Kredit yelkasi — bu broker tomonidan taqdim etiladigan foizsiz kreditdir. U pozitsiya hajmini oshirish yoki marjani kamaytirish uchun ishlatiladi. Marja — bu brokerning bitimni ochish uchun zarur bo'lgan garovidir.
Forex kredit yelkasi nima va u qanday ishlaydi, uni qanday hisoblash va tanlash kerak, kredit yelka bilan amaliy misollarda Forexda savdo qilishning afzalliklari va kamchiliklari haqida — ushbu sharhda o'qing.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy faktlar
- Kredit yelka bu nima? Kredit yelkasining ta'rifi va ma'nosi
- Foreksda kredit yelkasi nima degani?
- Forex kredit yelkasi qanday ishlaydi?
- Leverij mahsulotlari (turli xil aktivlar bo'yicha yelka va garovni hisoblaymiz)
- Forexda kredit yelkani qanday hisoblash kerak?
- Savdoda turli xil kredit yelkalaridan foydalanish namunalari
- Treydingda eng yaxshi kredit yelkasi qaysi
- Kredit yelkasi bo’yicha savol-javoblar(FAQ
- Xulosa
Asosiy faktlar
Asosiy tezis | Xulosalar va muhim nuqtalar |
Treydingda kredit yelka nima? | Treydingdagi kredit yelka — bu brokerlar tomonidan pozitsiya hajmini oshirish uchun beriladigan foizsiz kredit. |
Foreksda Kredit yelka qanday ishlaydi? | Kredit yelka, treyderlarga pozitsiya hajmini ko‘paytirish orqali daromadni oshirish imkonini beradi. |
Kredit yelkasi va Garov o‘rtasidagi o'zaro bog‘liqlik | Marja - broker tomonidan ushlab turiladigan garov summasi bo‘lib, u kredit yelkasi bilan bevosita bog‘liqdir. |
Afzalliklari | Kredit yelka pozitsiya hajmini oshirish va daromadni ko‘paytirish imkonini beradi, hamda foiz to‘lashni talab etmaydi. |
Risklar va Tavsiyalar | Maqolada yangi ish boshlayotgan treyderlar uchun kredit yelkasining eng yaxshi koeffitsiyentini tanlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. |
Juda foydali va qiziqarli bo’ladi!
Kredit yelka bu nima? Kredit yelkasining ta'rifi va ma'nosi
Tasavvur qilaylik, siz olma olib-sotish bilan shug'ullanasiz va bu xizmatingiz uchun ustama narxi qo'yasiz. Qancha ko'p olma sotib olsangiz, ustama narxidan shuncha ko'p pul topasiz (barcha olma sotilib ketgan deb taxmin qilinsa). Sizning cho'ntagingizda cheklangan miqdorda pul bor, lekin siz bu pulga keladigan olmadan 5 barobar ko'proq olma sotishingizga ko'zingiz yetayapti. Shunda siz kredit olish uchun bankka borasiz.
Oddiy so'zlar bilan aytganda, kredit yelkasi — bu broker tomonidan taqdim etilgan bank kreditining analogidir. Uning yordamida, hisobingizda belgilangan miqdordagi mablag'ga ega bo'lgan holda, siz bir necha barobarko'proq valyuta yoki aksiyalarni sotib olishingiz va shunga mos ravishda, bir necha barobar ko'proq daromad olishingiz mumkin.
Foreksda kredit yelkasi nima degani?
Foreksda kredit yelka — bu moliyaviy dastak (richag), moliyaviy leverij (leverage) dir:
- Treyderga hisobida fakt bo'yicha mavjud bo'lgan pul miqdoridan bir necha barobar kattaroq hajmdagi orderlarni ochishga imkon beruvchi imstrumentdir.
- Bu marjinal savdo instrumenti bo'lib, treyderning shaxsiy kapitali yetarli bo'lmagan hollarda pozitsiya hajmini va shunga mos ravishda, foydani oshirish uchun qarzga olingan mablag'lar hisoblanadi.
- Depozitning ochiladigan bitim hajmiga bo'lgan nisbati.
Leverij (leverage) broker tomonidan foizli to'lovlarsiz taqdim etiladi.
Forexda maksimal kredit yelkasi har bir hisob uchun savdo shartlarida belgilanadi. Masalan, bitta hisob uchun maksimal qiymat 1:200, boshqasi uchun — 1:1000.
Kredit yelkasiga misol:
- 1 ga 1 bo'lgan kredit yelka, treyder faqat o'z mablag'lari bilan savdo qilishini anglatadi, depozitning ochilgan bitim hajmiga nisbati 1:1. 100 dollarga ega bo'lgan savdogar 100 dollarlik sarmoya kiritadi.
- 1 ga 1000 bo'lgan kredit yelka, treyder o'zida bor mablag'dan 1000 barobar kattaroq hajmdagi orderni ochishini anglatadi. 100$ mablag'ga ega bo'lgan treyder 100*1000
Qaysi kredit yelkasi eng xavfsiz? Minimal yo'l qo'yilgan nisbat — 1:1 (moliyaviy dastagi/richagi yo'q) bo’lgan kredit yelkasi.
Nazariy jihatdan, maksimal porogda cheklovlar yo'q, shuning uchun Forexda siz 1:3000 gacha bo'lgan kredit yelkalarni uchratishingiz mumkin, garchi regulyatorlar savdo risklaridan chegaralash uchun, maksimal porogni pasaytirishni tavsiya etadilar.
1 ga 100 nisbatidan yuqoriroq leverijdan foydalanish tavsiya etilmaydi, yangi kelganlar esa, boshlanishiga 1 ga 10 qiymatini tanlaganlari maqsadga muvofiq.
Kredit yelkasi vs. Marja (garov) — farq va o'zaro bo'g'liqlik
Forexdagi kredit yelkasining yana bir ta'rifi — bu treyder tomonidan pozisiyani ochish va ushlab turish uchun garovga qo'yilgan mablag'larini ko'paytiradigan dastak.
1:100 kredit yelkasi nima: bazaviy valyutaning 1000 donasiga order ochish uchun, sizga 100 barobar kamroq pul kerak bo'ladi — atigi 10 dona.
Ushbu summa marja deb ataladi, u ochiq savdo yopilgunga qadar broker tomonidan bloklanadi. Marja — bu treyderga orderni ochish uchun zarur bo'lgan kafolat garovidir.
Hisoblash formulasi:
Masalan, 1:2 leverij bilan 100 dollarlik bitim ochish uchun garov summasi 100/2 = 50$ ni tashkil qiladi.
Misol tariqasida, 1:1 dastak(richag) bilan EUR/USD valyuta juftligi uchun ochilgan orderni olaylik:
Jami kapital — bu balans (order ochilgan paytdagi depozit) va barcha ochiq orderlar bo'yicha foyda yoki zarar summasiga teng bo'lgan pul miqdoridir. Orderlar yopilganda, hisobda qoladigan summa. Ular ochiq bo’lgan paytda, ushbu summa “suzuvchan(floating)”, ya’ni o’zgarishga moyil bo’ladi.
Jalb qilingan mablag'lar (marja, garov) — pozitsiyani ochish paytida broker tomonidan bloklanadigan pul miqdoridir. Moliyaviy dastakga bevosita bog'liqligi bo'lgan summa.
Operatsiyalar uchun foydalanish mumkin — treyderning erkin ixtiyorida bo'lgan pul qoldig'i. Kapitaldan garov pulini ayirgan holda hisoblab chiqiladi. Summa "suzuvchan", chunki u ochiq pozitsiyalar bo'yicha joriy foyda yoki zararni hisobga olgan holda hisoblanadi.
Ushbu misolda 0,01ga teng minimal lot bilan order ochildi, buning uchun 1 127,21 dollar kerak bo'ldi. Ushbu raqam "Jalb qilingan mablag'lar" grafasida aks ettiriladi; shu bilan birga, 872 dollar erkin pul qoldi. Bu treyderni boshqa buyurtmani ocholmasligini anglatadi, chunki buni amalga oshirishga mablag'i yetarli emas.
Shunga o'xshash lekin 1:10 dastagi bilan demo hisob yaratamiz, va bu safar uchta minimal order ochamiz. Buning uchun sizga 10 barobar kamroq pul kerak bo'ladi, shuning uchun siz bir vaqtning o'zida 10 ta minimal buyurtmani ochishingiz mumkin (masalan, bir nechta instrumentlar bo'yicha). Yoki bir dona 0,1 lotga teng orderni.
1:1 yelkasi bilan minimal lotni ochish uchun depozitingizda 1127,21 dollardan biroz ko'p mablag’ bo'lishi kerak, 1:1000 dastagi bilan esa — 1,1272 dollar. Pozitsiya ochish uchun, o’zingizni 1,13 dollar pulingiz yetarli bo’ladi.
1:100 kredit yelkasi nima?
Qisqacha ma’lumot: Garov — bu order ochilgan paytda broker tomonidan bloklanadigan pul miqdoridir.
Leverij va marjinal talablarning nisbati aks ettirilgan jadval:
Kredit yelkasi | Marjinal talablar (pozitsiya hajmidan broker garovi) |
1:1 | 100% |
1:2 | 50% |
1:5 | 20% |
1:10 | 10% |
1:100 | 1% |
1:1000 | 0,1% |
Richag 1:1 ga teng bo'lsa, marja talabi pozitsiya hajmiga mos keladi. Xuddi shu order hajmi bilan richag 1:100 ga teng bo'lganda, broker faqat 1% ni bloklaydi.
Forexda kredit yelkasi bilan savdo qilish. Savdoda kredit yelkasi nima uchun kerak?
Siz faqat o'z pulingiz bilan savdo qilishingiz mumkin, ammo ba'zi holatlarda brokerdan olingan kredit masalani osonroq hal qilishga va daromadni oshirishga imkon beradi. Masalan:
- Kichik depozit bilan minimal lot ochish. 10$ (va hatto 100$)ga teng depozit bilan ko'pchilik aktivlar bo'yicha, moliyaviy richagsiz bitim ochishni jismonan ilojisi yo'q. Shu sababli, kredit yelkasi yangi boshlaganlar uchun, kichik depozit bilan savdo faoliyatini boshlashning kamdan-kam imkoniyatlaridan biridir. Bu haqida keyingi bo'limda batafsil ma'lumot olasiz.
- Pozitsiya hajmini oshirib borish. Sizning depozitingiz EUR/USD juftligi bo'yicha faqatgina 0,01 lot hajmdagi order ochishga imkon beradi, bu yerda 1 punktning narxi 10 sentni tashkil etadi (4 xonali kotirovkalar uchun).
Bu yerda bir misol keltirish joizdir: Deylik, narx siz hohlagan yo'nalish bo'yicha 10 punkt o'tishiga 100% aminsiz. Kredit dastagisiz sizning daromadingiz atigi 10*10 = 100 sent (1 dollar)ni tashkil etar edi. Ammo siz 1:100 nisbatdagi Forex kredit yelkasini olasiz va 100 barobar katta, 1 lotdan iborat bitimni ochasiz. Va sizning o'n punkdan olgan daromadingiz ham 100 barobarga oshib, 100 dollar bo'ladi. Risk-menejment qoidalari depozitning butun miqdoriga teng bitimlarni ochishni taqiqlaydi, ammo hozir gap bu haqida emas.
Bitimlar sonini ko'paytirish va depozitni tezkorlik bilan oshirish. Sizda 100 dollar bor deylik. Butun pul miqdorini kredit yelkasiz investitsiya qilganingizda, broker pozitsiyangizni ochiq saqlab turish uchun, darhol u pulni to'liq rezervga oladi. Bu depozitning jami summasi bloklangani va boshqa orderlar ochilmasligini anglatadi.
Agar siz 1:10 yelkadan foydalansangiz, unda 100 dollarlik bitimdan broker faqat 10$ zaxiraga oladi, qolgan 90$ esa sizning xohishingizga ko'ra tasarruf etilishi mumkin. Masalan, pulni boshqa aktivlarga investitsiya qilish va shu bilan risklarni diversifikatsiya qilish.
Forex kredit yelkasi nima?
Har xil summali depozit va turli xil kredit yelkalari bilan bir nechta demo hisob yaratib, bir nechta bitim oching. Bu qanday amalga oshiriladi:
- LiteFinanceda shaxsiy hisobingizni oching (yuqori o'ng burchakda “Ro’yhatdan o’tish" tugmasini bosasiz). Bu bir-ikki daqiqangizni oladi.
- Shaxsiy hisobingizda "MetaTrader" bo'limini tanlaysiz.
"Hisob ochish" tugmasini bosasiz, kerakli yelka miqdorini tanlab, hisob ochilgandan so'ng uni asosiy qilib qo'yasiz. Haqiqiy hisob ham, demo hisob ham shu tarzda ochiladi. Hisobni o'zgartirish uchun yana "Metatrader" papkasiga o'tasiz va uni asosiy qilib qo'yasiz.
Demo hisobida 1:1 dan 1:1000 gacha bo'lgan dastaklar diapazonini tanlash imkoniyati mavjud. Haqiqiy savdo hisoblari(Classic va ECN)da ham, bu parametr huddi shunday bo'ladi.
MT4da avvaldan ochilgan hisob bo'yicha kredit yelka miqdorini qanday bilsa bo'ladi? MT4ning o'zida buni hech imkoni yo'q, ammo bunday imkoniyat LiteFinancening shaxsiy hisob qaydnomasida taqdim etilgan. Bu yerda siz MT4 hisobini ochishingiz mumkin, keyin uni parol va login orqali uni terminalga ulashingiz mumkin. Shaxsiy hisobingizda siz har bir hisob bo'yicha richagning qiymatini ko'rishingiz va uni o'ng tarafdagi “Metatrader” menyusini chaqirish yo'li bilan o'zgartirishingiz mumkin.
Forex kredit yelkasi qanday ishlaydi?
LiteFinance savdo platformasidagi haqiqiy vaziyat misolida Forexda kredit yelkasi qanday ishlashini tahlil qilamiz.
Deylik, siz 100 dollarlik hisobni to'ldirdingiz va ayni paytda kursi 1,13 bo'lgan EUR/USD valyuta juftligi bo'yicha order ochdingiz. Savdo shartlariga ko'ra, minimal lot 0,01 tashkil etadi. 1 lot 100 000 bazaviy birlikga teng bo'lgani sababli, 0,01 lotli order 1000 birlikka teng bo'ladi. Siz 1130 dollarga kamida 1000 yevro sotib olishingiz kerak, ammo sizning hisobingizda atigi 100 dollar bor — platforma orderni ochishga ruxsat bermaydi.
Leverijning 1:10 qiymati bilan siz endilikda 1000 dollarni tasarruf etishingiz mumkin, ammo bu ham yetarli bo'lmaydi.
Skrinshotda ko'rib turganingizdek, platforma 1000 dollarlik depozit bilan kerakli pozitsiyani ochish uchun mablag' yetarli emasligi haqida xabar bermoqda. Skrinshotda ko'rib turganingizdek, platforma 1000 dollarlik depozit bilan kerakli pozitsiyani ochish uchun mablag' yetarli emasligi haqida xabar bermoqda. Faqatgina 1:20 richagi bilan (yangi boshlaganlar uchun risklarni boshqarish nuqtai nazaridan maqbul qiymat), minimal lotli order ochiladi.
Kredit yelkaning afzalliklari
Afzalliklar:
- Bu sizga o'z kapitalingiz miqdoridan kattaroq hajmdagi savdolarni amalga oshirish imkonini beradi.
- Bu foizsiz brokerlik krediti hisoblanadi. Depozitni ko'paytirish va katta hajmdagi orderlarni ochish uchun siz bankdan kredit olishingiz mumkin, ammo siz bank foizlarini to'lashingiz kerak bo'ladi.
- Daromadni oshirishga imkon beradi. Leverij yordamida pozitsiyani 10 barobarga oshirish, (yuqorida aytib o'tilganidek) foydani ham 10 barobar oshiradi.
- Bir turdagi aktiv bo'yicha bir xil hajmli order ochilganda, leverij(leverage)siz depozit "Stop-out" signali bo'yicha, leverijli depozitga nisbatan tezroq yopiladi.
Kredit yelkaning kamchiliklari
Kamchiliklarga quyidagilar kiradi:
- Orderlarning umumiy hajmi oshib ketishi bilan bog’liq risklarning ortishi, buning natijasida punktning qiymati oshgani sari, potentsial zarar summasi ham oshib ketadi. Katta kredit yelkasi — katta foyda keltirishi mumkin bo'lganidek, bir vaqtning o'zida katta zarar ham olib kelishi mumkin.
- "Margin call" yoki "stop-out". Yuqoridagi fikrdan kelib chiqadigan muammodir. EUR/USD juftligi bo'yicha, 1 lotning 1 punkti narxi 10 dollarga, 0,01 lot bo'lgan holda esa 10 sentga teng. Birinchi holda, depozit stop-aut (stop-out) signali bilan ancha tezroq yopiladi.
- Psixologik jihati. Leverij olish yo'li bilan brokerdan garovga olingan pulning mavjudligi, yangi boshlagan treyderda "qayta o'ynash ishtiyoqi"ni yoki potentsial daromad olishiga ishonchini kuchaytirishi mumkin va bu ularni pozitsiyalarni agressiv tarzda oshirishga undaydi.
Muhim! Bu kamchliklar treyderlar risk-menejmentining klassik qoidalarini unutib va his-tuyg'ularga berilib, pozitsiyalar hajmini o'ylamasdan oshirganda xavfli bo'lishi mumkin. Agar siz pozitsiya hajmini oshirmasdan, brokerning hatto katta kredit yelkasidan foydalansangiz ham, u sizga hech qanday xavf tug'dirmaydi.
Leverij mahsulotlari (turli xil aktivlar bo'yicha yelka va garovni hisoblaymiz)
Xulosa qilib quyidagilarni aytishim mumkin:
- Kredit yelkasi (leverij, richag) — bu broker tomonidan taqdim etilgan kredit bo'lib, u sizga ko'proq aktivlarni sotib olishga yoki o'zingizni erkin pullaringizni brokerlik garovidan chiqarish orqali marjani kamaytirishga imkon beradi.
- Marja — bu brokerning garovi, treyderning orderni ochish paytida bloklanadigan pullari (depozitdagi haqiqiy pullari). "Bitim hajmi"/"kredit yelkasi" tarzda hisoblanadi.
- Stop-out — bu daraja bo'lib, unga yetishgan zahotiyoq, broker avtomatik ravishda barcha ochiq orderlarni yopadi. Darajadan savdo shartlariga muvofiq, Daraja foizlari sifatida hisoblanadi. Daraja "Jami kapital" (yoki Mablag'lar)/"Jalb qilingan mablag'lar" (marja, garov)*100 formulasi bo'yicha hisoblanadi.
Bularning barchasi risk-menedjment tizimini ishlab chiqish va ruxsat etilgan xavf darajasini hisoblash uchun zarurdir. Yuqoridagi marjani hisoblash formulasi faqat Forex ro'yxatiga kiritilgan CFD valyuta juftliklari uchun amal qiladi. Boshqa vositalar uchun boshqa formula ishlatiladi. Shunga o'xshab, birjadagi kredit yelka tushunchasi klassik brokerlik kreditidan farq qiladi.
1. Valyuta (to'g'ri kotirovkalar, teskari kotirovkalar va kross-kurslar)
1.1. To'g'ri kotirovkalar
To'g'ri kotirovka — bu kasrdagi USD valyuta birligi ikkinchi o'rinda keladigan kotirovkadir.
Misol. EUR/USD valyuta juftligi to’g’ri kotirovka hisoblanadi.
Kurs 1.13ga teng degani, 1 lot (€100 000) sotib olish uchun treyderga 113 000 dollar kerakligini anglatadi.
Minimal 0,01 lot (€1000) uchun esa 1130$ kerakligini.
Yelka 1:100ga teng bo’lganida, garov quyidagicha hisoblanadi: 0,01*100 000/100*1,13:
- 1000 — yevro, sotib olinadigan valyuta hajmi (order hajmi).
- 100 — kredit yelka.
- 1,13 — valyuta juftligining kursi.
Garov 11,3 AQSh dollarini tashkil etadi — treyder 1000 yevro (0,01 lot) sotib olishga sarflaydigan pul miqdorining yuzinchi qismi.
1.2. Teskari kotirovkalar
Teskari kotirovka — bu kasrdagi USD valyuta birligi birinchi o'rinda keladigan kotirovkadir.
Misol. USD/CAD valyuta juftligi — teskari kotirovka hisoblanadi.
Garov valyuta juftligining birinchi (bazaviy) valyutasida hisoblanganligi sababli, bu holda u AQSh dollarida hisoblab chiqiladi.
0,01 lotli bitim, Kanada dollarini sotib olish uchun treyderga 1000 AQSh dollari kerak bo'lishini anglatadi.
Yelkasi 1:100ga teng bo'lgan garov: 0,01*100 000/100 = 10 AQSh dollariga teng.
1.3. Kross-kurs
Kross-kurs — bunday valyuta juftligida AQSh dollari bo'lmaydi. Ammo bu yerda ham garov kasrda birinchi bo'lib kelgan valyutada hisoblanadi.
Misol. GBP/CAD valyuta juftligi — kross-kurs.
0,01 lot — treyder joriy bozor kursi bo'yicha Kanada dollari evaziga, 1000 Britaniya funtini sotib olayotganini anglatadi.
Ammo treyderning asosiy valyutasi AQSh dollari bo'lganligi sababli, "Jalb qilingan mablag'lar" grafasida summa AQSh dollarida aks ettiriladi.
1:200 richagi bilan garov: 0,01*100 000/200*1,2639 = 6,3195 ga teng, va bu yerda:
1000 — minimal lot (0,01).
200 — kredit yelkasi.
1,2639 — GBP/USD valyuta juftligi kursi (kursning o'zgaruvchanligi sababli, skrindagi ma'lumot bilan biroz farq qiladi).
Siz skrinda aynan shu natijani ko'rishingiz mumkin.
2. ETF
Birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda, garovni hisoblash usuli va leverijning bitim hajmiga bo'lgan ta'siri tubdan farq qiladi.
2.1. Birja indekslari
ETF — aksiyalari birjada aylanadigan va shakllantirilgan aktivlar portfeliga asoslangan indeks fondi.Fondning ETF aktsiyalarini sotib olish orqali treyder konsolidatsiyalangan investitsiya portfeliga sarmoya kiritadi, u ham diversifikatsiyalangan tuzilishga ega bo'lishi, ham ma'lum bir segment vositalaridan iborat bo'lishi mumkin.
Leverijli ETF, fond aksiyalarining rentabelligini kredit yelkasi hajmigacha oshirishga imkon beradi.
Masalan, NASDAQ indeksidagi oddiy ETF, indeks 1% o'sganda, 1% daromad ham keltiradi. Leverijli ETFlar esa indeksning 1 foizga o'sishi bilan 2-3 foizga daromad olib keladi. Bunday ETFlar marjinal deb ataladi.
2.2 Forex indekslar
Indekslardan daromad olish uchun Forex brokerlari yordamidan foydalanishingiz ham mumkin. Buning afzalligi shundaki, kirish porogi kichikroq va "birja byurokratiyasi" ozroq, bitimlar bir-ikki klik bilan ochiladi.
Hisoblash uchun barcha ma'lumotlarni bitim spetsifikatsiyasidan olamiz, u LiteFinance veb-saytidagi instrument bo’yicha ma’lumot bo’limida joylashgan. Spetsifikatsiya tahlil qilinadigan instrumentni tanlash zarur.
Masalan, FTSE indeksi.
BItim hajmi — bu siz sotib olmoqchi bo'lgan lotlarda ifodalangan hajm. Shartnoma hajmi, punktning narxi, marjaning foizi — bularning barchasini spetsifikatsiyadan olamiz. 1% ga teng marja foizi, instrumentga nisbatan 1:100 kredit yelkasi qo'llanilishini anglatadi.
Marja = 1*1*6111,7/0,1*0,01*1/100 = 6,1117 ga teng, va bu yerda:
- 1 — bitim hajmi.1 lotga to'g'ri keladi, bundan ozrog'ini belgilashning texnik jihatdan imkonsizdir.
- 1 — kontrakt hajmi, spetsifikasiyada keltirilgan ma’lumot.
- 6111,7 — kontrakt narxi.
- 0,1 — pips hajmi.
- 0,01 — pips narxi.
- 1 — marjaning foizi. Yelkaning analogi.
Marja valyutasi GBP, depozitniki esa dollar bo'lgani uchun biz valyuta kursi korrektirovkasini bajaramiz: 6,1117*1,2639 =7,73$. Bu USDdagi indeks bo'yicha garov miqdoridir.
Muhim! E'tibor bering, Forex indekslari savdosida kredit yelkasining hajmi ahamiyatga ega emas, chunki u marjani hisoblash formulasida qatnashmaydi. Bu yerda har bir indeks uchun broker tomonidan belgilangan marja foizi rol o'ynaydi. Bu qiymat likvidlik provayderiga bog'liq. Ushbu koeffitsientga moslab bitim summasi belgilanadi.
Bu holda marjaning foizi moliyaviy dastakning analogi deb ataladi. Agar umuman dastak yo'q deb faraz qilsak, bu aynan marjadan olinadigan foizdir. Masalan, 10%ga teng marja foizi 1:10 yelkasiga, 1%ga teng marja foizi 1:100 yelkasiga to'g'ri keladi. Bu qanday ishlashi haqida batafsil ma'lumotni quyida keltirilgan aktivlarning misollarida ko'rasiz.
3. CFD
CFD — narxlar orasidagi farq boʻyicha kontrakt, shuningdek Forexda savdo qilinadigan asosiy instrumentdir (garchi u birja bozorlarida ham yetarlicha mashhur). CFD mahsulotlari bilan savdo qilish aksiyalar, metallar yoki boshqa tovar aktivlari, masalan, haqiqiy neft barrellari bilan chinakam ayirboshlashni talab qilmaydi. Bitimning amal qilish muddati tugagandan so'ng, shartnoma tuzilgan paytda amalda bo'lgan va joriy narxlar taqqoslanadi, xaridor va sotuvchi o'rtasida o'zaro hisob-kitob bajariladi.
Forex CFDning yana bir afzalligi — bu katta kredit yelkalari bo'lib, bu sizga bitimlar hajmini 100 yoki hatto 1000 barobarga oshirish imkonini beradi. Bu valyuta juftliklari bo'yicha CFDlar uchun aktualdir. CFDda neft va aksiyalar bo'yicha leverij boshqacha ishlaydi.
Bu yerda ham barcha ma'lumotni spetsifikatsiyadan olamiz. E'tibor bering, neft spetsifikatsiyasida garovni hisoblash usulini aniqlashtirish kerak. Bu likvidlik provayderiga bog'liq va uni oldingi bo'limda keltirilgan indeks formulasi bo'yicha hisoblash mumkin.
Marja = 0,1*10*43,3*10/100 = 4,33 ga teng, va bu yerda:
- 0,1 — bitimning mumkin bo'lgan eng minimal hajmi.
- 10 — spetsifikasiyadan olingan shartnoma hajmi.
- 43,3 — narx.
- 10 — spetsifikasiyadan olingan marja foizi.
Bu yerda kredit dastagi 1:10 ga teng bo'lib, bunday imkoniyatni hech qanday birjada qo'lga kirita olmaysiz.
Optsionlar
Optsion — bu ikki shaxs o'rtasida tuzilgan va xaridorga kelajakda aktivni kelishilgan narxda va kelishilgan kunda (amal qilish muddati) sotib olish yoki sotish huquqini beradigan birja shartnomasi.
Optsionlar uchun yelka quyidagicha ishlaydi: optsion kontraktlarining qiymati, ularning asosiy qimmatli qog'ozlari narxidan pastroq bo'ladi. Optsion shartnomalarini harid qilib, siz sotib olishingiz mumkin bo'lgan real aktivlardan ko'ra ko'proq miqdordagi bazaviy qimmatli qog'ozlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Masalan, bir xil summaga siz 10 ta aksiya yoki 100 ta aksiyalik optsion sotib olishingiz mumkin. Optsionlar taqdim etadigan kredit dastagi yordamida, siz aksiyalarga pul tikishdan ko'ra ko'proq foyda olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
5. Kriptovalyuta
5.1. Kriptovalyuta birjalari
Kriptovalyuta birjalarida yelka tushunchasi Forexdagi kredit yelkasi bilan bir xil — bu ochilgan pozitsiyalar hajmini oshirishga xizmat qiladi. To'g'ri, birjalar brokerlar kabi saxiy emas. Bu yerda eng ko'p uchraydigan qiymatlar 1:2-1:5ga teng.
Broker orqali kriptovalyutalar savdosi
Kriptovalyuta birjalariga nisbatan, kriptovalyuta bilan broker yordamida savdo qilish bir qator afzalliklarga ega:
- Bu yerda verifikatsiyadan o'tish ancha oson, mijozlar balansini tartibga solish va himoya qilish funksiyalari mavjud, kriptovalyuta birjalari esa necha bor xakerlar hujumiga va skamlarga uchragan.
- Broker yordamida siz qisqa pozitsiyalarni ham ochishingiz mumkin (sotish uchun).
- Brokerlarda leverij (marja foizi) ko'proq. Marja foizi 1:10 ga teng va kredit richagi vazifasini bajaradi. Keling, bu qanday hisoblanishini ko'rib chiqamiz:
Garov puli = 0,01*1*9213,12*10/100 = 9,21 ga teng bo’lib, bu yerda:
- 0,01 — bitim hajmi (bu yerda minimal lot 0,01 ga teng — lot hajmi butun raqamli qiymatdan boshlanadigan vositalar bilan taqqoslaganda juda qulay).
- 1 — MT4 spetsifikatsiyasidan olingan kontrakt hajmi.
- 99213,12 — BTC/USD juftligining narxi.
- 10 — marja foizi, spetsifikasiyadan olingan.
Marjaning valyutasi — USD, shuning uchun olingan natija depozit valyutasiga mos keladi.
6. Fyucherslar
Indekslar singari, fyucherslar bilan ham birjada, ham birjadan tashqarida savdo qilinadi.
6.1. BIrja bozorida
Broker maksimum 1:2 ga teng richag berib, ertasi kuni pozitsiyani ko'chirishda o'z foizini oladigan aksiya savdolaridan farqli o'laroq, fyucherslar savdosida leverij bepul beriladi. Bu fyuchersning mohiyatidan kelib chiqadi va bu yerda hisob-kitob savdo yakunida amalga oshiriladi.
Masalan, agar CAD/USD bo'yicha fyuchersining narxi 7 370 dollarni tashkil etsa, unda siz butun miqdorni birdaniga to'lashingiz shart emas. Birjada kafolat to'lovini kiritsangiz kifoya, masalan, 1:10 yelkasida 737 dollar miqdorida.
6.2. Birjadan tashqari bozorda
Bu yerda ham hamma narsa, broker o'z xohishiga ko'ra belgilaydigan marjaning foiziga bog'liq.
7. Metallar
Bu spetsifikatsiyada marjani hisoblash turi muhimligining yana bir misoli. Bu satr aslida, marjani hisoblash formulasini belgilaydi.
Metallar va neft — tovar-xomashyo bozorlariga tegishli aktiv hisoblanadi. Shunga qaramay, neft, oltin va kumushga nisbatan CFD formulasi qo'llaniladi, palladiy esa bundan istisnodir (bu holda, savdogar o'z hisobida o'rnatgan kredit leveriji yordam beradi).
Garov = 0,01*100*1949,16/200 = 9,75 ga teng, bu yerda:
- 0,01 — bitim hajmi (minimal lot — 0,01).
- 100 — spetsifikasiyadan olingan kontrakt hajmi.
- 1946,16 — bitim ochilgan paytdagi joriy narx.
- 200 — kredit yelkasi 1:200.
Neft yoki indekslardan farqli o'laroq, metallar savdosida leverij muhim rol o'ynaydi.
Diqqatingizni ushbu joyga qarataman: kredit yelkasini aynan siz tanlaysiz va o'zingiz uni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin.
Marja foizi — bu broker tomonidan o'rnatiladigan va instrumentning spetsifikatsiyasida ko'rsatilgan qat'iy belgilangan qiymatdir.
8. Aksiyalar
Boshqa qimmatli qog’ozlar turlari bilan bir qatorda, hohlang birja bozorida, hohlang birjadan tashqari bozorlarda aksiyalar narxining o’zgarishida pul ishlashingiz mumkin,
8.1. Aksiyalarni birjadan sotib olish
Birjada aksiyalarni sotib olgach, treyder ularning bevosita egasiga aylanadi. To'g'ri, birjaga kirish porogi bir necha ming AQSh dollarni tashkil qilishi mumkin, buning ustiga mavjud komissiyalar ba'zan yangi boshlagan treyderlarning hamyoniga juda og'ir kelishi mumkin. Broker tomonidan leverij taqdim etiladi, ammo uning hajmi kichik bo'lib, ko'pincha 1:2 ga teng bo'ladi.
8.2. Aksiyalarni Forex bozoridan sotib olish
Birja bozoridan farqli o'laroq, Forexda kirish porogi ko'p emas, lekin aksiyalar uchun, garov summasi kredit yelkasiga emas, balki marjaning foiziga bog'lab hisoblanadi.
Aksiyalar uchun garovni hisoblash formulasi CFD bo'yicha garov formulasiga o'xshaydi:
Garov = 0,01*1*117,23*2/100 = 0,0234 ga teng bo’lib, bu yerda:
- 0,01 — ushbu vosita bo'yicha orderni minimal hajmi.
- 1 — kontrakt hajmi. Doimiy qiymat, spetsifikatsiyadan olingan.
- 117,23 — bitimni ochish narxi.
- 2 — marjaning foizi. Spetsifikatsiyada ko'rsatilgan.
Forexda kredit yelkani qanday hisoblash kerak?
Iqtisodiyotda moliyaviy leverij koeffitsienti (moliyaviy dastak) korxonaning shaxsiy mablag'lari va qarzga olingan mablag'larning haqiqiy nisbatini ko'rsatadi.Ushbu ko'rsatkich kompaniyaning barqarorligini va uning rentabellik darajasini baholashga imkon beradi. Foreksda bu atama biroz boshqacha ma'noda ishlatiladi — bu marjinal bitim ochish uchun treyder mablag'larining koeffitsientidir.
Moliyaviy dastag(richag) koeffitsienti formulasi
Koeffitsient formulasi juda sodda: 1/kredit yelkasi.
1:2 yelka uchun moliyaviy richagning koeffitsienti 1/2 = 0,5 ga teng. 1:100 yelka uchun 1/100 = 0,01 ga teng.
Marja talablari va hisob balansi qoldig'ini hisoblash misoli:
- Sizda 3000 dollar miqdorida depozit mavjud deb faraz qilamiz. Siz hozirgi narxi 1,2 USD bo'lgan 1 lot yevro (100 000 EUR) sotib olmoqchisiz, broker ushbu juftlik uchun maksimal 1:50 kredit yelkasini taklif qiladi. Moliyaviy richag koeffitsienti 1/50 = 0,02 ga teng.
- Erkin mablag’lar miqdori 3000-2400 = 600$ni tashkil etadi.
- 1:50 yelkasi bilan treyder 600*50 = 30 000$ga teng summani tasarruf qilishi mumkin. Ushbu pul bilan u 30000/1,2 = 25 000 yevro sotib olishi mumkin.
- Marja = 100 000*1,2*0,02 = 2400$ — bu 1:50 yelkasida broker tomonidan bloklanadigan summa.
Boshqacha qilib aytganda, 1:50 yelkasi bilan 25000 yevro sotib olish marjasi 600 dollarni tashkil qiladi. 1:50 yelkasi bilan 3000 dollar pulga, siz jami 125 000 yevro sotib olishingiz mumkin. Soddalashtirilgan hisob quyidagicha: xarid summasi = 3000*50/1,2 = 125 000 yevro.
Foreksning optimal kredit yelkasini hisoblashdan oldin, men kredit yelkasi kalkulyatoridan foydalanishni tavsiya qilaman, unda marja bo'yicha ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda boshqa ko'plab foydali ma'lumotlar mavjud.
Kredit yelkasini hisoblash kalkulyatori
Forexda kredit yelkasini qanday hisoblashni bilmayapsizmi? Kredit yelkasi kalkulyatoridan foydalaning. Undan foydalanish juda oson:
- Savdo qilmoqchi bo'lgan valyuta juftligini yoki boshqa aktivni tanlang.
- Foydalanmoqchi bo'lgan yelkani tanlang.
- Lot hajmi — ochilgan pozitsiyaning hajmini tanlang.
Tayyor. Kalkulyator sizga tanlangan kredit yelka bilan savdo qilish uchun zarur bo'lgan marja miqdorini, shuningdek, agar siz brokerning kreditidan foydalanmasdan savdo qilsangiz, uning haqiqiy qiymatini ko'rsatib beradi.
Masalan, 1:100 yelkasi bilan 0,01 lotli EUR/USD orderini ochish uchun marja — 11,32 dollarni tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, 1000 yevro sotib olayotganda sizga 1132 dollar kerak bo'ladi, treyder uchun esa bu summadan 1/100 qismi kifoya qiladi — ya'ni 11,32 dollar.
O'zingizni sinab ko'ring:
Savdoda turli xil kredit yelkalaridan foydalanish namunalari
Kichik yelka va katta yelkadan foydalangan holda savdo qilish farqi nimada ekanligini tushunishingiz uchun, men 1:10 va 1:1000 qiymatlarini qo'llab, klassik EUR/USD valyuta juftligida savdo namunasini ko'rsataman.
Depozitda 10 000 AQSh dollaridan kamroq mablag' mavjud. Bu shuni anglatadiki, 1:10 richagi bilan men 0,8 lot hajmli savdoni ochishim mumkin (garov = 80,000/10*1,13 = 9040).
1000 AQSh dollaridan kamroq erkin mablag' bor. O'zgaruvchan zararga e'tibor bering — bozorda bir necha daqiqalik bitim davomida, zarar ikki xonali raqamni tashkil etdi.
Endi men richagni 1:1000 ga o'zgartiraman. Xuddi shu depozit bilan endi, 80(!) lot hajmli bitim ochishim mumkin (garov = 8 000 000/1000*1,13 = 9040). 10 000 AQSh dollaridan sal kam miqdorda depozitga ega bo'lib, men 8 million yevro sotib olishim mumkin.
Endi o'zgaruvchan ("suzuvchan") zarar/foyda — uch xonali raqam, garchi garov avvalgidek qolgan bo'lsa ham. Ammo erkin mablag'lar miqdori keskin kamaydi, chunki yelkaning ko'payishi bilan punktning narxi ham oshdi. Men bir necha daqiqa kutaman va bitimni yopaman.
Yuqorida siz 1:10 va 1:1000 parametrlari bilan ikkita savdoning natijalarini ko'rishingiz mumkin. Orderlar bir xil garov miqdori va bir xil depozit bilan, atigi bir necha daqiqa ochiq turdi. Ammo birinchi holda, foyda 0,8 AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, ikkinchisida 2800 AQSh dollar foyda ko'rildi.
Bir qarashda, balandroq leverijning afzalligi yaqqol ko'rinib turganday tuyulishi mumkin. Ammo shuni hisobga olish kerakki, bitim hajmining oshishi bilan punktning qiymati ham oshadi. Kichik yelka bilan savdo qilish holatida erkin mablag'lar deyarli 900 AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, ikkinchi holatda esa atigi 150 AQSh dollar mablag' qoldi. Bitim stop-aut signali bo'yicha zarar bilan yopilishi uchun, narxning bir nechta punktga qarshi yo'nalishda ketishi kifoya edi. 1:10 leveriji bilan menda ancha ko’proq yurish zapasi bo’lar edi.
Xulosa. Bitim hajmini oshirish uchun qanchalik katta kredit yelkasidan foydalanilsa, potentsial foyda ham shunchaga ortadi, ammo shu bilan birga, bitimlarni stop-aut bo’yicha tamoman nolga tenglashtirilgan depozit bilan yopish riski ham ortadi.
Forexda kredit yelkasini qanday tanlash kerak va qanday maqsadlar uchun ishlatish kerakligi haqida men quyida keltirilgan misollarda aytib beraman.
Maksimal kredit yelkasidan foydalanish misollari
1-misol. Aytaylik, savdogar 1,2 kurs bilan EUR/USD juftligi bo'yicha trend boshlanishining muvaffaqiyatli lahzasini ushladi, ammo uning depozitida atigi 120 dollar bor. U 1:1000 richagini qo'llaydi va uning mablag'i 120 000 dollarga aylanadi, bu pulga u 100 000 yevro (ya'ni 1 lot) sotib olishi mumkin. Ushbu juftlik bo'yicha 1 lot hajmidagi punktning narxi 10 dollarni tashkil qiladi. Bu degani, treyderning butun depozitini nolga tenglashtirish uchun instrument narxi 12 punktga o'tishi kifoya (masalan, stop-out = 0). Biz volatillik (o'zgaruvchanlik) kalkulyatorini ochamiz va ushbu juftlik bo'yicha o'rtacha kunlik volatillik darajasi taxminan 80 punktga teng ekanligini ko'ramiz.
Xulosa. 1:1000 qiymatidan foydalangan holda, treyderning depozitsiz qolish xavfi yuqori, chunki burilish yoki mahalliy korrektsiya yuz bergan taqdirda, narx bugungi kun ichida osonlikcha 12 punktdan o'tishi mumkin.
2-misol. Aytaylik, treyderda 1200$ bor, bu unga 0,01 lot hajmdagi bitta orderni ochishga imkon beradi. Yelkasiz marja 1200 dollarni tashkil qiladi. Ammo treyder teskari korrelyatsiyaga ega aktiv bo'yicha ikkinchi orderni ochish orqali, risklarni xedjirlashni hohladi. Treyder 1:1000 hajmda kredit yelkasini oladi, marja 1,2 dollarni tashkil qiladi, qolgan 1198,8 dollarga u boshqa aktiv bo'yicha 0,01 hajmdagi ikkinchi buyurtmani ham ochadi.
Xulosa. Maksimal yelkadan foydalangan holda, savdogar hech narsani xavf ostiga qo'ymadi, chunki bitimlarining umumiy hajmi 0,02 lotni tashkil qildi (punktning qiymati sentlarda hisoblanadi va narxning qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanishi depozitni nolga tenglashtira olmaydi). Ammo boshqa tomondan, treyderning foydasi ham katta bo'lmaydi.
3-misol. 2 ta orderning har biri bo'yicha bitim summasi 5000 AQSh dollarini tashkil etadi. Birinchi pozitsiya 1:1 yelkasi bilan ochildi, garov 5000$, ikkinchi bitim 1:100 yelkasi bilan ochildi va garov 50$ga teng. Daraja Formulasi — "Mablag'lar/Marja*100%". Stop-out — savdolarni majburiy yopish darajasi hisoblanadi (masalan, 20% stop-out qiymati, 20% Darajaga yetgandan so'ng barcha savdolar avtomatik ravishda yopilishini anglatadi). Ikkala holatda ham ochiq pozitsiyaning yig'indisi (surat) bir xil bo'lganligi sababli, farq faqat maxrajda bor, birinchi holda, Daraja qiymati ikkinchisiga nisbatan kattaroq bo'lishi mantiqan to'g'ri keladi.
Xulosa. Pozitsiyalarning bir xil hajmida zarar ko'rilgan taqdirda, stop-out signali bo'yicha kredit yelkasi bilan ochilgan bitim, yelkasiz ochilgan bitimga nisbatan kechroq yopiladi.
Yuqori kredit yelkasining risklari
Asosiy xavf bitta: agar instrument bitimning umumiy hajmini oshirish uchun ishlatilsa, potentsial zarar ham unga mutanosib ravishda oshadi.
Bir tomondan, katta kredit yelka — Foreksda yaxshi pul ishlab olish imkoniyatidir, boshqa tomondan qaraganda, barcha depozitingizni tez vaqtda yo'qotishingiz ham mumkin.
Muhim! Risklarni kamaytirish uchun, bir vaqtning o'zida butun depozitni ishlatib savdo qilmang. Har bir bitim uchun jami depozitning 2 foizidan oshmagan miqdordan foydalaning.
Kichik kredit yelkasidan foydalanish misollari
1-misol. EUR/USD valyuta juftligi bo'yicha kurs — 1,2. Treyderning depoziti 1200 dollarni tashkil etadi. Agar savdogar buyurtmani eng kam 0,01 lot hajmida ochsa, marja 1200 dollarni tashkil qiladi, bo'sh mablag'lar nolga teng. Aytaylik, savdogar narxning harakat yo'nalishiga shubha bilan qaradi va depozitni haqiqiy pul bilan to'ldirishdan ko’ra, o'z pozitsiyasini bloklab qo'yishni afzal ko’rdi. U 1:2 kredit yelkasini oladi. Bu garovni 2 barobar kamaytirib, treyderga ikkinchi teng pozitsiyani ochish uchun mablag'ni bo'shatish imkoniyatini beradi.
Xulosa. Kichik yelka treyderga o'z mablag'lari etishmayotgan ba'zi holatlarda foydali bo'lishi mumkin.
2-misol. Xuddi shu shartlarda treyder 0,01 punktli savdoni ochadi, ammo prognoz noto'g'ri bo'lib chiqadi va narx qarama-qarshi yo'nalishda 10 punktga o'tadi. EUR/USD juftligi bo'yicha 4 xonali kotirovkali, 0,01 lot uchun punktning narxi 10 sent bo'ladi, treyderning zarari esa 1 dollarga teng. Ammo treyder narxning burilishi faqat korreksiya ekanligini va narx yana asosiy trendga qaytishini tushunadi. Shunda treyder 1:2 kredit yelkani oladi va xuddi shu marjada 0,02 lot hajmdagi bitimni ochadi. Narxning to'g'ri yo'nalishda 10 punktga harakat qilishi, unga oldingi zararni qoplab, 2 dollar foyda olish imkonini beradi.
Xulosa. Ba'zi hollarda, leverij Martingale printsipiga ko'ra garovni ikki barobar oshirish yo'li bilan, zararni qoplashga yordam beradi.
Treydingda eng yaxshi kredit yelkasi qaysi
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, treyderlarning 40% dan ortig'i 1:10 gacha bo'lgan kredit yelkasini afzal ko'rishadi, taxminan 17% 1:100 dan ortiq bo'lgan raqamni afzal ko'rishadi. Bir qator instrumentlar bo'yicha, Yevropa regulyatorlari brokerlarga yelkalarni 1:20dan 1:50gacha bo'lgan hajmda cheklab qo'yishni tavsiya qiladilar.
Kriptovalyuta birjalari ko'p hollarda 1:2-1:5 hajmdagi cheklovlarini belgilaydi. 1:1000 gacha bo'lgan yelkalarni ko'pincha, treyderlar o'z depozitlari yetarli bo'lmagan holatda, savdolar hajmini maksimal darajada oshirish istagida hislarga asoslanib qo'yadilar. Men odatda 1000 dan yuqori leverij beradigan brokerlarni umuman jiddiy qabul qilmayman.
Treydingga yangi kelganlarga demo hisobida mashq qilish uchun savdoni minimal 1:1 qiymatidan boshlashni tavsiya qilaman. Qarzga olingan mablag'larga tayanishdan oldin, yangi treyder quyidagilarni qilishi kerak:
- Risk-menedjment siyosatini har bir savdo tizimiga moslashtirib qo'llashni, tinch trend bozorlaridagi xatarlarni ehtiyotkorlik bilan oshirishni va yuqori volatillik bor joyda xavflarni kamaytirishni o'rganish.
- Turli xil savdo tizimlari bilan ishlay olish. Ko'rsatkichlardan, savdo platformasidan va boshqalardan foydalanishni o'rganish.
- Kuchli ishtiyoq(azart) va yo'qotgan pulni qaytarib olish istagini yo'q qilib, his-tuyg'ularni boshqarishni o'rganish.
Faqat o'z qobiliyatiga ishonch hosil qilganda va yuqorida aytilganlarning barchasini o'rganib olgan holda, yangi boshlagan treyder haqiqiy hisob raqamiga o'tishi mumkin, va bu etapda uning uchun eng yaxshi yelka 1:10 bo'ladi. Bu nisbatan kichik depozit bilan orderlarni minimal 0,01 lot bilan ochish imkonini beradi.
Professional uchun qanday kredit yelkani tanlash kerak degan savolga, faqatgina mutaxassisning o'zi javob bera oladi. Skalperlar va pipschilar ko'pincha katta yelkalardan foydalanadilar — ularning daromadlari qisqa qadamlar bilan bir necha punktni tashkil qiladi, shuning uchun ularga pozitsiyaning katta hajmi bilan belgilanadigan punktning narxi yuqori bo'lishi muhimdir. Uzoq muddatli strategiyalarni afzal ko'radigan treyderlar, aksincha, ushbu vositadan foydalanmaslikka harakat qilishadi. Forex savdosi uchun eng yaxshi yelkani tanlash haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o’qing.
Forexda yelkadan foydalanish bilan bog'liq risklarni qanday boshqarish kerak: yangi boshlagan treyderlar uchun 5 ta maslahat
Yangi boshlagan treyderlarga bir nechta maslahat:
- Risk-menejmentdagi "Har bir savdo uchun risk — depozitning 5% dan oshmasligi kerak" degan qoidasiga rioya qiling. Bu yerda pozitsiya hajmi va bitim davri uzunligining nisbati nazarda tutilmoqda. Bir misol keltiraman: 1000 dollarlik depozit bo'yicha har bir savdo uchun xavf 50 dollarni tashkil qiladi. Bu bitim hajmi 1 lot pozitsiyasi ( 1:100 leverij bilan) uchun 5 punktga, yoki 0,01 lot pozitsiyasi uchun 500 punktga (1:2 leverij bilan) to'g'ri keladi. Bu 1 lot hajmli savdo bo'yicha "5% risk" qoidasi buzilayotganini anglatadi.
- Lot va marja kalkulyatorlaridan foydalaning. Ular erkin mablag'larning qancha miqdori qolganligini va kredit yelkasidan qanday foydalanish mumkinligini tushunishga yordam beradi.
- "Stop loss"dan foydalaning. Agar siz leverij hajmida xato qilgan bo'lsangiz va punktning narxi kutganingizdan ancha yuqori bo'lsa, stop-loss komandasi bitimni vaqtida yopadi va siz depozitni yo'qotmasdan bu holatdan saboq olasiz.
- Qaysi kredit yelkasini tanlaganingiz ma'qul? Boshlang'ich depozitingizga yarasha, riskning maqbul darajasida sizga foyda keltiradiganini tanlang.
Xulosa. Bir qarashda, yuqorida aytilganlarning barchasi murakkab ko'rinishi mumkin. Leverij, marja, turli xil hisoblash formulalari, risk-menejment kabi terminlarning barchasi faqat boshida murakkab ko'rinadi. Va agar siz haqiqatan ham birja va birjadan tashqari bozorlarda o'rganib, pul ishlashni hohlasangiz, bu instrumentlar sizga kerak bo'ladigan eng zarur asosdir. asosdir. Shuning uchun maslahatim:
- Demo hisob oching. Bu atigi bir necha daqiqangizni oladi va shaxsni tasdiqlashni talab qilmaydi. LiteFinance shaxsiy kabinetining funktsional imkoniyatlari bilan tanishib chiqing.
- Turli xil yelkalar bilan birinchi savdolarni ochib ko'ring.. Farqi nimada ekanligini tushunishga harakat qiling va turli xil instrumentlarni taqqoslang. Barcha savdolarni treyder kundaligida qayd etganingizga ishonch hosil qiling. Mana bu mavzu bo’yicha yaxshi bir vebinar.
- Har qanday savol berishdan tortinmang! Ularni ushbu sharhga izoh qilib qoldirishingiz mumkin. Yoki, masalan, hamkor treyderlar orasida yaxshi mentor/murabbiyni topib, ulardan yordam so'rang. Tuyg'ularingizni boshqaring. Martingale printsipi bo'yicha bitim summasini oshirish uchun richagni ishlatmang. Agar siz uning rentabelligiga 100% amin bo'lsangiz ham, bu risk-menejment poidalariga zid bo'lsa, bitimni oshirmang.Demo hisobida mashq qiling. Demo hisobi yordamida siz uchun eng qulay va strategiyangizga mos keladigan leverij hajmini tanlab oling.
Kredit yelkasi bo’yicha savol-javoblar(FAQ
Forex kredit yelkasi — bu broker tomonidan taqdim etilgan foizsiz kredit bo'lib, o'z mablag'laridan kattaroq hajmdagi operatsiyalarni ochishga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, bu treyder depozitidagi mablag'larining ochilgan bitim hajmiga nisbati.
Instrument quyidagicha ishlashi mumkin: - Buyurtmaning mumkin bo'lgan maksimal miqdorini oshiradi. Masalan, orderning 1:10 hajmida, agar treyderning hisobida 100 dollar bo'lsa, unda buyurtmaning maksimal miqdori 1000 dollarni tashkil qiladi. - Rezerv summasini kamaytiradi ("garov"). Masalan, orderning 1:1 hajmida, agar treyderning hisobida 100 dollar bo'lsa, bitimni ochishda broker 100 dollarni, ya'ni treyderning barcha pullarini ("Erkin marja = 0") zaxiraga oladi. Agar savdogar 1:10 yelkasidan foydalansa, zaxira miqdori 10 dollarni tashkil qiladi, qolgan 90 dollar quyidagi savdolarni, shu jumladan boshqa instrumentlar bo'yicha bitim ochish uchun ishlatilishi mumkin.
Kredit yelkasi — bu broker tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy instrument bo'lib, u savdolarni ochish uchun treyderning o'z depozitidan bir necha barobar (1:2000 va undan ko'p) ko'proq summadan foydalanishga imkon beradi. Uning optimal hajmini hisoblash risk-menejment siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yaxshi moliyaviy richag koeffitsienti — bu treyderga risk-menedjmenti siyosatidan tashqariga chiqmasdan savdo tizimidan maksimal foyda olishga imkon beradigan koeffitsientdir. Yangi boshlagan treyderlar uchun qanday yelka tanlash kerak? Men 1:10-1:20 hajmdagi yelkani tavsiya qilaman.
Professionalning qo'lida — yaxshi, undan foydalanishni bilmaydigan odamning qo'lida — yomon. Risk-menejment qoidalariga zid ravishda maksimal daromad olish uchun, qarz mablag'lari yordamida pozitsiya hajmini tezda oshirish istagi yo'qotishlarga olib keladi. Professional treyder risk-menejmentga muvofiq ruxsat etilgan pozitsiya hajmi va strategiyaning risk darajasidan kelib chiqib, kredit yelkasini tanlaydi.
Minimal koeffitsient - 1:1ga teng. Bu shuni anglatadiki, savdogar orderni o'z depozitiga mos keladigan maksimal hajmda ochishi mumkin. Bunday holda, brokerning krediti jalb qilinmaydi (yelkasi yo'q deb ayta olamiz).
Ha, lekin bilvosita, chunki bu garovga ta'sir qiladi va oz miqdorda mablag'lariga ega bo'lgan treyderlarga, katta hajmdagi pozitsiyalarni ochishga imkon beradi.Foyda pozitsiya hajmini oshiradi: agar bitim 2 barobarga ko'paytirilsa, potentsial foyda ham 2 barobarga oshadi. Kredit yelkasi — faqat savdo hajmini oshirish vositasidir. Shu bilan birga, u savdo hajmini o'zgarishsiz ushlab turganda garov miqdorini kamaytirish uchun ham ishlatilishi mumkin.Bir misol keltiraman: kurs farqidan daromad olish maqsadida keyinchalik sotish uchun 10000 yevro sotib olmoqchisiz va bunga taxminan 11755 AQSh dollar sarf qilishingiz kerak, aynan shu summa garov bo'ladi. Agar savdogar 100 yevro sotib olish uchun pozitsiyani ochsa, u EUR/USD kursi harakatida juda kam daromad oladi. Shuning uchun, narxning ozgina o'zgarishidan ham foyda olish uchun hamma katta hajmlar bilan ishlaydi.Yelka tufayli garov uning hajmiga mutanosib ravishda kamayadi.Misol keltiraman: agar yelka 1:200 bo'lsa, unda garov 200 barobar kam bo'ladi. Shunga ko'ra, EUR/USD instrumenti bo'yicha 0,1 lotni ochish uchun, treyderga 11756 AQSh dollarini o'rniga, ochilayotgan katta hajmli pozitsiya uchun atigi 58,8 AQSh dollarini garov sifatida qo'yishi kerak bo'ladi.
1:1000 kredit yelkasi treyder depozitidagi bor summadan 1000 barobar ko’proq pul mablag’idan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Masalan, tasarrufida 100$ depoziti bor treyder, 100 000$ga teng hajmli bitim ochishi mumkin.
Bu bitimning mumkin bo’lgan maksimal hajmi, treyder depozitida mavjud pul miqdoridan 500 barobarga oshishi mumkinligini anglatadi. Masalan, depozitida 10$ bor treyder, 5000$ga teng hajmli bitim ochishi mumkin.
Demo hisobida savdo asoslari bilan tanishayotgan yangi boshlagan treyderlar uchun eng yaxshi variant — 1:1. Treyder risk-menejment tizimini qurishni, savdo tamoyillarini tushunishni va brokerlik kreditisiz barqaror foyda keltiradigan savdo tizimini ishlab chiqishni o'rgangandan keyingina marja savdosiga o'tishi kerak. Haqiqiy hisobga o'tgandan so'ng, yangi boshlaganlar uchun eng yaxshi yelka 1:10. Bu katta risklarni keltirib chiqarmaydi, moliyaviy regulyatorlar tomonidan tavsiya etilgan chegaralarni buzmaydi va nisbatan kichik boshlang'ich kapital bilan minimal mumkin bo'lgan 0,01 lotli orderlarni ochishga imkon beradi.
Bu faqatgina psihologik jihatdan xavf tug'dirishi mumkin. Yo'qotish darajasi richagning hajmi emas, balki pozitsiya hajmiga bog'liqdir. Men bir misol keltiraman: 0,01 lotga teng bitim hajmi uchun , 4 xonali kotirovkali EUR/USD juftligi bo'yicha ochilgan orderning, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlangan 1 punktning narxi 10 tsent zararga to'g'ri keladi, 1 lot bitim hajmi uchun esa — 10 dollarga. 10 000 AQSh dollarli depozit bilan 1:1 yelkali bitim sifatida ochilgan bo'lsa ham, yoki 1000 AQSh dollarli depozit bilan 1:10 yelkali bitim sifatida ochilgan bo'lsa ham, zarar miqdori bunga bog'liq emas.Ushbu instrument faqat bir sababga ko'ra xavfli deb hisoblanadi — uning mavjudligi psixologik jihatdan risk-menejment qoidalariga zid ravishda bitim hajmini oshirishga undaydi. Ammo bitim hajmining oshishi bilan, zarar miqdorini oshiradigan punktning qiymati ham oshib boradi.
Yelkaning oshishi treyderning strategiyasi o'zgarganini ko'rsatishi mumkin. Ko'pincha, kredit yelkani miqdori katta hajmdagi bitimlarni ochish yoki bitimlar sonini va mumkin bo'lgan foydani ko'paytirish uchun oshiriladi. Agar treyder tajribali va savdo strategiyasida ishonchi komil bo'lsa, unda bu xavf oqlanadi. Ammo lotning umumiy hajmi oshishi bilan punktning qiymati ham oshadi va shuning uchun narx o'zgarganda potentsial yo'qotish riski ham ortadi.
Yelkani hisoblash uchun yagona formula yo'q. Tanlov aktiv turlari, depozit summasi va ishlab chiqilgan risk-menejment siyosati doirasida hisob bo'yicha o'tkazilishi kerak bo'lgan savdo hajmiga bog'liq. Forexda yelkani hisoblashdan oldin, narxning belgilangan vaqt ichida amalga oshiradigan minimal qadami punkt(nuqta) ko'rinishida belgilanishini tushunishingiz kerak. Kredit yelkasini hisoblash uchun maxsus kalkulyator mavjud bo'lib, undan foydalansangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa
Forex kredit yelkasi -bu treyderga pozitsiya hajmini oshirish yoki marjani (garovni) kamaytirishga imkon beradigan vosita bo'lib, boshqa savdolar ochish uchun mablag'ni bo'shatadi. Bitimlarning umumiy hajmi risk-menejment siyosati bo'yicha belgilangan depozit foizidan oshgan holatlarda, kredit yelka yuqori riskli instrument hisoblanadi. Uning optimal hajmini hisoblash uchun marja kalkulyatoridan foydalanishingiz yoki Excelda jadval tuzishingiz mumkin, bu kredit yelkasini ortishi bilan pozitsiya hajmining o'zgarishini va shunga mos ravishda, narx harakatining stop-aut darajasiga yetgunga qadar maksimal hajmini punklarda aniq ko'rsatib beradi.
Sizda hali ham savollar bormi? Ularni izohlarda yozib qoldiring!
P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)
Foydali havolalar:
- Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
- {Company}dan depozitga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinancening platformasidagi hisobnito'ldirish{link 2} paytida tegishli maydonga kiritsangiz kifoya va bonus depozit bilan bir vaqtda o'tkaziladi.
- Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
- Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.