Trend strategiyalarini bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Masalan, darajalarni buzib o‘tish bo‘yicha savdo yoki uzoq muddatli strategiyalar. Sving-treyding — bu mahalliy tuzatishlarni aniqlash va ularning eng quyi nuqtasida eng yaxshi narxda bitimlar ochish imkonini beruvchi trend savdosidir.
U yangi ish boshlayotgan treyderlar uchun optimal savdo modellaridan biri hisoblanadi, chunki qisqa oraliqdagi o‘rtacha daromad bilan trendni nisbatan aniq prognoz qilsa bo’ladii, ya’ni risk minimaldir.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy faktlar
- Sving treyding nima (Swing Trading)?
- Sving-treyding afzalliklari
- Sving-treyding kamchiliklari
- Sving treyding patternlari
- Sving-treydingning asosiy tamoyillari
- Swing Trading strategiyasi uchun eng sara aksiyalar
- Sving-treydingda eng yaxshi indikatorlar
- Sving treyding uchun sirpanuvchi o‘rtachalar
- Sving treyding uchun eng yaxshi taym-freym
- Dey-treyding yoki sving-treyding?
- Eng sara sving treyding strategiyalari
- Buqa strategiyalari
- Ayiq strategiyalari
- Sving maksimum va sving minimum qanday aniqlanadi
- Kriptovalyutalar uchun sving treyding
- Foreks bozoridagi Swing trading
- Sving-treyding grafiklari
- Xatarlarni boshqarish
- Xulosa
- Sving-treyding bo’yicha FAQ
Asosiy faktlar
Asosiy tezis | Xulosa va muhim jihatlar |
Tavsif | Sving-treyding bozorning trend harakatiga asoslangan. Bu strategiya lokal korreksiyalarni "ushlash" va ular yakunlanganda bitimlarga kirish imkonini beradi. Qisqa muddatli trendlarni prognoz qilish imkoniyati tufayli, bu trategiya yangi ish boshlayotgan treyderlar uchun eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Mazkur strategiya trend shakllanayotgan paytda yuzaga keladigan og’ishlardan foydalanadi. |
Qoidalar | Sving-treyding bozordagi pozitsiyalarni imkon qadar uzoq vaqt davomida ushlab turishni nazarda tutadi. Bu strategiya uzun taym-freymlarda qo‘llaniladi, bunda rivojlanayotgan trendning har bir yangi og’ishi oxirgi minimumdan yuqoriroq bo‘lishi kerak. Strategiya qoidalari risklarni boshqarish va trendni davom ettirishni aniqlashga ko’proq urg‘u beradi. |
Patternlar | Sving-treyding patternlari orasida “Bolg‘a” va Pin-barli “Teskari bolg‘a” mavjud bo‘lib, ular korreksiya yakunlanganini bildiradi. Yana bir muhim pattern — “Muvaffaqiyatsiz sving” bo‘lib, u oldingi svingning maksimum yoki minimumining soxta buzilishini bildiradi. Bu patternlar bozor harakatlarini oldindan prognoz qilishga yordam beradi. |
Eng mos taymfreym | Sving-treyding uchun eng qulay taymfreymlar — bu 2-4 sham gorizontiga ega kunduzgi intervallar yoki H1 va H4 intervallaridir. Qisqa taym-freymlarda narx harakatini oldindan aytish murakkabroq. |
Sving-treyding uchun eng yaxshi strategiyalar | Sving-treyding strategiyalari bitimga trend korreksiyasi paytida kirishni, hamda trendning korreksiyasi va uning qayrilishini ajrata olishni nazarda tutadi. Shuningdek, minimal xarajatlar evaziga potensial daromadni maksimallashtirshga ham alohida e’tibor qaratiladi. |
Risk-menejment | Sving-treydingda risklarni boshqarish qoidalariga qat’iy rioya qilish muhim. Foyda keltirmaydigan bitimlar soni daromadli bitimlarga nisbatan ancha kam bo‘lgani uchun mazkur savdi turi treyderlar diqqatini o’ziga tortadi. Ushbu strategiyada stop-orderlar o‘rnatish va yuqori volatillik davrida bitimlar ochmaslik juda muhim shartlar hisoblanadi. |
Sving treyding nima (Swing Trading)?
Har qanday bozorning ikkita asosiy holati mavjud: yuqoriga yoki pastga yo‘naltirilgan, yaqqol ifodalangan harakat (trend harakati deb ataluvchi) va flet — narxning yonlama harakati. Kontrtrend strategiyalari potensial narx o‘zgarishidan avval bitimlarni ochishni ko‘zda tutadi, ammo "trend treyderning do‘sti", kontrtrend taktikalari esa — bu depozitni tez yo‘qotish yo‘lidir.
Sving-treyding – bu lokal og’ish (otkat)larning eng tubida narx harakati yo‘nalishi bo‘yicha bitimlar ochishni nazarda tutuvchi trend taktikalaridan biridir. Ushbu savdo modeli shunisi bilan qiziqarliki, risk-menejment qoidalariga qat’iy rioya qilinganda, daromadli bitimlarga nisbatan zararli bitimlar soni nisbatan kamroq va strategiyaning o‘zi hatto yangi treyder uchun ham tushunarli.
Sving-treyding – bu lokal og’ish (otkat)larning eng tubida narx harakati yo‘nalishi bo‘yicha bitimlar ochishni nazarda tutuvchi trend taktikalaridan biridir. Ushbu savdo modeli shunisi bilan qiziqarliki, risk-menejment qoidalariga qat’iy rioya qilinganda, daromadli bitimlarga nisbatan zararli bitimlar soni nisbatan kamroq va strategiyaning o‘zi hatto yangi treyder uchun ham tushunarli.
Tarixdan bir shingil
Ushbu texnika o‘tgan asrning o‘rtalarida J.Duglas Teylorning "The Taylor Trading Technique" kitobida batafsil yoritilgan. U bozorning to‘lqinli harakatini ko‘rib chiqdi, unda kunduzgi sikllarni ajratib, ularni alohida qismlarga ajratdi. Keyinchalik esa uning g‘oyalari boshqa treyderlar tomonidan rivojlantirildi. Modelning nomi inglizcha "swing" — quloch, burilish, tebranish so‘zidan kelib chiqqan.
Sving-treyding modelining mohiyati
Sving-treyding modelining mohiyati quyidagicha. Agar bozorda aniq ifodalangan yo‘naltirilgan narx harakati kuzatilsa, unda mantiq undan foydalanish kerakligiga ishora qiladi.
Lekin bu paytda trend yo‘nalishi o‘zgarib qolmasligi va "oxirgi vagonga sakrash" urinishi muvaffaqiyatsiz bo‘lib qolmasligiga kim kafolat bera oladi? Sving-treyding trendni korreksiya paytida bitimning ochilishini nazarda tutadi.
Masalan, o‘sib boruvchi trendda narx biroz orqaga siljidi va ma’lum darajada yana asosiy harakat yo‘nalishiga qaytdi. Bu paytda narx hech bo‘lmaganda oldingi darajaga qaytishi yaqqol ko’rinib turibti (korreksiyani narx qayrilishdan farqlash muhim).
Bu sxematik ravishda quyidagicha ko‘rinadi:
Trendning boshlanishini topamiz, ortga og’ishni kutamiz.
Birinchi pasayishning pastki qismida trend davom etayotgan paytda narx kamida oldingi maksimumga yetishini hisobga olgan holda uzun pozitsiyani (sariq nuqtalarni) ochamiz.
Bitimni burilishga birinchi aniq ishora paytidayoq yopamiz (burilishlarni topishga imkon beradigan vositalar haqida quyida aytib beraman). Butun o‘sib borayotgan trend davomida shunday qilamiz.
Cho‘qqidan keyin pastga yo‘nalgan aniq uzun kesmani ko‘ramiz — bitimni ochmaymiz. Navbatdagi qayrilishni kutamiz, o‘sib borayotgan trend zaif ekanligini ko‘ramiz, demak, pasayuvchi harakat boshlandi, yuksaluvchi korreksiyada (yashil nuqta) bitim ochamiz.
Sving-treyding afzalliklari
- Universallik va bozorga kirish uchun signallarning ko’pligi. Sving-treyding korreksiyalar bo‘ylab har qanday tomonga bitimlar ochishni nazarda tutadi. Treyder korreksiyaning ekstremumida bitimlar ochish orqali qisqa muddatli harakatlardan daromad oladi, shuning uchun treyderga trend yo‘nalishi muhim emas, korreksiyani narx yo‘nalishining o‘zgarishidan farqlash muhim.
- Tezkor tranzaksiya natijasi Sving-treyding qisqa muddatli savdo bo‘lib, savdo strategiyasining samaradorligi bir necha soatdan keyin ko‘rinadi. Shuningdek, bu psixologik nuqtai nazardan ham ijobiy jihatdir. Agar treyder bir necha daqiqadan so‘ng xatoni ko‘rsa, u tezda zararli bitimni yopadi va pozitsiya yo‘nalishini o‘zgartiradi.
- Svop xarajatlari yo‘q. Svop — ochiq bitimlarni keyingi kunga ko‘chirish uchun to’lanadigan haq.
Sving-treyding kamchiliklari
- Bitta bitim punktlarida nisbatan kam daromadlilik. Sving-treyder bozorga eng yaxshi narxda kiradi va navbatdagi qayrilish paytida bitimni yopadi. Bitta harakat taymfreymga qarab o‘rtacha 5-15 punktni tashkil etadi, kunlik strategiyalarda esa o‘rtacha volatillik doirasida — 20 punktdan ortiq daromad olish mumkin. Faqat skalpingda bitim bo’yicha daromad kamroq.
- Bozor xatti-harakatlarini chuqur tushunish zarurati, yangiliklarni doimiy ravishda kuzatib borish. Lokal korreksiyalarning sabablari fundamental omillar yoki institutsional investorlar, marketmeykerlarning ta’siri bo‘lishi mumkin. Treyder joriy harakatning mohiyatini tushunishi kerak. Shuning uchun u yangiliklarni kuzatib borishi va vaziyatni tezda o‘z foydasiga o‘zgartirish uchun ma’lum darajada sezgirlik va moslashuvchanlikka ega bo‘lishi kerak.
- Psixologik bosim. Treyder trendni aniqlashi, doimo eng yaxshi kirish nuqtalarini izlashi va bitimlarni o‘z vaqtida yopishi kerak. Doimo kompyuter yonida bo‘lish charchoq, diqqatning tarqoqligi va hissiy zo‘riqishni keltirib chiqaradi.
Sving treyding patternlari
1. Pin-barli "Bolg‘a" va "Teskari bolg‘a". Bu model korreksiya tugaganini bildiradi. Pastga yo‘nalgan korreksiya pin-bar bilan tugaydi — qisqa tanasi va pastga qaragan uzun soyasi bo‘lgan sham ko’rinishida. Pin-bar shuni anglatadiki, "ayiqlar" joriy vaqt oralig‘ida narxni pasaytirishga harakat qilishgan, ammo davr oxiriga kelib narx deyarli oldingi darajasiga qaytgan — "ayiqlar"da kuch yetarli bo‘lmagan. Kuchaytiruvchi signal — pasayuvchi korreksiyada pin-bar shami yashil tanali, yuksaluvchi korreksiyada esa sham qizil tanali bo’ladi.
Har doim ham soya uzun bo’lavermaydi. Agar har bir keyingi sham kichikroq tanaga ega bo‘lsa, bu korreksiya so‘nib borayotganini bildiradi. Va eng yaqin qayrilishda asosiy trend tomon bitimni ochish mumkin.
Misol:
Skrindan ko‘rinib turibdiki, pasayuvchi trendda barcha korreksiyalar nisbatan kichik tanali va nisbatan uzun soyali sham bilan yakunlangan. Bitta patternga qarab mo‘ljal olishning hojati yo‘q, indikatorlarni qo‘shing, grafikda kuchli qarshilik va qo‘llab-quvvatlash darajalarini chizing.
2. Swing Failure Pattern. Bu figura sving treydingda eng ahamiyatli deb ataladi, chunki u deyarli har doim ishlaydi. Muammo faqat uni aniqlashda — sof holda kamdan kam uchraydi. Pattern g‘oyasini Tomas Dante ishlab chiqqan bo’lib, u ushbu sham modelini "oldingi svingning High yoki Low darajasining soxta buzilishi" deb atagan.
Sxema ko’rinishida pattern quyidagicha aks ettiriladi:
Asosiy pasayuvchi trend mavjud bo‘lib, unda korreksiya shakllantiriladi. "1" nuqta sving-xay (swing-high) deb ataladi — bu korreksiyaning yuqori ekstremumi bo‘lib, undan keyin pasayuvchi trendni davom ettirish uchun qisqa pozitsiyalar ochiladi. Xuddi shu darajada quyidagilar amalga oshiriladi:
- Agarda narx baribir ko‘tarilib ketsa, qisqa pozitsiyalar bo‘yicha stop-loss orderlari o’rnatiladi.
- Jadvalning yuqoriga ko‘tarilishiga pul tikayotgan treyderlari uchun kechiktirilgan Buy-Stop orderlari o’rnatiladi.
Yirik o‘yinchilar uchun umumiy likvidlik qiziq. Ularning vazifasi aktiv qiymatiga ta’sir qilmaydigan darajada bozorga bir marta katta hajmda kirishdir. Orderlar to‘plami qayerda joylashganini tushunib, narxlar stakanini ko‘rib, ular oldingi qarshilik darajasini buzib o‘tadigan va ko‘zgudagi bitimni ochadigan navbatdagi sving-xayni kutishadi. "2" nuqtasida allaqachon qisqa pozitsiyalar bo‘yicha stop-losslar ijro etildi, Buy-Stop’ning kechiktirilgan orderlari bo‘yicha "buqalar"ning sotib olish buyurtmalari qondirildi, marketmeykerlarga narxni pasayish tendensiyasi yo‘nalishida yanada ko‘proq hajmda siqib chiqarishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. "3" nuqtada pattern bo‘yicha qisqa pozitsiya ochiladi.
Swing Failure Pattern shakllanishi shartlari:
- Taymfreym H1. Shart majburiy emas, ammo nazariya aynan soatlik intervaldan foydalanishni tavsiya qiladi.
- Patterndan avval trend kelishi kerak.
- Soxta buzilish va aniq korreksiya bir-biriga mos ravishda bo’lishi kerak. Swing-high va swing-low aniq ifodalangan bo‘lishi kerak.
Agar ikkinchi korreksiya davom ettirilmasa va birinchi sving-loudan biroz keyinroq yopilsa, qarama-qarshi sham paydo bo‘lishi bilan biz tranzaksiyani trendning asosiy yo‘nalishi tomon ochamiz.
Misol:
Forexda o‘sish trendi kuzatiladi, shundan so‘ng korreksiya sodir bo’ladi. "1" nuqtada swing-low hosil bo‘ladi. Korreksiya aniq bo‘lib, yuqoriga yo‘nalgan vizual uchburchakni hosil qiladi. "2" nuqtada SFP-pattern shami hosil bo‘ladi, soya avvalgi minimumdan pastroqda yopiladi. Keyingi sham o‘suvchi – demak, "3" nuqtada long pozitsiya ochamiz.
Garchi bu kamdan-kam uchrasa-da, "ayiqlar" yana qo‘llab-quvvatlash darajasini buzib o‘tishga harakat qilishdi — "4" nuqta. "5" nuqtada yana bitta long pozitsiya ochamiz.
Sving-treydingning asosiy tamoyillari
Sving-treyding savdo strategiyasi bo‘yicha ishlash qoidalari:
1. Sving treyding strategiyasining maqsadi kam sonli bitimlarni ochish va ularni bozorda iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Riskni minimallashtirish nuqtayi nazaridan oldingi misolda bitimni birinchi lokal qayrilishdayoq (qizil nuqtalar) yopish mantiqqa to’g’ri bo’ladi. Biroq, stop-loss yordamida barcha bitimlarni trend yo‘nalishi o‘zgargunga qadar ushlab turish, navbatdagi lokal korreksiyada bitim ochish va uni zararsizlik nuqtasida straxovkalash mumkin.
2. Savdolar uzun taymfreymlarda amalga oshiriladi. Nazariyada bitimni 2-4 sham davomida ochiq ushlab turish istiqboli bilan kunduzgi intervalni belgilash taklif etiladi.Albatta, bunda svop xarajatlarini hisobga olishga to’g’ri keladi. Alternativ variant — kun davomida bir necha soat pozitsiyani ushlab turish bilan H1 va H4 intervallari. Kichik intervallar qo‘llanilmaydi, chunki narx shovqini modelga noaniqlik va nomutanosiblik kiritadi.
3. O‘suvchi trend uchun navbatdagi og’ishning pastki nuqtasi oxirgi minimumdan yuqoriroq joylashgan bo‘lishi kerak — bu davom etayotgan harakatning belgisidir. Agar tub avvalgi minimumdan past bo‘lsa, qayrilish ehtimoli yuqori.
Misol:
Qizil rangda qo‘llab-quvvatlash darajalari ko‘rsatilgan bo‘lib, narx yuksaluvchi harakatni saqlab qolgan holda ushbu darajalardan boshlanadi. Yashil daraja oldingi qizil chiziqdan pastroqda. Bu trendni o‘zgartirish uchun signaldir.
4. Narx so‘nggi maksimum darajasiga (korreksiyaning boshlanish nuqtasiga) qaytganidan so‘ng, bitimni zararsizlik darajasida treyling-stop bilan sug‘urtalaymiz qilamiz (treylingni bitimning ochilish nuqtasiga qo‘yamiz). To‘g‘ri ochilgan barcha bitimlar stop yoki teyk-profit bo‘yicha yopiladi.
Muhim eslatma. Aksariyat xususiy treyderlarning oyoqlari qaysi darajada o‘rnatilganini biladigan marketmeykerlar narxga ta’sir qilishi mumkin. Mahalliy tuzatish paytida ular narxni oldingi ekstremum darajasiga "yetkazib qo‘yishi" mumkin, natijada bitimlar stop-orderlar bo‘yicha yopiladi va narx yana asosiy yo‘nalishga qaytadi. Shuning uchun yo burilish paydo bo‘lishi bilan bitimni yopamiz (agar grafik oldida o‘tirishga vaqt bo‘lsa), yoki treyling bilan sug‘urtalanamiz (agar broker serveri bilan barqaror aloqa mavjud bo‘lsa), yoki stop-orderlarni ekstremumning aynan o‘zida emas, balki undan biroz nariroqqa joylashtiramiz.
5. Savdo yuqori volatillik paytida va fletda olib borilmaydi. Bunday qaror qabul qilish uchun o‘zgaruvchanlik darajasi yuqori yoki pastligini tushunish kerak. Investing saytidagi volatillik kalkulyatorini oching va kunlik harakat amplitudasini o‘rtacha qiymat bilan taqqoslang.
6. Zararli bitimlarni chiqarish uchun o‘rta qiymatga keltirish va shunga o‘xshash usullar istisno etiladi.
7. Zararli bitimni tunda yoping. Sizning maqsadingiz — minimal xarajatlar bilan maksimal daromad olish.
Sving-treydingning qiyinchiliklaridan biri — bu grafikni doimiy nazorat qilish zarurati (psixologik yuk). Treyderdan kirish nuqtasini topish talab etiladi, bundan avval gap yangi qarama-qarshi harakat korreksiyasi haqida emas, balki aynan dastlabki harakatni davom ettirish haqida borayotganiga ishonch hosil qiling. Misol:
Lokal og’ishlar bilan o’sib borayotgan trend qarshilik darajasini qurishga imkon beradi. Cho‘qqida (treyder hali bu cho‘qqi ekanligini bilmaydi) navbatdagi og’ish yuz beradi va uning eng past nuqtasi qizil nuqta bilan belgilanadi. Sving treyding nazariyasiga ko‘ra, bu joyda bitim ochish mumkin edi. Biroq shuni eslatib o‘tmoqchimanki: agar og’ishning eng past nuqtasi oldingi minimumdan pastroq bo‘lsa, bu og’ish yangi teskari trend bo‘lib chiqishi mumkin. Buni grafikda ham kuzatish mumkin.
Sving treydingdagi mahorat trend kuchini aniqlash, burilish nuqtasini belgilash va lokal korreksiyani, narx yo‘nalishi o‘zgarishidan farqlashni o‘rganishdan iborat. Ba’zi manbalarda bitimlar ochilishini to‘lqin nazariyasiga bog‘lash tavsiya etiladi. Unga ko‘ra, o‘sib borayotgan trenddagi sikllar 3, 5 yoki 9 ta impuls va og‘ishlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar sizda qonuniyatlarni izlash istagi bo‘lsa, buni sinab ko‘rishingiz mumkin, ammo men to‘lqinlarga o‘ta ham bog‘lanishni maslahat bermayman. Tasdiqlovchi va prognoz qiluvchi instrumentlardan foydalanganinigiz ma’qul.
Trendni aniqlash va og‘ishlarni tahlil qilish instrumentlari
- Patternlar. Shamli modellar trendning qayrilish va korreksiya paytini ko‘rsatadi.
- Ossillyatorlar va trend indikatorlari. Trend kuchini, haddan ziyod sotib olinganlik va haddan ziyod sotilganlik zonalarini ko‘rsatadi. Narxning kelajakdagi qayrilish signallaridan yana biri divergensiya hisoblanadi (indikatorlar va narx o‘rtasidagi ma’lumotlarning farqlanishi).
- Darajalar. Ko‘pincha narxning sapchishi stoplar yoki teyk-profitlar yig’ilib qolgan muhim darajada yuzaga keladi.
- Bozor kayfiyati va multi-taymfreymli tahlil. Narxlar stakanidagi buyurtmalar soni va bitimlar hajmining nisbatini ko‘rsatuvchi indikator. Agar H1 darajasidagi teskari harakatda H4 intervali davomida asosiy yo‘nalish tomon buyurtmalarning sezilarli ustunligi kuzatilsa, katta ehtimol bilan bu teskari harakat shunchaki korreksiyadir.
- Korrelyatsiya. Ba’zi aktivlar to‘g‘ri yoki teskari korrelyatsiyaga ega. Masalan, oltin va asosiy valyuta juftliklari. Va ularning bir-biriga nisbatan qayrilishlari kechikib yuzaga kelishi mumkin. Yordamchi instrument narxining o‘zgarishiga qarab asosiy aktiv bo‘yicha ham qayrilishni prognoz qilish mumkin.
Ro‘yxat bular bilan cheklanmaydi. Shuning uchun, agar sving-treyderning arsenalini yana qanday kengaytirish mumkinligi haqida maslahat bermoqchi bo‘lsangiz, izohlar bo‘limida yozing.
Treyding nazariyasi bo‘yicha manbalardan birida flat holatidagi teskari harakatlardan ham daromad olish taklifi mavjud. Uning mohiyati shundan iboratki, flat kanalining buzilishini kutish va kanal ichiga qayrilib harakatlanishda bitimlarni ochish kerak.
Swing Trading strategiyasi uchun eng sara aksiyalar
Sving treyding uchun fond indekslariga kiruvchi har qanday aksiyalar mos keladi. Ko‘pincha ular indekslar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgani sababli, ulardan signal beruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Aksiyalar bo‘yicha sving-treydingning yana bir afzalligi — fundamental tahlil asosida savdo qilishning nisbatan osonligidir. Aksiyalar narxlari moliyaviy hisobotlar e’lon qilinishi, sanoat prognozlari, makroiqtisodiy statistika va boshqalarga nisbatan yaxshi reaksiya ko’rsatadi.
Piramida usulidan foydalaniladigan strategiyaga misol:
Piramidalashtirish usuli masshtablashtirish usuli deb ham ataladi. U trend bo‘yicha bir nechta bitimlarni ochishni, ya’ni qulay prognoz mavjud bo‘lganda umumiy pozitsiyani kengaytirishni nazarda tutadi.
Sving treyding savdo strategiyasi quyidagicha ishlaydi:
- Bir soatlik intervalda yangi trendning boshlanishini topamiz. Skrinda quyidagi holatni ko‘rish mumkin: bir qator yuksaluvchi shamlardan keyin pin bar paydo bo‘lmoqda. Bu trend o‘zgarishiga signal bo‘lib, uning tasdig‘ini MACD kabi ossillyatorlar yordamida olish mumkin. Pin-bardan bir sham o‘tgach, pastga yo‘nalgan katta qizil sham paydo bo‘ladi. Shunda birinchi qisqa pozitsiyani ochamiz.
- Trend pastga yo‘naladi va birinchi korreksiya boshlanadi. Boshlanish paytida bitimni zararsizlik darajasida treyling-stop bilan sug‘urtalaymiz — bitimning ochilish darajasi + spred. Agar korreksiya yuksaluvchi trendning davomi bo‘lsa, bitimni zararsiz yopish mumkin.
- "1" nuqtada narx pastga qayriladi, bu esa narx o‘sishi faqatgina korreksiya bo‘lganini tasdiqlaydi. Ikkinchi qisqa pozitsiyani ochamiz. Ikkinchi korreksiya boshlanishida bitimni yana ochilish darajasi va spred asosida treyling orqali sug‘urtalaymiz.
- "2", "3", "4" nuqtalarda xuddi shu harakatlarni takrorlaymiz. Pasayuvchi trend yuqoriga qayrilgandan so‘ng, barcha bitimlar treyling bo‘yicha yopiladi. Oxirgisidan tashqari barcha bitimlar foyda keltiradi.
Strategiya bir qator afzalliklarga ega:
- Uni har qanday bozorda qo‘llash mumkin.
- U tavakkalchilikni optimallashtiradi. Agar siz trend boshlanishini va birinchi korreksiyaning boshlanishini topgan bo‘lsangiz, treyling-stopni zararsizlik darajasiga o‘rnatishga ulgurgan bo‘lsangiz, siz yo‘qotadigan yagona narsa — bu vaqt. Agar ikkinchi ochiq bitim treyling o‘rnatilishidan avval zararli bo‘lib chiqsa, u birinchi bitimdan olingan foyda bilan qoplanadi.
- Har bir shamni tahlil qilishingiz shart emas. Bitimlaringiz allaqachon treyling va birinchi pozitsiyadan olingan foyda bilan himoyalangan. Shu sababli intuitsiyangizga ishonishingiz yoki ko‘pchilikning harakatlariga ergashishingiz mumkin.
- Trenddan maksimum foyda olasiz.
Muhim masala. Bitimlar shunday hajmda ochilishi kerakki, u prosadkadan keyin depozitni nolga keltirib qo‘ymasin. Aks holda, oxirgi zararli stop-aut bitimi barcha daromadli bitimlarni yo’qqa chiqaradi.
Sving-treydingda eng yaxshi indikatorlar
Sving-treyding uchun eng yaxshi indikatorlar va instrumentlar:
- Fibonachchi darajalari. Yaqqol ifodalangan trendda korreksiya darajalari. Bu instrument bilan qiziq paradoks bor: nazariyaga ko‘ra, aynan shu belgilarda tuzatish narxi katta ehtimol bilan yo‘nalishni o‘zgartiradi. Shu sababli, bu darajalarda ko‘pchilik treyderlar kechiktirilgan va bozor orderlari yoki stoplarini taqdim etadilar. Biroq narx aynan orderlar yig‘ilishi tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Xo‘sh, sabab nima-yu, oqibat nima?
- ADX. Indikator narx harakatining kuchi va yo‘nalishini juda yaxshi aks ettiradi. Agar korreksiyaning boshida uning har bir keyingi shamchasi bilan ADX trendning kuchayishini ko‘rsatsa, hatto asosiy harakatga qaytish haqidagi ishora ham yolg‘on bo‘lishi mumkin — bitimni ochishning hojati yo‘q, chunki korreksiya yangi trendning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
- Ossillyatorlar: stoxastik, RSI, CCI. Ular moliyaviy vositaning haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik darajasini ko‘rsatadi. Ularning signallaridan quyidagicha foydalanish mumkin: o‘sish trendi kuzatilmoqda. Korreksiya boshlanadi va uning tubida o‘suvchi sham paydo bo‘ladi. Price Action tahlili bo‘yicha, bu o‘sish trendining davom etishi va uzoq muddatli pozitsiyani ochish uchun signaldir. Biroq, agar shu paytda ossillyatorlar haddan tashqari sotib olinganlik hududda bo‘lsa, bitim tuzishdan o‘zingizni tiyganingiz ma’qul. Ushbu indikatorlar haqida batafsil ma’lumotni "RSI — nisbiy kuch indeksi," "Stoxastik indikatoridan qanday foydalanish mumkin" sharhlarida topishingiz mumkin.
- To‘lqinli tahlil. Elliot nazariyasiga ko‘ra, bozor cho‘qqi, tub, o‘sish va pasayish bosqichlariga ega bo‘lgan to‘lqinlarga muvofiq rivojlanadi. Elliotning to‘lqinli tahlil usullari kunlik vaqt oralig‘ida dastlabki tahlil uchun qo‘llaniladi — ular bozorning hozirgi bosqichini aniqlash va uning keyingi yo‘nalishini belgilashga yordam beradi. MT4 da bu instrument ko‘zda tutilmagan. MT5 da siz ikkita vositani uchratasiz: Elliotning impulsli va korreksiyalovchi to‘lqinlari. LiteFinance terminalida to‘lqinli tahlilning 4 ta instrumenti mavjud.
- Hajm indikatorlari. Ular yordamida treyderlarni eng ko‘p qiziqtirgan mo‘ljal darajalarini ko‘rish, sving-maksimumlar va sving-minimumlarni topish, trend kuchini baholash mumkin.
Ushbu ro‘yxatni to‘ldirishga yordam bersangiz, xursand bo‘lardim.
Foreksning eng yaxshi indikatorlari degan tushuncha yo‘q — optimal tanlangan parametrlar, instrumentlar va maksimal samaradorlikka ega ishlaydigan savdo tizimi mavjud. Agar sving treyding bo’yicha boshqa instrumentlarni tavsiya eta olsangiz, ular bilan izohlarda bo‘lishing.
Sving treyding uchun sirpanuvchi o‘rtachalar
O‘rtacha sirpanuvchilar savdo tizimining asosiy instrumenti sifatida ishlatilishi mumkin. Tamoyil quyidagicha: uzoq taym-freymlarda korreksiyaning ehtimoliy yakunini izlaymiz, kichik taym-freymlarga o‘tamiz va asosiy yo‘nalish tomon bitimni ochamiz.
Sving treydingning asosiy shartlari:
- Kunlik taym-freymda EURUSD valyuta juftligi grafigiga ikkita sirpanuvchi: tezkor — SMA (10) va sekin — SMA (30) o‘rnatamiz. EMA dan ham foydalanish mumkin. Trend paydo bo‘lishini kutamiz. Dastlab, sirpanuvchi ko‘rsatkichlar kesishishi kerak. Agar tezkor MA sekin MAdan yuqoriroq joylashgan bo‘lsa, uzun pozitsiyani, agar sekin pozitsiyadan pastroq bo‘lsa, qisqa pozitsiyani ochish variantini ko‘rib chiqamiz.
- Bitim ochish imkoniyatini izlaymiz. Bitimlar korreksion harakatlar tugashi bilan ochiladi. Narxning o‘rtacha sirpanuvchilar orasidagi zonaga kirishi va bu zonadagi shamning yopilishi signal hisoblanadi. Keyingi sham qayriluvchi bo‘lishi kerak. Agar sirpanish diapazonidagi navbatdagi sham korreksion harakatni davom ettirsa, birinchi qayrilish shamining paydo bo‘lishini kutamiz. Agar korreksion harakat diapazondan tashqariga chiqib ketsa, yangi trendning boshlanishi haqida gapirish mumkin.
- Kunduzgi taym-freymda avvalgi shart bajarilgach, H1 yoki H4 taym-freymga o‘tamiz va narxning qayrilishini tasdiqlovchi har qanday signalni kutamiz.
1-misol:
Kunduzgi taym-freymda o‘suvchi trend kuzatilmoqda. To‘q sariq SMA — tez, ko‘k — sekin. "1" nuqtada birinchi korreksiya kuzatiladi — sham sirpanuvchilar orasidagi diapazonga kirdi, lekin uning chegarasida yopildi. Signal sust, shuning uchun unga e’tibor bermaymiz.
Pastga yo‘nalgan korreksion harakat davom etmoqda — diapazon ichida to‘rtta qizil sham yopiladi. Yashil sham paydo bo‘lgach, "2" nuqtada H1 taymfreymga o‘tamiz va xaridga kirish nuqtasini qidiramiz. Xuddi shunday holat "3" nuqtada ham kuzatiladi — pastga yo‘nalgan korreksiya harakatidan so‘ng asosiy trend tomon yashil sham paydo bo‘ladi.
«2» nuqta:
Yashil sham 22.06.2020 sanasiga to‘g‘ri keladi. H1 vaqt oralig‘iga o‘tamiz. Soat 03:00 da "pin-bar" naqshiga o‘xshash sham paydo bo‘ladi — narx qayrilishining signali. Uning avvalgi shamlarga nisbatan kichik tanasi va pastga yo‘nalgan uzun soyasi mavjud. Ketma-ket bir nechta yuqoriga yo‘nalgan shamlar paydo bo‘lganidan keyin uzun pozitsiyani ochish mumkin. Ishonchlilik uchun qarshilik darajasini belgilab, uning buzilishini kutish mumkin.
Maslahat: Monitor oldida kerakli shamni kutib o‘tirmaslik uchun “alert”lardan foydalaning. MT4 dasturida narx qarshilik darajasiga yetganda ovozli signal (alert) beradigan ogohlantirish tizimini sozlang.
«3» nuqta:
Yashil sham 11.08.2020 sanasiga to’g’ri keladi. H1 taymfreymga o‘tamiz. Soat 05:00 da pasayuvchi trendda "Yutib yuborish" naqshi paydo bo‘ladi — yashil shamning tanasi qizilning tanasini to‘liq qamrab oladi. Bitimni keyingi shamda ochish yoki narxning qarshilik darajasini kesib o‘tishini kutish mumkin.
Bozordan chiqish shartlari har bir holatda o‘ziga xos bo‘lib, sizning xavf-xatarlarni boshqarish siyosatingizga qarab belgilanadi. Daromadning belgilangan miqdoriga erishilganda yoki teskari patternlar bo‘yicha yopilishi mumkin. Kunlik taymfreymda shamlarni kuzatish va H1 intervalida mahalliy korreksiyalarni kutib turish mumkin.
2-misol:
Kunlik intervalda kuchli yuksalish trendi kuzatilmoqda. Qizil to‘rtburchak bilan ajratilgan diapazonda sham sirpanuvchilar orasida yopiladi. Biroq, keyingi sham pasayish yo‘nalishini davom ettiradi. Bu bizning oldimizda chuqur korreksiya emas, balki yangi trendning boshlanishi turganligini ko‘rsatadi. Uzoq pozitsiyani ochish mumkin emas. Bozorga kirishdan o‘zingizni tiyishingiz yoki H1 taymfreymida qisqa pozitsiyani ochish uchun signallarni topishingiz mumkin.
Foreksda strategiya juda yaxshi ishlaydi, lekin bitta minus bor: signalni bir necha hafta kutish mumkin. Shuning uchun uni bir vaqtning o‘zida bir nechta valyuta juftliklarida qo‘llash mumkin.
Sving treyding uchun eng yaxshi taym-freym
Sving-treyding uchun eng yaxshi taymfreym bir soatlik interval va undan kattaroq hisoblanadi. Kichik M1-M5 taymfreymlar muammosi — narx shovqinida. Treyder korreksiyaning aniq qayrilish nuqtasiga ulgurib qolishi va trendning yangilanish paytida bitimni ochishi kerak. Ammo narxlar shovqini harakatga nomutanosiblikni olib keladi. Qisqa masofada narx trendga qarab ketishi va yana ko‘tarilishi mumkin, bu esa aniq tahlil qilish imkonini bermaydi.
Qisqa taym-freymlarning yana bir muammosi — kotirovkalar tarixining aniqligi. Haqiqiy hisobda ishga tushirishdan oldin har qanday strategiya tarixiy ma’lumotlar asosida sinovdan o‘tkazilishi shart. Agar kotirovkalar arxivini yuklash jarayonida ayrim joylarda ma’lumotlar tushirib qoldirilsa (bu ko‘pincha bir daqiqali intervallarda uchraydi), sinov natijalari haqiqiy holatni aks ettirmaydi.
Nima uchun H1 dan keyingi intervallar yaxshiroq:
- Narx shovqinining ta’siri istisno qilindi. Fundamental tahlilning ta’siri kuchsiz.
- Trenddan maksimal darajada foydalanish imkoniyati. Pozitsiyalar bozorda bir necha soat yoki bir necha kun ushlab turilishi mumkin. Va trend aniqroq va barqarorroq bo‘lgan uzoq muddatli savdo uchun katta taymfreymlar kerak.
- Kamroq emotsional bosim. Soatlik intervalda ochilgan bitimlarni soatiga 1-2 marta tekshirish kifoya. Vaqt oralig‘i qanchalik kichik bo‘lsa, jadvalni shunchalik tez-tez kuzatib borish talab etiladi.
- Bir xil strategiyada daromadlilik yuqori bo‘ladi. Misol: siz korreksiya tugagan paytda Foreksda bitimni ochasiz va teyk-profitni uning boshlanish darajasiga o‘rnatasiz. Asosiy trend davom etsa, narx korreksiya chuqurligiga qarab 3-6 shamdan keyin unga yana qaytishi mumkin. M15 oralig‘ida sham tanasining o‘rtacha uzunligi 5 belgili kotirovkalarda 30-40 punktni tashkil etadi. H1 intervalida — 70-100 punkt.
Soatlik va kunlik taym-freymlarning kamchiligi bor — kirish signallari M15-M30 taym-freymlariga nisbatan ancha kam paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘zingiz uchun eng qulay bo‘lgan taymfreymni tanlang.
Dey-treyding yoki sving-treyding?
Sving-treyding va kunlik strategiyalarning asosiy farqi ochiq pozitsiyalarning davomiyligidadir. Kunlik strategiyalar savdo kuni ichida qat’iy yopiladi. Treyder M1 dan H4 gacha bo‘lgan istalgan taymfreymdan foydalanishi mumkin, ammo u har doim savdo kuni tugashidan oldin bitimni yopishga intiladi. Buning maqsadi — ochiq pozitsiyani keyingi kunga o‘tkazish uchun to‘lanadigan komission to‘lov — svopda tejash.
Sving-treyderning vaqt chegaralari mavjud emas. U narx ning chuqurligi va trendning davomiyligiga e’tibor qaratadi. Shu sababli, bitimlar bir necha soat, agar korreksiya qisqa bo‘lsa, hattoki bir necha kungacha ochiq qolishi mumkin.
Swing savdosining kunlik strategiyalardan boshqa farqlari quyidagilar:
- Savdo prinsipi. Sving-treyder narx tebranishlaridan — korreksiyalardan foyda oladi. U trend bo‘yicha ham, trendga qarshi ham ishlay oladi. Ba’zi hollarda sving strategiyalari konsolidatsiya diapazonida ham ishlaydi. Dey-treyderning strategiya arsenali kengroq.
- Vositalar. Sving-treyder prognoz qilinadigan bozorni afzal ko‘radi, shuning uchun fundamental volatillik paytida bitimlarni ochishdan qochishga harakat qiladi. Dey-treyder esa, aksincha, ko‘pincha fundamental tahlildan foydalanadi.
- Bitimlar soni. Dey-treyder bozorda kun davomida bitta bitimni deyarli nazorat qilmasdan ushlab turishi va shu tariqa vaqtni tejashi mumkin. Mahalliy korreksiyalardan foyda oladigan sving-treyder esa ko‘proq vaqtini monitor oldida o‘tkazishga majbur. Vaqtni oqlash maqsadida u bir vaqtning o‘zida bir nechta aktivlar bo‘yicha bitimlar ochishi mumkin.
- Riskni baholash yondashuvi. Sving-treyder narx harakatining to‘g‘ri qismida foyda olishni afzal ko‘radi va birinchi aniq burilish signalida bitimni yopadi. Dey-treyderga esa bitimni ushlab turish — chuqur pasayishlar holatida ham bozorda qolish xosdir.
Har ikkala savdo usulining ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, ko‘plab umumiy jihatlari mavjud. Qaysi usul sizga ma’qul ekanligini tushunish uchun turli uslubdagi strategiyalarni demo hisobda sinab ko‘ring. Demo hisob va LiteFinance terminalidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Eng sara sving treyding strategiyalari
Swing savdo strategiyalarini trend harakatiga qarab quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Trend bo‘yicha savdo. Bu yerda ikki xil variant mavjud:
Korreksiya tugagandan so‘ng bozorga kirish (faol strategiya). Treyder korreksiyaning tugashini kutadi va narx asosiy harakat yo‘nalishiga burilgan paytda bitimni ochadi. Bitim keyingi korreksiya boshlanishi bilan yopiladi.
Ushbu misolda savdogar asosiy pasayuvchi harakatdan foyda oladi, ya’ni aktivni yuqoriga yo‘nalgan tuzatish tugayotgan paytda eng yuqori narxda sotadi. Keyin esa, bozordan tashqaridagi narxning vaqtinchalik ko‘tarilish davrini chetlab o‘tib, bitimlarni pastroq narxda yopadi.
Kechiktirilgan order bo‘yicha bozorga kirish (konservativ strategiya). Korreksiya yakunida bitimning ochilish muammosi shundaki, bunda trendda teskari o‘zgarish yuz bermadi:
Yuksaluvchi trendda "1" nuqtada treyder uzun pozitsiyani ochadi va uni "2" nuqtada yopadi. "3" nuqtada treyder trendni davom ettirish uchun yana uzun pozitsiyani ochadi, ammo narx so‘nggi sving-xayga yetib bormaydi va "4" nuqtada pastga qarab o‘zgaradi. Asosiy harakatning "3-4" qismi yangi pasayuvchi trendning korreksiyasiga aylanadi.
Bunday vaziyatdan qochish uchun treyder korreksiya uchastkasida oldingi sving-xay darajasida kechiktirilgan Buy Stop orderini qo‘yadi. Agar narx bu darajaga yetmay, pastga ketgan bo‘lsa, treyder hech narsa yo‘qotmagan, chunki bitim ochilmagan. Agar narx ikkinchi cho‘qqini hosil qilsa, trend asosiy yuqoriga yuksaluvchi harakatni davom ettirishi ehtimoli yuqori. Garchi bunday strategiyada treyder foydaning bir qismini yo‘qotsa ham (chunki bitim korreksiya tubida emas, balki so‘nggi sving-xay darajasida ochiladi), u zarar ko‘rish xavfini kamaytiradi.
2. Trendga qarama-qarshi savdo Qarama-qarshi usul. Mohiyati esa korreksiyadan daromad olishga borib taqaladi. Treyder tuzatish boshlangan paytda bitimlarni ochadi va asosiy yo‘nalish tomon qaytish paytida ularni yopadi. Agar tuzatish asosiy trendga aylanib qolsa — ikki hissa foyda bo‘ladi.
Buqa strategiyalari
Buqa strategiyalari — yuksaluvchi trendga ergashish bilan bog‘liq savdo strategiyalaridir. Nazariyada sving-treyding bozorning har qanday yo‘nalishdagi harakatida bir xil samaradorlik bilan ishlaydi. Biroq, har daqiqada qimmatlashib borayotgan aktivni sotib olishni xohlovchilar hisobiga o‘sib borayotgan bozor yanada barqaror bo‘ladi, degan fikr mavjud. "Buqalar" narxning ko‘tarilishidan foydalanishni va bozordan tashqarida aktivning arzonlashishini kutishni ma’qul ko‘radilar.
Buqa strategiyalari qisqa va uzoq muddatli bo‘ladi. Qisqa muddatli strategiyalar har bir mahalliy og’iish va keyingi ko‘tarilishdan foyda olishni ko‘zda tutadi. Og‘ish chuqurligi 3-6 sham. Bu strategiyaning afzalligi — nisbatan ko‘proq daromad, chunki treyder ayiq korreksiyasi boshlangan paytda bitimni yopishga ulguradi. Kamchiligi — grafik ko‘rsatkichlarni tez-tez kuzatib turish kerak. Uzoq muddatli strategiyalar ham trendga asoslangan savdoni nazarda tutadi, ammo global tuzatish, mahalliy tuzatishlar esa e’tibordan chetda qoladi.
Swing-trading misoli:
Qisqa muddatli sving-treyder har bir korreksiyadan yuksaluvchi trend bo‘yicha maksimal foyda oladi. Soatlik intervalda bitimlar bozorda bir necha soat davom etadi.
Uzoq muddatli sving-treyder mahalliy korreksiyalarni o‘tkazib yuborish va global trenddan daromad olish orqali vaqtni tejashni afzal ko‘radi. Bitimlar 12 soatdan bir necha kungacha ochiq turadi.
Ayiq strategiyalari
Ayiq strategiyalari — pastga yo‘nalgan trend bo‘yicha savdo yuritish usullaridir. Savdo bitimlari har bir oldingi cho‘qqidan pastroq bo‘lgan sving-maksimumlarda ochiladi. Bu ho‘kiz strategiyalariga o‘xshash, faqat o‘sib boruvchi trend o‘rniga pasayuvchi trend mavjud bo‘ladi.
Yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimanki, ho‘kiz va ayiq strategiyalarining misollari sving treydingining faqatgina ayrim ko‘rinishlaridir. Sving-treydingning asosiy mohiyati — narxning ikki tomonga tebranishida savdo qilishdir. Bu tebranishlar trend davomida yoki flet holatida bo‘lishi muhim emas. Farq shundaki, trend davomida narx harakatlari uzunroq, flet holatida esa qisqa va korreksiyalar chuqur bo‘lmaydi. Shu sababli, trend bo‘yicha sving-treyding yanada samaraliroq.
Sving maksimum va sving minimum qanday aniqlanadi
Sving-maksimum yoki sving-xay, sving-minimum yoki sving-lou — bu trendning asosiy harakati va korreksiyasining mahalliy ekstremumlari:
Qizil chiziqlar sving-maksimumlarni, ko‘k chiziqlar esa sving-minimumlarni ko‘rsatadi. Haqiqiy narxlar grafigida ekstremumlarni aniqlash qiyinroq, chunki ular har doim ham aniq ko‘rinishga ega emas. Masalan, o‘sish trendida narxning ozgina pasayishi "flet" bo‘lishi mumkin.
Sving-maksimum va sving-minimum belgilari:
- Kuchli trendda joylashgan. Trend uzunligiga nisbatan kichikroq uzunlikka ega.
- Chetlari aniq bo‘lib, maksimum 2-3 ta shamcha yordamida hosil qilinadi.
- Har bir keyingi sving-ekstremum oldingi ekstremumdan yuqoriroq bo‘lishi kerak.
Mahalliy korreksiyalarning boshlanishi va tugashini chiziqli grafikda aniqlash osonroq. Sham grafikida esa ekstremumlar soyalarning eng chetki nuqtalari bo‘yicha aniqlanadi.
Kriptovalyutalar uchun sving treyding
Kriptovalyuta bozori boshqa bozorlardan yuqori volatilligi bilan ajralib turadi. Kun davomida narxlarning tebranish diapazoni o‘rtacha 3-5 foizni, ayrim kunlarda esa 10-15 foizgacha tashkil etishi mumkin.
Kriptovalyutalar bo’yicha sving-treydingning o‘ziga xos xususiyatlari:
- Ko‘p va chuqur korreksiyalar.
- Trendda ham, fletda ham savdo qilish mumkin.
- Trend yo‘nalishining tez-tez o‘zgarishi. ATR indikatori volatillikni baholashga yordam beradi.
- Fundamental omil va yirik kapitalning ta’siri katta. Shu sabablarga ko‘ra texnik tahlilning ko‘pchilik indikatorlari ishlamaydi. Asosiy texnik vositalar: grafik tahlil, Price Action, hajm indikatorlari.
- Yuqori spred. Shuning uchun faqat chuqur korreksiyalarni ushlab qolish, mahalliy korreksiyalarni inobatga olmasdan, bozordagi bitimlarni bir necha kun ushlab turish maqsadga muvofiqdir.
- Depozit nisbati va bitimlar hajmiga oid risk-menejment qoidalariga qat’iy rioya qilish. Ochiq pozitsiya mahalliy og’ishlarga bardosh berishi kerak.
Ushbu nozik jihatlarni e’tiborga olgan holda, kriptovalyuta bozorida ham boshqa moliyaviy instrumentlar uchun qo‘llaniladigan o‘sha strategiyalarni ishlatish mumkin.
Foreks bozoridagi Swing trading
Yana bir bor eslatib o‘taman, sving-treyding — bu alohida savdo tizimi emas, balki foyda olish tamoyilidir. Ushbu metodikaga siz o‘z strategiyalaringizni kiritishingiz va voqealarning turli rivojlanishini modellashtirishingiz mumkin. Quyida Forex valyuta juftliklari uchun bunday strategiyalardan biri keltirilgan.
Dastlabki shartlar:
- Juftlik — EUR/USD.
- Taymfreym — Н1.
- Qo’shimcha instrument — stoxastik (14, 3, 3).
Sirpanuvchi o‘rtacha qiymatlarni ham qo‘shish mumkin, lekin grafikni ortiqcha yuklashdan ma’no ko‘rmayapman. Bundan tashqari, sirpanuvchilar trendni aniqlashda ozgina kechikmoqda.
Oylik masshtablashda (masshtablash shamlarning aks ettirilish xususiyatiga ta’sir qiladi) va bir soatlik intervalda biz uning burilishini kutish va bitimlarni ochishni boshlash uchun so‘nggi trendni qidiramiz. Sving-treyding zonalari va bitimlarni ochish nuqtalarini aniqroq ko‘rsatish maqsadida o‘tmish ma’lumotlaridan foydalanaman. Shu sababli, hozirgi paytda yashil nuqtada turibman, deb faraz qilaylik.
- Uchta ekstremum trendning sariq chizig‘ini o‘tkazishga imkon beradi. Yashil nuqtada turib, trendning o‘zgarishi bu chiziq kesilganda sodir bo‘ladi deb taxmin qilamiz va stoxastikdan tasdiqlovchi signalni kutamiz.
- Birinchi proboy moviy strelka bilan ko‘rsatilgan nuqtada sodir bo‘ladi. Ayni paytda stoxastik 50-daraja atrofida bo‘lgan holda ko‘tarilish trendini aks ettirmoqda. Ammo hozircha bu inersion buzilishmi yoki baribir yuksaluvchi trendning boshlanishimi, aniq ayta olmaymiz.
- Narx pasayuvchi harakatda darajadan pastga tushmasdan sapchib, yuqoriga qarab ketadi. Stoxastik ko‘rsatkich ham ko‘tariluvchi harakatni tasdiqlaydi. Eng yaqin korreksiyani kutmoqdaman, uning eng past nuqtasi oldingi minimal darajadan (narxning daraja bilan kesishgan joyidan) yuqoriroq bo‘ladi. Bu trend boshlanishidagi og‘ish paytida bitim ochish uchun eng maqbul nuqtadir — grafikda u ko‘k oval bilan belgilangan.
Ushbu grafikda sariq to‘rtburchaklar bilan treydingdagi taxminiy sving-zonalar belgilangan bo‘lib, ularda kirish va chiqish nuqtalari haqida signal beruvchi teskari patternlarni topish vazifasi qo‘yilgan. Taxminiy — chunki ularni qurish qoidalari yo‘q. Kirish nuqtalarining o‘zi strelkalar bilan belgilangan: ko‘k nuqta bilan eng birinchisi — trendning boshlanishi (avvalgi grafikda bo‘lgani kabi), yashil strelkalar — uzun pozitsiya, qizil — qisqa.
Grafikka oid bir nechta izohlar:
- Chiqish nuqtalari grafikda belgilanmagan. Har kim qaysi strategiyani qurishni o‘zi hal qiladi: trenddan maksimal darajada foydalanish yoki birinchi burilishdayoq bitimni yopish. Agar siz ikkinchi variantni tanlasangiz, u holda bitimni yoki ketma-ket keluvchi dastlabki ikki qayrilish shamidan keyin, yoki agar uning tanasi oldingisidan kattaroq bo‘lsa, birinchi qayrilish shamidan keyin yoping.
- Birinchi kvadratda (birinchi sving-zonada) sariq strelka bilan belgilangan korreksiya mavjud. Bu yerda bitimni ochmaymiz, chunki bu korreksiyaning tubi oldingi kundan pastroq (kontursiz yashil strelka).
- Patternlarni kuzatib boramiz. Masalan, eng aniq ko‘zga tashlanadigan pattern — uchinchi zonadagi pin-bar (3-yashil strelka kontursiz). Beshinchi hududda yaqqol flat kuzatilib, uning buzilishi tuzatishdan keyin trendning davom etishini anglatadi. Texnik tahlil nuqtai nazaridan eng noaniq mintaqa to‘rtinchi hisoblanadi. Bu yerda korreksiya deyarli yo‘q va trend xatti-harakati xaotik.
- Stoxastikni kuzatib boramiz. Asosiy signal — uning ikkala chizig‘i ham narx yo‘nalishi bilan mos tushadi. Uning haddan tashqari xarid qilingan va haddan tashqari sotilgan hududlarda joylashishi kuchaytiruvchi signal, lekin asosiy emas.
- Birinchi ekstremumlar asosida darajalarni qurish mumkin. Ammo umumiy holatni ko‘rish uchun masshtabni o‘zgartirish kerakligini unutmang.
Sving-treyding grafiklari
Sizga qulayroq va savdo tizimingizga mos keladigan. Har bir grafikning o‘ziga xos afzalliklari bor:
- Chiziqli. Vizual jihatdan qulay. Unda asosiy trend va qayrilishlar yaqqol ko‘rinib turadi va unga qarab qarshilik va qo‘llab-quvvatlash darajalarini qurish qulay. "Fibonachchi tuzatish darajalari" ko‘rsatkichini ham chiziqli grafik asosida tuzish maqsadga muvofiq.
- Shamli. Chiziqli usulga nisbatan tahlil uchun ko‘proq ma’lumot beradi, undan taymfreym ichida narxning o‘zini tutishini baholash qulay.
- Xeyken-Ashi. Sham narxlarini hisoblashda o‘ziga xos yondashuv qo‘llaniladigan sham grafigining bir turi.
Tahlilni bir nechta grafiklar bo‘yicha birlashtirishga harakat qiling.
Xatarlarni boshqarish
Sving-treyder uchun xatarlarni optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar:
- Masshtablash usulidan foydalaning. Bu usul narx kerakli yo‘nalishda harakatlanayotganda ochiq pozitsiyalar hajmini oshirishni, aksincha narx prognoz qilingan yo‘nalishga qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan bo‘lsa, hajmni kamaytirishni nazarda tutadi.
- Risk darajasi va foyda nisbati qoidasiga rioya qiling. Nazariy jihatdan, teyk-profit stop-lossga bo‘lgan masofaning uch barobariga teng bo‘lishi lozim. Bu nisbatni o‘z strategiyangiz va maqsadlaringizga muvofiq o‘zgartirishingiz mumkin. Biroq, harakat rejasiga qat’iy rioya etishga intiling.
- Bitim bo‘yicha xavf darajasi va umumiy xavf bo‘yicha xavfni boshqarishning an’anaviy qoidalariga rioya qiling. Misol uchun, bir bitim uchun xavf darajasi — depozit summasining 5 foizigacha bo‘lishi kerak. Xavf darajasi bitim hajmi va stop-loss oralig‘i nisbatiga bog‘liq. Turli bozorlarda bitim hajmi nima ekanligini "Foreksda lot nima va uni qanday hisoblash mumkin" sharhi orqali batafsil bilib olasiz.
- Moslashuvchan bo‘ling. Agar narx kutilmagan yo‘nalishda harakatlanayotgan bo‘lsa va prognoz noto‘g‘ri deb o‘ylashga asos mavjud bo‘lsa, zarariga bitimni yopishdan cho‘chimang — to‘xtash signalini kutmay, pozitsiyani o‘zgartiring.
- MT4 testerida strategiya samaradorligini tekshiring. Agar real hisobda strategiya bektestga nisbatan ancha yomonroq natijalarni ko‘rsatsa, savdoni to‘xtating va buning sabablarini aniqlang.
- O‘z hissiyotlaringizni nazorat qiling. Sving strategiyalari sabr-toqatli, vahimaga berilmaydigan, narxlarning pasayishini hissiyotlarsiz kuzata oladigan, bitimlarni muddatidan oldin yopmaydigan, shuningdek, tajovuzkor treydingga berilmaydigan va qisqa muddatda depozitni ko‘paytirish maqsadini qo‘ymaydigan kishilarga mos keladi.
Xulosa
Sving-treyding yangi boshlovchilarning fikrlash tarziga va treydingning asosiy qoidasi — trend bo‘yicha ishlashga juda mos keladi. Kuchli trendni ushlab olsangiz, bitta bitimdan eng ko‘p foyda olishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, bunday holatda sving-treyding kunlik savdoning an’anaviy trend strategiyasiga aylanadi. Shuning uchun nomlarga ortiqcha e’tibor berishning hojati yo‘q. Patternlar, darajalar va ko‘rsatkichlarni yordamchi instrumentlar sifatida qo‘shib, trenddagi daromad taktikasini quring. Albatta, izohlarda savollaringizni berib, tajribangizni o‘rtoqlashing. O‘ylaymanki, bu har kimga qiziqarli bo‘ladi!
Sving-treyding bo’yicha FAQ
Sving-treyding — trend shakllanayotgan paytda narxning og‘ish (korreksiya) momentlaridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi savdo modelining umumiy nomidir. Sving-treyding Foreksdan tortib korporatsiya aksiyalarigacha bo‘lgan barcha moliyaviy instrumentlar bilan savdo qilishning qisqa va o‘rta muddatli strategiyasi sifatida qo‘llaniladi. Tanlangan instrumentning volatilligiga qarab, pozitsiyalar bir necha kundan bir necha oygacha ochiq holda ushlab turiladi. Sving treyding narx grafiklari modellarini texnik tahlil qilish usullariga asoslanadi va trend boshlanishida bozorga kirishni nazarda tutadi. Ochiq pozitsiya trendning birinchi qayrilish nuqtasigacha ushlab turiladi.
Ha. Sving-treyding, shubhasiz, daromadli savdo modelidir, chunki uning asosiy mohiyati — kuchli trendni tutib olishdir. Sving-treyding boshqa ko‘plab strategiyalarga nisbatan kam riskli strategiya hisoblanadi, ammo treyderning e’tibori va diqqatini kuchaytirishni talab qiladi. Daromad hajmi, har doimgidek, bozorga to‘g‘ri kirish, mavqe hajmi va yelkaga bog‘liq. Ammo so‘nggi ikkita miqdor xatar darajasiga to‘g‘ri proporsional ekanligiga e’tibor bering. Barcha depozitingizni xavf ostida qoldirmang.
Oylik miqyoslanishda (miqyoslanish shamlarning aks ettirilish xususiyatiga ta’sir qiladi) va soatlik intervalda oxirgi trendni qidiramiz, uning qayrilishini kutamiz va bitimlarni ochishni boshlaymiz. Bizning vazifamiz kirish va chiqish nuqtalarini ko‘rsatuvchi qayrilish patternlarini topishdan iborat. Shunga ko‘ra, grafikda patternlarning shakllanishini kuzatib borishimiz zarur. Masalan, eng yorqin misollar: trend o‘zgarishi patternlari — pin-bar, ikki cho‘qqi, bosh va yelkalar. Eng samarali patternlar jamlanmasi bu yerda ajoyib tarzda yaratilgan.
Sving treyding strategiyasi uchun eng maqbul taymfreym kunlik yoki haftalik taymfreym hisoblanadi. Birja aksiyalari va indekslari bo‘yicha harakat tahlili va tendensiyani aniqlash uchun haftalik taym-freym beradigan kengroq obzordan foydalanish maqsadga muvofiq. Har kunlik taymfreym trendni tez-tez o‘zgartiradigan yuqori volatil likka ega instrumentlar uchun mos keladi. Masalan, valyuta juftliklari va Foreks bozori shular jumlasidandir. Biroq, bitimimizga eng katta manfaatni ushbu taymfreymlar kombinatsiyasi keltiradi, bunda haftalik grafikda bozorning umumiy tendensiyasini ko‘rib chiqamiz, kunlik grafikda esa mikro-trendlarni topamiz.
Sving-treyding alohida savdo strategiyasi emas, balki foyda topish usullaridan biridir. Bu metodologiyaga o‘z strategiyalaringizni qo‘yishingiz va voqealarning turlicha rivojlanishini modellashtirishingiz mumkin. Sving treyding strategiyasining maqsadi umumiy trendni aniqlash, trend pasaygan paytda kam sonli bitimlarni ochish va ularni trend burilguncha bozorda ushlab turishdir. Ya’ni, treyder ushbu usulga rioya qilib, burilish nuqtalari orasidagi harakatdan iloji boricha ko‘proq foyda olish uchun bitimlarni ochishi va yopishi lozim. Pozitsiyalar odatda bir kundan olti kungacha ochiq turadi, agar bitim foyda keltirayotgan bo‘lsa, ba’zan bir necha haftagacha ham davom etishi mumkin. Treyderlar trend yo‘nalishini va ehtimoliy qisqa muddatli o‘zgarishlarni aniqlash uchun turli texnik indikatorlardan foydalanadilar.
Aktiv bo‘yicha minimal pozitsiyani ochish uchun qancha kerak bo‘lsa, shu miqdorda. Depozitning eng kam summasi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
- Aktiv bo‘yicha minimal lot. Masalan, valyuta juftliklari uchun minimal lot — 0,01. Kontraktning minimal hajmini aktiv spetsifikatsiyasida ko‘rishingiz mumkin.
- Kredit yelkasi. Valyuta juftliklari bo‘yicha LiteFinance shaxsiy kabinetida o‘z hisobingiz bo‘yicha kredit yelkasi miqdorini belgilashingiz mumkin. Boshqa aktivlar bo‘yicha kredit yelkasi o‘rniga marja tushunchasi ishlatilishi mumkin, uni ham spetsifikatsiyadan topish mumkin. Bu haqda batafsil ma’lumotni "Kredit yelkasi nima: yangi boshlovchilar uchun to‘liq qo‘llanma" mavzusidagi sharhda o‘qing.
- Aktivning Foreksdagi narxlari.
- Risk-menedjment qoidalariga rioya qilish.
Ishlaydi. Har qanday strategiya to‘g‘ri vaqtda qo‘llanilsa, natija berishi mumkin. Sving-treydingning mantiqiy asosi bor. Har qanday trendda lokal og‘ishlar kuzatiladi. Bularning sababi — pozitsiyalarni belgilash va sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi raqobat. Trend davom etishi sharti bilan, vaqtinchalik korreksiyalar payti bitimlarni ochish uchun eng qulay fursat hisoblanadi.
Har qanday strategiya va savdo instrumentlarini, shu jumladan sving treydingni ham qo‘llab boyib ketish mumkin. Savdo tizimining daromadliligi treyderning bilimi, tajribasi, bozorni tahlil etish va tez qaror qabul qilish mahoratiga bog‘liq. Muvaffaqiyatning asosiy omillari quyidagilardan iborat:
- Bozorni, shu jumladan fundamental omillarni xolisona tahlil qilish.
- Samarali savdo tizimi. Uning natijadorligini tekshirish va statistik ko‘rsatkichlarni qayd etish test orqali amalga oshirilishi mumkin.
- Risk-menejment qoidalariga rioya qilish.
- Ruhiy barqarorlik.
Aniq bir javob yo‘q. Har bir strategiyaning o‘ziga xos afzalliklari, kamchiliklari va risklari bor. Depozitni yo‘qotish xavfi narxning bashorat qilingan yo‘nalishda harakatlanishi yoki aksincha qayrilishiga bog‘liq bo‘ladi. Sving-treydingda ham, intradey strategiyalarda ham prognoz qilishda xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddatli barqaror trend mavjud bo‘lganda sving-treyding kunlik strategiyaga aylanishi ham mumkin.
Psixologik bosim nuqtai nazaridan, sving treyding xavfliroq. Treyderning vazifasi qisqa muddatli lokal og‘ishlarni ushlab qolish va trendning qayrilishini o‘tkazib yubormaslikdir. Shu sababli u grafikni doimiy ravishda kuzatib turishga majbur. Kunlik strategiyalar esa faqat ochiq bitimlarni vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni taqozo etadi.
Real vaqt rejimida narxlar jadvali EURUSD

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.