"Oqshom yulduzi" patterni "tong yulduzi" shamli modelining antipodidir. "Evening star" yapon figurasi bozordagi buqa siklining tugashi va o‘sish dinamikasining pasayish dinamikasi bilan almashishini bildiradi.
Moliya bozorlarida savdo qilayotganingizda, narxning mahalliy yoki yangi maksimumlarida uchta shamli kombinatsiyani ko‘p uchratgan bo‘lsangiz kerak: uzun "buqa" shami, qizil yoki yashil rangli kichkina sham va hajmli qizil sham. Bu "oqshom yulduzi" naqshidir.
Nima uchun "oqshom yulduzi" shakllanganidan so'ng savdo instrumentining narxi keskin qayrilib, faol ravishda pasaya boshlaydi, deb o‘zingizga savol berganmisiz? Bu paytda bozorda nima sodir bo‘ladi? Ushbu pattern treyderlar va investorlarni nimadan ogohlantiradi?
Yapon shamlari va modellari o‘zida ko‘plab muhim ma’lumotlarni mujassam etadi, ularni savdoda e’tiborga olish katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada biz, bu qanday ma’lumot ekanligi va narx grafigidagi "oqshom yulduzi" patterni nimani bildirishi haqida so‘z yuritamiz.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy faktlar
- ”Oqshom yulduzi” nima
- “Oqshom yulduzi” patterni shakllanishi
- ”Oqshom yulduzi”ni qanday aniqlash mumkin
- “Oqshom yulduzi” bilan qanday savdo qilish kerak
- “Oqshom yulduzi” va “Tonggi yulduz” patternlari: farqlari
- "Oqshom yulduzi" modelining afzalliklari va kamchiliklari
- Xulosa
- ”Oqshom yulduzi” patterni bo‘yicha savollar
Asosiy faktlar
Asosiy tezis | Xulosa va asosiy jihatlar |
"Oqshom yulduzi" patterni nima? | "Oqshom yulduzi" yapon texnik tahlilining shamli modeli bo‘lib, u uchta shamni o‘z ichiga oladi: birinchisi - uzun tanali "buqa" shami, ikkinchisi - har qanday yo‘nalishdagi qisqa tanali sham va uchinchisi - uzun tanali "ayiq" shami. |
Pattern bozorga qanday ta’sir qiladi? | Pattern yuqoriga ko‘tarilish tendensiyasining oxirida shakllanadi va trendning pastga qarab "ayiqsimon" burilishidan darak beradi. Oqshom yulduzi modelini yaratish bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki u sotuvlar o‘sishiga olib keladi. |
"Oqshom yulduzi" patterni bilan qanday savdo qilish mumkin? | "Oqshom yulduzi" patterni bo‘yicha savdo qilish, cho‘qqida shakllanganidan keyin aktiv bo‘yicha qisqa bitim ochilishini nazarda tutadi. Qisqa pozitsiyani ochishdan oldin texnik indikatorlar va boshqa shamli tahlil modellari yordamida qo‘shimcha tasdiqlarni olish muhimdir. |
Narx grafigidagi patternni qanday aniqlash mumkin? | Odatda, andoza savdo instrumenti narxining lokal cho‘qqisida yoki yangi tarixiy maksimumida shakllanadi. Oqshom yulduzi - bu ko‘zga tashlanadigan uchta shamning kombinatsiyasi, shuning uchun uni grafikda aniqlash boshlovchi treyderlar uchun ham, tajribali treyderlar uchun ham qiyin bo‘lmaydi. |
"Oqshom yulduzi" yapon modelining asosiy xususiyatlari | "Oqshom yulduzi" shamli patternlarining xususiyatlariga quyidagi mezonlarni kiritish mumkin:
|
Nima uchun grafikda pattern hosil bo’ladi? | Grafikda patternning shakllanishi bozor ishtirokchilarini xaridorlar salohiyatining zaiflashuvi va sotuvchilar tomonidan narxga bosimning ortib borishi haqida ogohlantiradi. Ya’ni, aslida, bu bozorda talabning pasayishi sharoitida taklifning o‘sishini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, treyderlar va investorlarga pasayishda daromad olish imkoniyatini beradi. Grafikda patternni shakllantirish sabablariga aktiv narxiga ta’sir etuvchi salbiy fundamental omillarni kiritish mumkin. |
Savdoda patterndan qanday foydalanish mumkin? | "Oqshom yulduzi" modeli bilan savdo qilish uchun turli xil strategiyalar, jumladan, skalping, deytreyding va sving-treyding mos keladi. Grafikda pattern qurilgandan so‘ng, kotirovkalarning yanada pasayish ehtimoli yuqoriligiga ishonch hosil qilish, instrument bo‘yicha qisqa pozitsiyani ochish, stop-loss va teyk-profitni o‘rnatish kerak. |
“Oqshom yulduzi”ning afzalliklari va kamchiliklari | "Oqshom yulduzi"ni grafikda osongina aniqlash mumkin. Ushbu qonuniyat kotirovkalarni erta bosqichda pastga qayrilishining potensial darajalarini aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, modelning shakllanishi aksariyat hollarda "qulayotgan yulduz" modeli kabi qisqa muddatli korrektsiyalar emas, balki aynan trendning "ayiqchasiga" qayrilishlarini prognoz qiladi. Shu bilan birga, kichik taymfreymlarda pattern potentsial yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan soxta signallarni berishi mumkin. Shuningdek, “oqshom yulduzi” boshqa tahlil instrumentlari tomonidan qo‘shimcha tasdiqni talab qiladi, bu esa arzonroq narxlarda qisqa pozitsiyani ochishga olib kelishi mumkin. |
Shamli pattern qanday vaqt oralig‘ida hosil bo‘ladi? | "Oqshom yulduzi" patternini savdo terminalidagi M1 dan boshlab oylik chartgacha bo‘lgan barcha mavjud vaqt oralig‘ida uchratish mumkin. Ammo undan foydalanish M30-H1 va undan yuqori vaqt oralig‘ida samaraliroq bo‘ladi. |
“Oqshom yulduzi” patterni bo‘yicha stop-loss darajalari | "Oqshom yulduzi" figurasi cho‘qqida shakllanadi, shu bilan birga kuchli qarshilik darajasini bildiradi. Shuning uchun stop-losslarni "yulduz" tuzilmasidan yuqorida, qarshilik chegarasidan tashqarida o‘rnatish kerak. |
”Oqshom yulduzi” nima
"Oqshom yulduzi" - bu uch bardan iborat bo‘lgan va yuksaluvchi trendning pasayuvchi trendga o‘zgarishini bildiruvchi shamli tahlil figurasi. Qoida tariqasida, sham modelining shakllanishi uzoq muddatli "buqa" tendensiyasidan keyin narxning mahalliy yoki yangi tarixiy maksimumlarida sodir bo‘ladi.
Oqshom yulduzining paydo bo‘lishi xaridor kuchlarining tez zaiflashayotganidan dalolat beradi va aktiv bo‘yicha xaridlar taqchilligini namoyish etadi. Uchinchi "ayiq" shamining tuzilishi bilan bozordagi taklif talabning zaiflashuviga yo‘l ochadi. Bu narxning faol pasayishiga va bozorda chayqovchilarni yo‘q qilish kaskadiga olib keladi. Bu likvidatsiyalar instrument kotirovkalarining yanada pasayishi uchun yonilg‘i vazifasini o‘taydi.
Ushbu modelning aktiv grafigida paydo bo‘lishi treyderlar va investorlarga hosilaviy instrumentlar bo‘yicha qisqa pozitsiyalarni ochish yoki aksiyalar bozorida qisqa sotuvlarni amalga oshirish orqali pasayishda daromad olish imkonini beradi.
"Oqshom yulduzi" shamli patternini quyidagi moliya bozorlarida uchratish mumkin:
- Foreks;
- fond bozori;
- kriptovalyuta bozori;
- tovar va xomashyo bozorlari.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, pattern turli taymfreymlarda treyderlar tomonidan keng qo‘llaniladi. Bu sham modelini skalpingdan tortib uzoq muddatli savdogacha bo‘lgan turli xil strategiyalarda keng qo‘llash imkonini beradi.
“Oqshom yulduzi” patterni shakllanishi
"Oqshom yulduzi" patterni uch bosqichda shakllanadi:
- Dastlab, aktiv xaridorlar nazorati ostida ekanligini va "buqa" rallisi davom etishiga umid qilish mumkinligini ko‘rsatib, grafikda "buqa" shami shakllanadi.
- Ikkinchi sham kichik gep bilan yuqoriga qarab ochiladi, ammo butun davr mobaynida faollik keskin pasayadi. Ya’ni ikkinchi sham oxir-oqibatda kichik tanaga ega bo‘ladi va pildiroq, "qulayotgan yulduz," "osilgan odam" ko‘rinishida shakllanadi. Ba’zi hollarda ikkinchi sham jismsiz bo‘lishi va "dodji" shaklida yopilishi mumkin. Bu bozorning qayrilishiga signalni kuchaytiradi, shuning uchun bu paytda "buqa"larning qat’iyatsizligi ustunlik qiladi, "ayiqlar" esa o‘z bosimini oshiradi.
- Uchinchi sham ham kichik gep bilan ochiladi, lekin har doim ham emas. Aksariyat hollarda gep bo'lmaydi, ammo uning paydo bo'lishi signalni "ayiq" harakterli qayrilish haqidagi signalni kuchaytiradi. Uchinchi sham, birinchisi kabi, hajmli, ammo "ayiq" shamidir. U bozor pasayishga tayyorligini ko'rsatadi. Bu onda sotuvchilar narxni o'z nazorati ostiga olishadi va faol sotishni boshlaydilar. Muhim shart shundaki, uchinchi sham birinchi shamning kamida yarmini yopishi kerak. Agar u birinchi shamni to'liq yutib yuborsa, "ayiq" xarakteridagi hajmli shamlarning paydo bo'lishi bilan birga keskin pasayishni kutish darkor.
Shuni ta’kidlash joizki, "oqshom yulduzi" shamli patterni aktivning kuchli qarshilik darajasida konsolidatsiyalashgan davrida ham shakllanishi mumkin va bu holat "buqalar"ning zaifligidan darak beradi.
#BABA aksiyalarining haftalik jadvalida "ur va qoch" grafik patternini aniqlash mumkin, bu narxning keskin ko'tarilishini, so'ngra pastga qayrilish va keskin pasayishni nazarda tutadi. "Oqshom yulduzi" va "dodji oqshom yulduzi" patternlari narxlarning ma'lum darajada o'zgarishini aniqroq bashorat qildilar, ayniqsa "dodji" sham. Shu tariqa, "dodji oqshom yulduzi" paydo bo'lganidan so'ng, Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan birining aksiyalari qiymati ikki yil ichida 82 foizga arzonlashgan.
”Oqshom yulduzi”ni qanday aniqlash mumkin
"Oqshom yulduzi" shamli patternining shakllanish belgilarini bilgan holda, uni grafikda aniqlash hatto yangi yangi boshlayotgan treyder uchun ham qiyin bo‘lmaydi.
Shamli figura erta bosqichda trendning "ayiqsimon" qayrilishini aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun ushbu model paydo bo‘lganda, eng yaxshisi uzoq muddatli pozitsiyani yopishdir. Agar u tasdiqlansа, qisqa muddatli pozitsiyaga kirish nuqtasini ko‘rib chiqish mumkin.
Grafikdagi "Oqshom yulduzi" patternini aniqlash omillari:
- Yapon modeli yuksaluvchi tendensiyaning oxirida shakllanib, trend qayrilishidan darak beradi;
- pattern qarshilik darajasida quriladi, shuning uchun savdo instrumenti bo‘yicha asosiy tayanch va qarshilik chiziqlarini oldindan aniqlash muhim;
- agar birinchi va ikkinchi, shuningdek ikkinchi va uchinchi shamlar orasida gep paydo bo‘lsa, bu "oqshom yulduzi"ning aniq belgisidir;
- agar "ayiqsimon" sham birinchi "buqasimon" shamni sezilarli darajada qoplayotgan bo'lsa, bu "oqshom yulduzi" patternini shakllantirgandan so‘ng kuchli pasayuvchi harakatiga ishora etuvchi signal bo‘ladi;
- bir vaqtning o‘zida tik hajmini kuzatib borish muhim. Agar birinchi shamda hajm past bo‘lib, uchinchi shamda keskin oshsa, bu shamli figuraning tasdiqlangan belgisidir. Bundan tashqari, aktivdagi va undan chiquvchi moliyaviy oqimlarni kuzatib borish zarur. Bunga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki hajm bozordagi talab va taklifni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.
“Oqshom yulduzi” patterniga misol
Turli aktivlarda "oqshom yulduzi" shamli patterni o‘ziga xos tarzda shakllanadi.
Modelni bir nechta taymfreymda qurilishi misollarini ko‘rib chiqamiz.
1. Kriptovalyuta bozori, ETHUSD, M30 grafigi.
Ethereum kriptovalyutasining ikkinchi kapitalizatsiyasi bo‘yicha narx grafigida 3436.50 ning lokal cho‘qqisida oqshom yulduzi patternining shakllanishini kuzatish mumkin, uning tarkibiga yana bir "ayiq" model - "qulayotgan yulduz" ham kiradi. Bu narxning ortga qayrilishiga signal bo‘lgan va instrument bo‘yicha qisqa bitimlar ochish imkoniyatini ochib bergan.
Qisqa muddatli trendning o‘rtasida (konsolidatsiya holati), 3321.14 darajasida, "buqalar" ushbu qarshilik darajasini buzib o‘ta olmaganidan so‘ng yana bir "oqshom yulduzi" modeli shakllandi. Bundan tashqari, bu figuralarning har birida tik hajmlari o‘sa boshladilar, bu esa "ayiqlar" tomonidan bo‘layotgan bosimni tasdiqladi.
3212.42 darajasida qayrilish "buqasimon" "bolg'a" patternlarining shakllanishi pasayish trendini yakunlash uchun signal bo'ldi.
2. Foreks bozori, AUDUSD, H1 grafigi
AUDUSD valyuta juftligi grafigida, yuksaluvchi trendning yakunlanishi haqida signal beruvchi birinchi "qulayotgan yulduz" patternining tuzilishini aniqlash mumkin. Uning ortidan "Oqshom yulduzi" modelining shakllanishini kuzatish mumkin, uning tarkibiga yana bir "qulayotgan yulduz" modeli kirgan va shu bilan asosiy figurani kuchaytirgan. Shuningdek, "oqshom yulduzi" modelining tuzilishi paytida instrument bo‘yicha savdo operatsiyalarining o‘sishini ta’kidlash kerak, bu esa kotirovkalarning pastga qayrilishini tasdiqladi.
Asosiy tayanch darajasi 0.6506 ga yetgach, grafikda qarama-qarshi "oqshom yulduzi" figuralari - "tong yulduzi" va "dodji tong yulduzi" shakllandi. Bu "ayiqlar" uchun qisqa pozitsiyalarini yopishga signal bo‘ldi.
3. Qimmatli qog’ozlar bozori, #NIKE, H4 grafigi.
Aksiya grafiklarida shamli patternlar samaraliroq va ularning tuzilishi aniqroq bo‘ladi. Masalan, yuqoridagi grafikda aktivning 128.68-123.47 diapazonidagi konsolidatsiyasini kuzatish mumkin. Bu jamg‘armaning chiqishi yuqoriga ham, pastga ham bo‘lishi mumkin. Biroq, bunday vaziyatda, bu narxning lokal maksimumi ekanligini va unda ko‘plab "ayiqsimon" qayrilish modellarining shakllanayotganini hisobga olgan holda, narxning pastga tomon buzilishini kutish maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
Pastga qayrilish haqida birinchi bo‘lib "ayiq yutib yuborishi" patterni ogohlantirgan. Buning ortidan ishtirokchilarni aktivning yuqori narxlarga erishishi haqida ogohlantiradigan yana bir "osilgan odam" qayrilish modeli paydo bo‘ldi.
Keyinchalik, "oqshom yulduzi" patternlarining g‘ayrioddiy tuzilishini ko'rish mumkin. Biroq, ikkinchi shamdan keyingi geplar hammasini yaqqol nomoyon etadi. Bu holatda sotuvchilar tomonidan kuchli bosimni sezish mumkin.
"Oqshom yulduzlari"ni tasdiqlovchi modellar "qorong‘u bulutlar pardasi" va yana bir pattern "ayiqlar yutib yuborishi" bo‘ldi. Ular yakuniy signallarga aylandi, shundan so‘ng narx keskin pastga tushib ketdi.
4. S&P500 bo’yicha fyucherslar, D1 grafigi.
2022-yilning boshlanishi jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy qiyinchiliklar bilan belgilandi: inflyatsiyaning shiddatli o‘sishi, Markaziy banklarning pul-kredit siyosatining qat’iylashuvi, jahonda geosiyosiy harbiy mojarolarning yuzaga kelishi va boshqalar. So‘nggi 15-yil ichida Amerikaning asosiy S&P 500 indeksining rekord darajadagi past qiymatlarga tushib ketishi buning isbotidir.
Bunday pasayishga va bozorning "ayiq" fazasiga o‘tishiga "oqshom yulduzi"ning bir qator patternlarining, narxlar tarixiy maksimumlari asosida qurilishi yordam berdi. Bundan tashqari, shamli modellar "yuksaluvchi pona"ning kattaroq grafik formatsiyasini tasdiqladi. Bunday kombinatsiya bozorning barcha ishtirokchilari uchun uzoq pozitsiyalarni yopish uchun kuchli signal bo‘ldi.
“Oqshom yulduzi” bilan qanday savdo qilish kerak
O‘zining samaradorligi va soddalashtirilgan tuzilishi tufayli, oqshom yulduzi shamli patterni ko‘plab treyderlar tomonidan savdoda keng qo‘llaniladi. Shamli modelni savdo strategiyasiga osongina kiritish mumkin, bu esa daromadli bitimlar olish ehtimolini oshiradi. "Oqshom yulduzi"dan foydalangan holda bir nechta samarali savdo strategiyalarini ko‘rib chiqamiz.
1. Qarshilik darajalaridan savdo qilish
Ushbu strategiya bo‘yicha oqshom yulduzi modeli bilan savdo qilish asosiy qarshilik darajasi sohasida modelning yuqori qismida shakllangandan so‘ng qisqa pozitsiyani ochishni nazarda tutadi.
NZDUSD valyuta juftligining M30 grafikida 0.6085 darajasi ostida "oqshom yulduzi" patternining shakllanishini kuzatish mumkin. Shundan so‘ng savdo instrumentining narxlari biroz pasayib, qarshilik darajasini qayta sinash uchun yuqoriga qarab qayrildi. Biroq, bu urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Bunga ikkinchi "oqshom yulduzi" modelining paydo bo‘lishi va trend chizig‘ining pastga qarab buzib o‘tishi dalil bo‘ladi.
Bunday vaziyatda qisqa pozitsiyani birinchi model qurilganidan so‘ng yoki ikkinchisi shakllanganidan so'ng ochish mumkin edi. Yagona farq shundaki, birinchi model shakllanganidan so‘ng ochilgan pozitsiya biroz yuqoriroq bo‘lgani uchun foydaliroq bo‘lardi. Bunda stop-lossni 0.6090 darajadagi qarshilik chizig'idan yuqoriga o‘rnatish lozim edi. Teyk-profitni esa 0.6044-0.5999 tayanch darajalarida qismlarga bo‘lib o'rnatish mumkin edi.
2. Boshqa shamli formatsiyalar bilan birgalikda "Oqshom yulduzi" patterni bo‘yicha savdo qilish
Ushbu strategiya bo'yicha savdo qilish, boshqa shamli figuralar yordamida "oqshom yulduzi" patternini tasdiqlanishini nazarda tutadi.
Yuqoridagi #EBAY aksiyalarining to‘rt soatlik grafigida 59.02 qarshilik darajasida "oqshom yulduzi" patterni shakllanganini kuzatish mumkin, undan so‘ng aktiv narxlari pastga tomon haraktlana boshlagan.
Yulduz patterni ketidan "osilgan odam", "ayiq marubozusi" va "qulayotgan yulduz" patternlarining uzun yuqori soya bilan shakllanishi ko'rinadi. Ushbu figuralarning kombinatsiyasi bozorda xaridorlarning zaiflashishi va aktiv bo'yicha sotuvlar kuchayganligini tasdiqladi.
Bu holatda qisqa pozitsiyani ochish uchun, grafikdagi 57.05 qiymatlarida boshqa "ayiq" figuralari qurilganidan keyin arziydi. Stop-loss oldingi strategiyaga o'xshash tarzda qarshilik darajasidan 59.51 darajasida o'rnatiladi. Bu holda maqsadlar 55.21, 53.35, 50.42, 47.28 darajalari edi.
"Ayiqlar" uchun pozitsiyalarning yakuniy yopilishi to'g'risida signal "bolg'a" va "buqa kontr-atakasi"ning qayrilish naqshlarining shakllanishi edi. Ular savdo instrumentining narx jadvalida shakllantirilgandan so'ng, kotirovkalar yuqoriga ko'tarilib, "buqalar" pozitsiyasini 57.05 darajasiga qayrildi.
3. Texnik indikatorlardan foydalangan holda "oqshom yulduzi" patterni asosida kombinatsiyalangan savdo
"Oqshom yulduzi" patternidan foydalangan holda gibrid savdo qilish strategiyasi shamli tahlili va texnik indikatorlardan parallel foydalanishni nazarda tutadi.
Bunday savdoga misol tariqasida UKBRENT kunlik grafigini va quyidagi texnik indikatorlarni olamiz:
- MFI — aktivlar bo‘yicha pul oqimlari dinamikasini aks ettiruvchi hajmlar indikatori;
- Stochastic — o‘tmishda ma’lum bir narx davriga nisbatan narxning joriy holatini ko‘rsatadigan stoxastik ossillyator. U aktiv bo‘yicha qayta sotish va qayta sotib olish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi;
- MACD — bozor ishtirokchilariga trendning kuchi va yo‘nalishini diagnostika qilishga, shuningdek, bozorga kirishning yanada foydali nuqtalarini aniqlashga yordam beradigan sirpanuvchi o‘rtacha qiymatlarning o‘xshashligi/farqlanishining texnik indikatori.
Yuqoridagi grafikda "oqshom yulduzi" patternini qurish bilan parallel ravishda MFI va Stochastic qiymatlarining oshib ketgan zonadan pastga chiqishini kuzatish mumkin. Bu pul massasining aktivdan chiqib ketishidan dalolat beradi va narxning qayrilishiga signal bo‘ladi.
Bundan tashqari, MACD indikatori ko'rsatkichlari "oqshom yulduzi" hosil bo‘lish paytida, nol chegarasini yuqoridan pastga teshib o‘tib, manfiy zonada o‘sishni boshladi. Bu ham yo‘nalish o‘zgarganini tasdiqladi va narxga sotuvchilar tomonidan kuchli bosim o‘tkazilishini ta’kidladi.
Ushbu vaziyatda qisqa pozitsiyani 92.00 darajasidagi ushbu signallar olingandan so‘ng ochish kerak edi. Stop-lossni 96.47 darajaga qo‘yish kerak edi. Foyda bo‘yicha maqsad 82.58 belgisida bo'lib, bu yerda "buqalar"ni kuchli tayanch darajasi kesib o‘tadi. Bundan tashqari, ushbu modelning ikkinchi va uchinchi shamlari o‘rtasida "tong yulduzi" va gep patternin shakllanishi, short pozitsiyani yopishga signali bo‘lib xizmat qildi.
“Oqshom yulduzi” va “Tonggi yulduz” patternlari: farqlari
"Oqshom yulduzi" patterni "tonggi yulduz" shamli modelining "ayiq" formatsiyasidir.
Jadval yordamida ikki formatsiyaning farqlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
"Oqshom yulduzi" | "Tong yulduzi" |
"Oqshom yulduzi" aktivning pastga qayrilishi haqida signal beradi. | "Tong yulduzi" pasayish trendi tugashi haqida ogohlantiradi va narxning yuqoriga qayrilishi haqida signal beradi. |
Yuksaluvchi trend oxirida lokal yoki yangi tarixiy narx maksimumlarida shakllanadi. | "Tong yulduzi" patterni pasayish tendensiyasining oxirida savdo instrumenti asosida tuziladi. |
Shakl uchta shamdan tashkil topgan: birinchisi "buqa" shami, ikkinchisi yashil yoki qizil rangli sham va uchinchisi "ayiq" shami. | Shakl ham uch bardan iborat: birinchisi qizil rangli sham, ikkinchisi har qanday tomonga yo‘nalgan sham va uchinchisi "buqa" tipidagi sham. |
Modelni qurishda qisqa pozitsiyani ochish va stop-lossni qarshilik darajasidan yuqoriroq o‘rnatish kerak. | Ushbu figurani shakllantirishda uzun pozitsiyani ochish va stop orderni tayanch darajasidan pastroqda o’rnatish kerak. |
"Oqshom yulduzi" modelining afzalliklari va kamchiliklari
Treydingda mavjud har qanday boshqa shamli model kabi, “oqshom yulduzi” modeli ham savdo qilishda o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Shamli modelning afzalliklari quyidagiardir:
- shamli modeli treyderlar va investorlarga narxlarni pastga qayrilishi darajasini oldindan aniqlash va bozorga yanada manfaatli kirish imkonini beradi;
- patternni deyarli har qanday moliyaviy aktiv grafiklarida topish mumkin va turli taymfreymlarda qo'llash mumkin. Bu omil, patternni turli xil savdo strategiyalariga muvaffaqiyatli kiritish va savdo qarorlarini yanada samarali qabul qilish imkonini beradi;
- patternni narx grafigida osongina aniqlash mumkin;
- shamli modelda qisqa pozitsiyani ochish, stop-lossni o'rnatish va teyk-profitni aniqlashning qoidalari mavjud.
"Oqshom yulduzi" patternining kamchiliklariga quyidagi omillarni kiritish mumkin:
- patterndan M30 dan yuqoriroq grafiklarda foydalangan ma'qul. Model qanchalik katta vaqt oralig'ida shakllangan bo'lsa, uning trend qayrilishi signali shunchalik kuchli bo'ladi. M30 dan pastroq bo'lgan grafiklarda bozor shovqinining baland darajasi tufayli soxta tuzilmalarni olish xavfi mavjud;
- ushbu pattern bilan savdo qilishda texnik indikatorlar va boshqa shamli qayrilish modellari orqali qo'shimcha tasdiqlarni olish kerak.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, "oqshom yulduzi" patterni ishonchli shamli formatsiya bo‘lib, u savdo ishtirokchilariga narxning qayrilish nuqtalarini oldindan aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida, qisqa muddatli bitimni yanada qulay narxlarda amalga oshirishga va namuna muvaffaqiyatli ishlagan taqdirda foydani oshirishga imkon yaratadi.
"Oqshom yulduzi" shamli modeli cho‘qqida juda oson aniqlanadigan uchta shamdan iborat oddiy tuzilishga ega. Ushbu patternni texnik indikatorlar hamda boshqa grafik va shamli modellar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi.
Pattern savdo strategiyangizni kuchaytirish va uning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Oqshom yulduzi" patternini savdo tizimiga muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun siz LiteFinance kompaniyasining bepul demo-hisobidan foydalanishingiz mumkin. Onlayn savdo platformasi keng assortimentdagi aktivlar va tahlilning texnik instrumentlarini taqdim etadi.
”Oqshom yulduzi” patterni bo‘yicha savollar
"Qulayotgan yulduz" modeli qisqa tanali va uzun yuqori soyali bitta shamdan iborat, "Oqshom yulduzi" patterni esa uchta shamdan tashkil topgan bo‘lib, narxning pastga qayrilishi uchun kuchli signal hisoblanadi. "Qulayotgan yulduz" ham qayrilish signali bo‘lsa-da, ko‘pincha u soxta signal beradi va narx qisqa muddatli korreksiyadan so‘ng o‘sishni davom ettiradi.
"Oqshom yulduzi" modeli, grafikdagi trendning o‘zgarishi haqida oldindan ogohlantiruvchi samarali qayrilish figurasi hisoblanadi. Ammo, boshqa har qanday shamli modellar kabi, uni boshqa patternlar va texnik indikatorlar yordamida tasdiqlanishi talab etiladi.
Yuqoriroq vaqt oraliqlarida 80-90% hollarda pattern bo‘yicha qayrilish sodir bo‘ladi. Bunday kuchli figura katta miqyoslarda, eng kamida, bozor ishtirokchilarini savdo instrumenti bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan chegirmali savdo haqida ogohlantiradi va uzun pozitsiyalarni yanada manfaatliroq yopish imkonini beradi.
Avvalo, grafikdagi "oqshom yulduzi" patternini aniqlash va aktiv bo‘yicha tayanch va qarshilik darajalarini belgilash zarur. So‘ngra, savdoda qo‘llanilayotgan texnik indikatorlar va boshqa shamli modellar tomonidan ham tasdiqlanishini kutish lozim. O‘z prognozingizga ishonch hosil qilgach, qisqa pozitsiyani ochish va stop-lossni figuradan va qarshilik darajasidan yuqoriroq o‘rnatish zarur. Foyda olishni esa eng yaqin tayanch darajalarida yoki grafikda "buqasimon" qayrilish patternlari shakllangunicha belgilash maqsadga muvofiq.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.























