“Buqa yutib yuborishi” patterni haqidagi asosiy ma’lumot uning nomida yashiringan. Uning mohiyati shundaki, ikkinchi shamning ochilish narxi avvalgi shamning ochilish narxidan pastroq bo‘ladi, shuningdek, ikkinchi shamning yopilish narxi avvalgi shamning yopilish narxidan yuqoriroq bo‘ladi. Ya’ni, bu model bozor ishtirokchilarini narxlarning tez orada yuqoriga qayrilishi va "ayiqlar"ning taslim bo‘lishi haqida ogohlantiradi.

"Buqa yutib yuborishi" shamli tahlilda qayrilish patternlarining bir turiga kiradi.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


“Buqa yutib yuborishi” patterni nima?

"Buqa yutib yuborishi" modeli ikkita yapon shamidan tashkil topgan bo‘lib, ularning ikkinchisi yutuvchi va "buqa" shami hisoblanadi.

"Yutib yuborish" figurasi asosda pasayuvchi trendda shakllanadi va aktivning kuchli tayanch darajasiga erishganini ko‘rsatadi, bu yerda xaridorlar foydasiga qayrilish nuqtasi boshlanadi.

Ushbu modelni Foreks bozorida savdo qilishda tez-tez uchratish mumkin. U qimmatli qog‘ozlar grafiklarida eng ko‘p ifodalangan, chunki bu instrumentlarda geplar ko‘proq uchraydi va grafikda "buqa yutib yuborishi" patterni yaxshiroq ko‘rinadi. Shuningdek, figurani tovar va kriptovalyuta bozorlarida ham uchratish mumkin.

LiteFinance: “Buqa yutib yuborishi” patterni nima?

Masalan, "Ford Motor Co" kompaniyasining kunlik aksiyalari grafiklarida "buqa yutib yuborishi" patternlari seriyasi paydo bo‘lganidan so‘ng aktivlar yuqoriga qayriladi.

Bundan tashqari, kuchli qo‘llab-quvvatlash darajasini ajratib ko‘rsatish lozim, bunda narx uch marta sakrab o’tdi, bu esa aktiv bo‘yicha uzoq pozitsiyani ochish uchun signal bo‘ldi.

LiteFinance: “Buqa yutib yuborishi” patterni nima?

Shamli grafikda “yutib yuborish” patternini qanday topish mumkin?

Shamli grafikda “buqa yutib yuborishi” modelini aniqlash oson, faqatgina pattern uchta mezonni qoniqtirishi kerak:

  1. Narxning qaysi yo‘nalishda harakatlanayotganini aniqlash lozim. "Yutib yuborish" buqa patternida ma’lum bir aktivning grafigida aniq ifodalangan pasayuvchi trend kuzatilishi kerak, chunki model aynan trendning tubida paydo bo‘ladi. Pasayuvchi trend uzoq muddatli yoki qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Biroq, aktiv uzoq muddat konsolidatsiyada bo‘lib, o‘sish uchun yangi poydevor shakllantiruvchi holatlar ham uchraydi.
  2. Ikkinchi buqa shamining tanasi birinchi sham tanasini to‘liq qoplashi juda muhim. Bunda birinchi sham soyalarining qoplanishi ahamiyatga ega emas.
  3. Buqa shami tanasining rangi yashil yoki oq, birinchisiniki esa qizil yoki qora bo‘lishi kerak. Ammo birinchi va ikkinchi “buqa yutib yuborishi" shamlarining ranglari bir xil bo‘lgan istisnolar ham mavjud. Masalan, birinchi sham tanasi juda kichik yoki umuman mavjud bo‘lmagan hollarda. Shamning kichik tanasi yoki uning yo‘qligi "dodji" shamli patternini ifodalaydi, bu ham narxning tez orada buqaga o‘xshab o‘zgarishining belgisi bo‘lib, bozordagi beqarorlikni aks ettiradi.

LiteFinance: Shamli grafikda “yutib yuborish” patternini qanday topish mumkin?

Savdoda “buqa yutib yuborishi" patterni

Har qanday savdoda, avvalo, aktiv qayerdan qayrilishi mumkinligini tushunish uchun qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini aniqlash muhimdir. Bundan tashqari, savdo hajmlari va stakan bo‘yicha yirik limit hamda bozor orderlarining joylashuvini nazorat qilish muhim. Ushbu ma’lumotlarga sham va indikator tahlillari bilan birgalikda tayanib, bitimni ochish uchun yanada qulay pozitsiyani aniqlash mumkin.

Ta’kidlash joizki, "buqaning yutishi" sham patterni qarama-qarshi figuralar toifasiga kiradi. Bu namuna tufayli treyder kotirovkalar qayriladigan hudud yoki darajani osonlik bilan aniqlay oladi.

"Buqa yutib yuborishi" patterni paydo bo‘lganda tendensiyaning qayrilish ehtimolini oshiradigan omillar:

  1. Patternning birinchi shamchasi qisqa, ikkinchi buqa shamchasi esa yetarlicha uzun bo‘ladi. Bu "ayiqlar" kuchsizlanib, tashabbus "buqalar" qo‘liga o‘tishini anglatadi.
  2. "Buqa yutib yuborishi" patterni uzoq muddatli pasayuvchi trenddan so‘ng shakllanadi.
  3. Buqa shamchasi katta savdo hajmi fonida shakllanadi. Bu bozor ishtirokchilari ma’lum bir narx darajasida kelishuvga erishganligini ko‘rsatadi va bozor buqa kayfiyatiga ega bo‘ladi.
  4. Trendning qayrilishini kuchaytiradigan yana bir omil - bu ikkinchi shamning oldingi bir nechta shamlarni “yutib yuborishi”, ya’ni o‘z ichiga olishidir.

LiteFinance: Savdoda “buqa yutib yuborishi" patterni

"Yutib yuborish" patternini qanday tasdiqlash mumkin?

Sham tahlilida ko‘plab shakllar va kombinatsiyalar mavjud bo‘lib, ular buqa "yutib yuborishi" patternini tasdiqlashi mumkin. Bundan tashqari, "yutib yuborish" figurasi paydo bo‘lganda trend qayrilishiga ishonch hosil qilish uchun texnik tahlilning eng oddiy indikatorlaridan foydalanish mumkin. Grafikka stoxastik RSI, MACD yoki Stoch indikatorlarini qo‘shish yetarli, bu esa narx sakrashi mumkin bo‘lgan hududlarni oldindan aniqlash imkonini beradi.

Agar aynan shu hududda buqa "yutib yuborishi" patterni shakllansa va boshqa sham modellari bilan tasdiqlansa, sotib olish bo’yicha bitim ochishni o’ylab ko’rish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, "yutib yuborish" modelining tasdig‘i sifatida kattaroq miqyosli narx patternlari, masalan, "ikki jarlik", "qulayotgan pona", "yuksaluvchi uchburchak" va boshqalar xizmat qilishi mumkin.

EURUSD bo’yicha to‘rt soatlik grafikni batafsil ko‘rib chiqamiz. Quyidagi rasmda pastga yo‘nalgan trendning shakllanishi ko‘rinib turibdi, uning asosida ko‘plab buqa qayrilish signallari hosil bo‘lgan:

  • "qulayotgan pona" narx patternining shakllanishi - undan chiqish yuqoriga sodir bo‘ladi;
  • RSI indikatorida buqa divergensiyaning shakllanishi - bu esa treyderlarni "ayiqlar" salohiyatining zaiflashishi va narxning tez orada o‘zgarishi haqida oldindan ogohlantirgan;
  • RSI qiymatlarining quyi chegaradan sakrashi;
  • MACD indikatori nol chegarasini musbat tomonga kesib o‘tishi;
  • Bolg‘a”, "teskari bolg‘a" va "buqa yutib yuborishi" kabi qarama-qarshi patternlar seriyasining hosil bo‘lishi.

Ushbu signallarning birgalikda kelishi aktivning long pozitsiya ochish mumkin bo‘lgan mahalliy tubiga yetganligini ko‘rsatadi.

LiteFinance: "Yutib yuborish" patternini qanday tasdiqlash mumkin?

Stop-loss yordamida riskni qanday kamaytirish mumkin

Bitimni ochishdan va stop-loss darajalarini belgilashdan avval, aktiv bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini aniqlash zarur.

Grafikda "yutib yuborish" patternini aniqlagandan so‘ng va xarid uchun bitimni ochgach, shakllangan model yoki qo‘llab-quvvatlash darajasidan pastroq stop orderini qo‘yish kerak. Agar boshqa sham modellari yoki texnik indikatorlar yordamida "yutib yuborishi" patternining tasdig‘i olinsa, shuningdek, vosita haqiqatan ham qayrilayotganiga ishonch hosil qilinsa, u holda stop-lossni oldingi minimal qiymatlardan pastga qo‘yish mumkin. Masalan, ushbu misolda bo‘lgani kabi, stop-lossni hosil bo‘lgan "bolg‘a" qayrilish patternidan pastga qo‘yish mumkin.

Har ikki holatda ham xavf-xatarlarni hisoblash va pul boshqaruviga muvofiq harakat qilish kerak, chunki treyderni maqsadi pul ishlash, yo‘qotish emas.

LiteFinance: Stop-loss yordamida riskni qanday kamaytirish mumkin

Qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalari

Qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalari savdoning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, chunki bu darajalarni to‘g‘ri aniqlash orqali daromadli va samarali savdo strategiyasini ishlab chiqish mumkin.

Aslida, ma’lum bir qo‘llab-quvvatlash darajasida boshqa modellar bilan birgalikda buqa yutib yuborishi signali bozor ishtirokchilarini tez orada qayrilish haqida ogohlantiradi. Qarshilik darajasi esa bu holda foydani belgilashning taxminiy maqsadi hisoblanadi. Ya’ni, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini aniqlab, xavf-xatarlarni kamaytirgan holda daromadliroq kirish va chiqish nuqtalarini topish mumkin.

Quyidagi XAUUSD grafikda asosiy qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarining taqsimoti ko‘rsatilgan. "Buqa yutib yuborishi" patterni ko‘tarilishga ishora qilgani va grafikda aniq ifodalangan o‘sish tendensiyasi kuzatilgani sababli, foydani belgilash nuqtalarini aniqlash uchun bizni ko‘proq qarshilik darajalari qiziqtiradi.

Aktivning uzoq muddatli konsolidatsiyasidan so‘ng, qo‘llab-quvvatlash darajasi aniqlandi va unda "buqa yutib yuborishi" patterni shakllandi. Bu joyda stop-lossni qo‘llab-quvvatlash darajasidan pastroqqa o‘rnatib, sotib olish bitimini ochish lozim.

O‘tgan davrlar grafigi tahlil qilingach, qarshilik darajalari to‘rsimon tartibda aniqlandi. Shu sababli, teyk-profitni ham bitim umumiy hajmining 50 foiz foydasini qayd etgan holda to‘rsimon tartibda joylashtirish kerak.

Qarshilikning maksimal darajasiga yetgach, narx “ayiq yutib yuborishi patterni”ni hosil qildi. Bu esa pozitsiyani katta foyda bilan to‘liq yopish uchun signal bo‘ldi.

Ko‘rinib turibdiki, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalari kuchli ustunlikka ega, chunki ular bozorda likvidlik to‘planish darajalarini aniqlash imkonini beradi. Bu darajalarning yorib o‘tilishi esa narxning keyingi harakatini belgilaydi.

LiteFinance: Qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalari

Buqa yutib yuborishi patternlariga misollar

USDCHF valyuta juftligining kunlik grafikidagi “buqa yutib yuborishi” patterni misolini ko‘rib chiqamiz. Quyidagi rasmda ko‘rinib turibdiki, aktiv qo‘llab-quvvatlash darajasida “buqa yutib yuborishi”ning shamli patternini hosil qilgan.

Bundan tashqari, alohida shamlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, birinchi kuni bozordagi beqarorlikni ko‘rsatuvchi "dodji" modeli shakllangan. Ikkinchi kuni esa "teskari bolg‘a" buqa shami paydo bo‘ldi, bu esa qayrilish shakllariga tegishli. Birinchi "yutib yuborish" patternining tasdig‘i sifatida yana bir "teskari bolg‘a" modeli va "buqa yutib yuborishi" figurasi paydo bo‘ldi.

Ko‘rinib turibdiki, instrument bo‘yicha buqa figuralari paydo bo‘lgandan so‘ng uch haftalik ralli boshlandi.

Bunday vaziyatda stop-lossni qo‘llab-quvvatlash chizig‘idan pastga joylashtirgan holda sotib olish bitimini ko‘rib chiqish mumkin edi.

LiteFinance: Buqa yutib yuborishi patternlariga misollar

"Buqa yutib yuborishi" patternining ishlashiga yana bir misol sifatida ETHUSD bo’yicha kunlik grafigini keltirish mumkin. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, aktiv ma’lum vaqt davomida to‘planib borgan va "buqa yutib yuborishi" sham tahlili patterni shakllangandan so‘ng, instrument bo‘yicha o‘sish tendensiyasi shakllana boshlagan.

Bundan tashqari, ikki shamli "yutib yuborishi" patterni tarkibiga treyderlarga narxning buqaga o‘xshab o‘zgarishi haqida ogohlantiruvchi yana bir "bolg‘a" modeli ham kirgan. Buqa yutib yuborishining tasdig‘i sifatida "teskari bolg‘a" modeli xizmat qilgan, bu ham qayrilish figurasi hisoblanadi. Ushbu patternlarning birgalikda kelishi uzoq davom etuvchi buqa trendiga asos soldi.

LiteFinance: Buqa yutib yuborishi patternlariga misollar

"Buqa yutish" patternining aniqroq va to‘g‘ri tuzilishini Netflix, Inc. kompaniyasining kunlik aksiyalar grafikida ko‘rib chiqish mumkin. Pasayuvchi trenddan so‘ng, aktiv qo‘llab-quvvatlash chizig‘iga yaqin qayrilishni boshladi va shu bilan birga "buqa yutish" patternlari seriyasini shakllantirdi. Bundan tashqari, narxning o‘zgarishini tasdiqlovchi "bolg‘a" va "teskari bolg‘a" patternlari ham paydo bo‘ldi.

Shuningdek, "Uchta oq askar" trend davom etish modelining paydo bo‘lishini ta’kidlash lozim, undan so‘ng narx biroz korreksiyalandi va qarshilik darajasigacha o‘sishda davom etdi.

LiteFinance: Buqa yutib yuborishi patternlariga misollar

"Buqa yutishi" patterni bo‘yicha qanday savdo qilish kerak?

"Buqa yutish" patterni bo‘yicha bosqichma-bosqich savdo algoritmini ko‘rib chiqamiz. Misol tariqasida qisqa muddatli savdo uchun soatlik grafikka ega EURCAD valyuta juftligini olamiz.

1. Pattern va qo‘llab-quvvatlash hamda qarshilik darajalarini aniqlash

Savdo uchun aktiv tanlangandan so‘ng, grafikda "buqa yutib yuborishi" shamli modelini, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini aniqlash kerak. Quyidagi rasmda uch shamli "Tong yulduzi" modelining shakllanishi ko‘rinib turibdi, uning tarkibiga "buqa yutib yuborishi" patterni ham kiradi.

LiteFinance: 1. Pattern va qo‘llab-quvvatlash hamda qarshilik darajalarini aniqlash

2. Texnik indikatorlar tahlili

Keyingi qadamda grafikka MACD va RSI stoxastik indikatorlarini qo‘shish orqali “haddan ziyod sotib olinganlik” va “haddan ziyod sotilganlik” zonalarini aniqlash kerak. Bu holatda RSI indikatori qiymatlar quyi chegaraga yetganligini va haddan ziyod sotilganlik holatiga tushganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu narxning tez orada o‘zgarishi haqida ogohlantiruvchi buqa divergensiyasi bilan birga keladi.

MACD indikatorida ham nol zonasini yuqoriga kesib o‘tish kuzatiladi, bu qayrilishning belgisi hisoblanadi.

LiteFinance: 2. Texnik indikatorlar tahlili

3. Patternni boshqa sham modellari bilan tasdiqlash

Quyida ko‘rinib turibdiki, instrument bo‘yicha "buqa yutib yuborishi"ni tasdiqlovchi sham modellari shakllangan. "Bolg‘a" va "teskari bolg‘a"ning paydo bo‘lishi treyderlarni bozordagi buqa kayfiyatidan ogohlantiradi.

LiteFinance: 3. Patternni boshqa sham modellari bilan tasdiqlash

4. Uzoq muddatli pozitsiyani ochish, maqsadni belgilash va stop-lossni o‘rnatish

Aktivning qayrilayotganiga ishonch hosil qilganimizdan so‘ng, uzoq muddatli pozitsiyani ochib, stop-lossni o‘rnatishimiz zarur. Uzoq muddatli pozitsiyani faqat texnik indikatorlar va boshqa qayrilish sham modellari yordamida tasdiqlangan "buqa yutib yuborishi" patterni tasdiqlangandan keyingina ochish lozim. Stop-lossni “yutib yuborish” shamining soyasidan pastroqdagi qo‘llab-quvvatlash darajasidan tashqariga chiqarish kerak.

Dastlabki maqsad yuqori qarshilik darajasida o‘rnatiladi, chunki u yerda instrument bo‘yicha eng yuqori likvidlik shakllangan.

LiteFinance: 4. Uzoq muddatli pozitsiyani ochish, maqsadni belgilash va stop-lossni o‘rnatish

5. Foydani qayd etish

Foydani qismlarga bo‘lib ham, maqsadga erishilganda ham qayd etish mumkin.

Konservativroq savdo bitimni qismlarga bo‘lib, bosqichma-bosqich yopishni nazarda tutadi.

Ko‘rinib turibdiki, maqsadga 7 kun o‘tgach erishilgan, bunda 2614 bazis punktlarida foydani qayd etish mumkin.

LiteFinance: 5. Foydani qayd etish

Buqa va ayiq yutib yuborish modellari o‘rtasidagi farq

Buqasimon va ayiqsimon “yutib yuborish” o‘rtasidagi farq shundaki, modelni to‘g‘ri ishlashi uchun pattern to‘g‘ri joyda shakllangan bo‘lishi shart. Ya’ni, "ayiq yutib yuborishi" yuqori cho‘qqida paydo bo‘lib, yuksaluvchi trendning tugashini bildiradi, "buqa yutib yuborishi" esa pastki nuqtada shakllanib, yuqoriga qayrilish haqida ogohlantiradi. Buqasimon ham, ayiqsimon"yutib yuborish" ham bir xil ma’lumotni beradi, faqat turli yo‘nalishlarda.

"Buqa yutib yuborishi" patternidan foydalanish bo‘yicha xulosa

LiteFinance: "Buqa yutib yuborishi" patternidan foydalanish bo‘yicha xulosa

Xulosa qilib aytganda, "buqa yutib yuborishi" patterni qayrilish patternlarining bir turi bo‘lib, treyderlarni pastki nuqtada kuchayib borayotgan buqasimon faollik haqida ogohlantiradi.

Grafikda ushbu pattern paydo bo‘lganda, uni boshqa shamli figuralar va texnik indikatorlar yordamida tasdiqlanishini kutish lozim.

"Buqa yutib yuborishi" patterni bo‘yicha savdoni qulay va ko‘p funksiyali LiteFinance savdo terminalida demo-hisob orqali bepul sinab ko‘rishingiz mumkin.

"Buqa yutib yuborishi" patterni bo’yicha tez-tez so‘raladigan savollar

Foreksda "buqa yutib yuborishi" patterni - bu ikki shamli model bo‘lib, unda ikkinchi buqasimon sham qizil rangdagi birinchi shamni yutadi. Bu model pastki nuqtada shakllanadi va narxlarning yuqoriga qayrilishi haqida signal beradi.

"Buqa yutib yuborishi" figurasi bozorning qayrilish modellariga kiradi va kuchlar muvozanatining xaridorlar tomoniga o‘tishi haqida ma’lumot beradi. "Buqa yutib yuborishi" modelining ishonchliligi shundaki, u bozor ishtirokchilariga narxning o‘zgarish nuqtasini va manfaatliroq kirish joyini aniqlashda ko‘proq yordam beradi.

Avvalo, grafikdagi shaklni, shuningdek, aktiv bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini aniqlash lozim. Texnik indikatorlar va boshqa shamli patternlari yordamida buqaning yutish modeli tasdiqlangandan so‘ng, sotib olish bitimini ochish va buqa shamli patternining eng past qiymatidan yoki qo‘llab-quvvatlash darajasidan pastroqqa stop-lossni o‘rnatish kerak. Maqsad, likvidlikning jamlanish joyida, ya’ni qarshilik darajasida, sotish bo’yicha katta hajmdagi limit orderlari joylashgan zonada belgilanadi.

Grafikda “buqa yutib yuborishi” patterni: bu nima va u bilan qanday savdo qilinadi?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat