Bugun biz treydingda marja nimani anglatishini tahlil qilamiz.
Bir tomondan, marja bo'yicha uchraydigan barcha ta'riflarda, odatda, "kreditlash" yoki "qarz" tushunchasi mavjud bo'lib, undan treyderning kapalagi uchib ketadi. Boshqa tomondan, marjaning sinonimlari sifatida "noldan boyib ketish" va boshqa shunga o'xshash yoqimli, ammo haqiqatdan yiroq jarayonlar keltiriladi.
Ushbu maqolada "marjinal savdo"ning afzalliklari va kamchiliklari bilan bog'liq jihatlari bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar keltirilgan. Umid qilamanki, bu savdogarlarga ushbu instrumentdan foydalanish zaruriyati haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish va to'g'ri qaror qabul qilish imkonini beradi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Foreksda marja nimani anglatadi?
- Marjinal savdo: brokerdan marjinal garov olish
- Marja bilan sotib olish: marjali pozitsiyani misollarda ko'rib chiqamiz
- Marjinal savdoning afzalliklari
- Marjinal savdoning kamchiliklari
- Marjinal savdoda risklarni minimallashtirish
- Marjinal hisob nima
- Pozitsiyalarni ochish va saqlash uchun marja
- Marja talablari
- Kriptovalyuta bilan marjinal savdo
- Savdo paytida marjani nazorat qilish
- Foreks marjasi qanday hisoblanadi
- Marja darajasi va erkin marja
- Xulosa
- Marjinal Savdo FAQ's
Foreksda marja nimani anglatadi?
Treydingda ham, investitsiyalarda ham asosiy maqsad foyda olishdir. Biroq, jahon birjalarida operatsiyalar boshqa maqsadlar bilan ham amalga oshiriladi, masalan, xedjirlash orqali biznes va kapitalni himoya qilishning murakkab strategiyalari. Barcha turdagi operatsiyalarning moliyaviy natijasini ham "foyda" so'zi bilan atash unchalik to'g'ri emas. Moliyaviy dunyoda pul mablag'lari marja deb nomlanadi.
Foydalanish maqsadlariga qarab, marja variatsion erkin, xedjirlangan, lokirlangan (va boshqa turdagi) bo'lishi mumkin. Ushbu hosilalarning barchasi aslida pul miqdorini anglatadi. Agar Foreks marjasi nima degan savolga oddiy so'zlar bilan javob berganda, uning ta'rifi quyidagicha: marja - bu bitimni ochish paytidagi narx va joriy narx o'rtasidagi farq. Birja marjasi Foreks marjasidan farq qilmaydi - birja instrumentlarining narxlari ham xuddi shu tarzda ko'tariladi va tushadi.
Rasmdagi misolda EURUSD juftligi 1.20000 narxida sotib olish jarayoni kuzatilmoqda. Aktivning narxi 1.19000 ga tushganda, marja salbiyga aylanadi, chunki joriy narx xarid qilish narxidan 0,01 ga past. Narx 1.22000 gacha ko'tarilganda esa, bitim bo'yicha marja ijobiy bo'ladi, chunki joriy narx xarid narxidan 0,02 ga yuqoriroq bo'ladi.
Marjinal savdo: brokerdan marjinal garov olish
1990-yillarning boshlarida ba'zi brokerlar kichik depozitlarga ega bo'lgan treyderlar hisobiga mijozlar bazasini kengaytirish imkoniyatini ko'rdilar. "Chakana" treyderlarning potentsial bozorining afzalligi doimiy ravishda yuqori talabga ega edi -ko'pchilik o'zlarini birjada sinab ko'rishni xohladi, ammo u paytda investorlarga qo'yilgan talablar juda "chaqadigan" edi.
Biroq, marjinal savdoning joriy etilishi va keyingilikda Internet-treydingning rivojlanishi tufayli biz zamonamizning eng qiziqarli kasblaridan birini bosqichma-bosqich o'zlashtirib, treyderlar sifatida rivojlanish imkoniyatiga egamiz.
Forex marjasining umumiy ta'rifidan tashqari, savdogar marja savdosi nima ekanligini haqida tushunchaga ega bo'lishi kerak. Uning eng mashhur nomi kredit yelkasidan foydalangan holda savdo qilishdir.
Marjinal savdo - bu bitimga jalb qilingan shaxsiy mablag'laringizni, brokeringiz mablag'lari hisobiga bir necha barobar ko'paytirishning bir usuli. Boshqacha qilib aytganda, bu brokeringiz tomonidan bitimni amalga oshirish jarayonida sizga taqdim etiladigan qisqa muddatli kreditlash xizmatidir.
Marjinal savdoda treyder o'z bitimlari hajmini oshirish uchun nafaqat shaxsiy mablag'lari, balki broker tomonidan taqdim etilgan qarz mablag'laridan ham foydalanishi mumkin.
Savdo hajmi qanchalik katta bo'lsa, shunchalik sezilarli moliyaviy natijaga erishish mumkin. Treyderning o'z mablag'lari va brokerdan olingan qarz mablag'lari o'rtasidagi nisbat "kredit yelkasi" deb ataladi.
Treyder uchun afzalliklar haqida tushunarli, ammo broker mablag'larini shu qadar ishonch bilan taqdim etib, o'zini katta risk ostida qoldirmaydimi? Xavotirga o'rin yo'q - broker o'zi haqida ham g'amho'rlik qilib qo'ygan.
Marjinal savdoda marjinal garov yoki kafolat garovi tushunchasi mavjud. Bu mijozning savdo hisobidagi ma'lum bir savdo instrumenti bo'yicha bitim majburiyatlarini qoplash uchun zarur bo'lgan pul miqdoridir. Fond birjasida tajribali investorlar garovni "kafolat ta'minoti" deb atashadi.
Broker treyderga o'z mablag'larini aynan bitim uchun taqdim etadi. Shuning uchun treyder brokerga mumkin bo'lgan zararni qoplash uchun zarur mablag'larning mavjudligini kafolatlashi kerak.
Agar kafolat garovi miqdori yetarli bo'lmasa, broker siz hohlagan parametrlar bilan bitim ochishingizga yo'l qo'ymaydi. Bunday holda, talab qilingan garov miqdori sizning brokerlik hisobingizdagi miqdordan kam yoki unga teng bo'lmaguncha, siz kredit yelkasi hajmini yoki savdo hajmini kamaytirishingizga to'g'ri keladi.
Yuqorida biz bitimning marjinal kreditlash variantini ko'rib chiqdik, unda ishlatiladigan kredit yelkasi qanchalik yuqori bo'lsa, garov bo'yicha talablar ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Bitim bo'yicha kredit yelkadan tashqari, savdo hisobining kredit yelkasi ham mavjud, bu esa, aksincha, marja talablarni kamaytirish usuli bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Birja savdosi qoidalariga ko'ra, bitimlar ta'minlangan bo'lishi shart. Brokerlik hisobida 1 lot standart birja hajmi bilan ishlash uchun yetarli mablag' bo'lishi kerak. Savdo hisobi uchun kredit yelkasi, umumiy qabul qilingan birja standartlaridan ancha past bo'lgan depozitlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Men bir sirni ochaman: 1 lotdan kam savdo hajmi bo'lmaydi. "Qanday qilib" degan savol tug'iladi? Axir, hamma brokerlar tomonidan taqdim etiladigan, 0,1 lot yoki 0,01 lot kabi kasrli lotlarga o'rganib qolganku. Kasrli lotlarning mavjudligi - bu aynan o'sha marjinal savdoni amalda qo'llanilishidir. Agar brokerlar kredit yelkasini taqdim etmaganlarida edi, birjada faqat katta depozitlarga ega bo'lgan treyderlargina savdo qilishgan bo’lardi.
Yuqoridagi rasmda valyuta juftliklari bo'yicha 1 lot(belgilangan standart birja hajmi)ga teng savdo qilish uchun qanday minimal marja zarurligi ko'rsatilgan. Shuningdek, hisobning kredit yelkasi hajmi va kafolat ta'minoti yoki garov bo'yicha talablar hajmi o'rtasidagi bog'liqlik ham aks ettirilgan.
1 lotda 100 000 bazaviy valyuta yoki tovar birligi mavjud. Bundan kelib chiqadiki, kredit yelkasidan foydalanmagan holda, 1 lot hajmdagi bitimni amalga oshirish uchun garov 100 000 birlikga teng bo'ladi. Yelkasiz pozitsiya 1:1 ko'rinishida tasvirlangan. Hisobdagi kredit yelkasining hajmi oshgani sayin, garov miqdori shunga mos ravishda kamayib boradi. Yelkaning 10 martaga ko'payishi bilan pozitsiya 1:10 ko'rinishida ifodalanadi. Bu holda talab qilingan garov miqdori 10 barobarga kamayadi va 10 000 valyuta birligiga teng bo'ladi. Hisob uchun maksimal yelka hajmi 1:1000 ga teng bo'lsa, 1 lot hajmdagi bitimni ta'minlash uchun atigi 100 valyuta birligi kerak bo'ladi.
Kredit dastagi va marja bo'yicha risklar
Endi hisobning yelkasi bilan bog'liq masalani batafsilroq ko'rib chiqamiz.
Ushbu parametr hech qayerda ko'rinmas ekan, nima uchun uning hajmini bilish kerak? Agar siz savdoga yangi boshlagan treyder pozitsiyasidan emas, balki jiddiylik bilan yondashsangiz, foydalanadigan barcha instrumentlaringiz haqida tasavvurga ega bo'lishingiz shart.
Forex savdosida treyderning ikki xil xatti-harakati mavjud: agressiv va konservativ. Bularning barchasi treyder o'z savdo faoliyatida qanday risk darajasiga borishga tayyor ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa treyder foydalanadigan kredit yelkasining hajmiga bevosita bog'liqdir.
Agressiv savdoda har doim yuqori risklar mavjud bo'ladi, bu esa daromad olishning yuqori salohiyati borligini anglatadi. Masalan, agar hisobingizda 100 AQSh dollari bilan bir hafta ichida 10 000 AQSh dollari miqdorida pul ishlash istagingiz bo'lsa, siz agressiv savdo qilishingizga to'g'ri keladi. Aniqrog'i, "va-bank" borish.
Agressiv savdo strategiyasi uchun bitimga qo'llaniladigan kredit yelkasining 1:11 dan 1:1000 gacha bo'lgan hajmi xosdir.
Agar "tez pul ishlash" maqsadingiz bo'lmasa, unda konservativ savdo strategiyalarini tanlashingiz mumkin. Bunday strategiyalarga xos kredit yelkasining hajmi taxminan 1:1 dan 1:10 gacha bo'ladi.
Agressiv yoki konservativ tarzda ishlayotganimizni aniqlashda bizga yordam beradigan misolni ko'rib chiqamiz.
Aytaylik, 2000 AQSh dollari miqdoridagi depozit bilan 1.13120 kurs bo'yicha EURUSD valyuta juftligi bo'yicha 0.75 lotga teng bitim ochildi. Ushbu parametrlarning qaysi kredit yelkasi hajmiga mos kelishini aniqlash kerak. Buni quyidagi formula bo'yicha bajarish mumkin:
Barcha qiymatlarni formulaga kiritib, quyidagi ko'rinishga keltiramiz:
Ushbu hajm agressiv savdo strategiyasi diapazoniga kiradi - treyder yuqori risk bilan ishlamoqda.
Bitimni iloji boricha konservativ shaklga keltirishning uchta usuli mavjud:
- boshqa joriy kursli boshqa valyuta juftligini qidirish orqali kotirovkani kamaytirish;
- ishlayotgan "lot"ingiz hajmini kamaytirish;
- depozitni oshirish.
Eng oddiy va tezkor usul - bu lot hajmini kamaytirish. Keling, xuddi shu bitim uchun yelkani hisoblaymiz, lekin endi 0,15 lot hajmi bilan.
Ushbu yelka konservativ strategiyaga mos keladi.
Kredit yelkasi haqida tushuncha "Kredit yelkasi nima: yangi boshlagan treyderlar uchun to'liq qo'llanma." maqolasida batafsil yoritilgan. Men marjinal savdo asoslarini o'zlashtirayotgan barcha yangi boshlagan treyderlarga ushbu maqolani "zakladkalarga" saqlab qo'yishni tavsiya qilaman.
Marja bilan sotib olish: marjali pozitsiyani misollarda ko'rib chiqamiz
Marjinal xarid - kredit yelkasidan, ya'ni broker tomonidan taqdim etilgan qarz mablag'laridan foydalangan holda moliyaviy instrumentni sotib olish bo'yicha bitim. "Marjinal xarid" atamasi birja savdosidan kelib chiqqan bo'lib, u yerda treyderlar asosan shaxsiy mablag'lari yordamida savdo qiladilar. Foreksda, aksariyat chakana treyderlar "yelkalar" yordamida savdo qilishadi, shuning uchun har qanday xarid qilish yoki sotish bo'yicha operatsiya, marja bilan savdo qilishni anglatadi.
Marja bilan sotib olish jarayonini birja va Forex bozori sharoitida alohida ko'rib chiqamiz:
Shunday qilib, faqat 5000 dollarga teng bo'lgan shaxsiy mablag'laridan foydalangan holda, treyder 50 ta aksiyani sotib olishi mumkin, agar bir donasi uchun sotib olish narxi 100 dollar bo'lsa.
Marjinal xarid qilishda, ya'ni, qo'shimcha $5000 qarz mablag'laridan foydalangan holda, aksiyalarning narxi bir xil bo'lishi sharti bilan, treyderning yakuniy portfeli 100 ta aksiyani tashkil etadi.
Demak, agar treyder marjadan foydalansa, uning moliyaviy natijasi faqat o'z mablag'lari bilan savdo qilishdan ko'ra 2 barobar ko'p bo'ladi. Xoh u ijobiy bo'lsin, xoh salbiy.
Valyuta narxining tebranishlari birja instrumentlariga qaraganda kamroq sezilarlidir. Shuning uchun, chakana treyderlarning marjadan foydalanmasdan Foreksga kirishlari qiyin va Foreksda kredit yelkaning 1:100 kabi qiymatlari o'rta statistik va asosli hisoblanadi. Bunday kredit yelkalari ochiq foydalanishda mavjudligi sababli, ular bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash zarur va bitim uchun umumiy depozitning 5% dan ko'prog'ini ishlatmaslik kerak.
Foreksda marjinal bitim bilan marjasiz bitim natijalari orasidagi farq ancha sezilarlidir. Birja katta zarar ko'rish uchun ham, katta daromad olish uchun ham imkoniyat bermaydi.
Marjinal pozitsiya nima?
Marjinal pozitsiya - bu kredit yelkasi amalda qo'llanilayotgan pozitsiyadir. Marjinal pozitsiyani ochish broker tomonidan taqdim etilgan qo'shimcha mablag'lardan foydalangan holda savdo qilishni anglatadi.
Agar siz Forex treyderi bo'lsangiz, katta ehtimol bilan sizning har qanday ochiq pozitsiyangiz marjinal bo'lishi mumkin. Agar siz valyuta bozorida faqat o'z mablag'ingiz bilan savdo qilsangiz, salmoqli foyda olish uchun juda katta miqdordagi depozit talab qilinadi.
Marjinal savdoning afzalliklari
Birinchi afzallik - bu savdodagi foyda potentsialini oshirish va dastlabki investitsiyalarni tez ko'paytirib olish imkoniyatidir. Bu, ayniqsa, valyuta savdosida dolzarb sanaladi, chunki narxlarning o'rtacha kunlik tebranishlari, treyderlarning kichik pul sarmoyalari bilan ochilgan bitimlarda katta miqdorda daromad olishlariga to'sqinlik qiladi.
Foreksni misolida, marjinal savdo qilish imkoniyatining yo'qligi, savdoning minimal ruxsat etilgan hajmiga teng 100 000 shartli birlikdan kam depozitli treyderlar uchun valyuta bozorida ishlashni imkonsiz qilgan bo'lar edi. Kredit yelkalardan foydalanganda, savdo qilish uchun $10-$100 depozit yetarli bo'ladi. Foreks marjasi bo'lmaganda, bozorni faqat yirik o'yinchilar tashkil etgan bo'lar edi :)
Marjinallik, o'z o'rnida, treyderdan risklarni hisobga olishni talab qiladi, chunki katta kredit yelkasidan foydalanganda bu borada beparvolik qilish tezda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, treyder Foreks marjinal savdosi orqali, hohlasa ham, hohlamasa ham, birjadagi marjasiz savdo qilishda, kichik risklar sababli to'la rivojlanmagan holda qolib ketishi mumkin bo'lgan foydali ko'nikmalarni rivojlantiradi.
Marjinal savdoning kamchiliklari
Marjinal savdoning asosiy afzalligi, beso'naqay va o'yinga berilgan qo'llarda, uning asosiy kamchiliklariga aylanadi - investitsiya kiritilayotgan kapitaldan katta daromad olish imkoniyati. Treyder yoki investor o'z kapitalining haddan ziyod katta qismini risk ostiga qo'yishi va qisqa vaqt ichida ularni yo'qotishi mumkin.
Dastlabki bosqichda savdolar hajmini oshirish hisobiga umumiy foydani tez ko'paytirish istiqboli treyderlarning ko'zlarini ko'r qilib qo'yadi. Bu ko'zlarning qamashishi treyderlarning xolis va ob'ektiv bo'lishiga to'sqinlik qiladi, va faqat o'z prognozlarining ijobiy natijasiga umid qilib, ishonib qolishiga majbur qiladi.
Ikkinchi kamchilik - bu "narx bo'shliqlari" deb ataladigan bo'shliqlarning mavjudligi va ularning depozitga ta'siri. Foreks dam olish kunlari ishlamaydi, dunyodagi vaziyat esa dam olish kunlari ham o'zgarishda davom etmoqda, ammo bu o'zgarishlar faqat dushanba kuni kotirovkalarda aks etadi. Shuning uchun, dushanba kunidagi ochilish narxi, juma kuni bozor yopilishidagi narxdan keskin farq qilishi mumkin. Agar treyder dam olish kunlariga kredit yelkasi bor bitimni ochiq qoldirgan bo'lsa, unda dushanba kuni uni yoqimsiz syurpriz kutishi mumkin - narx uning pozitsiyasiga nisbatan keskin teskari tomonga o'zgarishi mumkin. Bunday hollarda, uni hatto himoya stop-buyruqlari ham qutqara olmaydi - risk-menejment qoidalariga rioya qilmaydigan treyder uchun depozitni to'liq yo'qotish xavfi mavjud.
Mening fikrimcha, marjinal savdoning yana bir kamchiligi bor - bu tajribasidan qat'i nazar, barcha treyderlar uchun kredit yelkalarni bemalol olish imkoniyati mavjudligidir. Yangi boshlagan treyderlar savdoni boshlashdan avval o'zlarining bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish bilan kamdan-kam hollarda shug'ullanishadilar.Bundan tashqari, ularning savdo qarorlariga emotsional ta'sir qilish darajasi juda yuqori. Natijada, katta daromad olish ilinjida bo'lgan yangi boshlagan treyder, ushbu instrumentni o’z depoziti uchun foyda bilan ishlata olmaydi.
Marjinal savdoda risklarni minimallashtirish
Risklarni minimallashtirishga kelsak, hamma narsa ancha avval eng kichik tafsilotlargacha "chaynalgan va og'izga solib qo'yilgan" :) Muammo shundaki, ushbu tavsiyalarga rioya qilmaslikdan salbiy tajriba olmaguncha, hech kim ularga quloq solmaydi.
Agar siz aynan shulardan biri bo'lsangiz, keling, 1000-chi marta marjinal savdoni xavfli vositadan foydali vositaga qanday aylantirish mumkinligi haqida o'ylab ko'ramiz:
Amaldagi marjaning hajmidan qat'i nazar, Foreks-treyding depozitning 5 foizidan ko'p bo'lmagan bitimdagi riskni o'z ichiga oladi. 5% - bu aynan maksimal qiymat. 1 dan 10 gacha bo'lgan shkalani tasavvur qiling, bu yerda 10 bu maksimal xavfdir. Aynan shu depozitning 5% bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir bitim uchun normal risk darajasi 1-2% atrofida bo'lishi kerak. Agar siz ketma-ket 12-15 ta zarar keltiradigan bitimlarni amalga oshirsangiz, ushbu qoida sizning depozitingizni saqlab qoladi
Muhim yangiliklar chiqarilishidan 15 daqiqa avval va chiqarilganidan so'ng 15 daqiqa ichida savdo qilmaganingiz ma'qul. Spredning ko'payishi va natijada hatto bitim stop-loss bilan yopilishi ham, treyder belgilaganidan bir necha barobar yomonroq narxda amalga oshirilish ehtimoli mavjud
Agar siz "intradey" savdo qilsangiz, dam olish kunlariga ochiq pozitsiyalarni qoldirmasligingiz kerak. Sizning pozitsiyangiz yo'nalishiga nisbatan teskari narx bo'shliqlari paydo bo'lish ehtimoli bor
Tez vaqt ichida ikki barobarga oshirish ilinjida barcha jamg'armalaringizni Foreksga olib kirmasligingiz kerak. Bu birinchi fitnes mashg'ulotidayoq eng og'ir gantelni olib ko'tarishdek gap. Birinchi bo'lib, demo-hisobda foyda qiling, keyinchalik kapitalni yo'qotish xavfi ostida o'z savdo qoidalaringizga rioya qilish qobiliyatingizni sinab ko'rish uchun kichikroq depozit bilan haqiqiy hisob oching. Va faqatgina shundan keyin savdo depozitingizni bosqichma-bosqich oshirib boring
Haqiqiy hisobda savdo qilayotganda, kun, hafta va oy uchun bitimlarda zarar qilish chegarasini oldindan aniqlash va unga qat'iy rioya qilish kerak. Men suhbatlashgan barcha professional treyderlar shunday cheklovlar qo'yishgan. Bu depozitni saqlab qolish kafolati va hissiyotlarning hisob hajmiga zararli ta'sirini minimallashtirish usulidir.
Xulosa qilib aytganda, marja faqat bir qator o'zgarmas qoidalarga rioya qilgan taqdirda, Foreks-treyderiga yaxshigina xizmat qilib berishi mumkin. Boshqa hollarda, undan foydalanish darhol treyderning barcha kamchiliklarini yuzaga chiqaradi va ularning oqibatlarini kuchaytiradi, bu darhol uning depozit miqdoriga ta'sir ko'rsatadi.
Marjinal hisob nima
Marja hisobi - bu treyder keyinchalik marjinal savdoda ishlatish uchun o'z mablag'larini joylashtiradigan, broker orqali ochilgan hisobdir. Marjinal savdo hisobidagi mablag'lar, standart brokerlik hisobidan (savdoda faqat o'z mablag'laridan foydalaniladi) farqli o'laroq, marjinal bitimlarni ochishda garov bo'lib xizmat qiladi. Marja hisobidagi kapital miqdori va kredit yelkaning qiymatiga asoslanib, treyder uchun mavjud bo'lgan bitimlar hajmi aniqlanadi.
Pozitsiyalarni ochish va saqlash uchun marja
Pozitsiyalarni ochish uchun marja yoki boshlang'ich marja - bu bitimni ochish uchun zarur bo'lgan mablag' miqdoridir. Agar treyderning bo'sh mablag'lari miqdori pozitsiyalarni ochish marjasidan kamroq bo'lsa, boshlang'ich marja bo'yicha talab bajarilmagan hisoblanadi, ya'ni yangi bitim ochish imkoniyati yo'qligini anglatadi.
Masalan, treyder 20 dollarlik 10 dona aksiyani sotib olmoqchi deylik. 1:2 ga teng bo'lgan kredit yelkasi bilan, bunday pozitsiyani ochish uchun uning hisobidagi marja $20x10/2=$100 bo'lishi kerak. Ushbu pul miqdori bitim yopilgunga qadar treyderning hisobida bloklanadi.
Tayanch marjasi yoki minimal marja - bu bitimni ochiq saqlash uchun zarur bo'lgan joriy mablag'lar miqdori. Agar treyderning shaxsiy mablag'lari miqdori pozitsiyani saqlab qolish marjasidan kamroq bo'lsa - vaziyatga qarab, margin call yoki bitimni majburiy yopilishi ro'y beradi.
Xuddi shu misolni olamiz va pozitsiyani ushlab turish uchun marja umumiy miqdorning 40% ni tashkil qiladi deb faraz qilamiz, ya'ni $200x0.4 = $80. Keyinchalik, aksiyalarning qiymati $20 dan $12 ga tushdi va portfel qiymati endi $120 ga teng. 1:2 kredit yelkasi bilan treyderning shaxsiy mablag'lari qiymati endi $120/2=$60 tashkil qiladi, bu pozitsiyani saqlab qolish minimal marjasidan 20 dollarga kamroq.
Kutilganidek, bunday holda, margin call e'lon qilinadi va broker treyderga qo'shimcha mablag' kiritishni yoki pozitsiyani yopishni taklif qiladi.
Shunday qilib, bozorga kirgandan so'ng, treyder o'zining pozitsiyalari avtomatik ravishda yopilmasligi uchun bo'sh mablag'larini ma'lum miqdorda USHLAB TURISHI zarur.
Marja talablari
Birinchi Foreks savdo sessiyamda men juda ko'p miqdorda bitimlarni ochib tashlaganman va bundan ko'prog'ini ochish mumkin emasligiga hayron bo'lganimni eslayman. Demo hisobimdagi qoldiq summani faqatgina shu marja bo'yicha talablar saqlab qolgan - menda yangi bitimlarni ochish uchun mablag'lar yetmay qoldi.
Marja talablari - bu yangi bitimlarni ochish uchun kafolat garovi sifatida talab qilinadigan summa. Marja talablari yordamida broker narxlarning treyder pozitsiyasiga qarshi keskin ko'tarilishi holatlarida yo'qotish xavfini kamaytiradi, chunki marjinal savdoda broker treyderga bitimlarni bajarish uchun o'z mablag'larini taqdim etadi.
Veb-terminaldan misolni ko'rib chiqamiz:
Tanlangan instrument bo'yicha bitim uchun marja talablarining hajmini tanlangan hajmdagi bitim ochilishidan oldin ko'rish mumkin - bu lot hajmi ostida ko'rsatilgan.
Savdo ochilgandan so'ng, savdogar quyidagi parametrlarni ko'radi:
- Birinchisi - bu ochilgan bitimlar bo'yicha marja talablarining to'liq summasi.
- Ikkinchisi - Forex treyderining erkin marjasi qiymati. Bu ochiq bitimlar bo'yicha marja talablarini hisobga olmagan holda, treyder yangi pozitsiyalarni ochish uchun ishlatishi mumkin bo'lgan bo'sh mablag'lar summasi.
Agar pozitsiyani ochishdan oldin "Operatsiyalar uchun mavjud summa" parametri, tanlangan instrument bo'yicha ma'lum hajmdagi bitimning marja talablaridan pastroq bo'lsa, u holda instrument o'zgartirilganidan yoki bitim hajmi kamayganidan so'ng, yoki xaridlar va sotish uchun mablag' ko'payganidan keyin savdoni davom ettirish mumkin bo'ladi.
Marjadan foydalanganlik uchun to'lov
Birja savdosida bir xil ma'noga ega bo'lgan "marja to'lovi", "marja stavkasi" yoki "marja foiz stavkalari" tushunchalari mavjud - bu brokerdan qarzga olingan pul yoki boshqa aktivlardan foydalanganlik uchun to'lov.
Qanday aktivlar deysizmi? Masalan, birjada qisqa pozitsiyani ochishda, treyder avval brokerdan kerakli miqdordagi aksiyalarni qarzga oladi. Va ushbu qarz olish operatsiyasi birja brokerining tariflariga muvofiq to'lanishi kerak. Marjinal savdoda brokerning pulidan foydalanganlik uchun komissiya ham mavjud.
Harajatli bo'lishiga qaramay, marja stavkasi kredit yoki kredit karta kabi qarz olish vositalarining foiz stavkalaridan ko'ra pastroqdir. Shuning uchun savdogarlar odatda qo'shimcha mablag'lar uchun bankga emas, balki brokerga to'lashni afzal ko'rishadi.
Marja stavkasi yillik foizlarda hisoblanadi. Va keyinchalik qarz mablag'laridan foydalanish muddatiga qarab hisoblab chiqiladi.
Masalan, treyder 11000 dollarlik aksiyalarni 1:10ga teng kredit yelkasidan foydalangan holda, 6% marja stavkasi bilan sotib olmoqchi va pozitsiyani 10 kun davomidaushlab turishni rejalashtirmoqda.
Uning shaxsiy kapitalining hajmi - 1000 dollarni tashkil etadi. Qolgan 10,000 dollar broker tomonidan taqdim etiladi.
Shu asnoda, yil davomida broker mablag'laridan foydalanganligi uchun treyder quyidagi summani to'lagan bo'lar edi:
Bundan kelib chiqadiki, 1 kunlik marja savdosining qiymati quyidagicha:
Agar savdogar pozitsiyani 10 kun ushlab turishni rejalashtirayotgan bo'lsa, marjadan foydalanganligi uchun quyidagi summani to'laydi:
Marja mablag'laridan foydalanilganda 100 baravar ko'proq pul ishlash imkoniyatini hisobga olganda, buni juda yaxshi bitim deb hisoblasa bo'ladi.
Forex savdosida kredit yelkasi odatda treyderlarga bepul beriladi va bu Forex savdosining afzalliklaridan biri bo'lib, ayniqsa yangi boshlagan treyderlar uchun juda qulaydir.
Kriptovalyuta bilan marjinal savdo
Keling, kriptovalyutaning marjinal savdosi qanday amalga oshirilishini tahlil qilamiz. Aslida, vaziyat boshqa vositalar bilan marjinal savdo qilishdan hech farq qilmaydi.
1 bitkoinning hozirgi qiymatini hisobga olgan holda, aksariyat chakana treyderlar ushbu instrument bilan savdo qilishda faqat o'z mablag'laridan foydalanishlari dargumon.
Kriptovalyuta instrumentlarining marjasiz savdosiga "qarshi" ikkinchi argument - bu ularning volatilligidir. Bitkoin bilan savdo qilishda 1500-3500 dollarga teng o'rtacha kunlik narx harakati norma hisoblanadi.
Shu asnoda, agar siz faqat o'z mablag'laringiz bilan savdo qilsangiz, kun davomida jami depozitning taxminan 10 foizini yo'qotishingiz mumkin.
Kredit yelkasidan lotlar sonini ko'paytirish imkoniyati uchun foydalanish yaxshiroq bo'lgan oddiy valyutalar savdosidan farqli o'laroq, kriptovalyutalar savdosi bilan shug'ullanayotganda, marjadan bitimlar hajmini minimallashtirish uchun foydalanish mantiqan to'g'riroq bo'ladi deb o'ylayman.
0,01 hajmdagi bitkoin bo'yicha 1:100 kredit yelkasini qo'llagan holda bitimini ochish uchun, hozirgi bozor sharoitida treyderga taxminan 23 dollar shaxsiy mablag’ kerak bo'ladi. Ha, bu valyuta juftliklari bilan solishtirganda ko'proq. Ammo bu holatda marja savdosidan foydalanmasangiz, taxminan, 22000 dollarga teng sof shaxsiy mablag'ingizni sarflashingizga to'g'ri kelgan bo'lar edi.
Agar treyderda, qiymati ko'p hollarda bitcoindan ancha past yuradigan boshqa kriptovalyutalar bilan savdo qilish istagi bo'lsa, ularning volatilligini ham unutib qo'ymasligi kerak.
Bu D1 taymfreymida, ETHUSD bo'yicha grafik,
Narxnng o'rtacha kunlik harakati taxminan 50 dollarni tashkil etadi, bu Bitkoinda bo'lgani kabi, instrument narxining taxminan 10% ga to'g'ri keladi.
Xulosa qilib aytganda, kriptovalyutalar savdosida marjinallik ushbu instrumentni iloji boricha oddiy valyuta juftliklari kabi holatga keltirish uchun ishlatilishi kerak - bitimlar hajmini faqat risk-menejment qoidalariga asoslanib tanlash kerak.
Kriptovalyutalar volatillikda ustunlik qilganligi sababli, valyuta juftliklariga qaraganda ko'proq foyda olish potensialiga ega. Shuning uchun, ikkinchi muhim masala - bu savdo strategiyasi qoidalariga muvofiq stop-losslar o'rnatib chiqish. Ikkinchi punktga amal qilinmasa, katta daromadlarga qaramay, treyderning moliyaviy natijasi aynan shu o'zgaruvchanlik sabab ro'y berishi mumkin bo'lgan zararlar tufayli nol belgisi yonida tebranib turadi.
Savdo paytida marjani nazorat qilish
Ko'pgina savdo terminallari marja qiymatlarini ko'rsatishning bazaviy parametrlaridan foydalanadi:
"Balans" maydoni. Ushbu maydon barcha tugallangan bitimlarni hisobga olgan holda brokerlik hisobingizda qancha mablag'ingiz borligini ko'rsatadi. "Balans" maydonida ayni paytda ochiq bo'lgan bitimlar hisobga olinmaydi.
"Equity" yoki "Mablag'lar" maydoni. Ushbu maydon joriy natijani va barcha ochiq va yopiq bo'lgan bitimlarni hisobga olgan holda, brokerlik hisobingizdagi mablag'lar miqdorini aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda: Mablag'lar=Balans-Joriy foyda/zarar
"Marja" maydoni. Ushbu maydon ochiq bitimlar uchun ta'minlangan mablag'lar miqdorini aks ettiradi.
"Erkin marja" maydoni. Ushbu maydon ayni paytda ochiq bo'lgan bitimlarda ishlatilmaydigan bo'sh mablag'lar miqdorini ko'rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu yangi bitimlarni ochish yoki savdo hisobidan chiqarish uchun mavjud bo'lgan mablag'lar miqdori.
"Marja darajasi" maydoni. Ushbu maydon shaxsiy mablag'larning depozit to'ldirish ehtiyoji darajasiga nisbatini ko'rsatadi. Bitimlarni ochish uchun minimal marja darajasi odatda 100% ni tashkil qiladi.
Foreks marjasi qanday hisoblanadi
Foreks marjasini hisoblashning ikkita asosiy usuli mavjud: oddiy va juda oddiy :)
1. Formula bo'yicha hisoblashning oddiy usuli
Ushbu usul matematika bilan yaxshi kelishadiganlarga to'g'ri keladi. Hisoblash uchun siz valyuta juftligining kotirovkasi, siz istagan lot hajmi va savdo hisobining kredit yelkasi miqdorini bilib olishingiz kerak bo'ladi.
М. = (Kotirovka * Lot) / Hisob yelkasi.
Ushbu formulaga qiymatlarni qo'yib chiqamiz:
Shunday qilib, biz ko'rsatilgan parametrlar bilan bitim ochish uchun zarur bo'lgan garov miqdorini aniqlaymiz.
2. Juda oddiy usul, formulalarsiz
Qo'lda hisoblashni istamaydigan har kimga mos keladi. Ushbu usul uchun Forex marja kalkulyatori kerak bo'ladi.
Bu oddiy treyder kalkulyatori:
Siz marjani yuqorida ko'rsatib o'tilgan kalkulyator yordamida hisoblab ko'rishingiz mumkin.
Ushbu kalkulyatorga bitim parametrlarini kiritamiz: hisobdagi kredit yelka, valyuta juftligi, bitim hajmi, bitim turi, ochilish narxi. Kalkulyator darhol kelgusi bitimning barcha parametrlarini hisoblab chiqadi, ular orasida marja bo'yicha hisob-kitoblar ham bo'ladi.
Marja darajasi va erkin marja
Forex marjasi darajasi nima ekanligini allaqachon tushunib oldik - bu foiz ko'rinishida ifodalangan mavjud mablag'lar miqdorining garov summasiga nisbati. Marja darajasi foizlarda ko'rsatiladi.
Ushbu daraja bilan Margin Call va Stop Out tushunchalari bog’liq.
Margin Call, agar marja foizi minimal qiymatdan pastga tushib ketsa ro'y beradi: bo'sh mablag'lar hajmi ("Erkin marja" parametri) 0 ga teng bo'lib qoladi yoki "minus"ga kiradi. Bunday holda, yangi bitimlarni ochish ilojsizdir, chunki savdo hisobidagi barcha mablag'lar ilgari ochilgan bitimlar uchun kafolat garovidir.
"Margin Call" sodir bo'lganidan so'ng, "Stop Out" holati ham kelishi mumkin.
Stop Out marja darajasi "minus" ga kirganda va mablag'larning qiymati 0 ga yaqinlashganda keladi. Bu holda, mijozning marja darajasi salbiy bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun broker uning pozitsiyalarini majburan yopishni boshlaydi. Birinchi bo'lib, ayni paytda eng katta zarar qiymatiga ega bo'lgan pozitsiyalar yopiladi.
Marjaning salbiy qiymati bo' lishi mumkinmi? 99% hollarda bu mumkin emas, ammo Brexit holati yoki Shveytsariya frankining yevro valyutasiga bo'g'liqligi bekor qilinishi kabi favqulodda vaziyatlarda broker kerakli narxlarda kontragentlarning yo'qligi sababli treyderning pozitsiyalarini Stop-out bo'yicha jismonan yopa olmasligi mumkin. Natijada, likvidlikning pasayishi sababli treyderning bitimlari yomonroq narxlarda yopiladi, va bu salbiy marjagacha olib kelishi mumkin.
Bunday holatlar agressiv savdo strategiyalari bo'yicha ishlaydigan treyderlarga tanish bo'ladi. Konservativ savdo strategiyalari bo'yicha ishlaydigan treyderlar ushbu ta'riflarni umuman bilmasliklari mumkin, chunki ular hech qachon bunday holatlarga duch kelmagan.
Keling, marja darajasi va erkin mablag'lar darajasini qanday hisoblashni o'rganib chiqamiz.
Erkin marja - bu mavjud mablag'lar va garov o'rtasidagi farq.
Marja darajasi - mablag'larning marjaga nisbati bo'lib, u foizlarda ifodalangan.
Xulosa
Marjinal savdo printsipidan oqilona foydalanib, siz Foreksdagi savdoingizning samaradorligini sezilarli darajada oshirishingiz mumkin.
Biroq, bu eng maksimal kredit yelkasini olib, mo'jizaga umid qilib o'tirish kerak degani emas.
Ratsional foydalanish deganda, birjada savdo qilishda yelkangizga katta psixologik yuk bo'lib tushmaydigan, o'zingizga qulay bo'lgan kredit yelkasining hajmini tanlash kerakligi nazarda tutiladi.
Esingizda bo'lsin! Nervlar va tashvishlar qancha kam bo'lsa, treyder shunchalik ongli ravishda savdo qiladi, ya'ni daromad olish imkoniyati ortib boradi.
Yodda tutish zarur: kredit yelkasining hajmi qanchalik katta bo'lsa, risk ham shunchalik yuqori bo'ladi! Birja savdosidagi yo'lingizning boshidayoq bor mablag'ingizni yo'qotmaslikni o'rganishingiz kerak, shundan so'ng foyda o'z-o'zidan kela boshlaydi!
Marjinal Savdo FAQ's
Bu brokerning kredit mablag'laridan foydalangan holda savdo qilish usuli bo'lib, bu usul yanada katta hajmdagi savdolarni amalga oshirishga imkon beradi. Bitimni ochishda, treyder o'z majburiyatlari bo'yicha to'lovni amalga oshirish uchun yetarli miqdordagi shaxsiy mablag'ga ega bo'lishi kerak.
Marjinal savdo faqatgina o'z mablag'laringiz bilan savdo qilishdan ko'ra daromadliroq bo'lishi mumkin, lekin siz daromadli savdo qilish strategiyangiz mavjudligi va risk-menejment qoidalariga rioya qilishingiz sharti bilan.
Birja marjinal savdosi - bu kredit yelkasidan foydalangan holda birja instrumentlari bilan savdo qilish.
Treyder kattaroq hajmdagi bitimni amalga oshirishi uchun broker unga o'z mablag'larini taqdim etadi, ular bitim yopilgandan keyin qayta yechib olinadi. Bu treyderga o'z depozitini ko'paytirmagan holda daromad olish potensialini oshiradi.
Bu treyder tomonidan ochilgan bitim bo'lib, uning bir qismi brokerning kredit mablag'lari bilan ta'minlanadi.
Treyderning pozitsiyasi ma'lum bir yo'qotish darajasiga yetganida, broker tomonidan majburan yopilishi mumkin. Bitim yo'nalishiga qarama-qarshi harakatlanayotgan narxning bir xil hajmi bilan, marjinal xarid qilingan taqdirda, treyder faqat o'z mablag'lari bilan savdo qilganidan ko'ra ko'proq zarar ko'radi.
Bu golatda treyder yangi savdolarni ocholmaydi, chunki ularni ta'minlash uchun yetarli mablag'ga ega emas.Margin Call tushunchasi haqida ko'proq ma'lumotni ushbu maqolada o'qishingiz mumkin.
Bu treyderning hisobdan yechib olishi yoki yangi savdolarni ochish uchun kafolat ta'minoti sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan bo'sh mablag'larining hajmi.
Treyderning maqsadlariga qarab, ikkita variant mavjud. Agar siz yangi bitimlarni ochishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bir yoki bir nechta ochiq zararli pozitsiyalarni yopishingiz kerak, bu esa mablag'larni ularni ta'minlashdan ozod qiladi. Agar yangi bitimlarni ochish istagingiz bo'lmasa, hech qanday amaliyotni bajarmasdan, joriy bitimlarning shunchaki stop-loss yoki take-profit komandalari bo'yicha yopilishini kutishingiz mumkin.
P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)
Foydali havolalar:
- Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
- LiteFinance dan depozitingizga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinance platformasida Hisobni to'ldirish dagi tegishli maydonga kiritsangiz kifoya.
- Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
- Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance
Real vaqt rejimida narxlar jadvali EURUSD

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.


























