“Teskari bolg‘a” — shamli tahlilning eng keng tarqalgan figuralaridan biridir. U sham tanasi va uning yuqori qismidagi “soya”dan iborat bo‘lib, trendning “buqalar” tomonga qayrilishi mumkinligidan darak beradi.

“Teskari bolg‘a” patternini tushunish treyderga savdo samaradorligini oshirish va bozor psixologiyasini chuqurroq anglash imkonini beradi. Bu esa texnik va fundamental tahlilni hisobga olgan holda puxta o‘ylangan savdo qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.

Ushbu maqolada “Teskari bolg‘a” shamli patterni nima ekanligi haqida batafsil so‘z yuritamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy jihatlar

  • “Teskari bolg‘a” — eng mashhur shamli patternlardan biri bo‘lib, u pasayuvchi trend yakunida shakllanadi va potensial qayrilish signalidir. Tashqi ko‘rinishidan u pastki qismida kalta tana va uzun yuqori soyaga ega bo‘lgan shamga o‘xshaydi.
  • "Teskari bolg‘a" figurasi bozorda narxning sezilarli darajada yuqoriga sakraganini, biroq xaridorlar narxni bu darajada mustahkamlay olmaganini ko‘rsatadi.
  • "Teskari bolg‘a" patterni grafikda sotuvchilar narx harakati ustidan nazoratni vaqtincha yo‘qotib, xaridorlar kotirovkalarni ochilish darajasidan ancha yuqoriga ko‘tara olgan, ammo bu darajada mustahkamlanib qololmagan paytda shakllanadi. Pasayuvchi trendning kuchi zaiflashadi va "ayiq" trendidan so‘ng konsolidatsiya yoki "buqa" qayrilishi boshlanishi mumkin.
  • "Teskari bolg‘a"ning afzalliklari qatoriga uning soddaligini kiritish mumkin. Bu patterrn treyderlarga narxning ehtimoliy qayrilishiga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. Kamchilik sifatida esa, ayniqsa past likvidlik yoki kichik savdo hajmlarida, yolg‘on signallar mavjudligini aytish mumkin.
  • "Teskari bolg‘a" patterrniga asoslangan aksiyalar savdosi qayrilish tasdiqlangandan so‘ng pozitsiyalarni ochishni nazarda tutadi. Bunga misol sifatida yuqoriga yo‘nalgan harakat davom etayotganidan darak beruvchi "buqa" shamining shakllanishini keltirish mumkin. Treyderlarga xarid orderlarini "Teskari bolg‘a"ning maksimal qiymatidan yuqoriga joylashtirish tavsiya etiladi.
  • "Teskari bolg‘a" patterrni turli vaqt oraliqlarida uchrashi mumkin. Shunga qaramay, bu patterrn eng ishonchli signallarni kunlik va haftalik taymfreymlarda beradi. Qisqaroq oraliqlarda ishlash bozor shovqiniga duch kelmaslik uchun qo‘shimcha signallarni talab qilishi mumkin.
  • “Teskari bolg‘a” sham naqshidan foydalaniladigan keng tarqalgan strategiyalardan biri — bu trendni kuzatib borish va “Teskari bolg‘a” signalini tekshirish strategiyasidir. Prognoz aniqligini oshirish uchun treyderlar grafik naqshidan boshqa modellar va indikatorlar, masalan, sirpanuvchi o‘rtachalar yoki tayanch va qarshilik darajalari bilan birgalikda foydalanishlari mumkin. Signal kuchini tasdiqlovchi savdo hajmlari tahlili qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
  • Stop-loss orderini “Teskari bolg‘a” minimumidan pastroqda o’rnatish tavsiya etiladi. Optimal stop-loss masofasini tanlash uchun aktivning o‘zgaruvchanligini (volatilligini) hisobga olish ham muhimdir.

“Teskari bolg‘a” shami nima?

“Teskari bolg‘a” figurasi texnik tahlildagi muhim signallardan biri bo‘lib, u tendensiyaning ehtimoliy o‘zgarishidan darak beradi. Bu naqsh narx tushganidan so‘ng minimal darajalarda yuzaga keladi va xaridorlar katta ehtimol bilan uzun pozitsiyalarni ochishni boshlashini ko‘rsatadi.

Bu naqsh shunday nomlangan, chunki sham vizual ravishda qisqa tanaga va uzun yuqori soyaga ega bo‘lib, Teskari bolg‘aga o‘xshaydi. Bu shuni anglatadiki, xaridorlar sotuvchilarning bosimiga qaramay, salbiy kayfiyatni yengib, narxning tushishiga yo‘l qo‘ymagan. Uzun pilik esa sessiya davomida narx o‘sganini, ammo “ayiqlar”ning sa’y-harakatlari tufayli pastroq darajada mustahkamlanib qolganini ko‘rsatadi.

“Teskari bolg‘a” ham, boshqa ko‘plab sham naqshlari singari, XVII–XVIII asrlarda Yaponiyaning guruch bozorlarida paydo bo‘lgan. Mashhur guruch savdogari Homma Munehisa keyinchalik moliya bozorlarida qo‘llanila boshlagan ushbu modelga asos solgan.

Homma Munehisa bozordagi vaziyat va jamoatchilik kayfiyati narxlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lishini tushungan. U yapon shamlari yordamida belgilangan vaqt oralig‘idagi ochilish, yopilish, maksimal va minimal narxlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsata olgan. Bu “Teskari bolg‘a” naqshi va boshqa modellarning yaratilishiga turtki bo‘lgan.

Bozor ishtirokchilari “Teskari bolg‘a”ni, ayniqsa, u savdo hajmining oshishi bilan birga kuzatilsa, xarid qilish uchun signal deb biladi. Yolg‘on signallarga aldanib qolmaslik uchun keyingi shamdagi narxlarning ko‘tarilishi kabi tasdiqlovchi signallarni kuzatib borish muhim. Ushbu naqsh treyder arsenalining qimmatli qismi bo‘lib, unga texnik tahlil asosida puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

LiteFinance: “Teskari bolg‘a” shami nima?

“Teskari bolg‘a” sham naqshining tuzilishi

“Teskari bolg‘a” sham naqshi yakka sham bo‘lib, to‘rtta elementdan iborat: sham tanasi, uzun yuqori soya (pilik), kalta pastki soya hamda ularning tayanch va qarshilik darajalari bilan o‘zaro aloqasi.

  1. “Teskari bolg‘a” naqshidagi sham tanasi odatda kalta bo‘ladi va bu ochilish hamda yopilish narxlari o‘rtasidagi farqning kichikligini aks ettiradi.
  2. Tanadan kamida ikki baravar uzunroq bo‘lgan yuqori soya xaridorlarning narxni ochilish darajasidan ancha yuqoriga ko‘tarishga uringanidan dalolat beradi. Biroq ular sham yopilguniga qadar o‘z pozitsiyalarini saqlab qola olmagan.
  3. Pastki soya, odatda, bo‘lmaydi yoki juda kichik bo‘ladi, bu esa sotuvchilarning qiziqishi minimal ekanligini ko‘rsatadi.
  4. Pattern tayanch darajalarida paydo bo‘ladi va yuqoriga yo‘nalgan trendning ehtimoliy o‘zgarishidan signal berishi mumkin, qarshilik chizig‘i yaqinidagi “Teskari bolg‘a” esa joriy “buqa” trendining davom etishi yoki uning zaiflashishi haqida ogohlantiradi.

“Teskari bolg‘a” shakllanayotganda savdo hajmlarining ortishi aktivga bo‘lgan qiziqish kuchayganini va potensial “buqa” qayrilishi yuz berishi mumkinligini ko‘rsatadi. Aksincha, kichik hajm ishtirokchilarning ikkilanayotganidan dalolat berishi mumkin.

Shamning rangi ham qo‘shimcha ma’lumot beradi: yashil “Teskari bolg‘a” “buqa” signali sifatida qabul qilinishi mumkin, ayniqsa u eng past nuqtada, asosiy tayanch chizig‘i yaqinida paydo bo‘lsa. Qaytish va “buqa” trendining boshlanishi ehtimoli bor.

Qizil “Teskari bolg‘a” pasayuvchi trendning davom etishi haqidagi “ayiq” signali sifatida qabul qilinadi, lekin bu uning yakuniy bosqichida ekanligini bildiradi. Ya’ni, qizil rangdagi pattern “ayiqlar”ning zaiflashib, “buqalar”ning asta-sekin kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

“Teskari bolg‘a”dan muvaffaqiyatli foydalanish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha elementlarni birgalikda hisobga olish zarur. Bu treyderlarga yanada asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

LiteFinance: “Teskari bolg‘a” sham naqshining tuzilishi

“Teskari bolg‘a” shamli patterni qachon paydo bo‘ladi?

Bozorning shamli tahlilidagi “Teskari bolg‘a” figurasi trendning ehtimoliy o‘zgarishi belgisi hisoblanadi va odatda muayyan vaziyatlarda paydo bo‘ladi.

Qoidaga ko‘ra, ushbu model tayanch chiziqlari yaqinida shakllanib, “ayiq” trendi yakunida narxning qaytishi va yuqoriga yo‘nalgan harakat boshlanishini bildiradi. Asosiy darajalar yaqinida xaridorlar soni odatda ortadi — bozor ishtirokchilari kotirovkalar o‘sishini kutishadi. Bunday paytlarda ko‘pincha narx sakrashi yuz beradi va xarid hajmlari oshadi.

“Teskari bolg‘a”ning shakllanish davriyligi aktiv va uning volatilligiga qarab farq qilishi mumkin. Narx tebranishlari sezilarli bo‘lgan bozorlarda bu pattern ko‘proq uchraydi. Masalan, valyuta juftliklari, kriptovalyutalar yoki kapitallashuvi past bo‘lgan kompaniyalar aksiyalari tez-tez va keskin o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi, bu esa “Teskari bolg‘a” paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.

15 daqiqalik yoki bir soatlik grafiklar kabi qisqa taymfreymlarda “Teskari bolg‘a” bozor kayfiyatining tez o‘zgarishini ko‘rsatishi mumkin, biroq bunda yolg‘on signallar ham uchrab turadi.

O‘z navbatida, kunlik va haftalik grafiklar ishonchliroq signallar beradi, chunki ular yirik savdo hajmlari hamda barqarorroq trendlar bilan tasdiqlanadi. Treyderlar qaror qabul qilishda va savdo strategiyasini tuzishda buni hisobga olishlari lozim.

LiteFinance: “Teskari bolg‘a” shamli patterni qachon paydo bo‘ladi?

“Teskari bolg‘a” shamli patternining signallari va turlari

Texnik tahlil sohasida “Teskari bolg‘a” o‘zining potensial buqacha trend qayrilishlarini ko‘rsatish xususiyati tufayli alohida ajralib turadi. Shuningdek, bu figurani grafikda aniqlash oson. “Teskari bolg‘a” patternining ikki turi mavjud — qizil va yashil, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Qizil “Teskari bolg‘a” nimani bildiradi?

Qizil “Teskari bolg‘a” — bu yuqori soyasi uzun va pastki tanasi kichik bo‘lgan, qizil rangli sham bo‘lib, u pasayishni bildiradi. Bunday patternning pasayuvchi bozorda paydo bo‘lishi “ayiqlar”ning zaiflashganini va “buqalar”ning pozitsiyasi kuchayib borayotganini ko‘rsatishi mumkin.

Buning sababi ochilish narxining yopilish narxidan yuqori bo‘lishidir. Pattern namunasi quyida Pfizer Inc. (#PFE) aksiyalari narxining kunlik grafigida keltirilgan.

LiteFinance: Qizil “Teskari bolg‘a” nimani bildiradi?

Grafikda uzoq davom etgan pasayishdan so‘ng, 41,43 darajasidagi asosiy tayanch nuqtasi yaqinida “Teskari bolg‘a” figurasi hosil bo‘ldi. Savdo hajmlarining o‘sishi va uzun buqacha shamning shakllanishi xaridorlar faolligi ortganining tasdig‘i bo‘ldi.

“Teskari bolg‘a” bilan birgalikda ikkinchi yashil sham buqacha qayrilish patterni — “Yutib yuborish” patternini hosil qildi. Bu trendning yuqoriga o‘zgarishi haqidagi kuchli signaldir.

Yashil “Teskari bolg‘a” nimadan dalolat beradi?

Bu “Teskari bolg‘a”ning kichik tanasi yashil rangda va yuqori soyasi uzun bo‘ladi.

Ushbu pattern yopilish narxi ochilish narxidan yuqori bo‘lganda yuzaga keladi, bu esa xaridorlarning potensial faolligini ko‘rsatadi. Agar yashil “Teskari bolg‘a” pasayuvchi trenddan so‘ng paydo bo‘lsa, bu “buqalar” pozitsiyasining kuchayishini anglatishi mumkin.

Pattern buqalarning ayiqlar ustidan g‘olib kelayotganini ko‘rsatadi va trendning ehtimoliy qayrilishiga ishora qiladi.

Quyida Dow Jones (DJIA) haftalik grafikida yashil rangli “Teskari bolg‘a” shamining misolini ko‘rib chiqamiz.

LiteFinance: Yashil “Teskari bolg‘a” nimadan dalolat beradi?

Uzoq davom etgan pasayish trendi “Bolg‘a” shami (qisqa tanali va uzun pastki soyali kichik sham) shakllanishi bilan yakunlandi, bunda savdo hajmlari ham o‘sib bordi.

Shundan so‘ng, “Bolg‘a” shamli patternini tasdiqlash uchun yashil rangli “Teskari bolg‘a” shakllandi.

Trend chizig‘ining yuqoriga qarab yakuniy qayrilishiga qisqa tana va uzun pastki soyaga ega bo‘lgan yana bir tasdiqlovchi “Bolg‘a” patterni signal berdi.

Uchala figura ham treyderlarni bozor kayfiyatining o‘zgarishi va narxning yaqin orada qayrilishi haqida ogohlantirdi — uzun pozitsiyalarni ochish mumkin.

Yashil va qizil rangli “Teskari bolg‘a”larni taqqoslash

“Teskari bolg‘a” shamining rangi bozor tahlilining asosiy jihati emas. To‘g‘ri, har ikkala tur ham potensial qayrilish nuqtalaridan signal beradi. Biroq yashil rang buqalar kayfiyatining kuchayganini ko‘rsatsa, qizil rang trend o‘zgarishini boshqa sotib olish signallari bilan tasdiqlash zarurligidan ogohlantiradi.

Amaliy treydingda qizil yoki yashil “Teskari bolg‘a” patternidan muvaffaqiyatli foydalanish uchun yo‘ldosh indikatorlar va bozordagi fundamental vaziyatni diqqat bilan kuzatish talab etiladi.

“Qulayotgan yulduz” va “Teskari bolg‘a” o‘rtasidagi farqlar

Qulayotgan yulduz va Teskari bolg‘a sham kombinatsiyalari bir qarashda o‘xshash ko‘rinsa-da, ularni boshqa shamli patternlardan ajratib turadigan o‘ziga xoslikka ega. Har ikkala pattern ham uzun yuqori soya va kichik tana bilan tavsiflanadi, bu esa endi ish boshlagan treyderlarni chalg‘itishi mumkin.

Keling, Qulayotgan yulduzdan boshlaymiz. Bu sham o‘suvchi trendning cho‘qqisida paydo bo‘ladi va xaridorlar kayfiyatining susayganidan dalolat beradi. Uzun yuqori soya xaridorlar narxni ko‘tarishga uringani, ammo yangi cho‘qqilarni ushlab tura olmaganini bildiradi. Bu esa trend o‘zgarishi uchun zamin yaratadi. Shunday qilib, “Qulayotgan yulduz” – “ayiqlar”ning qayrilishi uchun indikator bo‘lib, u aniq aniqlanganda qisqa pozitsiya ochilishi kerak. Qulayotgan yulduzni istalgan boshqa shamli yoki grafikli pattern tasdiqlashi mumkin: Osilgan odam, Ayiqlar yutib yuborishi, Ayiq bayrog’i va boshqalar.

Teskari bolg‘a esa, aksincha, pasayuvchi trendda yuzaga keladi. Uning cho‘zilgan yuqori soyasi ham narx darajalarini o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlarni aks ettiradi. Ya’ni, xaridorlar bitimlar ochishga va pasayuvchi trendni o‘suvchi trendga o‘zgartirishga tayyor. Bu “Teskari bolg‘a”ni xarid uchun signalga aylantiradi. Modelni qo‘shimcha tasdiqlash uchun Bulutlar ichra yorug’lik, Bolg‘a, Buqa bayrog’i va boshqa patternlar xizmat qilishi mumkin. Teskari bolg‘a va ikkinchi “buqacha” sham o‘rtasida yuqoriga qarab yuzaga kelgan narx uzilishi (gep) ham ushbu patternni tasdiqlaydi.

Shunday qilib, tashqi o‘xshashligiga qaramay, bu patternlarning funksional vazifasi bir-biridan farq qiladi.

LiteFinance: “Qulayotgan yulduz” va “Teskari bolg‘a” o‘rtasidagi farqlar

Teskari bolg‘a patternidan foydalanish: Savdo va tahlil

Shamli modellardan foydalanish moliya bozorida daromad olishning barqaror va samarali usuli sifatida allaqachon o‘zini isbotlagan.

Shunday patternlardan biri — bu Teskari bolg‘adir. Ushbu qo‘llanmada biz uni qo‘llash algoritmini, ya’ni patternni topish va tasdiqlashdan tortib, bitim natijalarini tahlil qilishgacha batafsil ko‘rib chiqamiz.

1-bosqich: Patternni topish va tasdiqlash

Teskari bolg‘a patterni grafikda kichik tana va uzun yuqori soyaga ega sham paydo bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Bunda shamning pastki soyasi deyarli bo‘lmaydi yoki u juda kichik bo‘ladi. Bu trendning ehtimoliy o‘zgarishiga ishora qilishi mumkin.

Tasdiqlash uchun quyidagi belgilarga e’tibor bering:

  • Sham pasayuvchi trendda paydo bo‘lishi kerak.
  • Keyingi sham narx o‘sishini namoyish etib, trend o‘zgarishini tasdiqlashi lozim.

2-bosqich: Bozorga kirish nuqtasini aniqlash

Xaridni tasdiqlovchi signal (keyingi “buqa” shami) paydo bo‘lgandan so‘ng, uzun pozitsiyalarni ochishni ko‘rib chiqish mumkin:

  • Xarid qilish uchun limit-orderni Teskari bolg‘a shamining maksimumidan biroz yuqoriga o‘rnating.
  • Savdo hajmi yetarlicha yuqori ekanligiga ishonch hosil qiling, bu signalning kuchliligini tasdiqlaydi.
  • Agar signalni biroz kechroq aniqlagan bo‘lsangiz, vaziyatni baholab, bozor narxida uzun pozitsiya ochishingiz mumkin.

3-bosqich: Bozordan chiqish nuqtasini aniqlash

  • Stop-lossni Teskari bolg‘a minimumidan biroz pastroqqa o‘rnating.
  • Narx yanada oshganda foydaning bir qismini qayd etish va potensial daromad yo‘qotilishini minimallashtirish uchun treyling-stopdan foydalaning.

4-bosqich: Bitimni kuzatib borish

Bozorni doimiy kuzatib boring va savdo strategiyangizga tuzatishlar kiritib boring.

  • Savdo hajmlari va umumiy bozor holatiga e’tibor qarating.
  • Agar bozor sharoitlari keskin o‘zgarsa, bitimni yopishga tayyor turing.

5-bosqich: Natijalarni tahlil qilish

Bitim yakunlangandan so‘ng, puxta tahlil o‘tkazing.

  • Bitimning rentabelligini dastlabki kutilmalarga nisbatan baholang.
  • Strategiyadagi o‘zgarishlar natijaga qanday ta’sir qilishi mumkin bo‘lganini o‘rganing.

To‘g‘ri yondashuv bilan, ayniqsa, boshqa patternlar va texnik indikatorlar bilan birgalikda qo‘llanganda, “Teskari bolg‘a” muvaffaqiyatli savdo instrumentsiga aylanishi mumkin.

30 daqiqalik taymfreymda “Teskari bolg‘a” patternidan foydalanib, XAUUSD bo‘yicha savdoni ko‘rib chiqamiz.

LiteFinance: 5-bosqich: Natijalarni tahlil qilish

Narx pasayishi yakunlanishi bilan 2321,30 darajasida “Bolg‘a” shamli patterni shakllandi. Narx 2314,77 gacha yana bir oz pasaygach, jadal tiklana boshladi — katta yashil sham paydo bo‘ldi.

“Buqa bolg‘asi”ning tasdig‘i sifatida shamli grafikda “Teskari bolg‘a” modeli shakllandi.

Kotirovkalar darajasi yetarlicha ishonchli ushlab turilgani uchun aktiv bo‘yicha uzun pozitsiya sham yopilishidan bir daqiqa oldin ochildi.

Narx 2314,77 darajasiga qaytishi mumkinligi sababli, stop-loss “Bolg‘a” patternining minimal narxidan pastroqqa qo‘yildi.

Pattern bo‘yicha potensial maqsadlar: 2335,90; 2346,13; 2357,20.

Aktiv 2335,90 qarshilik darajasidagi birinchi maqsadga yetdi, pozitsiya esa yaxshigina foyda bilan yopildi.

Hoziroq savdo qilishni boshlang

“Teskari bolg‘a” shami: Afzalliklari va kamchiliklari

Bozorni texnik tahlil qilishning boshqa har qanday instrumentlari singari, “Teskari bolg‘a” ham o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega bo‘lib, ularni treydingda hisobga olish muhim.

“Teskari bolg‘a” shamli patterni afzalliklari

  • Trend qaytishi indikatori: “Teskari bolg‘a” pasayuvchi trendning yuqoriga (buqalar tomon) qaytishidan darak berishi mumkin. Bu bozorga kirish nuqtalarini topishda foydalidir.
  • Izohlash osonligi: bu pattern o‘ziga xos shakli tufayli shamli grafikda oson aniqlanadi, bu esa undan foydalanishni soddalashtiradi.
  • Bozor kayfiyati tahlili: “Teskari bolg‘a” buqalarning bozorda tashabbusni qo‘lga kirita olganini ko‘rsatadi.
  • Boshqa indikatorlar bilan birga qo‘llash: Pattern boshqa texnik instrumentlar bilan birgalikda qo‘llansa, yanada ishonchli signallar beradi.

“Teskari bolg‘a” shamli patterni kamchiliklari

  • Ishonchliligi pastligi: “Teskari bolg‘a”ning o‘zi unchalik ishonchli indikator bo‘lmasligi mumkin, chunki shamning signali boshqa shamli patternlar yoki texnik indikatorlar orqali tasdiqlanishi kerak.
  • Bozor holatiga bog‘liqligi: Ushbu patternning samaradorligi bozor holati va joriy trendga ko‘p jihatdan bog‘liq.
  • Soxta signallar xavfi: Pattern ko‘pincha o‘zgaruvchan (volatil) bozorlarda uchraydi va soxta signallar berishi mumkin — natijada bozorga muddatidan oldin kirish xavfi yuzaga keladi.

Xulosa

“Teskari bolg‘a” tayanch va qarshilik darajalari, savdo hajmlari hamda boshqa shamli patternlar kabi texnik tahlil instrumentlari bilan birga qo‘llanganda eng yaxshi natijalarni beradi. Shuningdek, bozorga umuman ta’sir ko‘rsatuvchi fundamental omillarni ham hisobga olish kerak.

Shunday qilib, “Teskari bolg‘a” shamining samaradorligi va ahamiyati uning savdo strategiyasi hamda risk-menejmentga integratsiyalashuvida namoyon bo‘ladi. Fundamental bozor jarayonlarini bilish treyderlarga bitimlarni ochish uchun optimal nuqtalarni aniqlash imkonini beradi. “Teskari bolg‘a” yordamida savdo qilishni esa LiteFinance brokerining bepul demo-hisobida mashq qilishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

“Teskari bolg‘a” patterni bo‘yicha FAQ

“Teskari bolg‘a” — bu pasayuvchi trendning yakuniy qismida tez-tez uchraydigan shamli patterni bo‘lib, bozorning yuqoriga qayrilishi mumkinligidan darak beradi. Bu kalta tanali va uzun yuqori soyali sham.

Buqa patterni bo‘lgan “Teskari bolg‘a” pasayuvchi trendning oxirida paydo bo‘ladi va potensial buqa qayrilishini ko‘rsatishi mumkin. shamning uzun yuqori soyasi hosil bo‘ladi, bu bozorda xarid qilish bo‘yicha bitimlar ommaviy ravishda ochilayotganidan dalolat beradi. Narxning o‘sishi kutiladi.

Bu pattern treyderlar uchun bozorda sotuvchilar tomonidan bosim zaiflashayotgani va trend o‘zgarishi mumkinligi haqida signal bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tajribali treyderlar ushbu signalga va boshqa tasdiqlovchi omillarga, masalan, savdo hajmining o‘sishiga e’tibor qaratib, uzun pozitsiyalarni ochadilar.

"Teskari bolg‘a"ning qizil rangi narx ochilish darajasidan pastda yopilganini ko‘rsatadi. Bu xaridorlarning vaqtinchalik zaiflashganidan signal berishi mumkin. Biroq trendning qayrilishi ham istisno etilmaydi, shuning uchun figurani qo‘shimcha texnik instrumentlar yordamida tasdiqlash zarur.

Shamning yashil rangi uning buqalar kayfiyatini yaqqol ko‘rsatadi. Ya’ni ma’lum bir vaqt oralig‘ida xaridorlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, narxning o‘sish trendiga hissa qo‘shgan.

"Teskari bolg‘a" shamli figurasi pasayuvchi trend yakunida hosil bo‘ladi va ko‘pincha xaridorlar faollashganidan darak beradi. Uzun yuqori soya buqalarning narxni ko‘tarishga uringanini, biroq sham ancha pastda, minimumga yaqin darajada yopilganini ko‘rsatadi. Bu trendning o‘sish tomoniga o‘zgarishi mumkinligidan signal berishi mumkin.

Savdoda "Teskari bolg‘a"dan samarali foydalanish uchun treyder undan keyingi shamning bolg‘a tanasidan yuqorida yopilishini kutishi kerak. Bu uzun pozitsiyani ochish uchun tasdiqlovchi signal bo‘lib xizmat qiladi.

"Teskari bolg‘a" shami shakllanganidan so‘ng odatda beqarorlik davri yuzaga keladi. Ko‘pincha aktiv narxi konsolidatsiyalanadi va bunday vaziyatda treyderlar keyingi trendni prognoz qilish uchun qo‘shimcha signallarni o‘rganadilar.

“Teskari bolg‘a” shamli patterni nima va undan qanday foydalanish kerak?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat