Aksiyalar savdosi, ayniqsa, onlayn savdo platformalari paydo bo'lishi bilan ommalashdi. Vaqt o'tgani sayin, virtual birjada savdo qilishni boshlaganlar soni ortib bormoqda - savdoning an'anaviy usullar bilan taqqoslaganda, internet-savdo osonroq va qulayroq. Ushbu batafsil qo'llanmada aksiyalar turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, yangi boshlayotganlar uchun savdo usullari va sirlari kabi mavzular ko'rib chiqiladi.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Aksiyalar savdosi nima?

Aksiyalar savdosi - bu ma'lum bir kompaniyaning aksiyalarini xarid qilish yoki sotish jarayonidir. Ushbu jarayon narxlarning kunlik o'zgarishiga asoslanadi, va bunda qisqa muddatli daromad uzoq muddatli daromaddan ko'ra ustuvor sanaladi. Birja treyderi - bu aksiyalarni xarid qiluvchi va sotuvchi, hamda fond bozorida moliyaviy investitsiyalar bilan shug'ullanuvchi shaxs. Aksiyalar savdosining asosiy xususiyati shundaki, savdogar haqiqiy aksiyalarga ega bo'lmaydi, aksincha ularning narxidagi farqdan foyda ko'radi. Aksiyalar savdosi CFD (narxlar farqi bo'yicha shartnomasi) orqali amalga oshiriladi. Ushbu shartnoma pullik hisob-kitobni nazarda tutadi (haqiqiy aksiyalarni xarid qilmagan holda), hamda bitimlarni ochish va yopish kotirovkalari o'rtasidagi farqni to'lash uchun derivativ shartnomalardan foydalanadi.

LiteFinance: Aksiyalar savdosi nima?

Aksiyalar savdosi brokerlik firmasi yoki agent orqali amalga oshirilishi mumkin. Treyder fond bozorida savdo qilayotganini aytganda, u keng ko’lamli fond bozorining bir qismi bo'lgan bir (yoki bir nechta) fond birjalarida aksiyalarni xarid qilish va sotishni nazarda tutadi. Nasdaq, Nyu-York fond birjasi (NYSE) va Chikago optsion birjasi (CBOE) AQSh moliya bozoridagi eng yirik birjalar hisoblanadi.

Aksiyalarning 4 turi

Aksiyalar yoki hissabay qog'ozlari kompaniyaning ulushiga egalik huquqini aks ettiradi — bu aksiyadorga kompaniyaning predmet qismiga tegishli bo'lgan aktivlar va daromadga ega bo'lish huquqini beradi.

Quyida treyder uchun fond bozorida mavjud bo'lgan to'rt turdagi aksiyalar keltirilgan:

O’suvchi aksiyalar

O'suvchi aksiyalar bozorning o'rtacha templaridan yuqori o'sishni ko'rsatadigan kompaniyalarga tegishli bo'lib, raqobatchilarini foyda va samaradorlik bo'yicha ortda qoldiradi. Ularning asosiy ustunligi — yuqori o'sish sur'atlari, raqobatbardoshligi, doimiy mijozlar bazasi va daromadlar natijasida kotirovkalarning sezilarli darajada oshishidir. Muvaffaqiyatli o'suvchi aksiyalarga Amazon, Facebook, Apple va Netflix misol bo'la oladi. Amazon va Facebook ko'p yillar davomida yuqori o'sish sur'atlarini namoyish etib kelmoqda. Apple va Netflix ushbu kompaniyalarning raqobatbardosh afzalliklari tufayli doimiy mijozlar bazasiga ega.

LiteFinance: O’suvchi aksiyalar

Divident aksiyalari

Dividend aksiyalari (daromad aktsiyalari deb ham ataladi) dividendlarni muntazam ravishda to'laydigan va "buqa" bozorlarida yaxshi natijalar ko'rsatib ulgurgan ommaviy kompaniyalar qatoriga kiradi. Aksiyalarning daromadliligi, shuningdek, tannarx yoki tannarx bo'yicha daromadlilik (YOC) deb ham ataladi, narxning oshish darajasi va to'langan dividendlar yig'indisini xarid narxiga bo'lish yo'li bilan hisoblanadi. Aksariyat tashkilotlar ham o'z aksiyalarining daromadliligini hisoblash uchun joriy bozor narxidan foydalanadilar. Aksiyalar daromadliligi va ularning narxi bir-biriga qarama-qarshi bog'liqligi sababli, kompaniya aksiyalarining qiymati oshishi bilan birga joriy daromadlilik pasayadi. Daromad aksiyalari savdosining afzalliklari: moliyaviy inqirozlar paytida kamroq volatillik ko'rsatkichi, naqd pul zaxirasi va uzoq muddatli ijobiy natijalarga erishish potentsiali.

LiteFinance: Divident aksiyalari

Aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi (IPO)

Yangi aksiyalarning chiqarilishi, qimmatli qog'ozlarning ommaviy moliya bozorida birlamchi joylashtirilishi bilan birga keladi. Ularning aksariyati xususiy kompaniyalardan kelib tushadi va investorlar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi (IPO) yangi aksiyalarni Nasdaq yoki NYSE kabi fond birjalari orqali taklif qilish uchun ishlatiladi. Bundan asosiy maqsad - kompaniya uchun kapitalni jalb qilishdir. IPO-ning asosiy afzalliklari: yangi mablag'larni jalb qilish va kompaniya qiymatini oshirish, investitsiyalarni oson o'zlashtirish va birinchi taassurot/PR shakllantirish. Bundan tashqari, birlamchi joylashtirish paytidagi aktsiyalar narxi odatda past bo'lib, kelajakda ulardan foyda olish uchun porloq istiqbolni ta'minlaydi.

LiteFinance: Aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi (IPO)

Himoya aksiyalari

Himoya aksiyalari kompaniyaning doimiy dividendlari va ishonchli daromadni taklif etadi. Bunday aktivlar fond bozorining holatiga bog'liq emas va yanada barqaror — bunday kompaniyalarning mahsulotlari doimiy talabga ega. Uzoq muddatli daromatlilik nuqtai nazaridan, himoya aksiyalari boshqalarga nisbatan afzalroqdir. Shu bilan birga, ular risklarga ta'sirchanligi pastroq bo'lib, iqtisodiy beqarorlik davrida ularni sotish tavsiya etiladi. Himoya aksiyalariga Coca-Cola, Johnson & Johnson, Procter & Gamble va boshqalar misol bo'la oladi. Biroq, buqa bozorlarida bu aksiyalar past volatilligi sababli kamroq daromad keltiradi.

LiteFinance: Himoya aksiyalari

Aksiyalar bilan savdo qilishning afzalliklari

Fond bozori kelgusi yillarda o'sish potensialini ko'rsatish bilan birga, uning umumiy qiymati 95 trillion dollarga baholanmoqda. Savdoni ko'pincha oldindan bashorat qilib bo'lmaydi va u ma'lum xavflar bilan bog'liqdir: investor katta daromad olishi ham, jiddiy zarar ko'rishi ham mumkin. Faqatgina risklarni boshqarish orqali, birja savdosidan daromad olish mumkin. Quyida onlayn birja savdosining asosiy afzalliklari keltirilgan:

  1. Daromad. Aksiyalar savdosi - bu aksiyalarga haqiqatan egalik qilmay turib, ularni xarid qilish va sotish imkoniyatiga asoslanadi. Shunday qilib, "ayiq" bozorida savdogarlar uning zaif holatidan foydalanishlari mumkin. Strategiyalar foyda olish uchun aksiyalarni eng past narxlarda sotib olishni va eng yuqori narxlarda sotishni nazarda tutadi. Onlayn aksiyalar savdosi pul ishlashning eng mashhur usullaridan biri hisoblanadi. Agar siz xavflardan muvaffaqiyatli foydalana olsangiz, katta foyda olishingiz mumkin.

    LiteFinance: Aksiyalar bilan savdo qilishning afzalliklari

  2. Xedjirlash. Aksiyalar savdosi portfelingizni diversifikatsiya qilishga yordam beradi. Treyder har xil turdagi sarmoya kiritishi va shu yo'l bilan volatillik holatida kapitalni yo'qotish xavfini kamaytirishi mumkin. Diversifikatsiya maqsadida yangi treyder fond bozorining turli sektorlaridan 10 dan ortiq aktsiyalarni sotib olishi mumkin. Bu yaxshi maslahat — iqtisodiy beqarorlik davrida faqat bitta kompaniyaning aktsiyalariga sarmoya kiritish xavfli bo'lishi mumkin, chunki ularning qiymati sezilarli darajada tushib ketish ehtimoli mavjud.

    LiteFinance: Aksiyalar bilan savdo qilishning afzalliklari

  3. Mablag'larning yetishmasligi muammo emas. Savdo hisobini ochish uchun minimal miqdor talabi yo'qligi tufayli, treyder atigi 100 dollar bilan ham aksiyalar savdosini boshlashi mumkin. Bu sizning mablag'laringiz xavfsizligini kafolatlaydi. Miqdor har xil bo'lishi mumkin va u treyder foydalanmoqchi bo'lgan savdo strategiyasiga bog'liqdir. Bu tanlangan brokerga ham bog'liq. Yuqoridagi barchasini hisobga olib aytish mumkinki, har qanday holatda ham, xarajatlar sizning cho'ntaginigiz ko'taradigan darajada yetarlicha past bo'ladi.

    LiteFinance: Aksiyalar bilan savdo qilishning afzalliklari

  4. Oddiy savdo sxemasi. Aksiyalar savdosi birinchi qarashda ko'rinadigan darajada murakkab emas. Bu oddiy va oson, ayniqsa treyder Foreks bozori bilan tanish bo'lsa. Brokerlik hisobi yaratilib, balans to'ldirilgandan so'ng, siz bozorni o'rganishga o'tishingiz va keyinchalik bitimlarni ochishingiz mumkin. Treyderlar foyda olishning oddiy qoidasini bilishadi - arzon sotib olish, qimmatroq sotish.

LiteFinance: Aksiyalar bilan savdo qilishning afzalliklari

Aksiyalar savdosining risklari

Fond bozori tabiatan juda o'zgaruvchan bo'lib, har soniyada yangi narxlar maksimumlari va minimumlari belgilanadi. Shu sababli, birja savdosining ham kamchiliklari bor. Ularning asosiylari quyida keltirilgan:

  1. Yuqori volatillik. Bu birja savdosining asosiy kamchiligi. Fond bozori iqtisodiy sharoitlar bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi sababli, bozordagi vaziyat tez o'zgarib turadigan hollarda, aksiyalar savdosi murakkab vazifaga aylanishi mumkin.
  2. Vaqt. Kompaniya aksiyalari bilan savdo qilishdan avval, moliyaviy ko'rsatkichlarni, yillik va choraklik hisobotlarni va yangiliklarni qanday talqin qilishni o'rganishni o'z ichiga olgan keng qamrovli tadqiqotlar o'tkazishi kerak. Bundan tashqari, birja treyderlari fond bozorini ham kuzatib borishlari kerak — hatto eng yaxshi kompaniyalar aksiyalarining narxi ham bozor qulashi, korreksiya yoki "ayiqlar"ning salbiy kayfiyati sababli tushib ketishi mumkin.
  3. Professional raqobat. Fond bozoriga yangi kelganlar ham, tajribali treyderlar ham aktsiyalar bilan savdo qiladilar. Tajribali treyderlarning ustunligi bor — bilim, vositalar, modellar va kompyuter tizimlari.
  4. Hissiy omil. O'zgaruvchanlik tufayli aksiya narxlari har soniyada ko'tarilish va pasayishlarga uchraydi. Bu savdogarlarda salbiy his-tuyg'ularni - qo'rquv va ochko'zlikni keltirib chiqarishi mumkin.

LiteFinance: Aksiyalar savdosining risklari

Aksiya savdosining turlari

Aksiyalar savdosining har xil turlarini bilish va tushunish jarayonning o'zini o'zlashtirish uchun muhim qadamdir. Savdodagi ikir-chikirlarni o'rganib chiqib, treyder moliyaviy maqsadlarni aniqlab olishi va eng yaxshi savdo uslubini tanlab olishi mumkin. Fond bozorida aktsiyalar savdosining turlari quyida keltirilgan:

Kunduzgi savdo

Intradey(intraday) savdosi sifatida ham tanilgan. Eng keng tarqalgan tur bo'lib, aksiyalarni xarid qilish va sotish bir kun ichida amalga oshiriladi. Fond bozori yopilishidan oldin, kunduzgi treyderlar o'zlarining daromadlari va zararlarini tezda qayd etadilar va pozitsiyalarni yopadilar. Kunduzgi savdo agressiv va tezkor javobni talab qiladi. Shuning uchun u fond bozoridagi o'zgarishlarga tezlik bilan reaksiya bera oladigan faol treyderlar uchun ko'proq mos keladi.

Intradey savdoda yaxshi texnik tahlil va xatarlarni boshqarish qobiliyati muhim ahamiyatga ega - ish jarayonida savdo instrumentlari va dasturiy ta'minotdan foydalaniladi. Savdo 1 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan kichik vaqt oralig'ida amalga oshiriladi.

Kunduzgi savdo haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan topasiz.

Qisqa muddatli savdo jarayonidagi monitoring

Aksiyalar bilan spekulyatsiya qilishda siz professional jurnallardagi ma'lumotlarni tahlil qilishingiz, tahliliy sharhlar bilan tanishishingiz, sanoat ob'ektlari to'g'risidagi hisobotlarni o'qishingiz, innovatsiyalarni joriy qilishingiz va kamida so'nggi bir necha oylik aksiyalar kursidan xabardor bo'lishingiz kerak bo'ladi. Eng yaxshi aksiyalar orasidan eng daromadlilarini tanlash uchun bitta korporatsiya emas, balki bir vaqtning o'zida bir sohada faoliyat yurituvchi bir qator kompaniyalarni o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Kompaniyaning real holatini baholashda hech qanday yordam bermaydigan, har xil sohalar haqida noaniq bilimlarga ega bo'lishdan ko'ra, bitta sohada professional bo'lish yaxshiroqdir. Qimmatli qog'oz narxiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan voqealarni kuzatib borish kerak. Aytaylik, agar korporatsiyada innovatsion loyiha amalga oshirilgandan so'ng, uning qimmatli qog'ozlari qiymati 1/10 ga oshgan bo'lsa, unda kelajakda aktsiyalar narxining oshishini kutishimiz kerak. Agar barcha iqtisodiy ko'rsatkichlar ro'yxati tuzilgan bo'lsa, siz minimal xavf bilan daromad olish uchun aksiyalari sotilishi mumkin bo'lgan korporatsiyani tanlashingiz kerak.

Qisqa muddatli savdoda treyderlar yo'qotishdan ko'ra, ko'proq pul ishlashga harakat qilishadi. Ehtimol, bu yondashuv siz uchun ham samarali bo'lishi mumkin.

O'rta muddatli savdo

Spekulyasiya paytida, pozitsiyalar bir necha kundan bir necha haftagacha ochiq turganda, batafsil tahlil o'tkazish lozim bo'ladi. Bunday tahlil ichiga o'tgan yilgi aksiyalar qiymatining grafik va yangiliklar tahlili, jiddiy ekspertlarning fikri va har choraklik daromad, dividendlarni to'lash, korporatsiya rahbariyatidagi aksiyalarning ulushi, likvidlik miqdori, kompaniyaning qarzlari, aksiyalarning bozor narxining bazaviy miqdorga nisbati kabi iqtisodiy ko'rsatkichlar kiradi.

Pozitsion savdo

Pozitsion savdo - bu uzoq davrga, bir necha kundan bir necha haftagacha va ba'zan uzoqroq bo'lgan vaqt davomida aksiyalarni qo'lda ushlab turish jarayonidir. treyderlar fundamental va texnik tahlillardan katta foyda olish umidida barqaror uzoq muddatli trendlarni kutadilar. Shuning uchun narxlarning qisqa muddatli o'zgarishiga e'tibor bermaydilar.

Pozitsion savdo minimal aralashuvni talab qiladi. Shuning uchun, u aksiyalar savdosiga qo'shimcha kuch va vaqt sarflab o'tirmay foyda olishni, aksincha boshqa vazifalar ustida ishlashni afzal ko'radigan mutaxassislar uchun mos keladi. Ushbu turdagi savdo kompaniyaning yoki uning aksiyalarining potentsialiga bog'liqdir.

Sving treyding (swing-trading)

Sving-treydingda treyderlar aksiyalarni o'sib boruvchi va pasayuvchi trendlarga qarab xarid qiladilar va sotadilar, shuningdek, umumiy yirik trend doirasidagi kichik o'zgarishlar hisobiga daromad oladilar. Sving-treydingda aksiyalar 24 soatdan ko'proq vaqt davomida saqlanadi, shuning uchun fond bozoridagi o'zgarishlar foyda keltirishi mumkin. Shuningdek, sving-treydingda overnayt(bir kecha o'tib) bozor o'zgarishini baholash amalga oshiriladi.

Pozitsion savdo va sving-treyding bir-biriga o'xshash, faqat pozitsiya bir necha oydan kamroq vaqt davomida faol bo'lib qoladi. Swing treyderlari asosiy impulsdan foyda olishga intilishadi. Ushbu turdagi savdoning, shubhasiz, risklari yuqori, ammo xatarlar Intradey savdosidan ko'ra pastroq bo'ladi.

Skalping

Skalping yordamida birjaning faol treyderlari kichik bozor harakatlari va qayta sotishdan foyda ko'rishadi. Ular xarid qilish va sotish narxlari o'rtasidagi kichikroq yoki kengroq spredlarni qidiradilar, tanishib chiqadilar va tanlaydilar. Asosiy xususiyati — lotlarni ozroq foyda bilan sotish.

Skalpingda treyderlar kuchli chiqish strategiyasiga ega bo'lishlari kerak: yirik yo'qotishli bitta pozitsiya kichik hajmdagi barcha foydali savdolarni bekor qilishi mumkin. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun siz to'g'ri instrumentlar, strategiya va vaqtni tanlashingiz kerak.

Aksiyalar bilan savdo qilishni noldan qanday boshlash kerak

Biz aslida aktsiyalarni sotib olmoqchi emasmiz, vaqt o'tishi bilan yuzaga keladigan qimmatli qog'ozlar narxidagi farqdan pul ishlamoqchimiz. Ya'ni, biz xarid qilish yoki sotish bo'yicha spekulyativ bitimni ochamiz. Aksiya narxi ko'tariladi deb tahmin qilsak, biz xarid qilish bitimini ochamiz, agar u tushadi deb tahmin qilsak - sotish bo'yicha bitim ochiladi. Birja aksiyalarning marjinal savdosida ko'proq pul ishlash imkoniyati mavjudligi tufayli, biz o'sib borayotgan bozorda ham, pasayib borayotganida ham foyda olishimiz mumkin. Keling, Foreks aksiyalari kotirovkalarini ko'rib chiqamiz va biz savdo qilmoqchi bo'lgan aksiyalarni tanlab, ularning jadvalini ko'rib chiqamiz.

Yangi boshlagan treyderlarga arzon indeks fondlariga sarmoya kiritish tavsiya etiladi. Bu yerda siz aktsiyalarga qanday sarmoya kiritish haqida ko'proq bilib olishingiz mumkin. Aksiyalar savdosi mexanikasini olti bosqichga bo'lish mumkin:

1. Brokerlik hisobini oching

Avvalambor, siz savdo hisobingizni to'ldirishingiz kerak. Unda treyderning keyinchalik foydalanishga mo'ljallangan mablag'lari saqlanadi. Agar jismoniy shaxsda brokerlik hisobi bo'lmasa, uni ochish tavsiya etiladi, bu bir necha daqiqa vaqtingizni oladi. Hisobni darhol to'ldirish shart emas - treyder platforma interfeysi bilan tanishish uchun hisobvarag' bo'ylab erkin harakatlanishi mumkin. Aksiyalar savdosini boshlashga tayyor bo'lgach, siz hisob raqamiga mablag' kiritishingiz mumkin. Aytaylik, treyder brokerni tanladi va hisob ochmoqchi. Buning uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

 LiteFinance: 1. Brokerlik hisobini oching

Savdo bo'yicha qarorlarni qabul qilish uchun siz o'zingizning savdo strategiyangizni shakllantirish uchun tanlangan instrument bo'yicha tahlillar va signallardan, shuningdek o'rnatilgan indikatorlardan foydalanishingiz mumkin. Agar aksiyalar savdosi siz uchun mutlaqo yangi bo'lsa, bitimlarni nusxalash xizmatidan foydalanib ko'ring.

LiteFinance: 1. Brokerlik hisobini oching
Mylad
Oylik o'rta daromad
131108.18%
LiteFinance: 1. Brokerlik hisobini oching
SYPERSPEC_1
Oylik o'rta daromad
30671.88%
LiteFinance: 1. Brokerlik hisobini oching
SaiGon_Trading
Oylik o'rta daromad
15433.13%
LiteFinance: 1. Brokerlik hisobini oching
investormaster
Oylik o'rta daromad
14414.75%
LiteFinance: 1. Brokerlik hisobini oching
Diamond_20
Oylik o'rta daromad
14315.74%

Muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalang

Treninglarsiz ham savdoning birinchi kunidanoq foyda olishni boshlang. Dunyo bo'ylab eng yaxshi treyderlar o'zlarining pul ishlash strategiyalarini baham ko'rish uchun bir platformada to'planishgan.

Batafsil

2.Demo hisobida treningdan qiling

Aksariyat brokerlar aksiyalarning onlayn savdosi uchun demo hisobdan foydalanishni taklif qilishadi, bu esa yangi boshlagan treyderlar haqiqiy fond bozoriga kirishdan oldin o'zlarini sinab ko'rish imkoniyatini beradi. Shuningdek, demo hisobda real vaqt rejimida narxlar dinamikasini kuzatib borish, xarid qilish va sotish bo'yicha bitimlarni ochishni mashq qilish mumkin. Demo hisoblari haqiqiy fond birjasidagi savdoning ko'rinishini takrorlaydi. Bu yo'l bilan, savdogar turli xil muddatlar va ushlab turish usullarini qo'llagan holda bir nechta pozitsiyalarni ochishi va keyinroq o'zining yaqqol xatolari bo'yicha natijalarni tekshirishi mumkin. Treyder o'z qobiliyatiga ishonch hosil qilgandan so'ng, u haqiqiy aksiyalar savdosiga o'tishi mumkin. Bundan tashqari, savdo jarayonining katta qismi robot tomonidan boshqariladigan avtomatik savdo platformalaridan foydalanishi mumkin.

LiteFinance: 2.Demo hisobida treningdan qiling

3. Byudjetni aniqlab oling

Aksiyalar bilan savdo qilishda byudjetni aniq belgilash juda muhimdir. Portfelning 10% dan kamrog'ini alohida aksiyalarga taqsimlash tavsiya etiladi. Investitsiyalar treyder yo'qotishga tayyor bo'lgan miqdorga teng bo'lishi kerak.

LiteFinance: 3. Byudjetni aniqlab oling

4. Portfel samaradorligini baholash uchun benchmark tanlab oling

Indekslarni o'lchash juda muhimdir. Aksiyalarni tanlang va ular qayerda sotilayotganiga qarab benchmarkni tanlashni unutmang, soha va hajmlarni ko'rsating, masalan, Nasdaq Composite Index, Standard & Poor's 500 yoki boshqa shunga o'xshash indeks. Aksiyalarning benchmarkga nisbatan samaradorligini o'lchang — bu savdo ko'rsatkichlari uchun to'g'ri indeksni tanlashga yordam beradi.

LiteFinance: 4. Portfel samaradorligini baholash uchun benchmark tanlab oling

5. Vaqt oralig'ini tanlash va savdoga start berish

Kun davomida aksiyalar bilan spekulyatsiya qilish faqat fundamental tahlilni ta'minlaydi. Vaqt oralig'i(timeframe) qanchalik katta bo'lsa, korporatsiyani va u shug'ullanadigan sohani tahlil qilish shunchalik puxta bo'lishi kerak. Shuningdek, savdoning hajmi bilan belgilanadigan aksiyalar likvidligini baholash lozim. Aksiyalarning bir necha oy yoki hatto bir necha yil davomidagi harakatiga e'tibor berish kerak. Faoliyati bilan tanish bo'lgan kompaniyangizning aksiyalarini tanlaganingiz ma'qul. Yuqori riskli qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni o'ylamaganingiz afzalroq, chunki bu mutaxassislar uchun mo'ljallangan sohadir. Har qanday instrument bo'yicha grafikni ochishga harakat qiling va uning qanday o'zgarishini kuzating. Men misol tariqasida,, FB (Facebook) aksiyalarining kotirovkalar grafigini ochdim.

LiteFinance: 5. Vaqt oralig'ini tanlash va savdoga start berish

Vaqt oralig'i(timeframe)ni tanlash juda keng mavzu bo' lib, agar men uni chuqurroq tahlil qilsam, yana bir alohida maqola chiqadi :). Shuning uchun men sizga Forex blog bo'yicha hamkasbimning eng ajoyib tahlilini o'rganishingizni tavsiya qilaman - Forex jadvalining taymfreymi - barcha eshiklarning kalitidir. 

6. O'z taktikangizga rioya qiling

Treyder onlayn birja savdosi haqidagi qarashlariga sodiq qolishi kerak. Yuzlab birja treyderlari bir xil bozor o'zgarishlarini kutishganligi sababli, har doim "ish beradigan" aksiyalarni boshqalardan oldin tanlay olish shart emas, lekin pozitsiyalarni ochish va yopish uchun maqbul signallarni aniqlay olish mahorati juda muhimdir. Shu ma'noda, treyder uchun fundamental va texnik tahlillarni o'tkazish, savdo yozuvlarini yuritish, fond bozoridagi harakatlarni o'rganib borish, shuningdek uning holatini kuzatish muhimdir.

Brokerlik komissiyasi haqida bilib oling

Xarajatlar brokerga treyder tomonidan onlayn birja savdosi uchun taqdim etilgan pul hisobidan qoplanadi. Brokerni tanlashda tekshirilishi kerak bo'lgan komissiya ham shunga kiradi. Ba'zi aksiyalar bo'yicha komissiya puli olinmasligi mumkin. "Bid" aksiyalarning sotish narxiga, "ask" esa sotib olish narxiga taalluqlidir. "Bid va Ask narxlari orasidagi Spred" - broker bitimni amalga oshirish uchun komissiya sifatida qabul qiladigan, ikki qiymat o'rtasidagi farqni anglatadi. Risk darajasini ham hisobga olish zarur. Treyder o'z portfeli doirasida, qancha pul yo'qotishga tayyorligi haqida gap ketmoqda.

Birja savdosi uchun Spred hajmini bu yerda tekshirishingiz mumkin.

Aksiyalar savdosi uchun eng yaxshi platforma

Ishonchli savdo platformasi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak:

  1. Orderlarni ijro etish instrumentlari. Ushbu optsiyalar bozor va limit orderlarini joylashtirish uchun talab qilinadi va quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: qavs(breket), teskari, yashirin, murakkab, "savat". Shuningdek, treyderlarda robotlar, API plaginlari va savdo algoritmlarini yaratish va ulardan foydalanish imkoniyati bo'lishi kerak.
  2. Aksiyalar. Platforma keng ko'lamli aksiyalar qatoriga ega bo'lishi kerak.
  3. Axborot lentalari. Bu xususiyat foydalanuvchilarga fond bozorining so'nggi moliyaviy yangiliklarini kuzatib borish imkonini beradi.
  4. Skanerlash instrumentlari. Ushbu vositalar bozorda potentsial treyderlarni topish uchun zarurdir.
  5. Tadqiqot instrumentlari. Ushbu vositalar yordamida siz aksiyalar, reytinglar va hisobotlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
  6. Texnik instrumentlar va indikatorlar. Texnik tahlilni amalga oshirish uchun treyderning ixtiyorida turli xil texnik vositalar va ko'rsatkichlar bo'lishi kerak.
  7. Mijozlarga xizmat ko'rsatish. Ushbu xizmat texnik va axborot yordami uchun zarurdir.​

LiteFinance: Aksiyalar savdosi uchun eng yaxshi platforma

Aksiyalar savdosi vs. Foreks treyding

Aksiyalar savdosi

Foreks treyding

Aksiyalar savdosida o'zgaruvchanlik(volatillik) yuqori.

O'zgaruvchanlikka keladigan bo'lsak, ushbu turdagi savdo nisbatan barqaror hisoblanadi. Ammo Foreksda juda volatil ekzotik juftliklar ham mavjud.

Birja treyderlari kredit yelkadan foydalanishlari mumkin. Biroq, odatda yelka Foreks savdosidagiga nisbatan pastroq bo'ladi.

Foreks treyderlari ham kichik investitsiyalar hajmida katta kredit yelkasidan foydalanishlari mumkin.

Savdo sessiyalari uchun ish vaqti belgilangan. AQSh aksiyalari uchun - 9:30 dan 16:00 gacha.

Savdoni 24 soat mobaynida olib borish mumkin

"MetaTrader"dan foydalanish imkoniyati mavjud, ammo faqat MT5 terminalida.

MT4 yoki MT5 savdo terminallaridan teng ravishda foydalanish mumkin.

LiteFinance: Aksiyalar savdosi vs. Foreks treyding

Fond birjasida savdo qilishni qanday o'rganish mumkin: qoidalar va tamoyillar

Quyida aksiyalar bilan savdo qilishni o'rganishning turli usullari keltirilgan:

  1. Tajribali treyderlarning bloglarini o'qing.
  2. O'zingizga ustoz toping.
  3. Onlayn darslarga qatnang.
  4. Maslahat va tavsiyalar uchun mutaxassislarga murojaat qiling.
  5. Bozor tahlilini o'tkazing,
  6. Demo hisobini oching.

LiteFinance: Fond birjasida savdo qilishni qanday o'rganish mumkin: qoidalar va tamoyillar

Xulosa

Onlayn birja savdosi daromad olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Shuni tushunish muhimki: uning afzalliklari ham, kamchiliklari ham bor. Muvaffaqiyatli treyder bo'lishga intilishingiz mumkin - buning uchun moliyaviy bozorlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish, narxlar, jadvallar va fond bozori tendensiyalarining o'zgarishini tahlil qilish, shuningdek byudjetni taqsimlash strategiyalari, rejalari va usullarini ishlab chiqish kerak. LiteFinance demo hisobida mashq qiling va mahoratingiz oshib, o'zingizga ishonch hosil qilganingizdan so'ng, haqiqiy savdoga o'ting.

Sinalgan broker bilan savdoni boshlang

Ro'yxatdan o'tish

Aksiyalar savdosi bo'yicha FAQ(tez-tez so'raladigan savollar

Aksiyalar savdosi - bu foyda olish maqsadida kompaniyani aksiyalarini sotib olish va keyinchalik sotish bilan bo'g'liq operatsiyadir. Aksiyalarning qiymati doimiy ravishda o'zgarib turadi: ba'zi aktivlarning narxlari asta-sekin, ammo barqaror ravishda oshib boradi, boshqalarning kursi kun davomida sezilarli o'zgarishlarga uchraydi. Treyder savdoning ochilish narxi va yopilish narxi o'rtasidagi farqdan foyda ko'radi.

Aksiyalar savdosi fond birjalarida, shuningdek Foreksda amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlar bilan ishlash uchun, faqat brokerlik firmasi yoki agent orqali ruxsat olish mumkin. Dunyodagi eng yirik fond birjalari - NASDAQ, NYSE, CBOE. Siz birjaning ish vaqtida qimmatli qog'ozlarni xarid qilishingiz va sotishingiz mumkin. Foreksda esa aksiyalar savdosi 24/5 rejimida amalga oshiriladi.

Aksiyalar savdosi boshqa moliyaviy instrumentlarni xarid qilish va sotish bilan bir xil tarzda tashkil etilgan. Asosiy xususiyati shundaki, savdogar haqiqiy qimmatli qog'ozlarga ega bo'lmagan holda, ularning narxlari farqidan foyda oladi. Barcha operatsiyalar savdo terminalida amalga oshiriladi: savdogarlar sotib olish yoki sotish bo'yicha savdolarni ochadilar/yopadilar, kotirovkalarning o'zgarishini kuzatadilar, stop-loss va take-profit orderlarini o'rnatadilar va hokazo.

Penny - bu kompaniyaning $5 yoki undan kam qiymatga teng bo'lgan aksiyasi. Minimal narx, likvidlikning yo'qligi va talab va taklif narxi o'rtasidagi katta farq tufayli ular bilan savdo qilish juda xavflidir. Penny stock ("tiyin aksiyalar") bilan birjada vositachilarsiz savdo qilish mumkin.

LiteFinance endi boshlagan treyderlar uchun eng yaxshi sayt hisoblanadi. Asosiy xususiyatlari: faol ijtimoiy platforma, oson va tushunarli savdo o'quv mashg'ulotlari, tahlilchilardan foydali ma'lumotlar va prognozlar va foydalanishga oson bo'lgan investitsion kontsepsiyalar.

Ushbu qoidaga ko'ra, aksiyalarni sotib olgandan so'ng, brokerlik firmasi to'lovni uch ish kuni ichida olishi kerak. Xuddi shu tarzda, aksiyalar sotilganda, firma uch ish kuni ichida o'z ulushini olishi lozim.

Aksiyalarni sotishni boshlash uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:

  • Eng kam komissiya oladigan, ishonchli brokerni tanlang.
  • Hisob oching.
  • Demo hisob yordamida savdo asoslari va boshlang'ich ko'nikmalarini o'zlashtirish.
  • Haqiqiy sharoitda savdoni boshlang.

Yangi boshlagan treyder sotib olishi mumkin bo'lgan eng yaxshi aksiyalar ro'yxatiga quyidagilar kiradi:Alibaba, Amazon, Alphabet, Disney, Apple, Facebook, Netflix, Microsoft, Salesforce.com, Tesla, Snowflake, Unity, General Motors va Nio. Ularning barchasi "ko'k fishka"li hisoblanadi.

Aksiyalarning to'rt turi - bu o'sish aksiyalari, dividend aksiyalari, IPO aksiyalari va himoya aksiyalari.

Ha, siz aksiyalarni sotish orqali boyib ketishingiz mumkin. Biroq, aksiyalar narxi doimiy ravishda o'zgarib turishi sababli, faqat yo'qotishga tayyor bo'lgan summani sarmoya qilishingiz va risklarni boshqarish strategiyalariga rioya qilishingiz zarur.

Aksiyalarga sarmoya qilishda investitsiya cheklovlari belgilanmagan. Bu $1 dan $1000 gacha bo'lishi mumkin. Biroq, yangi boshlagan treyderlar uchun tavsiya etilgan minimal summa $100 dan $200 gachadir.

Birjada yangi boshlaganlar uchun aksiyalar savdosi: strategiyalar, qoidalar va tamoyilla

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat