LiteFinance:

Pandemiya ko'pchilikni barqaror daromadsiz qoldirdi. Barqaror daromad u yoqda tursin, ba'zilar umuman pulsiz qolib ketdi. Ofisda standart ish haftasi bo'yicha ishlaganlarning ko'pchiligi uydan ishlash uchun yuborildi. Endilikda esa hamma internetda pul topish yo'llarini bilishni xohlaydi. Kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritish oddiy usuldek ko'rinadi va maxsus ta'limni talab qilmaydi. Yangi boshlagan treyder aksiyalarga qanday qilib investitsiya qilishi haqida bilib olganingizdan so'ng, siz o'zingizni yaxshigina xavfsizlik yostig'i bilan ta'minlaysiz. Axir, kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritishni istagan kishi o'rganib olishi mumkin, shunday emasmi?

Keling, aksiyalarga sarmoya kiritishni boshlash uchun qanday asosiy bilim va instrumentlar kerakligini va investitsiyalardan qancha pul ishlashingiz mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Aksiyalarga sarmoya kiritishni qanday boshlash kerak: 5 bosqichdan iborat qo'llanma

LiteFinance: Aksiyalarga sarmoya kiritishni qanday boshlash kerak: 5 bosqichdan iborat qo'llanma

Shunday bo'lsa-da, agar siz yangi savdo imkoniyatlarini o'rgansangiz, harakat qilsangiz va o'zingizda tartib-intizomni rivojlantirsangiz, yangi boshlagan tajribasiz investordan portfelida bir qator daromadli kompaniyalar aksiyalariga ega professional investorgacha bo'lgan bu uzoq yo'lni bosib o'tishingiz mumkin.

1-qadam: Aksiyalarga qanday qilib sarmoya kiritmoqchi ekanligingizni hal qiling

LiteFinance: 1-qadam: Aksiyalarga qanday qilib sarmoya kiritmoqchi ekanligingizni hal qiling

Nimalarga sarmoya kiritish mumkin

  1. Alohida aksiyalar. Alohida aksiyalarga sarmoya kiritish orqali siz turli kompaniyalarning aksiyalarini sotib olasiz. Kompaniyalar turli sabablarga ko'ra aksiyalarni bozorga chiqaradilar: masalan, boshlang'ich kapitalni jalb qilish yoki kompaniyani kengaytirish maqsadida. Siz aksiyalardan ikki xil usulda pul ishlashingiz mumkin. Birinchi holda, aksiyalar narxi ko'tarilganda olinadigan foyda. Ikkinchi holda, siz dividend olasiz - aksiyadorlarga to'lanadigan foydadan foiz.

  2. Indeks fondlari. Bozor indeksini kuzatib boruvchi yana bir mashhur investitsiya mexanizmi. Indeks fondi - bu kollektiv investitsiya fondi (PIF) yoki birja investitsiya fondining bir turi. Bu yerda portfel, birja indeksining tarkibiy qismlarini, misol uchun, S&P 500 kabilarni takrorlash yoki kuzatib borish imkonini beradigan tarzda shakllantiriladi. Indeks fondlari bozorni kengroq qamrovi, past brokerlik komissiyalari va past portfel aylanmasini ta'minlaydi deb hisoblanadi.

  3. Kollektiv Investitsiya fondlari (KIF (ПИФ)). Bu yerda ko'plab investorlarning pullarini jalb qilib, ularni aksiyalarga tikadigan va qisqa muddatli kredit sifatida ishlatadigan kompaniyalar haqida gap ketmoqda. KIF aksiyalarini sotib olishingiz mumkin. Agar siz aksiyador bo'lsangiz, unda siz kompaniya foydasining bir qismini olish huquqiga egasiz.

  4. Birja investitsiya fondlari. Bu ma'lum bir indeks, sektor, xom ashyo yoki boshqa har qanday aktiv bilan bo'g'liqlik ko'rsatishi mumkin bo'lgan qimmatli qog'oz turidir. Siz ularni birjada oddiy aksiya sifatida sotib olishingiz va sotishingiz mumkin. Birja fondlari turli xil instrumentlarni, shu jumladan aksiyalarni ham o'z ichiga olishi mumkin.

  5. Aksiyalar bo'yicha CFD. CFD "narxlar orasidagi farq boʻyicha kontrakt"degan ma'noni anglatadi. Bu moliyaviy instrumentning daromadliligini nazorat qiluvchi investitsiya mahsulotidir. Farq bo'yicha shartnomalarni sotib olish yoki sotish mumkin. Ular moliyaviy instrumentning o'ziga egalik qilishni anglatmaydi, lekin siz uning narxi ko'tarilishi va pasayishi natijasida daromad olishingiz mumkin.Ushbu turdagi savdo, yangi boshlaganlarga juda mos keladi, hatto sizning qo'lingizda atigi 100 dollar bo'lsa ham.

  6. Indekslar bo'yicha CFD. Indekslar birjada sotiladigan eng muhim aksiyalarning narx dinamikasini o'lchaydi. Eng mashhur indekslar orasida FTSE 100, S&P 500 va DJIA kabilarni sanab o'tish mumkin. Indekslar savdosi orqali siz bir vaqtning o'zida butun iqtisodiy sohaga kirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Aksiyalarga sarmoya kiritishni qayerda amalga oshirgan ma'qul

  1. Onlayn brokerlar. Brokerlarning ikki turi mavjud: mijozlarga to'liq xizmatlar to'plamini taqdim etadigan fond brokeri va minimal xizmatlar ko'rsatuvchi diskont brokeri. Xizmatlarning to'liq to'plamini tanlab, siz turli xil moliyaviy maslahatlarni olishingiz mumkin — pensiya, tibbiy xizmat va boshqa mavzularda. Bunday brokerlar sizning savdolaringiz va aktivlaringizning foizidan tashqari o'z xizmatlari uchun katta miqdordagi to'lovlarni oladilar. Hozirgi paytda diskont brokerlarining xizmatlariga talab katta. Ular ham komissiya oladilar, ammo bitimlar bo'yicha minimal cheklov porogi yo'q. Siz robot maslahatchilaridan ham foydalanishingiz mumkin: maxsus algoritm sizning o'rningizga investitsiya bo'yicha qarorlar qabul qiladi, shu jumladan soliq majburiyatlarini qoplash va portfelni qayta muvozanatlash bilan bog'liq qarorlarni.

  2. Ish beruvchi orqali. Bu juda kam uchraydigan variant. Siz ish haqingizning ma'lum foizini investitsiya uchun ajratishingiz mumkin. Aktsiyalarga sarmoya kiritishning ko'plab usullari mavjud. Agar bo'sh vaqtingiz bo'lmasa, siz ozgina haq evaziga investitsiyalarni boshqarish xizmatlariga murojaat qilishingiz mumkin. Deyarli barcha brokerlik firmalari mablag'laringizni sizning xohishingizga ko'ra investitsiya qilishga tayyor. Avtomatik maslahatchilar ham juda mashhur.

Qancha vaqt va kuch sarflashga tayyorsiz?

Investitsiya qilishni boshlashdan oldin, quyidagi savollarga aniq javob bering: Sizning maqsadingiz nima? Siz aksiyalarga soatlab sarmoya kiritishga tayyormisiz yoki passiv sarmoyani afzal ko'rasizmi? Passiv investitsiyalar kamroq vaqt va kuch talab qiladi, ammo buning natija xuddi kompyuter ekrani ortida soatlab o'tkazgandan so'ng, go'yo miyangiz ishib ketgandek bo'ladi.

Aktiv investitsiyalar

Passiv investitsiyalar

Afzalliklari

Kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari

Potentsial daromadning yuqoriligi

Ko'p harakat talab etadi

Oddiy

O’rtacha natijalar

Yo'qotishlarni cheklash imkoniyati

Ko'p vaqt talab etadi

Barqaror

Bozor o'zgarishlarining ta'siriga uchramaydi

Buy/sell qarorlari tahlil asosida qabul qilinadi

Mavzu sho'ng'ishni talab qiladi

Oldindan prognoz qilish mumkin

Xarid qilish yoki sotish to'g'risida qarorni siz emas, balki indeks qabul qiladi

 

Soliq nuqtai nazaridan unchalik maqbul emas

Kamroq vaqtni talab qiladi

 
  

Soliq nuqtai nazaridan afzalliklari mavjud

 

Siz ko'p sarmoya kiritishga tayyormisiz?

Agar sizda aksiyalarga sarmoya kiritish uchun 100 dollar ajratilgan bo'lsa, bu muammo emas. Ammo hech kimga sir emaski, katta sarmoyalar bilan katta imkoniyatlar paydo bo'ladi. Noldan sarmoya kiritishni boshlashdan oldin, mavjud bo'lgan barcha qarzlaringiz bilan shug'ullaning. Xavfsizlik yostig'i haqida ham o'ylab qo'ying: shunda noqulay hayot sharoiti kelganda, siz hamma narsani sotishingiz va sarmoyangizni qaytarib olishingizga to'g'ri kelmaydi.

Agar siz alohida aksiyalarning o'ziga sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, 100 dollar yetarli bo'lmasligi mumkin. Treyding uchun esa bu ideal boshlang'ich kapital, chunki siz kredit yelkasidan ham foydalanishingiz mumkin.

2-qadam. Investitsiyalarga bo'lgan munosabatingizni qandayligini aniqlang (uzoq muddatli yoki qisqa muddatli)

LiteFinance: 2-qadam. Investitsiyalarga bo'lgan munosabatingizni qandayligini aniqlang (uzoq muddatli yoki qisqa muddatli)

Qisqa muddatli investitsiyalar

Uzoq muddatli investitsiyalar

 

Afzalliklari

Kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari

Birinchi natijalar uch yildan kamroq vaqt ichida ko'rinadi

Iqtisodiy tanazzulga qanday tayyorgarlik ko'rishni tushunish qiyin

Bolalar ta'limiga yoki shaxsiy pensiyaga jamg'arma qilish uchun mos kelishi mumkin

Birinchi pul chiqarishlar faqat bir necha yildan keyin mumkin

Riskga moslashtirilgan

Oldindan prognoz qilib bo'lmaydigan

Oldindan aytib bo'lmaslik darajasi pastroq

Sinchkovlik bilan tahlil qilishni talab qiladi

Tahlil qilish uchun ko'p vaqt talab qilmaydi

Nisbatan pastroq daromad

Nisbatan yuqori daromadlilik 

Uzoq muddatli natijani taxmin qilish qiyin

Pullar bloklanmaydi

Stress darajasi ko'proq

Stress darajasi kamroq

Sabr-toqatni talab qiladi

 

Soliqlari ko’proq

Soliqlar kamroq

 

Biroq, sizning tanlash imkoniyatlaringiz faqat shu ikkita yondashuv bilan cheklanib qolmaydi. Ko'pgina investorlar uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni birlashtirgan holda, naqd pulning bir qismini xavfsizroq operatsiyalar uchun ajratib qo'yishadilar. Har qanday ssenariyda saqlanib qolishi kerak bo'lgan pulning bir qismi uzoq muddatli investitsiyalar uchun ishlatiladi, chunki ular kamroq xavf ostida deb hisoblanadi.

Qaysi yo'lni tanlashingizga qaramay, o'zingizning investitsion strategiyangizni ishlab chiqing. Agar siz endigina boshlagan bo'lsangiz, qisqa muddatli investitsiyalardan boshlang. Shu yo'l bilan siz yuqorida aytilganlarning barchasi qanday ishlashini tezroq tushunib olasiz va birinchi moliyaviy natijalarga tezroq erishasiz.

3-qadam. Sizga to'g'ri keladigan brokerni toping. Aksiyalarga onlayn tarzda investitsiya qilish uchun hisob oching

LiteFinance: 3-qadam. Sizga to'g'ri keladigan brokerni toping. Aksiyalarga onlayn tarzda investitsiya qilish uchun hisob oching

Onlayn brokerlar orasida raqobat juda kuchli. Kompaniyalarning aksariyati, treyderlar faqat ularning xizmatlaridan foydalanishlari uchun noyob shartlarni taklif qilishga harakat qilishadi. Bu esa investorlar uchun, ayniqsa yangi boshlaganlar uchun yaxshi imkoniyatdir.

Biroq, broker tanlashning universal algoritmi mavjud emas: biriga mos keladigan yo'l boshqasiga zarar keltirishi mumkin.

Quyidagi mezonlarga e'tibor bering:

  • Komissiyalar

  • Ishonchlilik va boshqalarning broker haqida otzivlari

  • Minimal investitsiya miqdori

  • Xizmat uchun to'lovlarlari

  • Ta'lim dasturlari va resurslar - yangi boshlayotganlar uchun juda muhimdir.

  • Yangi mijozlar uchun promo-aksiyalar

Hoziroq savdo qilishni boshlang

4-qadam. Aksiyalarga sarmoya kiritish uchun byudjetni aniq belgilang.

LiteFinance: 4-qadam. Aksiyalarga sarmoya kiritish uchun byudjetni aniq belgilang.

Buning uchun avvalgi va kelajakda kutilayotgan daromadlaringiz va xarajatlaringizni diqqat bilan o'rganib chiqing. Moliyaviy ahvolingizni to'g'ri rejalashtirish, kutilmagan xarajatlar sababli investitsion kelajagingizni barbod qilishning oldini olishga yordam beradi.

Hamma javobgarlikni o'z qo'lingizga olishdan qo'rqmang. Aksiyalarga investitsiya qilishni birinchi o'ringa qo'yib, bu maqsad uchun pul yig'ishni boshlang. Investitsiya uchun ishlatiladigan mablag'larini oziq-ovqat, kommunal xizmatlar, o'yin-kulgi va boshqalar kabi asosiy xarajatlar ro'yxatiga kiriting.

O'rta hisobda, sizning daromadingizning 5-10 foizi aksiyalarga investitsiya qilish uchun ajratilishi mumkin. Muntazam oylik yoki yillik xarajatlaringiz investitsiyalarga ta'sir qilmasligi kerakligini unutmang.

5-qadam. O'zingizning aksiya portfelingizni boshqaring

  • "Xavfsizlik yostiqchasi"ni shakllantiring. Zamonaviy bozor tahlilining otasi bo'lmish Benjamin Grem o'zining "aqlli investor" kitobida: "Asosiy xavf taniqli kompaniyalarning aksiyalari uchun ortiqcha pul to'lab yuborish emas, balki, mo'l-ko'lchilik davrida o'rtacha firmalarga ortiqcha to'lab yuborishdir" deya ta'kidlagan.

  • Tushunadigan yo'nalishingizga sarmoya kiriting. Agar siz u yoki bu kompaniyaning kelajagi qanday bo'lishini tushunganingizda juda yaxshi bo'lar edi. Agar siz 10 yildan keyin kompaniya qanday ahvolga kelishini bilmasangiz va sohaning iqtisodiy xususiyatlarini tushunmasangiz, uning aksiyalarini sotib olish oqilona fikr bo'lmasligi mumkin.

  • Nafaqat aksiyaning joriy narxini, balki kompaniyaning dinamikasini ham diqqat bilan o'rganib chiqing. Iqtisodiyot dunyosi juda o'zgaruvchan: aksiyalar turli sabablarga ko'ra arzonlashishi mumkin. Ammo agar siz pasayuvchi trenddan omon qolsangiz va yo'qotganlaringizni qayta tiklab olishga muyassar bo'lsangiz, ularni hisobdan chiqarib ketish to'g'ri bo'larmikan?

2024-2025 yillarda qaysi kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritish kerak

2023-yil oxirida "Business Insider" tahliliy portali Morgan Stanley ma'lumotlariga tayanib, yaqin 1-2 yil uchun eng istiqbolli 65 ta aksiya ro‘yxatini e’lon qildi. Unga texnologik, sog‘liqni saqlash, iste’mol tovarlari va xizmatlari, energetika, transport va boshqa sektorlar kompaniyalari kiritildi. Ushbu kompaniyalarning bir qismi 3-5 yildan ortiq vaqt oralig‘ida barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. Ba’zi firmalar yaqin ikki yilda - pandemiyadan keyingi o‘sish to‘lqinida istiqbolli deb hisoblanadi.

Ushbu sharhda siz 1-2 yillik istiqbolga ega bo‘lgan eng istiqbolli kompaniyalar haqida ma’lumot olasiz. Ularning aksiyalariga aynan hozir sarmoya kiritishingiz mumkin. Bu kompaniyalarning bir qismini LiteFinance terminalida topasiz.

Sun’iy intellekt segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

ChatGPT’ning umumiy foydalanish uchun ishga tushirilishi yangi davr - AI ishlab chiqaruvchi kompaniyalari davrining boshlanishi bo‘ldi. Bir-ikki yil ichida yirik kompaniyalar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyasiga yirik qo‘shilishlar va investitsiyalar e’lon qilindi. Misol uchun, Microsoft OpenAI’ga milliardlab sarmoya kiritishi kutilmoqda, Google kompaniyasi esa AI Gemini’ni ishga tushirdi. Ushbu fonda ba’zi aksiyalar hatto tarixiy maksimumlarni yangiladi.

  • Microsoft (MSFT, NASDAQ) sun’iy intellektni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Asosiy mahsulotlardan biri - Microsoft 365 Copilot, ofis ilovalariga integratsiya qilinadigan sun’iy intellektga asoslangan chat. Ushbu ishlanma 2023-2024-yillarda boshqa shu kabi vositalar - ChatGPT va Gemini fonida eng mashhurlaridan biriga aylangan.

LiteFinance: Sun’iy intellekt segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

Kompaniya, shuningdek, ChatGPT ishlab chiqaruvchisi - OpenAI bilan hamkorlikdagi ishlanmalarga ham sarmoya kiritmoqda. Bulutli texnologiyalar sohasida Microsoft, sun’iy intellekt ilovalarini ishlab chiqish va joylashtirish bo‘yicha instrumentlarni taqdim etuvchi Azure AI platformasini taklif etadi.

LiteFinance: Sun’iy intellekt segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

Google AI - asosiy ishlanmalardan biri bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan ilovalarni yaratish va joriy etish uchun ko‘plab vosita va xizmatlarni o‘z ichiga olgan platformadir. Korporatsiya o‘z mahsulotlariga sun’iy intellektni tatbiq etib kelmoqda. Misol uchun, Google Translate’dagi tarjima neyron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Gemini chat-boti Gmail xizmatiga integratsiya qilinadi. Microsoft bilan bir qatorda, Alphabet ham o'zini neyron tarmoqlari va AI sohasida yetakchilardan biri sifatida ko‘rsatishda davom etmoqda. Uzoq muddatli sarmoya kiritishda ushbu aksiyalar eng yaxshi variantlardan biri hisoblanadi.

  • Nvidia (NVDA, NASDAQ). Korporatsiya grafik protsessorlar sohasidagi ishlanmalar tufayli shuhrat qozongan. Ammo bu uning yagona yo‘nalishi emas. Kompaniya o‘zini sun’iy intellektni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida namoyon etadi.

LiteFinance: Sun’iy intellekt segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

Deutsche Bank NVIDIA kompaniyasining sun’iy intellekt va mashinaviy ta’limni rivojlantirish platformasidan foydalanadi. Shuningdek, NVIDIA Microsoft’ning hamkoriga aylangan, shartnoma sun’iy intellektga asoslangan eng kuchli bulutli superkompyuterlarni birgalikda ishlab chiqishni nazarda tutadi. Superkompyuter ilg‘or Microsoft Azure infratuzilmasi va NVIDIA grafik protsessorlaridan foydalanadi.

Texnologik kompaniyalar aksiyalari

Eng qiziqarli kompaniyalarning bir qismi oldingi blokga kiritilgan. Ammo innovatsion ishlanmalarni taklif qiladigan boshqa kompaniyalar guruhi ham bor. Ular jahon texnik taraqqiyotini va shu bilan birga NASDAQ indeksini harakatga keltiruvchi kompaniyalardir.

  • Apple Inc. (AAPL, NASDAQ). Texnogigant davriy ravishda dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingida birinchi o‘rinni egallab keladi. Va shuningdek, vaqti-vaqti bilan bu o‘rinni Microsoft va NVidia kompaniyalariga o’rnini bo‘shatib turadi. Uzoq muddatli trend barqaror o‘sishda davom etmoqda.

LiteFinance: Texnologik kompaniyalar aksiyalari

Korporatsiya to‘ldirilgan va aralash reallik yo‘nalishini rivojlantirmoqda. Fazoviy hisoblash uchun mo‘ljallangan va aralash reallikka sho‘ng‘ishni ta’minlovchi Apple Vision Pro garniturasi ishlab chiqildi. Shuningdek, M3 protsessorli yangi MacBook Air modellari taqdim etildi. M4 protsessori va TrueDepth kamera tizimi bilan jihozlangan iPad Pro yangilandi. Sun’iy intellekt asosida yaratilgan Apple Intelligence tizimi (iOS 18, iPadOS 18 va macOS Sequoia tizimlariga joylashtirilgan) tilni tushunishni yaxshilaydi, Siri bilan yanada tabiiyroq muloqot qilish imkonini beradi hamda Genmoji va kengaytirilgan rasm qidirish kabi yangi imkoniyatlarni qo‘shadi. Korporatsiya texnologiyalarni jadal rivojlantirayotgani sababli, aksiyalar qiymatining barqaror o‘sishi kutilmoqda.

  • Amazon (AMZN, NASDAQ) – dunyodagi eng qimmat texnologik kompaniyalardan biri. U bir nechta yo‘nalishlarni rivojlantiradi: elektron tijorat (E-commerce), Amazon Web Services (bulutli hisoblash va infratuzilma xizmatlari), sun’iy intellekt texnologiyalari, mashinaviy ta’lim va boshqalar.

LiteFinance: Texnologik kompaniyalar aksiyalari

Oxirgi ishlanmalardan - Generative AI. "Amazon" generativ sun’iy intellektni "Alexa" va "AWS" xizmatlariga joriy etmoqda. Dronlar bilan yetkazib berish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Kompaniya ba’zan kadrlar siyosati uchun tanqid qilinadi, biznes ba’zan mintaqaviy geosiyosat tufayli aziyat chekadi, lekin umuman olganda u rivojlanadi va aksiyalar tarixiy maksimumlarni yangilab boradi.

  • AMD (AMD, NASDAQ) – grafik protsessorlar, videokartalar va adapterlarning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri. Boshqa texnologik kompaniyalar bilan yuqori raqobatga qaramay, AMD uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli rivojlanishda davom etmoqda.

LiteFinance: Texnologik kompaniyalar aksiyalari

AMD ning so‘nggi ishlanmalaridan: Zen 5 arxitekturasidagi Ryzen protsessorlari, Radeon PRO W7900 grafik kartalari. AI va texnologiyalar integratsiyasi: AMD o‘zining Strix Point protsessorlarini taqdim etgan bo‘lib, ular Zen 5, RDNA 3+ va XDNA 2 arxitekturalarini birlashtiradi - sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi mavjud ish unumdorligi eng baland. O‘z soxasida yetakchilik va yuqori talab - #AMD’ning o‘sish garovidir.

Yarimo‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgich texnologiyalari bilan ishlovchi kompaniyalar aksiyalari

Yarimo‘tkazgichlar texnologiyasi so‘nggi yillarda sun’iy intellekt, blokcheyn, AR/VR rivojlanishi tufayli sezilarli darajada faollashdi. Kremniy va germaniy zamonaviy kompyuterlar, mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalarning asosi bo‘lgan elektron komponentlari: tranzistorlar, diodlar va integral sxemalarni yaratishda ishlatiladi. Mazkur segmentdagi kompaniyalar aksiyalarining o‘sishi ham buni tasdiqlaydi.

LiteFinance: Yarimo‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgich texnologiyalari bilan ishlovchi kompaniyalar aksiyalari

Noyob mahsulotlardan biri bu MSP430 mikrokontrollerlar liniyasi bo‘lib, ular energiyatejamkorligi bilan tanilgan va portativ qurilmalar va IoT ilovalarida qo‘llaniladi. Texas Instruments, shuningdek, proyektorlar va displeylarda qo‘llaniladigan, yuqori tasvir sifati va ranglarni uzatish aniqligini ta’minlaydigan DLP (Digital Light Processing) texnologiyasini ishlab chiqqan va tatbiq etgan. Yarimo‘tkazgichli uskunalar ishlab chiqaruvchi eng yirik to‘rtta kompaniya qatoriga kiradi, faqat Samsung, Intel va Toshibadan ortda qoladi.

  • Qualcomm Inc. (QCOM, NASDAQ) – simsiz aloqa texnologiyalari va mahsulotlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Amerika kompaniyasi. Dunyodagi yarimo‘tkazgichli komponentlarning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri.

LiteFinance: Yarimo‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgich texnologiyalari bilan ishlovchi kompaniyalar aksiyalari

Shuningdek, kompaniya Internet of Things (IoT) sohasida noyob yechimlarga ega - aqlli uylar uchun chiplar va platformalar. Sun’iy intellekt va 5G segmentlarida ishlaydi. Avtomobil sanoati sohasida Qualcomm avtopilot va axborot-ko‘ngilochar tizimlar sohasida innovatsion yechimlarni taklif etadi.

  • Broadcom Inc. (AVGO, NASDAQ) – bu yarimo‘tkazgichlar va infratuzilma dasturiy yechimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan amerika kompaniyasi.

LiteFinance: Yarimo‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgich texnologiyalari bilan ishlovchi kompaniyalar aksiyalari

Ikkita asosiy bo‘linmaga ega: ma’lumot markazlari uchun turli xil mikrosxemalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tizimlari, LEDlar, lazerlar va boshqalar. Ikkinchisi - serverlar, portativ elektronika va boshqalar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.

Blokcheyn texnologiyalariga aloqador kompaniyalar aksiyalari

BTC uch baravardan ko'proq o'sdi va 2024 yil yanvar oyida SEC tomonidan 10 yillik qarshilikdan so'ng, spot Bitcoin-ETF'ga ruxsat olishga erishganidan so'ng o'zining tarixiy maksimumni yangiladi. Aksariyat tahlilchilarning fikricha, bu hali chegara emas va kelgusi 2-3 yil ichida bitkoin narxi kamida 100 000 dollarga yetishi mumkin. Bunday optimistik bashoratlar ortidan blokcheyn yoki kriptovalyutalar bilan bog‘liq kompaniyalarning aksiyalari ham ko‘tarilmoqda. Amalda ko‘rinib turibdiki, bu kompaniyalar aksiyalarining o‘sish sur’ati BTC kursi o‘zgarishidan bir necha barobar yuqori bo‘lishi ehtimoli katta.

  • MicroStrategy Inc. (MSTR, NASDAQ) – 1989-yilda tashkil etilgan Amerika kompaniyasi. Biznes-tahlil va mobil ilovalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

LiteFinance: Blokcheyn texnologiyalariga aloqador kompaniyalar aksiyalari

Biznesga katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qila oladigan platformani taklif etadi. MicroStrategy Analytics kompaniyaning asosiy mahsuloti bo‘lib, u ma’lumotlarni vizuallashtirish, hisobotlar tuzish va murakkab tahliliy so‘rovlarni bajarish uchun keng qamrovli vosita hisoblanadi. Shuningdek, MicroStrategy turli qurilmalarda tahliliy ma’lumotlarga kirish uchun mobil ilovalarni ishlab chiqadi. MicroStrategy Bitkoinga sarmoya kiritishi bilan ham mashhur. Kompaniya BTC’ning eng yirik korporativ egalarining TOP-3 taligiga kiradi, uning hisobida 190000 dan ortiq tangalar mavjud.

  • IBM (IBM, NYSE) – apparat va dasturiy ta’minotning eng yirik ishlab chiquvchilaridan biridir. Texnologik korporatsiya blokcheyn ishlanmalarini alohida bir yo‘nalishga ajratgan.

LiteFinance: Blokcheyn texnologiyalariga aloqador kompaniyalar aksiyalari

Misol - Linux Foundation ochiq loyihasi Hyperledger Fabric’da ishlab chiqilgan IBM Blockchain platformasi. IBM Blockchain biznesga blokcheyn tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va boshqarish imkonini beradi. Bu biznes jarayonlarini optimallashtirishga, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga va tranzaksiyalar shaffofligini oshirishga yordam beradi.

LiteFinance: Blokcheyn texnologiyalariga aloqador kompaniyalar aksiyalari

AQSH regulyatorlari siyosati butun kriptovalyuta bozoriga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ular nazoratidagi birja "bullran" holatida o‘sishni ko‘rsatish imkoniyati ko‘proq. Ayniqsa, eng yirik "Binance" birjasi ham regulyatorlar tomonidan nazorat qilinadi.

Shuningdek, alternativa sifatida ETF fondlariga, masalan, BlackRock, Invesco, Fidelity kompaniyalariga sarmoya kiritishni ko‘rib chiqish mumkin.

Iste’mol tovarlari va xizmatlari segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab har doim mavjud bo‘ladi. U umumiy inqiroz davrida (masalan, pandemiya paytida) "pasayishi" mumkin, biroq pasayishdan so‘ng albatta tiklanish yuz beradi. Iste’mol sektori kompaniyalari xaridorlarning afzalliklarini hisobga olgan holda yangi mahsulotlarni ishlab chiqmoqda. Natijada bozor o‘sib boradi, u bilan birgalikda aksiyalar narxi ham ko‘tariladi.

LiteFinance: Iste’mol tovarlari va xizmatlari segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

Kompaniya ekologik, sog‘lom ovqatlanish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Organik mahsulotlar, jumladan, ho‘l sabzavot, meva va go‘sht assortimenti kengaytirilgan. Costco, shuningdek, o‘zining Kirkland Signature brendi ostida yangi tayyor taomlarni taqdim etdi, ular sifati va arzonligi bilan ommalashgan. Shuningdek, kompaniya o‘zining texnologik mahsulotlari qatorini rivojlantirib bormoqda: televizor, noutbuk va smartfonlarning yangi modellari. Bu unga boshqa yirik elektronika chakana sotuvchilari bilan raqobatlashishga imkon beradi.

  • Walmart Inc. (WMT, NYSE) – o‘z mijozlariga turli brendlar ostida arzon narxlarda keng assortimentdagi tovarlarni taqdim etuvchi jahonning eng yirik chakana savdo do‘konlari tarmog‘i.

LiteFinance: Iste’mol tovarlari va xizmatlari segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

"Great Value" brendi ostida sog‘lom ovqatlanish uchun eksklyuziv mahsulotlar qatorining paydo bo‘lishi yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu mahsulotlar organik va glyutensiz mahsulotlarni o‘z ichiga oladi, bu esa xaridorlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan talabning ortib borishiga sabab bo‘ladi. Jami kompaniya brendlari butun dunyoda xaridorgir bo‘lgan o‘ndan ortiq nomlarni o‘z ichiga oladi.

  • Marriott International, Inc. (MAR, NASDAQ) – o‘zining hashamatli mehmonxonalari va yuqori darajadagi xizmatlari bilan tanilgan dunyodagi eng yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri. Pandemiya davrida kompaniya aksiyalari nisbatan sezilarli darajada pasayib ketdi. Ammo keyin tarixiy maksimum tiklandi va yangilandi.

LiteFinance: Iste’mol tovarlari va xizmatlari segmentidagi kompaniyalar aksiyalari

2024-yilda kompaniya The Ritz-Carlton brendi ostida yangi kurortlarni, jumladan, Karib dengizi va Osiyodagi eksklyuziv yo‘nalishlarni ochdi. Ushbu yangi mehmonxonalar noyob xizmatlarni taklif qiladi: xususiy plyajlar, eksklyuziv spa-muolajalar va taniqli oshpazlar bilan premium restoranlar. Tahlilchilarning fikricha, yaqin 1-2 yil ichida Marriott’ning arab mamlakatlari mintaqasida yanada kengayishi aksiyalarni yuqoriga ko’tarilishiga turtki bo’lishi kutilmoqda.

"Farmatsevtika va biotexnologiya" segmenti bo’yicha kompaniyalar aksiyalari

Ba’zi tahlilchilar bu segmentni venchur aksiyalari deb atashadi. Kutilayotgan dori vositasining klinik sinovlari muvaffaqiyatsiz bo‘lsa yoki nojo‘ya ta’sirlar aniqlansa, aksiyalar narxi 10-20% va undan ko‘proq pasayib ketishi mumkin. Biroq aynan pandemiya davrida Pfizer aksiyalarining qiymati bir yil ichida deyarli ikki barobarga oshdi. Eng muhimi, bunday aksiyalarni eng yuqori nuqtada sotishdir.

  • AbbVie (ABBV, NYSE) – 2013-yilda AQShda tashkil etilgan dunyodagi eng yirik biofarmatsevtika kompaniyalaridan biri. Immunologiya, onkologiya va nevrologiya sohalarida innovatsion dori vositalarini tadqiq qilish va ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Humira - AbbVie kompaniyasining revmatoid artrit va boshqa autoimmun kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan eng muvaffaqiyatli dorilaridan biri hisoblanadi.

LiteFinance: "Farmatsevtika va biotexnologiya" segmenti bo’yicha kompaniyalar aksiyalari

Shuningdek, AbbVie kompaniyasi irsiy terapiyani faol rivojlantirmoqda va 2024-yilda kam uchraydigan genetik kasalliklarni davolash uchun yangi dori vositasining klinik sinovlarini boshlagan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, kompaniyaning monopoliya o'yinchisiligi va bu bilan bog‘liq mojarolar xatarlarning qisman sabab bo'lishi mumkin. Ammo  trendning uzoq muddatli ko‘tarilishi davom etmoqda.

  • Natera (NTRA, NASDAQ) – genetik test sinovlari va diagnostika sohasida texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan biotexnologik kompaniya. Natera faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - prenatal test sinovlari, onkologik diagnostika, transplantatsiya tibbiyoti. Kompaniya o‘zining noyob Panorama testlari bilan mashhur bo‘lib, ular homiladorlikning erta muddatlarida homiladagi genetik anomaliyalarni aniqlash imkonini beradi, shuningdek, saraton retsidivlarini monitoring qilish uchun mo‘ljallangan Signatera testlari ham mavjud.

LiteFinance: "Farmatsevtika va biotexnologiya" segmenti bo’yicha kompaniyalar aksiyalari

2021-yil oxirida kompaniya tartibga soluvchi organlar tomonidan e’tirozlarga duch keldi va Di-Jorji sindromi uchun o‘tkazilgan testlar natijalarini soxtalashtirganlikda ayblandi. Bu testlar 85% hollarda noto‘g‘ri natija ko‘rsatgan edi. 2024-yilga kelib, kompaniyaning ahvoli asta-sekin yaxshilana boshladi. Tahlilchilar bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikni maslahat berishmoqda.

  • IQVIA (IQV) — biologiya fanlari uchun tahlil, texnologik yechimlar va klinik tadqiqotlar sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya farmatsevtika va biofarmatsevtika sohalarida maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya tibbiy tadqiqotlarni o‘tkazishda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. Misollardan biri IQVIA Human Data Science Cloud platformasi bo‘lib, u qaror qabul qilish uchun keng ko‘lamli ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.

LiteFinance: "Farmatsevtika va biotexnologiya" segmenti bo’yicha kompaniyalar aksiyalari

2021-yildan beri aksiyalar narxi tarixiy maksimumga yetishga behuda urinayotganiga qaramay, taslim bo‘lmaslik kerak. Tahlilchilar kelajakka sarmoya kiritishni maslahat berishadi, chunki ertami-kechmi cho‘qqi yangilanadi. Shuningdek, har ikki tomonga to‘lqinli harakatida ham pul ishlash mumkin.

Energetika tarmoqlari kompaniyalari aksiyalari

So‘nggi yillardagi tendensiya - muqobil energetika va elektromobillar ishlab chiqarishiga e’tibor qaratish bo‘lmoqda. Barchasi ekologiyani asrash uchun qilinmoqda. Biroq, Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari aksiyalari hozircha kutilgan natijani bermayapti. "Lucid Motors" va "Rivian Automotive" kompaniyalarining uzoq muddatli o‘sishi haqida hatto ishora ham yo‘q. Xitoyda ham vaziyat shunga o‘xshash: Saic Motor besh yillik grafikda pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda, BYD esa yillik hisobda zarar ko‘rmoqda, besh yillik ko‘rsatkich faqat 2020-yildagi keskin o‘sish tufayli ijobiy ko‘rinmoqda. An’anaviy yoqilg‘iga bo‘lgan talab saqlanib qolar ekan, energetika kompaniyalari aksiyalari ustuvorlikka ega bo‘ladi.

  • Targa Resources Corp (TRGP, NYSE) – tabiiy gaz va gaz kondensatini yetkazib berish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi AQShning eng yirik infratuzilmaviy kompaniyalaridan biri. Targa Resources dunyodagi asosiy energiya yetkazib beruvchi mintaqalarida, jumladan, Perm havzasi va Meksika ko‘rfazi qirg‘oqlarida joylashgan quvurlar va qayta ishlash tarmoqlariga egalik qiladi.

LiteFinance: Energetika tarmoqlari kompaniyalari aksiyalari

Kompaniya aksiyalari asta-sekin, lekin ishonch bilan tarixiy maksimumlarni yangilab kelmoqda. Tahlilchilarning fikricha, uzoq muddatli o‘sishga umid qilmaslik kerak, ammo 1-2 yil davomida investitsiyalar ijobiy natija beradi.

  • ConocoPhillips (COP, NYSE) – uglevodorodlarni izlash, qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi xalqaro neft-gaz kompaniyasi. Asosiy yo‘nalishlari: Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani va Yaqin Sharq  mintaqasida quruqlik va dengizda neft va gaz qazib olish.

LiteFinance: Energetika tarmoqlari kompaniyalari aksiyalari

Kompaniya innovatsiyalari: 3D seysmik qidiruv va gorizontal burg‘ulash, slanets gazini qazib olishning ekologik xavfsiz usullari, neft qumlarini qazib olish uchun bug‘-gravitatsion drenajlashdan (SAGD) foydalanish. Uzoq muddatli trend - yuksaluvchi.

  • Marathon Petroleum Corp (MPC, NYSE) – AQShning eng yirik qazib oluvchi va qayta ishlovchi energetika kompaniyalaridan biri. Shimoliy Amerikadagi eng yirik neftni qayta ishlash komplekslaridan birini boshqaradi, Garivillda (Luiziana) joylashgan.

LiteFinance: Energetika tarmoqlari kompaniyalari aksiyalari

Kompaniya  Marathon brendi ostida o‘zining AYOQSH va stantsiyalardagi do‘konlar tarmog‘ini rivojlantirib keladi. 2016-2020-yillardagi fletdan so‘ng, 2020-yildan boshlab tarixiy maksimumlarning yangilanishi bilan yuksalish trendi kuzatilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, agar butun AQSH fond bozori o‘sadigan bo'lsa, bu tendensiya davom etadi.

Aksiyalarga qanday qilib to'g'ri sarmoya kiritish kerak: foydali maslahatlar

Fond bozoriga yangi kirib kelganlar uchun 8-ta maslahat:

  1. Kichik depozitdan boshlang;

  2. Portfelingizni diversifikatsiya qiling va muntazam ravishda rebalanslashni amalga oshirib turing;

  3. Moviy fishkali kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiriting;

  4. Hech qachon "bepul" maslahatlar / tavsiyalarga tayanib qolmang;

  5. Olomon ortidan ko'r-ko'rona ergashmang;

  6. O'zingiz bilgan va tushungan narsangizga sarmoya kiriting;

  7. Doimiy va muntazam ravishda investitsiya qiling;

  8. Intizomli bo'ling va rejangizga / strategiyangizga amal qilgan holdada faoliyat yuriting.

LiteFinance: Aksiyalarga qanday qilib to'g'ri sarmoya kiritish kerak: foydali maslahatlar

Portfelni diversifikatsiya qilish

Diversifikatsiya xavflarni boshqarishga, aktivning narx harakatlari o'zgaruvchanligini kamaytirishga va daromadni oshirishga yordam beradi. Masalan, sizning investitsiya portfelingiz ko'chmas mulk, davlat obligatsiyalari, bozor aksiyalari, milliy va xalqaro kompaniyalar aksiyalari va obligatsiyalardan iborat bo'lishi mumkin. Forex savdosini ham sinab ko'ring. O'zingizni bitta sohada cheklamang - blokcheyn aksiyalariga, shuningdek transport kompaniyalari va chakana savdo kompaniyalarining aksiyalariga sarmoya kiriting.

Alohida aksiyalarga asta-sekin sarmoya kiriting

Chunki siz sarmoya kiritishga arziydigan kompaniyani o'rganib chiqish va tanlash uchun ko'p vaqt sarflashingizga to'g'ri keladi. Biz uning o'tmishi haqida o'rganib, uning kelajakdagi moliyaviy ahvolining professional baholarini o'qib chiqishni tavsiya qilamiz.Bundan tashqari, ko'plab alohida aksiyalar bilan portfelni diversifikatsiya qilish qiyin. Shuningdek, o'zingizni qo'lga olishingiz va bozorning har bir kichik tebranishida, hissiyotlarga berilib aksiyalarni xarid qilmasligingiz yoki sotmasligingiz kerak bo'ladi.

Investitsiya bo'yicha ta'lim oling

Albatta, aksiyalarga ta'lim olmagn holda, noldan sarmoya kiritishni boshlashingiz ham mumkin. Siz hatto hisob ochishingiz va uning qanday ishlashi haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmasdan investor bo'lishingiz va barchasini amalda o'rganishingiz mumkin. Biroq, investitsiya bo'yicha kurslarni o'qib tamomlasangiz, tezroq o'rganishingiz va kamroq pul yo'qotishingiz mumkin. Internetda bepul materiallar, shuningdek, yangi kelgan yoki tajribali investorlar uchun arzon narxlarda o'quv dasturlari mavjud.

Aksiyalar investitsiya qilishga arziydimi?

Demak, xulosa qilib nima deyish mumkin? Agar siz aksiyalarga sarmoya kiritish orqali boyib ketmoqchi bo'lsangiz, o'tirib, yaxshilab o'ylab ko'ring. Moliyaviy ahvolingiz qanday ekanligini va voqealar qanday rivojlanishi mumkinligini tushunishingiz kerak. Investittsiya qilish uchun, afsuslanmasdan qancha miqdorda pul tikishingiz mumkinligiga qarab, siz bir yoki bir nechta investitsion yondashuvlarni tanlashingiz mumkin.

Investitsiya haqida xom hayollaringiz bo'lsa, ulardan voz keching. Muvaffaqiyatli investor bo'lish uchun vaqt va o'rganish istagi, intizom va, albatta, pul kerak bo'ladi. Siz yo'qotish va qulashlardan himoyalanmagansiz, ammo ular savdogar yoki aksiyador sifatida sizning o'sishingizga yordam beradi.

Aksiyalarga sarmoya kiritish va tirikchilik uchun pul topish sizning qo'lingizda. Va buning ilojisi bor. Boshlashning eng yaxshi usuli — savdo mahoratingizni oshirishdir.

Aksiyalarga sarmoya kiritish uchun broker orqali hisobni qanday ochish mumkin?

  1. Registratsiya. LiteFinance rasmiy saytiga o‘ting va kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldiring.

  2. Tasdiqlash. Ko‘rsatmalarga amal qilgan holda elektron pochta va telefoningizni tasdiqlang.

  3. Verifikatsiya. Tasdiqlash protsedurasidan o‘ting: shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, yashash manzilingizni taqdim eting.

  4. Hisobni to‘ldirish. Muvaffaqiyatli verifikatsiyadan so‘ng, istalgan qulay usul bilan savdo hisobingizni to‘ldiring.

LiteFinance bilan aksiyalar savdosining afzalliklari:

  • Yevropa va Amerikaning eng yirik kompaniyalari aksiyalarining keng tanlovi, shuningdek, boshqa moliyaviy instrumentlar.

  • Ishonchlilik va shaffoflik: kompaniya bozorda 2005-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda, uning obro‘si nufuzli xalqaro mukofotlar bilan tasdiqlangan.

  • Qulay va intuitiv tushunarli savdo platformasi.

  • Savdo operatsiyalarini tez va ishonchli bajarilishi.

  • Bozordagi eng past spredlar va komissiyalar.

  • 24/7 mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati.

LiteFinance: LiteFinance bilan aksiyalar savdosining afzalliklari:


Aksiyalarga noldan boshlab investitsiya qilish bo‘yicha FAQ

Ha, bu tahlil nuqtai nazaridan eng oddiy va eng kam xatarli instrumentlardan biridir. Kriptovalyutalarga nisbatan aksiyalarning volatilligi ancha past va narx shakllanishining omillari tushunarli. Valyuta juftliklaridan farqli o‘laroq, bunda o‘sishning yuqori chegarasi yo‘q. Alternativ variant esa - kapitallashuvi bo‘yicha eng yirik kompaniyalarning diversifikatsiyalangan portfelini tashkil etuvchi fond indekslariga sarmoya kiritishdir.

Bu sizning aqsadlaringizga bog'liq. Ko‘nikmalarni mashq qilish va tajriba orttirish uchun minimal depozit ham yetarli bo'ladi. LiteFinance’da u 50 USD'ni tashkil qiladi. Platformaning funksional imkoniyati aksiyalarni qismlarga bo‘lib sotib olish imkonini beradi. Agar maqsad uzoq muddatli daromad bo‘lsa, oxirgi 10 yildagi aksiyalarning o‘rtacha daromadliligiga qarab, sarmoya hajmini hisoblang.

Eng kam xatar darajasiga ega bo‘lgan aksiyalar - bu S&P500, NASDAQ, DAX kabi yetakchi fond indekslariga kiradigan va "hammaning og‘zida" bo‘lgan eng mashhur segmentlardir. Segment misollariga quyidagilar kiradi: yarimo‘tkazgichlar va ularga bog‘liq sohalar, texnologik kompaniyalar (AR va VR texnologiyalari, robototexnika, bulutli yechimlar, aloqa, blokcheyn). Shuningdek, inqiroz davrlarida ahamiyatsiz pasayishlar bilan 10-15 yildan ortiq barqaror o‘sishni ko‘rsatayotgan aksiyalar ham bor. Masalan, iste’mol tovarlari segmenti.

Iqtisodiyotning umumiy turg‘unligi va keyinchalik butun fond bozorining qulash xavfi. Shuningdek, asosiy omillarni kuzatib borish lozim: raqobatning o‘sishi, qoniqarsiz moliyaviy natijalar, sud jarayonlari, korporativ nizolar va boshqalar.

Agar uzoq kelajak uchun kapitalingizni ko‘paytirmoqchi bo‘lsangiz, uzoq muddatli investitsiyalar siz uchun eng mos variantdir. Biroq qisqa muddatli investitsiyalar yordamida, aql bovar qilmas natijalarga tezda erishish mumkin. Aksiyalarga sarmoya kiritishdan avval o‘zingizdan nima xohlayotganingizni so‘rang. Ba’zan aksiyalarga emas, balki ta’lim yoki biznesga sarmoya kiritgan ma’qul. Agar siz shunchaki qiziqayotgan bo‘lsangiz va sizda bo‘sh mablag' bo‘lsa, buni sinab ko'rishning nimasi yomon?

Aksiyalarni sotib olganingizda, siz emitent kompaniyaga sarmoya kiritasiz. Payli investitsiya fondlari esa bir nechta kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Agar siz mustaqil ravishda investitsiya portfelini yaratmoqchi bo‘lsangiz, aksiyalarni tanlang. Agar portfelni diversifikatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar paydo bo'lishini xohlamasangiz, payli investitsiya fondlarini tanlang.

Avvalo, siz uchun "kam" nima ekanligini aniqlab oling. Nazariy jihatdan, siz atigi 1 dollar bilan ham hisob ochib, investitsiya qilishni boshlashingiz mumkin, lekin bunday natija sizni qoniqtiradimi? Pulingiz kam bo‘lsa ham sarmoya kiritishni boshlashning bir nechta usullari mavjud. Masalan, pensiyangizning bir qismini nodavlat pensiya fondiga o‘tkazishingiz mumkin. Agar bunday uzoq muddatni kutishni istamasangiz, shunchaki minimal investitsiyalardan boshlang.

Yangi boshlagan investorlar uchun aksiyalarga sarmoya kiritishning eng yaxshi usuli aksiyalarni sotib olish va ularni saqlashdir. Savdo hech bo‘lmaganda asosiy bilimlarni talab qiladi. Rivojlaning, taniqli mutaxassislarning maqolalarini o‘qing va mashq qiling. Agar siz aksiyalarga ko‘p vaqt ajratishga tayyor bo‘lsangiz, ular siz uchun yaxshi sarmoya bo‘lishi mumkin.

Eng oson, ammo arzon bo‘lmagan usul - moliyaviy menejer bilan maslahatlashish. Boshqa yo‘l ham mavjud. O‘z maqsadlaringizni aniqlab oling, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli investitsiyalar bilan qiziqishingizni hal qiling va bozorni qisqacha o‘rganib chiqing.

Albatta. Siz tajriba va bilimingizni oshirishga yordam beradigan kichik mablag‘lar bilan investitsiya portfelini shakllantirishni boshlashingiz mumkin. Onlayn brokerlik hisobini ochib, unga 20 dollar yoki undan ham kamroq mablag‘ qo‘yishingiz mumkin. Birja fondlariga (ETF) sarmoya kiritib, masalan, Apple kompaniyasining aksiyadori bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, siz aksiyalarga oid CFD’larni sinab ko‘rishingiz mumkin - bunda savdo qilib, aksiyalar narxidagi farq hisobiga daromad olishingiz mumkin.

Tushunganingizdek, hatto 100 dollar ham yaxshi boshlang‘ich qadamdir. 500 dollar esa portfelingizni ko‘paytirish va tajriba oshirish uchun bemalol yetadi. Bundan tashqari, robot-maslahatchilarga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Nazariy jihatdan, albatta ha. Internetda bunday hikoyalarni ko‘plab uchratishingiz mumkni, bunga ishonchimiz komil. Biroq, omadingizning yaratuvchisi - o‘zingiz. Agar ta’lim olish uchun vaqt, ba’zan esa mablag‘ sarflashga tayyor bo‘lsangiz va ortiqcha pulingiz bor bo‘lsa, imkoniyatlaringiz cheksiz bo‘ladi.

Aksiyalarga noldan investitsiya qilish haqida: yangi boshlagan investorlar uchun qo'llanma

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat