Kredit yelka valyuta bozorida stavkalarni bir necha bor oshirishga imkon beradi. Biroq, yangi boshlagan treyderlar, asosan, leverij (leverage) hajmini noto'g'ri tanlaganlari sababli, ushbu vositadan to'g'ri foydalana olmaydilar. Bundan avvalgi "Foreksda qanday "yelka" bilan savdo qilish yaxshiroq?" deb nomlangan maqolamda, kredit yelkaning ijobiy va salbiy tomonlarini, shuningdek, to'g'ri koeffitsientni tanlash usullarini batafsil bayon qilganman. Bugun esa men sizlarga 2022 yilda Foreksda kredit dastagisiz savdo qilishning har xil usullari haqida gapirib beraman.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Qani ketdik, bo’lmasam!

Kredit yelkasi o'zi nima?

LiteFinance: Kredit yelkasi o'zi nima?

Kredit yelka - bu depozit bilan ta'minlangan, broker tomonidan beriladigan kredit bo'lib, treyderlarga ularning haqiqiy hisobi hajmidan ancha katta miqdordagi orderlarni ochishga imkon beradi.

Savdolar hajmini shu tarzda oshirib, treyder katta foyda olishi mumkin, ammo ehtimoliy yo'qotishlar ham, ehtimoliy daromadga mutanosib ravishda oshib boradi. Masalan, agar siz 1:100 dastagi bilan savdo qilsangiz, unda $1 investitsiya qilsangiz, broker krediti yordamida summasi $100 ga teng orderlarni ochishingiz mumkin.

Kredit yelka nima va u qanday ishlashi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun ushbu maqolani o'qishingiz mumkin.

Kredit yelkasiga misol

Ko'rgazmali bo'lishi uchun, 1000 AQSh dollari miqdoridagi haqiqiy hisobi orqali valyuta bozorida ochilgan "long" pozitsiyasida, kredit dastagi bilan va dastaksiz olish mumkin bo'lgan potensial foyda va yo'qotishlarni taqqoslaymiz.

LiteFinance: Kredit yelkasiga misol

Nima uchun kredit yelka bilan savdo qilish xavfli bo'lishi mumkin?

LiteFinance: Nima uchun kredit yelka bilan savdo qilish xavfli bo'lishi mumkin?

Yuqoridagi misoldan ko'rinib turibdiki, kredit yelka qanchalik katta bo'lsa, shuncha yaxshi, chunki bir xil dinamika bo'lgan holatda biz ko'proq pul ishlashimiz mumkin. Yo'qotishlarimiz esa faqat hisobimizdagi pul bilan cheklangan. Biroq, hammasi bunchalik oson emas!

Birinchidan, faqat brokerning o'zi bunday kafolatni bergan va salbiy balansdan himoyani ta'minlagan bo'lsagina, sizda minusga kirib ketish xavfi yo'q desa bo'ladi. Aytgancha, LiteFinance - barcha mijozlariga shunday kafolatni beradigan kam sonli brokerlardan biri hisoblanadi.

Ikkinchidan, dastakning hajmi qanchalik katta bo'lsa, sizning pozitsiyangizning xavfsizlik darajasi shunchalik past bo'ladi. Aniqlik kiritish uchun yuqoridagi misolga qaytamiz va hisobda bor summaning to'liq miqdorida pozitsiya ochishimiz sharti bilan, bizning $1000 ga teng depozitimiz kredit yelkaning har xil o'lchamlarida, maksimal yo'qotish(drawdown) darajasining necha foiziga bardosh bera olishini hisoblab chiqamiz.

Kredit yelkaMaksimal yo’qotish (drawdown) %

1:1

%100

1:10

%10

1:100

%1

1:500

%0,2

Yuqoridagi sodda jadvaldan ko'rinib turibdiki, leverijsiz savdo qilganda, depozitni nolga tenglanishi, faqat aktivning qiymati ajabtovur tarzda butunlay nolga tenglashadigan taqdirdagina mumkin bo'ladi.Biroq, 1:10 leverij bilan savdo qilishda, depozitning omon qolish darajasi mutanosib ravishda 10 barobar, 1:500 bo'lganda esa, mos ravishda 500 barobar kamayadi. Shubhasiz, bozorning ochiq pozitsiyaga nisbatan 0,2% og'ish ehtimoli, 100% yoki hech bo'lmaganda 10% ga nisbatan bir necha barobar yuqori. Aytib o'tish kerakki, yuqoridagi hisob-kitoblarda ochiq pozitsiyalarning likvidatsiyasiga olib keluvchi Stop-out foizi hisobga olinmagan. Ushbu foiz barcha brokerlarda farq qiladi va agar uni ham hisobga oladigan bo'lsak, ATR diapazoni yanada qisqa bo'ladi.

Shunday qilib, juda katta kredit yelkasidan foydalanib, siz depozitingizni butunlay sovurib yuborishingiz mumkin. Foydani ko'paytirishga imkon beradigan va bir vaqtning o'zida yo'qotish xavfini kritik darajaga yetkazmaydigan dastakning optimal hajmini tanlash juda muhimdir. Shuni esda tutish kerakki, kredit yelka hajmi 1:1000 dan yuqori bo'lsa, depozitingizni yo'qotish qiyin bo'lmaydi, chunki "Stop Out" holatini keltirib chiqarish uchun narx minimal masofani bosib o'tishi kifoya qiladi. Bundan tashqari, 1:1000 dan yuqori kredit yelkalar ko'pincha, ishonchsiz brokerlar tomonidan taklif qilinadi.

Foreksda kredit yelkasiz savdo qilish mumkinmi?

Endi esa, keling, Foreksda kredit yelkasiz savdo qilish nima ekanligini tushunib olamiz. Nazariy jihatdan qaraganda, leverijdan foydalanmagan holda ham foyda olish mumkin. Biroq, Foreksda kredit yelkasini qo'llamasdan, sezilarli daromad olmoqchi bo'lsangiz, yetarlicha katta depozitga ega bo'lishingiz shart.

LiteFinance: Foreksda kredit yelkasiz savdo qilish mumkinmi?

Aytaylik, yangi boshlagan treyderlar o'rtacha hisobda $100 depozit kiritishadi va 1:100 dastagidan foydalanadilar. Leverijsiz huddi shu shartlarda savdo qilish uchun siz $10,000 sarmoya kiritishingiz kerak bo'ladi. Salmoqli farq, shunday emasmi?

Shuni yodda tuting, valyuta juftliklari volatilligi past bo'lgan instrumentlar qatoriga kiradi - narxning sezilarli o'zgarishini kutish juda uzoq vaqt talab etishi mumkin. Faqat o'z mablag'laringiz bilan savdo qilgan taqdiringizda ham, broker komissiyasi, bitimni ochishdagi spred va pozitsiyani keyingi kunga o'tkazish uchun svoplarni to'lashingiz kerakligini ham hisobga olishingiz kerak.

Shunga qaramay, Foreksda kredit yelkasisiz savdo qilish mumkinmi?

Bu muhim: Ko'pincha brokerlar leverijsiz savdo qilish imkonini bermaydilar, chunki minimal 1:33 dan boshlangan va undan yuqori bo'lgan dastakni taqdim etadilar. Agar siz kredit yelkasidan foydalanmagan holda savdo qilmoqchi bo'lsangiz, unda 1 ga 1 hajmli dastak bilan savdo hisobini ochishingiz mumkin bo'lgan brokerni qidiring (yelka 1:1).

LiteFinance: Foreksda kredit yelkasiz savdo qilish mumkinmi?

1:1 dastagi bilan "o'z mablag'iga" savdo qilish faqat quyidagi uch holatda mantiqga ega hisoblanadi:

  1. Investor o'zgaruvchan instrumentlar bilan savdo qilganda, masalan, kripto valyutalar, aksiyalar va fond indekslari, neft va metallar bo'yicha CFD shartnomalari bilan. Ushbu instrumentlar bo'yicha minimal lot narxi odatda valyuta bozoriga nisbatan pastroq bo'ladi va aktivlarning yuqori volatilligi kredit yelkadan foydalanmasdan ham sezilarli foyda olishga imkon beradi.

  2. Treyderning boshlang'ich kapitali 10 000 AQSh dollari yoki undan ko'p bo'lsa. Kredit yelkasisiz kichik hajmlarda savdo qilish mantiqqa to'g'ri kelmaydi, chunki siz 1-2 bitimdan ortig'ini ocholmaysiz, portfelni diversifikatsiya qila olmaysiz, pozitsiyalaringiz hajmini o'stirib yoki o'rtacha narxini tushura olmaysiz.

  3. Treyder institutsional bo'lgan hollarda. Ular haqida keyinroq to'xtalib o'taman.

Institutsional savdo

Shubhasiz, har biringiz institutsional treyderlar haqida kamida bir marta eshitgansiz. Ularning oddiy treyderlardan farqi nimada va nima uchun ular boshqa spekulyantlardan farqli o'laroq kredit yelkadan foydalanmaydilar?

Institutsional treyderlar - bu foyda olish maqsadida qimmatli qog'ozlar va boshqa aktivlarga milliardlab dollar sarmoya kiritadigan yirik investitsiya, pensiya va sug'urta fondlari, banklar yoki butun bir kredit uyushmalaridir. BlackRock, Fidelity Investments, Vanguard, State Street Corporation kabi korxonalar eng yirik institutlar qatoriga kiradi. Ushbu to'rtta fond S&P 500 indeksidagi aksiyalarning deyarli 90 foizi va butun AQSh fond bozoridagi aksiyalarning 40 foizi bilan tasarruf etadi.

Shubhasiz, institutsional investor - bu umumlashma obraz. Ushbu nom ostida tahlilchilar, treyderlar, advokatlar va iqtisodchilardan iborat katta  shtatga ega kompaniyalar yashiringan.

Xo'sh, nima uchun institutsional treyderlar kredit yelkasidan foydalanmaydilar? Buning ikkita sababi bor:

  1. Institutsional savdogarlar chinakamiga ulkan kapitalni (yuz millionlab va milliardlab dollar) boshqaradilar va savdo uchun deyarli har qanday miqdordagi pulni jalb qilishlari mumkin. Ular broker tomonidan beriladigan kreditga muhtoj emas.

  2. Brokerlar bilan ishlaydigan likvidlik provayderlarining hech biri, pozitsiyalarning katta hajmi sababli institutsional treyderga kredit yelkasini taqdim eta olmaydi. Odatda, institutsional investorlarning o'zlari likvidlikni yetkazib beruvchilar sifatida harakat qilishadi.

Institutsional treyderlar kredit yelkasidan foydalanmasalar ham, ulkan daromad olishadilar. Nima uchun bunday bo'ladi? Hammasi oddiy. Bir tomondan, intsitutsionallar to'g'ridan-to'g'ri savdo maydonchasida ishlaydi, bu esa tranzaksiya xarajatlari va boshqa qo'shimcha xarajatlarni kamaytiradi. Boshqa tomondan, bozorda to'g'ridan-to'g'ri savdo qilish imkoniyati va ulkan analitik apparati tufayli, institutsional investorlar bozor qiyofasini eng to'liq va shaffof ko'ra olishadi, bu esa xususiy investordan bir qadam ilgari bo'lib, daromadni maksimal darajada oshirishga imkon beradi. 

Shu tariqa institutsional savdo brokerlar ishtirokisiz amalga oshiriladi. U katta pulga ega bo'lgan va kredit yelkasini ishlatmasdan ham yuqori daromad bilan savdo qila oladigan tor doiradagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

CFD bilan yelkasiz savdo qilish mumkinmi?

Keling, narxlar orasidagi farq boʻyicha kontrakt (CFD) bilan qanday qilib kredit yelkasisiz savdo qilish mumkinligi haqida gapiramiz. Kredit yelkasisiz aksiyalar savdosi Foreks bozoridagidan savdoni hisoblash mexanizmi va potentsial foyda jihatidan farq qiladi.

LiteFinance: CFD bilan yelkasiz savdo qilish mumkinmi?

Birinchi o'rinda shuni ta'kidlash kerakki, CFD uchun kredit yelka qo'llanilmaydi. Buning o'rniga marjaning foizi (kredit dastagi) qo'llaniladi, bu maxsus formula bo'yicha hisoblanadi. Har bir brokerning marja foizi har xil bo'lib, likvidlik provayderlari tomonidan taqdim etilgan shartlar asosida hisoblanadi.

Kredit yelkasining turli xil aktivlar bo'yicha ishlashi haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin.

Aksiyalar uchun garov (marja) miqdori quyidagicha hisoblanadi:

Aksiyalar soni × bitta aksiya qiymati × marja foizi.

Oddiy misol keltiraman. Aytaylik, treyder Pfizer (ushbu hujjatni batafsil tahlilini bu yerdan topasiz) kompaniyasining 100 dona aksiyasi bo'yicha kontraktni 1 ta aksiya uchun 35 dollar narxi bilan xarid qildi. Brokerning marjinal foizi 15% ni tashkil qiladi.

Bunday holda, marjaning darajasi quyidagicha bo'ladi:

100 × $35 × 15% = $525.

Shunday qilib, kredit yelkasisiz aksiyalarni sotib olish uchun bizga 3500 AQSh dollari (100*35) kerak bo'lar edi, brokerdan sotib olganda esa faqat 525 AQSh dollari miqdoridagi garov yetarli bo'ladi.

- CFD aksiyalari bilan kredit yelkasisiz savdo qilish mumkinmi?

- Ha! Nafaqat mumkin, balki juda yaxshi foyda ham keltirishi mumkin.

Gap shundaki, aksiyalar valyuta juftliklariga nisbatan yuqori volatilligi bilan farq qiladi. Valyuta juftligi qiymatining o'rtacha kunlik o'zgarishi kamdan-kam hollarda 1-2% dan oshadi, ammo aksiyalar qiymati esa bir savdo kuni mobaynida 5% va hatto 10-15% ga ham o'zgarishi mumkin. Aynan shuning uchun likvidlik yetkazib beruvchilari ko'pincha marjinal foizni 10-20% darajada belgilaydilar, bu qo'pol hisobda brokerdan olingan 1:5 dan 1:10 gacha  bo'lgan kredit yelkasiga teng. Hatto yelkasiz savdo qilsangiz ham, aksiyalarning yuqori volatilligi tufayli sezilarli foyda olishingiz mumkin va savdo aktivning o'zi emas, balki ushbu qog'oz bo'yicha narxlar farqidagi kontrakt bilan amalga oshirilganligi sababli, sotib olish uchun uzoq muddatli pozitsiyalarni ham, qisqa pozitsiyalarni ham ochishda, bozorning pasayishida daromad olishda hech qanday muammo bo'lmaydi.

Kredit yelkasiz kunduzgi savdo(day trayding): ijobiy va salbiy tomonlari

Foreksda kredit yelkasiz savdoning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslaymiz.

AfzalliklariKamchiliklari
1. Risklar minimalligi. Zarar faqat savdo instrumenti qiymatining o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi.

1. Past daromadliligi. Valyuta bozorida narxlar harakatining o'rtacha diapazoni oyiga 0,5–1% ni tashkil qiladi. Foreksda yelkasiz katta daromad olish qiyin.

2. Yuqori kirish porogi.1000 dollardan kam depozit bilan savdo qilish deyarli mumkin emas.

3. Hisobning xarid qobiliyati pastligi. Kontraktlarning katta hajmi tufayli valyuta bozorida 1000 AQSh dollari miqdorida savdo qilishda faqat 1-2 pozitsiyani ochish mumkin bo'ladi. To'liq savdo qilish uchun depozit kamida 10 000 AQSh dollariga teng bo'lishi kerak.

4. Marjinal savdo bilan bog'liq barcha xarajatlar saqlanib qoladi. Hatto 1:1 yelka bilan ham, Foreks brokeri bilan savdo marjinal hisoblanadi va shuning uchun broker komissiyalari va svoplari saqlanib qoladi.

Ko'rgazmali bo'lishi uchun haqiqatga imkon qadar yaqin bo'lgan misolni keltiraman.

Kirish ma’lumotlari:

  1. Boshlang’ich depozit - 10 000 USD

  2. Kredit yelkasi - 1:1

  3. EURUSD bo'yicha maksimal mumkin bo'lgan kontrakt miqdorini sotib olamiz.

  4. Investitsiya qilish muddati - 1 oy.

LiteFinance: Kredit yelkasiz kunduzgi savdo(day trayding): ijobiy va salbiy tomonlari

1.16555 darajasida savdo qilinayotganligi sababli, yuqorida ko'rsatilgan shartlar bilan 100 000 birlik kontrakt uchun lotning maksimal hajmi 0.08 ga teng. Binobarin, bir punktning narxi 0,08 AQSh dollariga teng. Bu holda garov hajmi 9324.4 ni tashkil qiladi. 9324.4 (100 000 * 1.16555 * 0.08). Bizda hali foydalanilmagan 675,6 AQSh dollari balansi qoladi. Kredit yelkasisiz bu mablag'lar, hatto minimal kontraktni sotib olish uchun ham yetmasligi sababli, "olik" yuk bo'lib yotaveradi.

Aytaylik, omadimiz kelib, bir oy ichida EURUSD juftligining narxi 1% ga oshdi. Shunday qilib, biz 1.17731 kursida pozitsiyamizni yopib, foyda bilan chiqib ketamiz. Bir oylik savdo uchun biz 93,24  $ foyda olamiz va undan spredni (11 * $0,08) va o'rtacha sotib olish svopini ayrib, pozitsiya ochiq turgan kunlar soniga ko'paytiramiz ($0,5*30). Barcha to'lovlarni olib tashlaganda, biz 77,36 AQSh dollari miqdorida sof daromad olganimiz ma'um bo'ladi va bu jami 10 000 AQSh dollari miqdoridagi depozitga ega bo'lgan holda!

Treyding bilan bog'liq risklarni va bozorga doimiy ravishda jalb bo'lish zarurligini hisobga olgan holda, bankga qo'yilgan depozit bunday investitsiyalarga yetarlicha munosib alternativa bo'lib ko'rinadi. Lekin! Faqat kredit yelkasi bo'lmasa. Yelka bilan garov summasi kamayadi va siz katta hajmdagi pozitsiyalarni ochish imkoniyati paydo bo'ladi va bir vaqtning o'zida, oylik foydangiz 100% dan yuqori bo'lishi ehtimoli juda yuqori.

Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, kredit yelkasisiz savdoning yagona plyusi bu minimal risk darajasi. Biroq, 1 ga 1 hajm bilan savdo qilishda, daromadlilik bo'yicha yuksak natijalarga erishish juda qiyin masala ekanligini tushunishingiz kerak. Valyuta bozorida kredit yelkasisiz savdo qilish ko'proq institutsional qatnashchilarga yoki mutlaqo yangi boshlagan treyderlarga mos keladi, chunki ularning asosiy maqsadi bebaho savdo tajribasiga va depozitni sovurib yubormaslikdir. CFD - ga kelsak, ushbu vositalarning yuqori o'zgaruvchanligi marjinal foizlarsiz ham sezilarli foyda olish imkonini beradi.

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

Biroq, kredit yelkasiz savdo qilishda depozitning xavfsiz ekanligi shunchaki homxayol, chunki siz hali ham marjinal savdo bilan shug'ullanganingiz uchun kunlik to'lovlarni to'laysiz va qolaversa uning imtiyozlaridan leverij bo'lmagani sababli to'liq foydalanish imkoni yo'q. Valyuta bozorida nisbatan xavfsiz pul ishlash uchun, leverijdan voz kechishingiz shart emas. Har bir savdo va umuman hisob uchun marja hajmi va maksimal zararni samarali nazorat qilib tursangiz, bu sizga ko'proq foyda keltiradi. Brokerni to'g'ri tanlash ham, bunda muhim rol o'ynaydi.

LiteFinance kompaniyasi ham kredit yelkasi bilan, ham yelkasiz savdo qilish uchun eng qulay shartlarni taklif etadi. Leverijning diapazoni 1:1 dan 1:1000 gacha. Tanlangan yelkadan qat'i nazar, Stop Out darajasi har doim 20% bo'ladi va hattoki 1 foizga ham oshmaydi. Qolaversa, ECN texnologiyasi likvidlik yetkazib beruvchilarga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatini ta'minlaydi, bu esa minimal spred va svoplarni kafolatlaydi. Salbiy balansdan himoya qilish funksiyasi esa, sizni kutilmagan yo'qotishlardan sug'urta qiladi. Ochiq pozitsiyalarning muddati va soni hech qanaqasiga cheklanmagan, bu esa o'z o'rnida, skalperlarga ham, uzoq muddatli investitsiyalarni afzal ko'ruvchi treyderlarga ham xotirjam savdo qilish imkonini beradi.

Shuni ta'kidlash kerakki, LiteForeksning "margin call" darajasi ECN hisoblari uchun 100% ni tashkil etadi, bu bo'sh mablag'larning yetarli emasligi to'g'risida oldindan ogohlantirish uchun yaxshi darajadir. Bu optsiya, ogohlantirishga vaqtida reaktsiya bildirgan treyderga o'z savdo kapitalini saqlab qolish imkonini beradi.

Ayniqsa, yangi treyderlar uchun yuqori rentabellikga ega bo'lgan tajribali treyderlar bitimlarini avtomatik ravishda nusxalash imkoniyati juda qiziq bo'ladi. 

Yuqorida sanab o'tilgan barcha afzalliklarga yoqimli bonus sifatida, LiteFinance savdoda foydalanilmagan mablag'laringiz bo'yicha yillik 2,5% foiz stavkasini, har bir savdo kunining oxirida hisobingizga o'tkazib beradi.

Menimcha, kredit yelkasiz savdo faqat CFD bo'yicha, faqat ECN hisoblari uchun va salbiy balansdan himoya qilingan holdagina mantiqqa to'g'ri keladi.

Quyida boshqa bloggerlarning kredit yelkasisiz savdo haqida bildirgan eng qiziqarli fikrlar to'plamini taqdim etaman:

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

LiteFinance: Xulosa: Foreks savdosi uchun kredit yelkasidan foydalanish kerakmi yoki yo'qmi?

Foreksda kredit yelkasiz savdo qilish haqida tez-tez so'raladigan savollar (FAQ

Texnik jihatdan, Foreksda 1:1 dastagi bilan savdo qilishingiz mumkin. Biroq, amalda, kontraktlarning past volatilligi va yuqori narxi tufayli, bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Foreksda kredit yelkasisiz savdo qilish orqali foyda olishning yagona haqiqiy usuli - bu o'n minglab yoki hatto yuz minglab dollarlarni tashkil etadigan depozit bilan kunduzgi (day trading) savdo qilishdir.

Odatda, Foreks brokerlari o'zlarining savdo instrumentlari orasida turli kompaniyalarning aksiyalari bo'yicha CFD-ni taklif qilishadi, lekin aksiyalarning o'zini emas. Masalan, LiteFinance Nyu-York fond birjasi va NASDAQning o'nlab aksiyalari bo'yicha CFD savdolariga kirish huquqini beradi (aksiyalarning to'liq ro'yxatini bu yerdan topasiz). Ushbu instrument bo'yicha leverijning hajmi ko'pincha valyuta juftliklaridan farq qiladi va marja foizi yordamida hisoblanadi. CFD kontraktlari uchun marjani hisoblash haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin. CFD instrumentini sotib olish imkoniyatiga kelsak, bu yerda hech qanday cheklovlar yo'q. Siz har qanday o'lchamdagi dastak bilan uni sotib olishingiz mumkin.Muhim! Bunday holda, garov miqdori kotirovka qilinayotgan aksiya qiymatining 100 foiziga teng bo'ladi, bu narxlar orasidagi farq boʻyicha kontrakt(CFD)ni sotib olishda unchalik oqilona yo'l hisoblanmaydi.

Eng yaxshi savdo platformasi - bu quyidagi jihatlarni mujassam qilgan platforma:

  • ko'p yillik faoliyati davomida foydalanuvchilarning ishonchini qozongan;
  • dunyoga mashhur va butun dunyo bo'ylab vakolatxonalar tarmog'iga ega;
  • turli bozorlarda ko'plab savdo instrumentlarini taqdim etadi;
  • mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun, moslashuvchan narxlarni taklif qiladi;
  • 24/7 rejimida o'z mijozlariga tezkor yordam ko'rsatadi;
  • bepul o'quv materiallari va kurslarni taklif etadi;
  • mijozga muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi va uning muvaffaqiyatiga qiziqish bildiradi.
Eng yaxshisini topish uchun, kunlar va oylarni qidirishga sarflash mumkin. Siz faqat shaxsiy tajribangizdan, ko'p pul va asablarni sarflagan holda o'zingizga xulosa chiqarishingiz mumkin. Shaxsan men tanlov qildim va LiteFinance bilan ishlayman. Bu mening shaxsiy talablarim va yuqoridagi barcha punktlarga to'liq javob beradi. LiteFinance - men uchun №1!

Ushbu turdagi savdo faqat ikkita holatda mantiqqa to'g'ri keladi:

  • Savdo asoslarini endigina tushuna boshlagan yangi treyder uchun. Uning uchun savdo qilishda bebaho tajriba orttirish va sovurib yuborilgan depozit shaklidagi yuqori badalni to'lamaslik juda muhimdir.
  • Kriptovalyuta va aksiyalar evaziga derivativlar bilan savdo qilishda. Ushbu aktivlarning volatilligi yetarlicha yuqori bo'lib, hatto kichik yelkadan foydalanganda yoki umuman savdo qilmaganda ham yaxshi foyda keltirishi mumkin. Biroq, ushbu holat uchun istisno sifatida aytish kerakki, u ko'proq kredit yelkasining imkoniyatlarini suiiste'mol qiladigan va risklarni hisobga olmaydigan, professional bo'lmagan oddiy treyderlar uchun mos keladi.
  • Tajribali treyderning ishonchli qo'llarida kredit yelkasi barqaror, yuqori daromad olishning samarali vositasiga aylanadi.

Avvalo, Foreks bozorida sizning yelkasiz daromadingiz eng yaxshi holatda 1-2% oralig'ida bo'lishini tushishingiz kerak. Bundan so'ng, bunday past daromadlilik holatida, normal hayot kechirishingiz uchun qancha foyda olishingiz kerakligini hisoblab chiqing. Olingan summadan kerakli depozit miqdorini hisoblang va uni brokerning hisobiga o'tkazing.So'ng, hisob sozlamalarida mavjud kredit dastagining ko’rsatgichini 1:1 ga o'zgartiring. Ammo har bir broker ham bunday kredit yelkasini o'rnatishga ruxsat bermaydi (aniqrog'i, uni yo'q qilib belgilashni). Depozit kiritilib, hisob sozlamalari o'zgartirilgandan so'ng, savdoni boshlashingiz mumkin. Shu bilan birga, bitimlarni boshqa kunga ko'chirish uchun xarajatlarni hisobga olishni unutmang. Komissiya to'lovlari olingan foydangizni hammasin "yeb qo'ymasligi"ni nazorat qilib turish juda muhimdir. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun, kun ichida savdo qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

Foreksda kredit yelkasiz savdo qilish

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat