Foreks bozori ishtirokchilari tomonidan qo‘llaniladigan terminologiya treyderni chalkashtirishi mumkin. Lekin birjaga mo‘may daromad olish uchun kelgan har bir kishi bu tushunchalarni yaxshi anglab olishi kerak. Quyida biz foreksdagi kredit yelka va lot kabi asosiy tushunchalarni tahlil qilamiz, shuningdek, pipslar nima ekanligini ham bilib olamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy xulosalar

  • Maqolada Forex savdosidagi asosiy tushunchalar tahlil qilinadi. Kredit yelkasi va lot hajmi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va farqlarga alohida e’tibor qaratilgan.
  • Kredit yelkasi va lot hajmi Forex bozorida turlicha tushunchalar bo‘lsa-da, ular o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.
  • Kredit yelkasi – bu treyderlarga kamroq shaxsiy mablag‘ bilan kattaroq hajmdagi pozitsiyalarni boshqarish imkonini beruvchi vosita bo‘lib, u potentsial foyda va zararlarni ko‘paytirishi mumkin.
  • Shuningdek, maqolada Forex savdosining standart o‘lchov birligi hisoblangan lot tushunchasi ham ko‘rib chiqiladi.

Foreksda kredit yelka va lot: o‘zaro bog‘liqlik

LiteFinance: Foreksda kredit yelka va lot: o‘zaro bog‘liqlik

Foreks savdosi kontekstida lot va leveridj turli xil tushunchalardir, ammo ular o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud.

Kredit yelkasi (yoki leverij) qo‘llash shuni anglatadiki, treyder o‘z foreks brokeridan yoki u bilan bog‘liq uchinchi tomondan mablag‘larni qarzga oladi. Bunday moliyaviy tayanch yordamida treyder yelkadan foydalanmagan holda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bitimlarga qaraganda yanada istiqbolli bitimlarni ochish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Endi Foreks kontekstida lot tushunchasiga ta’rif beramiz.

Bir lot – bu asosiy valyuta birliklarida o‘lchanadigan shartnoma hisoblanadi. Binobarin, lotlar yoki lot qismlarining soni ochilayotgan bitimning hajmini belgilaydi.

Treyder bitimni ochishda kontraktlardagi hajmni o‘zi belgilaydi. Uning qiymati 0,01 dan 100 gacha bo‘lishi mumkin.

LiteFinance: Foreksda kredit yelka va lot: o‘zaro bog‘liqlik

Foreks bozorida yangi ish boshlaganlar uchun kredit yelka va lot hajmi kabi tushunchalar o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini yodda tutish muhimdir.

Mohiyatan, leveridj shartnoma hajmi va uning narxiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq "kredit yelka" tushunchasi treyder pozitsiyasining hajmini aniqlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi va unga bevosita ta’sir etadi. Boshqacha aytganda, kredit richagi qanchalik katta bo‘lsa, treyder shunchalik ko‘p imkoniyatga ega bo‘ladi, ya’ni u o‘z hisobidagi mablag‘lardan bir necha barobar ko‘p miqdorda yirik lotlarni sotib olishi yoki sotishi mumkin.

Foreksda pipslar nima?

Yuqorida biz lot va kredit yelka nimaligini ko‘rib chiqqan edik. Bu ikki tushunchani bog‘lovchi halqa bu pips (inglizcha qisqartma – percentage in point) hisoblanadi. U savdo instrumenti qiymati o‘zgarishining minimal ulushini ifodalaydi.

Boshqacha qilib aytganda, pips – bu valyuta kotirovkasi siljishi mumkin bo‘lgan eng kichik standartlashtirilgan o‘lchov birligidir. Valyuta bozorida AQSH dollari bilan juftlikda 1 pips odatda 0,00001 dollarga teng.

Neft va aksiyalarda, masalan, verguldan keyin ikkita belgi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kotirovkaning oxirgi (verguldan keyingi ikkinchi) raqami ushbu aktivlar uchun pips

Kredit yelkasi va foreks loti kabi hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaqqol ko‘rish uchun pips tushunchasini aniq misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, bizda EURUSD juftligi bo‘yicha 1,18699 bevosita kotirovka mavjud. Bu 1 yevro 1,18699 AQSH dollariga teng degani.

LiteFinance: Foreksda pipslar nima?

Agar ushbu kotirovka bir punktga ko‘tarilsa (1,18700 gacha), 1 AQSH dollarining qiymati yevroga nisbatan pasaygan bo‘lar edi, chunki endi 1 yevro uchun 0,00001 AQSH dollariga ko‘proq to‘lash kerak.

Narxning hatto 1 punkt yoki pips o‘zgarishi ham bitimning yakuniy qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Aksariyat brokerlar uchun bitta shartnomaning standart hajmi 100 000 birlikka teng. EURUSD juftligining 1 birligi 1,18699 AQSH dollariga teng bo‘ladi.

Misol:

Faraz qilaylik, investor 0,1 lot sotib oladi, demak, shartnoma hajmi 11 869,9 dollarga (100 000 * 0,1 * 1,18699) teng bo‘ladi. Ushbu juftlikning ayirboshlash kursi bir pipsga oshsa, xuddi shu miqdordagi shartnoma narxi 11 870,0 dollarga yetadi.

Shundan kelib chiqadiki, 0,1 lotli shartnomada 1 pipsning qiymati 0,1 AQSH dollariga teng bo‘ladi.

Bu holda, kredit yelka bilan investor ko‘proq sotib olishi mumkin. Aytaylik, treyderimiz 1:100 nisbatdagi yelkadan foydalanib, o‘z pozitsiyasini 100 baravarga oshirishi, ya’ni 0,1 emas, balki 10 lot sotib olishi mumkin. Bunday katta pozitsiyada 1 pipsning qiymati 10 AQSH dollariga teng bo‘ladi.

Ushbu misol leveridj bitim hajmi orqali pips qiymatiga qanday ta’sir qilishini yaqqol ko‘rsatadi. Kredit richagi qanchalik katta bo‘lsa, treyder shunchalik katta pozitsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Pozitsiya qanchalik katta bo‘lsa, bir punktning qiymati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Foreksdagi lot hajmi nima?

LiteFinance: Foreksdagi lot hajmi nima?

Endi lot hajmlari haqidagi bilimlarimizni biroz kengaytiramiz. Ko‘pincha ularning 4 ta turi ko‘p uchraydi.

Lotning turi

Birliklar miqdori

Standart

100 000

MIni (standart lotning 1/10 qismi)

10 000

Mikro (standart lotning 1/100 qismi)

1000

Nano (standart lotning 1/1000 qismi)

100

  1. Standart lot, ehtimol, Forex bozorida eng ko‘p uchraydigan shartnoma turi bo’lsa kerak, u brokerlar orasida eng keng tarqalgan.
  2. Mini-lot kasr lot deb atalib, standart lot hajmining 1/10 qismini tashkil etadi. U valyuta bozorida standart versiyaga qaraganda ancha kam uchraydi. Bu turdagi shartnomalar ko‘pincha kriptovalyuta shartnomalari savdosida ko‘zga tashlanadi. Ba’zan uni metall bozorida savdo qilishda ham ko‘rish mumkin.
  3. Mikro-lot valyuta bozori ishtirokchilari orasida yanada kamroq uchraydigan tur hisoblanadi. Ushbu kasr shartnoma ko‘proq Foreks bozoridagi brokerlarda uchraydi, ular kriptovalyutalar va metallar uchun CFD savdosiga kirish imkonini beradi.
  4. Nano-lot asosan xomashyo, metall va kripto bozorlarida uchraydi. Bu turdagi shartnoma valyuta bozorida juda kam hollarda uchraydi.

Muhim! Bir lotning asosiy birliklar miqdoridagi hajmi, odatda, mijozning xohishiga emas, balki likvidlik ta’minotchisining talablariga ko‘ra belgilanadi.

LiteFinance turli tovar guruhlari va savdo instrumentlari turlari bo‘yicha lotlarning turli hajmlari o‘rnatilgan. Masalan, valyuta juftliklari bo‘yicha LiteFinance 100 000 birlikdan iborat standart lotdan, oltin uchun esa nano-lotdan foydalanadi. Kriptovalyutaga qarasangiz, u yerda LiteFinance mijozlarga atigi 1 birlik o‘lchamdagi Bitcoin va Ethereum lotlari bilan savdo qilishni taklif etadi!

Bu o‘rinda shuni yodda tutish joizki, bitim qiymati nafaqat shartnomadagi birliklar soniga, balki ushbu birliklar ifodalangan bazaviy mahsulot yoki valyuta qiymatiga ham bog‘liq.

Yuqoridagi misolda biz EURUSD juftligi bo‘yicha 0,1 lotni dollarda ifodalangan 10 000 yevro birligi sifatida hisoblagan edik. Boshqa instrumentlar ham xuddi shu tamoyil asosida hisoblab chiqiladi.

Masalan, XAUUSD bo‘yicha 100 birlikli lot pozitsiyasi AQSh dollarida 100 troy unsiyasi qiymatiga teng bo‘ladi.

LiteFinance: Foreksdagi lot hajmi nima?

100 000 birlikka teng bo‘lgan 1 ta GBPJPY shartnomasi uchun bitim qiymati Yaponiya iyenasiga nisbatan savdo qilinayotgan 100 000 Britaniya funtini tashkil etadi.

Bularning barchasi Forex bozori ishtirokchisiga nimani anglatadi? Kross-kurslarni (AQSH dollariga nisbatan kotirovka qilinmaydigan valyuta juftliklarini) sotib olishda, siz nafaqat kotirovka qilinayotgan instrumentning o‘sishiga, balki kotirovka valyutasining qiymati pasayishiga ham pul tikasiz.

LiteFinance: Foreksdagi lot hajmi nima?

Har bir treyder va investor uchun muayyan instrument savdosiga oid barcha tafsilotlarni bilish muhimdir.

Har bir aktiv haqida maksimal batafsil ma’lumotni treyderning shaxsiy kabinetida topish mumkin, undan hatto ro‘yxatdan o‘tmasdan ham foydalanish mumkin. Buning uchun "Savdo qilish" bo‘limiga kirib, kerakli savdo instrumentini tanlab, "Instrument haqida ma’lumot" tugmasini bosish va ekranda "Qo‘shimcha ma’lumot" vidjetiga o‘tish talab etiladi.

Lot ma’lumotlaridan tashqari, u yerda ko‘plab foydali narsalarni ko‘rishingiz mumkin:

  • Ushbu vosita bo‘yicha 1 ta shartnoma sotib olishda bir punktning qiymati.
  • Kotirovka valyutasi – kotirovka narxi ifodalangan pul birligi. U har doim juftlik belgilanishida ikkinchi o‘rinda keladi, shuning uchun uni mustaqil ravishda aniqlash oson. Aksiyalar, neft va indekslarning aktiv nomida kotirovka valyutasi bo‘lmaydi. "Instrument haqida ma’lumot" bo‘limida ularning qiymati qanday ifodalanganini ko‘rishingiz mumkin.
  • Asosiy valyuta – bu shartnoma narxi ifodalangan va kotirovka valyutasiga nisbatan savdo qilinadigan valyutadir.
  • Bir butun lotning hajmi va u ushbu aktiv bo‘yicha qaysi valyutada o‘lchanishini ko‘rsatadi. Bunday valyuta odatda asosiy valyuta deb ataladi.
  • Hisobingizda o‘rnatilgan yelka. Agar broker aktiv uchun marjaning foizi ko‘rinishida kredit richagini o‘rnatgan bo‘lsa, bu qanday yelkaga to‘g‘ri kelishini ham ko‘rasiz.
  • Sotib olish va sotish svopi hajmi va uch karra svop kuni. Svop – bu pozitsiyani keyingi kunga ko‘chirish uchun to‘lov.

Kredit yelkasi nima?

LiteFinance: Kredit yelkasi nima?

Kredit yelkasi marja tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. U leveridj yoki kredit richagi deb ham ataladi – bu treyderlarga savdo hisobi hajmidan ancha kattaroq hajmda savdo qilishni taklif etuvchi moliyaviy instrumentdir.

Misol:

Balansga 5000 AQSH dollari to‘ldirdingiz. 1:20 yelkadan foydalanishga qaror qildingiz. Natijada, hisobingizdan 20 barobar ko‘proq jami 100 000 AQSH dollari miqdorida pozitsiyalar ochishingiz mumkin.

Kredit yelkasi va uning ishlashi haqida ko‘proq ma’lumot olishni xohlaysizmi? U holda yangi boshlayotgan treyderlar uchun to‘liq qo‘llanmani bu yerda o‘qing.

Kredit yelkasi va Foreksdagi lot hajmi o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqlik

LiteFinance: Kredit yelkasi va Foreksdagi lot hajmi o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqlik

Shunday qilib, ko‘rib ishonch hosil qilganimizdek, kredit yelka va lot hajmi boshqa-boshqa tushunchalardir.

Yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz: leveridj bitta shartnoma qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Valyuta bo‘yicha standart shartnoma kredit yelkaning har qanday miqdorida ham yuz ming birlikni tashkil etadi.

Biroq, kredit yelka treyder ixtiyoridagi mablag‘lar miqdoriga ta’sir qiladi. Foreks lotining hajmi va kredit yelka bitimning real qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqroq tushunish uchun leverijni qo‘llagan va qo‘llamagan holda hisoblash formulalarini ko‘rib chiqamiz.

Bitimning leveridjsiz odatiy qiymati = lotlar soni (yoki ularning ulushlari) * lot hajmi * kotirovka narxi

Kredit richagi qo‘llanilgan taqdirda, bitim qiymati garov miqdoriga teng bo‘ladi.

Garov miqdori = (lotlar soni (yoki ularning ulushlari) * lot hajmi * kotirovka narxi) / kredit yelka hajmi

Shunday qilib, biz shartnoma hajmi bitim qiymati bilan bevosita mutanosib bog‘liqligini ko‘ramiz, ya’ni lot hajmi yoki uning miqdori oshishi bilan bitim qiymati ham oshadi.

Bunda leverij hajmi bitim qiymatiga teskari proporsional bo‘ladi va leverij hajmi oshishi bilan bitim qiymati kamayadi.

Muhim eslatma: Turli xil savdo instrumentlari uchun, broker bilan ishlaydigan likvidlik provayderining shartlariga qarab, kredit yelkani qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.

Metallar, neft, indekslar, kriptovalyutalar va aksiyalar uchun kredit richagi amal qiladi – bu marjaning foizini sozlash orqali bitim qiymatini kamaytirish imkonini beradi. Bu parametrni savdo vositasining texnik xususiyatlarida ko‘rish mumkin.

Valyuta juftliklari uchun kredit yelkani treyderning o‘zi belgilaydi.

Ya’ni, pozitsiyani ochish uchun aktivga qarab uning haqiqiy qiymatining foizi yoki treyderning hisobida o‘rnatilgan yelka hajmiga bo‘lingan summa talab etiladi:

Aktiv turi

Marja foizi

Yelka

Metallar

1%

1:100

Palladiy

yo’q

hisobda o’rnatiladi

Neft

10%

1:10

Indekslar

1%

1:100

Aksiyalar

2%

1:50

Valyutalar

yo’q

hisobda o’rnatiladi

Kripta

10%

1:10

Foreks instrumentlari bo‘yicha yelka va lotning o‘zaro bog‘liqligiga misol

Valyuta juftliklari uchun savdo hisobida treyderning o‘zi belgilashi mumkin bo’lgan kredit yelka mavjud.

EURUSD bo‘yicha 1 lotlik pozitsiya ochamiz.

EURUSD bo‘yicha 1 ta lotni (100 000 EUR xarid qilish) levirijsiz ochish uchun treyderga 118 748 AQSh dollari talab etiladi.

Foreks savdosi marjinal bo‘lib, treyder 1000 ga 1 yelkasini belgiladi.

Shunga ko‘ra, garov summasi ochilayotgan pozitsiyaning haqiqiy qiymatidan 1000 barobar kam bo‘ladi.

Ya’ni, 100 000 yevro sotib olish uchun treyderga bor-yo‘g‘i 118,75 AQSH dollari talab etiladi:

LiteFinance: Foreks instrumentlari bo‘yicha yelka va lotning o‘zaro bog‘liqligiga misol

Metallar bo‘yicha yelka va lotning o‘zaro bog‘liqligiga misol

Palladiydan tashqari barcha qimmatbaho metallar uchun kredit richagi amal qiladi.

Broker orqali savdo qilish marjinal hisoblanadi, shu sababli ochiq bitimga kredit richagi qo‘llaniladi. Shunga muvofiq, pozitsiya ochish uchun garov miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Kredit yelkasini hisobga olgan holda garov = Bitim hajmi × Shartnoma hajmi × Narx × Marja foizi / 100

Marja foizi (fikslangan qiymat) – bu metall savdosida broker tomonidan taqdim etiladigan kredit richagining xuddi o‘zidir. LiteFinance u 1% ga teng.

Bu qanday ishlaydi:

XAUUSD bo’yicha 1 lotga teng pozitsiya ochamiz.

Oltin bo’yicha 1 lot 100 troya unsiyasiga teng.

Bunday bitimning qiymati AQSh dollarida 206 548 dollarni tashkil etadi.

Shundan kelib chiqadiki, garov summasi ochilayotgan pozitsiyaning haqiqiy qiymatidan atigi 1 foizni tashkil etadi.

Ya’ni, treyderga 100 troya unsiya oltin (1 lot) sotib olish uchun 2065,48 AQSH dollari talab etiladi:

LiteFinance: Metallar bo‘yicha yelka va lotning o‘zaro bog‘liqligiga misol

Aksiyalar bo‘yicha yelka va lot hajmining o‘zaro bog‘liqligiga misol

Aksiyalar uchun ham, yuqoridagi misolda aytib o‘tganimdek oltin uchun bo‘lgani kabi, kredit richagi amal qiladi.

LiteFinance aksiyalar uchun marja foizi 2 foizni tashkil etadi.

Broker orqali 1 ta APPLE aksiyasini sotib olish uchun bitim ochmoqdamiz.

#AAPL bir dona aksiyasining haqiqiy qiymati 449,20 AQSH dollariga teng.

Bunday pozitsiyani ochish uchun garov summasi haqiqiy qiymatning 2 foizini tashkil etib, 8,98 AQSH dollariga teng bo‘ladi:

LiteFinance: Aksiyalar bo‘yicha yelka va lot hajmining o‘zaro bog‘liqligiga misol

Kredit yelkasi va lot hajmi kalkulyatori

LiteFinance: Kredit yelkasi va lot hajmi kalkulyatori

Balki yuqoridagi formulalar murakkab tuyular. Kredit richagi va bitim hajmini hisoblash vazifasini maksimal darajada yengillashtirish, potensial foydani chamalash uchun kredit yelka va lot hajmini hisoblash uchun kalkulyatordan foydalanish mumkin.

Kredit yelka kalkulyatori

Quyidagi kalkulyatordan foydalanib, turli instrumentlar bo‘yicha yelka va garovni hisoblang.

Buning uchun rejalashtirilgan bitim bo‘yicha kerakli qiymatlarni kiritish va "Hisoblash" tugmasini bosish kifoya. Quyida darhol to‘liq hisobot, shu jumladan garov hajmi ham aks ettiriladi.

Xulosa

Lot hajmi va kredit yelka o‘rtasida qanday farq bor? Bu ikki omil bir-biri bilan qanday bog‘langan? Ushbu maqolani o‘qigan har bir kishi, endi ushbu savollarga to‘g‘ri javob bera oladi.

Leverij hajmi shartnoma summasiga ta’sir qilmasa-da, hisobning xarid qobiliyatini oshiradi, ko‘proq lotlarni sotib olish va garov miqdorini kamaytirish imkoniyatini beradi. Shartnoma hajmining o‘zi bitim miqdoriga, shu sababli uning yakuniy qiymatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Eslab qoling:

  • Lotlardagi pozitsiya hajmi qanchalik katta bo‘lsa, pul ko‘rinishidagi pozitsiyangiz ham shunchalik katta bo‘ladi.
  • Kredit yelkasi qanchalik katta bo‘lsa, bir xil hajmdagi pozitsiyalarni ochish uchun shunchalik kam garov to‘laysiz. Yelka balansga kiritilgan haqiqiy summani o‘zgartirmagan holda pozitsiyangizning mumkin bo‘lgan chegarasini kengaytiradi.

Ushbu materialni yanada yaxshiroq o‘zlashtirish uchun uni amalda qo‘llab ko‘ring. Bitim qiymatini mustaqil ravishda qo‘lda va kalkulyator yordamida hisoblab chiqing. Bu sizga har bir foreks-treyder uchun asos hisoblangan leveridjning ishlash mexanikasi va shartnoma hajmini tushunish imkonini beradi.

Mohiyatni chuqurroq tushunish uchun eng oddiy va qulay platforma orqali demo hisobda turli hajmdagi bitimlarni ochishni tavsiya qilaman. Bu yerda demo hisobni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochish mumkin va siz shartnoma qiymatiga qarab garov hamda joriy foyda yoki zararning qanday o‘zgarishini ko‘rasiz.

Shuningdek, bu yerda turli yelkali bir nechta demo-hisoblarni yaratish mumkin, bu esa kredit yelka va lot hajmi bir-biriga qanday bog‘liqligini amalda ko‘rish imkonini beradi.

Hurmat bilan,

Mixail @Hypov

Lot hajmi va kredit yelka bo‘yicha FAQ

Lot va kredit yelka hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun qulay kalkulyatordan foydalanish kerak. Tegishli maydonlarga leveridj o‘lchami va shartnoma hajmi kiritilishi kerak. Onlayn kalkulyator siz uchun barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Shuningdek, ushbu pdf-fayldagi hisoblash jadvallari sizga yordam berishi mumkin.

Ushbu savolga aniq javob berish uchun marjani hisoblashning oddiy formulasini qo‘llash lozim: 1 lot * 100 000 EUR * EURUSD narxi / 100. Shunday qilib, garov uchun 1000 yevro yoki bazaviy valyutada marjani hisoblash uchun 1000 yevro * yevroning AQSH dollariga nisbatan kursi miqdorida mablag‘ talab etiladi.

Buning uchun kotirovka narxi va shartnoma hajmini bilish zarur. Misol uchun, EURUSD uchun 0,01 shartnoma qiymati quyidagicha hisoblanadi: 1,1757 (EURUSD kotirovkasi) * 0,01 (lot hajmi) * 100000 (1 EURUSD lot o‘lchami). Shunday qilib, EURUSD uchun 0,01 lot 1175,7 AQSH dollariga teng bo‘ladi.

Foreksda bir lotning eng katta va keng tarqalgan hajmi bazaviy valyutaning 100 000 birligini tashkil etadi, ochiladigan lotlarning eng ko‘p soni esa, odatda, bir bitimda 100 donadan oshmaydi. Bunda lot birligining qiymati kotirovka qilinayotgan moliyaviy instrumentga tenglashtirilishini inobatga olish lozim. Boshqa so‘z bilan aytganda, AUDCAD juftligi uchun har bir shartnoma birligi Avstraliya dollari birligiga, CHFJPY juftligi uchun esa Shveytsariya franki birligiga teng bo‘ladi. Ushbu mantiqqa ko‘ra, eng qimmat standart lot asosiy valyuta sifatida Britaniya funti ishtirok etadigan valyuta juftliklari uchun shartnoma bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin, chunki funt dunyodagi eng qimmat valyuta hisoblanadi.

Pips va lot – bu ikki xil tushuncha. Pips kotirovka qilinayotgan moliyaviy instrument dinamikasining minimal o‘lchov birligidir. Bu tushuncha narx o‘zgarishiga taalluqlidir. Bir standart lot esa 100 000 ta asosiy birlikdan tashkil topadi. Bu tushuncha esa bitim hajmiga tegishlidir.

Foreksda eng keng tarqalgan kredit yelka – 1:100. Eng yuqorisi esa – 1:1000. Bundan yuqori koeffitsientni faqat "oshxona" tipidagi brokerlar taklif qilishi mumkin. Eng maqbul leverejni tanlash har bir shaxsga xos jarayon bo‘lib, u hisob balansining hajmi, savdo strategiyasi va tavakkalchilikka bo‘lgan munosabatga bog‘liq. Bu haqida batafsil ma’lumotni quyidagi maqolada o’qing – Foreksdagi eng yaxshi kredit yelka.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

Foreksdagi lot hajmi va kredit yelka

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat