. Metall qadrsizlanmaydi, lekin kompaniya bankrot bo'lgan taqdirda aksiyalar qog'ozga aylanadi.

Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish nazariyasi investitsiyalarning 10-15 foizini oltinda saqlashni tavsiya qiladi. Ushbu qiymat daromadlilik maqsadlariga va risk darajasiga bog'liqdir. Vaqti-vaqti bilan qayta balansirovka qilib turing - agar Au yaqin kelajakda o'sadigan bo'lsa, uning portfeldagi ulushini oshiring. Optimal investitsiya davri 5-15 yil.

Oltinga investitsiya qilish variantlari:

1. Haqiqiy metallni sotib olish:

  • Bank quymalarini sotib olish.
  • Oltin investitsion tangalarni sotib olish.
  • Oltinda bank depozitini ochish (Depersonalizatsiya qilingan metall hisoblari). Siz qo'lingizga metall olmaysiz, u "go'yo" bank depozitida yotadi — agar oltin narxi ko'tarilsa, depozit bo'yicha kafolatlangan foyda, daromadga qo'shiladi.
2. Birjada qimmatli qog'ozlarni sotib olish: XAU fyucherslari, ETF fondlariga sarmoya kiritish, oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish.

3. Oltin aktivlarga sarmoya kiritadigan investitsiya fondlari sertifikatlarini sotib olish.

4. Forex savdosi: oltin narxlari farqi bo'yicha shartnomalarni (CFD) sotib olish va sotish.

Qimmatli qog'ozlar bozorida ETF yoki fyuchers qimmatli qog'ozlariga faqat broker yordamida sarmoya kiritish mumkin. Minimal savdo hajmi va komissiya to'lovlari bo’yicha talablar tufayli, kirish porogi 1000 dollardan boshlanishi mumkin. Shu sababli, muqobil variant - Forex birjasidan tashqari bozorda XAU bo'yicha CFD-ga sarmoya kiritish. Bu yerda sizga "Malakali investor" maqomi kerak emas, kirish chegarasi $50-100, kredit yelkasi bor va nafaqat kotirovkalarning o'sishi, balki pasayishida ham pul ishlash imkoniyati mavjud.

1. Haqiqiy birja moliya bozoriga kirish huquqiga ega brokerni tanlash. Aktivni sotib olish shartlari bilan tanishish: minimal bitim hajmi, broker va birja to'lovlari va boshqalar.

2. Hisobni to’ldirish

3. Bitimni amalga oshirish.

Siz quyidagilarni sotib olishingiz mumkin:

  • Oltin bo'yicha fyucherslar.
  • Pullarini metallga sarmoya kirituvchi ETF-fondining aksiyalari.
  • Oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalari.

Broker yordamida. Faqat broker oltin, "oltin" qimmatli qog'ozlari yoki XAU bo'yicha CFD kabilarga investitsiya qilish mumkin bo'lgan birja va birjadan tashqari bozorlarga kirish huquqiga ega. Narxlarning ko'tarilishida pul ishlash maqsadida uzoq muddatli investitsiyalar uchun qimmatli qog'ozlarni sotib olish faqat BIRJA BROKERI orqali amalga oshiriladi. Oltin uchun spekulyativ qisqa va uzoq CFD pozitsiyalarini FOREX BROKERLARI yordamida amalga oshirish mumkin.

Kotirovkalarning asosiy o'sishi 2000-yillarda boshlangan. Bu vaqt ichida metall 500% dan ko'proqqa oshdi. Narxning eng katta pasayishi 2013-2019 yillarda kuzatilgan, ammo 2020 yil o'rtalarida oltin narxi o'zining tarixiy maksimumini yangiladi.

LiteFinance.Bir necha haftadan bir necha oygacha bo'lgan qisqa muddatli intervallarda narxning pasayishi kuzatilishi mumkin. Ammo 10-15 yillik uzoq muddatli davrda, oltin inflyatsiya va boshqa bir qator aktivlar darajasidan yuqori o'rtacha daromadlilikni ko'rsatadi. Shuning uchun oltinga uzoq muddatli investitsiyalar kiritish, sizga shubhasiz daromad keltiradi. XAU/USD juftligining kotirovkalari jadvali bilan, LiteFinance terminalida tanishishingiz mumkin.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

Real vaqt rejimida narxlar jadvali XAUUSD

2025 yilda oltinga investitsiya kiritish

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat