"Pirildoq" shamli patterni - bu neytral texnik tahlil figurasi bo‘lib, u ehtimoliy narx qayrilishi yoki trendning davom etishi haqida signal berishi mumkin.

Bu pattern shamning o‘rtasida joylashgan kichik tana, shuningdek, yuqori va pastki uzun soyalardan iborat. Ushbu shamli pattern bozordagi beqarorlikni aks ettiradi, bunda na xaridorlar, na sotuvchilar ustunlikka ega emas.

Uzoq davom etgan yuksaluvchi yoki pasayuvchi harakatdan so’ng "Pirildoq"ning paydo bo‘lishi tez orada yo‘nalish o‘zgarishi haqida ogohlantirishi mumkin, boshqa indikatorlar bilan tasdiqlash talab etiladi.

"Pirildoq"dan keyin sezilarli trendning yo’qligi bozorning konsolidatsiyasini ko‘rsatadi, voqealarning keyingi rivojlanishini kutish lozim. Bu patternni e’tiborsiz qoldirish noto‘g‘ri savdo qarorlariga olib kelishi mumkin.

Endi esa "Pirildoq" patterni bilan savdo qilish usullari va uning signallarini yanada batafsil ko‘rib chiqamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

  • "Pirildoq" keng tarqalgan shamli pattern hisoblanib, u bozordagi beqarorlikni aks ettiradi. Uning kichik tanasi va uzun soyalari bo‘lib, bu trendning ehtimoliy qayrilishini ko‘rsatishi mumkin.
  • "Pirildoq"ning ta’siri o‘rtacha. U trendning o‘zgarishi yoki konsolidatsiya ehtimoli borligi haqida ogohlantiradi, boshqa indikatorlar bilan tasdiqlashni talab qiladi.
  • Farqli belgilari: kichik tana (narxning haqiqiy o‘zgarishi), uzun soyalar (davr ichidagi volatillik), bu buqalar va ayiqlar o‘rtasidagi beqarorlikni ko‘rsatadi.
  • "Pirildoq" bilan savdo qilish boshqa signallar yoki indikatorlardan pozitsiya ochishdan oldin taxmin qilingan trend yo‘nalishida tasdiqlov olishni talab qiladi.
  • Eng yaxshi savdo strategiyasi - "Pirildoq"ni qo‘llab-quvvatlash/qarshilik darajalari, MACD, RSI, Stochastic indikatorlari, Bollindjer polosalari, OBV, MFI va boshqalar bilan birga qo’llash. Shuningdek, modelni boshqa shamli va grafikli patternlar bilan qo‘llash tavsiya etiladi: “Bolg‘a”/”Osilgan odam”, “Yulduz”li patternlar turkumii, “Yutib yuborish” va hokazo.
  • "Pirildoq" barcha bozorlarda va taymfreymlarda uchraydi, lekin kattaroq taymfreymlarda (H1 va undan yuqori) eng samarali hisoblanadi.
  • Teyk-profit orderi eng yaqin qarshilik/qo‘llab-quvvatlash darajasida o‘rnatiladi, “stop-loss” esa "Pirildoq"ning (trendga qarab) minimumi/maksimumidan biroz pastroq/yuqoriroq belgilanadi.

"Pirildoq" shamli patterni o’zi nima?

​​"Pirildoq" (Spinning Top) shamli patterni - bu neytral pattern bo‘lib, bozordagi beqarorlikni ko‘rsatadi. Uning tanasi kichik, u “buqa”larga hos (oq yoki yashil) yoki “ayiq”larga hos (qora yoki qizil) bo‘lishi mumkin; shuningdek, yuqori va pastki uzun soyalarga ega. Tana uzunligining butun sham uzunligiga nisbati ahamiyatsiz bo‘lishi kerak, bu sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi muvozanatni tasdiqlaydi.

Uzun soyalar savdo sessiyasi davomida yuqori faollikni ko‘rsatadi. Biroq, yopilish narxining ochilish narxiga yaqin bo‘lishi na xaridorlar, na sotuvchilar ustunlikka erisha olmaganligidan dalolat beradi.

"Pirildoq" shami ko‘pincha yuksaluvchi yoki pasayuvchi trenddan so‘ng paydo bo‘lib, yo‘nalishning potensial o‘zgarishi yoki konsolidatsiyani bildiradi. U mustaqil signal emas, va keyingi shamlarga qarab tasdiqlashni talab qiladi.

Yuksaluvchi trenddan keyin qora "Pirildoq" xaridorlarning holsizlanganini, pasayuvchi trenddan so‘ng esa sotuvchilar bosimining kamayganini anglatishi mumkin.

Savdo qarorlarini qabul qilishdan avval "Pirildoq"ni umumiy grafik kontekstida tahlil qilish va indikatorlardan foydalanib signalni tasdiqlash juda muhimdir.

LiteFinance: "Pirildoq" shamli patterni o’zi nima?

"Pirildoq" shami qanday shakllanadi?

"Pirildoq" shamli pattern bozorda beqarorlik sharoitida shakllanadi. Bu yoki yonmacha trend, yoki konsolidatsiya fazasidir.

Savdo paytida ochilish va yopilish narxlari o‘rtasida kichik farq kuzatiladi, bu esa kichik sham tanasini hosil qiladi. Yuqoridan va pastdan uzun soyalar buqalar va ayiqlar o‘rtasidagi keskin kurashdan dalolat beradi.

Odatda "Pirildoq" barqaror trend davrida shakllanadi. Pattern harakatning davom etishi yoki qayrilishi haqida signal berishi mumkin. Aniq bilish uchun texnik indikatorlar ko‘rsatkichlarini o‘rganish va bozorni fundamental tahlil qilish zarur.

"Pirildoq" patternining signallari

“Pirildoq” patterni, sham tanasi uning soyalariga nisbatan kichik bo‘lganda shakllanadi. Bu bozordagi beqarorlikni ko‘rsatadi. Pirildoq o‘z-o‘zidan kuchli qayrilish signali emas, lekin joriy trendning potensial o‘zgarishi haqida ogohlantiradi.

Uzun soyalar shuni ko‘rsatadiki: xaridorlar va sotuvchilar davr mobaynida tashabbusni qo‘lga olishga faol harakat qilishdi, ammo hech bir tomon ustunlikni saqlab qola olmadi.

Kichik tana davr oxiriga kelib kuchlar muvozanati nisbiy tenglikka qaytganini aks ettiradi. Pirildoq grafik modeli trendning asta-sekin zaiflashayotganini va bozorga keyingi yo‘nalishni aniqlash uchun vaqt kerakligini bildiradi.

LiteFinance: "Pirildoq" patternining signallari

Pirildoq shamli patterni bo‘yicha qanday savdo qilish kerak

Savdoda Pirildoq patternidan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rib chiqamiz:

  1. Patternni aniqlash. O‘rtasida kichik tanasi va uzun soyalari bo‘lgan shamlarni qidiring. Tana rangi (yuksaluvchi yoki pasayuvchi) prinsipial ahamiyatga ega emas, lekin qo‘shimcha ma’lumot berishi mumkin. Yuksaluvchi trenddan keyin shakllangan Pirildoq ehtimoliy pastga qayrilishni, pasayuvchi trenddan keyin esa yuqoriga qayrilishni anglatadi.
  2. Signalni tasdiqlash. Pirildoq shakllangandan so‘ng darhol pozitsiya ochmang. Signal tasdiqlanishini kuting. Bu pastki soyaning qo‘llab-quvvatlash darajasini buzib o‘tishi yoki yuqori soyaning qarshilik darajasini sinashi bo‘lib chiqishi mumkin. Qo‘shimcha ravishda indikatorlardan, masalan RSI, MACD, Stoxastik kabi texnik ko‘rsatkichlardan foydalanib, aktivning haddan tashqari sotib olingani yoki sotilganini tasdiqlang.
  3. Kirish va stop-loss nuqtalarini aniqlash. Masalan, yuksaluvchi trenddan so‘ng qisqa pozitsiyani ochish uchun "Pirildoq" minimumida joylashgan qo‘llab-quvvatlash chizig‘ining buzib o‘tganligini tasdiqlash lozim. Pasayuvchi trenddan keyin xarid bitimlarini ochish uchun esa, aksincha, qarshilik chizig‘ini buzib o‘tishni tasdiqlash kerak ("Pirildoq"ning maksimumi). Stop-lossni shakllangan "Pirildoq"ning maksimumidan (shortlar uchun) yuqoriga yoki minimumidan (longlar uchun) pastga joylashtirish tavsiya etiladi. Shunday qilib, soxta buzib o‘tishlarning oldini olish mumkin.
  4. Foyda mo'ljallarini aniqlash. Qo‘llab-quvvatlash va qarshilik, Fibonachchi indikatori yoki boshqa instrumentlar texnik tahlil darajalari yordamida teyk-profitni oldindan belgilang. Riskning foydaga nisbati kamida 1:2, yaxshisi 1:3 bo‘lishi kerak.
  5. Risk-menedjment. Hech qachon bitta bitimda depozitingizning 1-2 foizidan ko‘prog‘ini xatarga qo’ymang qilmang. Esda tuting: "Pirildoq" 100% daromad olish kafolatini bermaydi, bu faqatgina yordamchi signaldir va tasdiqlash va riskni oqilona boshqarishni talab qiladi.

"Pirildoq" patternlarini tasdiqlash

"Pirildoq" shamli patterni - bu bozordagi beqarorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi, ammo uni yagona signal sifatida ishlatish ishonchsiz va boshqa indikatorlar bilan tasdiqlashni talab qiladi.

"Pirildoq" signalini keyingi sham tasdiqlaydi. Buqa "Pirildoq"si maksimumining buzib o‘tilishi potensial buqa trendini, minimumning buzib o‘tilishi esa ayiq trendini ko‘rsatadi.

Shuningdek, trend kuchini tasdiqlash uchun RSI yoki MACD kabi texnik vositalardan foydalanish mumkin. Sinish paytida savdo hajmining oshishi yaxshi tasdiqlovchi signaldir. Bundan tashqari, “Pirildoq”ni qayrilish shamli patternlar yordamida ham tasdiqlash mumkin, masalan, “Yutib yuborish”, “Bulutlar ichra yorug’lik” / ”Qora bulutlar pardasi”, “Bolg‘a” / ”Osilgan odam”.

Ushbu omillarni birgalikda tahlil qilish “Pirildoq” shamli patterni asosida savdo qilishning samaradorligini oshiradi.

LiteFinance: "Pirildoq" patternlarini tasdiqlash

Pirildoq uchun narx mo'ljallari va stop-loss darajalari

“Pirildoq” shamlari bilan savdo qilishda mo'ljallarni aniqlash bozor vaziyatini tahlil qilishni talab etadi.

Agar “Pirildoq” yuksaluvchi trenddan keyin shakllansa, maqsad oldingi harakatning qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘lishi mumkin. Pasayuvchi trendda esa - mos ravishda qarshilik darajasi bo‘ladi. Yanada ehtiyotkor yondashuv: teyk-profit buyrug’ini kirish nuqtasidan kutilayotgan harakat yo‘nalishida “Pirildoq” shamining balandligiga teng masofada o‘rnatishdir.

Stop-loss odatda “Pirildoq” shamining ekstremumidan tashqariga o’rnatiladi: uzun pozitsiyalar uchun minimumdan pastroqda va qisqa pozitsiyalar uchun maksimumdan yuqoriroq. Bozor volatilligini hisobga olish muhim. Bozor shovqini tufayli bitimni muddatidan avval yopmaslik uchun stop-lossni biroz uzoqroqqa o’rnatish kerak bo‘lishi mumkin.

LiteFinance: Pirildoq uchun narx mo'ljallari va stop-loss darajalari

“Pirildoq” grafik patterniga misol

“Pirildoq” shamli patterniga misol sifatida “Nvidia Corp” aksiyalarining soatlik grafigini ko‘rib chiqamiz.

LiteFinance: “Pirildoq” grafik patterniga misol

Narx pasaygandan va hajmli “Ayiq Marubozu”si shami shakllanganidan so‘ng, yashil va qizil rangli Pirildoq narx patternlari seriyasi paydo bo‘ldi.

Bu holatda, "Pirildoq" patternlari bozordagi beqarorlikni ko‘rsatdi: narx pasayishda davom etishi yoki yuqoriga ko‘tarilishi mumkin edi.

Keyinchalik shakllangan "Bolg‘a" va "Teskari bolg‘a" qayrilish patternlari ko‘proq aniqlik kiritdi: bozorda buqa kayfiyati ustunlik qilmoqda. Bunday holda, eng yaqin qarshilik darajalaridagi mo'ljallar bilan uzun pozitsiyalar ochishni ko‘rib chiqish kerak edi. Stop-lossni "Bolg‘a" narx patternining pastki soyasidan tashqarida o’rnatish lozim edi.

Qo‘sh "Pirildoq"

Qo‘sh "Pirildoq" – narxlar grafigida kam uchraydigan, ammo juda muhim signaldir. U ikkita "Pirildoq" shamlari ketma-ket paydo bo‘lganda shakllanadi.

Birinchi sham bozordagi beqarorlik, hamda buqalar va ayiqlar o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatadi. Ikkinchisi esa bu beqarorlikni kuchaytiradi.

Bunday signalga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. U trend o‘zgarishi yoki uzoq konsolidatsiya ehtimoli haqida ogohlantiradi. Darhol pozitsiya ochish kerak emas. Tasdiqlovchi signalni kutish maqsadga muvofiq.

Tasdiqlov sifatida asosiy qo‘llab-quvvatlash yoki qarshilik darajasining buzib o‘tilishi xizmat qilishi mumkin. Faqat shundan keyingina uzun yoki qisqa pozitsiyani ochish haqida qaror qabul qilish mumkin.

Quyidagi skrinshotda qo‘sh "Pirildoq" patterni yuqoriga yo‘nalgan bo’shliqlar bilan birga kelgan va "Bulutlar ichra yorug‘lik" deb nomlanuvchi kuchliroq qayrilish modelini tasdiqladi.

LiteFinance: Qo‘sh "Pirildoq"

"Pirildoq"ni qo‘llashdagi cheklovlar

"Pirildoq" shamli patterni bir qator kamchiliklarga ega. Ularning eng asosiysi - prognoz qilish imkoni sustligidir. "Pirildoq" faqat buqalar va ayiqlar o‘rtasidagi tebranishlar va kurash haqida signal beradi, lekin kim g‘olib chiqishini ko‘rsatmaydi. Shuning uchun signalni albatta indikatorlar yoki boshqa shamli patternlar bilan tasdiqlash zarur.

"Pirildoq"ni bitimga kirish uchun yagona signal sifatida ishlatish juda xavfli. Investor soxta buzib o‘tishlar va kutilmagan qayrilishlardan ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki bu pattern shakllanayotgan paytda bozor volatilligi past bo‘ladi. Bozordagi vaziyatni hisobga olish muhim: "Pirildoq" grafik modeli yuksaluvchi trend cho‘qqisida, pasayuvchi trend tubiga qaraganda ayiqlarga hos xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.

"Pirildoq" bilan savdo qilganda, keyingi sham bilan signalni tasdiqlash kerak. "Pirildoq" tanasidan yuqorida yopilish yuksaluvchi trendga, pastroqda yopilish esa pasayuvchi trendga ishora qilishi mumkin.

"Pirildoq" va "Doji" o‘rtasidagi farq nimada?

"Pirildoq" va "Doji" - ikkalasi ham yapon shamli patternlari bo‘lib, trendning ehtimoliy o‘zgarishi haqida ogohlantiradi.

Asosiy farq - shamning tanasida. "Pirildoq"ning tanasi qisqa, lekin sezilarli hajmda bo’lib, yuqori va pastki soyalari ancha uzun. Bu xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ko‘rsatadi.

"Doji" shamli patternida tana deyarli yo‘q, ochilish va yopilish narxlari bir xil yoki o’zaro juda yaqin. "Doji" shamining uzun soyalari bozordagi beqarorlikni aks ettiradi, xaridorlar va sotuvchilar kuchi taxminan teng, o‘zgarishlar ro’y berishi mumkin.

LiteFinance: "Pirildoq" va "Doji" o‘rtasidagi farq nimada?

Xulosa

“Pirildoq” shamli patterni tehnik tahlilning samarali instrumenti hisoblanadi, u joriy trending davom etishi yoki o’zgarishi haqida signal berishi mumkin. Mazkur model boshqa indikatorlar va patternlar bilan birga qo’llanilganda, treyderlarga yanada asosli qarorlar qabul qilishga imkon yaratadi.

Shuni tushunish muhim: “Pirildoq” modeli mutlaq signal emas, uni keyingi shamlar, texnik indikatorlar va fundamental omillar bilan tasdiqlash zarur. Ushbu patternni to‘g‘ri qo‘llash va talqin qilish savdo strategiyasining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

LiteFinance demo-hisobida “PIrildoq” shamli patterni bo’yicha savdo qilishni mashq qilib ko’ring.

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

“Pirildoq” shamli patterni bo’yicha FAQ

Kichkina tana va uzun soyalar sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi kuchlar tengligini bildiradi. Taraflarning hech qaysisi ustunlikka ega emas, trend esa qayrilishi yoki konsolidatsiya bo’lishi mumkin.

“Pirildoq” shamini ayiqlarga hos yoki buqalarga hos deb bo’lmaydi. Narxlar jadvalida uning paydo bo‘lish konteksti, boshqa shamli naqshlar va texnik indikatorlarning qo‘shimcha signallarini tahlil qilish muhimroqdir.

Buqa “Pirildoq” shami bilan savdo qilishda, signalning tasdiqlanishini kuting. Agar undan keyin buqa shami shakllansa, “Pirildoq”ning minimumidan pastroq darajada stop-loss o’rnatib, uzun pozitsiya ochish mumkin.

Ayiqlarga hos “Pirildoq” paydo bo’lganidan so’ng, pasayuvchi trend bo’lishi ehtimoli yuqori. Narx pasaya boshlashi mumkin, ayniqsa undan keyin shakllangan sham ayiqsimon bo’lsa. Biroq, har doim signalni boshqa indikatorlar va patternlar bilan tasdiqlash maqsadga muvofiq.

Buqa pirildog’ining rangi odatda yashil yoki oq bo’ladi, ya’ni, yopilish narxi ochilish narxidan balandroq. Biroq, eng muhimi - patternning tanasi kichikligi va soyalarning joylashuvi. Rang signalni kuchaytiradi, lekin narx pasayishiga 100% kafolat bo’la olmaydi.

"Pirildoq" shamli patterni nima (Spinning Top)?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat