Doji shami — treydingdagi shamli modelning bir turi bo‘lib, u “buqalar” va “ayiqlar” o‘rtasidagi neytrallikni ko‘rsatadi. Bu pattern barli grafik modeliga o‘xshaydi. Uni har qanday moliya bozorlarida, jumladan, Foreks, xomashyo, kriptovalyuta va fond bozorlarida tez-tez uchratish mumkin.
Doji shamining shakllanish prinsipi shundan iboratki, davr boshidagi ochilish narxi ayni shu darajada yopiladi, shu sababli shamning tanasi umuman bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda, juda kichik tanaga hamda yuqoriga va pastga yo‘nalgan uzun soyalarga ega figura ham Doji shami deb hisoblanishi mumkin.
Ushbu materialda Doji sham patterni nima ekanligi, u nimani anglatishi va savdoda ushbu modeldan qanday foydalanish kerakligi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy faktlar
- Yapon shami Doji nima?
- Treyderlar uchun Doji yapon shami nimani anglatadi?
- Doji yapon shami qanday hosil bo‘ladi?
- Doji shamlarining turlari
- “Doji” va “Volchok” (Pirildoq) o‘rtasida qanday farq bor?
- Doji shamlariga asoslanib qanday savdo qilish kerak?
- “Doji” shamlarida savdo qilishning afzalliklari va kamchiliklari
- Yapon “Doji” shamlariga misollar
- Doji shamlaridan foydalanib savdo qilish bo‘yicha maslahatlar
- Xulosa
- Doji shami bilan savdo qilish bo‘yicha FAQ
Asosiy faktlar
- Doji — bu shunday shamli modelki, unda ochilish va yopilish narxlari deyarli bir-biriga mos kelib, ingichka chiziq yoki xoch shaklidagi tanani hosil qiladi. Doji bozor ishtirokchilarining ikkilanishidan dalolat beradi.
- Doji modeli kichik tanali yoki tanasiz sham va uzun soyalar bilan tavsiflanadi. Ular ma’lum bir davr mobaynida narx tebranishini ko‘rsatadi, biroq narx deyarli ochilish darajasida yopiladi.
- Doji shamining ko‘plab turlari mavjud: Neytral Doji, Uzun oyoqli Doji, Ninachi Doji, Qabr toshi Doji, Yulduzli Doji va boshqalar. Har bir turning o‘ziga xos talqini bor.
- Doji shamining paydo bo‘lishi xaridorlar va sotuvchilar kuchlari o‘rtasidagi muvozanatdan dalolat beradi, bunda savdo davri davomida hech bir tomon narx ustidan nazorat o‘rnata olmaydi.
- Doji bilan savdo qilish keyingi shamlar bilan tasdiqlashni talab etadi. Stop-loss odatda savdo yo‘nalishiga qarab Dojining maksimum yoki minimumi chegarasidan tashqariga qo‘yiladi.
- Doji shamlarining turlari xilma-xil bo‘lgani uchun ushbu patterndan trendni tasdiqlash, trendni qaytarish strategiyalarida, shuningdek, signallar aniqligini oshirish maqsadida boshqa indikatorlar bilan birgalikda foydalaniladi.
- Patternning afzalligi — qayrilish nuqtalarini aniq ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan signallar berishi; kamchiliklari esa — tasdiq talab etilishi va model noto‘g‘ri talqin qilinganda soxta signallar xavfi mavjudligidir.
- Doji sham patternlari har qanday taymfreym va bozorlarda uchraydi, biroq kunlik va haftalik grafiklarda, shuningdek, Forex kabi volatil bozorlarda ahamiyati yuqoriroq bo‘ladi.
Yapon shami Doji nima?
Doji yapon shami — shamli tahlilning muhim bir shakli bo‘lib, u shamli grafikda hosil bo‘ladi va narx harakati to‘xtaganini hamda bozor ishtirokchilari ikkilanayotganini bildiradi. Ushbu shaklning paydo bo‘lishi bozorda qat’iyatsizlik hukm surayotganini va narxning, xoh u o‘suvchi, xoh pasayuvchi trend bo‘lsin, qayrilish ehtimoli yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Treyderlar uchun Doji yapon shami nimani anglatadi?
Doji yapon shami, ayniqsa, model aktivning kunlik taymfreymi cho‘qqisida yoki asosida paydo bo‘lsa, treyderlar uchun muhim signal hisoblanadi. Uning bunday joylarda paydo bo‘lishi bozor ishtirokchilarini yaqin orada trendning “ayiqlarga xos” qayrilishi yoki instrument bo‘yicha korreksiya kutilayotganidan ogohlantiradi.
Dojining klassik modelida ochilish narxi shamning yopilish narxiga mos kelishi kerak, biroq bir necha tikka kichik farqlar bo‘lgan holatlar ham uchrab turadi. Shu sababli, ushbu model asosida savdo qilganda shamli tahlilning boshqa modellari yoki texnik indikatorlar yordamida tasdiqni kutish zarur.
Doji yapon shami qanday hosil bo‘ladi?
Grafikdagi Doji sham shakli treyding olamida cho‘qqi hosil bo‘layotganini ko‘rsatishi bilan mashhur, ayniqsa, u uzun oq shamdan keyin paydo bo‘lsa. Bozorda uzoq muddatli “buqalarga xos” ralli kuzatilib, aktiv haddan tashqari ko‘p sotib olingan holatda Dojining paydo bo‘lishi xaridorlarni talab zaiflashayotganidan ogohlantiradi, buning natijasida “ayiqlar” narxni pastga burib yuboradi.
Biroq, pasayish trendi davrida Doji o‘z kuchini biroz yo‘qotadi, chunki bu model bozordagi kuchlar muvozanati haqida signal beradi va pasayish potensiali o‘sish potensialiga teng bo‘ladi, ya’ni pasayish o‘z og‘irligi ostida davom etishi mumkin.
Shu sababli, trend asosida narx o‘zgarishini va yangi trend shakllanayotganini Dojidan tashqari boshqa sham modellari yordamida kuchliroq tasdiqlash muhim ahamiyatga ega. Bunga, masalan, 3 ta shamdan iborat “Dojining tonggi yulduzi” patterni tasdiq bo‘la oladi.
Doji shamlarining turlari
Shubhasiz, Doji shamining o‘zi kuchli patterndir, ammo uning qanday ko‘rinishda bo‘lishiga qarab, ahamiyati yanada ortishi mumkin. Ushbu bo‘limda Doji shamlarining qanday turlari borligini va modelning har bir turi nimani anglatishini ko‘rib chiqamiz.
Uzun oyoqli Doji
Uzun oyoqli Doji — yuqoriga va/yoki pastga yo‘nalgan uzun soyalarga ega Doji shami. Bu model ayniqsa cho‘qqida katta ahamiyat kasb etadi, chunki bozordagi ikkilanishni ko‘rsatadi, lekin bunda “ayiq” treyderlarning potensiali kattaroq bo‘ladi.
Muayyan taymfreymdagi savdolar boshida narx keskin o‘sadi, so‘ngra pasayadi va davr yopilishiga kelib, boshlang‘ich nuqtaga qaytadi yoki unga yaqinlashadi. Bu trendning ehtimoliy o‘zgarishidan dalolat berishi mumkin.
Agarda narx savdo diapazonining o‘rtasida joylashgan va soyalarning uzunligi bir xil bo‘lsa, u “Riksha” deb ataladi.
Bundan tashqari, tanasi kalta va yuqori va/yoki pastki soyalari uzun bo‘lgan shamning bir turi mavjud bo‘lib, u “Baland to‘lqin” deb ataladi. Yaponlar bunday shamlarni “Yo‘nalishni his qilishni yo‘qotish” deb nomlaydilar.
Ninachi
“Doji-Ninachi” shakli T harfiga o‘xshash tuzilishga ega va ninachini eslatadi, nomi ham shundan olingan. Odatda, “Buqa Doji” pastga yo‘nalgan trendda yuzaga keladi. Bu trendning yuqoriga qayrilishidan darak berishi mumkin. Ba’zi hollarda buqa shami yuqoriga yo‘nalgan trendda ham paydo bo‘lishi mumkin. Biroq, bunday holatda u boshqa sham modellari orqali qo‘shimcha tasdiqni talab qiladi. Bu shamning pastki soyasi uzun, yuqori soyasi esa yo‘q yoki juda qisqa bo‘ladi, shuning uchun u yaqqol “buqalarga xos” xususiyatga ega.
Qabrtosh
“Doji-Qabrtosh”ning bunday dahshatli nomlanishi uning harbiy mavzular, ya’ni buqalar va ayiqlar o‘rtasidagi jang maydonidagi qabrtosh bilan bog‘liqligidadir.
Bu shaklning yasalish prinsipi shundan iboratki, narx minimumda ochiladi, keskin ko‘tariladi va yopilishga yaqin yana ortga qaytadi. Ushbu shakl, ayniqsa, yuqoriga yo‘nalgan trendda muhim signal hisoblanib, erishilgan darajalarda ayiqlarning faollashganidan ogohlantiradi, bu esa buqa treyderlarini sergak torttirishi kerak. Ammo ba’zida ayiq shami pastki nuqtalarda ham uchrab, qo‘shimcha tasdiqni talab qilishi mumkin. “Doji-Qabrtosh”ning yuqori soyasi qanchalik uzun bo‘lsa, qayrilish signali shunchalik kuchli bo‘ladi.
Neytral Doji
Neytral Doji “Riksha Doji” bilan bir xil ma’noni anglatadi. Davr oxiriga kelib, narx o‘z harakatini dastlabki nuqtada yakunlaydi. Biroq narx diapazonidagi harakat har ikki tomonga ham bir xil bo‘ladi, ochilish va yopilish narxlari esa savdo diapazonining o‘rtasida joylashadi. Ya’ni, ustunlik ham “buqalar”, ham “ayiqlar” uchun teng bo‘lgan, bu esa treyderlarda ikkilanishni keltirib chiqaradi.
Standart Doji
Standart Doji shami aktivning ochilish va yopilish narxlari deyarli bir xil bo‘lganda paydo bo‘ladi va shamning tanasi juda kichrayib, deyarli chiziqqa aylanib qoladi.
Uzun yuqori va pastki soyalar savdo davri mobaynida sezilarli volatillik (o’zgaruvchanlik) bo‘lganini, biroq narx yo‘nalishi borasida noaniqlik mavjudligini ko‘rsatadi.
Grafikdagi standart Doji xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi muvozanatni bildiradi. U trendning ehtimoliy qaytishi haqida signal berishi mumkin, ayniqsa, Doji uzoq davom etgan o‘sish yoki pasayish harakatidan so‘ng paydo bo‘lsa.
Biroq, buni tasdiqlash uchun boshqa texnik indikatorlar yoki sham modellaridan qo‘shimcha signallar talab etiladi. Shuni yodda tutish kerakki, Dojining o‘zi ishonchli signal emas, balki bozordagi kayfiyatning ehtimoliy o‘zgarishi haqidagi ogohlantirishdir. Shu sababli, undan ma’lum bir ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim.
To‘rt narxli Doji (4-Price Doji)
To‘rt narxli Doji — bu grafikdagi Doji patternining o‘ziga xos turi bo‘lib, unda ochilish, yopilish, maksimum va minimum narxlar bir-biriga mos keladi. Bunday Doji shami bozordagi to‘liq beqarorlikdan darak beradi va gorizontal chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.
Aslida, savdo sessiyasi davomida xaridorlar ham, sotuvchilar ham narxga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmagan. To‘rt narxli Doji haddan tashqari turg‘unlik va volatillikning yo‘qligini bildiradi. Odatda bunday shamlar savdo hajmi juda past bo‘lgan bozorlarda yoki narx deyarli o‘zgarmagan katta taymfreymlardagi grafiklarda uchraydi.
“Doji” va “Volchok” (Pirildoq) o‘rtasida qanday farq bor?
Doji patterni — bu soyalari shakllanadigan, tanasi esa bo‘lmaydigan sham bo‘lib, ya’ni narx ochilish darajasida yopiladi. “Volchok”lar (Pirildoqlar) — kichik tanaga ega va, odatda, uzun soyalari bo‘lgan sham patternidir. Ikki sham o‘rtasidagi asosiy farq ham shundadir.
Umuman olganda, Neytral Doji va Pirildoq bozordagi noaniqlikni ko‘rsatadi, buni ularning piltalari ham tasdiqlaydi. Ya’ni, bozorda “buqalar” ham, “ayiqlar” ham yetarlicha kuchga ega.
Ikkala holatda ham bu shamlarning paydo bo‘lishi trendning qayrilishini anglatishi mumkin, biroq buni tasdiqlash uchun qo‘shimcha signallarni kutish zarur.
Doji shamlariga asoslanib qanday savdo qilish kerak?
Patternni kamida bir soatlik va undan yuqori taymfreymlarda savdo qilishda qo‘llagan ma’qul. Kichikroq taymfreymlarda u juda tez-tez paydo bo‘lgani uchun uni muayyan bir harakatga jiddiy signal sifatida qabul qilish qiyin. Bundan tashqari, bunday vaqt oraliqlarida treyderni chalg‘ituvchi bozor shovqini mavjud bo‘ladi.
“Doji” patterni bo‘yicha Walt Disney Company qimmatli qog‘ozlari misolida bosqichma-bosqich savdo strategiyasi:
1. Avvalo, taymfreymni hamda tayanch va qarshilik darajalarini aniqlab olish muhim. Quyida 4 soatlik taymfreymdagi tayanch va qarshilik darajalari, shuningdek, instrument bo‘yicha lokal cho‘qqi shakllangan joy ko‘rsatilgan.
2. Pasayuvchi trend chizig‘i aniqlangach, keyingi qadam sifatida 3-nuqtadagi shamli grafikni tahlil qilish mumkin. Bu yerda ko‘rish mumkinki, yuqoriga yo‘nalgan lokal korreksiyadan so‘ng aktiv avval “Qora bulutlar pardasi” deb nomlangan qayrilish modelini, so‘ngra esa “Qabr toshi Dojisi”ni hosil qilgan. Bu patternlar birikmasi bozor to‘liq “ayiqlar” nazoratida ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, kotirovkalar trendning qarshilik chizig‘ini yorib o‘tishga uringanidan so‘ng, sotuvchilar o‘sha vaqtning o‘zida narxni yana pastga qaytargan.
3. Savdo sessiyasi yakuniga kelib aktivning pasayishda davom etishi ma’lum bo‘ladi, demak, pozitsiyani “Qabr toshi Doji” shakllanayotgan vaqtda, ya’ni sessiya yakuniga yaqinroq ochish mumkin edi.
4. Ko‘rinib turibdiki, ertasi kuni narx pastga qarab sezilarli darajada uzilgan (gep hosil qilgan), “buqalar” esa bu bo‘shliqni yopa olmagan. Qisqa muddatli savdoda foydani eng yaqin tayanch darajalarida qayd etish kerak. Sabrliroq treyderlar esa aktivning keyingi harakatini kuzatish uchun kotirovkalar yana trendning qarshilik chizig‘ini sinab ko‘rishini kutishlari mumkin edi. Shunday qilib, foydani uchta nuqtada qayd etish imkoni bo‘lgan.
“Doji” shamlarida savdo qilishning afzalliklari va kamchiliklari
Ushbu bo‘limda “Doji” shamlarida savdo qilishning afzalliklari va kamchiliklari bilan qisqacha tanishib chiqishingiz mumkin.
Afzalliklari | Kamchiliklari |
Cho‘qqidagi kuchli qayrilish signalidir | Qarama-qarshi tomonga yolg‘on harakatlar yuz berishi mumkin, bu esa “buqa” va “ayiq” tuzoqlarining paydo bo‘lishiga olib keladi |
Bozordagi noaniqlikdan signal beradi | Pastga yo‘nalgan trendda “Doji”ning paydo bo‘lishi kuchlar teng bo‘lgani uchun qayrilishni emas, balki trendning davom etishini anglatishi ham mumkin |
Instrument bo‘yicha cho‘qqi shakllanganini ko‘rsatadi, bu esa bitimga kirish uchun yanada qulayroq nuqtani taqdim etadi | Boshqa sham modellari orqali tasdiqlanishi kerak |
Eng yaxshi natijani Foreks va qimmatli qog‘ozlar bozorida ko‘rsatadi | Shamning ko‘plab turlari mavjud: “Qabr toshi”, “Uzun oyoqli Doji”, “Ninachi Doji”, uzun yashil shamdan keyingi “Doji” va hokazo. |
Bir soat va undan yuqori taymfreymlarda samarali ishlaydi, bu esa bitta bitimdan olinadigan foydani bir necha barobarga oshirish imkonini beradi | Bozor shovqiniga juda ta’sirchan bo‘lgani uchun 1 soatgacha bo‘lgan quyi taymfreymlarda samarasi past |
Yapon “Doji” shamlariga misollar
Keling, 4 soatlik grafikda USD/CHF valyuta juftligi bo‘yicha real savdo misolini tahlil qilamiz. Quyidagi rasmda “Ikki cho‘qqi” narx patternining shakllanayotganini ko‘rish mumkin. Ikkinchi cho‘qqidagi qizil rangli “Qulayotgan yulduz”, “Osilib turgan odam” va “Uzun oyoqli Doji” sham tahlili patternlariga qarab, narx kuchli qarshilik darajasiga yetib, uni yorib o‘ta olmaganini aniqlash mumkin.
So‘ngra narxning “Qo‘shaloq cho‘qqi” narx patternining bo‘yin chizig‘i darajasigacha qaytganini va shu yerdan yangi pasayuvchi harakat boshlanganini ko‘ramiz. Bu darajada narx tayanch darajasiga erishgan. 0.9746 darajasida yana bir “Uzun oyoqli Doji” shami shakllangan bo‘lib, u bozorning noaniqligidan dalolat bergan va xaridorlar tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlash borligini ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng biz qisqa muddatli yuqoriga yo‘nalgan korreksiyani kuzatamiz, uning davomida aktiv yana bir “Doji” va “Pirildoq” modellarini hosil qilgan. Ya’ni, ushbu vosita bo‘yicha “ayiqlar”ning bosimi hamon sezilib turgan. Keyin aniq ko‘rinib turgan qizil shamning shakllanganini ko‘ramiz, bu esa qisqa pozitsiyani ochish uchun tasdiqlovchi signal bo‘lgan.
Grafikda ko‘rinib turganidek, ushbu darajada men 0.01 lot hajmida minimal short-pozitsiya ochdim. Stop-loss 0.9827 darajasiga qo‘yilgan. Bu qisqa muddatli kun ichidagi savdo bo‘lgani va foydani qayd etish qo‘lda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgani sababli teyk-profit belgilanmagan.
Yetti soatdan so‘ng bitim 0.9678 darajasida qo‘lda yopildi va 7.76 dollar foyda keltirdi. Bu kun ichidagi savdo uchun ajoyib natija hisoblanadi.
Doji shamlaridan foydalanib savdo qilish bo‘yicha maslahatlar
Doji shamlarini tahlil qilishda va ular yordamida savdo qilishda quyidagi mezonlarga rioya qilish muhim:
- Texnik tahlilni o‘tkazishda kattaroq taymfreymlardan foydalaning.
- Xatarlarni nazorat qilish va bozor tuzoqlariga tushib qolmaslik uchun stop-loss buyurtmalarini qo‘yishni unutmang.
- Narx aynan sizning prognozingiz bo‘yicha harakatlanayotganiga ishonch hosil qilganingizdan so‘nggina bitimlarni oching. Buning uchun shamli tahlilning boshqa modellari yoki texnik indikatorlar yordamida tasdiqni kuting.
- Doji patternlari shakllanishini tayanch va qarshilik darajalarida izlashga harakat qiling.
- Ancha maqbul bo‘lgan 4 soatlik taymfreymdan foydalaning.
- Pozitsiyani ochishdan oldin savdo qilinayotgan instrument bo‘yicha yangiliklar foni va iqtisodiy taqvimni o‘rganib chiqish tavsiya etiladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, Doji sham patterni turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos figuradir. Bu esa treyderlarni ko‘p narsadan ogohlantiradi va bozorga kirishning eng maqbul nuqtasini topish imkonini beradi.
Dojining ba’zi turlari ko‘pincha qayrilish figuralari sifatida ko‘riladi. Ularning past yoki yuqori narxlar hududida paydo bo‘lishi, avvalo, bozordagi noaniqlikdan dalolat beradi. Lekin aksariyat hollarda bu tendensiyaning ehtimoliy qayrilishini ko‘rsatishi mumkin.
Doji patterni — treyding olamida mavjud bo‘lgan barcha shamli modellarning kichik bir qismidir. O‘z bilimlaringizni LiteFinance kompaniyasining bepul va ko‘p funksiyali demo-hisobida sinab ko‘rishingiz mumkin.
Doji shami bilan savdo qilish bo‘yicha FAQ
Doji shami neytral model hisoblanadi, lekin u ham “buqa”, ham “ayiq” tusini olishi mumkin. Bu uning qayerda va qanday shaklda paydo bo‘lishiga bog‘liq. Biroq ushbu model asosiylarga qaraganda cho‘qqilardagi qayrilishlarni yaxshiroq prognoz qiladi.
Ha, o‘z savdo strategiyangizda Dojidan foydalanish samarali, ammo ayrim hollarda ushbu patternga boshqa patternlar va indikatorlar orqali qo‘shimcha tasdiq kerak bo‘ladi.
Ha, Doji — bu cho‘qqi shakllanishini eng yaxshi ko‘rsatadigan qayrilish patternidir. Asosdagi qayrilish esa qo‘shimcha tasdiqni talab qiladi.
Avvalo, taymfreym, qarshilik va tayanch darajalarini aniqlab olish muhim. Agar model cho‘qqida yoki asosda shakllangan bo‘lsa va qayrilish sham tahlilining boshqa modellari yoki indikatorlari bilan tasdiqlansa, bemalol bitim ochish mumkin.
Doji shami modelini ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Masalan, “Doji-Ninachi” T harfiga o‘xshaydi; “Doji-Qabr toshi” — bu “Ninachi” modelining teskarisi; “Uzun oyoqli Doji” esa uzun yuqori va/yoki pastki soyalarga ega bo‘ladi.
Doji shami bozorda xaridorlar va sotuvchilarning kuchi tenglashgan ikkilanish paytida shakllanadi. U noaniqlik va trendning ehtimoliy qayrilishini anglatib, investorlar kayfiyatidagi o‘zgarishlarni hamda “buqalar” va “ayiqlar” o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatadi.
Ideal Doji kichik tanaga va savdo davri mobaynida narxning sezilarli darajada o‘zgarganini ko‘rsatuvchi uzun yuqori hamda pastki soyalarga ega bo‘ladi. Ochilish va yopilish narxlari deyarli bir xil bo‘lib, bu bozordagi mutlaq ikkilanishni va ehtimoliy o‘zgarishni namoyon etadi.
Pasayuvchi trenddagi Doji sotuvchilar o‘z kuchini yo‘qotayotganini bildiradi. Bu narxni ko‘tarishga tayyor xaridorlar paydo bo‘lishi ehtimoli va savdo bosimining pasayishini ko‘rsatgani uchun trendning yuqoriga qayrilishi mumkinligidan darak beradi.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.
























