Salom, bugun biz muvaffaqiyatli treyderlar bitimlarini nusxalash xizmati haqida gaplashamiz. Ushbu maqola savdoda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan, ammo bozorni hech qanday tarzda egarlay olmayotganlar uchun foydali bo'ladi. Siz kopitreyding platformasida qanday ro'yxatdan o'tishni, nusxalash uchun to'g'ri treyderni qanday tanlashni va bitimlarni o'z hisobingizga avtomatik nusxalashni qanday sozlashni bilib olasiz.

LiteFinance o'z mijozlari uchun ishonchli kopitreyding texnik platformasini ishlab chiqqan, bu turli darajadagi treyderlarga valyuta bozorida birinchi kunlardan boshlab pul ishlash imkonini beradi. Ushbu xizmat ijtimoiy treyding yoki Social trading deb nomlangan bo'lib, u o'z foydalanuvchilarining oldida ochiladigan kontsepsiya va imkoniyatlarning mohiyatini aks ettiradi. Ushbu professional platforma tajribali va yangi treyderlar o'rtasida samarali muloqot va o'zaro ta'sir o'tkazish joyiga aylandi. Uning funksionalligi boshqa treyderning bitimlarini nusxalash jarayonini to'liq avtomatlashtiradi va har bir ishtirokchisining xavfsizligi va ishonchliligini kafolatlaydi.

Kopitreyding doirasida kompaniya mijozlari nafaqat boshqa treyderlarning bitimlarini nusxalash va ulardan pul ishlash, balki yangiliklar lentasini o'qish, o'z materiallarini pullik tartibda baham ko'rish va o'z bitimlarini nusxalash uchun taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Umuman, samarali muloqot qilish, tajriba almashish va Forex bozorida o'z daromadingizni oshirish uchun yetarli ko'nikmalarsiz bir talay tanlovlarni taqdim etadi. Maqolada biz mustaqil savdo uchun yetarli bilimga ega bo'lmagan yoki umuman kasbga sho'ng'ishni istamaydigan, ammo valyuta bozorida daromad olishni hohlaytdigan treyderlar uchun ideal yechim sifatida - bitimlarni nusxalash tizimiga e'tibor qaratamiz.

LiteFinance:

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Kopitreyding nima (Foreksda treyderlar bitimlarini nusxalash)?

SocilalTrading bitimlarni nusxalash tizimi shunchalik shaffof va tushunarliki, uning samaradorligiga shubha bo'lishi mumkin emas. O'z savdosida kopitreyding platformasidan  foydalanadigan ishtirokchilar o'z ehtiyojlarini o'zaro manfaatli ravishda qondiradilar va o'zaro manfaatli hamkorlik qiladilar, shuning uchun bu yo'lning qulayligi ham shubha tug'dirmaydi. Xo'sh, xizmat qanday ishlaydi?

Brokerlik kompaniyasi mijozlari orasida valyuta savdosi professionallari ham, yangi boshlagan treyderlar ham bor. Birinchilari valyuta bozorida anchadan beri savdo qilib keladilar va o'ziga ishonch bilan kurslar farqidan pul ishlaydilar, ikkinchilari faqat birinchi qadamlarni qo'yishga harakat qiladi, o'rganadi va "qo'li kelib qolgunicha" mashq qiladilar. Shubhasiz, birinchilari o'z daromadlarini oshirish imkoniyatidan bosh tortmagan bo'lardilar, ikkinchilari esa jon deb ularning savdo qarorlarini o'zlarida tatbiq etish uchun olgan bo'lardilar. Nusxalash tizimi aynan shu g'oyaga asoslangan. Tajribali treyderlar hech nimani xatarga qo'ymasdan va yo'qotmasdan, odatdagidek savdosini amalga oshiraveradilar va avtomatik ravishda (Social trading yordamida) ma'lum foizni olish evaziga, o'z bitimlarini boshqa treyderlarga nusxalash uchun taqdim etadilar.

Treyderlar ijtimoiy tarmog'iga kirgan yangi treyderlar, o'zlari yoqtirgan mutaxassisni tanlaydilar va belgilangan foiz evaziga, uning bitimlarini nusxalash uchun obuna bo'ladilar.

Shunday qilib, "sih ham kuymaydi, kabob ham" deganlaridek, o'zaro manfaatlar yaqqol ko'rinib turibti. 

Foreksda yangi boshlaganlar yoki investorlarga professional treyderlarning bitimlarini o'z hisoblariga nusxalash imkoniyatini beradigan ijtimoiy savdo platformasi. Platforma butun dunyo bo'ylab treyderlarni birlashtirdi, bu turli xil "savdo" mentalitetiga ega odamlar bilan muloqot qilish va ularning savdo tajribasini o'zlashtirish imkonini beradi.

Investor master-treyderning bitimlarini nusxalaydi va olingan foydaning foizini komissiya shaklida treyder bilan bo'lishadi. Treyderning hisobidan nusxalash uchun u tomonidan belgilangan komissiya miqdori treyderlar reytingida aks ettiriladi. Bu shunday ishlaydi, sodda va tushunarli.

Kopitreydingning o'ziga xos xususiyati shundaki, PAMM kabi tizimlardan farqli o'laroq, mablag'lar egalarining hisoblarida saqlanadi va mutaxassislarning bitimlari bevosita sizning hisobingizga ko'chiriladi. Shunday qilib, bitimlarni nusxalash tizimi yangi boshlaganlarga birinchi kundan boshlab muvaffaqiyatli savdo qilishga yordam beradi.

Uning eng katta afzalligi - bu o'rnatilgan chatlarda butun dunyo bo'ylab treyderlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir. Shuningdek, siz treyderga shaxsiy xabarlarda yozishingiz va nusxalashni boshlashdan avval sizni qiziqtirgan barcha savollarga oydinlik kiritishingiz mumkin.

Platformada risklarni cheklashga yordam beradigan nusxa ko'chirish sozlamalari va treyderlarning monitoring tizimi (treyderlar reytingi) mavjud bo'lib, ularda treyderlarning savdo tarixi, rentabellik jadvallari va risklarni baholash tizimi aks ettirilgan. Quyida bu haqda batafsil aytib beraman.

Platforma shiori:

Dunyo bo'ylab savdogarlarni yagona jamoaga birlashtirgan holda, "Ijtimoiy treyding" mijozlarga o'z maqsadlariga erishish uchun har bir ishtirokchining tajribasidan foydalanish imkoniyatini beradi.

Bitimlarni nima uchun nusxalanadi yoki xizmatdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?

Aytish joizki, tajribali mutaxassisning savdolarini "ko'r-ko'rona" o'z hisobiga sinxronlashtirishni, Forex bozorida o'z faoliyatini boshlagan har kim ham hohlamaydi. Agar siz haqiqatan ham bu kasbni egallamoqchi bo'lmasangiz, treyder bo'lish istagingiz bo'lmasa, va faqatgina foyda olishni istasangiz, unda muvaffaqiyatli treyderlarning bitimlarini nusxalash uchun ularni to'g'ri tanlaganingiz va natija sizni qoniqtirayotganligi kifoya (siz faqat foydangizni olasiz va undan foiz to'laysiz). Ammo agar o'zingiz rivojlanishni hohlasangiz – oddiy nusxalash sizni hursand qilishi dargumon, bu holda, nusxalash tizimi - siz uchun ustozdan o'rganish, savdo g'oyalaringizni uning g'oyalari bilan taqqoslash, uning taxminlariga asoslanib o'z qarorlaringizni qabul qilish imkoniyati bo'lib xizmat qiladi. Bularning barchasini treyderlarning ijtimoiy tarmog'i orqali ham olish mumkin. Platforma mukammal ishlab chiqilgan va xizmatning avtomatlashtirilgan bo'lishiga qaramay, foydalanuvchilarga tizimni o'zlari uchun moslab sozlash imkonini beradi.

Siz bitimlarni faqat qisman nusxalashingiz mumkin, tajribali treyderning yangiliklar lentasini o'qishingiz mumkin yoki professionalni faqat kuzatishingiz, savdoni esa o'zingiz mustaqil ravishda bajarishingiz mumkin – tanlang va foydalaning. Har qanday vaziyatda ham, siz faqat yutasiz va daromadingiz oshadi. Xizmat haqida batafsil ma'lumotni bu yerda o'qishingiz yoki kompaniyaning qo'llab-quvvatlash jamoasi bilan bog'lanishingiz mumkin.

O'qing, rivojlaning va ishonchli LiteFinance brokeri siz uchun ochib berayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaning. Agar siz buni to'g'ri qilsangiz, Forex bozorida savdo qilish va haqiqatan ham yuqori daromad olish ancha oson bo'ladi.

Nusxalashni boshlash uchun bajarilishi kerak bo'lgan oddiy qadamlarni qisqacha bayon qilaman:

  1. Bitimlarni nusxalash platformasida ro'yxatdan o'tish;

  2. Ko'p funktsiyali reytingdagi "Nusxalash" bo'limida Treyderni tanlash;

  3. Hisobni to'ldirish;

  4. Tanlangan treyderning daromadli savdosini nusxalashni sozlash va ishga tushirish.

Mana shunday oddiy 4 qadam, endi esa har birini batafsil ko'rib chiqamiz va bitimlarni nusxalash platformasining barcha nyuanslari va funksiyalarini o'rganamiz.

LiteFinance: Bitimlarni nima uchun nusxalanadi yoki xizmatdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?
Mylad
Oylik o'rta daromad
109227.14%
LiteFinance: Bitimlarni nima uchun nusxalanadi yoki xizmatdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?
SYPERSPEC_1
Oylik o'rta daromad
32177.45%
LiteFinance: Bitimlarni nima uchun nusxalanadi yoki xizmatdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?
SaiGon_Trading
Oylik o'rta daromad
15523.51%
LiteFinance: Bitimlarni nima uchun nusxalanadi yoki xizmatdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?
investormaster
Oylik o'rta daromad
14481.78%
LiteFinance: Bitimlarni nima uchun nusxalanadi yoki xizmatdan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?
Diamond_20
Oylik o'rta daromad
14269.24%

Muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalang

Treninglarsiz ham savdoning birinchi kunidanoq foyda olishni boshlang. Dunyo bo'ylab eng yaxshi treyderlar o'zlarining pul ishlash strategiyalarini baham ko'rish uchun bir platformada to'planishgan.

Batafsil

Forex bitimlarini nusxalashni qanday boshlash kerak: treyderni to'g'ri tanlash va nusxalash tizimini sozlash

1. Muvaffaqiyatli treyderlar bitimlarini nusxalash platformasida ro'yxatdan o'tish

Butun dunyo bo'ylab professional treyderlarning hisoblariga kirish va ularning savdolarini nusxalash uchun ijtimoiy savdo platformasida ro'yxatdan o'tamiz.

Boshloshlanishiga, bu yerda tizimga ro'yxatdan o'tamiz. Ro'yxatdan o'tish juda oddiy, mamlakatingiz, telefon raqamingiz yoki elektron pochtangizni kiriting va parol o'rnating. Murakkab parolni o'rnatishda dangasalik qilmang - pul bilan bog'liq har qanday narsa xavfsizlikni talab etadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, keyinchalik pochtani o'zgartirish imkoni bo'lmaydi, shuning uchun unchalik ko'p ishlatmaydigan pochtani kiriting.

LiteFinance: 1. Muvaffaqiyatli treyderlar bitimlarini nusxalash platformasida ro'yxatdan o'tish

2. Nusxalash uchun treyderni tanlash

Sizning parametrlaringiz bo'yicha ochilgan va moslashtirilgan onlayn reytingda muvaffaqiyatli treyderlarni tanlaymiz.

Agar siz my.litefinance.org platformasida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, unda faqat tizimga login orqali kiramiz.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, to'liq bitimlar monitoringini o'z ichiga olgan reytingdan treyderni tanlashga kirishish mumkin. Platformaning chap tomonidagi vertikal menyusida joylashgan "Nusxalash" vkladkasiga o'tamiz. "Ommabop" menyusiga o'tamiz. Bu bo'limda nusxalovchi investorlar mablag'larining maksimal hajmiga ega treyderlar to'plangan.

Aytgancha, treyderlar aks ettirilgan sahifani o'zingizga mos ravishda sozlab olish mumkin. Masalan, men uchun ro'yxatning odatiy kartalar ko'rinishidagisi emas, balki  gorizontal jadval ko'rinishi qulayroq. Treyderni o'zingizga mos ravishda tanlash uchun ko'plab filtrlash sozlamalari mavjud.

Keling, sozlamalarni ham ko'rib chiqamiz. Quyidagi rasmda men treyderni tartib bo'yicha tanlash uchun asosiy funksiyalarni raqamlar bilan belgiladim.

LiteFinance: 2. Nusxalash uchun treyderni tanlash

1 – reyting ko'rinishini kartochkalardan jadvalga o'tkazish.

2 – tez nusxalash funksiyasini yoqish mumkin bo'lgan treyder ma'lumotlarini aks ettirish sozlamalari. Ushbu funksiyani faollashtirgandan so'ng, nusxalash tugmasi har bir treyderda paydo bo'ladi. Uni yoqib-o'chirib ko'ring. Bu yerda yana nima qo'shish mumkin? Tezkor savdo funksiyasi yoqilganda, bola/mushuk hech narsani bosib yubormasligi uchun yoki o'zingiz behosdan nusxalashni ishga tushirib yubormasligingizdan ehtiyot bo'lishingiz kerak. Tanlangan treyderning ismiga bosish bilan, u haqida to'liq ma'lumotni va uning batafsil daromad jadvalini ko'rish mumkin, bundan tashqari undan nusxalashni ham boshlash mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil to'xtalamiz.

3 – "davr" funktsiyasi sizga o'rnatilgan parametrlar bo'yicha ko'rsatiladigan treyderlarni tanlash vaqtini sozlash imkonini beradi. "Butun davr mobaynida" (sukut bo'yicha), "bir kun davomida" (tanlash uchun unchalik informativ bo'lmasa ham, aynan bugun qaysi treyder eng TOP-da ekanligini bilib olish mumkin), "ohirgi 1/3/6 oy mobaynida" yoki "yil mobaynida" aks ettirish opsiyalarini tanlash mumkin. 

4 – saralash bizga treyderlarni afzal ko'rgan parametrlarimiz bo'yicha tanlash imkoniyatini beradi, ular orasida: daromaddorlik, tasarrufdagi mablag'lar, nusxalovchilar soni, tizimda savdo qilish muddati va savdodagi xatar darajasi.

5 – "Tanlash" - bu ko'p darajali filtr bo'lib, unda siz treyderning tanlovini maxsus foydalanuvchi parametrlariga to'liq moslab, sozlashingiz mumkin. Keling, uni batafsil ko'rib chiqamiz. Chapdan o'ngga va yuqoridan pastga, mos ravishda:

LiteFinance: 2. Nusxalash uchun treyderni tanlash

Daromaddorlik – quyidagi filtrda ko'rsatgan davr uchun kerakli daromaddorlikni belgilaymiz, bunda shuni yodda tutish joizki, daromaddorlik qanchalik yuqori bo'lsa, treyder savdosining xatar darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi. Tizimda 30 000% dan ortiq daromad ko'rsatadigan treyderlar bor, ammo bunday treyderlar uchun xatar darajasi ancha yuqori. Bu yerda har bir treyder o'zi uchun o'zi hal qiladi, yoki yuqori xatarli tez va yirik daromad yoki, kamroq depozit yuklovi bilan daromaddorlikning kamroq foizini belgilaydi.

Shuni ta'kidlash joizki, yuqori xatar darajasi bilan ishlaydigan treyderlar bitimlarini ham, nusxalash sozlamalarini to'g'rilash va kattaroq depozit yordamida risklarni minimallashtirish mumkin, bu esa balans o'tirgan paytda omon qolishga yordam beradi. Bu haqda keyingi bo'limlarda ham batafsil to'xtalib o'taman.

Savdo muddati – bu treyderning tizimdagi ish kunlari soni. U qancha uzoq savdo qilsa, shuncha ko'p savdo tarixi va daromaddorlik grafikiga ega bo'ladi, va tabiiyki nusxalash uchun treyderni tanlashda bizga yordam beradi. Ammo yaqin orada platformaga kelgan tajribali treyderlar orasida haqiqiy "olmos" ham bo'lishi mumkinligi haqida unutmaslik kerak.

Nusxalovchilar soni – aslida, bu treyderning platforma ishtirokchilari orasida mashhurligi, ammo shuni yodda tutish kerakki, treyderlar o'zlarining doimiy investorlariga ega bo'lib, ular platformadan platformaga o'tishlari ham mumkin. Bundan tashqari, ba'zi treyderlar yangi investorlarni jalb qilish uchun o'z profillarini turli xil tematik manbalarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishlari mumkin. Boshqalari esa butkul savdo-sotiq bilan shug'ullanishadi va PR-ning o'ziga vaqt sarflamaydilar. Treyderni tanlashda bularning barchasini hisobga olish zarur.

Maksimal xatar darajasi - yuqiroda risk (xatar) mavzusiga qisman to'xtalib o'tdim. Eng batafsil tavsifni platformaning FAQ bo'limining 4.2, 4.3, 4.4 bandlaridagi savollarda topasiz. Oddiy so'zlar bilan izohlab beraman: xatar darajasi treyderning o'z depozitini yuklashi va ekviti bo'yicha prosadka asosida hisoblanadi. Xatar qanchalik yuqori bo'lsa, treyder hisobdagi barcha mablag'larga nisbatan savdoda ishtirok etuvchi mablag'lar hajmi ham shunchalik yuqori bo'ladi. Mablag'lardan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa (bu % ning oshishi Margin Call va Stop Out holatlariga olib keladi), savdoda foydalanilmaydigan, prosadkani saqlab qolish uchun juda zarur bo'lgan mablag'lar darajasi shunchalik past bo'ladi. Shuningdek, kredit yelka ham hisobga olinadi (u qanchalik baland bo'lsa, savdo xatarlari ham shunchalik yuqori bo'ladi) va treyder hisobining faoliyat muddati e'tiborga olinadi.

Treyder komissiyasi - bu nusxalovchi treyderning foydasidan olinadigan foiz. Bu yerda hammasi juda oddiy. Master-treyder o'zining daromadli savdosini nusxalashga bergani uchun mukofot olishni xohlaydi va uning miqdorini o'zi mustaqil belgilaydi. Agar master-treyder o'zi hech qancha pul ishlamagan bo'lsa va shunga mos ravishda nusxalangan bitimlari ham muvaffaqiyatli bo'lmagan bo'lsa, unda u o'z ishi uchun sizdan hech narsa olmaydi. O'zaro hisob-kitoblar tizimi kulik ishlashi uchun mos qilib sozlangan. Har bir savdo kunining boshida rollover amalga oshiriladi – avvalgi kun natijasiga ko'ra, bitimlarni nusxalash platformasining barcha ishtirokchilari bo'yicha master-treyderlarga ularning hisoblari nusxalanganligi uchun komissiyalar to'lovi.

Treyder mablag'lari - ushbu parametr treyderlarni ularning nusxalash uchun taqdim etilgan savdo hisoblaridagi shaxsiy mablag'lari summasiga qarab filtrlab beradi.

Nusxalovchilar mablag'lari - ushbu parametr master-treyderlarni nusxalash uchun ularga obuna bo'lgan treyderlarning hisoblaridagi mablag'lar hajmiga qarab filtrlaydi. Siz ma'lum bir master-treyderga qancha mablag' ishonib topshirilganligini ko'rib, baholashingiz mumkin.

Filtrlar bo'yicha hammasi oydin, endi "Qo'llash"tugmasini bosamiz va nusxalash uchun treyderni tanlaymiz.

Shuni ta'kidlash joizki,  filtr aniq sozlash uchun ishlatiladi. Siz daromaddorlik, xatarlar, nusxalovchilar soni bo'yicha saralagan holda, filtrlashning oddiyroq variantlardan foydalanishingiz mumkin va bundan so'ng reytingdagi treyderlarni ko'rib chiqsangiz bo'ladi.

Qaror qabul qilindimi? Treyderni/larni tanladingizmi?

Yo'qotib qo'ymaslik uchun ularni yulduzcha bilan belgilab qo'yganingizga ishonch hosil qiling. Ular "Tanlanganlar" vkladkasiga qo'shiladi.

LiteFinance: 2. Nusxalash uchun treyderni tanlash

Muhim: bir vaqtning o'zida bir nechta treyderlarni nusxalash, va shu bilan xatarlarni diversifikatsiya qilish va yuqori daromad olish ehtimolini oshirish  mumkin.

Shunday qilib, tanlangan treyderning ismiga bosamiz, uning daromaddorlik jadvalini, joriy bitimlar portfelini, savdo tarixini, qanday instrumentlar bilan savdo qilishini va har bir guruh uchun qanday natijalarga ega ekanligini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, biz xabar yuborishimiz va nusxalash sozlamalari bo'yicha barcha tafsilotlar va tavsiyalarni aniqlashtirishimiz mumkin, ular haqida sal keyinroq batafsil to'xtalib o'taman.

Qani, davom etamiz. Endi mablag'larni kiritish zarur, va bizning hisobimizga nusxalanadigan bitimlar, aynan shu pullarning evaziga ochiladi.

3. Nusxalash uchun shaxsiy hisobga depozit kiritish

Ijtimoiy treyding tizimidagi hisobni to'ldiramiz, depozit sizning hisobingizda qoladi va nusxalangan bitimlarni ochish uchun ishlatiladi

Daromaddorlik grafiki bo'limi yoki tanlangan treyderning to'g'risidagi umumiy ro'yxatdan "Nusxalash" tugmasini bosamiz, va agar sizning real hisobingizda mablag' bo'lmasa, bizga pop-ap xabar chiqadi, undan esa depozit bo'linmasiga o'tish mumkin bo'ladi.

LiteFinance: 3. Nusxalash uchun shaxsiy hisobga depozit kiritish

Siz, albatta, demo-rejimiga o'tishingiz mumkin, ammo bu holda nusxalash ham demo-mablag'lari evaziga va demo-foyda olish bilan amalga oshiriladi. Shunday bo'lsa ham, demo-rejim platformani sinab ko'rish va umuman tajribangiz bo'lmagan holda, o'z hisobingizda savdo qilib ko'rish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Shunday qilib, masalaning asosiymaqsadiga qaytamiz. "To'ldirish" tugmachasini bosgandan so'ng, depozit ma'lumotlarini to'ldirish uchun ariza shakli keltirilgan oyna paydo bo'ladi. Tezkor ravishda, 20 dan ortiq usullarni sanab chiqdim. Eng qulayini tanlaymiz. O'zim Skrill tizimidan foydalanaman - bu tez va oson, lekin bundan tashqari, ko'plab elektron to'lov tizimlari, bank kartalari va bank o'tkazmalari mavjud. Tizimni tanlaymiz, to'ldirish miqdorini kiritamiz, "Davom etish" tugmasini bosamiz va tanlangan to'lov tizimiga qarab ko'rsatmalarga amal qilamiz. Odatda, barcha to'ldirish usullari zumda ishlaydi, faqat 1-3 ish kuni davom etadigan bank o'tkazmasi bundan mustasno.

To'ldirish uchun boshqa yo'lni ham tanlashingiz mumkin. Buning uchun platformaning chap vertikal menyusida "Mablag'lar" bo'limiga o'tamiz, mamlakatingizda eng  mashhur bo'lgan qulay to'lov usulini tanlaymiz yoki pastga tushib, platformada mavjud bo'lgan har qanday qo'shimcha usuldan foydalaning.

LiteFinance: 3. Nusxalash uchun shaxsiy hisobga depozit kiritish

Yuqori menyuga e'tibor bering: pul o'tkazmalari tarixida, masalan, siz keyinchalik tizimdagi barcha depozitlar va pul mablag'larini chiqarish bo'yicha qaydnomalarni ko'rib borasiz.

4. Bitimlarni nusxalash jarayonini ishga tushiramiz

Siz tanlagan professional treyderlarning bitimlarini nusxalash funksiyasini sozlaymiz va ishga tushiramiz

Yo'qotib qo'ymaslik uchun tanlab olingan treyderlarni "Tanlangan" larga qo'shganimizni eslaysizmi? Ushbu vkladkani ochamiz, nusxalash uchun tanlab olingan treyderning kartasiga bosamiz va daromadlar jadvali keltirilgan bo'limda nusxalash uchun ishlatiladigan mablag'lar miqdorini belgilaymiz.

Mablag'larning umumiy miqdori "mening portfelim"dagi sahifaning pastki qismida (to'q ko'k chiziq) aks ettirilgan. Men bir nechta treyderlardan nusxa ko'chirmoqchiman, shuning uchun mablag'larni ularning orasida taqsimlayman. Portfelni bosish orqali kengaytirib ochish mumkin, keyinchalik u yerda nusxalash bo'yicha daromadning joriy holati to'g'risida ma'lumot ko'rsatiladi. Nusxalash uchun summani o'rnatish ostida "Nusxalash sozlamalari" funksiyasini ko'ramiz.  Bu juda muhim bo'lim. Unga bosamiz, kengaytirib ochamiz va u bilan batafsil tanishib chiqamiz. Men rasmda barcha muhim parametrlarni raqamlar bilan belgilab chiqaman va har birining qiymatini tartib bilan belgilab chiqaman.

LiteFinance: 4. Bitimlarni nusxalash jarayonini ishga tushiramiz

1 – Nusxalash uchun summa: ushbu parametr treyderning nusxalashda ishtirok etadigan mablag'larini cheklab qo'yishga imkon beradi.

2 – Ochiq bitimlarni nusxalash: nusxalashni boshlash paytida ushbu parametr yoqilgan bo'lsa, tanlangan treyderning barcha faol bitimlari, joriy bozor narxi bo'yicha  nusxalovchi hisobida ham ochiladi. Ushbu funksiya o'chirilganda, faqat nusxalash faollashtirilganidan so'ng master-treyder tomonidan ochilgan yangi bitimlar ko'chiriladi.

3 – Nusxalash turi: treyderning tanlashi uchun bitimlarni nusxalashning to'rt turi mavjud bo'lib, ular sizga nusxalashning maxsus foydalanuvchi parametrlarini sozlash va nusxalash hajmini to'g'rilash orqali xatarlarni minimallashtirish imkonini beradi.

4 – Maks. yo'qotish / Maks. foyda: ushbu parametrlar o'z xususiyatlariga ko'ra, Stop Loss va Take Profit analogi hisoblanadi. Joriy nusxalash bo'yicha maksimal foyda/zarar qiymatini cheklashga imkon beradi. Ya'ni, nusxalash vositalarining joriy o'zgarishi (portfeldagi foyda ustuni) belgilangan qiymatga yetganda, nusxalash to'xtatiladi va hisob master-treyder hisobidan ajratiladi.

Keyinroq ushbu maqolada, ohirgi parametrga atab butun bo'limni bag'ishlaganman. Hozircha esa, davom etamiz. Aytaylik, bizda sukut bo'yicha o'rnatilgan nusxalash turi tanlangan. Yuqorida tavsiflangan kerakli sozlamalarni tanlaymiz, nusxalashni ishga tushiramiz: NUSXALASH tugmasini bosamiz. Bizning portfelimizda (sahifaning pastki qismi) tanlangan treyderlarni nusxalash bo'yicha bitimlar aks ettiriladi. Men ikki nafar master-treyderni nusxalashni boshladim, bu quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:

LiteFinance: 4. Bitimlarni nusxalash jarayonini ishga tushiramiz

Bizga faqat kutish, nusxa ko'chirish jarayonini kuzatish va kerakli daromadni olish paytida foydani fikslash va master-treyder hisobiga obunamizni bekor qilish qoladi holos. Agar boshqa treyderlarni nusxalash yoki foydani chiqarishni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz. "YOPISH" tugmasi nusxalashni to'xtatadi, "O'ZGARTIRISH" tugmasi istalgan vaqtda nusxalash sozlamalarini, shu jumladan nusxalash turini o'zgartirish imkonini beradi.

Hozircha esa, butun dunyo bo'ylab treyderlar bilan chatlarda muloqot qilishimiz va tajriba orttirishimiz va treyderlardek fikrlashni o'rganishimiz mumkin. Chatlar tugmasi platformaning yuqori o'ng burchagida joylashgan.

LiteFinance: 4. Bitimlarni nusxalash jarayonini ishga tushiramiz

U yerda: MDH treyderlarining rus tilidagi chati (Общий чат); butun dunyo bo'ylab ingliz tilini biladigan treyderlar chati (General chat); yaxshi, platformani qo'llab-quvvatlash jamoasi bilan aloqa qilish uchun chat. U yerdagi kanallar keltirilgan qo'shni “KANALLAR” vkladkasini ham ko'rib chiqishingizni maslahat beraman, juda ko'p foydali narsalarni topasiz.

LiteFinance: 4. Bitimlarni nusxalash jarayonini ishga tushiramiz

Endi esa, nusxalash turlarini birma-bir ko’rib chiqamiz:


Foreksda bitimlarni nusxalash turlari

Forex bitimlarini nusxalash qanday ishlaydi? 4 ta nusxalash turidan siz uchun eng qulay birini tanlab, bitimlarni nusxalang:

Izoh: tushunish qulay bo'lishi uchun, "nusxalovchi hisob" va "nusxalanuvchi hisob" tushunchalarida chalkashmaslik uchun, keling, ularni "investor hisobi" va "master-treyder hisobi" deb ataymiz.

1. 1:1 to'liq hajmni nusxalash

Ushbu turdagi nusxalashda investor hisobidagi nusxalangan bitim hajmi treyder hisobidagi tegishli bitim hajmiga teng bo'ladi. Masalan, agar treyder o'z hisobida 5 lot ochsa, u holda bir xil hajmdagi bitim investorning hisobiga ham ko'chiriladi - 5 lot.

LiteFinance: 1. 1:1 to'liq hajmni nusxalash

2. Belgilangan (fikslangan) nusxalash hajmi

Nusxalashning ushbu turida investor hisobidagi nusxalangan bitim hajmi har doim nusxalash sozlamalarida lotlarda ko'rsatilgan belgilangan hajmga teng bo'ladi.

Masalan, agar investor 2 lot hajmini belgilasa. treyder esa o'z hisobida 5 lot hajmdagi bitimni ochsa, u holda investorning hisobiga 2 lot bitim hajmi ko'chiriladi.

LiteFinance: 2. Belgilangan (fikslangan) nusxalash hajmi

3. Har bir bitim hajmining ma'lum bir % nusxalash

Nusxalashning ushbu turida investor hisobidagi nusxalangan bitim hajmi, treyder hisobidagi tegishli bitim hajmining % ga teng bo'ladi.

Masalan, agar investor nusxalanadigan hajm koeffitsientini - 50% deb o'rnatgan bo'lsa, treyder esa o'z hisobida 5 lot hajmdagi bitimni ochgan bo'lsa, u holda investorning hisobiga 2,5 lot hajmdagi bitim ko'chiriladi. Investor 1% qadam bilan, 1% dan 10 000% gacha bo'lgan hajm koeffitsientini o'rnatishi mumkin.

LiteFinance: 3. Har bir bitim hajmining ma'lum bir % nusxalash

4. Investorning mablag'lariga mutanosib ravishda nusxalash

Ushbu turdagi nusxalashda investor hisobidagi nusxalangan bitim hajmi, nusxalash uchun mablag'lar va treyder hisobida mavjud mablag'lar nisbati bilan belgilanadi. Investorning hisobida nusxalash uchun ishlatiladigan mablag'lar hajmi, tegishli nusxalash sozlamalarida ko'rsatilgan.

"Barcha mablag'lar" qiymati tanlanganda, nusxalash uchun mablag'lar sifatida, investor hisobidagi bitimni nusxalash paytida mavjud bo'lgan joriy mablag'lar summasi ishlatiladi.

Investor hisobida bitimni ochish hajmi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

Treyder hisobidagi bitim hajmi * nusxalash uchun mablag'lar / treyder mablag'lari = investor hisobidagi bitim hajmi

Masalan, treyder hisobidagi mablag'lar $5000, investorning hisobidagi mablag'lar $10000:

- Agar investor "nusxalash uchun mablag'lar" parametri uchun 2500 qiymatini belgilasa, u holda uning hisobidagi bitimlar 2500/5000 = 0.5 koeffitsienti bilan ko'chiriladi (treyder bitimi hajmining 50%).

- Agar investor "nusxalash uchun mablag'lar" parametri uchun 6000 qiymatini belgilasa, u holda uning hisobidagi bitimlar 6000/5000 = 1.2 koeffitsienti bilan ko'chiriladi (treyder bitimi hajmining 120%).

- Agar investor "nusxalash uchun mablag'lar" parametrida "barcha mablag'lar" qiymatini belgilasa, u holda uning hisobidagi bitimlar 10000/5000 = 2 koeffitsienti bilan ko'chiriladi (treyder bitimi hajmining 200%).

LiteFinance: 4. Investorning mablag'lariga mutanosib ravishda nusxalash

Muvaffaqiyatli treyderlarning bitimlarini nusxalash orqali, oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishing. Omad tilayman! 

Platforma veb-sayti: https://my.litefinance.org/

Nusxalash bo'yicha savollaringiz bormi? Noaniq masalalar qoldimi? Izohlarda sizni qiziqtirgan savollarni qoldiring va agar mening sharhim siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa, plyusni bosing  :)

FAQ's

Social Trading — bu bitimlarni nusxalash tizimi bo'lib, uning yordamida foydalanuvchilar professional treyderlarning bitimlarini o'zlarining savdo hisoblariga nusxalashlari mumkin. Yoki aksincha, siz master-treyder bo'lishingiz va savdo faoliyatingizni nusxalash uchun taqdim etishingiz va mukofot sifatida investorlar foydasidan komissiya olishingiz mumkin.

Foydalanuvchilar ham xuddi shu tarzda muvaffaqiyatli treyderlar faoliyatini kuzatadilar — bir vaqtning o'zida bitimlarni ochadilar va ularning signallariga rioya qilgan holda treyder bilan birga yopadilar. Kopi-treyding haqida gap ketganda, savdo avtomatlashtirilishi mumkin — platforma siz obuna bo'lgan treyderning ketidan, bitimlarni mustaqil amalga oshiraveradi. Nusxalashda foydalanuvchining o'zi o'z bitimlarini boshqarish uchun javobgardir va u obuna bo'lgan treyderlar tomonidan yuborilgan signallarni hisobga olishi mumkin.

Nomidan ko'rinib turganidek, ushbu atama - kimningdir bitimlarini nusxalashni anglatadi. Ushbu yondashuv bilan Forex platformasi foydalanuvchisi bir yoki bir nechta muvaffaqiyatli treyderlarga obuna bo'ladi va ularning savdolarini bir vaqtning o'zida takrorlaydi. Master-treyderlar, o'z navbatida, o'z tajribalari va g'oyalarini baham ko'rganlari uchun komissiya oladilar.

Nusxalashda Forex platformasi foydalanuvchilari valyuta aksiyalari, fyucherslar, tovar va CFD shartnomalari bilan savdo qiluvchi muvaffaqiyatli treyderlarga obuna bo'ladilar. Bitimlar taniqli treyderlarning faoliyatiga analogik tarzda ochiladi va yopiladi, ikkinchilari esa o'z signallarini taqdim etganlari uchun komissiya oladilar. Bu yangi boshlagan treyderlarga tajribali bozor ishtirokchilari bilan bir xil daromad olish imkonini beradi.

Depozit hajmi bo'yicha qo'yilgan qat'iy talablar yo'q, bitimlarni nusxalash uchun 50 dollar ham kifoya qiladi, ammo bunda mablag'larni yo'qotish xavfi yuqori bo'ladi. Buning oldini olish uchun sozlamalarda "Mening mablag'larimga mutanosib" nusxalash turini tanlashingiz mumkin. Master-treyder bo'lish uchun sizga minimum $300 depozit kerak bo'ladi ($500 depozit tavsiya etiladi).

Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va treyderlar mablag’larining ishonchli saqlanishiga kelsak, kopi-treyding tizimi mutlaqo xavfsizdir. Biroq, oddiy Foreks-savdosida bo’lganidek, risk-menejment qoidalariga rioya qilish talab etiladi:

  • Bitimning xatar va foyda nisbati haqidao'ylab qo'ying - har bir treyderning o'z kapitalining xatar ostiga qo'yishga tayyor bo'lgan miqdori har xil bo'ladi.
  • Ba'zi muvaffaqiyatli treyderlar buni qilsalar ham, portfelingizning katta qismi bilan tavakkal qilmang. Mablag'laringizning 50 foizini qo'yish - juda xavfli strategiyadir. Odatda, treyderlar bitta bitimga yoki aktivga portfelining 2 foizidan ko'prog'ini kiritishni tavsiya etmaydilar.
  • O'zingizdan Har bir pozitsiyani ochishdan avval, uni ochishga arziydimi, deb o'zingizga savol bering. Agar siz ushbu savolga to'liq ishonch bilan javob bera olmasangiz, yaxshirog'i boshqa bitimni tanlang yoki moliya bozoridagi kayfiyat o'zgarishini kuting.
  • Mashhur treyderlar faoliyatini ko'r-ko'rona takrorlamasligingiz kerak — bozor haqida ko'proq bilim oling va o'zingizning prognozlaringizni tuzishga harakat qiling.

Bu sizning xohishingizga bog'liq. Dunyoning yetakchi Forex platformalari savdo uchun turli xil aktivlarni taklif qiladi, ishonchli treyderlar bilan hamkorlik qiladi (ideal holatda foydalanuvchilarga treyderlar portfeli va daromadlarini baholash uchun reyting tizimini taklif qiladi) va keng qamrovli instrumentlar tanlovini (grafiklar, tahlil vositalari, MT4 yoki MT5 savdo terminallari) taqdim etadi.

Bitimlarni nusxalashni boshlash uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim:

  • Savdo platformasida ro'yxatdan o'tish;
  • Nusxalash bo'limidagi reyting yordamida nusxalash uchun treyderni tanlash;
  • Depozitni to'ldirish;
  • Parametrlarni sozlash va nusxalashni boshlash;
  • Nusxalash uchun mablag' miqdorini belgilash;
  • Nusxalash turini tanlash: mablag'laringizga mutanosib ravishda, 1:1 to'liq hajmda nusxalash, har bir bitimning belgilangan hajmi, har bir bitim hajmidan %;
  • Maksimal zarar va maksimal foyda darajasini belgilash.

Bitimlarni nusxalash istalgan vaqtda to'xtatilishi mumkin. Buning uchun Shaxsiy Kabinetdagi treyder sahifasidagi "Nusxalashni to'xtatish" tugmasini bosish kifoya.

Ha. Investor sifatida siz tajribali treyderlarning bitimlarini nusxalash orqali foyda olishingiz mumkin. O'z navbatida, tajribali treyderlar ham o'z daromadlarini ko'paytiradilar — o'z savdosidan olingan foydadan tashqari, ular investorlarning nusxalash orqali topgan daromadlarining foizini oladilar.

Ha, tizim investorlar va treyderlar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Investorlar master-treyderlardan professional savdo qarorlarini o'zlashtiradilar va shu bilan foyda olish imkoniyatlarini oshiradilar, treyderlar esa komissiya shaklida qo'shimcha daromad oladilar.

Ha, bitimlarni nusxalash Foreksda, shuningdek siz tanlagan platforma taqdim etgan boshqa bozorlarda ishlaydi. Forex savdosi o'zaro qarama-qarshi valyutalarni sotib olish va sotishni nazarda tutadi, masalan EUR/USD yoki GBP/JPY.

Bu savolga aniq javob yo'q, chunki turli treyderlar Forex savdosi kontekstida turli natijalar, xatar darajasi, uslubi va obro'siga ega. Nusxalash uchun eng yaxshi treyderni tanlash sizning maqsadlaringiz, umidlaringiz, afzal ko'rgan narsalaringiz va xatarlarga chidamlilik darajangizga bog'liq.

Ha, agar mamlakatda onlayn-savdoga ruxsat berilgan va brokerning faoliyati tartibga solingan bo'lsa, bitimlarni nusxalash qonuniydir. Biroq, kopi-treyding bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlar, avval brokerda bunday tizim bormi yoki yo'qligi va u qanday savdo imkoniyatlarini taklif qilishi haqida surishtirib olishlari kerak.

Platformada mavjud bo'lgan aktivlarga qarab, valyutalar, aksiyalar, tovarlar, indekslar va kriptovalyutalar kabi turli xil moliyaviy aktivlarni nusxalash mumkin.

Kopitreyding nima va bitimlarni qanday nusxalash mumkin?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat