LiteFinance 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tanlov asta-sekin o‘z nihoyasiga yetmoqda, ammo pul mukofotlari uchun kurash hali ham davom etmoqda. Shu bilan birga, raqobat ham kuchayib bormoqda: agar qishda haftalik bosqichda birinchi o‘rin uchun 1504 ball to‘plash kifoya qilgan bo‘lsa, kuzga kelib g‘oliblar allaqachon 8000 dan ortiq ball to‘plashga muvaffaq bo'lishgan!
Ushbu materialda Yubiley tanlovi o‘tkazilgan davrda sodir bo‘lgan eng qiziqarli hodisalarni yoritib beramiz.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Bir hafta ichida 10000 balldan ko‘proq to‘plash mumkinmi?
Aql bovar qilmaydi, lekin bu fakt: bir haftada 10 000 ball to‘plash - mutlaqo real. Faqatgina LiteFinance’ning barcha imkoniyatlaridan foydalaning.
Aprel oyining oxirida birinchi bor 10000 balllik dovon zabt etildi: tanlov ishtirokchilaridan biri 10076 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va haftalik reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Biroq, eng "samarali" 30-hafta bo‘ldi: g‘olib 17161 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lib, 5000 dollar miqdoridagi sovrinni qo‘lga kiritdi va shu tariqa o‘zining eng yaqin raqiblarini ancha ortda qoldirdi.
Ishtirokchi bunga qanday erishdi? Buning barchasi LiteFinance hamkorlik dasturi tufayli bo‘ldi. Ballarning asosiy qismini oltin bilan katta miqdorda (35-90 lot) savdo qilgan to‘rtta referal keltirdi. Shuningdek, nusxalangan bitimlar ham hisobga olindi.
Sizda, albatta, savol paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak: bunday yirik pozitsiyalar bo‘yicha foyda qanday? Foyda masalasida hammasi joyida: to‘rtta referalning umumiy daromadi taxminan 500 000 dollarni tashkil etdi. Bir hafta ichidagi natija yomon emas!
Qiziqarlisi shundaki, 2025-yilda oltin narxi tez sur’atlar bilan o‘sib bordi, korreksiyalar kamdan-kam va kichik hajmda bo'ldi. Eng katta o‘sish sentyabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keldi va narx tarixiy maksimumga erishdi. Yubiley chellenji ishtirokchilari qancha foyda olganini va qancha ball to‘plaganini tasavvur qiling!
Oylik reyting rekordlari
Mutlaq rekord – oktyabr oyida erishilgan 22630 ball bo'ldi. Tanlov ishtirokchisi bunga qanday erishdi? Tan olamiz, bu raqamni ko'rib, hayron qoldik.
Odatda bunday hayratlanarli natijaga LiteFinance’ning barcha instrumentlaridan foydalanish orqali erishiladi: referallar faolligi, shaxsiy savdo, depozitlar, ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo‘lish. Biroq bu yerda alohida holat kuzatildi: g‘olib barcha ballarni faqat o‘zining shaxsiy savdosi bilan to‘pladi, maslahatchilar va bitimlarni nusxalash tizimidan foydalanmagan holda.
Tanlov ishtirokchisi skalping strategiyasini tanlagan, aksariyat bitimlar kun ichida yopilgan. Pozitsiyalarning qariyb 95 foizi XAUUSD bo'yicha 0,5 lot hajmida ochilgan bitimlar edi. Bitimlarning 65 foizi 10 daqiqadan ko‘p ushlab turilmagan.
Ushbu strategiya professional treyderlar uchun mo‘ljallangan. Rekordsmen barcha bitimlarni kechiktirilgan orderlardan foydalanmasdan, qo‘lda ochadi va yopadi. Tajribasiz treyderlarga bunday savdo qilishni tavsiya etmaymiz - yaxshisi, risk-menejment qoidalariga rioya qilgan ma’qul.
Aprel oyidagi yetakchi undan unchalik orqada qolmagan, u 21184 ball to‘plagan. Bu ishtirokchi ham faol savdosi bilan ko‘zga tashlandi: soatiga o‘rtacha 25 ta lot ochib, ko‘p haftalik reytinglarda 2000-3000 ball bilan sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Umuman savdo-sotiq qilmasdan ham reytingning yuqori pog‘onasiga chiqish mumkinmi?
Eslatib o‘tamiz, ballar to‘plashning 3 ta asosiy usuli belgilangan:
hisobni to'ldirish;
savdo qilish, nusxalangan bitimlar ham hisobga o'tadi;
referallarni jalb qilish.
Avvalroq sizlarga savdo qilmagan va savdo hisobini to‘ldirmagan ishtirokchi haqida aytib o‘tgan edik. U 2000 dan ortiq referallarni jalb qilib, yillik reytingning eng yaxshi o‘ntaligiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Va bu yagona holat emas. Noyabr oyi oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, yana 5 nafar ishtirokchi referallarining faolligi uchun ball olgan. Ular o‘zlari savdo qilmaydilar va depozit kiritmaydilar, ammo top-100 ga kiradilar va Dubayda g‘oliblar sharafiga o‘tkaziladigan tantanali gala-kechki ziyofatga borish uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Top-100 dagi yana uchta ishtirokchi faqatgina bitimlarni nusxalash tizimi orqali ball to‘plaganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, ular ko‘pincha yuqori daromad emas, balki minimal risk bilan savdo qiluvchi treyderlardan nusxalashni afzal ko'radilar. Shu bilan birga, ular savdoni o‘z mablag‘lariga mutanosib ravishda nusxalashni ma’qul ko‘radilar.
Bitimlarni ko‘chirish uchun eng ommabop savdo instrumentlari quyidagilar bo‘ldi:
XAUUSD;
asosiy valyuta juftliklari;
kross-kurslar.
Reytinglarda yuqoriroq o‘rinni qanday egallash mumkin?
Biz g‘oliblar arxivini o‘rganib chiqib, qiziqarli bir faktni aniqladik: ko‘p hollarda sovrindorlar uchligi o‘rtasidagi farq 10-30 ballni tashkil etadi. Atigi bir necha ball ham, yuqoriroq o‘rinni va shunga mos ravishda kattaroq mukofotni qo‘lga kiritish imkonini berishi mumkin.
Yaqinda Facebook va Instagramda #LiteFinance heshtegi bilan postlar va Reels joylashtirganingiz uchun haftasiga qo‘shimcha 30 ball olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu imkoniyatdan foydalanishni unutmang, chunki u nafaqat haftalik reytingda g‘alaba qozonishingizga, balki yillik reytingda TOP-100 ga ko‘tarilishingizga ham yordam berishi mumkin.
Muhim: ijtimoiy tarmoqlardagi faollik uchun ball olish uchun hisob raqamingiz yoki elektron pochta manzilingizni, shuningdek, Reels havolasini LiteFinance’ning shaxsiy xabarlariga yuborishingiz kerak. Ballar qo‘lda tekshirilgandan so‘ng qo‘shiladi, shuning uchun postlar va Reels’larni haftaning boshida yaratish va yo‘llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Yubiley tanlovida ishtirok eting, ammo LiteFinance’ning yangi yil sovg‘alarini ham unutib qo‘ymang!
Bitta tanlov yaxshi, ikkitasi undan ham yaxshi! Yubiley chellenjidan tashqari, LiteFinance kompaniyasi New Year Promo 2026 bayram aksiyasini o‘tkazmoqda. Yangi yil uchun ajoyib sovg‘a olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang:
- iPhone 17 Pro Max 1 TB
- MacBook Air 15"
- iPad Pro 13"
- 100-ta pullik mukofot - $100 va $50!
Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?
- 2025-yil 1-dekabrdan 2026-yil 31-yanvargacha bo‘lgan davrda bir martalik to‘lov bilan 500 dollardan yuqori depozit kiriting.
- Mijoz kabinetida ko‘rsatilgan elektron pochtangizga yuboriladigan ishtirokchining "omadli" raqamini qo‘lga kiriting.
- Faol savdo qiling - barcha yutuqli o‘yinlar shaffof tarzda va aniq belgilangan algoritm bo‘yicha kotirovkalar asosida amalga oshiriladi.
- 500 dollardan yuqori har bir yangi depozit qo‘shimcha omadli raqam va g‘alaba qozonish uchun yangi imkoniyat beradi!
Ko‘rinib turganidek, yubiley konkursi va bayram aksiyasi bir-birini ajoyib tarzda to‘ldiradi. Bu imkoniyatdan foydalaning - Chellenjda pul mukofotlarini yutib oling va "LiteFinance"dan yangi yil sovg‘alarini qo‘lga kiriting! Bayram aksiyasi haqida batafsil ma’lumotni New Year Promo 2026 rasmiy sahifasidan bilib olishingiz mumkin.
Xulosa
Yangi Yilga bir oydan kamroq vaqt qoldi, LiteFinance yubiley chellenjining finali esa juda yaqin. LiteFinance taqdim etayotgan barcha imkoniyatlardan foydalaning va yangi yil sovg‘alari bilan bir qatorda pullik mukofotlarni yutib oling.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.















