Oltinning pul ekvivalenti sifatida tarixi 5000 yildan avvalroq boshlangan. Dastlab metall tangalarni quyish va tayyorlash uchun ishlatilgan, oltin kukuni esa pul sifatida qo'llanilgan. Jahon ishlab chiqarishining keskin o'sishi bilan ba'zi mamlakatlar oltindan vaqtinchalik milliy valyuta sifatida foydalana boshladilar. Keyinchalik oltin standarti joriy etildi — pulni belgilangan oltin miqdoriga bog'lash.

Bugungi kunda oltinning asosiy to'lov vositasi sifatidagi roli qog'oz pul va kriptovalyutalarga yo'l berib, ikkinchi planga o'tdi. Bizning davrimizda "Au" investitsiya vositasi bo'lib, u xatarlarni diversifikatsiya qilish va xedjlash, spekulyativ bitimlar, uzoq muddatli investitsiyalar va oltin zaxirasini shakllantirish uchun himoya aktivi sifatida ishlatiladi. Oltin bozorining asosiy ishtirokchilari: Markaziy banklar, XVF(Xalqaro valyuta fondi) va boshqa fondlar, tijorat banklari, birjalar, investitsiya va ETF fondlari, xususiy treyderlar va investorlar, oltin qazib oluvchi kompaniyalar va iste'molchilar.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Oltin bo'yicha fyucherslar bozori

Oltin aktivlarida pul ishlashning turli usullari mavjud. Haqiqiy metall ko'pincha pulni uzoq muddatli investitsiya qilish uchun, fyucherslar esa qisqa muddatli spekulyatsiya uchun ishlatiladi.

  • Ma'lumot uchun: Oltin bo'yicha fyuchers - bu birja qimmatli qog'ozi bo'lib, xaridor va sotuvchi o'rtasidagi shartnoma shaklida bo'ladi. Bu kelajakda oltinni joriy narx bo'yicha sotib olish/sotish haqida kelishuvni anglatuvchi shartnomadir. Fyuchers ikki toifali: yetkazib berish asosidagi fyucherslar va hisob-kitob asosidagi fyuchrslar. Yetkazib berish fyucherslari ma'lum bir vaqtda metallni fakt bo'yicha yetkazib berishni o'z ichiga oladi. Hisob-kitob fyucherslari - moliyaviyo'zaro hisob-kitobni anglatadi: agar qimmatbaho metall shartnomada ko'rsatilgan muddatga kelib qimmatlashgan bo'lsa, xaridor foyda ko'radi — u uni arzonroq narxda sotib oldi. Agar metall narxi tushib ketgan bo'lsa, sotuvchi foydada qoladi.

Oltin asosiy aktiv sifatida xizmat qiladigan boshqa derivativlar ham mavjud, ammo fyucherslar savdosi hali hamon eng ko'p qo'llaniladigani bo'lib qolmoqda. Bu muddati tugashidan oldin sotib yuborish yoki xarid qilish mumkin bo'lgan eng tushunarli va likvid instrument hisoblanadi.

Oltin fyuchers bozoriga kirish summasi savdo shartnomalari turiga, foyda maqsadlariga va risklarni boshqarish tizimiga bog'liq. Birjadagi standart lot 100 untsiyani tashkil qiladi. 0,01 lot hajmli minimal bitim tuzish uchun taxminan 2000 AQSh dollari miqdorida mablag' kerak bo'ladi. Ushbu miqdor zararni ta'minlash uchun pulning mavjud bo'lishi kerakligini hisobga olmaydi. Siz kredit yelkasidan foydalanishingiz mumkin, ammo birja brokerlari, Forex brokerlaridan farqli o'laroq, unchalik saxiy emas — birjadagi o'rtacha yelka 1:20 gacha proporsiyani tashkil qiladi.

Fyucherslar bilan ishlashning alternativ usuli - standart shartnomaning 0,1 foiziga teng bo'lgan E-Mini shartnomalaridir. Ammo birja fyuchers bozori uchun minimal kirish porogi bir xil bo'lib qolmoqda — 1000-2000 AQSh dollaridan yuqori.

Forexda kunlik oltin savdosi

Bir kunlik savdoning o'ziga xos xususiyatlarini tushunishdan oldin, men valyuta juftliklari savdosidagi to'liq lot va XAU/USD juftligi bo'yicha to'liq lot o'rtasidagi farq nima ekanligini tushuntirib o'taman. Forex brokeridagi tik qiymatini hisoblay olsangiz, bu sizga kunlik "sham"ning o'rtacha uzunligi asosida bir kunlik potentsial daromadni hisoblashda yordam beradi.

1 pips oltin qancha turadi?

Savdo platformasining kotirovkalarida yoki analitik jadvallarda Forexdagi oltin narxi - bu troya unsiyasi uchun narx hisoblanadi. 1 troya unsiyasi 31,1 grammga teng. 1 standart lot 100 troya unsiyasini tashkil etib, Forex savdosining minimal hajmi esa 0,01 lotga teng. Ushbu ma'lumotlarning barchasini shartnoma spetsifikatsiyasida ko'rishingiz mumkin bo'lib, ularni MT4-da quyidagicha topishingiz mumkin:

  • Menyudan "Ko'rinish — Belgilar" ni tanlang. XAU/USD juftligini toping va "Ko'rsatish" tugmasini bosing.
  • Menyudan "Ko'rinish — Bozor sharhi" ni tanlang. XAU/USD juftligida sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing va "Spetsifikatsiya" bandini tanlang.

LiteFinance: 1 pips oltin qancha turadi?

Forexda oltin bo'yicha pips (nuqta) narxini hisoblash:

  • Spetsifikatsiyada shartnoma hajmini topamiz - 100.
  • Pips (punkt) hajmini aniqlaymiz. Platformadagi oltin kotirovkalari verguldan so'ng ikkita raqamga ega - valyuta juftliklaridan farqli o'laroq, bu yerda bir nuqta(punkt) 0,01 ga teng.
  • Bitim hajmini punkt o'lchamiga ko'paytiramiz: 100*0,01 = 1 USD.

XAU/USD juftligi bo'yicha minimal narxning 1 pips(punkt)ga o'zgarishi 1 USD ga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, agar siz 1800 AQSh dollari evaziga 1 troya unsiyasini sotib olsangiz, bu 0,01 lot savdo hajmiga to'g'ri keladi. Va 1805,35 AQSh dollarigacha bo'lgan narx harakati, narxning 535 punktga o'zgarganini anglatadi. 0,01 lot uchun (punkt qiymati - 1/100 = 1 sentga teng) — daromad 5,35 dollarni tashkil qiladi. Shunga ko'ra, 1 ta to'liq lot uchun daromad 535 AQSh dollariga teng deb hisoblanadi.

Endi XAU/USD daromadliligini intraday valyuta juftliklari bilan taqqoslashga qaytsak. EUR/USD = 100 000 * 0,00001 (besh xonali kotirovkalar) juftligi uchun punktning qiymati ham 1 AQSh dollariga teng. Tinch bozor sharoitida bir XAU/USD "sham"ining o'rtacha uzunligi 1000-1500 punkt(pips)ni tashkil qiladi. EUR/USD intraday shamining o'rtacha uzunligi 800-1000 punktni tashkil qiladi. Ammo spred haqida unutmaslik kerak - XAU/USD bo'yicha uning hajmi kattaroq bo'ladi.

Bundan kelib chiqib, quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

  • XAU/USD juftligining kun ichidagi o'zgaruvchanligi nisbatan valyuta juftliklari bilan bir xil - agar bozorlar tinch holatda bo'lsa va kuchli fundamental omillar yo'q bo'lsa.
  • XAU/USD instrumenti daqiqali intervallarda ozgina volatillikka ega, shuning uchun u skalping uchun to'g'ri kelmaydi. Ammo kun davomida kamroq burilishlar bilan yanada barqaror trendni namoyish etadi.

H1-H4 intervallarida kunlik oltin savdosi valyuta juftliklari darajasida foyda keltirishi mumkin. Ammo XAU/USD asosiy omillarga sezgirdir - kunlik harakat 2500-3000 punktgacha, hamda sizning pozitsiyangizga qarama-qarshi yo'nalishda kengayishi mumkin.

XAU/USD bitimlarini ochish bo'yicha maslahatlar:

  • Savdolarni faqat trend yo'nalishi bo'yicha, va iloji boricha intraday shamining boshlanishida ochganingiz ma'qul. Agar kunlik jadvalda bir xil rangdagi 2-3 shamlik harakat kuzatilsa - soatlik jadvalda siz trend harakatlanishini ushlashingiz mumkin.
  • Fundamental harakatlanishni kuting, bitimlarni mahalliy korrektsiyalar bo'yicha yopmang.
  • Tegishli aktivlarning kotirovkalariga e'tibor bering - kumush, platina. Ularning yordami bilan va masalan, "gold silver ratio" koeffitsienti bilan to'g'ridan-to'g'ri korrelyatsiya asosida oltin bo'yicha savdo strategiyalarini tuzish mumkin. Shuningdek, "Au" neft kotirovkalari bilan to'g'ridan-to'g'ri korrelyatsiyaga, AQSh dollari bilan esa, aksincha teskari bog'liqlikka ega.

Birjada yoki broker orqali oltin savdosining eng yaxshi strategiyalari

Har bir savdo rejasining asosida maqsad va g'oya yotadi. Savdo tizimini qurish jarayoni, quyidagi savollarga javob berishi kerak bo'lgan vazifani aniqlashdan boshlanadi:

  • Qancha pul ishlashni xohlaysiz? O'lchamni depozit summasining foizi sifatida aniqlagan yaxshiroqdir. Maqsadingizning haqiqatga yaqinligini, foizlarni aktivning o'rtacha yillik daromadliligi bilan taqqoslash orqali aniqlash mumkin.
  • Siz qancha miqdorda investitsiya qilishga tayyorsiz?
  • Siz qanday muddatga investitsiya qilishga tayyorsiz? Aktivni bir zumda naqd pulga aylantirish imkoniyatini beradigan qisqa muddatli investitsiya taktikasi sizga ko'proq mos keladimi? Yoki likvidlikdan voz kechib, bo'sh turgan mablag'ingizni "muzlatib qo'yishga" tayyordirsiz?
  • Qaysi turdagi strategiyani afzal ko'rasiz: asosiy faoliyatingizga aylanadigan faol savdonimi yoki passiv investitsiyalarnimi?
  • Strategiyada qanday xavf darajasini nazarda tutadi?

Uzoq muddatli investitsiyalar uchun KIFlar va ETFlar to'g'ri keladi. Kichik, 0,5% gacha bo'lgan komissiya evaziga investitsiyalaringiz bilan boshqaruv kompaniyasi shug'ullanadi. Qisqa muddatli investitsiyalar uchun birja fyucherslari yoki Forex CFD savdosi mos keladi.

Faol savdo strategiyalari:

Skalping

XAU/USD savdosida skalping kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Buning sababi, ushbu aktivning qisqa vaqt oralig‘ida nisbatan past volatillikka ega ekanligi bilan izohlanadi. Skalping samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan valyuta juftliklaridan farqli o‘laroq, XAU/USD mikro harakatlarda kamroq prognoz qilinadi. Shu bois, skalpingni ko‘proq dinamik moliyaviy instrumentlarga nisbatan qo‘llagan ma’qul. Biroq, ayrim treyderlar muhim yangiliklar e’lon qilingan paytlarda oltin savdosida ham ushbu strategiyani qo‘llashadi.

Sving-treyding

XAU/USD savdosida sving-treyding cheklangan miqdorda qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, oltin grafigidagi korreksiyalar ko‘pincha chuqur bo‘lmaydi, bozorga kirishning yaxshi nuqtasini topish qiyin. Shunga qaramay, sving-treydingni, ayniqsa konsolidatsiya davrida yoki narx asosiy qo‘llab-quvvatlash/qarshilik darajalariga yetganda, trend strategiyalari bilan birlashtirish mumkin.

Ayrim hollarda bunday yondashuv jadvalni doimiy ravishda kuzatib bormasdan foyda olishga yordam beradi. Asosiysi, hozirgi bozor sharoitida ortga qaytish asosli bo‘lib ko‘rinadigan kirish nuqtasini aniqlashdir.

Kun ichidagi savdo

XAU/USD kun ichidagi savdosi boshqa strategiyalarga qaraganda ko‘proq qo‘llaniladi. Qimmatbaho metall narxi sekin-asta kuch yig‘ayotgan bo‘lsa-da, kunlik volatillik valyuta juftliklarinikidan yuqori bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, asosiy ma’lumotlar e’lon qilinadigan davrlarda kun ichidagi faollik yaqqol namoyon bo‘ladi.

Kun ichidagi savdo o‘rtacha volatillikda yo‘naltirilgan tebranishlardan foyda olish imkonini beradi. Muhimi shuni hisobga olish lozimki, XAU/USD bo‘yicha kuchli narx harakatlari kamdan-kam kuzatiladi, biroq ularning punktlardagi hajmi yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Shu bois, ushbu strategiya to‘g‘ri tahlil qilinganda juda samarali hisoblanadi.

LiteFinance: Kun ichidagi savdo

O'rta va Uzoq muddatli strategiyalar

O‘rta va uzoq muddatli strategiyalar XAU/USD bo‘yicha pozitsiyalarni bir necha kun yoki hafta davomida ushlab turishni nazarda tutadi. Bunday yondashuv, ayniqsa, aniq tendensiya mavjud bo‘lganda samarali bo‘ladi. Biroq, o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarning kamchiligi svoplardir, ayniqsa oltin bilan katta hajmda savdo qilinsa. Ushbu xarajatlar yakuniy foydani kamaytirishi mumkin. Shunga qaramay, strategiya treydingda minimal ishtirok etishni afzal ko‘radigan investorlar uchun juda aktualdir.

Indikatorli Strategiyalar

Ushbu XAU/USD strategiyalari turli xil indikatorlarni qo‘llagan holda texnik tahlilga asoslanadi. Grafikda ATR orqali volatillik tahlil qilinadi va potensial bozorga kirish nuqtalarini RSI va Stochastic ossillyatorlari yordamida aniqlash mumkin. Indikatorli strategiyalar intradey-treyding uchun ham, o‘rta muddatli savdo uchun ham mos keladi.

Narx harakati

Price Action valyuta juftliklariga qaraganda grafikning ravonroq va o‘qishga qulayroq harakatlanishi tufayli yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. XAUUSD bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalari odatda aniq ko‘rinib turadi, patternlar esa ko‘proq strukturalashgan bo‘ladi. Price Action savdosi so‘nib borayotgan trend figuralarini, masalan, bayroq, uchburchak yoki vimpelni aniqlashni ko‘zda tutadi. Price Action signalni tasdiqlash uchun indikatorlar bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin, ammo strategiyaning asosini grafikning vizual tahlili tashkil etadi.

Fundamental tahlilga asoslangan strategiya

Fundamental tahlil bo‘yicha XAU/USD savdosi yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Oltin iqtisodiy yangiliklarga va bozorlardagi umumiy kayfiyatga juda sezgir. Masalan, fond bozorlarining o‘sishi oltinga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin, retsessiya yoki inflyatsiya haqidagi xavotirlar esa, aksincha, investorlarni jalb qiladi. Fundamental tahlil bo‘yicha savdoda indekslar, valyutalar va boshqa tovarlar bilan korrelyatsion aloqalar qo‘llaniladi. Bozor kayfiyati indikatori foydali instrument hisoblanadi.

Ijtimoiy treyding

Ijtimoiy treydingda tajribasiz bo‘lsangiz ham XAU/USD bilan savdo qilish imkoniyati mavjud. Tajribali treyderlarning bitimlarini avtomatik tarzda nusxalashingiz mumkin. Bu usul passiv daromad topishni xohlovchilar uchun juda qulay. Treyderlarni tanlashda ularning XAU/USD savdo tarixini, xavf darajasini va natijalarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Oltin savdosidagi 5 daqiqali strategiya

5 daqiqalik XAUUSD strategiyasida treyder tor diapazonda tezkor harakatlarni qidiradi. Ushbu usul EMA va RSI indikatorlarining shamli formatsiyalari, darajalarning buzilishlari va tezkor signallarini tahlil qilishga asoslangan. Oltin savdosining 5 daqiqalik strategiyasi yuqori konsentratsiya va intizomni, shuningdek, bozor o‘zgarishlariga tezda reaksiya qilish qobiliyatini talab qiladi. Undan yuqori volatillik davrida, masalan, iqtisodiy yangiliklar chiqishida foydalanish mumkin.

Oltin va AQSh dollari o'rtasidagi korrelyatsiyaga asoslangan strategiya

Oltin va AQSH dollari o‘rtasidagi korrelyatsiya XAU/USD kursi harakatini tahlil qilishning asosidir. Ushbu aktivlarning kotirovkalari ko‘pincha qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi: dollarning mustahkamlanishi oltin narxining pasayishiga olib keladi va aksincha. Oltin va AQSH dollari o‘rtasidagi korrelyatsiya strategiyasi DXY indeksi, foiz stavkalari va AQSH iqtisodiy hisobotlari dinamikasini kuzatishni o‘z ichiga oladi. Ushbu usul, ayniqsa, valyuta bozorining beqarorligi yoki monetar siyosatning o‘zgarishi sharoitida narxlarning o‘zgarishi va kirish nuqtalarini prognoz qilishga yordam beradi.

Qisqa muddatli savdo strategiyasi uchun harakatlanuvchi o‘rtacha krossoveri

Harakatlanuvchi o‘rtacha kesishishiga asoslangan strategiya XAU/USD juftligi bilan savdo qilishda keng qo‘llaniladigan qisqa muddatli yondashuvdir. Bu strategiya ikkita harakatlanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichni - qisqa muddatli (masalan, 9 davrli) va uzoq muddatli (masalan, 21 davrli) ko‘rsatkichlarni kuzatib borishni o‘z ichiga oladi. Qisqa muddatli harakatlanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkich uzoq muddatli ko‘rsatkichdan yuqoriga o‘tsa, bu potensial xarid imkoniyatini bildiradi. Aksincha, pastga kesib o‘tish esa potensial sotish signali bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli savdo strategiyasi uchun harakatlanuvchi o‘rtacha kesishish usuli trend sharoitlarida eng samarali hisoblanadi va treyderlarga tashqi bozorlarda soxta kirishlarni minimallashtirishga yordam beradi.

XAU/USD savdosining xususiyatlari:

  • Fundamental omillarning kuchli ta'siri. Federal zaxira tizimining pul-kredit siyosati, jahon iqtisodiyotining holati, geosiyosat, makroiqtisodiy statistika — bularning barchasi yangi trendni keltirib chiqarishi mumkin.
  • Uzoq muddatli investitsiya bo'yicha valyuta juftliklariga qaraganda xavf darajasi mo'tadildir.
  • Amalda qo'llanilayotgan instrumentlardan qat'i nazar, likvidlik darajasi yuqori. Oltin quymalarini bundan istisno deb aytish mumkin, biroq ularni yuqori marjaga rozi bo'lish sharti bilan tezda sotib yuborish mumkin.

Oltin sotib olish uchun eng maqbul vaqt

Oltinning qandaydir alohida sessiyaga bog'liqligi yo'q. EUR/USD bo'yicha eng katta savdo hajmi va volatillik darajasi Yevropa sessiyasida, eng pasti esa Osiyo sessiyasida kuzatilsa, XAU/USD juftligi bo'yicha savdo hajmi sessiyaga bog'liq emas. Ba'zi manbalarda kotirovkalarning mavsumga bog'liqligini yaqqol ko'rsatadigan, 1975 yildan hozirgi vaqtgacha bo'lgan statistik tahlillar keltirilgan: AU uchun eng past narx mart oyida, eng yuqori narx esa yanvar va sentyabr oylarida kuzatiladi.

Xulosa: oltinni xarid qilish uchun eng yaxshi vaqt - mart oyida, sotish uchun esa - sentyabrda.

Texnik tahlil signallari:

  • Sirpanuvchan o'rtacha miqdorlarning turli davrlar bilan kesishishi. Agar tez harakatlanuvchi MA pastdan yuqoriga sekin harakatlanuvchi MAni kesib o'tsa - bu "buqa" tendentsiyasining boshlanishiga ishora bo'ladi.
  • ADX, Alligator va boshqa trend indikatorlarining signallari.
  • Volatillikning ATR bo'yicha o'sishi, haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik darajasini ossilyatorlar bo'yicha aniqlash.
  • Asosiy qarshilik va tayanch darajalari, hamda Fibonachchi darajalarini buzilishi.
  • Grafik tahlil figuralarining buzilishi: bayroq, uchburchak, flet kanali.

Bular oltin sotib olish yoki qisqa pozitsiyalarni ochish vaqti kelganini bildiruvchi bir nechta misollar holos. Umuman olganda, XAU/USD uchun texnik tahlildan foydalanish valyuta juftliklari bilan ishlashga o'xshaydi — siz faqat savdo tizimini indikatorlar parametrlariga moslashtirishingiz kerak.

Fundamental tahlil signallari:

  • Jahon iqtisodiyotining stagnatsiyasi yoki aksincha, iqtisodiy o'sish. Masalan, pandemiya 2020 yil boshida global iqtisodiy rivojlanishni to'xtatdi. Jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi va korporatsiyalar foydasining pasayishi kutilayotgan bir paytda fond indekslari pastga qarab harakatni boshladi, AU esa yangi tarixiy maksimumga yetdi. Avgust oyida, vaksina haqida xabar berilganidan so'ng, investorlarda optimizm paydo bo'ldi - indekslar bo'yicha bahorgi yo'qotishlar tiklandi, qimmatbaho metallar esa qiymatining 10% dan ortig'ini yo'qotdi.
  • Makroiqtisodiy statistika qisqa muddatli ta'sirga ega — bu inflyatsiya statistikasi, sohalar bo'yicha prognozlar va boshqalar.

Oltin sotib olish uchun yaxshi vaqt - bu kotirovkalar o'tirib qolgan vaqtdir — ular ertami-kechmi yuqoriga buriladi. Asosiy savol - siz bu davr davomida kutishga tayyormisiz.

Fundamental tahlil signallari har doim ham ishlamasligi mumkin. Misol: 2013 yilda oltin kotirovkalarining tushishi so'nggi 30 yil ichida eng kuchli bo'ldi. Buning asosiy sababi - bu metallning eng yirik iste'molchilaridan biri bo'lgan Hindiston iqtisodiyotidagi muammolar, shuningdek, davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritish xavfliligini ko'rsatgan Kiprdagi iqtisodiy inqiroz. Ushbu voqealardan so'ng investorlar vahima ichida o'rta va uzoq muddatli ETF fondlaridan pullarini chiqarishni boshladilar - bu kotirovkalarning tushishini tezlashtirdi. Investorlar himoya aktivlariga sarmoya kiritishning o'rniga naqd pulni afzal ko'rdilar.

Hozir oltin xarid qilishga arziydimi? Agar kotirovkalar tarixiy maksimumlardan uzoqlashgan bo'lsa va qulash to'xtagan bo'lsa, unda arziydi.

Oltin qanday xarid qilinadi

Haqiqiy oltinni faqat regulyator litsenziyasiga ega banklarda sotib olish mumkin. Faqatgina bank sizga sertifikatlangan metallni uning haqiqiyligi, probasi va boshqa xususiyatlari to'g'risidagi hujjatlar bilan sotadi.Siz oltin quymalarini, ixtisoslashgan kompaniyalardan yetkazib berishsiz sotib olishingiz mumkin - ular o'zlarining depozitariylarida metallning xavfsizligini kafolatlaydi. Ammo siz bu tariqada tavakkal qilishga tayyormisiz? Oltin olishning yana bir alternativasi — bu ba'zi banklar tomonidan chiqarilgan oltin sertifikatlari yoki oltin depozitlari.

Minimal sarmoyalar bilan risklarsiz oltin sotib olishning eng yaxshi usuli bu CFD kontraktidir. Haqiqiy metallni sotib olmasangiz ham, uning aktivini sichqonchani bir necha marta bosish orqali istagan vaqtingizda sotishingiz mumkin.

LiteFinance platformasida buni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

1. Hisob oching. "Treyderlarga — hisob turlari"ga kiring. Minimal spredli ECN hisobini tanlashni tavsiya etaman. 1:100 yelkasi bilan 50 AQSh dollari miqdoridagi minimal depozit, 0,01 minimal lot bilan bitimni ochish uchun yetarli bo'ladi.

2. Hisobni to'ldirishdan avval verifikatsiyadan o'ting — bu majburiydir! Shuningdek, siz o'z kuchingizni demo hisobida sinab ko'rishingiz mumkin, buning uchun na shaxsni tasdiqlash, na ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

3.Terminalni oching va "Metallar" vkladkasida XAU/USD juftligini tanlang.

LiteFinance: Oltin qanday xarid qilinadi

4. Grafikni tahlil qiling. Bitimni ochish uchun signal variantlari:

  • Haddan tashqari sotilganlik zonalarda ossilyator chiziqlarining joylashishi, ossilyatorlar burilib, oraliqning o'rtasiga qarab harakatlana boshlaydi.
  • Trend indikatorlarining signallari.
  • Narxning flet holatidan chiqishi.
  • Burilish patternlarining paydo bo'lishi: "Yutib yuborish","PIN-bar" va boshqalar.

Misol. Kichik buqa tendentsiyasidan so'ng, gorizontal kanal tomonidan ajratilgan konsolidatsiya zonasi shakllandi.

LiteFinance: Oltin qanday xarid qilinadi

Kanalning yuqoriga qarab buzilishi o'sib boruvchi trend boshlanishini anglatadi. Agar buzilish shami va trend boshlanishi shami, flet shamlariga nisbatan kattaroq tanaga ega bo'lsa, bu plyus bo'ladi.

"Yutib yuborish" burilish patterni "Buqa" trendining tugashidan dalolat beradi — pasayib borayotgan shamning tanasi avvalgi o'sib borayotgan shamning tanasini butunlay yutib yubordi. Keyinchalik, sotuvchi va xaridor o'rtasidagi kuchlarning tengligini ko'rsatadigan tanasiz "Dodge" shami hosil bo'ladi. Keyingi qizil sham trendning burilishini tasdiqlaydi.

Oltinni faqat 10-15 yil istiqboli bilan xavfsiz ravishda sotib olishingiz mumkin. Kunlik grafiklarda kotirovkalar ikkala yo'nalishda ham harakatlanadi - agar spred miqdori imkon bersa, kuchli tendentsiyani qo'lga kiritishda yoki pozitsiyalarni aylantirish orqali pul ishlashga harakat qilishda mantiq bor. Kun davomida savdo qilishda yo'qotish xavfi uzoq muddatli strategiyalarga qaraganda yuqoriroq bo'ladi.

Oltin sotib olish bo'yicha maslahatlar:

  • Oltin bozorining tendentsiyasi va kayfiyatiga e'tibor qarating.
  • Spred va svop darajasini hisobga oling. CFD savdosida svoplar o'rta muddatli savdoni "intradey" savdoga nisbatan kam daromadliroq qiladi. Siz kuchli o'rta muddatli trendni tutgan holat - istisno hisoblanadi.
  • Jahon iqtisodiyotining istiqbollari bilan bog'liq bo'lgan, kuchli fundamental omilni qidiring. Hatto fors-major holatlari ham qisqa muddatda kotirovkalarni ko'tarishga qodir.

Oltinni qachon sotish kerakligini qanday tushunish mumkin

1. Uzoq muddatli investitsiya kiritishdagi sotish signali: narx avvalgi tarixiy maksimum ko'rsatkichidan o'tdi va asta sekinlashdi. Ijobiy prognozlar ham paydo bo'ladi: inflyatsiya darajasining pasayishi, YaIM o'sishi, shu paytgacha AUni yuqoriga ko'tarilishiga sabab bo'lgan geosiyosiy muammolarning hal bo'lishi. Kotirovkalarning eng yaqin burilishi sodir bo’lganida yoki 2-3% dan ortiq pasayish holatida aktivni soting.

2. Qisqa muddatli savdoda sotish signallari:

  • Fundamental omil o'z ta'sirini "tugatdi".
  • "Buqa" trendida sham tanasining qisqarishi - O'sib borayotgan tendentsiyadan so'ng, narx lateral harakatga kiradi. Burilish patternlari paydo bo'ldi.
  • Ossilyatorlar "0-100" oralig'ining o'rtasidan o'tib, haddan tashqari xarid qilinganlik zonasiga qarab harakat qilishdi.
  • Narx kuchli qarshilik darajasiga yetdi.

Fundamental tahlil bo'yicha uzoq muddatli investitsiya va savdoda, oltin aktivlar va korrelyatsion vositalar bo'yicha prognozlarga e'tibor qaratib harakatlanganingiz afzaldir. "Bozor kayfiyati" indikatoridan foydalaning.

Bozordan chiqish strategiyalaridan biri bu treyling-stopni qo'llashdir. Narxlar fletdan chiqib ketganda, siz o'sib boruvchi trendda bitim ochasiz. Siz xohlagan minimal daromad darajasiga erishganingizda, bitimning 50 foizini yoping, qolgan qismini treyling hisobiga sug'urta qilasiz. Treylingning uzunligini ATR volatillik indikatori yordamida hisoblash mumkin, uni lokal minimum yoki tayanch darajasidan bir oz pastroq qilib qo'yish mumkin.

Agar siz narxning burilish va 20% dan yuqori yo'qotish momentini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, darhol aktivni sotishga shoshilmang. AUning o'rtacha yillik rentabelligi 5-15% ni hisobga olgan holda, narxning o'z maksimumiga qaytishini kutish yaxshiroqdir.

Treyding yoki investitsiya - qaysi biri yaxshiroq?

Treyding - bu har ikki yo'nalishdagi bitimlarni tez-tez amalga oshiradigan faol spekulyativ savdo turidir. Treyder kuniga bir necha marta AU xarid qiladi va sotadi, uzoq muddatli strategiyalar esa - savdoni bir necha kun yoki hafta davomida ochiq ushlab turishdir.

Investitsiya kiritish - bo'sh mablag'larni inflyatsiyadan saqlab qolish va iloji boricha foyda olish maqsadida oltin va oltin aktivlarini uzoq muddatga sotib olish. Investorlar oltinni 5-10 yil yoki undan ko'proq vaqtga sotib oladilar.

Treydingning afzalliklari va kamchiliklari:

Afzalliklari

Kamchiliklari

Ikkala yo'nalishda lokal harakatlar orqali pul ishlash imkoniyati

Komissiya harajatlari - qancha ko'p bitimlar amalga oshirilsa, treyder shuncha ko'p komissiya to'laydi.

Fundamental tahlil bo'yicha samarali treyding

Qisqa intervallarda oltin aktivlarining past volatilligi. Skalping istisno qilinadi: bir necha daqiqa davomida XAU/USD juftligi, spredni qoplash va yetarli daromad olish uchun punktlardagi yetarli farqni bosib o'tishga ulgurmay qoladi.

Aktivlarning keng tanlovi - CFD dan derivativ instumentlarigacha

 

Investitsiya kiritishning afzalliklari va kamchiliklari:

Afzalliklari

Kamchiliklari

Fundamental omillar va texnik tahlillarni kuzatib borish shart emas. Treyding bilan doimiy shug'ullanishning hojati yo'q.

Uzoq vaqt davomida pulni "muzlatib qo'yish"

Uzoq muddatli foyda. Tarix shuni ko'rsatadiki: AU harakati to'lqinli xarakterga ega - pasayishdan keyin yangi tarixiy maksimum bilan o'sish kuzatiladi

Cheklangan aktivlar tanlovi. CFD va fyucherslar yo'q deganda, birja komissiyalari va svoplari tufayli to'g'ri kelmaydi. Uzoq muddatlarda ko'pincha haqiqiy oltin va oltin aktivlariga sarmoya kiritiladi.

Vositachilik xavfini kamaytirish. Treydingda brokerning bankrotligi, hisoblarni blokirovka qilinishi va hokazolar xavfi saqlanib qoladi. Investitsiya kiritishda haqiqiy metall uyda yoki bankda/depozitariyda saqlanadi. Ikkala holatda ham yo'qotish xavfi minimaldir.

Sotish jarayonidagi marjaning yuqoriligi

 

Nisbatan pastroq daromad

Ikkala usulning ham o'ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Bu shaxsiy xohish-istaklar, xatarlar va rentabellik bo'yicha maqsadlari masalasidir.

Shuningdek, treyding va investitsiyalarning bir nechta variantlari nuqtai nazaridan jadval shaklida yana bir qiyosiy tahlilni taqdim etish mumkin:

 

Quymalar (investitsiya)

ETF (investitsiya va treyding)

CFD (treyding)

Investitsiya qilish qulayligi (1- oson, 3 — qiyin)

1

3

2

Saqlash xarajatlari

Ha

Yo’q

Yo’q

Boshqaruv xarajatlari

Yo’q

Ha

Yo’q

Birja to'lovlari va broker komissiyalari

Yo’q

Ha

Ha

Kirish narxi (1 — past, 3 — yuqori)

2

3

1

Kredit yelka

Yo’q

Yo’q

Bor

Regulyatsiya (tartibga solish)

Yo’q

Bor

Bor

Jadval bo'yicha izohlar:

  • ETFlar savdo va investitsiya sifatida tasniflanadi — ETF fondlarining aksiyalari ko'pincha spekulyativ maqsadlarda, ya'ni treyding uchun ishlatiladi.Oltin aktivlariga pulning faqat bir qismini investitsiya qiladigan aralash fondlar mavjud - ularning qog'ozlari risklarni diversifikatsiya qilish uchun ishlatiladi. Ammo ETF aksiyalari uzoq muddatli investorlar orasida ham talabga ega.Ularni aktivlarni balansirovkasida va nazorat qilishda javobgarlik yo'qligi jalb qiladi — bu boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
  • Investitsiya qilish qulayligi. Bu vaqt xarajatlari, zarur bilim darajasi va boshqalarni anglatadi.
  • Saqlash bo'yicha xarajatlar - bank yacheykasi yoki depozitariy uchun to'lov. Birja bozorida ular yig'imlar turkumiga kiradi.
  • Boshqaruv xarajatlari - boshqaruv kompaniyasining komissiyasi.

Forex va fond birjasida oltin qanday sotiladi

Oltin bilan savdo qilish imkoniyati birja va birjadan tashqari bozorlarda mavjud.

  1. Birjadan tashqari bozor - bu Forex va binar optsionlari. Bu yerda bitimlar oltin bo'yicha CFD shaklida amalga oshiriladi - bunda haqiqiy metall yetkazib berilmaydi, balki narxlar farqi bo'yicha shartnomalar sotib olinadi va sotiladi. Shuningdek, oltinni birjadan tashqari savdosi qatoriga haqiqiy metallni bank orqali sotib olish, bank oltin depoziti kiradi.
  2. Birja bozori investitsiya qilish uchun instrumentlarnng kengroq ko’laminii taqdim etadi. Bu yerda fyuchers va optsionlarni sotib olish mumkin. Fyucherslar masulotli bo'lishi mumkin — haqiqiy metallarni yetkazib berish sharti bilan, va hisob-kitobli - shartnoma muddati tugagandan so'ng narxlarni o'zaro hisob-kitob qilish sharti bilan. Shuningdek, birjada siz pulni metallga to'liq yoki qisman investitsiya qiladigan ETF fondlarining aksiyalarini sotib olishingiz mumkin. Oltin qazib oluvchi va qayta ishlovchi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishingiz mumkin.

Keling, ushbu variantlarning har birini batafsil ko'rib chiqamiz.

Haqiqiy oltinga qanday qilib sarmoya kiritish kerak?

Xususiy investor uchun investitsiya imkoniyatlari:

  • Bank oltin quymalarini sotib olish. Afzalliklari - investitsiyalarning xavfsizligi kafolatlanganligi. Kamchiliklari - savdo qilish paytidagi marja 20% ga yetishi mumkin, tegishli saqlash shartlari talab qilinadi, aksariyat mamlakatlarda "hashamat uchun" soliq yoki QQS mavjud.
  • Investitsion oltin tangalarni sotib olish. Dastlab banklarda sotiladi, ammo ularni ikkilamchi bozorda ham topish mumkin. Tangalarning afzalligi shundaki, ular kolleksion qiymatning oshishi bilan daromad keltiradi. Kamchiliklari: har qanday investitsiya tangasining narxi tezda ko'tarilmaydi, tanga qiymatiga ish haqqi qo'shiladi, marja 15-30% ni tashkil qilishi mumkin. Ikkilamchi bozorda sotib olish yanada katta xavf tug'diradi. Tanganing haqiqiyligini va uning holatini baholash bo'yicha javobgarlik xaridorga yuklatilgan.
  • Bank oltin depoziti. Bu yerda ikkita variant mavjud: birinchisi-haqiqiy oltin depozitga qo'yiladi, foizlar pul bilan to'lanadi, ikkinchisi — oltin kotirovkalarga bog'langan pul ekvivalenti kiritiladi. Afzalliklari: quymalarni bankda saqlash. Kamchiliklari: ko'pincha bank bankrot bo'lgan taqdirda sug'urta to'lovi to'lanmaydi.
  • Zargarlik buyumlarini sotib olish. Afzallik: metall narxining ko'tarilishini hisobga olgan holda estetik qiymati mavjudligi. Kamchilik - bu marja. Ko'pincha zargarlik buyumlari "lom" narxiga olinadi, yo'qotishlar 50% gacha bo'lishi mumkin.

Birja bozorida haqiqiy metall yetkazib berish bilan tovar fyucherslarini ham sotib olish mumkin. Minimal yetkazib berish hajmi va transport xarajatlarini hisobga olgan holda, ushbu variant faqat oltinni xom ashyo sifatida ishlatadigan kompaniyalar uchun to'g'ri keladi.

Haqiqiy metallning o'ziga sarmoya kiritish, faol savdo qilishga tayyor bo'lmagan va 10 yildan ortiq, uzoq muddatli istiqbolga ega daromadga qiziqqanlar uchun to'g'ri keladi.

Oltin bo'yicha CFD savdosi

CFD-narxlar farqi bo'yicha shartnomalar, birjadan tashqari savdo instrumenti hisoblanadi. Investor XAU/USD juftligini sotib oladi va uni yuqori narxda sotadi. Yoki joriy narxda sotadi va narx tushganda sotib oladi, kotirovkalar farqidan daromad oladi. CFD savdosi Forex brokerlari orqali amalga oshiriladi.

XAU/USD juftligi bo'yicha CFDning afzalliklari:

  • Birja bozori bilan taqqoslaganda kirish porogi yuqori emas: minimal hajmdagi bitim uchun 50-100 dollar kifoya.
  • Minimal komissiya to'lovlari. Faqat spred va svop. Birja to'lovlari va depozitariy komissiyasi yo'q. "Malakali investor"maqomi kerak emas.
  • Likvidlik. Agar Internet mavjud bo'lsa, bitim dunyoning istalgan nuqtasida istalgan vaqtda yopilishi mumkin.

Forex CFD - bu katta kapitalga ega bo'lmagan, ammo bazaviy prognozlash qobiliyatlari va faol savdo qilish istagi bo'lganlar uchun oltinda pul ishlashning eng yaxshi variantlaridan biridir.

CFD XAU/USD bilan qanday savdo qilish kerak:

  • Brokerni tanlash, hisob ochish, shaxsni tasdiqlash jarayonidan o'tish.
  • Depozitni minimal miqdordagi pul bilan to'ldiring. Agar ular taqdim etilsa, siz tsent hisoblaridan boshlashingiz mumkin.
  • XAU/USD juftligi bo'yicha savdo shartlari bilan tanishing: spetsifikatsiyada mavjud kredit yelka darajasini, bitimning minimal hajmini, shartnoma hajmini ko'rish.
  • Tahlil qiling, bitimlar oching, pul ishlang.

Binar optsionlarida savdo qilish

Binar optsionlar savdosi — bu optsionning amal qilish muddati tugaguniga qadar, aktiv narxining ko'tarilishi yoki pasayishi bo' yicha prognozdir. Agar prognoz to'g'ri bo'lsa, mukofot optsion summasining 50-90% ni tashkil qilishini, xato bo'lsa — 100% yo'qotishni anglatadi.

Binar optsionlar bilan savdo qilishning afzalliklari:

  • Investitsiyalarning qulayligi. Siz faqat optsionni ochish paytida narx darajasiga nisbatan narxning kelajakdagi joylashishini taxmin qilishingiz kerak. Agar siz trendning boshlanishini ushlagan bo'lsangiz, bu 99% ehtimol bilan foyda ko'rganingizni bildiradi. "Stop-loss" va "stop-out" yo'q, har doim jadvalga rioya qilishning hojati yo'q. Va eng muhimi, volatillik sharoitida doimiy ravishda o'zgarib turadigan spred yo'q.
  • Tezkor daromad. Turbo-optsionlarda 60 soniyadan so'ng foyda olish mumkin.
  • Prognozlarda pul ishlab olish imkoniyati 100% dan yuqoriroq. Masalan, "Narvon", "One-touch", "Diapazon" kabi optsionlarda yanada murakkab prognozni amalga oshirish.

Binar optsionlari - bu yangi boshlaganlar uchun treyderlik karyerasini boshlashning eng oson variantidir.

Binar optsionlarida oltin bilan qanday savdo qilish kerak:

  • Binar optsionlari bo'yicha brokerni tanlang, ro'yxatdan o'ting, shaxsni tasdiqlash jarayonidan o'ting, hisobingizni to'ldiring. Asbob bo'yicha turli vaqt ora'ig'i uchun texnik va fundamental tahlilni o'tkazing.
  • XAU/USD juftligi bo'yicha binar optsionini oching: amal qilish vaqtini, optsion summasini, "Yuqoriga/Pastga" prognozini belgilang.

Ba'zi brokerlar optsionni muddatidan oldin yopish imkoniyatini taqdim etadilar.

Oltin uchun ETFlar savdosi

ETF - maqsadli investitsiyalar bilan shug'ullanadigan birja tomonidan sotiladigan indeks fondi, uning aksiyalari erkin muomalada bo'ladi. Masalan, agar fond eng yaxshi 50 ta kompaniyaning aksiyalariga sarmoya kiritsa, unda siz fondning aksiyalarini sotib olsangiz, aslida yuqorida aytilgan kompaniyalarga sarmoya kiritgan bo'lasiz.

Xuddi shunday, Oltin bilan ham xuddi shunday. Haqiqiy metall, fyucherslar va boshqa oltin aktivlarga to'liq yoki qisman sarmoya kiritadigan ETF fondlari mavjud. ETF fondlarining aksiyalari kotirovkalari XAU/USD yoki fyuchers narxlari harakati bilan to'liq mos kelmasa ham, umumiy tendentsiya o'xshash.

ETF fondlariga sarmoya kiritishning afzalligi shundaki, siz investitsiya portfelingizni diversifikatsiya qilishingiz va balansirovka qilishingiz shart emas. ETF fondining o'zi shunday portfel bo'lib, uni muvozanatlashtirish menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Kamchiliklari - 1000 AQSh dollari va undan yuqori bo'lgan yuqori kirish porogi, "Malakali investor" statusini olish va soliqqa tortish zarurati. Ba'zi mamlakatlarda, agar ETF haqiqiy metallga sarmoya kiritsa, investor "hashamat" uchun soliq to'laydi. 15-20% o'rniga soliq miqdori 25-30% bo'lishi mumkin.

Dunyodagi eng yirik oltinga sarmoya kirituvchi ETF fondi 2004 yilda tashkil etilgan SPDR Gold Shares hisoblanadi. Uning aktivlari 100% ga oltin quymalar bilan ta'minlangan, ularning hajmi 1230 tonnadan oshadi. Fondning asosiy omborlari Londonda joylashgan bo'lib, boshqaruv uchun komissiyasi 0,4% ni tashkil qiladi.

LiteFinance: Oltin uchun ETFlar savdosi

Boshqa fondlar — iShares COMEX Gold Trust, iShares MSCI Global Gold Miners ETF.

ETFga qanday investitsiya qilsa bo’ladi:

  • Oltin ETF fondlari aktsiyalari mavjud bo'lgan birjalarga kirish huquqiga ega brokerni tanlang.
  • Savdo shartlari bilan tanishib chiqing: qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish tartibi, brokerlik va depozitariy komissiyalari, birja to'lovlari, investitsiyalarning minimal miqdori va boshqalar.
  • Fond aksiyalarini sotib oling.

ETF birja savdosi 1000 dollar va undan yuqori kapitalga ega bo'lgan mutaxassislarga mos keladi.

Birjada oltin bo'yicha aksiyalar savdosi

Oltin yoki oltinning derivativlariga to'g'ridan-to'g'ri sarmoya kiritishning alternativasi - bu oltin ishlab chiqaruvchilarning aksiyalarini sotib olishdir. Mantiq quyidagicha: agar metall narxi ko'tarilsa, oltin qazib oluvchi kompaniyaning daromadi ham oshadi. Foyda ortidan aksiyalar kotirovkalari ham oshadi.

Afzalliklari:

  • Dividentlar to'lash to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, siz dividendlardan ham daromad olishingiz mumkin.
  • Nisbatan qiymati arzon aksiyalarga ega kompaniyalarni topish mumkin — bu minimal savdo hajmini kamaytirishi mumkin.
  • Oltin bilan taqqoslaganda yuqoriroq volatillik darajasi.

Kamchiliklari:

  • Kompaniyaning bankrot bo'lish xavfi mavjud.
  • Mikroiqtisodiy omillarning ta'siri: ichki nizolar, raqobatdosh ustunliklarning yo'qligi, boshqaruvdagi xatolar va boshqalar. — bularning barchasi kotirovkalarga salbiy ta'sir qiladi.

Oltin qazib oluvchi kompaniyalarga misollar: Newmont Goldcorp, Barrick Gold, AngloGold Ashanti.

LiteFinance: Birjada oltin bo'yicha aksiyalar savdosi

Risklarni diversifikatsiya qilish maqsadida oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarmoya kiritish, birja bozorlariga kirish uchun yetarli mablag'i bo'lgan mutaxassislar uchun to'g'ri keladi.

Forexda oltin bilan savdo qilish strategiyasiga misol

Strategiya fundamental tahlil va grafik instrumentlarining kombinatsiyasiga asoslangan. XAU/USD juftligi valyutaga qaraganda kamroq spekulyativ bo'lganligi sababli, narxlar jadvalida konsolidatsiya zonalari, qarshilik va tayanch darajalari yaxshiroq ko'rinadi.

Kunlik jadvalni baholaymiz:

LiteFinance: Forexda oltin bilan savdo qilish strategiyasiga misol

2020-yil avgust oyi pandemiyaning fonida XAU/USD kotirovkalari avjiga chiqdi. Ammo kasallar sonining asta-sekin kamayishi va vaktsinaning paydo bo'lishi haqidagi yangiliklar investorlarni tinchlantirdi - himoya aktividan pullarni chiqarish boshlandi. Kundalik jadvalda beshta maksimumga asoslanib qurilgan "ayiq" trendi ko'rsatilgan.Shuningdek, gorizontal kanal ham ko'rsatilgan: may-iyun oylarida narx kanal bo'ylab, yonmachasiga harakat qildi. Endi shunga o'xshash harakat: narx kanalning pastki chegarasidan sakrab, yuqoriga ko'tarildi, kanalning yuqori chegarasidan sakrab tushdi — pastga harakat qilishi kutilmoqda.

Strategiyalarning bir nechta variantlari mavjud:

  • Kundalik jadvalda tayanch darajasida teyk-profit bilan qisqa pozitsiyani ochish. Bozordagi bitimning davomiyligi 7-10 kun.
  • Soatlik jadvalga o'tish va pasayish tendentsiyasining boshlanishini ushlash, bir necha soat davom etadigan bitimni ochish va svop hisoblanishidan avval uni yopish.

Qisqa pozitsiya ochilgan paytda (2021 yil 29 mart) neytral yangiliklar foni saqlanib qolmoqda. Kelgusi haftada iqtisodiy kalendarga ko'ra, kunlik jadvalga keskin ta'sir ko'rsatadigan hech qanday yangilik yo'q — kunlik "ayiq" tendentsiyasi tayanch darajasiga qadar davom etishi ehtimoli katta. Ammo kun ichida ikkala yo'nalishda ham mahalliy(lokal) harakatlar bo'lishi mumkin.

Bozor savdo sessiyalarining jadvali

Jahon birja bozori kechayu kunduz ishlaydi: agar bitta birja yopilsa, ikkinchi birja bu paytga allaqachon ishlayotgan bo'ladi — savdolarning uzluksizligi ta'minlanadi. Savdoning faolligi ham joriy sessiyaga bog'liqdir. Quyida onlayn oltin savdosi va oltin aktivlar savdosi amalga oshiriladigan asosiy birja maydonchalarining ish jadvali keltirilgan:

  • London, Buyuk Britaniyada onlayn savdo soatlari: 08: 00 dan 17: 00 gacha (GMT).
  • Nyu-York, AQShda onlayn savdo soatlari: ish vaqti 13:20-18:30 (GMT).
  • Mumbay, Hindistonda onlayn savdo soatlari: 04: 30 dan 18: 00 gacha (GMT).
  • Dubay, BAAda onlayn savdo soatlari: 04: 30 dan 07: 30 gacha (GMT).
  • Jakarta, Indoneziyada onlayn savdo soatlari: ish vaqti 02:30 — 10: 30 (GMT).
  • Islomobod, Pokistonda onlayn savdo soatlari: 05:00 dan 13:00 gacha (GMT).

Sessiya jadvali eng yuqori va eng past savdo faolligini hisobga olgan holda strategiyalarni yaratish uchun orientir hisoblanadi. O'zgarishlar qishki vaqtdan yozgi vaqtga o'tish va aksincha, bayramlarga qarab yuz berishi mumkin. Birjalar dam olish kunlari ishlamaydi.

Oltinga investitsiya qilishning afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari:

  • Metallning qadrsizlanmasligi kafolatlangan - bu qiymat o'lchovidir. Shuningdek, oltinga har doim ishlab chiqarish tomonidan talab katta bo'ladi.
  • Uzoq muddatli istiqbolda, oltin deyarli har doim yuqoriga ko'tariladi. Buning sabablaridan biri inflyatsiya. Pul tovarlarga nisbatan qadrsizlanadi, oltin esa tovar-xom ashyo aktividir.
  • XAU/USD juftligining harakatini fundamental tahlil qilish orqali nisbatan osonlik bilan bashorat qilish mumkin. Qimmatli qog'ozlar bozorlarining turg'unligi, inflyatsiyaning o'sishi va global YaIMning pasayishi davrlarida XAU/USD o'sib boradi.

Kamchiliklari:

  • Qisqa muddatli davrlarda nisbatan past volatillik darajasi. XAU/USD Skalping va Intradey strategiyalar uchun mos emas - XAU/USDning punktlardagi daqiqali va kunlik harakati, valyuta juftliklari bilan bir xil amplituda va tezlikka ega emas.
  • Yuqori risklarga o'tish zarurati - bu kredit yelkaning hajmini ko'tarish orqali bitimlar hajmini oshirishdir. Bu past volatillikning natijasi.
  • Investitsiyalarning o'z-oz'ini uzoq mudatda oqlashi va nisbatan past daromadliligi. So'nggi 20 yil ichida XAU/USD bo'yicha o'rtacha yillik daromadlilik 25,85% ni tashkil etdi. So'nggi 5 yil ichida daromadlilik yiliga 6% ni tashkil qildi. 01.01.2013 dan 01.01.2020 gacha bo'lgan davrda daromadlilik salbiy bo'ldi.

Nisbatan jiddiy kamchiliklarga qaramay, oltin - bu investitsion portfelidagi risklarni muvozanatlashtiradigan himoya aktividir.

Investorla uchun maslahatlar:

  1. Siz faol treydermisiz? Asosiy instrument sifatida valyuta va fond aktivlarini tanlang. Risklarni diversifikatsiya qilish uchun jami portfelingizning 10-15% miqdorida XAU/USD ni qo'shing. Qimmatli qog'ozlar bozorlarining stagnatsiay holatida, Au odatda o'sib boradi va zarar qoplanadi.
  2. Qisqa muddatli strategiyalarni afzal ko'rasizmi? Fundamental tahlilga e'tibor qarating. Asosiy yangiliklar sodir bo'lganida harakatning boshlanishini ushlang va eng yaqin ko'ringan burilishda bitimlaringizni yoping.
  3. Sizda katta kapital bormi? Derivativlar va ETF-investitsiyasining birja bozorlarini kashf eting.
  4. Kapitalingiz katta emasmi? Forex brokeri orqali hisob oching va CFD bo'yicha minimal komissiya va real bozor likvidligi bilan pul ishlang.
  5. Siz uzoq muddatli investormisiz? 10-15 yillik istiqbolga ega bo'lgan oltin quymalariga bo'sh turgan pullarni investitsiya qiling.
  6. Siz savdo tajribasiga ega bo'lmagan qisqa muddatli investormisiz? Diversifikatsiya qilingan KIFlarga sarmoya kiriting. Yoki demo hisobida mahoratingizni sinab ko'ring. Ehtimol, ushbu dastlabki tajriba sizga maqsadlarni aniqlashga va professional investor sifatida yo'lingizni tanlashga yordam beradi.

Oltin savdosi bozorini tartibga solish

Qimmatbaho metallar savdosi bozorini tartibga solishda, har bir mamlakatning o'ziga xos tuzilishi va qoidalari mavjud. Farqlar asosan nazorat qiluvchi organlarning tarkibiy iyerarxiyasi, ularning Markaziy banklarga bo'ysunishi, vakolatlari, brokerlar va xususiy treyderlarga qo'yiladigan talablar bilan bog'liqdir.

  1. AQSh. Birjalarning asosiy regulyatori - SEC (Securities and Exchange Commission – Qimmatli qog'ozlar va birja bo'yicha komissiya) hisoblanadi. Komissiya mustaqil ravishda jinoiy ish qo'zg'atishi va sudga da'vo qilishi mumkin. Ushbu regulyator dunyodagi eng qat'iy hisoblanadi - norezident faqat subbroker yoki sho'ba brokerlik tuzilmalari orqali AQSh birja bozoriga kirishi mumkin. AQShda CFD bozori qattiq chegaralangan.
  2. Buyuk Britaniya. Birja savdosini FCA tashkiloti tartibga soladi — Moliyaviy tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasi. Regulyator litsenziyasi brokerning yillik mustaqil audit tekshiruvidan o'tishi, moliyaviy hisobotlarni topshirishi va kapitalni kerakli darajada ushlab turishini bildiradi.

Rossiyada qimmatbaho metallarning butun bozori Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi. Oltin quymalarini faqat Markaziy bank tomonidan litsenziyalangan banklar sotish huquqiga ega. Birja bozori ham Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi va faqat litsenziyalangan brokerlar Mosbirjaga kirishadi. Treyderlar uchun ham cheklovlar mavjud: faqat "Malakali investor" statusiga ega treyderlar venchur fondlariga va alohida investitsiya fondlariga pul tikishlari mumkin. Ammo oltin haqida gapiradigan bo'lsak, unda hech qanday statusga ega bo'lmagan oddiy xususiy investorlar FinEx-ning FXGD ETF-lariga hech qanday muammosiz sarmoya kiritishlari mumkin. Derivativlarga sarmoya kiritish uchun siz testdan o'tishingiz va "oxirgi so'z" qoidasidan foydalanishingiz kerak bo'lishi mumkin — qonunchilik deyarli har yili o'zgarib turadi.

Rossiyada birjadan tashqari CFD bozorini tartibga solish bilan vaziyat keskin o'zgardi. 2016 yilda kuchga kirgan "faoliyatni tartibga solish to'g'risida"gi qonun bozorni sifatli moliyaviy xizmatlar bilan ta'minlay olmaydigan kompaniyalardan iloji boricha tozalashga qaratilgan. Ammo MDHda 10 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan brokerlarga ham bu qonun oqibatida yaxshigina "kelib tushdi" — Markaziy bank tomonidan 2019 yilda berilgan litsenziyalar bekor qilindi.

2021 yil holatiga ko'ra, faqat 4 ta Forex brokerlari Markaziy bank litsenziyasiga ega. Albatta, qolgan brokerlar ham Rossiyada ishlashni davom ettirmoqdalar, ammo marketing kampaniyalari bo'yicha ba'zi cheklovlar mavjud. Ushbu cheklovlar mijozlarga taalluqli emas, ammo treyderlar boshqa regulyatorlarning brokerlik litsenziyalari asosida ishlashlariga to'g'ri kelmoqda. Masalan, CySEC (Kipr), IFSC (Beliz) va boshqalar.

Onlayn oltin narxlari

XAU/USD kotirovkalari 2000-yillarning boshlarida tez o'sishni boshlangan. So'nggi 20 yil ichida metallning daromadliligi 530% ni tashkil etdi, ammo uzoq muddatli drawdown davrlari ham bo'lib o'tdi.

LiteFinance: Onlayn oltin narxlari

Jadvalda narx o'zgarishi dinamikasi va rentabelligini har yilgi holatini oldingi yilga nisbatan o’zgarishini batafsil ko'rishingiz mumkin:

Sana

Narh, Troya unsiyasi/USD

O‘tgan yilga nisbatan narx o‘zgarishi, %

01.01.2000

283,20

-

01.01.2001

265,60

-6,21

01.01.2002

282,10

6,21

01.01.2003

368,30

30,56

01.01.2004

402,20

9,20

01.01.2005

421,80

4,87

01.01.2006

570,80

35,32

01.01.2007

652,00

14,22

01.01.2008

922,70

41,52

01.01.2009

927,30

0,49

01.01.2010

1083,00

16,79

01.01.2011

1333,80

23,16

01.01.2012

1737,80

30,29

01.01.2013

1660,60

-4,44

01.01.2014

1240,10

-25,32

01.01.2015

1384,60

11,65

01.01.2016

1161,90

-16,08

01.01.2017

1291,80

11,18

01.01.2018

1439,40

11,43

01.01.2019

1384,00

-3,85

01.01.2020

1618,00

16,91

01.01.2021

1850,30

14,36

01.01.2022

1820,10

-1,63

01.01.2023

1920,00

5,49

01.01.2024

2060,50

7,31

01.01.2025

2340,00

13,57

XAUUSD’ning tarixiy narx maksimumi 16.09.2025 sanasida troya unsiyasi uchun $3702.91 darajasida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich yuqoridagi jadvalda keltirilgan qiymatlardan ancha yuqori hisoblanadi.

Birjadagi joriy oltin kursi 1 unsiya uchun 3 683.43 AQSh dollarini tashkil etadi.

Oltin savdosi uchun brokerni qanday tanlash kerak?

Xususiy treyder xalqaro moliya bozorlariga to'g'ridan-to'g'ri kirish huquqiga ega emas. Kapitalning yetarli miqdori ham, texnik imkoniyati ham yo'q - unga vositachi kerak. Bu bank yoki PIF bilan boshqariladigan investitsiya kompaniyasi bo'lishi mumkin. Faol savdo qilishingiz uchun sizga likvidlik yetkazib beruvchilar, ECN tizimlar yoki birjalarga kirish huquqiga ega bo'lgan kompaniya — broker kerak bo'ladi.

Deyarli barcha brokerlarni universal deb atash mumkin. Agar bu birja brokeri bo'lsa, u fyucherslar, optsionlar, aktsiyalar va derivativlarning asosiy aktivlari, shu jumladan oltin aktivlari bilan savdo xizmatlarini taklif etishi mumkin.

Birjadan tashqari bozorlar bilan ham xuddi shunday holat kuzatiladi. Broker treyderni likvidlik yetkazib beruvchilari bilan bog'laydi, ko'pincha bu jahon darajasidagi investitsiya banklaridir. Yoki butun dunyo bo'ylab millionlab savdogarlarni birlashtirgan elektron savdo maydonchalari bo'lgan ECN platformalari ham bor. Ichki rivojlanish siyosati va texnologik imkoniyatlar tufayli savdo instrumentlarining arsenali har xil bo'lishi mumkin, ammo har bir brokerda XAU/USD bo'yicha CFD instrumenti bor. Ba'zida sintetik juftliklar — XAU bilan juftlikda, masalan, neft yoki boshqa valyuta bilan savdo qilish takliflari ham uchrab turadi.

Brokerlar deyarli universal bo'lganligi sababli, XAU/USD-da pul ishlash uchun vositachini tanlash klassik qoidalarga asosida amalga oshiriladi:

  • Spredning turi va darajasi. Hisob turi. Juftlikning qisqa muddatli volatilligi past bo'lganligi sababli, spredning eng past darajasi - bu tanlovning asosiy shartidir. Suzuvchan spred fikslangan(belgilangan) spreddan kamroq bo'ladi, shuning uchun XAU/USD uchun 0 punktdan boshlanadigan spredli ECN hisobi kerak.
  • Orderlarni bajarish tezligi. ECN hisoblari uchun yaxshi tezlik - 50ms gacha. Siz uni MT4 platformasida, spred darajasi kabi, skript yordamida tekshirib ko' rishingiz mumkin. Agar sizga skriptni ishga tushirish fayli kerak bo'lsa, izohlarda yozing.
  • Kredit yelkasi. Qanchalik katta bo'lsa, shuncha yaxshi. Ammo, agar u risk-menedjment qoidalari doirasida ishlatilsa, albatta. Agar bitta bitim uchun va pozitsiyalarning umumiy hajmi uchun ruxsat etilgan risk qoidalariga zid bo'lsa, bitimlar hajmini oshirish uchun yelkadan foydalanish mumkin emas.
  • Passiv savdo xizmatlarining mavjudligi. Masalan, bitimlarni nusxalash. MetaQuotes jamoatidagi signallarga MT4 — dan obuna bo'lishingiz mumkin, ammo o'zingizning ijtimoiy treyding brokerlik xizmatingiz bo'lgani - bu katta plyus hisoblanadi.
  • Qo'shimcha komissiyalarning yo'qligi. ECN hisobi bo'yicha deyarli barcha brokerlar har bir lot uchun belgilangan komissiya to'lovini oladi. Boshqa komissiyalar, shu jumladan pulni chiqarish uchun to'lov ham bo'lmasligi kerak.
  • Hujjatlar savdosi, savdo shartlari, litsenziyaning mavjudligi, qo'llab-quvvatlash xizmatining professionalligi va boshqa aspektlarni tartibga soluvchi ofertaning shaffofligi.

Birinchi o'rinda, broker bilan ishlash qulay bo'lishi kerak. Buning uchun minimal depozitingizni xavf ostiga qo'yishingiz yoki LiteFinance demo hisobidan boshlashingizga to'g'ri keladi. Platformani sinab ko'rish uchun ro'yxatdan o'tish shart emas.

Investitsiyalar bo'yicha tez-tez so'raladigan savollar

Narxlar farqida daromad olish uchun XAU/USD yoki oltin aktivlarini sotib olish va sotish. Siz quyidagilar bilan savdo qilishingiz mumkin:

  • Haqiqiy metall: quymalar va tangalarni qayta sotish.
  • Birja fyucherslari va optsionlari, jismoniy metall yetkazib berish va yetkazib bermaslik sharti bilan.
  • Oltin aktivlariga sarmoya kiritadigan ETF fondlari aksiyalari.
  • Narxlar farqi bo'yicha shartnomalar - CFD.
  • Oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalari.

Mumkin bo’lgan variantlar:

  • Birja bozori: fyucherslar, optsionlar, oltin aktivlarga sarmoya kiritadigan ETF fondlarining aksiyalari. Yuqori kirish porogi, birja to'lovlari va depozitariy uchun qo'shimcha xarajatlar.
  • Birjadan tashqari bozor: oltin bo'yicha CFD. Nisbatan kichik kirish porogi, har ikki yo'nalishda ham savdo qilish imkoniyati, pozitsiyalarni darhol yopish imkoniyati.
  • Investitsiya: PIFlar, haqiqiy metall sotib olish, metall bo'yicha depozitlar.
Eng oson va tezkor variant — bu Forex brokeri xizmatlaridan foydalanish.

1. LiteFinance veb-saytida tezkor ro'yxatdan o'ting va ECN hisobini oching. Verifikatsiyadan o'ting.

2. "Treyderlarga — To'ldirish/Yechib olish" bo'limida hisobni to'ldiring. Minimal depozit — 50 AQSh dollari, spetsifikatsiyaga muvofiq XAU/USD juftligi uchun kredit yelkasi — 1:100. Bu minimal hajmdagi bitimni ochish uchun yetarli bo'ladi.

3. LiteFinance savdo platformasini oching, XAU/USD juftligi ko'rsatilgan grafikni toping. Oltin kursining texnik va fundamental tahlilini o'tkazing. Ushbu maqoladagi tavsiyalarga muvofiq bitim oching.

Birjada oltinning joriy kursi 1 unsiya uchun 1 962.54 dollarni tashkil qiladi. Men sizga tahlilchilarning oltin kelajagi haqidagi fikrlarini o'rganib chiqishingizni va bu yerda oltin narxining qisqa va uzoq muddatli prognozlarini o'rganib chiqishingizni maslahat beraman.

Quyidagi parametrlarga mos keladigan ETF fondlarining aksiyalarini sotib oling:

  • Boshqaruv uchun eng kam komissiyaga ega bo'lishi kerak. O'rta hisobda, u fond boshqaruvi ostidagi qimmatli qog'ozlar qiymatining 0,4-0,5% dan oshmaydi.
  • 100% haqiqiy metall bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
  • Diversifikatsiyalangan - nafaqat haqiqiy metallga, balki oltin aktivlarga ham sarmoya kiritadigan bo'lishi kerak.
  • Boshqaruvida nisbatan katta investitsiya portfeliga ega bo'lishi kerak.
Investitsiya imkoniyatlaringiz va sharoitlaringizga qarab harakat qiling. Quyida dunyodagi eng yirik oltin ETF-fondlari ro'yxati keltirilgan. Agar siz ularning aksiyalarini sotib olish imkoniga ega bo'lmasangiz, mamlakatingizning eng yirik ETF fondlari haqida ma'lumot toping. Qidiruv uchun siz analitik platforma saytlarining filtrlaridan foydalanishingiz mumkin.LiteFinance: Investitsiyalar bo'yicha tez-tez so'raladigan savollar

Quyidagi savollarga javob bering:

1. Siz bir necha yilga investitsiya qilmoqchimisiz? Agar shunday bo'lsa, joriy kotirovkalarning oxirgi tarixiy maksimumga nisbatan joylashishini baholang. Agar farq 10% dan ortiq bo'lsa, pastga qarab harakat tugagan yoki tugayotgan va tobora yonmacha harakatga aylanib borayotgan bo'lsa — sotib oling. Agar global iqtisodiy rivojlanish prognozlarining aksariyati optimistik bo'lsa va oltin pastga tushishda davom etayotgan bo'lsa, shoshilmang — eng pastki nuqta(dno)ga kelishini kuting.

2. Siz qisqa muddatli savdodan pul ishlashni xohlaysizmi? Joriy volatillik darajasini yuqoriroq taymfreymda baholab ko'ring. Masalan, kunduzi. Qisqa muddatli intervalga qayting va kunlik sham ochilgandan boshlab, narx qancha punkt o'tganini ko'ring. Agar zahira diapazoni 60% dan ortiq bo'lsa va o'sib boruvchi trend mavjud bo'lsa - xarid qiling.

1. Uzoq muddatli treyding:

Tarixiy yoki asosiy maksimumdan ortga chekinish(pullback)dan so'ng narx joylashgan eng past daraja(minimum)da. Ortga chekinish(pullback) bir necha hafta davom etishi mumkin. Kunlik taymfreymdagi narx yonmacha harakatga o'tganidan so'ng, siz bir necha oydan bir necha yilgacha flet holatida bo'lgan metallni sotib olishingiz mumkin. Foyda bo'yicha birinchi maqsadli daraja - oxirgi tarixiy maksimum. Mart oyida. Statistikaga ko'ra, Au uchun eng past narx - bahorning boshida, maksimal narx - sentyabrda.

2. Qisqa muddatli treyding:

Oltinni fundamental omillar ta'sirida paydo bo'lgan trendning boshlanishida sotib oling.

Ha, agar siz 10 yildan ortiq davrga uzoq muddatli investitsiyalarni maqsad qilgan bo'lsangiz va foyda olish ilinjidan ko'ra minimal xavflar bilan ishlashni afzal ko'rsangiz. Oltinni qaysi yilda sotib olishingiz muhim emas-statistika shuni ko'rsatadiki: 10 yil ichida Au kamida ikki baravar qimmatlashadi. Ammo oltinni narxning minimumida sotib olganingiz ma'qul - fond bozorlari maksimumda bo'lib, bozorning tsiklik aylanishida pastga qarab burilishni boshlaydi.

Islom qonunlariga ko'ra, investorlarga har qanday faoliyatdan foizlar olish yoki berish taqiqlanadi, kredit berish taqiqlanadi. Shuningdek, hisob — kitob derivativlariga-fyuchers, forvard shartnomalari va optsionlarga, agar ular muddat oxirida o'zaro hisob-kitob qilinsa, investitsiya qilish taqiqlanadi.

Islomda quyidagi hollarda oltin savdosi halol deb hisoblanadi:

  • Banklardan oltin va qimmatbaho metallarni sotib olish, ularni bank kameralarida saqlash (nyuanslari bor).
  • Tovar birjasi derivativlari — muddat oxirida haqiqiy tovarlar yetkazib berilish sharti bilan tuzilgan shartnomalar bilan savdo qilish.
  • Forex bozorida svopsiz Islomiy hisoblarda oltin bo'yicha CFD-treydingi.

Faqat regulyator litsenziyasi va birja savdolariga to'g'ridan-to'g'ri kirish huquqiga ega bo'lgan broker orqali. Birjada oltin instrumentlari, yetkazib berish va hisob-kitob fyucherslari, optsionlar va XAU bazaviy aktivi yoki ETF-fondining aksiyalariga ega bo'lgan boshqa derivativlarga sarmoya kiritadigan ETF-fondlarining aksiyalarini sotib olish mumkin. Bitimni amalga oshirish uchun siz broker platfornmasida verifikatsiyadan o'tishingiz va kamida $1000-2000 boshlang'ich depozitiga ega bo'lishingiz kerak. Ba'zi hollarda "Malakali investor" statusi talab qilinishi mumkin.

Agar siz strategiyaga rioya qilsangiz va risk-menejment qoidalariga rioya qilsangiz, daromadli bo'ladi. Uzoq muddatli istiqbolda XAU/USD har doim o'sib boradi — pul inflyatsiya bilan qadrsizlanadi, metallga esa sanoat tomonidan doimiy talab mavjud.

Qisqa muddatli treydingda siz ikkala yo'nalishda ham fundamental harakatlar hisobiga pul ishlashingiz mumkin. Maksimal natija olish uchun sizga minimal suzuvchan(belgilanmagan) spred va svopni hisobga oluvchi ECN hisobi kerak bo'ladi.

Haqiqiy metall savdosining markazi LSE (Buyuk Britaniya) birjasi, fyucherslar savdosi uchun esa XAU — COMEX (Nyu-York) birjasi hisoblanadi. Osiyo bozorida yetakchi deb Shanxay birjasi tan olingan. Moliya bozorlari dam olish kunlaridan tashqari kuniga 24 soat ishlaydi. Shuning uchun, brokeringiz orqali istalgan vaqtda oltin aktivlarini sotib olishingiz va sotishingiz mumkin — broker avtomatik ravishda sizning orderingizni hozirda ochiq bo'lgan birjalarga yuboradi.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

Real vaqt rejimida narxlar jadvali XAUUSD

Forex birjasida oltin savdosi — eng yaxshi strategiyani qanday tanlash kerak

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat