Dubayda, yaraqlab turgan osmono‘par binolar va moviy dengiz ko‘rfazi fonida LiteFinance tarixiga kiradigan voqea bo‘lib o‘tdi. "Atlantis The Royal" mehmonxonasidagi eksklyuziv gala-kechasi kompaniyaning 20 yilligi hamda "20th Anniversary Challenge" yubiley tanlovini nishonlashning yakuniy akkordiga aylandi.

Kompaniya bayramni haqiqatan ham keng ko‘lamli va unutilmas bo‘lishiga harakat qildi, shuning uchun bayram roppa-rosa ikki kun davom etdi - 2026-yil 6 va 7-fevral kunlari. LiteFinance tarixidagi eng yirik tanlov finali qanday o‘tgani va bosh sovrinni kim qo‘lga kiritgani haqida ushbu materialda bilib olasiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Yubiley tanlovi - ulkan yutuqlar

"20th Anniversary Challenge" tanlovi butun dunyo bo‘ylab LiteFinance treyderlari va hamkorlarini birlashtirdi. Mukofot jamg‘armasi 1 000 000 dollarni tashkil etdi, kurash qizg‘in kechdi: ba’zi ishtirokchilar intensiv savdo orqali rekord o‘rnatishdi, boshqalari esa faol mijozlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

12 oy mobaynida ushbu Chellenj global harakatga aylanib ulgurdi. Raqamlar buni yaqqol ko‘rsatadi:

  • Dunyoning barcha burchaklaridan 550 000 nafar ishtirokchi.
  • Bir yil davomida 145 889 796'ta bitim yopildi.
  • Yillik savdo hajmi 1 616 010 800 000 dollargacha o‘sdi.
  • 159 093 nafar referal jalb qilindi.
  • Bir sutkadagi o‘rtacha bitimlar soni 495 mingdan oshdi.
  • Faol treyderlarning umumiy soni 3,59 millionga yetdi.

Raqobat har oy kuchayib, strategiyalar murakkablashib, yetakchilik uchun kurash esa keskinlashib bordi. Nihoyat, sovrindorlar aniqlandi, demak, oldinda yakuniy qism – Dubaydagi dabdabali gala-kechasi qoldi!

Velkom-oqshomi: Cheksiz zavq va shijoat muhiti

Tantanali kecha boshlanishidan ancha avval bayram muhiti hukm surardi. Yubiley tanlovining eng sara ishtirokchilarini qutlash uchun dunyoning turli burchaklaridan LiteFinance vakillari ham tashrif buyurishdi.

LiteFinance: Velkom-oqshomi: Cheksiz zavq va shijoat muhiti

Atlantis The Royal’ga joylashgan birinchi kuniyoq mehmonlar parvozdan so‘ng hordiq chiqarishdi, o‘zaro aloqalarni o‘rnatishdi va tajriba almashishdi. Taklif etilganlarga qulaylik yaratish maqsadida LiteFinance maxsus mobil ilova ishlab chiqdi. Bu ilova mehmonxona bo‘ylab harakatlanishni va tadbirlarni tashkil etishni osonlashtirdi – zero, qulaylik doim kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan.

"Emerald Lawn" tantanalar maydonchasidagi Velkom-oqshom formati ajoyib start bo‘ldi. Dubayning eng sara restoranlari taomlaridan iborat furshet, jonli musiqa, "arabcha kecha" uslubidagi raqs nomerlari - muhit bir vaqtning o‘zida ham nafis, ham xotirjam edi.

LiteFinance: Velkom-oqshomi: Cheksiz zavq va shijoat muhiti

Ish yuzasidan boshlangan suhbatlar asta-sekin do‘stona muloqotga aylanib ketdi. Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika, Yevropa va Yaqin Sharq vakillari juda tez til topishib ketdilar. Madaniyatlar har xil bo‘lsa-da, kayfiyat va maqsadlar mushtarak edi.

LiteFinance: Velkom-oqshomi: Cheksiz zavq va shijoat muhiti

Faqat yuqoriga olg‘a!

Ikkinchi kun — bu safar ishbilarmonlik masalalariga bag‘ishlangan yangi uchrashuv. Unda kompaniya o‘zining yangi xizmatlarini taqdim etdi, shuningdek, 2025-yildagi yutuqlar hamda LiteFinance’ni yanada rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.

LiteFinance: Faqat yuqoriga olg‘a!

Uchrashuvda moliya sohasiga oid media va servislar, jumladan, Finance Magnates hamda TradingView vakillari ishtirok etdi. Kompaniya ular bilan kelgusidagi hamkorlikning dastlabki qadamlarini belgilab oldi.

Muhokama qilingan mavzular:

  • LiteFinance onlayn platformasini rivojlantirish, shu jumladan yangi savdo aktivlarini qo‘shish.
  • Savdo va hamkorlik ilovalarini modernizatsiya qilish, referallarni jalb etishning yangi vositalarini joriy etish.
  • LiteFinance blogidagi materiallar nafaqat yangi boshlovchi treyderlarga yordam beradi, balki brendni targ‘ib qilishning a’lo usuli hamdir.
  • Xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Biznes-sessiya juda jonli va samarali bo‘lib o‘tdi. LiteFinance ochiq muloqot formatini bejiz tanlamadi: bu format o‘zaro tajriba almashish uchun eng maqbul ekanini ko‘p bora isbotlagan. Bu kompaniya vakillariga dolzarb masalalarni bevosita operatsion ofis xodimlari bilan muhokama qilish hamda kelgusi rejalarni belgilab olish imkonini beradi.

Helicopter Tour: yangi cho‘qqilarni zabt etmoqdamiz

Biznes-sessiyadan so‘ng mehmonlarni yoqimli syurpriz kutardi: Dubay uzra havo sayri. Mehmonlar qisqa instruktajdan so‘ng vertolyotlarga joylashishdi va yuqoriga yo‘l olishdi.

Sayr yo‘nalishi mashhur me’moriy durdonalar — Atlantis va Burj Xalifa, Mir arxipelagi, Burj al-Arab, Aquaventure World majmuasi ustidan o‘tadi va o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Bunday kuchli tetiklik zaryadi mehmonlarga LiteFinance’ning 20 yillik yutuqlarini munosib baholash va yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun ilhomlanish imkonini berdi.

Gala-kechki ziyofati: "20th Anniversary Challenge"ning yorqin yakuni va LiteFinance uchun yangi davrdir

LiteFinance yubiley yilining kulminatsion nuqtasi haqiqatan ham juda ta’sirli bo‘ldi. “Diamond” bal zali hashamat va cheksiz bayram timsoliga aylandi: yorqin chiroqlar, san’atkorlar, musiqa va raqs chiqishlari — chindan ham unutilmas tomosha.

LiteFinance: Gala-kechki ziyofati: "20th Anniversary Challenge"ning yorqin yakuni va LiteFinance uchun yangi davrdir

LiteFinance bosh direktori Kristina Leonova ushbu tadbirning tarixiy ahamiyati haqida shunday dedi:

LiteFinance 20 yil avval bir oddiy g‘oyadan boshlangan edi: agar yillar davomida to‘g‘ri tamoyillarga amal qilsangiz, uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Birgina g'oyadan boshlangan ish, bugun barchamiz faxrlanadigan kompaniyaga aylandi. Bu yo‘l doim ham oson bo‘lmadi, ammo u har doim ma’no bilan to‘la bo‘ldi.

Kompaniya yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va yangi ish uslublarini rivojlantirish orqali takomillashib bordi. Biroq, bir narsa o‘zgarmas qoldi: yuqori standartlarga sodiqligimiz va LiteFinance’ni yaratayotgan insonlarga bo‘lgan hurmatimiz.

Asoschilarimiz va ilk rahbarlarimizga - boshlash uchun o'zlarida jasorat topganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Sobiq va hozirgi xodimlarimiz, siz bu kompaniyaning yuragisiz. Ishga bo‘lgan sadoqatingiz, kasbiy mahoratingiz va vazifamizga bo‘lgan ishonchingiz tufayli biz ushbu tarixning barcha bosqichlarini bosib o‘tdik.

Mijozlarimiz va hamkorlarimizga uzoq yillar davomida bildirgan ishonchlari uchun katta rahmat. Uzoq muddatli munosabatlar muvaffaqiyatning haqiqiy ko‘rsatkichi hisoblanadi va siz bilan birga rivojlanish biz uchun sharafdir.

LiteFinance: Gala-kechki ziyofati: "20th Anniversary Challenge"ning yorqin yakuni va LiteFinance uchun yangi davrdir

Kompaniyaning yubileyi uchun maxsus, kishini hayratga soluvchi bayram dasturi tayyorlandi:

  • Aynan tantanali kechki ziyofat uchun yaratilgan qiziqarli raqs nomerlari.
  • Barcha davrlar va xalqlarning mashhur qo‘shiqlari italyan san’atkorlarining jonli ijrosida.
  • Dubayning eng sara restoranlaridan ajoyib taomlar.
  • Hamma uchun raqs maydoni!

LiteFinance: Gala-kechki ziyofati: "20th Anniversary Challenge"ning yorqin yakuni va LiteFinance uchun yangi davrdir

Tantananing eng asosiy voqeasi — Yubiley tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ochig‘ini aytganda, “LiteFinance 20th Anniversary Challenge” tanlovining ko‘plab ishtirokchilari bizni lol qoldirdi: ulardan ba’zilari faqat faol referallarni jalb qilish hisobiga top-50 talikka kirishga muvaffaq bo‘lib, yuqori hamkorlik mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, boshqalari kun davomida salmoqli daromad oldi. Tanlov g‘oliblari esa maqsadga intiluvchanlik, professionallik va muvaffaqiyatning yorqin timsoliga aylandi.

Sovrindorlar shohsupasi quyidagicha:

  • 1-o‘rin: NoName555 - $50000, 149967 ball;
  • 2-o‘rin: minmyatmin - $30000, 57784 ball;
  • 3-o‘rin: Phoenixman - $20000, natija 55064 ball.

Tantana doirasida butun dunyodan kelgan eng yaxshi hamkorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazilishi yig‘ilganlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Aynan ular sayyoramizning turli burchaklarida LiteFinance brendini targ‘ib qiladi, mijozlarni ilg‘or xizmatlar va joriy aksiyalar bilan tanishtiradi, shuningdek, o‘quv seminarlarini tashkil etadi. Hamkorlar faoliyati tufayli LiteFinance xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirib, o‘zining asosiy maqsadiga erishmoqda — onlayn savdoni barcha uchun imkon qadar ochiq va qulay qilmoqda.

LiteFinance: Gala-kechki ziyofati: "20th Anniversary Challenge"ning yorqin yakuni va LiteFinance uchun yangi davrdir

Hamma raqsga tushsin!

LiteFinance’ning yana bir yutug‘i, garchi u qadar ko‘zga tashlanmasa-da, bu – mustahkam xalqaro aloqalardir. Turli mamlakat va madaniyat vakillari ochiq raqs maydoniga dadil chiqib, dunyoga mashhur xitlar sadolari ostida raqsga tushdilar. Ma’lum bo‘lishicha, mehmonlar moliyaviy bozorlarda ishlashdan kam bo‘lmagan mahorat bilan xip-xop va disko uslubida raqsga tushar ekanlar.

LiteFinance: Hamma raqsga tushsin!

Kelajak sari olg'a!

LiteFinance gala-kechasi shunchaki muvaffaqiyat tantanasi emas, balki yangi davrning boshlanishi sifatida e’tirof etilmoqda. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab o‘z vakolatxonalarini ochishda va xizmatlarini takomillashtirishda davom etmoqda, shuningdek, mijozlar hamda hamkorlarni yangi yutuqlarga ilhomlantirmoqda. Buni professional hamjamiyatning ko‘plab xalqaro mukofotlari ham tasdiqlaydi: birgina 2025-yilda LiteFinance 5 ta nominatsiya, jumladan, “LOTAM mamlakatlaridagi eng yaxshi Forex brokeri” va “Dunyodagi eng ishonchli broker” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi.

Ishonchli ECN brokerini qidiryapsizmi? LiteFinance sizni muvaffaqiyat tarixini baham ko‘rishga taklif qiladi. Savdo hisobini oching va foyda olish uchun eng zamonaviy instrumentlardan foydalaning. Tez orada kompaniya LiteFinance bilan savdo qilish yanada qulayroq bo‘lishi uchun yangi tashabbuslarni ishga tushiradi. Muntazam tanlovlar va qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladigan targ‘ibot aksiyalari haqida ham unutmang - kompaniyaning rasmiy veb-saytida yangiliklarni kuzatib boring.

Hashamatli Dubay va yirik gala-kechasi: LiteFinance yubiley tanlovi yakunlandi

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat