Forex treyderlarining hisoblari noqonuniy boyish istagidagi firibgarlar uchun jozibali nishon hisoblanadi. Ushbu xatarni oldini olish mumkin, ammo buning uchun bir qator murakkab bo'lmagan amaliyotlarni bajarish zarur.

Internetning rivojlanishi bilan veb-serfing paytida foydalanuvchilarni kutayotgan tahdidlar darajasi ham oshgan. Kechagina ommaviy iste'molchi uchun Internet o'yin-kulgi va aloqa vositasi edi, endi internetda siz deyarli har qanday operatsiyani bajarishingiz mumkin: oziq-ovqat sotib olishdan tortib, kommunal to'lovlarni to'lashgacha. To'lovlar bank kartalari va elektron hamyonlar orqali amalga oshiriladi. Ammo bir paytning o'zida, ko'plab foydalanuvchilar uchun faqat eng ibtidoiy tahdidlardan himoya qilishga qodir standart dasturlar, yagona himoya vositalari bo'lib qolmoqda.

Hatto internetni faqatgina ijtimoiy tarmoqlar yoki onlayn o'yinlar uchun ishlatuvchilar uchun ham, o'g'irlangan parol juda ko'p muammolarni keltirib chiqaradi. Agar siz treyderlar deb ataluvchi insonlar safiga kirsangiz, unda internetdagi xavfsizlik real hayotdagidek muhimdir.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Keling, firibgarlarning qurboniga aylanmaslik uchun har bir treyder rioya qilishi zarur bo'lgan qoidalarni ko'rib chiqamiz.

LiteFinance:

Foreksda mijoz profili verifikatsiyasi

Bugungi kunda Foreksdagi muhim amaliyot - bu verifikatsiyadan o'tish jarayonidir: telefon raqami va pochta manzilini tasdiqlash, shuningdek treyderning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to'plamini taqdim etish. Ushbu jarayon brokerlar va treyderlar uchun teng ravishda foydalidir. Hujjatlarni taqdim etish talabi, masalan, samolyot chiptalarini sotib olayotganda, hech kimni ajablantirmaydi, to'grimi? Bugungi kunda, foydalanuvchilar hatto ijtimoiy tarmoqlarda ro'yxatdan o'tishda ham verifikatsiyadan o'tishadi.  Pul operatsiyalarini amalga oshirishda esa ushbu amaliyot yanada mantiqiy tus oladi.

Broker platformasida ro'yxatdan o'tish paytida verifikatsiya qilish iltimosi odatda meni umuman bezovta qilmaydi. Verifikatsiyadan o'tish treyder uchun ham afzalliklarga ega, buning sababini tushuntirib o'taman.

Agar hisob egasi verifikatsiya jarayonidan o'tgan bo'lsa, hisobdan uchinchi shaxslarning hamyoniga pul o'tkazish imkoniyati yo'q. Mijoz profilida tasdiqdan o'tgan ismning boshqasiga o'zgarishi, qo'llab-quvvatlash xizmati tomonidan darhol shubhali harakat sifatida baxolanadi va e'tiborga tushadi. Tasdiqlangan telefon raqamini o'zgartirishning esa umuman ilojisi yo'q. Axir, mijoz pulni chiqarishdagi tasdiqlash kodlarini aynan shaxsiy telefon raqamiga oladi. 

Albatta, brokerlar mijozning xavfsizligi uchun uning hisobidan mablag'larni, to'ldirish amalga oshirilgan paytda qo'llanilgan tizimlardan tashqari boshqa tizimlarga o'tkazmaydilar. Ammo ba'zi hollarda firibgarlar, parollar keltirilgan xatlar, shaxsiy ma'lumotlar va kimgadir yuborilgan hujjatlar nusxalari saqlanadigan pochtaga kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bunday ma'lumotlarga kirish huquqini qo'lga kiritgandan so'ng, firibgarlar brokerni qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishadi va savdo hisoblari to'ldirilgan hamyonning o'g'irlanganligini va pul mablag'larini yangi hamyonga chiqarib olish zarurligini aytishadi. Bunday holda, qo'llab-quvvatlash xizmati profilni ochgan mijozning barcha hujjatlarini so'raydi, profilni ro'yxatdan o'tkazishda ko'rsatilgan telefonga qo'ng'iroq qiladi.

Tabiiyki, aksariyat hollarda broker jamoasi haqiqatning tagiga yetadi. Ammo agar siz telefoningizni ko'rsatmagan bo'lsangiz va siz bilan faqat o'g'irlangan pochta orqali bog'lanish mumkin bo'lsa, u holda nima bo'ladi? Bunday hollarda, broker qo'shimcha ma'lumot paydo bo'lishini kutib, taym-aut oladi. Agarda xakerlik haqiqatan ham sodir bo'lgan bo'lsa, bu holda hisobni to'ldirishda ishlatilgan hamyonga kirish imkoni yo'qotilganligi haqidagi hikoya iftiro qilingan, va tez orada hisobning haqiqiy egasi paydo bo'ladi - firibgar tomonidan o'zgartirilgan profiliga kirish huquqini tiklash maqsadida. Ammo vaziyat baribir yoqimlilaridan emas deb aytish mumkin.

Xulosa qilib aytganda:

  • Forex hisobini ro'yxatdan o'tkazishda haqiqiy ma'lumotlaringizni ko'rsating;
  • Telefoningizni, ismingizni, manzilingizni verifikatsiyadan o'tkazing;
  • Hujjatlaringiz nusxalarini elektron pochtangizda saqlamang. Shaxsiy ma'lumotlaringiz keltirilgan chiqish xatlarini o'z vaqtida o'chirib tashlang.

Elektron pochtani himoya qilish

Elektron pochta — bu treyderning men yuqorida aytib o'tgan sabablarga ko'ra himoyalashni talab etuvchi instrumentlaridan biridir.

Hisobga noqonuniy kirish odatda uni spamerlarga qayta sotish uchun amalga oshiriladi. Bundan tashqari, pochtani buzib kirish, qutiga bog'langan barcha turdagi hisoblarni buzish bilan bog'liq bo'ladi.

Elektron pochta xavfsizligini ta'minlash uchun birinchi yodda tutish kerak bo'lgan narsa — bu murakkab parolni o'ylab topishdir.  Eng yaxshisi, agar bu # / @ kabi maxsus belgilarni o'z ichiga olgan tasodifiy so'zlardan tashkil topgan ibora bo'lsa. Parollarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish - bu xakerlikning oldini olishda yaxshi himoya bo'ladi.

Asosiysi, murakkab parolni o'zingiz eslab qoling. Tez unutib qo'yadigan insonlar uchun maxsus parollarni saqlash dasturlari mavjud. Biroq, nojo'ya harakatlardan himoyalanish uchun savdo hisoblari va mijozlar kabinetlaridan parollar keltirilgan xatlarni pochtangizda saqlamang. Kirish uchun ma'lumotlarni darhol parollarni saqlash dasturiga yozib qo'ying, xatning o'zini esa o'chirib tashlang.

Parollar menedjeri

Endi parol menejerlari haqida gapiramiz - bu parollarni shifrlangan holda saqlaydigan va kuchli parolni topishga yordam beradigan dastur.

Eng mashhur uchta dastur:

  1. Dasturlardan bepul foydalanishni afzal ko'radiganlar uchun KeePass dasturi to'g'ri keladi. Windows, OS X, Linux, iOS, Android va Windows Phone uchun versiyalari mavjud. Shaxsan menga ushbu dastur eng ko'p yoqadi, parollar bazasini shu jumladan USB flesh-diskida ham saqlash mumkin va ularni KeePass o'rnatilgan har qanday kompyuterdan ishga tushirish mumkin. Shu bilan birga, ma'lumotlar bazasi ichida papkalar bo'yicha saralash imkoniyati mavjud, shunda bir talay loginlarni boshqarish osonroq bo'ladi. 

    Dasturni o'rnatgandan so'ng, parollarning yangi ma'lumotlar bazasini yaratishingiz, uni o'zingiz uchun qulay nomlashingiz va ushbu ma'lumotlar bazasiga kirish uchun Master Parol yaratishingiz kerak bo'ladi. Menimcha, o'nlab parollardan ko'ra bitta murakkab parolni eslab qolish yaxshiroq. So'ngra, ichkariga kirib, o'zingizga kerakli papkalarni yaratasiz va ularga kirish ma'lumotlarini joylashtirasiz.

    LiteFinance: Parollar menedjeri

  2. LastPass parollar menejeri foydalanishning uchta turini taqdim etadi:
    • Free — bepul;
    • Premium — oyiga $2;
    • Families — oyiga $4.

    Obuna qanchalik qimmat bo'lsa, shunga mos ravishda unda ko'proq imkoniyatlar mavjud.

  3. Dashlane — bu o'zining interfeysi, soddaligi, shuningdek, turli saytlar uchun bir nechta parollarni, ikki-uch amalda almashtirish imkoniyati bilan ajralib turuvchi menedjerdir.

Oraliq xulosalar

Ishlab topgan mablag'laringizni o'g'irlash urinishlarining oldini olish uchun ushbu qoidalarga amal qiling:

  • verifikatsiya o'tishdan qo'rqmang;
  • begona odamlarning kompyuterlarida hisoblaringiz parollarini kiritmang;
  • murakkab paroldan foydalaning;
  • identifikatsion va shaxsiy ma'lumotlaringizni pochtada saqlamang;
  • terminalni qarovsiz qoldirmang;
  • parollarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turing;
  • kompyuteringizga ishonchli antivirus o'rnating;
  • parol menejerlaridan foydalaning.

Foreksda ishlash - juda asabga teguvchi va energiya talab qiluvchi faoliyatdir, ishonchli himoya esa keraksiz xavotirlardan qochish uchun yaxshi sabab bo'ladi. Shu sababdan, xavfsizlik uchun vaqtni ham, pulni ham ayamasligingiz kerak — bir kun kelib bu albatta o'z samarasini beradi.

Foreksdagi firibgarlik turlari

So'nggi yillarda Internet orqali firibgarlik tobora kuchayib bormoqda. Mijozlarning mablag'larini o'g'irlash uchun broker nomidan foydalanish holatlari paydo bo'lgan. Bu erda men firibgarlikning asosiy variantlarini tasvirlab beraman.

Shuni ta'kidlashni istardimki, ushbu variantlarning aksariyati moliyaga oid har qanday sohada qo'llaniladi. Moliyaviy onlayn oqim xavfsizligi bo'yicha bilimingizni oshirish uchun ularni diqqat bilan o'rganib chiqing.

1-variant. Firibgarlar soxta saytdan foydalanadilar

Firibgarlar veb-sayt manzilida broker nomi yoki uning bir qismidan foydalangan holda, domenni ro'yxatdan o'tkazadilar.

Bundan so'ng ular dizayn va kontentni ko'chirishadi, va foydalanuvchi bunday saytga tashrif buyurganida uni rasmiy sayt bilan vizual ravishda adashtirib yuborishi mumkin.

Bunday saytda soxta kirish shakli mavjud bo'lib, unda beparvo foydalanuvchi Mijoz kabinetidan login va parolni kiritadi. Bundan tashqari, soxta ro'yxatdan o'tish shakli mavjud, bu yerda foydalanuvchi o'zining shaxsiy va to'lov ma'lumotlarini haqiqiy kompaniyaga emas, firibgarlarga qoldiradi.

Shuningdek, mijoz haqiqiy broker veb-saytidagi hisobni to'ldirayapman degan hayolda, soxta sayt orqali firibgarlarga pul o'tkazishi mumkin.

Ko'pincha bank mijozlari ham fishing saytlarining qurboniga aylanishadi, firibgarlar xuddi shu tarzda onlayn-bankka kirish shakllarini soxtalashtiradilar.

Bundan maqsad nima?

Bunday saytlarning maqsadi bitta - fishing. Firibgarlar shaxsiy kabinetlarga kirish va u yerdan o'zlarinig hamyonlariga mablag' yechib olish uchun brokerning mavjud mijozlar bazasi ma'lumotlarini o'g'irlashga harakat qilishadi.

Shuningdek, soxta saytda ro'yxatdan o'tishga harakat qilayotgan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari va kredit karta ma'lumotlarini to'plashadi. Agar mijoz sayt soxta ekanligini sezmasa, u soxta to'ldirish yoki yechib olish shaklini to'ldirishda, kredit kartasining to'liq ma'lumotlarini, shu jumladan CVC kodini qoldiradi, bu esa firibgarlarga pulni to'g'ridan-to'g'ri bank kartasidan o'g'irlash imkoniyatini beradi.

Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin

Har doim qaysi domenga kirganingizni tekshiring, ayniqsa havolani Telegram-kanallari yoki chatlardan olgan bo'lsangiz. Agar siz broker mijozi bo'lsangiz, sayt bo'yicha navigatsiyaga e'tibor bering. Ko'pincha firibgarlar barcha sahifalarni nusxalashmaydi, balki asosiy sahifalar bilan cheklanadi. Kirish shakli qanday ko'rinishiga e'tibor bering.

To'g'ri domenga kirishning eng oson usuli-qidiruv tizimiga broker nomini kiritish. Haqiqiy sayt ro'yxatning boshida bo'ladi.

Veb-sayt va brokeringizning kabinetini brauzeringiz vkladkalarida saqlaganingiz to'g'ri bo'ladi.

Shuningdek, siz domen ma'lumotlarini "who.is" saytida tekshirishingiz mumkin. Odatda, soxta saytlarda faqat ro'yxatdan o'tgan sanani va domen registratori ma'lumotlarini ko'rasiz. Sayt egasi haqida ma'lumot yo'q bo'ladi. Sana har doim nisbatan yangi bo'ladi, chunki bunday saytlar uzoqqa bormaydi. Kompaniyalar o'z mijozlarini himoya qilish uchun firibgarlarga qarshi kurash olib boradilar, ammo turli yurisdiktsiyalar tufayli hujjat ishlari bir necha yilga cho'zilishi mumkin.

Quyida haqiqiy broker veb-sayti bo'yicha ko'chirmaga misol keltirilgan:

LiteFinance: Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin

Bu yerda siz sayt egasi haqida haqiqiy ma'lumotlarni va domen yaratilgan sanani ko'rishingiz. Bu holda domen 15 yildan ko'proq vaqt avval ro'yxatdan o'tganligini ko'rishimiz mumkin.

Bu esa firibgar-qalbaki veb-sayt haqida ma'lumot keltirilgan skrin:

LiteFinance: Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin

Mutlaqo yangi ro'yxatdan o'tganlik sanasi va sayt egasi haqida umuman ma'lumot yo'q, faqat domen registratori ma'lumotlari.

Qanday himoyalanish mumkin?

Broker platformasida ro'yxatdan o'tish paytida, har doim telefoningizni verifikatsiyadan o'tkazing. Mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati, sukut bo'yicha ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan telefonni to'g'ri va egasiga tegishli deb taxmin qiladi. LiteFinance brokeri platformasida verifikatsiyadan o'tgan telefon raqamini o'zgartira olmaysiz.

Nima uchun telefon raqamingizni verifikatsiya qilish juda muhim? Keling, misolda tahlil qilamiz:

Agar shaxsiy hisobigiz login va paroli firibgarlarning qo'liga tushsa, ular quyidagi muammoga duch kelishadi: pul mablag'larini yechib olish faqat to'ldirish paytida ishlatilgan hamyonda amalga oshiriladi. Haqiqiy mijoz biron sababga ko'ra eski hamyonga kirish huquqini yo'qotgan holatlar mavjud. Bu holda, yangi hamyonni hisobga bog'lash uchun, mijozning verifikatsiyalangan telefon raqamiga brokerning qo'llab-quvvatlash xizmatidan qo'ng'iroq qilinadi.

Pulni yechib olish uchun ariza berishga , siz telefoningizga pulni tasdiqlovchi kod bilan SMS-xabar olasiz. Va yuqorida aytib o'tganimdek, firibgarlar tasdiqlangan telefonni o'zgartira olmaydi.

Foydalanuvchi nomi va parol noto'g'ri qo'llarga tushib qolgan bo'lsa ham, uchinchi tomon kabinetingizga kirishni oldini olish uchun ikki faktorli autentifikatsiyani o'rnatganingizga ishonch hosil qiling.

E'tibor bering, hisobni to'ldirish faqagina brokerning Shaxsiy Kabinetida ko'rsatilgan bank tafsilotlari bo'yicha amalga oshiriladi.

2-variant. Ular o'zlarini qo'llab-quvvatlash xizmati sifatida tanishtiradi va ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifalar yaratadi

Aksariyat mijozlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki messenjerlarda muloqot qilishga odatlangan. Brokerning veb-saytida ko'rsatilgan Live Chat, telefon yoki elektron pochta kabi rasmiy aloqa vositalariga murojaat qilish o'rniga, ular kompaniya nomini shunchaki Facebook yoki Telegramdan qidiradilar.

Albatta, har bir brokerning o'z guruhi bor. Ammo Facebook qidiruvida siz o'nlab turli guruhlarni topasiz. Ulardan ba'zilari brokerning rasmiy guruhlari, ba'zilari hamkorlarga tegishli, ba'zilari esa go'yoki rasmiy kabi ko'rinuvchi soxta guruhlardir. Aynan shunday guruhlarda broker mijozlari firibgarlarga uchraydilar. Biron bir sababni vaj qilib, ular mijoz kabinetining logini va parolini so'rashadilar.

Ba'zan firibgarlar umuman "vabank" o'ynaydi — ijtimoiy tarmoq yoki messenjerdagi muloqotda pul chiqarishni to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirishni taklif qiladilar. Pul chiqarish bo'yicha har qanday savolga javoban ular go'yoki "chiqarishni qayta ishlash" maqsadida, karta ma'lumotlarini, hatto SMS kod kabilarni, so'rashlari mumkin. Albatta, rasmiy qo'llab-quvvatlash xizmati bunday qilmaydi.

Bu yerda ham maqsad bir xil - mablag'larni O'g'irlashga urinish uchun mijozning shaxsiy va to'lov ma'lumotlarini to'plash.

Bundan tashqari, ko'pincha bunday sahifalardan firibgarlar broker platformasidagi hisobni to'ldirishni taklif qilishadi, yuqori bonuslar bilan qiziqtirishadi yoki katta daromad va'da qilishadi. Ular o'zlarining bank rekvizitlarini beradilar, jabrlanuvchi pulni brokerning hisobiga emas, balki to'g'ridan-to'g'ri firibgarlarning qo'liga o'tkazadi.

Qanday himoyalanish mumkin

Birinchidan, barcha hisob to'ldirishlar va mablag'larni chiqarish faqat mijozning shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilishini aniq tushunib yetish zarur.

Qolganida esa, himoyalanish usullari oldingi variant bilan to'liq mos keladi: broker platformasida telefon raqamingizni tasdiqlang va hech kimga karta ma'lumotlaringizni, shuningdek, login va parolingizni bermang.

Agar firibgarlar sizning kabinetingizni buzib kirsa va mablag'larni boshqa hamyonga chiqarishga urinsa, pulni yechib olish uchun tasdiqlash kodi darhol sizning tasdiqlangan telefon raqamingizga keladi va shunda siz shubhali faoliyatni sezishingiz mumkin.

E'tibor bering, hisobni to'ldirish FAQAT brokerning Shaxsiy Kabinetida, u yerda ko'rsatilgan rekvizitlar bo'yicha amalga oshiriladi.

3-variant: Pochta orqali yozishadi yoki qo'llab-quvvatlash xizmati sifatida o'zlarini tanishtirib, telefon orqali qo'ng'iroq qilishadi

Bu yerda voqea hammaga tanish bo'lgan "bank xavfsizlik xizmati" kabi rivojlanishi mumkin. Pul mablag'larini chiqarishda yordam berishni vaj qilib, firibgarlar login va parolni olishga harakat qilishadi yoki savdoda yordam berish uchun smartfoningizga biron bir dastur yoki maslahatchi o'rnatishni taklif qilishadi. 

Odatda, bunday dasturlar niqobi ostida, ishonuvchan foydalanuvchilar masofadan kirish imkonini beruvchi TeamViewer yoki Microsoft Remote Desktop kabi dasturlarni o'rnatadilar. Bu zararli virusni tashuvchi dastur ham bo'lishi mumkin. 

Shuningdek, firibgarlar mijozni telefon orqali depozitga aldashlari mumkin, shunda jabrlanuvchi pulni brokerning hisobiga emas, balki firibgarlarning hisobiga yuborilishi uchun soxta hisobni taqdim etadilar.

Qanday himoyalanish mumkin

Shunchaki oddiy qoidalarni eslab qolish lozim. Brokerning qo‘llab-quvvatlash xizmati mijoz tomonidan so‘rov kelmasdan, unga qo'ng'iroq qilmaydi.

Haqiqiy qo'llab-quvvatlash xizmati hech qachon foydalanuvchini verifikatsiya qilish uchun hisob parolini yoki bank kartasi ma'lumotlarini so'ramaydi. Agar telefon raqami tasdiqlanmagan bo'lsa, sizni mijoz sifatida identifikatsiya qilish uchun, mijozlarga xizmat ko'rsatish jamoasi ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilgan quyidagi ma'lumotlarni so'rashi mumkin: tug'ilgan sana, elektron pochta, to'liq ism, savdo hisob raqamlari, hamyon raqami, kartaning birinchi 6 va oxirgi 4 raqamlari. Lekin parollar yoki CVC kodlari emas!

Mijozlar bo'limi sizga qo'ng'iroq qilmaydi va agar siz o'zingiz so'ramasangiz, biron bir dasturni o'rnatishni taklif qilmaydi. Brokerning rasmiy ilovalariga barcha havolalar har doim uning veb-saytida joylashtirilgan bo'ladi.

E'tibor bering, hisobni to'ldirish FAQAT brokerning shaxsiy hisobida, u yerda ko'rsatilgan rekvizitlar bo'yicha amalga oshiriladi.

4-variant: broker mijoziga "yordam berish" saytlari

Ular sharhlar keltirilgan soxta sayt yaratadilar va savdoda pulini yo'qotgan mijozga pulni qaytarishda, brokerni sudga berishda yordam taklif qilishadi. Albatta, muayyan haq evaziga. Odatda, emotsional impuls ostida bo'lgan kishi, omonatni tiklashga intilib, pulni firibgarlarga beradi, ular, tabiiyki, hech narsa qilmaydi. Bunday saytlarning maqsadi shunchaki mavjud bo'lmagan xizmatlar uchun pul olishdir.

Ushbu turdagi firibgar tashkilotlar butun boshli saytlar yaratadilar va ularni "*brokerning ismi* firibgarlar" yoki "*brokerning ismi* pullarni qaytarish" kabi maxsus qidiruv so'zlari orqali targ'ib qiladilar.

Qanday himoyalanish mumkin

Birinchidan, savdo uchun brokerni tanlash masalasiga mas'uliyat bilan yondashish kerak. Agar bahsli vaziyat yuzaga kelsa, oddiy broker har doim mijozga yordam qo'lini cho'zadi. Agar siz yuqori xavfli savdo va o'zingizning aybingiz tufayli depozitingizni yo'qotgan bo'lsangiz, unda hech qanday sehrli va'dalar sizga mablag'larni qaytarib berolmaydi, chunki bitimlar boshqa  - qarama-qarshi bitimlar bilan yopilgan bo'ladi. Agar sizning brokeringiz kelishuvni va savdo hisoblariga xizmat ko'rsatish shartlarini buzgan bo'lsa, mening hamkasbim ushbu maqolada batafsil aytib o'tgan rasmiy xizmatlarga murojaat qiling.

E'tibor bering, hisobni to'ldirish FAQAT brokerning Shaxsiy Kabinetida, u yerda ko'rsatilgan rekvizitlar bo'yicha amalga oshiriladi.

Forex brokerining kabineti bilan ishlashning asosiy xavfsizlik qoidalari

Keling, yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtiramiz va mijoz profilingiz va mablag'laringizni himoya qilishga yordam beradigan asosiy fikrlarni sanab o'tamiz:

  • Har doim broker profilida haqiqiy ma'lumotlaringizni ko'rsating va to'liq verifikatsiyadan o'ting. Zarur minimum - bu telefon raqami va pochta manzili verifikatsiyasi. 
  • Murakkab parollarni o'rnating, ularni maxsus dasturlarda shifrlangan shaklda saqlang.
  • Kompyuteringizga va telefoningizga antivirus o'rnating. 
  • Hech qachon sizga elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlar orqali yuborilgan rekvizitlar bo'yicha pul yubormang. Hisobni faqat brokerning Mijoz Kabineti orqali to'ldiring.
  • Brokerning Kabinetiga kirishda har doim domenga e'tibor bering.
  • Agar buning uchun texnik imkoniyat mavjud bo'lsa, ikki faktorli autentifikatsiyani sozlang.
  • Pul chiqarish bo'yicha tasdiqlash kodlarini telefoningizga oladigan qilib sozlang. 
  • Hech qachon broker Kabineti yoki savdo hisoblaringizdan parollarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali hech kimsaga ulashmang. Rasmiy qo'llab-quvvatlash xizmati hech qachon sizning kabinrtingiz yoki hisobingizdan parol so'ramaydi.
  • Yodda tuting, kompaniya tomonidan barcha qo'ng'iroqlar, odatda mijoz tomonidan so'ralgandagina amalga oshiriladi. 
  • Siz bilan muloqot qilayotganlarni tekshiring. Qo'llab-quvvatlash ximati faqat siz ko'rsatgan telefon raqami, elektron pochta va brokerning LiveChat kabi rasmiy aloqa kanallari orqali faoliyat yuritadi. 
  • Mijozlarni qo'llab-quvvatlash jamoasi hech qachon ijtimoiy tarmoqlarda yoki messenjerlarda mijozlar bilan aloqa qilmaydi. Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda soxta rasmiy sahifa niqobi ostida yashirinishi mumkin. Ehtiyot bo'ling.
  • Shuni esda tutingki, mablag'larni yechib olish va to'ldirish har doim faqat brokerning idorasi orqali amalga oshiriladi. Rasmiy qo'llab-quvvatlash xizmati hech qachon kartangizning to'liq ma'lumotlarini, robotga CVC kodini aytib berishni so'ramaydi.
  • Brokerning qo'llab-quvvatlash xizmati hech qachon masofadan kirish uchun TeamViewer yoki Microsoft Remote Desktop kabi dasturlarni o'rnatishni so'ramaydi.

Forexda ishlash bo'yicha barcha xavfsizlik qoidalari, sizning onlayn bank xizmatidan foydalanishda rioya qilishingiz kerak bo'lgan qoidalarga mos keladi va sog'lom tafakkur asosida amalga oshirilishi kerak.

Agar maqolaga oid savollaringiz yoki qo'shimchalaringiz bo'lsa, uni izohlarda muhokama qilishni taklif etaman.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

Forex xavfsizligi va verifikatsiya. Savdo hisobini qanday himoyalash mumkin?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat