Maqolada "pip" yoki "pips" deb ataladigan narxning eng kichik o‘zgarishi haqida so‘z boradi. Siz bu o‘zgarish "pul ko‘rinishida" qancha ekanligini, narx harakatlarini nima uchun aynan shu tarzda o‘lchashga qaror qilinganini, shuningdek, barcha savdo vositalari uchun pips bir xil yoki farqli ekanligini bilib olasiz. Nima ham deymiz - pipslar bir-biridan farq qiladi :)
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Foreksda pips nimani anglatadi
Kitobxonni sersuv muqaddimalar bilan ovora qilmaymiz. Pips - bu narx o‘zgarishining minimal miqdorini anglatuvchi umumiy atama. Bu atama, asosan, Forex treyderlari orasida mashhurdir, chunki valyutalarning tebranishi ahamiyatsiz bo‘lganligi sababli ularni dollar yoki yevroda hisoblash noqulay. Narx 0,0054 yevroga emas, balki 540 ta pipsga oshganini aytish osonroq, shunday emasmi? :)
FX-pipsga nisbatan muhim tafsilot shuki, u narxni o‘lchash aniqligiga bog‘liq. Bir qator brokerlar narxni o‘lchash aniqligi o‘n minglik nisbatlar bilan cheklanganda "to‘rt xonali kotirovkalarni" taklif etadilar. Ushbu holatda EUR/USD narxining beshinchi o‘nlik nuqtasida, masalan, 1.00000 dan 1.00004 gacha o‘zgarishi ko‘zga tashlanmay qoladi. "To‘rt xonali" brokerda Foreks bozorida 1 ta pips narxining o‘zgarishi besh xonali kotirovka uchun 10 ta pips narxining o‘zgarishiga teng bo‘ladi.
EUR/USD valyuta juftligidagi spredni ko‘rib chiqamiz
Ayirboshlash kursi 1,21232:1,21233 ga teng:
eng yaxshi sotuv narxi - 1,21232 yevro,
eng yaxshi xarid narxi - 1,21233 yevro.
Spred yoki ular o‘rtasidagi farq 0,00001 yevro yoki 1 pipsni tashkil etadi. Anglaganingizdek, LiteFinance brokeri besh xonali kotirovkalarni taqdim etadi.
Minimal narx harakati haqida gapirganda, keling, bir daqiqalik taymfreymda (M1) xuddi shu instrument (EUR/USD) narxi 5 daqiqa davomida qanday o‘zgarganini ko‘rib chiqamiz.
Narx 1.21247 belgisida joylashgan.
10 daqiqadan so‘ng narx biroz ko‘tarildi - 1,21250.
Taymfreym kichik, shuning uchun o’sish juda kichik.
Bundan kelib chiqadiki, narx 3 pipsga, ya'ni 1,21247 dan 1,2125 gacha ko'tarilgan. Yoki 0,00003 yevroga.
0,00001 pips qiymati yana "kasrli pips" deb ham ataladi, chunki u to‘rt xonali kotirovkada "standart" qiymatning 1/10 qismini tashkil etadi.
Pips qanday hisoblanadi?
Buning uchun quyidagilarni bilishimiz zarur:
savdo qilinayotgan 1 lot instrumentning qiymati. Foreksda bu, odatda, asosiy valyutaning (navbatda birinchi turgan) 100 000 birligini tashkil etadi. Masalan, EUR/USD juftligining 1 lot qiymati 100 000 yevroga teng. GBP/JPY juftligining 1 lot qiymati esa 100 000 funt sterlingga teng va hokazo.
Instrumentning qiymati. Soddaroq bo‘lishi uchun yana EUR/USD olamiz. 1,20000 kurs bo‘yicha 1 lotni (100 000 yevro) sotib olish 100 000 x 1,20 = 120 000 dollarga tushadi.
Agar biz 1 ta lotni 1 ta pipsga qimmatroq, ya’ni 1,20001 dan sotadigan bo‘lsak, bunday savdo operatsiyasi natijasida 100 000 x 1,20001 = 120 001 AQSH dollari olamiz. Shunday qilib, bitta pips harakatida daromad 1 AQSH dollarini tashkil qiladi, va aynan shu miqdor ushbu instrument bo'yicha bir pipsning qiymati bo‘ladi.
Xuddi shu usulda boshqa instrumentlar ham hisoblab chiqiladi.
Ayirboshlash kursini aniqlashda verguldan keyingi "noan’anaviy" 3 ta raqamga misol qilib USD/JPY ni ko‘rib chiqamiz.
1 lotning narxi - 100 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Instrumentning narxi, deylik, 105,300.
Shu tariqa dollar va iyena misolida minimal narx tebranishi 0,001 ga teng bo‘ladi
1 ta USD/JPY lotini sotib olish uchun 100 000 * 105,300 = 10 530 000 Yaponiya iyenasi talab qilinadi.
Agar kurs bir pipsga ko‘tarilib, 105,301 ga yetsa, 1 lot (100 000 AQSH dollari) 10 530 100 iyenaga sotilishi mumkin.
Shunday qilib, bu holatda pipsning qiymati 10 530 100 - 10 530 000 = 100 iyena bo‘ladi.
Savdo akkauntida pips qiymatini qanday topish mumkin?
Foreks bozorida bir pips narxini hisoblash uchun kerakli qiymatlarning bir qismini savdo hisobida topish mumkin. Keling, onlayn-terminalda EUR/USD valyuta juftligi grafigini ochaylik. Buning uchun "Valyutalar" bo‘limini tanlab, EUR/USD juftligi ustiga bosish kerak.
Grafikning o‘ng burchagidagi shkala instrumentning joriy narxini ko‘rsatadi. U $1,20241 qiymatida joylashgan.
Demak, biz besh xonali kotirovkaga duch kelmoqdamiz, bu esa ushbu moliyaviy vosita uchun minimal narx o‘zgarishi 0,00001 dollarga teng bo‘lishini anglatadi.
Bir pipsning qiymatini hisoblash uchun lotlarda o‘lchanadigan bitim hajmini ham bilish zarur. Tanlangan hajm qiymati grafikning o‘ng tomonida aks ettirilgan:
Bitim hajmi oshishi bilan treyder uchun bir pipsning qiymati ham ko‘payadi. Oldinroq aniqlaganimizdek, 1 lot hajmida pipsning qiymati 1 dollarga teng. Demak, minimal hajm 0,01 lot bo‘lganda, pipsning qiymati 0,01 dollarga teng bo‘ladi. Bunday holda, 50 pipslik narx o‘zgarishida treyder 0,5 dollar daromad olishi mumkin.
Agar hajmni 0,1 gacha oshirsak, 1 ta pips narxi ham 10 baravar oshadi - 0,01 dollardan 0,1 dollargacha. Shunda xuddi shunday 50 ta pips harakati treyderga 5 dollar olib kelishi mumkin.
Shuni anglash kerakki, har qanday bitimning har doim 2 ta natijasi mavjud. Shuning uchun hajmlar bilan o‘ynashdan oldin risk-menejment va kapitalni boshqarish haqida bazaviy bilimlarni egallash tavsiya etiladi.
Asosiy valyuta juftliklarining pipsi
Asosiy valyuta juftliklari "Majorlar" deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi:
EUR/USD (Yevro - AQSH dollari)
USD/CHF (AQSH dollari - Shveytsariya franki)
GBP/USD (Britaniya funti - AQSH dollari)
USD/JPY (AQSH dollari - Yapon iyenasi)
USD/CAD (AQSH dollari - Kanada dollari)
AUD/USD (Avstraliya dollari - AQSH dollari)
NZD/USD (Yangi Zelandiya dollari - AQSH dollari)
Ushbu vositalarning barchasida, USD/JPY juftligidan tashqari (unda verguldan keyin 3 ta belgi bor), 5 ta belgili kotirovkalar mavjud.
Har bir vositaning 1 ta lot qiymati asosiy (birinchi o‘rindagi) valyutaning 100 000 birligini tashkil etadi:
100 000 Yevro | |
100 000 AQSh dollari | |
100 000 Funt | |
100 000 AQSh dollari | |
100 000 Avstraliya dollari | |
100 000 AQSh dollari | |
100 000 Yangi Zelandiya dollari |
Endi har bir valyuta juftligi uchun 1 pips qiymatini qo‘shib, uning 1 lotlik standart hajm uchun narxini hisoblab chiqamiz.
100 000 Yevro | 0,00001 USD | 1 USD | |
100 000 AQSh dollari | 0,00001 CHF | 1 CHF | |
100 000 Funt | 0,00001 USD | 1 USD | |
100 000 AQSh dollari | 0,001 JPY | 100 JPY | |
200 000 Avstraliya dollari | 0,00001 USD | 0,5 USD | |
100 000 AQSh dollari | 0,00001 CAD | 1 CAD | |
NZD/USD | 100 000 Yangi Zelandiya dollari | 0,00001 USD | 1 USD |
Treyder o‘z savdo kapitalini qaysi valyutada saqlayotganiga qarab, bu qiymatlar joriy kurs asosida ayirboshlanadi.
Hisoblash uchun quyidagilar talab etiladi:
Savdo instrumenti bo’yicha 1 punktning qiymati. Misol uchun, treyder USD/CHF bilan savdo qiladi. Bunday holda 1 punkt qiymati CHF bilan o‘lchanadi va 1 CHF ga teng bo‘ladi.
Foreksda bir punkt qiymati o‘lchanadigan valyutaga nisbatan hisob-kitob valyutasining kursi. Bizning holatimizda CHF ga nisbatan USD kursi talab qilinadi.
Treyderning USD dagi hisobraqami uchun USD/CHF valyuta juftligining 1 punkt qiymati uning 0,90000 kursi bo‘yicha quyidagicha hisoblanadi:
USD'dagi hisob uchun punkt qiymati = 1 CHF / 0.90000 = 1,11 USD
Agar treyderda hisob valyutasi USD'da bo'lsa va uning kursi 105,600 ga teng bo'lib, USD/JPY juftligi bilan savdo qilishni xohlasa, uning USD dagi hisobi uchun bir punkt qiymati quyidagicha bo‘ladi:
USD hisobi uchun Foreksda punkt qiymatini hisoblash = 100 JPY / 105,600 = 0,95 USD
Hisob-kitob asoslarini tushunganingizdan so‘ng, vaqtni tejash uchun treyder kalkulyatoridan foydalanishingiz mumkin:
Pips va narx harakati
Treyderning savdo tahlili uchun uning potensial foydasi yoki potensial zarari miqdorini hisoblash amaliy ahamiyatga ega. Bu miqdorlardan kelib chiqib, treyder o‘zining risk-menejmenti qoidalari va savdo kapitali miqdoriga mos keladigan bitim hajmini hisoblashi mumkin.
Bunday hisob-kitoblar uchun quyidagilar talab qilinadi:
Standart 1 lot hajmida savdo qilinayotgan instrumentning pips qiymatini hisob valyutasida hisoblash;
Hisob valyutasidagi ehtimoliy zararni aniqlash: stop-loss ishga tushganda treyder qancha yo‘qotishini hisoblash. Buni quyidagi formula orqali amalga oshirish mumkin:
Standart hajm uchun stop-loss miqdori (hisob valyutasida) = Pipsning hisob valyutasidagi qiymati x Stop-lossning pipslardagi miqdori;
Risk-menejment qoidalariga asoslanib bitim hajmini hisoblash.
Aytaylik, treyder EUR/USD valyuta juftligi bilan savdo qiladi va uning AQSH dollaridagi savdo hisobi mavjud. U 200 dollar savdo kapitaliga ega bo‘lib, 20 ta pips miqdorida stop-loss qo‘ymoqchi.
1 lot hajmida pips narxi = 1 USD
Stop-lossni 20 ta pipsga qo‘yishda, 1 lot hajmli bitim amalga oshirilganda, treyder quyidagicha tavakkal qilishi kerak:
Pips narxi * Pipslardagi stop-loss qiymati = $20;
Faraz qilaylik, treyder 1 ta bitimda depozitning 3% dan ortiq tavakkal qilishni xohlamaydi. Kapital 200 doll. bo‘lganda bu 200 doll. * 0,03 = 6 doll. bo‘ladi.
Agar 1 lot hajmidagi stop-loss 20$ bo‘lsa, treyder bitim hajmini kamaytirishi kerak bo‘ladi: 20$ / 6$ = 3,33.
Demak, risk-menejmentning bunday ko‘rsatkichlarida bitim hajmi 1 lotli standart hajmdan 3,33 marta kichik bo‘lishi lozim.
Shu sababli, barcha qoida va ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda mumkin bo‘lgan eng yuqori hajm 1 / 3,33 = 0,3 lotga teng bo‘ladi.
Foreks punkti nima (point и pipette)
1 punkt (point yoki pipette) nima va u pipsdan nimasi bilan farq qiladi?
Birja bozorlarida - fond, fyuchers va boshqalarda - vergul oldidagi narx qiymatlari punktlar hisoblanadi.
Masalan, AMZN aksiyalari narxi bir kunda 3284,7 dan 3305,4 gacha oshgan bo‘lsa, birja treyderlari narx 21 punktga oshganini aytishadi.
Quyidagi kasr narx qiymatlari (verguldan keyin) hisobga olinmaydi:
3305 - 3284 = 21 punkt.
Agar siz narxlari birja vositalarinikiga o‘xshash tarzda hisoblanadigan farqlar bo‘yicha shartnomalar (CFD) savdosini yoqtirsangiz, Foreksda ham 1 punkt siz uchun xuddi shunday ahamiyatga ega bo‘ladi.
Foreks-punkt nafaqat mumkin bo‘lgan eng kichik narx harakatini, balki 0,00001 ga teng bo‘lgan aniq narx o‘zgarishi miqdorini ham anglatishi mumkin. Ayrim foreks savdogarlari "pips" va "punkt" tushunchalarini bir-biridan farqlaydilar.
Ilgari ko‘pchilik Foreks brokerlar ikki (USD/JPY) va to‘rt (EUR/USD) xonali kotirovkalarni taqdim etganligi sababli, eng kichik narx harakatlari mos ravishda 0,01 va 0,0001 ni tashkil etgan, bular esa "pipslar" deb hisoblangan.
Metatrader savdo terminalida olingan to‘rt xonali kotirovka skrinshotiga e’tibor bering.
Narxlar o‘zgarishini uch (USD/JPY) va besh (EUR/USD) xonali kotirovkalardan foydalangan holda batafsil hisoblash boshlandi. Natijada, USD/JPY uchun narxning eng kichik o‘zgarishi 0,001 ga, EUR/USD uchun esa 0,00001 ga teng bo‘ldi.
Shu sababli, "eski maktab" treyderlari uchun "1 pip" yoki "1 pips" qiymati hamon 0,01 yoki 0,0001 narx o‘zgarishini anglatsa-da, 0,001 va 0,00001 kabi aniqroq ma’lumotlar esa "punkt" yoki chiroyli so‘z "pipette" deb atala boshlangan.
Demak, agar valyuta juftligi kursi 1,20251 dan 1,20274 gacha ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘sish 2 ta pips yoki 23 punktni tashkil etgan:
1,20274 - 1,20251 = 0,00023
AQSH dollarida o‘lchanadigan shartli instrument misolida ko‘rib chiqamiz:
Birja: $1 = 1 punkt
Foreks market: pips bir punktga teng bo‘lib, to‘rt xonali kotirovkada 0,00001 yoki 0,0001 dollarni tashkil qiladi.
Foreksda bir punkt narxi
Agar siz birja treyderi bo‘lsangiz, u holda siz uchun punktning qiymati sotilayotgan instrument qiymatining o‘lchov birligiga teng bo‘ladi.
Agar instrument AQSH dollarida sotilsa, 1 ta punkt 1 dollarga teng bo‘ladi. Agar yevroda bo‘lsa, 1 yevro.
Foreks treyderlari uchun 1 punkt - bu 1 pips bilan bir xil, shuning uchun u xuddi shunday deb qabul qilinadi.
P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)
Foydali havolalar:
- Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
- {Company}dan depozitga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinancening platformasidagi hisobnito'ldirish{link 2} paytida tegishli maydonga kiritsangiz kifoya va bonus depozit bilan bir vaqtda o'tkaziladi.
- Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
- Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance
Pips bo’yicha FAQ
Foreksdagi punkt - bu narxning minimal o‘zgarishidir. To‘rt xonali kotirovkadan foydalanganda u 0,0001 ga teng bo‘ladi. Besh xonali raqamdan foydalanganda - 0,00001.
1 punktning qiymati sotuvdagi vositaga va tuzilayotgan bitim hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Valyuta juftliklari bilan savdo qilinganda, 1 punktning qiymati kotirovka qilinadigan valyutada - juftlikda ikkinchi o‘rinda turgan valyutada o‘lchanadi. Misol uchun, GBP/USD juftligini minimal 0,01 lot hajmida sotib olish yoki sotishda, besh xonali kotirovkadan foydalanilganda, 1 punktning qiymati 0,00001 USD ga teng bo‘ladi. Agar bitim hajmi 0,01 lotdan 0,1 lotga oshirilsa, treyder uchun 1 punktning qiymati ham 10 barobarga ko‘payadi.
Agar instrumentning kotirovka qilinadigan valyutasi USD bo‘lsa, hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi:(minimal hajmdagi 1 punktning narxi 0.01 lot bo‘lganda) * bitim hajmi / minimal hajm * 100 pipsBitim hajmi 0,02 bo‘lgan holatda: 0,00001 * 0,02 / 0,01 * 100 = $0,002Agar kotirovka qilinadigan valyuta USD bo‘lmasa, avval punkt qiymatini USD da hisoblash kerak bo‘ladi.
Minimal hajm 0,01 lot bo‘lganda, 50 pips narxi 1 pips narxidan 50 barobar yuqori bo‘ladi. Misol uchun, EUR/JPY valyuta juftligining 50 pips qiymati 0,001 iyena (1 pips qiymati) * 50 = 0,05 iyenaga teng bo‘ladi. Bitim hajmi minimal miqdordan necha marta ko‘p bo‘lsa, 50 ta pipning qiymati ham shuncha marta oshadi.
Foreks-treyderi uchun bu atamalar bir-biridan farq qilmaydi. Birja treyderlari orasida 1 punkt deb - narxning minimal o‘zgarishi nomlanadi.
Buning uchun punkt qiymatini daromadli bitimdagi pipslar soniga ko‘paytirish kerak. So‘ngra olingan natijani joriy kurs bo‘yicha savdo hisobi valyutasiga konvertatsiya qilish lozim.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.