Forex bozoriga yangi kirgan treyder bo'ladimi yoki salmoqli tajribaga ega mutaxassismi, u albatta, "kredit yelka" tushunchasi bilan tanishib ulgurgan. Agar siz endigina Forex savdosini kashf qilgan bo'lsangiz, unda bu atama nimani anglatishi sizni qiziqtirishi mumkin. Bunday holda, men sizga "Kredit yelka nima?" deb nomlangan maqola bilan tanishishingizni maslahat beraman.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Dunyo bo'ylab eng yaxshi brokerlar Forex kredit yelkasining hajmini har xil turdagilarini taklif qilayotgan bir paytda, biz ushbu instrumentdan foydalangan holda savdoning muhim jihatlarini ko'rib chiqamiz va qaysi kredit yelkasi eng yaxshi ekanligini aniqlashga harakat qilamiz. Ammo boshlashdan avval, ushbu tushunchaning ta’rifini keltiramiz.

Kredit yelka hajmi nima o'zi?

LiteFinance: Kredit yelka hajmi nima o'zi?

Forex kredit yelkasining hajmi - bu o'z mablag'laringiz qiymatining bitim summasi nisbatiga asoslanib, brokerning sizga berishga tayyor bo'lgan savdo mablag'lari miqdoridir.

Birja brokeri tomonidan taqdim etilgan kredit yelkasi yoki leverijning umumiy miqdori doimiy o'lchov emas. Brokerlar o'zlarining qo'llab-quvvatlash stavkalarini belgilaydilar, bu ba'zi hollarda 1:100ga, yoki hatto 1:1000gacha borishi mumkin. Forex Leverage ko'pincha ushbu nisbat ko'rinishida ifodalanadi. 1: 100ga teng yelkada, o'z mablag'ingiz balansi $1 bo'lsa, siz $100 qiymatidagi pozitsiyalarni ochishingiz mumkinligini anglatadi.

Yangi boshlagan treyder qanday kredit yelkani tanlashi kerak?

LiteFinance: Yangi boshlagan treyder qanday kredit yelkani tanlashi kerak?

Yangi boshlagan treyderlarning aksariyatini kredit yelkasiga asoslangan daromad strategiyasi jalb qiladi, chunki ular qisqa vaqt ichida ko'proq pul topishni xohlashadilar. 

Biroq, kredit yelkasi ma'lum risklar bilan bog'liqligini unutmaslik kerak, shuning uchun avval siz leverij bilan savdo qilish muhitida mablag'larni boshqarish bilan bog'liq bo'lgan tushunchalarni o'rganib chiqishingiz lozim:

  • hisobingizdagi “Balans” va “Mablag’lar”;

  • “Marja” yoki “Garov”;

  • “Erkin marja”;

  • hisobning “Daraja”si;

  • “Margin call” va “Stop-out”.

Agar ushbu tushunchalardan biri sizda savol tug'dirsa, ushbu maqolada ko'rgazmali misollar va batafsil tavsiflarni topasiz.

Agar siz Forexda yangi bo'lsangiz, unda siz uchun 1:100 kredit yelkasidan foydalanish va balansingizda 1 000 AQSh dollari miqdorida pul bo’lishi - mukammal start hisoblanadi.

Keling, yangi boshlagan treyderlar uchun kredit yelkasini nimaga oshirish kerak va umuman oshirish mumkinmi yoki yo'qligini aniqlaymiz.

Forexda kredit yelkasidan foydalanishning afzalliklari

Avvalo, yangi boshlagan treyder uchun kredit yelkasidan foydalanishning afzalliklarini ko'rib chiqamiz:

1. Ultra yuqori daromad olish imkoniyati

LiteFinance: 1. Ultra yuqori daromad olish imkoniyati

Forex kredit yelkasidan foydalanish treyderlarga "katta ko'lamlarda" o'ynash uchun, dastlabki stavkalarini oshirish imkoniyatini beradi.

Qanday kredit yelkani tanlash kerak: misol

Masalan, hisobida atigi 1000 dollar depoziti bo'lgan treyder, 1:100 yelkani qo'llaganda, amalda Forex bozorida 100 000 dollardan foydalanishi mumkin. Savdogar 1000 dollarlik shaxsiy mablag'ini yo'qotish xavfi ostida, ammo agar bitim muvaffaqiyatli bo'lsa va pozitsiya 100% marja hajmi bilan ochilgan bo'lsa, savdodan 100 000 dollarlik foyda oladi.

2. Kapital samaradorligi oshirish 

LiteFinance: 2. Kapital samaradorligi oshirish 

Misol uchun, agar sizning hisob balansingiz 1000 AQSh dollariga teng bo'lsa va siz 1:100 bo'lgan yelkadan foydalansangiz, tasarrufingizda fakt bo'yicha 100 000 AQSh dollari bo'ladi, ya'ni siz turli xil savdo instrumentlaridan foydalangan holda, ko'proq bitimlar tuzish va risklardan qo'shimcha himoyalanish uchun xedjlash usullarini qo'llash imkoniyatiga egasiz (xedjlash nima va uning strategiyalari haqida batafsil ma'lumot bu yerda).

3. Kirish porogi pastligi

LiteFinance: 3. Kirish porogi pastligi

Keling, ushbu afzallikni avvalgi holat misolida tahlil qilamiz - deylik, sizning hisobingizda 1000 AQSh dollari bor.

Aytaylik, siz kredit yelkadan voz kechdingiz, ya'ni hisobingizda 1:1 yelka bilan savdo qilyapsiz. Sizda eng yaxshi holatda, minimal 0,01 lot bilan bitta pozitsiyani ochish imkoniyati bo'ladi, buni ustiga EURUSD juftligi bo'yicha emas:

LiteFinance: 3. Kirish porogi pastligi

Boshqacha qilib aytganda, Forex bozorida eng yaxshi sotiladigan juftliklardan biri - EUR/USD bo'yicha minimal pozitsiyani ochish uchun sizga 100 000 * 0.01 * 1.17470= 1174.70 USD kerak bo'ladi.

Hisobingizda 1000 dollaringiz bor bo'lib, lekin kredit yelkasini qo'llamasangiz, sizda hattoki shunday kichik pozitsiyani ochishga ham imkoningiz bo'lmaydi. Katta kredit yelkasi yordamida, hatto 50-100 dollarlik kichik depoziti bor treyderlar ham, treyding kabi yuqori san'atning bir bo'lagiga aylanish va professionallar bilan barobar ravishda savdo qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

4. Moliyaviy shartlarning qulayligi

Ilgari, brokerlar leverij taqdim etmagan vaqtlarda, kredit yelkasi bilan savdo qilishning yagona imkoniyati, bankdan juda kam miqdordagi mablag'ni yuqori foizli kredit asosida, katta garovlar va turli xil kafillik xatlarini olish yo'li bilan amalga oshirilar edi. 

Hozirgi paytda, Forex brokeri jiddiy raqobatga duch kelmoqda va mijozlarni jalb qilish uchun u depozitning kichik qismi va minimal komissiya evaziga yirik kredit yelkalarini taqdim etishga tayyordir. Agar siz kun davomida savdo qilsangiz va bitimni keyingi savdo sessiyasiga o'tkazishni xohlamasangiz, unda kredit yelkasidan foydalanish deyarli bepul bo'ladi. Agarda siz bitimni keyingi kunga ko'chirishga qaror qilsangiz, unda bitimni o'tkazish uchun SWAP - komissiyasi qo'shilishini hisobga olishingiz kerak.

Yuqori risk bilan ishlaydigan treyderlar uchun depozitning o'sishi oyiga 300-500% rentabellik darajasiga osonlikcha yetishi mumkin, bu esa bank omonatlari bilan taqqoslab bo'lmaydigan natijadir.

5. Qulaylik

LiteFinance: 5. Qulaylik

Shuni tushunish joizki, insofli brokerning asosiy daromadi aynan yuqorida aytilgan bitimlar ochish uchun olinadigan komissiyalar, svoplar va spredlardan iboratdir. Shu asnoda, broker uchun har bir mijoz uning xizmatlaridan iloji boricha uzoqroq foydalanishi, savdoda muvaffaqiyat qozonishi va boyib ketishi manfaatliroq bo' ladi. Yaxshi broker hech qachon sizga butun depozitingizni yo'qotishingizni, Forex bozoridan nafratlanib u bilan hech qachon shug'ullanmaslikka ahd qilishingizni ravo ko'rmaydi va buni istamaydi. Shu sababli, Forex brokerlari past foizlar evaziga minimal komissiyalar bilan, qulay shartlarda kredit yelkalarini tanlash imkoniyatini beradi. Nufuzli brokerlar hatto barcha nyuanslarni tushunishda, maqbul yelkani tanlashda va optimal savdo strategiyasini ishlab chiqishda yordam bo'ladigan shaxsiy menejer xizmatlarini taklif qilishadi.

6. Xavfsizlik

LiteFinance: 6. Xavfsizlik

Ehtimol, siz margin koll (Margin Call) deb nomlangan tushuncha haqida eshitgandirsiz. Aksariyat savdogarlar bu ikki so'zdan olovdan qo'rqqan kabi qo'rqishadi, aslida bu funktsiya sizning depozitingizni himoya qilish uchun mo'ljallangan. Afsuski, ko'pincha tajribasiz treyderlar o'z risklarini noto'g'ri baholaydilar. Broker depozitni tugatish ehtimoli katta ekanligini tushungan zahoti, yuqori risklarni qoplash uchun balansni to'ldirish zarurligi to'g'risida avtomatik xabar yuboradi.

Ba'zida beparvo treyderlar kredit yelkalari va ular bilan bog'liq majburiyatlarni unutib qo'yishadi. Puxta o'ylab qilinmagan savdo tufayli, ular kompaniyaning qarzdorlariga aylanadilar. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun, bitimlar likvidatsiya bo'lgan hollarda nol balansni kafolatlaydigan brokerlar xizmatlaridan foydalaning. Ushbu funksiya yordamida, siz hech qachon balansingizda bor mablag'dan ko'prog'ini yo'qotmaysiz.

Kredit yelkadan foydalanishning kamchiliklari

Biroq, kredit yelkasining o'ziga xos qorong'u tomonlari ham mavjud. Yangi boshlagan treyderlar Forex yelkasining kamchiliklariga diqqat bilan e'tibor berishlari kerak. Keling, ularni ko'rib chiqamiz:

1. Depozitni “yoqib yuborish(butunlay yo’qotish)” xavfining yuqoriligi

LiteFinance: 1. Depozitni “yoqib yuborish(butunlay yo’qotish)” xavfining yuqoriligi

Ushbu xavf katta hajmli kredit yelkasidan foydalangan treyder duch keladigan psixologik tuzoq bilan bog'liqdir. To'satdan paydo bo'lgan ko'p miqdordagi erkin mablag'ni nimagadir tikish va ishlashga majbur qilish istagini tug'diruvchi his uyg'onadi. Shuni esda tutish kerakki, kredit yelka nafaqat qo'shimcha imkoniyatlar beradi, balki majburiyatlarni ham yaratadi, ularning eng muhimi - Stop-out holatining oldini olish uchun yo'qotilgan summani o'z mablag'laringiz hisobidan qoplashdir (bu nima ekanligi haqida batafsil bu yerda yozilgan va misollar bilan ko'rsatilgan). Katta kredit yelkasi tufayli, treyder o'zida bor mablag'dan yuz marotaba ko'proq pozitsiyalarni ochish imkoniyatiga ega bo'lganligi sababli, katta foyda bilan birga, katta yo'qotishlarga ham duch kelish xavfi mavjud bo'lib, u yo'qotilgan pullar esa treyderning balansidan ushlab qolinadi. Bunday holat, ayniqsa, bir vaqtning o'zida bir nechta yirik pozitsiyalar ochilganda xavflidir. Agar siz bitta bitim bo'yicha "loss", ya'ni zarar ko'rsangiz, unda hisobning "darajasi" boshqa barcha ochiq pozitsiyalar uchun ham kamayadi va shuning uchun erkin marjani suiiste'mol qilinganda, ushbu bitimlarning stop-out komandasi bo’yicha yopilish xavfi ortadi. Boshqacha qilib aytganda, ortiqcha ko'p pozitsiyalardan tuzilgan konstruktsiya bir vaqtning o'zida kartadan qilingan uy kabi qulab tushishi va depozitni bir zumda yoqib yuborishi mumkin.

2. Depozitni qayta tiklash qiyinligi

LiteFinance: 2. Depozitni qayta tiklash qiyinligi

Yuqorida aytib o'tilganidek, katta kredit yelka bilan ishlaganda, real balans bo'yicha katta zarar olish juda oson. Yangi boshlaganlar, yelka katta bo'lgani uchun, hisobni avvalgi hajmiga qaytarish juda oson, deb ishonishadi, lekin har doim yo'qotishlarni qoplash uchun bir necha barobar ko'proq daromadni ko'rsatish kerakligini yodda tutish kerak, chunki kelajakda olinadigan daromad hajmi kamayib bo'lgan balansga nisbatan hisoblanadi.Masalan, agar siz 100 AQSh dollari miqdordagi hisob bilan 50% zarar ko'rgan bo'lsangiz, zararsizlik nuqtasiga qaytish uchun siz endi 100%ga teng foyda qilishingiz kerak.

Quyidagi jadvalda yo'qotishlarga duch kelgan taqdirda, zararsizlik nuqtasiga qaytish uchun kerakli bo'lgan foydaning foizini hisoblash usuli keltirilgan. Men uni barcha treyderlarga raspechatka qilib, risk-menedjment qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatmasi sifatida ish ekrani oldiga qo'yib qo'yishlarini tavsiya qilaman.

Boshlang’ich balansdan yo’qotilgan mablag’ %

Zararni qoplash uchun foyda % 

10%

11.11%

20%

25.00%

30%

42.85%

40%

66.66%

50%

100.00%

60%

150.00%

70%

233.00%

80%

400.00%

90%

900.00%

100%

"depozit kuydi!" ☹ 

Katta kredit yelkasi mavjudligida, vaziyat yanada murakkablashadi, chunki balansdagi yo'qotishlar bilan birga xarid qobiliyati ham pasayadi, garov uchun bo'sh mablag'lar miqdori kamayadi va shuning uchun "stop-out" xavfi ortadi, bu esa pozitsiyalar hajmining pasaytirish bilan qoplanishi kerak, bu esa o'z navbatida potentsial rentabellikni pasaytiradi, ya'ni, so'ngi natijada tiklanish. bundan ham qiyinroq bo'ladi.

Shuni yodda tutish kerakki, past, o'rta yoki maksimal kredit yelkasi qo'llanilgan savdo-sotiq jarayoni, Forexda majburiyat hisoblanadi. Chunki u muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz savdo-sotiqni amalga oshirishingizdan qat'i nazar, savdo kunining oxirida almashtirish shaklida kredit yelkaning asosiy qiymatidan foydalanganlik uchun kompensatsiyani nazarda tutadi.

Svop - bu kredit yelkadan foydalanganligi uchun to'lov bo'lib, u treyderning hisobidan to'lanishi kerak va avtomatik ravishda uning balansidan yechib olinadi. Shubhasiz, kredit yelkaning narxi to'g'ridan-to'g'ri undan foydalanganlik hajmiga bog'liq. Odatda bunday hol yuzaga kelganida, broker faqat ishlatilgan mablag'larning real miqdori uchun haq oladi.

Qanday kredit yelkadan foydalangan ma’qul?

Kredit yelkasining yaxshi hajmi nima ekanligi va aynan sizga to'g'ri keladigan eng yaxshi kredit yelkasini qanday tanlashni quyidagi misolda tushuntirishga harakat qilamiz.

O'ylashimcha, bu savollarga har bir treyder o'zgacha javoblar beradi, biz ularni keyinroq tahlil qilamiz.

Kredit yelkasi

Valyuta juftliklari bo'yicha o'zgarish, %

Pozitsiya hajmi lotlarda

Garov hajmi (marja), USD

Balans o’zgarishi, %

1:100

1%

1

1000

100%

1:50

1%

1

2000

50%

1:33

1%

1

3000

33%

1:20

1%

1

5000

20%

1:10

1%

1

10000

10%

1:5

1%

1

20000

5%

1:3

1%

1

33000

3%

1:1

1%

1

100000

1%

Depozitimizda 100 AQSh dollari bilan savdoni boshlashga tayyormiz deb, faraz qilaylik, bir bitim uchun mumkin bo’lgan risk darajasi balansning 1% ga teng, portfelning maksimal diversifikatsiya qilingan pozitsiyasida balansning “o’tirish” xavfi ham 1% ni tashkil qiladi.

Kredit yelkasi

Pozitsiyaning “o’tirishi” (drawdown),  %

Pozitsiyalarning maksimal soni

Balans hajmi, USD

Bir pozitsiya bo’yicha hisob uchun risk,  %

1:100

1%

100

1000

0.01%

1:50

1%

50

1000

0.02%

1:33

1%

33

1000

0.03%

1:20

1%

20

1000

0.05%

1:10

1%

10

1000

0.10%

1:5

1%

5

1000

0.20%

1:3

1%

3

1000

0.33%

1:1

1%

1

1000

1.00%

Endi yuqoridagi qoidalarga rioya qilgan holda ochishimiz mumkin bo'lgan pozitsiyalarning maksimal hajmini va bitta bitim uchun xavfni hisoblaymiz.

Yuqorida keltirilgan jadvalda ko'rib turganimizdek, risk-menejmentga bo'lgan bunday talablar bilan Forexda optimal kredit yelkasi - bu 100:1 bo’lib chiqdi, chunki bu holda biz bir vaqtning o'zida risklarni boshqarish bo'yicha qoidamizga javob beradigan 100 ta pozitsiyani ochish yoki minimal xavf bilan bir nechta bitimlar bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz.Ushbu misoldan ko'rinib turibdiki, pastroq kredit yelka bilan savdo qilish uchun, kerakli darajadagi diversifikatsiya yordamida faol savdo qilish uchun depozit miqdorini ko'paytirish kerak ekan.

Bu yerda qandaydir qarama-qarshilik mavjud deyishingiz mumkin! Axir, katta yelka bilan savdo qilish xavflarni kamaytiradigan bo'lib chiqdi! Aslida, qarama-qarshilik yo'q. Balansning tugab qolish xavfi, savdo hajmi saqlanib qolgan holda, haqiqatan ham katta kredit yelkasi bilan kamroq bo'ladi.

Eng xavfsiz kredit yelkasi qaysi?

Men yuqorida aytib o'tgan barcha kamchiliklar treyderning psixologiyasi va manimenejment qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog'liq, shuning uchun savdo texnikangiz ustida ishlash, savdo strategiyasi va intizomini yaxshilash juda muhimdir. Shu yo'l bilan, kredit yelkasining yuqoriligi muammo bo'lmaydi va depozitingizni yoqib yubormaydi.

LiteFinance: Eng xavfsiz kredit yelkasi qaysi?

Hozirdanoq muvaffaqiyatli savdo qilishni va pul ishlashni xohlaydigan, tasarrufida erkin 1 000$ bo'lmagan va tavsiya etilgan 1:100 gacha bo'lgan yelka bilan foydalanuvchi yangi boshlagan treyderlar nima qilishlari kerak?

  1. O'zingiz uchun savdo uslubingizni tanlang.  Siz kun davomida faol savdo qilmoqchimisiz yoki o'rta muddatli trendlarni qo'lga kiritmoqchimisiz? Yoki siz portfel to'plashni va bu haqda bir muncha vaqt "unutishni" xohlaysizmi? Umid qilamanki, yuqorida tavsiflangan materialdan aniq - savdo bitimlarining ufqlari qancha uzoq bo'lsa, depozit miqdori shuncha ko'p bo'ladi.

  2. Moddiy tomonni va siz savdo qilmoqchi bo'lgan bozorni o'rganish juda muhimdir. Texnik tahlillardan asosiy bilimlarni o'zlashtirish, bozorning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak - masalan, chop etilgan yangiliklar, hisobotlar, multiplikatorlar, ko'rsatkichlar va sevimli instrumentingizning narx kursiga ta'siri va boshqa omillar.

  3. Faqatgina yo'qotishga tayyor bo'lgan pulingiz bilan savdo qiling. Ehtimol, bu juda ko'p gapirilgan va eskirgan mavzu bo'lib tuyular, ammo bu haqiqat! Ushbu qoidaga rioya qilgan holda, siz ortiqcha stressdan xalos bo'lasiz va savdoingiz ancha xotirjam bo'ladi.

  4. Tajribali hamkasblaringizdan maslahat so'rashdan tortinmang. Savollar berishning hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q, lekin buni to'g'ri qilish zarur. Sizning shaxsiy fikringiz bo'yicha to'g'ri javob varianti bor bo'lgan, yopiq savollar berishga harakat qiling. Ularga faqat HA yoki YO'Q deb javob berish mumkin bo'lsin. Odatda, bunday savollar tayyorgarlik va ozgina ishlovni talab qiladi, bu 80% hollarda sizga kerakli javobni beradi.

  5. Agar siz bozor savdosida faol ishtirok eta olmasligingizni tushunsangiz, ammo baribir sarmoya kiritmoqchi bo'lsangiz, unda tajribali treyderlarning bitimlarini nusxalashni o'z ichiga olgan ijtimoiy savdodan foydalaning (bu yerda o'qing). Haqiqiy professionalni tanlay bilish - bu ham bir san'at hisoblanadi va bu mavzuga alohida maqola bag'ishlasa bo'ladi, ammo butun depozitni bitta menejerga ishonib qo'ymang. Risklarni turli treyderlar o'rtasida taqsimlang.

  6. Bitta savdo uchun marjaning to'liq miqdorini ishlatmang. 1 lot o'lchamli bitta pozitsiyadan ko'ra, minimal lot 0,01 ga teng bo'lgan 100 ta har xil pozitsiyalar ochganingiz afzalroq.

  7. Albatta "Stop-loss"dan foydalanganing! Bitta pozitsiyadagi zarar depozitning 2 foizidan ortiq bo'lishiga yo'l qo'ymang.

  8. Risk-menejment tizimingizni takomillashtirishdan to'xtamang. Ochiq pozitsiyalar yig'indisiga yo'l qo'yilgan maksimal risk darajasini aniqlang. Har bir pozitsiya bo'yicha risklarni nazorat qilib boring. Hisobning "darajasi" ni kuzatib boring. Stop-loss bo'yicha likvidatsiya yuz berishiga yo'l qo'ymang.

  9. Oldindan belgilangan savdo rejasisiz pozitsiyani ochmang. O'zingiz uchun kirish porogi, foyda va zararni belgilash darajasi, pozitsiyani oshirish va bozordan chiqish signallarini aniqlab oling.

  10. Treyder kundaligini olib borishga odatlaning! Bitim parametrlarini qayd qilib boring. Kirish va chiqish signallari. Bozorga kirish va chiqishda emotsional holatingiz. Jurnalni yuritish treyding jarayonini yanada ongliroq qiladi va o'z-o'zini tahlil qilish va o'z xatolaridan saboq olishga yordam beradi.

Yuqori kredit yelkalarni taqdim etuvchi eng yaxshi Forex brokerini qanday tanlash mumkin?

LiteFinance: Yuqori kredit yelkalarni taqdim etuvchi eng yaxshi Forex brokerini qanday tanlash mumkin?

Keltirilgan misollardan kelib chiqib, biz yuqori kredit yelkasining hech qanday yomon joyi yo'q degan xulosaga keldik. Savdoda risk-menejment qoidalariga va tegishli intizomga rioya qilgan holda, leverijning katta hajmi salbiy tomonlaridan ko'ra, ijobiy jihatlari ko'proq bo'lib chiqdi.

Biroq, 1:1000 va undan yuqori leverijni taklif etayotgan brokerga yugurib borish kerakmikan?

Javob oddiy - YO’Q.

Gap shundaki, valyuta bozorida 1:1000 dan yuqori yelkani  qoplaydigan darajadagi likvidlik provayderi mavjud emas. Shu sababli, 1:2000 hajmgacha kredit yelkasini taklif qiladigan barcha Forex brokerlari darhol sizda shubha uyg'otishi kerak.Buyuk ehtimol bilan, ushbu brokerning kredit yelkasi texnik jihatdan boshqa ishtirokchilarning zarar tomonga ketgan bitimlari hisobiga yoki virtual tarzda "kuhnyada(soxta brokerlar tomonidan)" yaratilgan mablag'lar hisobiga qoplanadi. 

Ishonchsiz brokerning yana bir belgisi - bu fikslanmagan bozor spredidan foydalangan holda likvidlik provayderi bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo qilish imkoniyatining yo'qligidir. Odatda,"kuhnya(soxta broker)" bunday xizmatni taqdim etish imkoniyatiga ega emas.

Shuningdek, mijoz uchun servisga e'tibor bering. O'z mijozlariga g'amxo'rlik qiladigan brokerlar xizmati kechayu kunduz ishlaydi va har qanday murojaatga javob tezda keladi. Odatda, bunday brokerlar yirik mijozlar uchun shaxsiy menejerni va har bir mijoz uchun keng tarif lineykasini taqdim etadilar.

Agar siz brokerlar bozorini tahlil qilsangiz, LiteFinance albatta ko'zga tashlanadi. Uning boshqa brokerlarga nisbatan asosiy afzalliklari:

  • Forex bozorida 15 yildan ortiq tajriba;

  • savdo instrumentlarining keng assortimenti (valyutalar, aktsiyalar va indekslar bo'yicha CFD, metallar, neft va kriptovalyutalar);

  • bozorga to'g'ridan-to'g'ri kirish imkoniyati - minimal spred;

  • klassik hisoblarda past svoplar va Islomiy hisoblarda ularning yo'qligi;

  • salbiy balansdan himoya qilish mehanizmi;

  • kredit yelkasi hajmini 1 dan 1000 gacha sozlash imkoniyati;

  • 24/7 mijozlarni qo'llab-quvvatlash texnik xizmati;

  • kompaniyaning shaxsiy bepul ta'lim dasturlari va o'quv materiallari;

  • kuchli analitik yordam;

  • rivojlangan jamoa, aloqa va tajriba almashish uchun katta platforma;

  • ijtimoiy savdoga kirish imkoniyati.

Yirik hajmdagi kredit yelkasi qanday ishlaydi?

Misol tariqasida eng mashhur valyuta juftliklaridan biri - GBP/USD ni olaylik.

Kredit yelkasiz, har bir lot uchun 100 000ga teng hajmdagi bitimni ochish uchun savdogar axminan 130,000 dollar sarmoya kiritishi kerak bo'ladi.

1:1000 kredit yelkasidan foydalanib, treyder zarur bo'lgan kapital miqdorini keskin kamaytirishi mumkin. $130,000 / 1000 ( kredit yelkasi ishlatiladi) = $130.

Ya'ni, 130 AQSh dollariga teng balans to'liq order bilan bitimga kirish uchun yetarli bo'ladi!

Ammo shuni esda tutish kerakki, LiteFinancening Stop-out darajasi 20% ni tashkil qiladi, 130 AQSh dollarining 20 foizi 26 dollar bo'ladi.

Shuning uchun, bitimni likvidatsiya bo'lishi uchun balans pasayishi(drawdown) 104 AQSh dollarni tashkil qilishi kerak.

Agar biz 1 lot bilan kirganimizni hisobga olsak, narx kirish nuqtasidan 104 punktga (5 sinfli raqam bo'yicha) o'tsa kifoya, shunda bitim stop-out komandasi bilan yopiladi, bu tushunib turganingizdek, o'ta yuqori risk hisoblanadi.

Misollardagi qaysi kredit yelkani tanlagan ma'qul

LiteFinance: Misollardagi qaysi kredit yelkani tanlagan ma'qul

Ko'rib turganimizdek, eng yaxshi Forex kredit yelkasi - bu nisbiy tushunchadir. Ushbu instrument ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Haddan tashqari baland yelkadan foydalanish ajoyib foyda keltirishi ham, savdogarni tor-mor qilishi ham mumkin.

Forexda savdo qilish uchun eng yaxshi kredit yelkasi treyderning ixtiyorida bo'lgan kapitalga bog'liq. 1:100 dan 1:200 gacha bo'lgan nisbat Forexda eng yaxshi  Leverij hisoblanadi. Ushbu stsenariyda treyder, agar u risklar masalasiga malakali yondashsa, marja savdosidan sezilarli foyda olishi mumkin. Yelka 1: 100 degani, hisobda 500 dollar bo'lsa, treyder umumiy qiymati 50 000 dollar bo'lgan savdolarni ochishi mumkin, bu valyuta bozorida savdolarni boshlash uchun eng maqbul miqdordir. Shu bilan birga, risklarni boshqarish qoidalariga rioya qilish, erkin marjani suiiste'mol qilmaslik va faol bitimlarni muddatidan oldin yopilib qolmasligi uchun har doim barcha ochiq pozitsiyalarning stop-loss bo'yicha mumkin bo'lgan chiqishini hisobga olgan holda o'zingizning mablag' zaxirangizga ega bo’lish juda muhimdir.

Forex savdosidagi eng yaxshi kredit yelka, treyderning shaxsiy kapitaliga bog'liqdir. Odatda 1:100 dan 1:200 gacha bo'lgan oraliq eng yaxshi Forex kredit yelkasi hisoblanadi.

1:100 bo'lgan kredit yelka, hisobda 500 dollari bo'lgan treyderda broker krediti orqali pozitsiyalarni ochish uchun 50 000 dollarga teng mablag'i borligini anglatadi. Shunday qilib, 1:100 Forex savdosi uchun eng yaxshi kredit yelkasidir.

Kredit yelkasi bo’yicha ko’p beriladigan savollar

Kredit yelkasidan foydalanish faqat savdogarning shaxsiy tanlovidir. Aksariyat professional treyderlar 1:100 nisbatini savdo risklari va xarid qobiliyati o'rtasidagi oltin standarti sifatida qo'llashadi.

Agar siz bozorga yangi kirgan treyder bo'lsangiz va birjada aktivlar savdosini endigina boshlayotgan bo'lsangiz, avval past yelkadan foydalanishga harakat qiling (1:10 yoki 1:20). Forex savdolarida tajribangizni oshirganingizdan so'ng, uni asta-sekin ko'paytirishingiz mumkin. Shu bilan birga, har doim risklarni boshqarish tizimini nazorat ostida tuting. Uning qoidalariga rioya qiling!

Forex treyderi uchun o'rtacha boshlang'ich balans yuqori miqdorlardan boshlanadi. Agar siz 100 dollardan boshlashga qaror qilsangiz, maksimal 1:500 yelkasidan foydalangan holda, minimal lot bo'yicha juda cheklangan miqdordagi savdoni amalga oshirishni tavsiya qilaman. Bir nechta pozitsiya ochishda juda ehtiyot bo'ling.

Agar sizning hisobingizda 500 dollar bo'lsa, eng yaxshi variant 1:100 yelkasidan foydalanish bo'ladi. Shunday qilib, siz o'z ixtiyoringizga $ 50,000 olishingiz mumkin. Agar siz minimal lot bilan savdo qilsangiz va 5 ta ochiq order bilan cheklansangiz, bu boshlanishiga yetarli bo'ladi.

Aksariyat professional treyderlar 1:100 nisbatdagi yelkani tanlashadilar.

Ha, nazariy jihatdan bu mumkin. Ammo siz bunday strategiya bilan jiddiy daromad olishingiz dargumon (agar balansingizda 100 000 dollar bo'lmasa, albatta). Bunday holda, depozitning likvidatsiya bo'lish xavfi minimaldir, ammo aksariyat treyderlar uchun bunday savdo qilish imkoniyati yo’q.

Mutaxassislar kredit yelkasidan foydalanganda juda ehtiyot bo'lishni maslahat berishadi. Imkoniyatlaringiz va tajribangizni yetarli darajada baholang. Agar siz juda yuqori yelkadan foydalansangiz yoki depozitning katta qismini bitim ochishga sarflab yuborsangiz, katta yo'qotishlarga duch kelishingiz mumkin.

Ushbu nisbat treyder o'zining har bir dollari evaziga savdoda 500 AQSh dollaridan foydalanishi mumkinligini anglatadi.

Brokerlik bozorida yuqori raqobat, yuqori kredit yelkalarini taqdim etishga undaydi. Boshqacha qilib aytganda, kredit yelkasi marketing elementi sifatida ishlaydi.

Boshqa tomondan, agar kredit yelkasi bo'lmaganda, Forex kirish porogi bir necha yuz AQSh dollarlidan boshlanadigan qulay bozorga aylanmagan bo'lar edi. Endi esa xususiy treyderning valyuta bozoriga kirib, yaxshi daromad olish imkoniyati bor.

Xulosa

Kredit yelka treyderning savdoda yaxshi natijalarga erishishida yordam beruvchi progressiv vositadir. Kredit yelkadan foydalanishning yaqqol afzalligi shundaki, siz cheklangan kapital hajmi bilan ham katta miqdorda pul ishlab olishingiz mumkin.Biroq, yangi boshlagan va professional ishtirokchilar uchun eng yaxshi kredit yelka qaysiligini aytish qiyin masala, chunki bu tanlov ko'p jihatdan boshlang'ich balansga, savdo strategiyasiga va tanlangan risklarni boshqarish modeliga bog'liqdir. Shu bilan birga, eng maqbul kredit yelkasi 1:100 deb hisoblanadi, bu yetarli darajadagi xarid qobiliyati va stop-out bo'yicha pozitsiyalarni avtomatik ravishda likvidatsiya bo'lish xavfi o'rtasidagi kompromissdir. Ko'p hollarda, yangi boshlagan va tajribali treyderlar aynan shu leverij nisbatini tanlaydilar. Ammo yuqori kredit yelkasidan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan risklarni doimo yodda tuting.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

Savdo uchun qaysi kredit yelkani tanlash kerak

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat