“Bolg‘a” shamli patterni – narxning yuqoriga qayrilishning muhim signalidir. U sotuvchilar zaiflashayotganini, xaridorlar esa tashabbusni qo‘lga olayotganini bildiradi. Ushbu sham modelini grafikda taniy olish va uni to‘g‘ri talqin qilish qobiliyati sizga bozor o‘zgarishlariga o‘z vaqtida reaksiya ko’rsatish hamda to‘g‘ri savdo qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.

Ushbu maqolada biz “Bolg‘a” patterni nima ekanligi, uni narx grafigida qanday aniqlash va foydani oshirish hamda risklarni kamaytirish uchun savdoda “Bolg‘a”dan qanday foydalanish kerakligini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

  • “Bolg‘a” shamli patterni – “ayiq” trendi tugaganidan so‘ng kotirovkalar o‘sishi mumkinligi haqida signal beradi. U kichik tanali va pastki qismida uzun soyali shamga o‘xshaydi. Muhim: pastki soya tananing o‘zidan kamida ikki baravar uzun bo‘lishi kerak.
  • “Bolg‘a” yapon shami kun davomida narx tushib, so‘ngra xaridorlar faol xaridlarni boshlaganida va kotirovkalar o‘sa boshlaganida paydo bo‘ladi.
  • Agar “Bolg‘a”ni ko‘rsangiz, faqat keyingi sham bilan tasdiqlangandan so’nggina uzun pozitsiyalarni ochish mumkin. Stop-loss “bolg‘a” soyasidan biroz pastroqqa qo‘yiladi.
  • Signalni texnik indikatorlar, masalan, RSI yoki MACD yordamida tasdiqlagan ma’qul. Shuningdek, tayanch va qarshilik darajalarini ham hisobga olish kerak.
  • “Bolg‘a” patternining afzalligi shundaki, u narxlar o‘sishi boshlanishini erta aniqlashga yordam beradi. Kamchiligi esa soxta signallar ham bo‘lib turishidir.
  • Qayrilish signali bo‘lgan “Bolg‘a” patternini istalgan taymfreymda – bir daqiqalikdan tortib bir kunlikkacha – ko‘rish mumkin. U volatilligi yuqori bo‘lgan bozorlarda, masalan, Foreks yoki kriptovalyuta bozorlarida yaxshiroq ishlaydi.

“Bolg‘a” shami nima?

“Bolg‘a” yapon shami – “Price Action” savdo strategiyasining shamli modeli bo‘lib, u pasayuvchi trend yaqin orada o‘zgarishini bildiradi. Uning yuqori qismida kichik tana va pastki qismida tanadan kamida ikki baravar uzun soya bo‘ladi.

Yuqori soyasi deyarli bo‘lmaydi. Tananing rangi unchalik muhim emas, lekin “buqa bolg‘asi” “ayiq bolg‘asi”ga qaraganda kuchliroq signal hisoblanadi. Bu sham xaridorlarning kuchi ortganini va bozor yuqoriga harakatlanishi mumkinligini ko‘rsatadi.

“Bolg‘a” shamining tuzilishi

Keling, “Bolg‘a” patternining tuzilishini ko‘rib chiqamiz.

  • Ochilish narxi – bu muayyan davr boshlanishidagi narx. U yopilish narxiga yaqin bo‘lishi juda muhim.
  • Yopilish narxi – bu muayyan davr tugashidagi narx. U ham ochilish narxiga yaqin bo‘lishi kerak.
  • Minimum – savdo sessiyasi davomidagi eng past narx. “Bolg‘a” shamining uzun pastki soyasi yangi minimum qayd etilganini ko‘rsatadi.
  • Maksimum – savdo sessiyasi davomidagi eng yuqori narx. U ochilish va yopilish narxlari atrofida bo‘lishi kerak.
  • Narx diapazoni – maksimum va minimum o‘rtasidagi farq. “Bolg‘a”da uzun pastki soya tufayli bu diapazon keng bo‘ladi.
  • Tana – ochilish va yopilish narxlari o‘rtasidagi farq. “Bolg‘a” patternida tana kichik bo‘ladi va uning rangi muhim emas.
  • Odatda yuqori soyasi bo‘lmaydi yoki u juda qisqa bo‘ladi. Pastki soyasi esa tanasidan kamida ikki baravar uzun bo‘ladi.

LiteFinance: “Bolg‘a” shamining tuzilishi

Texnik tahlilda “Bolg‘a” shamining turlari

Treydingda “Bolg‘a” yapon shamining bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ularning har biri alohida talqin qilinadi.

Buqa bolg‘asi

Agar grafikda “Buqa bolg‘asi”ni ko‘rsangiz, demak, narx tez orada yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. Bu pattern qisqa tanali va pastki qismida uzun soyasi bor shamga o‘xshaydi. Keyingi sham “Bolg‘a” tanasidan yuqorida yopilishini kutish muhim — bu xarid qilish uchun signal bo‘ladi.

LiteFinance: Buqa bolg‘asi

Osilgan odam

“Osilgan odam” shami narxning ehtimoliy pasayishidan darak beruvchi signaldir. U narx avvaliga ko‘tarilib, so‘ng keskin tushganda, biroq davr oxiriga kelib deyarli boshlang‘ich nuqtaga qaytganida paydo bo‘ladi. Natijada shamning uzun pastki soyasi hosil bo‘ladi. Bu haqiqatan ham pasayish signali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun keyingi shamlardan tasdiq kutish lozim.

LiteFinance: Osilgan odam

Teskari bolg'a

“Teskari bolg'a” patterni trendning yuqoriga o‘zgarishi mumkinligini bildiradi. U quyidagicha ko‘rinadi: pastda kichik sham tanasi va yuqorida uzun soya. Bu haqiqatan ham shamli qayrilish ekaniga ishonch hosil qilish uchun keyingi sham yuqoriga harakatlanishini kutish lozim.

LiteFinance: Teskari bolg'a

Qulayotgan yulduz

“Qulayotgan yulduz” patterni — bozorning “ayiq” qayrilishi haqida ogohlantiruvchi signaldir. U o‘sishdan keyin paydo bo‘lgan kichik qizil yoki yashil sham ko’rinishida bo’ladi. Uning tanasi kichik, yuqori soyasi uzun, pastki soyasi esa deyarli yo‘q. Bu o‘sish tez orada yakunlanishi mumkinligiga ishoradir.

LiteFinance: Qulayotgan yulduz

“Bolg‘a” va “Doji” shamlari

Texnik tahlilda "Bolg‘a" va "Doji" patternlari ko‘pincha trendning ehtimoliy o‘zgarishidan signal beruvchi modellar hisoblanadi. "Doji" patternining "Bolg‘a"dan farqi - uning deyarli tanasi yo‘q – ochilish va yopilish narxlari deyarli bir xil bo‘lib, bu bozordagi beqarorlikni aks ettiradi.

Xususiyatlari

Bolg‘a

Doji

Tanasi

Kichik, diapazonning yuqori qismida

Deyarli yo‘q

Pastki soya

Uzun

Uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin

Yuqori soya

Kichik yoki yo‘q

Uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin

Ahamiyati

"Ayiq" trend tugaganligidan signal beradi, "buqa" qayrilishi

Bozorda beqarorlik borligidan signal beradi

LiteFinance: “Bolg‘a” va “Doji” shamlari

"Bolg‘a" patterni bilan kombinatsiyalashgan savdo qilish misoli

Treydingda "Bolg‘a" modelidan foydalanish – bu grafikda o‘ziga xos patternlarni topib, ularni texnik tahlilning boshqa instrumentlari bilan tasdiqlashni anglatadi.

"Bolg‘a" patterni bo‘yicha savdo qilish misolini USD/JPY kunlik grafigida ko‘rib chiqamiz.

LiteFinance: "Bolg‘a" patterni bilan kombinatsiyalashgan savdo qilish misoli

Bozor trendini aniqlaymiz va kelgusi o‘zgarishlarni prognoz qilamiz:

  1. Grafikda "Bolg‘a" shamli patternini aniqlaymiz.
  2. Asosiy tayanch darajalarini topamiz.
  3. Asosiy qarshilik darajalarini aniqlaymiz.
  4. Shamli tahlilning boshqa bir qayrilish modeli – “Uch oq askar” yordamida tasdiqlab olamiz.
  5. Tik hajmlarida keskin o‘sish kuzatilmoqda, bu uzun pozitsiyalarning ommaviy ochilayotganini ko‘rsatadi.
  6. MACD’dan xarid qilish signalini olamiz – indikator chizig‘i signal chizig‘ini pastdan yuqoriga kesib o‘tdi.
  7. RSI qiymatlari pastki chegaradan ko‘tarildi – bu xarid qilish uchun signaldir.
  8. MFI indikatoriga ko‘ra likvidlik oqimi kuzatilmoqda, bu treyderlarning xaridlarga qiziqishi yuqoriligini ko‘rsatadi.
  9. VWAP indikatori bo‘yicha o‘rtacha vaznli narx va SMA 20 chizig‘i bozor narxidan pastroqda joylashgan, bu “buqa” kayfiyatining yana bir tasdig‘idir.
  10. Kirish nuqtasini aniqlaymiz va 143,60 darajasidan uzun pozitsiya ochamiz.
  11. Stop-loss orderini “Bolg‘a” minimumi va tayanch darajasidan pastga — taxminan 139,56 ga qo‘yamiz.
  12. Teyk-profit orderini eng yaqin qarshilik darajalari — 146,47-148,90 ga qo‘yamiz.
  13. 148,90 darajasi atrofida “ayiq” qayrilishi kuzatilmoqda, zararlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydani to‘liq qayd etamiz.

Muhim! “Bolg‘a” shami va boshqa tahlil instrumentlaridan foydalanib, treyderlar muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Xulosa

“Bolg‘a” qayrilish patterni — bu pasayuvchi trendning o‘suvchiga o‘zgarishini oldindan aniqlashga intilayotganlar uchun manfaatli indikatordir. Uzun pastki soyaga ega kichik sham tanasini ko‘rganda, xaridorlar kuch yig‘ayotganini va narx tez orada o‘sishni boshlashini taxmin qilish mumkin.

Ammo faqat “Bolg‘a”ga tayanib qolmaslik kerak, yaxshisi boshqa indikatorlar bilan solishtirib ko‘ring va savdo hajmlariga e’tibor bering. Ushbu patterndan muvaffaqiyatli foydalanish uchun sabr-toqatli bo‘lish, bozorni sinchkovlik bilan o‘rganish va tajribaga ega bo‘lish kerak, shundagina puxta o‘ylangan qarorlar qabul qila olasiz.

LiteFinance’ning bepul demo-hisobida “Bolg‘a” patterni bo‘yicha risksiz savdo qilish amaliyotini boshlang.

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

“Bolg‘a” shami bilan savdo qilish bo’yicha FAQ

“Bo'lg'a” shami narx pasayishidan keyin paydo bo‘ladi va narxning yuqoriga, ya’ni “buqa” yo‘nalishida qayrilishi mumkinligiga ishora qiladi. Undan foydalanish uchun keyingi shamlar maksimumdan yuqoriga o‘tishi kabi tasdiqni kuting. Bu — xarid qilish uchun signal.

“Bo'lg'a” shami yordamida savdo qilganda, signal tasdiqlangach, uzun pozitsiya oching. Stop-loss orderini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirish uchun, “Bo'lg'a” minimumidan pastroqqa qo‘ying. Teyk-profitni esa qarshilik darajalariga qarab belgilang.

“Bo'lg'a” shamining qanchalik yaxshi ishlashi bozor va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Agar “Bo'lg'a” shami Fibonachchi darajalari yoki trend chiziqlari bilan birga qo‘llanilsa, muvaffaqiyatli bitim tuzish imkoniyati ortadi.

“Bo'lg'a” savdo strategiyasi — bu savdo sessiyasi davomida ushbu sham modelini topib, undan foydalanishga asoslangan yondashuvdir. Muvaffaqiyatli bitimlar tuzish uchun trendni tahlil qilish, savdo signallarini tasdiqlash va risklarni boshqarish kerak bo‘ladi.

“Teskari bo'lg'a” ham narx pasayishidan keyin bozor trendi qayrilishi mumkinligini bildiradi. Uning tanasi kichik va pastda joylashgan, yuqori soyasi esa uzun bo‘ladi. Bu narxning yuqoriga qayrilishi mumkinligidan darak beradi.

“Teskari bolg‘a” pasayishdan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘sishdan signal beradi. Uning tanasi kichik bo‘lib, pastki qismda joylashadi, yuqori soyasi esa uzun bo‘ladi. “Qulayotgan yulduz” shakli esa, aksincha, o‘sishdan keyin narxlarning tushishidan darak beradi va u ham pastki qismda kichik tanaga hamda yuqori qismda uzun soyaga ega bo‘ladi.

“Bolg‘a” – bu pasayishdan keyin narx o‘sishi haqidagi signal bo‘lib, uning tanasi kichik va yuqorida, soyasi esa uzun va pastda joylashadi. “Ayiq bolg‘asi” (“Osilgan odam”) o‘sishdan keyin paydo bo‘ladi va ko‘rinishi o‘xshash bo‘lsa-da, narxlarning tushishi mumkinligini bildiradi. U o‘sish trendining susayishi haqida ogohlantiradi.

Qizil rangli “Teskari bolg‘a” ham trendning yuqoriga qayrilishi mumkinligidan signal beradi, lekin sham tanasining qizil rangi sotuvchilar hali ham bozorga ta’sir o‘tkaza olayotganini bildiradi.

Har ikki shamli figura ham xarid qilish uchun savdo signallarini beradi, ammo oddiy “Bolg‘a” ko‘pincha kuchliroq signal hisoblanadi, chunki uning shakli bozor ishtirokchilarining narxlar o‘sishiga bo‘lgan qiziqishi kattaroq ekanini aks ettiradi.

“Bolg‘a” – bu o‘sish signali. U pasayishdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qayrilishni ko‘rsatadi. Pastdagi uzun soya sotuvchilar narxni tushirishga harakat qilganini, ammo xaridorlar uni yana yuqoriga qaytarganini ko‘rsatadi, demak, o‘sish davom etishi mumkin.

“Buqa bolg‘asi”ning diapazon yuqori qismida kichik sham tanasi va pastki qismida uzun soyasi bo‘ladi. Sham tanasining rangi har qanday bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi – pastdagi soyasining uzunligidir.

Odatda, “Bolg‘a” “Teskari bolg'a”ga qaraganda kuchliroq xarid signali hisoblanadi. Bunga sabab, “Bolg‘a” muayyan davr oxirida xaridorlarning narxni yuqoriroq darajada mustahkamlay olganini aks ettiradi.

“Bolg‘a” yapon shami: savdo qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat