Bozorni professional kabi tahlil qilishni o‘rganishni xohlaysizmi? Sham tahlili treyderlar psixologiyasini tushunish va Foreks, fond yoki kriptovalyuta bozorlaridagi narxlar harakatini prognoz qilishning kalitidir. XVIII -asrdayoq ishlab chiqilgan yapon shamlari, kirish va chiqish nuqtalarini topishga, trendlar va qayrilishlarni aniqlashga yordam beradi.

Ushbu maqolada siz shamli grafiklarni qanday tahlil qilishni, "bolg‘a," "yutib yuborish" yoki "dodji" kabi asosiy patternlarni aniqlashni va ularni foydali bitimlar tuzishda qo‘llashni o‘rganasiz. Shamli tahlil olamiga sho‘ng‘ing va ishonch bilan savdo qila boshlang - LiteFinance demo-hisobi ko'nikmalaringizni hech qanday risklarsiz takomillashtirishga yordam beradi!

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

  • Shamli grafik - bu ma’lum davr uchun narxlarni tahlil qilish vositasi bo‘lib, u ochilish, yopilish, maksimum va minimumni ko‘rsatadi. XVIII asrda ishlab chiqilgan yapon shamlari bozor psixologiyasini tushunishga va narxlar harakatini prognoz qilishga yordam beradi.
  • Sham va pattern turlari: Buqa (o‘sish) va ayiq (qulash) shamlari, shuningdek, "bolg‘a," "yutib yuborish," "dodji" kabi patternlar trendning o‘zgarishi yoki davom etishini ko‘rsatadi. Ular yakka, juft va uchtalik turlarga bo‘linadi.
  • Taymfreymlar aniqlikka ta’sir ko‘rsatadi: Katta taymfreymlar (kun, oy) bozor shovqiniga ta’sirchan bo‘lgan kichik taymfreymlarga (daqiqalar) nisbatan ishonchliroq signallar beradi.
  • Boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llash: Shamli tahlil narx patternlari (masalan, "bayroq", "pona") va indikatorlar bilan qo'shib iqo'llanilganda yanada samaraliroq bo‘lib, bitimlar aniqligini oshiradi.
  • Demo-hisobda mashq qilish: Shamli tahlilni o‘zlashtirish uchun yangi ish boshlaganlarga LiteFinance kabi platformalarning bepul demo-hisoblarida mashq qilish tavsiya etiladi, u yerda barcha patternlarni risklarsiz qo'llab ko'rish imkoniyati mavjud.

Shamlar grafiki nima?

Shamlar grafiki — bu ma'lum davr uchun ma'lumotlarni kuzatib boradigan va sham shaklida taqdim etilgan narxlar grafikining bir turi.

Shamlar tahlilining ma'nosi uning nomini o'zida yotadi. Narxlar harakatini grafik ko’rinishida tasvirlash printsipi shamlarning ketma-ket qurilib borishini nazarda tutadi, va unga ko’ra bozor kayfiyati va narx harakati yo'nalishi 1 soniyadan bir oygacha bo'lgan turli vaqt oralig'ida aniqlanadi. Bundan tashqari, har bir sham bo’yicha alohida, kotirovkalarning ma'lum bir vaqt ichida erishgan maksimum va minimumlarini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, qurilgan sham bo’yicha ochilish va yopilish narxini aniqlash mumkin. Ushbu ma'lumotlarning kombinatsiyasi shamli patternlar bo’yicha savdo qilishda to’g’ri qaror qabul qilish uchun yordam beradi.

Yapon shamlari grafikini 4 ko'rsatkichni bitta elementga birlashtirishga muvaffaq bo'lgan guruch savdogari Homma Munehisa yaratgan, uning asosida kelajakdagi talabni ma'lum bir ehtimollik bilan bashorat qilish mumkin edi. U birinchi bo'lib bozorga kirish nuqtalarini aniqlashga imkon beradigan o'z savdo tizimini ishlab chiqqan.

Asl ijobiy o’sish buqa shami oq rangga, salbiy ayiq shami esa qora rangga bo'yalgan. Texnologiyalarning rivojlanishi va ko'p funktsiyali savdo terminallarining paydo bo'lishi bilan treyderlar va investorlar shamlarni o'zlariga qulay bo'lgan ranglarda bo'yash imkoniyatiga ega bo'ldilar.

LiteFinance: Shamlar grafiki nima?

​Shamli tahlil qilish treyderlar va investorlar orasida turli sabablarga ko'ra mashhurdir, jumladan:

  • professional treyderlar ham, yangi boshlagan treyderlar ham yapon shamlaridan foydalanishlari mumkin, chunki ular universaldir;
  • yapon shamlarining har xil turlari va kombinatsiyalariga, alohida yorqin va qiziqarli nomlar berilgan;
  • shamlar tahlili bir necha asrlardan beri qo’llanilib kelayotgani sababli, u hozirda takomillashib, yanada aniq ma’lumot beruvchi holga keltirilgan;
  • ushbu tahlil turini boshqa texnik tahlil turlari bilan birlashtirish mumkin bo’lib, ular birgalikda daromadli bitimlarni yopish imkoniyatini oshiradi.

Shamlar yoki barlar grafigi?

Sham va barlarning asosiy farqi shundaki, yapon shamida "tana" deb ataluvchi qism bor, bu shamli grafikga to'yinganlik va to'liqlikni beradi.

Odatda, buqa shami klassik oq yoki yashil ranglarda shakllanadi va aktivning o'sishidan dalolat beradi va ochilish va yopilish darajasini ko'rsatib beradi.

Ayiq shami qora yoki qizil ranglarda hosil bo'ladi va narxning pasayishini anglatadi, xuddi shu tarzda narxning ochilishi va yopilishini aks ettirib beradi.

Shamning yuqori va pastki soyalari narxning maksimum va minimumini ko'rsatadi.

LiteFinance: Shamlar yoki barlar grafigi?

Sham va barlarning asosiy farqi shundaki, yapon shamida "tana" deb ataluvchi qism bor, bu shamli grafikga to'yinganlik va to'liqlikni beradi.

Odatda, buqa shami klassik oq yoki yashil ranglarda shakllanadi va aktivning o'sishidan dalolat beradi va ochilish va yopilish darajasini ko'rsatib beradi.

Ayiq shami qora yoki qizil ranglarda hosil bo'ladi va narxning pasayishini anglatadi, xuddi shu tarzda narxning ochilishi va yopilishini aks etdirib beradi.

Shamning yuqori va pastki soyalari narxning maksimum va minimumini ko'rsatadi.

Agar ochilish narxi yopilish narxidan past bo'lsa, bar “buqa bari” deyiladi. Aksincha, agar ochilish narxi, yopilish narxidan yuqori bo'lsa, u holda bar “ayiq bari” deb nomlanadi.

LiteFinance: Shamlar yoki barlar grafigi?

Umuman olganda, shamlar va barlar aniq vaqt oralig'i uchun bir xil ma'lumotlarni ko'rsatadi:

  • narx maksimumi;
  • narx minimumi;
  • ochilish;
  • yopilish.

Ushbu ma'lumotlar treyderlarga quyidagilarda yordam beradi:

  • trend harakatining yo'nalishini aniqlash;
  • bitimga kirish va chiqishning foydali nuqtalarini topish;
  • narxlarning o'zgarishini prognoz qilish;
  • volatillikni o'lchash va bozorda sodir bo'layotgan boshqa o'zgarishlarni kuzatib borish.

Barlar va shamlar o'rtasidagi farq — bu ularning boshqa tasnif va terminologiya ekanligida, chunki barlar G'arbda ishlab chiqilgan va qo'llanilgan.

LiteFinance: Shamlar yoki barlar grafigi?

Shamli grafiklar qanday talqin qilinadi?

Shamli grafik — bu fond, valyuta, kriptovalyuta va xomashyo bozorlaridagi turli xil moliyaviy vositalar narxining dinamikasini aks ettiruvchi birja instrumentidir.

Odamlarning bozorga kelishiga sabab bo'ladigan asosiy omil bu pul ishlash imkoniyatidir. Buning uchun har bir bozor ishtirokchisi narx harakatini tahlil qila olishi va kotirovkalarning harakatlanish psixologiyasini tushunishi kerak. Shamli grafiklar — bu narx o'zgarishini aks ettirib beruvchi qulay va foydali vositadir. Ushbu samarali vositaning paydo bo'lishi tufayli har bir treyder va investor narx qayerga ketayotganini osongina aniqlay oladi.

Sham shakllanishining mazmuni ma'lumotni namoyish qilishdan iborat. Masalan, qizil shamning paydo bo'lishi ayiqlarning belgilangan vaqt davomida ustunlik kuchiga ega ekanligidan dalolat beradi. Yashil sham esa hozirgi vaqtda bozor buqalar nazorati ostida ekanligini bildiradi.

Shamlarining yana bir "Dodji" turi mavjud bo'lib, u ko'pincha bozorda noaniqlik borligini ko'rsatadi. Odatda, u aktivning haddan tashqari sotilganlik va haddan tashqari sotib olinganlik zonalarida paydo bo'ladi va teskari (qayrilish) modeli hisoblanadi. Ushbu shamning ko'plab turlari mavjud: "qabr toshi", "ninachi", "uzun oyoqli dodji", "uzun oq shamdan keyingi dodji", "riksha", "uch yulduz".

LiteFinance: Shamli grafiklar qanday talqin qilinadi?

Shamlar grafikini tahlil qilishda, shuningdek, paydo bo'ladigan shamlarning vaqt oralig'i yoki taymfreymlarini ham hisobga olish lozim.

Ular 1 daqiqadan 1 oygacha bo'ladi. Kichik taymfreymlar, 1-30 daqiqa, bozor shovqini ularga eng ko'p ta'sir qiladi, natijada sotuvchilar va xaridorlarning kuchlaridagi muvozanat yo'qolishi sababli narxning tebranishi kuzatiladi. Odatda, bu marketmeykerning ishi. Taymfreym qanchalik katta bo'lsa, trend shunchalik aniq ko'rinadi va shamli patternlarning signallari shunchalik kuchli bo'ladi. Bu asosan kichik taymfreymlarda hosil bo'lgan shamlar shunchaki bitta katta taymfreymdagi shamning soyasi bo'lib chiqishi mumkinligi bilan bog'liq.

Buni UKBRENT grafigida osongina namoyish qilish mumkin.

Chapdagi 30 daqiqalik grafikda, kunlik taymfreymdagi bitta shamning o'ng tomonidagi harakatlanish maydoni ko'rsatilgan.

Kichik taymfreymda "kechki yulduz" qayrilish ayiq modeli shakllangan, uning tarkibiga kuchaytirilgan "osilgan odam"patterni kiritilgan.

30 daqiqalik grafikga qarab, yangi treyder sotuvni amalga oshirgan va o'z mablag'larini yo'qotgan bo'lar edi, tajribali treyder esa kunlik jadvalga qarab, impulsli buqa kunduzgi shamini hosil qilgan, "buqa bayrog'i" narx patterni shakllanayotganini ko'rgan bo'lar edi.

Ushbu sham "bayroq" ning tez buzilishi uchun signal edi va treyder korreksion dinamikadan chiqishni kutib, sotib olish bo'yicha pozitsiyani ochgan va shu bilan birga katta miqdorda daromad olgan bo'lar edi.

LiteFinance: Shamli grafiklar qanday talqin qilinadi?

Biroq, savdo qilishda strategiya muhim ahamiyatga ega. U qisqa, o'rta va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Birinchi holda, sham tahlilini narx patternlarini tahlil qilish bilan birlashtirib, yuqori darajada xatarli kun ichidagi (intraday) savdosini qo'llash mumkin edi. Ikkinchi holatda, savdo yanada konservativ bo'lar edi va pozitsiyani bir haftadan so'ng yopish mumkin bo'lar edi, va bunda bitta bitimdan olinadigan foyda ancha katta bo'lishi mumkin edi.

Ochilish narxi

Ochilish narxi — bu yangi vaqt oralig'ida harakatlanishni boshlagan dastlabki narx. Shamning o'sishi, narx harakatlanishi boshlangan paytdan boshlangan bo'lsa, u yashil yoki oq rangga bo'yaladi. Agar harakat pasayishdan boshlansa, sham qizil yoki qora rangga bo'yaladi.

LiteFinance: Ochilish narxi

Maksimal narx

Narx maksimumi — bu savdo davri davomida narxning maksimal ko'tarilgan darajasi. Unga shamning soyasi ishora qiladi. Agar soya yo'q bo'lsa, demak, ochilish yoki yopilish narxi shu vaqt kesmasi uchun eng yuqori bo'lgan.

LiteFinance: Maksimal narx

Minimal narx

Narx minimumi — bu shakllangan shamning pastki soya ko'rinishida hosil bo'lgan minimal belgisi. Agar soya yo'q bo'lsa, unda minimal narx ochilish yoki yopilish narxi bilan bir xil bo'ladi.

LiteFinance: Minimal narx

Yopilish narxi

Yopish narxi — bu ma'lum bir vaqt intervalida hosil bo'lgan shamning yakuniy narxi. Agar yopilish narxi ochilish narxidan yuqori bo'lsa, sham yashil yoki oq rangga bo'yaladi. Agar yopilish narxi ochilish narxidan past bo'lsa, sham qizil yoki qora rangga bo'yaladi.

LiteFinance: Yopilish narxi

Shamning fitili (tayoqchasi)

Sham tayoqchasi — bu vaqt oralig'ida narxning minimumi va maksimumini ko'rsatadigan elementdir. Fitil (tayoqcha) sham soyasi deb ham ataladi, va yuqori va pastki qismlarga ajratiladi. Sham tayoqchasining uzunligi bozordagi volatillik darajasi va uning kayfiyatidan dalolat beradi.

LiteFinance: Shamning fitili (tayoqchasi)

Narx yo’nalishi

Narx yo'nalishi — bu shamning tanasi ko'rsatadigan kotirovkalarning harakatlanish chizig'i. Narxning ijobiy yoki salbiy dinamikasi shamning rangi bilan belgilanadi. Agar sham yashil yoki oq bo'lsa, unda yo'nalish aktiv narxining oshishini ko'rsatadi. Salbiy dinamikada sham qizil yoki qora rangga bo'yaladi.

LiteFinance: Narx yo’nalishi

Diapazon

Sham diapazoni — bu maksimal va minimal narx o'rtasidagi tafovutdir.

LiteFinance: Diapazon

Shamli patternlar turlari

Bitta shamdan yoki 3-5 shamdan hosil bo'lgan sham patternlarining ko'plab turlari mavjud.

Quyida sham modellarining asosiy turlar bo'yicha tasniflanishini ko'rib chiqamiz.

Bittalik sham patternlari

Bittalik sham patternlari bitta shamdan iborat patternlardir.

Odatda, bu qayrilish patternlari bo'lib, ba'zi bozor ishtirokchilarining kuchlari boshqalariga o'tishini bildiradi: "bolg'a", "osilgan odam", "teskari bolg'a", "qulayotgan yulduz", "dodji" va boshqalar.

Ammo trendni davom ettiruvchi patternlar ham mavjud bo'lib, ular treyderlarga uning doirasidagi keyingi harakatlanishni prognoz qilishga yordam beradi.

LiteFinance: Bittalik sham patternlari

Buqa shami

Buqa shami — bu qisqa soyali bo'lishi mumkin bo'lgan keng diapazonli uzun, to'liq tanali yashil yoki oq sham. Bunday shamning paydo bo'lishi, aktiv bo'yicha xaridlarning kuchli va keskin o'sishini ko'rsatadi, bu esa treyderlarga "long" pozitsiyalarini ochish imkoniyatini beradi.

Odatda, bunday shamlar "buqa bayrog'i", "vimpel (uchburchak bayroq)" kabi narx patternlarida paydo bo'ladi.

LiteFinance: Buqa shami

Ayiq shami

Ayiq shami — bu qisqa tayoqchalari bo'lishi mumkin, to'liq tanali qizil yoki qora pastga qaragan sham.

Grafikda bunday shamning paydo bo'lishi instrument bo'yicha katta sotuvlar hajmidan dalolat beradi va "short" bitimini ochishga imkon beradi.

Ko'pincha bunday shamlar "ayiq bayrog'i", "vimpel (uchburchak bayroq)" narx patternlarida paydo bo'ladi.

LiteFinance: Ayiq shami

Ikkitalik sham patternlari

Ikkitalik sham patternlari — bu ikkita shamdan tashkil topgan patternlar. Ushbu shamlarning qanday birlashishiga qarab, ulaarning keyingi dinamikasini ham prognoz qilish mumkin.

Misol uchun, "yutib yuborish", "qora bulutlar pardasi", "bulutlar ichra bo'shliq" patternlari narxlar qayrilishining kuchli patternlari bo'lib, ishtirokchilarni bozorda yaqinlashib kelayotgan kuchlar almashishi haqida ogohlantiradi.

LiteFinance: Ikkitalik sham patternlari

Uchtalik sham patternlari

Uchta shamli patternlar — bu 3 ta shamdan iborat patternlar. Ushbu turning klassik kuchli qayrilish figuralariga quyidagi patternlar kiradi: "tong yulduzi", "oqshom yulduzi", "uch dodji yulduzi cho'qqisi", "uch dodji yulduzi asosi", "uch qora qarg'a" va boshqalar.

Trend harakatini davom ettirish patternlariga quyidagilar kiradi: "uch oq askar", "uch buqa va ayiq pog'onalari" va boshqalar.

LiteFinance: Uchtalik sham patternlari

“Bolg’a” patterni

Shamni tahlil qilishda "bolg'a" patterni — bu asosdagi narx qayrilishining klassik, bitta shamli modeli. Grafikdagi "bolg'a" trendning ayiqdan buqaga o'zgarishini anglatadi va yaqinlashib kelayotgan kotirovkalar o'sishini bildiradi.

Ushbu patternning yaponcha nomi — "takuri". To'g'ri tarjima qilinganda, bu "oyog'ingiz bilan tubni paypaslash" degan ma'noni anglatadi. Bu shamning tanasi qisqaligi, soyasi esa pastga tushganligi bilan bo'g'liqdir.

Uzoq yuksaluvchi trenddan keyin, xuddi shu modelning yuqori qismda shakllanishi, tez orada pastga tushish tendentsiyasining almashishidan dalolat beradi. Tepa qismda ushbu model "osilgan odam" deb nomlanadi va yapon tilidan so'zma-so'z tarjimasi "osilgan holda qatl qilish", "dorga osilgan" degan ma'noni anglatadi.

Grafikda "bolg'a" patternining paydo bo'lishi, treyderlar va investorlarga kotirovkalar qayrilishining mumkin bo'lgan zonalarini aniqlashga yordam beradi.

Quyidagi BTCUSD kunlik grafigi shuni ko'rsatadiki, yon kanalda uzoq konsolidatsiyadan so'ng, aktiv asosiy tayanch darajasini shakllantirib ulgurgan. Aynan o'sha joyda "bolg'a" buqa patternlar seriyasi shakllangan, shundan so'ng aktiv yangi narx maksimumiga yetgan.

LiteFinance: “Bolg’a” patterni

“‎Teskari bolg’a”‎

"Teskari bolg'a" sham ko'rinishiga ega bo'lib, uning tanasi pastda uzun soyasi esa yuqoriga yo'naltirilgan. Ushbu model qayrilish modelidir va odatda pasayish tendentsiyasidan keyingi poydevorda hosil bo'ladi.

Yuqoridagi xuddi shunday sham "Qulayotgan yulduz" deb nomlanadi, u tez orada pastga qayrilish sodir bo'lishidan dalolat beradi.

Sotib olish uchun bitimni ochishdan avval, "teskari bolg'a" shamining buqa xarakteriga ega ekanligiga ishonch hosil qilish zarur. Buqa kayfiyati "yutib yuborish", "bolg'a", "uchta oq askar" kabi boshqa turdagi shamli tahlil modellari bilan tasdiqlanishi mumkin.

LiteFinance: “‎Teskari bolg’a”‎

“Shpilka” patterni

"Shpilka" patterni — bu kichik tana va uzun pastki yoki yuqori fitildan iborat bo'lgan, lekin ko'pincha sham tanasi yo'q bo'lgan bitta shamli model.

Agar sham tanasining uzunligi sham soyasining uzunligidan kamida 10 baravar kam bo'lsa, patternni "shpilka" deb hisoblash mumkin.

Bunday patternlarni kunlik taymfreymda tahlil qilish tavsiya etiladi va bitimni faqatgina grafikdagi "soch tolasi" dan keyingi sham paydo bo'lganidan so'ng ochgan ma'qul.

"Shpilka" quyidagi hollarda paydo bo'lishi mumkin:

  • brokerda texnik nosozlik yuzaga kelishi va bundan so'ng treyderlar terminalida uzun "shpilka" hosil bo'lishi.
  • bozor ishtirokchisining yirik orderi ijro etilishi;
  • narxlar tafovuti shakllanishi;
  • muhim iqtisodiy yangiliklar nashr etilishi;
  • sotuvchi tomonidan xatolik bilan lotni arzon narxda sotuvga qo'yilishi.

Quyida USDCHF bo'yicha kunlik grafikda "Shpilka" patternining tasviri keltirilgan.

Rasmda ayiqlar qanday qilib tayanch darajasini buzishga uringanligini ko'rish mumkin, ammo buqalar qarshi hujumni amalga oshirib, o'sha kunning o'zidayoq yo'qolgan pozitsiyalarini tiklaganlar.

Bundan so'ng, xaridorlar uch kun davomida qarshilik darajasini yengishga harakat qildilar, ammo kuchlari yetmaganligi sabab, ayiqlar tashabbusni o'z qo'llariga oldilar va narxni pastki tayanch darajasigacha tushirishga erishdilar.

Aynan shu joyda buqalar faollashdi va nihoyat kotirovkalarni yuqoriga qayrishga muvaffaq bo'ldilar.

Boshqacha qilib aytganda, "ayiq tuzog'i" shakllandi, va u yerda treyderlarning stop-losslari olib tashlandi, bu esa keyingi o'sish uchun yoqilg'i bo'lib xizmat qildi.

LiteFinance: “Shpilka” patterni

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

"Yutib yuborish" ayiq patterni

"Yutib yuborish" ayiq patterni — bu ikkita shamdan tashkil topgan kombinatsiya bo'lib, unda ikkinchi sham qizil rangda hosil bo'ladi va undan oldingi buqa shamini "yutib yuboradi". Ushbu model harakatning yuqori qismidagi asosiy modellardan biridir.

"Ayiq yutib yuborishi" patternining shakllanishi uchta mezonga javob berishi lozim:

  1. Modelning shakllanishidan oldin bozorda aniq ifodalangan yuksalish tendentsiyasi bo'lishi lozim.
  2. Ikkinchi shamning tanasi birinchi shamningng tanasini qoplab olishi kerak, shamning soyasini yutib yubormasa ham bo'ladi.
  3. Ikkinchi tananing rangi qizil yoki qora bo'lishi kerak. Istisno, agar birinchi shamning tanasi "dodji" shamiga o'xshaydigan darajada kichkina bo'lsa. U holda, yuksalish tendentsiyasida, shamning kichik, haqiqiy tanasini katta qizil tana bilan singdirilishi (yutib yuborilishi), narxning qayrilishiga ishora qiladi.

LiteFinance: "Yutib yuborish" ayiq patterni

"Ayiq yutib yuborishi" modelini UKBRENT aktivining soatlik grafiki misolida ko'rib chiqish mumkin. Rasmda instrument bo'yicha lokal tepalikda yuzaga kelgan vaziyat ko'rsatilgan.

Qayrilishning birinchi signali "Qulayotgan yulduz" patterni edi, u treyderlarni birinchi bo'lib yaqinlashib kelayotgan narx qayrilishi haqida ogohlantirdi. Keyin "osilgan odam" teskari patternini o'z ichiga olgan "ayiq yutib yuborishi" modeli paydo bo'ldi. Va oxirgi ogohlantirish signali bo'lib "osilgan odam" patterni seriyasining shakllanishi xizmat qildi.

Ushbu signallar paydo bo'lganidan so'ng, aktiv bo'yicha narxning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi.

LiteFinance: "Yutib yuborish" ayiq patterni

"Buqa yutib yuborishi" patterni

"Buqa yutib yuborishi" patterni — bu ikkita shamdan tashkil topgan kombinatsiya bo'lib, unda ikkinchi sham yashil rangda hosil bo'ladi va oldingi ayiq shamini "yutib yuboradi".

Ushbu modelning shakllanishi uchta mezonga javob berishi kerak:

  1. Modelni shakllantirishdan avval bozorda aniq pasayish trendi bo'lishi lozim.
  2. Ikkinchi shamning tanasi birinchi shamning tanasini qoplashi kerak.
  3. Shamning ikkinchi tanasi yashil yoki oq rangda shakllanishi kerak.

Quyidagi XAUUSD bo'yicha soatlik grafik shuni ko'rsatadiki, "yutib yuborish" buqa modeli paydo bo'lishidan oldin aniq ifodalangan trendning pasayish harakati mavjud edi.

Grafikda hajmli yashil tanali bitta sham, undan oldingi to'rt soatlik harakatni qanday "yutib yuborganligi" aniq ko'rsatilgan. Bundan tashqari, "teskari bolg'a" va "bolg'a" patternlarining ketma-ket shakllanishi, qayrilish haqida birinchi ogohlantirish bo'lib xizmat qildi.

LiteFinance: "Buqa yutib yuborishi" patterni

“Ayiq xaramisi” patterni

"Ayiq haramisi" — bu oldingi sham doirasida hosil bo'lgan kichik sham.

Harami — G'arb texnik tahlilidagi "kun ichidagi kun" tushunchasining analogidir. Tashqi ko'rinishi bo'yicha "harami" modeli "yutib yuborish" modeliga qarama-qarshidir.

"Ayiq xaramisi" modeli muhim ahamiyatga ega va yuksalish trendining tugashi haqida signal beradi. Shamning rangi qizil yoki yashil bo'lishi mumkin.

"Ayiq haramisi" patterniga misol sifatida "Tesla Inc.", kompaniyasining 4 soatlik aksiyalar grafikini ko'rib chiqish mumkin, pattern hosil bo'lganidan so'ng qimmatli qog'ozlar kotirovkalari pasayishni boshlagan. Ya'ni, pattern treyderlarni xaridorlarning zaiflashganligi va yangi pasayish harakatining boshlanishi haqida ogohlantirdi.

Bundan tashqari, narxning pasayishi uchun katalizator bo'lib tepalikdagi "oqshom yulduzi" va "osilgan odam" qayrilish patternlari xizmat qilgan.

LiteFinance: “Ayiq xaramisi” patterni

“Buqa xaramisi”‎

"Buqa haramisi" — bu "ayiq haramisi" ga qarama-qarshi pattern bo'lib, u ayiqlarning sekinlashishi va tez orada asosdagi trendning o'zgarishi haqida signal beradi.

GBPCAD bo'yicha to'rt soatlik grafikda, pasayish trendining tormozlanishining birinchi ogohlantirishi "buqa haramisi"ning paydo bo'lishi bo'lgan vaziyat yuzaga kelgan. "Bolg'a" buqa patternlarining shakllanishi, ushbu dinamikaning sekinlashishini tasdiqladi.

LiteFinance: “Buqa xaramisi”‎

"Xarami ayiq xochi" patterni

"Xarami ayiq xochi" muhim qayrilish patternlaridan biri bo'lib, bozorda kuchli noaniqlik borligidan dalolat beradi. Odatda, model uzun oq yoki yashil shamdan keyin hosil bo'ladi.

"Xarami ayiq xochi" aktivning tepalarini, "Harami buqa xochi "ga qaraganda yaxshiroq bashorat qiladi.

"Xarami xochi" patterni "dodji yulduzi"ga o'xshaydi, ammo farqi shundaki, "xarami xochi" oldingi sham ichida hosil bo'ladi va kichik tanaga ega yoki umuman tanasi yo'q bo'ladi.

LiteFinance: "Xarami ayiq xochi" patterni

“Xarami buqa xochi”

"Xarami buqa xochi" — bu oldingi sham ichida hosil bo'lgan uzun soyali kichik tanali yoki tanasi yo'q bo'lgan shamdir. Ko'pincha, bu model uzun qizil yoki qora shamdan keyin hosil bo'ladi.

Quyidagi Coca-Cola Co. kompaniyasi qimmatli qog'ozlarining soatlik jadvalida, uzun qizil shamdan keyin "buqa haramisi" patternining shakllanganini ko'rish mumkin. Bu instrument bo'yicha qisqa muddatli yuksalish tendentsiyasini keltirib chiqardi.

LiteFinance: “Xarami buqa xochi”

"Qora bulutlar pardasi" patterni

"Qora bulutlar parda" modeli shamni tahlil qilishning ikki shamli figurasi bo'lib, u yon kanalning tepasida yoki yuqori chegarasida hosil bo'ladi.

Birinchi bo'lib uzun yashil sham hosil bo'ladi. Keyingi sham yuqoriga qarab kichik bo'shliq bilan ochiladi, lekin harakat pastga yo'nalgan holda hosil bo'ladi. Narx avvalgi shamning harakatlanish diapazonigacha tushadi va aynan shu yerda yopiladi. Qizil sham qanchalik uzun bo'lsa, trendning qayrilishi uchun signal shunchalik kuchli bo'ladi.

ETHUSD bo'yicha kunlik grafikda asosiy signal bo'lib, "qora bulutlar pardasi" modelining bir qismi sifatida "osilgan odam" patternining shakllanishi xizmat qildi. Yuqoridagi ikkita teskari patternning kombinatsiyasi qisqa pozitsiyalarni ochish uchun jiddiy signal bo'lib xizmat qildi.

Bundan tashqari, pasayish tendensiyasi yana uchta "qora bulutlar pardasi" patternlarining paydo bo'lishi bilan birga keldi.

LiteFinance: "Qora bulutlar pardasi" patterni

"Oqshom yulduzi" qayrilish patterni

"Oqshom yulduzi" — bu uchta shamdan iborat pattern bo'lib, u cho'qqida bo'lishi kutilayotgan qayrilish haqida signal beradi.

Birinchi shamning tanasi uzun va yashil bo'lishi kerak. Ikkinchi sham har qanday rangdagi qisqa tanali bilan bo'lishi kerak. Uchinchi sham uzun qizil sham shaklida hosil bo'lishi va buqa trendini to'xtatish uchun yakuniy signal berishi kerak.

Ushbu figura ham, xuddi "tong yulduzi" patternida bo'lgani kabi, birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi shamlar orasida bo'shliqlar bilan hosil bo'lishi kerak. Ammo, odatiy amaliyotda birinchi va ikkinchi sham o'rtasida bitta bo'shliq kelishi uchraydi.

Uchinchi qizil sham birinchi oq shamni qanchalik qoplaganligi muhimdir.

Walt Disney Co. kompaniyasining to'rt soatlik aksiyalar grafikida bir qator "oqshom yulduzi" patternlarining paydo bo'lishi kuzatilmoqda, ulardan keyin aktiv narxining pasayishini ko'rish mumkin. Bundan tashqari, "osilgan odam" patternlar seriyasi, yaqinlashib kelayotgan pasayish tendentsiyasini tasdiqlashga yordam berdi.

LiteFinance: "Oqshom yulduzi" qayrilish patterni

"Tong yulduzi" qayrilish patterni

"Tong yulduzi" — bu pasayuvchi trenddan keyin asosda paydo bo'ladigan "kechki yulduz" patternining antagonistik shaklidir.

Quyidagi rasmda aktivning uzoq vaqt davomida qanday akkumulyatsiya qilinganligi ko'rsatilgan, shundan so'ng "buqa yutib yuborishi"ning uzun pozitsiyasini ochish uchun birinchi signal shakllangan. Uning ketidan "tong yulduzi" shakllangan, uning tarkibiga esa "teskari bolg'a" patterni kirgan.

Ushbu patternlar yuksalish tendentsiyasining rivojlanishi uchun asosiy signal bo'lgan.

LiteFinance: "Tong yulduzi" qayrilish patterni

”‎Uch buqa pog’onasi” usuli

"Uch pog'ona" buqa patterni — bu yuksalish tendentsiyasini davom ettirish naqshidir.

Bundan tashqari, ushbu pattern "buqa bayrog'i" va "vimpel" narx patternlariga o'xshab ketadi.

Figuraning ma'nosi uzun oq shamning shakllanishida yotadi, bundan so'ng bozorda qisqa muddatli tinchlik va buqalarning navbatdagi hujumi kuzatiladi.

Model tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • uzun oq sham;
  • bir nechta pasayib borayotgan shamlar.

Klassika bo'yicha ular uchta bo'lishi kerak, lekin ikkita yoki to'rtta bo'lishi ham mumkin.

LiteFinance: ”‎Uch buqa pog’onasi” usuli

”‎‎Uch ayiq pog’onasi”‎ usuli

"Uch ayiq pog'onasi" — bu "uch buqa pog'onasi" usuliga qarama-qarshi bo'lgan model.

Model pasayuvchi trendda shakllanadi va sotuvchilar tomonidan narxga katta bosim o'tkazilishini ta'kidlaydi.

LiteFinance: ”‎‎Uch ayiq pog’onasi”‎ usuli

Shamli grafikning texnik tahlili

Shamli grafikni tahlil qilish birinchi qarashda ko'ringanidek qiyin emas.

Boshlash uchun bilishingiz kerak bo'lgan yagona narsa — bu trendning qayrilishi va davom etishining klassik patternlari, chunki aynan ular shamli grafikda boshqalarga nisbatan tez-tez paydo bo'ladi.

Quyida XAGUSD bo'yicha kunlik grafikning texnik tahlilini o'tkazamiz.

  1. "Bulutlar ichra bo'shliq"ning tubida qayrilish modeli shakllangan va undan so'ng aktiv o'sishni boshlagan.
  2. Yaqinlashib kelayotgan narx "ralli"si haqida signal beruvchi "yutib yuborish" buqa modeli.
  3. Buqalarning yuqoriga ko'tarilishiga imkon bergan "Uch buqa pog'onasi" usuli.
  4. Biroq, faol o'sishdan so'ng, "Dodji oqshom yulduzi" modeli shakllangan, qayrilish uchun birinchi signal bo'lib xizmat qilgan.
  5. "Osilgan odam" — qayrilish modeli cho'qqida hosil bo'lgan.
  6. Yana bir "osilgan odam" patternining shakllanishi.
  7. "Osilgan odam".
  8. "Qulayotgan yulduz" modelining shakllanishi, bu ham ayiqlarning tobora kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
  9. Klassik "osilgan odam" patterni paydo bo'lishi, shundan so'ng aktiv tez pasayishni boshlagan.

LiteFinance: Shamli grafikning texnik tahlili

Shunday qilib, ushbu grafik kesimida ikki yo'nalishda ham foyda olish mumkin edi:

  1. O'rta muddatli istiqbolda "bulutlar ichra bo'shliq" yoki "buqa yutib yuborishi" patternlari hosil bo'lgan hududda sotib olish bo'yicha bitim ochish mumkin edi. Trendni o'zgartirish uchun birinchi belgi paydo bo'lganidan keyin, ya'ni "dodji oqshom yulduzi" hosil bo'lganidan keyin pozitsiyani yopish mumkin edi.
  2. O'rta muddatli istiqbolda sotish bo'yicha bitimni "dodji oqshom yulduzi", "qulayotgan yulduz" va "osilgan odam" patternlar seriyasining paydo bo'lishi darajasida ochish mumkin edi. Ushbu "qora oqqushlar"dan iborat bo'lgan dahshatli surat sotuvchilarning bosimi oshganidan dalolat bergan va treyderlarni instrument bo'yicha kotirovkalarning kelayotgan pasayishi haqida ogohlantirgan.

Shamni tahlil qilishdan ko'rinib turibdiki, grafikda klassik trend qayrilishi va davom etishi modellari eng ko'p hosil bo'lgan.

Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Ushbu bo'limda, 0.01 lotga teng minimal bitimlarni ochib, Foreksda shamli patternlar bo'yicha savdo qilish haqida batafsil ma'lumot beraman.

Amerikaning USCrude neft markasi bo'yicha soatlik jadvalining shamli tahlili, 115.327 lokal qo'llab-quvvatlash darajasidan yuqori sodir bo'lgan buqa qayrilishini ko'rsatib, "belbog'dan tutish" buqa patternini hosil qilgan. Modelning yana bir nomi — "buqa shami". Ushbu pattern joriy darajada buqalar faollashganligi va sotib olishga bitim ochish mantiqan to'g'ri ekanligi haqida signal berdi, men 116.969 darajasida bitimni ochdim va 115.320 belgisida stop-loss orderini o'rnatdim. Teyk-profitni esa 119.704 belgisida o'rnatdim.

LiteFinance: Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Sinalgan broker bilan savdoni boshlang

Ro'yxatdan o'tish

8 soat o'tib, bitim 12,41 dollar foyda bilan yopildi. Buqa shamidan keyin "buqa bayrog'i" narx patterni shakllana boshladi. Qisqa korreksiyadan so'ng, sotib olish darajasiga qadar bayroqdan chiqish yo'li paydo bo'ldi, ammo narx belgilangan foyda olish imkoniyatiga ega bo'lmadi. Bitim yopilishining sababi sotuvchilarning kuchli bosimi edi. Buni oxirgi qizil shamning shakllanishida ko'rish mumkin.

LiteFinance: Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Aynan shu kuni oltin bo'yicha ham mmanfaatli vaziyat yuzaga keldi.

XAUUSD bo'yicha soatlik grafikda "qulayotgan xanjar" narxlar patternining shakllanishini aniq ko'rish mumkin. Uning tubida ikkita "teskari bolg'a" va "bolg'a" qayrilish buqa patternlari shakllandi, bu esa sotib olish bo'yicha bitimni ochish uchun signal bo'lib xizmat qildi. Stop-loss orderini men, 1826.58 darajasida, ya'ni "bolg'a" shamining soyasidan bir oz pastroq o'rnatdim.

Teyk-profit 1850.32 darajasida oldindan o'rnatilgan.

LiteFinance: Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Savdoning yon diapazonida aktiv sotilganidan 5 soat o'tgach, buqalar "qulayotgan xanjar" ning yuqori chegarasini impulsiv ravishda buzib o'tishdi.

Foydaning fiksatsiyasi ilgari amalga oshirilgan edi, chunki teyk-profit darajasi ostida kuchli qarshilik paydo bo'lgan, buni shakllangan "qulayotgan yulduz" modeli tasdiqlaydi.

Natijada bitim 11,12 dollar foyda bilan yopildi.

LiteFinance: Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Shamli tahlil bo'yicha savdo qilishning yana bir misoli — XTIUSD juftligining soatlik grafikidagi vaziyat ustida ishlash bo'lishi mumkin.

Quyidagi rasmda aktiv "buqa bayrog'i" ni shakllantira boshlaganini ko'rish mumkin va pasayuvchi konsolidatsiyadan so'ng, buqalar "buqa sham" modelini shakllantirish orqali ayiq qarshiligini buzishga muvaffaq bo'lishdi.

Bu 117.412 darajasida sotib olish uchun yaxshi vaziyatdir. Stop-loss 116.720 darajasida shakllangan"bayroq" patterni o'rtasida o'rnatilgan.

LiteFinance: Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Natijani uzoq kutishga to'g'ri kelmadi. 4 soatdan so'ng bitim 28,18 dollar foyda bilan yopildi. Yopilishning sababi "qulayotgan yulduz" patterninining shakllanishi bo'ldi. Shamning qizil rangda ekanligi, sotuvchilar tomonidan kuchli bosim borligini ko'rsatdi va buqalar uchun ogohlantirish bo'ldi.

LiteFinance: Foreksda shamli modellar bo'yicha savdo qilish misoli

Xulosa

Shamli patternlar bo'yicha treydingda savdo qilish unchalik oson emas, lekin ushbu maqolani o'rganib chiqib, sham tahlilining mohiyatini tuhungach, har kim daromad olishi mumkin. Sham tahlilining ko'plab patternlari mavjud bo'lib, ularning har biri ko'p narsa haqida aytishi mumkin.

Ushbu usul bo'yicha turli bozorlarda savdo qilish uchun hech bo'lmaganda klassik trendning qayrilish va davom etish patternlarini o'rganish kifoya qiladi, bu sizga trend o'zgarishida savdo qilib, samarali daromad olish imkonini beradi.

Ushbu maqolada quyidagilar batafsil o'rganildi:

  • shamlar grafigi nima va uni qanday qilib to'g'ri tahlil qilish mumkin;
  • ushbu usul yordamida qanday qilib samarali savdo qilish mumkin;
  • barlar grafigiga nisbatan shamli grafikning afzalliklari nimada;
  • shamli modellarning qaysi turlari mavjud va ularning qaysi biri grafiklarda eng ko'p paydo bo'ladi.

Bundan tashqari, men shamli modellar batafsil tavsiflangan va talqin qilingan texnik tahlilni o'tkazdim. Shuningdek, maqolada, kun ichidagi real savdodan olingan misollar keltirilgan, ularda bitimga kirish va undan chishning har bir nuqtalari ko'rsatib berilgan.

Yapon shamlari grafigi, bozor ishtirokchilarining ko'pchiligi uchun narx dinamikasini tahlil qilishning eng klassik va qulay usulidir.

Har kim LiteFinance kompaniyasining qulay va funktsional platformasida, demo-hisobidan foydalangan holda, o'zini treydingda va shamlar tahlilida bepul sinab ko'rishi mumkin.

Shamli patternlarni tahlil qilish bo'yicha FAQ

Shamlar grafikini tahlil qilish uchun sham patternlarining minimal to'plamini o'rganish muhimdir. Eng avvalo bozor trendining qayrilish va davom etish patternlarini tahlil qilish kifoya.

Birinchi bo'lib, grafikning vaqt davri bo'yicha qaror qabul qilish muhimdir: taymfreym qanchalik katta bo'lsa, shamli patternlarning signallari shunchalik kuchli bo'ladi. Shamlar bo'yicha tahlilni, narx patternlari tahlili bilan birgalikda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu signalning aniqligini qo'shimcha ravishda tekshirishga imkon beradi.

Har kim aksiyalar grafigini Profi kabi o'qiy oladi. Kuniga bir necha soat narx dinamikasini kuzatib borish va bepul demo-hisobida mashq qilishning o'zi yetarli. Avvalo treyding bilan shug'ullanish uchun ba'zi texnik tahlillardan birini, shu jumladan, shamli tahlilni o'rganib chiqishingiz mumkin.

Kunlik savdo uchun ko'proq 5 daqiqadan 1 soatgacha taymfreymli grafik mos keladi.

Grafiklardagi eng kuchli va muhim shamlar — bu pin-barlardir, chunki ular kotirovkalarning qayrilish kuchini ko'rsatib beradi.

Shamli modellarining har birini o'ziga xos ravishda kuchli desa bo'ladi. Odatda "bolg'a", "osilgan odam", "qora bulutlar pardasi" va shu kabi boshqa qayrilish modellari eng ishonchli deb hisoblanadi. "uchta oq askar", "uchta qora qarg'a", "uch buqa pog'onasi" yoki "uch ayiq pog'onasi" va shu turdagi boshqa trendni davom ettirish patternlari ham muhim ahamiyatga ega.

"Dodji" — bu bitta shamli qayrilish modeli bo'lib, u bozordagi noaniqlikdan dalolat beradi va unda bozorning ochilishi va yopilishi bir-biriga mos keladi yoki qiymati jihatidan juda yaqin bo'ladi. Ushbu model grafik cho'qqisida kuchli signallar beradi.

Grafikdagi shamli model qanchalik aniq bo'lsa, signal shunchalik kuchli va aniq bo'ladi. Odatda, grafikda tuzoqlar paydo bo'lishi mumkin, ular shamli patternlar bilan bir qatorda narx patternlarini aniqlashlari mumkin.

Ko'pincha eng kuchli buqa modellari "bolg'a", "teskari bolg'a", "bulutlar ichra bo'shliq", "uchta oq askar" hisoblanadi.

Grafikda shakllanayotgan har qanday model pul ishlash uchun yaxshi imkoniyatdir. Uzoq pozitsiyali treyderlar uchun ayiq modellari yomon. Qisqa pozitsiyali treyderlar uchun esa bu yaxshi. Moslashuvchan bo'lish va vaziyatga qarab harakatlanishni bilish juda muhimdir.

Grafikni buqalarga hos qiladigan narsa — bu shamli tahlilning tubidagi buqa patternlari kombinatsiyasidir. Ayniqsa, bu indikator tahlili va narx patternlari bilan mustahkamlangan bo'lsa.

Shamlar grafiki qanday talqin qilinadi?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat