Aziz do’stlar!

Bugun biz valyuta bozorida savdo qilishda bitimlarni xedjirlash haqida gaplashamiz. Bu savdo jarayonida yuzaga keladigan riskrlarni oldini olishning bir usulidir. Ba'zi treyderlar ushbu usul g'oyasini optimallashtirib, uni savdo strategiyasiga aylantirishga muvaffaq bo'lishdi.

Ko'pgina treyderlar ushbu risklarni oldini olish usulining barcha afzalliklarini faqat kapitalni himoya qilishning eng oddiy sxemalari ishlamay qolgandan keyingina anglab yetadilar. Shu sababdan, men katta yo'qotishlarga duch kelmasingizdan, depozitni himoya qilishning barcha afzalliklarini baholashingiz uchun xedjirlash strategiyalari haqida tushunarli tarzda aytib berishga qaror qildim.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


LiteFinance:

Foreksda xedjirlashning tavsifi va uning ishlash printsipi haqida tushuncha

Ko'pincha, bu atama "risklarni xedjirlash" kabi shaklda ishlatiladi va ko'p jihatdan Foreksda risklarni diversifikatsiya qilish tushunchasiga o'xshab ko'rinishi mumkin. Biroq, xulosa chiqarishga shoshilmang – tushunchalarning maqsadlari bir xil, ammo ularga erishish usullari boshqacha.

Foreksda xedjirlash - bu valyuta kursining salbiy o'zgarishi bilan bog'liq yo'qotishli bitimlardan himoyalanish usulidir.

Ushbu terminga ma'nosi eng yaqin bo'lgan tushuncha - bu SUG'URTA tushunchasidir.

Risklarni xedjirlash deb, savdo aktivlari narxidagi mumkin bo'lgan salbiy o'zgarishlardan oldindan himoyalanish nazarda tutiladi. Ushbu usul sizga valyuta bozori va boshqa bozorlarda savdo qilish bilan bog'liq noxush kutilmagan hodisalardan himoyalanish imkonini beradi.

Buning uchun treyderlar ko'pincha o'zaro bog'liq bo'lgan valyuta juftliklaridan foydalanadilar, ya'ni narxlari deyarli bir xil yo'nalishda teng harakatlanayotgan juftliklar.

To'g'ri korrelyatsiyaga ega bo'lgan juftliklardan tashqari, teskari korrelyatsiyaga ega bo'lgan juftliklardan ham foydalanish mumkin, ya'ni narxlari bir xil tempda, ammo qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanadigan juftliklar. Bunday holda, ikkita uzun yoki ikkita qisqa pozitsiya ochiladi. Korrelyatsiya haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin.

Xedjirlash bir xil risk darajasidagi “long” va “short” pozitsiyalarni ochish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda, pozitsiyalar bitta aktiv bo'yicha ham, ikkita har xil aktiv bo'yicha ham ochilishi mumkin. Turli xil instrumentlar bo'yicha bitimlarni ochishda, aktivlar bir-biri bilan iloji boricha kuchli korrelyatsiyada bo'lishi muhimdir.

Atamalar bo'yicha izoh:

Uzun pozitsiya (long pozitsiyasi) — xarid qilish;

Qisqa pozitsiya (short pozitsiyasi) — sotish.

Xedjirlashning yana bir turi - bu o'zaro qarama-qarshi korrelyatsiyaga ega bo'lgan ikkita aktivni sotib olish bo'yicha "long" pozitsiyasini ochish.

Masalan, EURUSD va USDCHF valyuta juftliklari kuchli salbiy korrelyatsiyaga ega. Ya'ni, birinchi juftlik kursining o'sishi bilan ikkinchisi bo'yicha teng hajmdagi pasayish kuzatiladi. Ushbu ikki valyuta juftligi misolida Foreks bitimlarini xedjirlash quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

  • EURUSD juftligi bo’yicha uzun pozitsiyani ochish;

  • USDCHF juftligi bo’yicha uzun pozitsiyani ochish.

Bu holda, bir xil bitimlar hajmi faqat klassik yoki to'liq xedjirlashda talab qilinadi, Shuningdek, risklarni qisman xedjirlash ham ommalashgan bo'lib, bu uslub risklarning faqat asosiy qismini qoplashni nazarda tutadi. Bu usul tendentsiya shakllanishining yetarli darajadagi kuchli signallari kuzatilgan hollarda qo'llaniladi.

Misol uchun, agar siz EURUSD bozori o'sishiga ishonchingiz komil bo'lsa, unda kichikroq hajmdagi USDCHF pozitsiyasini ochish to'liq xedjirlashdan ko'ra ko'proq foyda keltiradi. Bunday holda, salbiy natija bo'lgan taqdirda, siz yo'qotishlarning faqat bir qismini qoplay olasiz.

Xedjirlash qonuniymi?

Milliy darajada, bitimlarni xedjirlash va birja spekulyatsiyalari, har doim ham valyuta risklarini sug'urtalashning qonuniy vositalari deb hisoblanmaydi. Ajablanarlisi shundaki, hatto AQShda ham ba'zi xedjirlash operatsiyalari taqiqlangan.Ta'qiqlardan biri aynan Foreksda xedjirlash bilan bog'liqdir. AQShda bir xil valyuta juftligini bir xil yoki turli xil strayk narxlarida bir vaqtning o'zida sotib olish va sotish harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

Foreks pozitsiyalarini xedjirlash uchun kafolatli cheklov o'rnatish maqsadida, Amerikaning CFTC moliyaviy regulyatori, brokerlarni bir xil valyuta juftligini bir vaqtning o'zida xarid qilish va sotishni taqiqlovchi OCO (One Cancels Other) orderini o'z platformalariga kiritishga majbur qildi. Shuningdek, moliya komissiyasi treyderlardan o'zlarining ochiq pozitsiyalarini faqat ular ochilgan tartib bo'yicha yopishni talab qiluvchi FIFO qoidasini qo'lladi.

Bunday taqiqlarning asosiy sababi - bu tranzaksiya bo'yicha ikki barobar xarajatlar bilan bog'liq sust savdo natijalari hisoblanadi. Bu holat brokerlarning treyderlarga nisbatan ko'proq foyda olishiga olib keladi.

Xalqaro miqyosda Forex xedjirlash risklarni sug'urtalashning qonuniy vositasi hisoblanadi. Xususan, Yevropa ittifoqi, Osiyo va Avstraliyada savdo usullari va strategiyalarini tanlash erkinligi siyosati ustunlik qiladi. Bu mintaqalarda bir vaqtning o'zida bir turdagi valyuta juftligini xarid qilish va sotish bo'yicha hech qanday taqiqlar mavjud emas. Brokerlar moliyaviy hokimiyatning bunday siyosatini faol ravishda qo'llab-quvvatlaydilar, chunki bitimlarni xedjirlash usuli ularga odatdagi qisqa va uzun pozitsiyalar strategiyasiga nisbatan ikki barobar ko'proq spred olib keladi.

Forex bozorida risklarni xedjirlash qanday ishlaydi?

Xedjirlash nima ekanligini oddiy so'zlar bilan ifodalab berishga harakat qilamiz. O'z kapitalingizni xavf ostiga qo'ymaslik uchun, tez orada zarar olib kelishi mumkin bo'lgan bitimni yopish - bu eng oson yo'ldir. Hali zararsiz zonada bo'lganingizda osongina bozordan chiqib ketish mumkinligida, qo'shimcha xarid qilish yoki sotish avvaliga siz uchun ma'nosiz bo'lib tuyulishi mumkin. Biroq, ba'zi hollarda, qarama-qarshi pozitsiyalarni ochish, ularni odatdagidek yopib yuborishdan ko'ra qulayroq bo'lishi mumkin. Buni tushunish uchun EURUSD juftligi bo'yicha xedjirlashni misolda ko'rib chiqamiz.

LiteFinance: Forex bozorida risklarni xedjirlash qanday ishlaydi?

Dastlab treyder dollarning ichki qiymatiga asoslanib, juftlik narxining yuqoriga qarab tez o'sishda davom etishini prognoz qilgan deb faraz qilaylik. Xarid qilish bitimi(yashil chiziq)ni ochish yo'li bilan u narxning kutilayotgan o'sishidan foyda olmoqchi bo’ldii.

LiteFinance: Forex bozorida risklarni xedjirlash qanday ishlaydi?

Biroq, narxning keyingi pastga burilishi treyderning dastlabki prognozlarga bo'lgan ishonchini sindirdi. Ozroq foyda bilan uzun pozitsiyani yopish o'rniga, u ikkinchi pasayuvchi barning yopilishida teskari bitim (qizil chiziq) ochish yo'li bilan, risklarni minimallashtirdi.

LiteFinance: Forex bozorida risklarni xedjirlash qanday ishlaydi?

Bundan keyingi davrda, burilish uchun xoch shaklidagi signal paydo bo'lmagunicha, u qarama-qarshi bitimlar bilan hech narsa qilmaydi. Bozorda "buqa" trendi hukmronlik qila boshlagach, investor binafsha rangli chiziq darajasida qisqa pozitsiyani yopadi.

Olingan foyda riskni erkinroq boshqarishga imkon beradi, chunki narxlarning pasayishi davom etgan taqdirda, uning yordamida zararlarni qoplash mumkin. Shu sababdan, treyder aktivning narxi o'sa boshlashiga umid bog'lagan holda, bozorni xotirjamlik bilan kuzatib borishi mumkin.

LiteFinance: Forex bozorida risklarni xedjirlash qanday ishlaydi?

Investor taxmin qilganidek, o'sish davom etdi. Bir nechta ketma-ket uzun soyali barlar, yuksalish tendentsiyasining "flat" holatiga o'tganidan dalolat beradi. Ushbu holat kelishi bilanoq, treyder uzoq pozitsiyani bazaviy narxga nisbatan ancha yuqori bo'lgan narxda yopadi.

Investor ikkita bitimdan faktik ravishda ikki baravar foyda olishga muvaffaq bo'ldi. Salbiy stsenariy yuz bergan taqdirda, u xedjirlash orqali pul ishlay olmas edi. Biroq, yo'qotishlar ham minimal bo'lar edi. Aynan kichik risklar bilan katta foyda olish imkoniyati tufayli, tajribali treyderlar yo'qotishlarsiz zonada bozorni tark etmasdan amalga oshirish mumkin bo'lgan xedjirlash strategiyasini afzal ko'rishadi.

Xedj operatsiyasini asosiy bitimni ochish uchun qo' llanilgan ayni jadvalda bajarish shart emas. Qolaversa, ko'plab brokerlarda bu funktsiya umuman mavjud emas. Vaziyatni yuqori darajadagi teskari yoki to'g'ridan-to'g'ri korrelyatsiya ega bo'lgan savdo instrumentlaridan foydalanish orqali tuzatish mumkin. Turli xil savdo juftliklarining o'zaro bog'liqligi haqida bu yerda yozib o'tganman.

Forexda xedjirlash usullari

Xedjirlash voqealarning salbiy rivojlanishi taqdirida, zararning umumiy darajasini kamaytirishga imkon beradigan pozitsiyani ochishni anglatadi. Bunday vaziyatga misol sifatida, orasida o'zaro teskari korrelyatsiya mavjud bo'lgan GBPUSD va USDCHF valyuta juftliklarini bir vaqtning o'zida sotib olish operatsiyasini keltirish mumkin. Agar bitta valyuta juftligi bo'yicha trend, prognoz qilingan tomonga qarama-qarshi yo'nalishda harakatlana boshlasa, ikkinchi juftlik bo'yicha umumiy zararni qoplash uchun foyda yig'iladi. Bu holda, xedjirlash bir necha usul bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • ko'p yo'nalishda harakatlanuvchi valyuta juftliklarini sotib olish;

  • bir-biri bilan chambarchas korrelyatsiyada bo'lgan valyuta juftliklarini sotib olish va bir vaqtning o'zida sotish;

  • bir xil narxdagi bitta valyuta juftligi bo'yicha ko'p yo'nalishli bitimlarni ochish;

  • turli narxlardagi bitta valyuta juftligi bo'yicha ko'p yo'nalishli bitimlarni ochish.

Forex bozoridagi so'nggi ikkita variantni "qulflash(loklash)" deb ham atashadi. Loklangan pozitsiyalar yoki "qulf" haqida ko'proq ma'lumot olish va treyder bu holatga bexosdan kirib qolganda, undan qanday chiqish kerakligi haqida mening hamkasbim "Forexdagi Lok: Panatseyami yoki muvaffaqiyatsizlik?" maqolasida juda tushunarli tarzda aytib bergan.

Zararlarni cheklash orqali xedjirlash

Har bir savdo teminalida nafaqat "take profit" bo'yicha foydani fiksatsiya qilish, balki "stop loss" bo'yicha pozitsiyani majburiy yopish funksiyasi ham mavjud. Stop-loss komandasini qo'llash eng ko'p hollarda yangi boshlagan treyderlar uchun qiyin bo'lishi mumkin, chunki ular o’z kapitalining bir qismini yo'qotishlari mumkinligini qabul qila olmaydilar.

Valyuta birjasida yangi boshlaganlarning asosiy xatosi zararni qoplash umidida vaqtni cho'zib yuborish bilan bog'liq.

Shuning uchun, aktivni sotib olishdan avval, bozorni tahlil qilish va mumkin bo'lgan narx pasayishining maksimal darajasini aniqlash zarur. Agar u risk-menedjment qoidalarida keltirilgan raqamlardan oshadigan bo'lsa, operatsiyadan voz kechish lozim.

Agar vaziyat qulay bo'lib tuyulsa, ammo mumkin bo'lgan risk bozorga to'liq lot bilan kirishga imkon bermasa, bitim hajmini kamaytirishingiz mumkin. Turli strategiyalar "take profit" va "stop-loss" o'rtasidagi turli nisbatlarni o'z ichiga oladi, ammo potentsial "profit"ingiz, "loss"dan yuqori bo'lishi zarur. Shu bilan birga, spredni hajmini, sotib olish va sotish o'rtasidagi farqni ham hisobga olish lozim.

Foreks bitimlarini sug'urtalash to'satdan yuz berish xususiyatiga ega bo'lmasligi uchun atigi ikkita qoidani tadbiq etishingiz zarur:

  1. Stop-loss darajasini bozorga kirishdan oldin aniqlab olish.

  2. Hech qanday sharoitda stop-lossni joyidan siljitmaslik.

Bu yangi boshlagan treyderning yana bir muammosini – intizom darajasi pastligini yengishga imkon beradi. Tayyorgarliksiz joylashtirilgan va sizga zarar keltirgan order, keyingi safar vaziyatni yanada aniqroq tahlil qilishga majbur qiladi.

Juftliklar korrelyatsiyasi va bitimlarni xedjirlash

Korrelyatsiya deb turli xil valyuta juftliklarining grafikalari bir xil (ijobiy korrelyatsiya) yoki qarama-qarshi (salbiy korrelyatsiya) yo'nalishlarda o'xshash tezlikda harakatlanadigan hodisaga aytiladi.

Odatda, treyderlar o'z prognozlarini to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida valyuta juftliklarining o'zaro bog'liqligidan foydalanadilar.

Shuningdek, o'zaro bog'liq valyuta juftliklari yordamida siz bitimlaringizni xedjirlashingiz ham mumkin. Masalan, teskari korrelyatsiyada bo'lgan valyuta juftliklari bo'yicha ikkita bir xil pozitsiya ochishingiz mumkin.

Valyuta juftliklarining korrelyatsiya darajasini qo'lda hisoblash oson emas, shuning uchun treyderlar ushbu maqsadlar uchun maxsus indikatorlardan foydalanadilar. LiteFinance kompaniyasi turli xil savdo instrumentlari grafiklarining harakatlari bir-biriga mos kelishini ko'rsatib beradigan qulay korrelyatsiya kalkulyatorini ishlab chiqgan.

Keling, quyidagi kalkulyator yordamida EURUSD juftligi bo'yicha korrelyatsiyani birgalikda hisoblab ko'ramiz:

Natijada nimani ko'rib turibmiz? EURUSD uchun to'g'ri korrelyatsiyaga ega eng istiqbolli instrumentlar uchtaligiga quyidagilar kirdi: NZDUSD, EURJPY, AUDUSD, teskari korrelyatsiyaga egalar esa: USDDKK, USDCHF, USDSEK.

Valyuta juftliklarining o'zaro korrelyatsiyasi haqida ko'proq ma'lumotni va kalkulyatorning o'zini bu yerda topishingiz mumkin.

Foreks bitimlarini qanday xedjirlash kerak?

Klassik usul bo'yicha Foreks xedjirlashning misolini, birgina EURUSD valyuta juftligi doirasida ko'rib chiqamiz. 

LiteFinance: Foreks bitimlarini qanday xedjirlash kerak?

 EURUSD uzoq vaqt davomida buqa trendida bo'lgan vaziyatni ko'rib chiqaylik. Biz yo'nalishning burilishini prognoz qilamiz va sham patternlari ko'rinishidagi signallarni kutamiz.Grafikda ketma-ket ikkita pasayuvchi barni (yuqoridagi grafikda ko’k oval bilan belgilangan) ko'rganimiz zahoti, "qulayotgan yulduz" patternini (qisqa tanali va tepasida uzun soyali sham) tasdig'i sifatida biz qizil gorizontal chiziq darajasida 1 lot o'lchamdagi qisqa pozitsiyani ochamiz, 1,13 atrofida:

LiteFinance: Foreks bitimlarini qanday xedjirlash kerak?

Keyinchalik, qisqa pozitsiyaga kirib bo'lganimizda, biz barqaror ayiq trendining o'rniga yonmacha harakat kuzatilayotganini ko'ramiz. Ayiq trendi bo'yicha qulashlarning deyarli barchasini qoplaydigan uzun ikkita to'liq tanali sham patterni shakllanganidan so'ng, EURUSD juftligining yuqoriga qarab harakatlanishi va buqa trendining davom etishi xavfi katta (vaziyat o'ng tomonda ikkinchi ko'k oval bilan belgilangan): LiteFinance: Foreks bitimlarini qanday xedjirlash kerak?

Riskni kamaytirish uchun birinchi pozitsiyaga qarama-qarshi bo'lgan, 1 lotga teng bir xil hajmdagi pozitsiyani ochamiz. Yuqoridagi grafikda EURUSD boyicha bitimni ochish narxi, yashil gorizontal chiziq bilan belgilangan, 1,134 atrofida.LiteFinance: Foreks bitimlarini qanday xedjirlash kerak?

Shu tarzda, ikki bitim bir-birini qoplaydi va bizning depozitimizni himoya qiladi. Biz kuchli noaniqlik sharoitida 400 punktga teng potentsial yo'qotish darajasini (qisqa va uzoq pozitsiyalarni ochish o'rtasidagi spred hajmi) muzlatishga muvaffaq bo'ldik.

Endi biz katta yo'qotishlardan qo'rqmasdan bozorni xotirjam kuzatishimiz mumkin. Agar narx hali ham pastga tushishda davom etsa, unda biz uzun pozitsiyani yopamiz va qisqa pozitsiyadan foyda olamiz. Agar buqa trendini davom ettirish uchun signallar paydo bo'lsa, unda qisqa pozitsiya yopiladi va uzun pozitsiyamiz foyda keltira boshlaydi.

Foreksda xedjirlash strategiyasini qo'llash misoli

Foreksda bitimlarini to'liq xedjirlashning yana bir misolini ko'rib chiqamiz, faqat bu safar biz qo'shimcha ravishda mumkin bo'lgan yo'qotishlarni va xedjdan chiqish natijasida olingan daromadlarni ham hisoblab chiqamiz.

LiteFinance: Foreksda xedjirlash strategiyasini qo'llash misoli

Yuqoridagi grafikning ko'k oval bilan belgilangan uchastkasida, narxning yaqin kelajakda ko'tarilishi to'g'risida qaror qabul qilamiz. Shuning uchun, shamni yopgandan so'ng, biz 1,08578 punkt (yashil chiziq) belgisida uzun pozitsiyani ochamiz.

LiteFinance: Foreksda xedjirlash strategiyasini qo'llash misoli

Keyin narx pastga tusha boshladi va 1,08180 darajasida qizil gorizontal chiziq bilan belgilangan eng yaqin tayanch darajasini kesib o'tdi. Demak, ayiq trendining davom etishi haqida yetarlicha ishonchli signal paydo bo'ldi.

Katta yo'qotishlardan sug'urtalanish uchun biz uzun ayiq shamini yopgandan so'ng, 1,08166 punkt darajasida bir xil hajmdagi qarama-qarshi pozitsiyani ochamiz. Ushbu ikkita qarama-qarshi pozitsiyalar orasidagi farq atigi 0,00412 punktni tashkil qiladi. Bu biz risklarni sug'urtalaganimiz hisobiga cheklashga muvaffaq bo'lgan zarar miqdoridir.

LiteFinance: Foreksda xedjirlash strategiyasini qo'llash misoli

Yuqoridagi grafikda ko'rinib turibdiki, Forex bitimi pozitsiyalarini to'liq xedjirlashni amalga oshirganimiz bekor ketmadi. Ushbu strategiya tufayli biz dastlabki pozitsiyamizga qarshi bozor harakatini katta yo'qotishlarsiz yengib o'tishga muvaffaq bo'ldik.

Biroz vaqt o'tgach, yana buqa tendensiyasi boshlanadi. Narx dastlabki pozitsiya narxidan ancha yuqori - 1.08852 punkt darajasida (grafikdagi qora chiziq) mahkam joylashib olganidan so'ng, biz qisqa pozitsiyani yopamiz va shu bilan qisqa pozitsiya bo'yicha 0.00686 punktda yo'qotish nuqtasini o'rnatamiz (qisqa pozitsiyaning ochilish darajasi - qisqa pozitsiyaning yopilish darajasi). Biroq, savdoning o'zi hali tugallanmadi, chunki bizda 1,08578 punkt darajasidagi uzun pozitsiyamiz qolgan.

LiteFinance: Foreksda xedjirlash strategiyasini qo'llash misoli

Ko'rib turganingizdek, keyinroq kuchli buqa impulsi paydo bo'ldi. Biz buqa trendiga amal qilamiz va "Qulayotgan yulduz" va ikkita tasdiqlovchi qizil sham (grafikda binafsha rang bilan belgilangan) shaklidagi burilish patternlaridan keyin o'z pozitsiyamizni yopamiz.Yopilish binafsha rangli chiziq darajasida, 1,09484 punktga teng narxda sodir bo'ldi. Shu tarzda, ochilgan "long" pozitsiyadan sof foyda, komissiyalarni hisobga olmagan holda 0,00906 punktni (1,09484 - 1,08578) tashkil etdi va butun savdodan tushgan umumiy foyda 0,00220 punktni (0,00906 – 0,00686) tashkil etdi. Ko'rib turganingizdek, risklarni sug'urtalash natijasida olingan daromad sezilarli darajada kamaydi, ammo biz salbiy ssenariy yuzaga kelgan taqdirda risklardan o'zimizni to'liq himoya qildik.

Forex strategiyalarida xedjirlash usullari

Forexda xedjirlash misolini ko'rib chiqdik, endi esa kapitalni himoya qilishning qanday usullari borligi haqida fikr yuritamiz. Keling, usullar qanday harakteristikalar bo'yicha tasniglanishini tahlil qilamiz:

Xedjirlash instrumentining turi

Turi bo'yicha birja va birjadan tashqari Forex xedjirlash mavjud. Birja xedjlari birjada kontragent ishtirokida ochiladi, Forex bozorida esa kontragent sifatida brokerlik kompaniyasi faoliyat ko'rsatadi. Birjadan tashqari bitimlar birjaning tashqarisida ochiladi. Ular bozorda aylanmaydilar va faqat bir marta qayd etiladi.

Kompensatsiya qilinadigan risk hajmi

Foreks xedjirlashning to'liq va qisman himoya qilish turlari mavjud. To'liq xedjirlash - butun risk hajmini qoplashni anglatadi, qisman xedjirlash esa - yo'qotishning faqatgina bir qismini qoplashni nazarda tutadi. Ikkinchisi kichik risklar mavjud bo'lgan hollarda qo'llaniladi.

Xaridor yoki sotuvchi

Narxlarni ko'tarilishiga yoki tushishiga pul tikkaningizga qarab, kapitalni himoya qilish sotib olish bo'yicha yoki sotish bo'yicha xedjirlash turlariga bo'linadi. Birinchi holda, kapital narxning mumkin bo'lgan o'sib ketishidan sug'urta qilinadi, ikkinchisida esa – pasayib ketishidan.

Aktiv turi

Foreksda savdo qilishda xedjirlash sof yoki o’zaro kesishuvchi bo'lishi mumkin. Sof xedjirlash - bir xil turdagi aktiv bo'yicha qarama-qarshi bitim tuzishni anglatadi. O’zaro kesishuvchi xedjirlashda esa, bitim bazaviy aktivdan farqli aktiv bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda, yangi aktiv bazaviy aktiv bilan korrelyatsiyada bo'lishi, ya'ni uning narxi bazaviy aktiv narxiga bog'liq bo'lishi kerak. Masalan, bazaviy aktivning narxi pasayganda, biz xedjirlash uchun foydalangan aktivning qiymati ham pasayadi yoki aksincha, tegishli ravishda ko'tariladi.

Asosiy bitimni tuzish vaqti

Ushbu parametrga ko'ra, Foreks bitimlarining klassik xedjirlash va oldindan xedjirlash turlarini ajratib ko'rsatish mumkin.

Birinchi holda, qarama-qarshi bitim asosiy (himoyalanayotgan) bitim ochilganidan so'ng darhol amalga oshiriladi. Klassik xedjirlashning misoli - asosiy bitimni qoplovchi opsionni sotib olish.

Ikkinchi holda esa, qarama-qarshi bitim fyucherslarni sotib olishda bo'lgani kabi, sug'urtalananayotgan bitimni qayd etishdan ancha avval amalga oshiriladi.

Foreksda xedjing strategiyasining turlari

Ta'riflangan xususiyatlarga qarab, xedjing strategiyalarining bir nechta turlari ajratiladi.

Ta'kidlab o'tmoqchiman!

  • Xedjlashda foyda yo'qotishlardan oshishi uchun tanlangan instrumentlar yuqori volatillik darajasiga ega bo'lishi kerak va bitimlar kun ichida amalga oshirilishi kerak.

  • Barcha xedjing turlari risk-menedjmentning asosiy qoidasiga asoslanadi - bitta bitimda depozitning 5% dan ko'prog'ini yo'qotish ta'qiqlanadi. Bundan tashqari, kuchli korrelyatsiyaga ega aktivlarga kapitalning 10% dan ko'prog'ini investitsiya qilish mumkin emas.

To’liq xedjirlash

Bir xil valyuta yoki aktivni sotish yoki sotib olish bo'yicha bir xil hajmdagi qarama-qarshi bitimlarni ochishni nazarda tutadi. Bu yo'l bilan treyder, o'z depozitini narxning kutilgan yo'nalishga qarama-qarshi bo'lgan tomonga harakatlanish xavfidan to'liq himoya qiladi.

Qisman xedjirlash

Narxning noqulay yo'nalish bo'yicha harakatlanishining potensial xavfi yuqori bo'lmagan hollarda, asosiy bitim faqatgina qisman qoplanishi mumkin. Bunday holda, potensial foyda oshadi va bir vaqtning o'zida, hedjirlovchi pozitsiyalarni ochish uchun harajatlar kamayadi. Ammo, risklar noto'g'ri baxolangan bo'lsa, treyder kutilmagan moliyaviy zararlarga duch kelishi mumkin.

Oldindan xedjirlash

Kelajakda aktivning yaxshiroq narxda sotilishiga ishongan holda, belgilangan narxda fyuchers shartnomasini sotib olishni nazarda tutadi.

O'zaro kesishuvchi Foreks xedjirlash

Ushbu usul bazaviy aktivdan farqli aktiv bo'yicha sug'urta bitimini tuzishni nazarda tutadi. Yuqorida aytib o'tganimdek, EURUSD va USDCHF juftliklari bo'yicha uzun pozitsiyalarni ochish o'zaro kesishuvchi turga misol bo'lishi mumkin.

Selektiv usul

Bu murakkab xedjirlash strategiyasi bo'lib, uni faqat tajribali treyderlar qo'llagani ma'qul.

Ushbu strategiya bazaviy aktiv bozorida va muddatli (sug'urta) bozorda, ham vaqt jihatidan, ham o'z hajmi bilan ajralib turadigan bitimlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Strategiyaning moslashuvchanligi sizga eng yaxshi proporsiyalarni tanlashga va shu bilan birga, bitimlarning rentabelligi va savdo risklari o'rtasidagi maqbul nisbatga erishishga imkon beradi.

Yaxshiroq tushuncha olish uchun kichik bir misolni tahlil qilamiz:

Aytaylik, treyder yil boshida 1000 ta aktsiya xarid qildi, uni uchinchi chorakda yuqoriroq narxda sotishni rejalashtirmoqda. Ikkinchi chorakda u 1500 ta aktsiyalarni sotish bo'yicha opsion ochadi. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar, treyderga yuqori ehtimollik bilan ikkala savdoni har xil vaqtda yopadigan bo'lsa, foyda olishga umid qilishga imkon beradi.

Sohalararo xedjirlash usuli

Bir segment aktivlarini, boshqa segment aktivlari yordamida sug'urtalashni nazarda tutadi. Masalan, EURUSD juftligi bo'yicha salbiy narx harakatlari, muayyan energiya resurslari narxlarining farqi bo'yicha shartnomalar (CFDlar) yordamida qoplanishi mumkin.

Xedj-treyderlar yuqorida tavsiflangan usullarning aksariyatidan turli xil instrumentlar va butun boshli strategiyalarni birlashtirgan holda foydalanadilar.

Men ushbu tizimlardan biri, ya'ni Forex grid va Forex Double Grid Strategy strategiyalari bo'yicha xedjirlangan grid-savdosi haqida o'z maqolamda to'xtalib o'tganman.

Endi esa kichik bir xulosa chiqarib, risklarni sug'urtalashning asosiy afzalliklari va kamchiliklari haqida qisqacha ma'lumot berish vaqti keldi.

Foreksda xedjirlashning afzalliklari

Foreksda xedjingni qo'llashning ko'plab ijobiy tomonlari mavjud. Keling, Foreks savdosida ushbu himoya usulining barcha afzalliklarini batafsil ko' rib chiqamiz:

1. Keng ko'lamli qo'llanilishi

Strategiyalar, instrumentlar va usullarning keng tanlovi tufayli, xedjing kichik, xususiy treyder yoki yirik investitsiya fondi tomonidan qo'llanilishi yoki hatto butun boshli davlatlarning iqtisodiy siyosatining bir qismi bo'lishi mumkin.

Xedjirlash deb milliy valyutaning qadrsizlanishi sababli mablag'larni yo'qotish xavfini minimallashtirish uchun, o'z jamg'armalarini oltin yoki boshqa davlatlar valyutasiga o'tkazayotgan oddiy fuqaroning moliyalarini tejash strategiyasini ham atash mumkin.

Birlashgan Arab Amirliklarida daromad manbalarini diversifikatsiya qilish va iqtisodiyotning uglevodorod savdosiga bog'liqligini kamaytirish maqsadida turizmni rivojlantirish bo'yicha maqsadli dastur ham, milliy miqyosdagi xedjirlash amaliyoti hisoblanadi: davlat shartli ravishda "Neft" sotadi va "Turizm"ni sotib oladi.

2.Yondashuvning moslashuvchanligi va universalligi

Ushbu punkt birinchisiga yaxshigina qo'shimcha hisoblanadi. Risklarni sug'urtalashning moslashuvchanligi yondashuvning mantiqan soddaligi, va shu bilan birga, har bir bitim uchun risklarni qoplash jarayonini universallashtiruvchi instrumentlarning keng to'plami yordamida ta'minlanadi. Shu tufayli xedjirlash kichik turlarga bo'linadi:

  • to'liq yoki qisman qoplash bilan,

  • an'anaviy yoki selektiv,

  • birjadan tashqari, birjadagi va aralash,

  • sof va o'zaro kesishuvchi,

  • oldindan xedjirlash va klassik xedjirlash.

3. Risklarni diversifikatsiya qilish

Bu har qanday investor uchun oltin qoida hisoblanadi. Diversifikatsiyaga selektiv va o'zaro kesishuvchi xedjirlashning shaxsiy namunasi sifatida qarash mumkin. Ushbu ta'rifning shiori: "Barcha tuxumlarni bitta savatga solma!” - degan gap bo'lishi mumkin. Ushbu jumlaning mantig'i sodda va tushunarli, ammo moliyaviy dunyoda ushbu qoidaga amal qilish oson ish emas.

Risklarni sug'urtalash tamoyillari investor uchun diversifikatsiya qilish vazifasini soddalashtiradi va ikkita asosiy instrumentariyni belgilaydi: bu aktivlarni segmentatsiyalanganligi va portfeldagi aktivlar narxlarining korrelyatsiyasi.

Segmentatsiyalanganlik deganda portfeldagi aktivlarning turli bozorlar, sohalar va egalik shakllariga mansubligi tushuniladi. Masalan, faqat bitta kriptovalyutadan iborat portfel, kriptovalyuta bilan birga aksiyalar ham joylashgan portfelga nisbatan kamroq segmentlangan hisoblanadi. U portfel esa, aytilgan instrumentlarga qo'shimcha sifatida obligatsiyalari ham bo'lgan portfelga nisbatan kamroq segmentlangan bo'ladi. Bu yerda mantiq tushunarli deb o'ylayman. Ushbu va LiteFinance blogidagi keltirilgan boshqa maqolalarda narxlarning korrelyatsiyasi haqida juda ko'p ma'lumot berilgan. Bu mavzuga nimadir qo'shimcha qilish ham qiyin.

4. Nafaqat risklarni cheklash, balki pul ishlash imkoniyati ham mavjud

Xedjirlash jarayonining asosiy vazifasi - bu risklardan himoya qilishdir. Shu nuqtai nazardan, uni ko'pincha stop-lossga o'xshatishadi, lekin bu juda katta xato. "Yo'qotilmagan mablag'larning barchasi - daromaddir" iborasi xedjirlashning eng maqbul shioriga aylanishi mumkin edi.

Biroq, ushbu usul haqida faol savdo strategiyasi sifatida gapirganimizda, profit tushunchasi chuqurroq ma'noga ega bo'la boshlaydi. Buning uchun, masalan, Grid-strategiyalarining muayyan turlari yaxshi imkoniyat ochib beradi. Ushbu usuldan foydalanib, siz hattoki to'liq "Flet" holatidagi bozorda ham pul ishlashingiz mumkin.

Institutsional investorlar tomonidan daromad olish uchun qo'llaniladigan risklarni sug'urtalashning yana bir elementi - bu Carry trade, ya'ni bir muayyan valyutada past foizlikredit olish va boshqa valyutada ko'proq daromad keltiruvchi depozitlarni ochishdir. Opsionlar va fyucherslar haqida ham unutmaslik kerak, ularning asosiy roli aynan risklarni sug'urtalashdan iborat. Ushbu instrumentlar spekulyantlarning sevimli vositasiga aylandi va xedjirlashning emas, balki faol savdo instrumenti sifatida mashhurlik qozondi.

5. Xedjirlash usulining dolzarbligi

Inqirozlar va iqtisodiy beqarorlik davrida risklarni sug'urtalash asoslarini tushunish va bu yerda muhokama qilinayotgan texnologiyani qo'llash ko'nikmalari o'zgacha qimmatli va dolzarb bo'lib qolmoqda. Ko'pgina savdo kompaniyalari, moliya tashkilotlari va hattoki Markaziy banklar, o'zlarining bozorlarda turbulentlik kuchaygan davrda barqaror ishlashni ta'minlab beruvchi risklarni sug'urtalash strategiyalariga ega.

Siz hatto o'ylab ko'rmagan bo'lishingiz mumkin, lekin biz xedjirlash jarayonlari haqida davomiy ravishda eshitamiz. Ommaviy axborot vositalarida, murakkab atamalarni o'rniga, "risklardan qochish", "sokin bandargoh", "yonayotgan pullar" kabi iboralar qo'llaniladi. Har doim yangiliklarda qandaydir yirik investitsiya fondlari aktsiyalarni sotib, ularni o'rniga oltin yoki davlat obligatsiyalarini sotib olganini eshitganimizda, ular shunchaki xavflarni sug'urtalayotganini tushunamiz. Biz - xususiy treyderlar ham, Foreksda savdo qilishda ushbu risklarni sug'urtalash strategiyalaridan foydalansak bo’lmaydimi?

Foreksda xedjirlashning kamchiliklari

Keling, amchiliklar haqida ham gapirib o'tamiz. Ular unchalik ko'p emas, lekin baribir mavjud:

1. Mablag'larni saqlab qolishni kafolatlamaydi

Xedjirlashni "stop-loss"ga alternativa bo'lishi mumkin deb o'ylash juda katta hato fikrdir. Aksariyat yangi boshlagan treyderlar aynan shunday fikrlaydilar va oxir-oqibat o'z depozitlarini batamom yo'qotadilar.

Shuni aniq tushunish kerakki, xedjing mablag'laringizni saqlab qolish yoki foyda keltirish kafolatini bermaydi. Bu faqat xavflarni kamaytirishga yordam beradigan yondashuv va xedjni qo'llash orqali ularni 100%ga yo'q qilishning imkoni yo'q.

2. Mablag'larni muzlatish

Ushbu jarayon katta miqdordagi bo'sh mablag'larni jalb qilishni talab qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, avvalgi pozitsiyani qoplaydigan yangi pozitsiyani ochish maqsadida, portfelimiz hajmini ikki baravar oshirganimizda qo'llaniladigan to'liq qamrovli xedjingga tegishli.

Ko'p hollarda, yo'qotishlarni oldini olish uchun, ochiq bitimlarda garov sifatida turganidan ko'ra ko'proq foyda keltirishi mumkin bo'lgan alternativ sarmoyalar mavjud.

3. Psixologik tuzoq

Savdoda xedjirlashni suiiste'mol qilish oqibatida, pozitsiyalarning aldamchi xavfsizlik va soxta yutqazmaslik hissi paydo bo'ladi. Treyder pozitsiyalarni loklashda, risk darajasini oshirishda va kredit yelkasi hajmini ko'tarishda chegarani bilmay qoladi. U stoplardan voz kechadi, chunki osongina "Lock"ga kirib, omadsiz pozitsiya davri tugashini kutib turish mumkin bo'lganda, yo'qotishlarni fikslashni nima keragi bor? Biroq, haqiqiy savdoda hammasi biroz murakkab. Bu mavzuni hamkasbim bu yerda batafsil yoritib bergan.

4. Qo'shimcha xarajatlar

Qo'shimcha xarajatlar bo'ladi, chunki risklarni qoplash uchun pozitsiyani ochishda, broker komissiyasini to'laysiz. Qolaversa, spred va svopni qoplash uchun qo'shimcha xarajatlarni ham hisobga olish kerak. Odatda, aynan yangi boshlagan treyderlar risklarni sug'urtalash strategiyalari bo'yicha savdo qilishda, ushbu xarajatlarni hisobga olishni unutadilar.

5. Yuqori kirish porogi

Ushbu tushuncha ostida men xedjingni shaxsiy maqsadlar uchun qo'llamoqchi bo'lgan treyder va investorning analitik qobiliyatlari va ekspertlik ko'nikmalariga bo'lgan yuqori talablarni tushunaman. Hatto maktab o'quvchisiga ham tushunarli bo'lgan elementar mantiqqa egaligiga qaramay, risklarni qoplash strategiyalari, o'rganish uchun yetarlicha jiddiy mavzu bo'lib, birinchi navbatda turli xil usul va uslublarning keng doirasi bilan bog'liq.

Nazariy tayyorgarlik ham, amaliy tajribasiz hech narsa emasligini hisobga olish kerak. Ko'pincha o'tkazilgan tajribalar yo'qotishlarga olib keladi, shu sababli tajriba mablag' talab qiladi. Bunga rozi bo'lmaganlar uchun ushbu kirish porogidan o'tish deyarli imkonsiz bo'ladi.

Xedjirlash orqali avtomatlashtirilgan savdo

Foreksda avtomatik savdo instrumentlari yoki robotlar yordamida xedjirlash, treyderga juda ko'p foyda va afzalliklar olib kelishi mumkin. Robotlar aktivning ichki qiymatini deyarli foydalanuvchining aralashuvisiz dastlabki darajada ushlab turadi. Va shu bilan ular treyderni ko'plab muntazam operatsiyalarni bajarish zaruriyatidan ozod qiladilar.

Avtomatlashtirilgan tizimlar bozorni intellektual tahlil qilish asosida sotib olish yoki sotish uchun qo'shimcha pozitsiyalarni ochadi. Robotlar riskni minimal xarajatlar bilan xedjirlashni ta'minlash uchun trendning rivojlanish ehtimolini, uning burilishini, potentsial kuchi va davomiyligini va boshqa ko'plab omillarni baholab beradilar.

Foreksda avtomatlashtirilgan xedjirlash savdogarlar va birja spekulyantlari tomonidan ham, yirik biznes tomonidan ham qo'llaniladi. Masalan, Deutsche bank bir necha yillardan beri "Maestro" risklarni intellektual xedjirlash dasturini o'z onlayn-bank tizimi faoliyatida sinab kelmoqda.

Dastur joriy savdolar to'g'risidagi ma'lumotlarni yuklash yoki qo'lda kiritish imkonini beradi, bozorni tahlil qiladi va valyuta bo'yicha riskni xedjirlash tartibini ishga tushiradi. Yechimning afzalliklaridan biri - bu moslashuvchan yondashuv. Foydalanuvchilar agregirlangan valyuta ekspozisiyalari bo'yicha statistikani ham, alohida bitimlar shaklidagi ma'lumotlarni ham yuklashlari mumkin.Ma'lumotlarning yangilanish chastotasiga ham cheklovlar yo'q. Foydalanuvchi Foreks bozoriga har kuni yoki har soat murojaat qilishi, yangi bitimlarni tizimga tushirishi va ularni dastur bazasiga qo'shishi mumkin.

Dasturning funktsionali balansni to'liq sug'urtalashga imkon beradi. Umumiy risk kreditorlik va debitorlik qarzlari nisbati, bank hisobidagi likvidlilik, shuningdek, Foreksdagi har qanday xedjing bitimlari haqidagi ma'lumotlar asosida hisoblab chiqiladi. Barcha pozitsiyalar ma'lumotlar bazasiga yuklangandan so'ng, dastur kerakli xedj korrektirovkasini hisoblab, bozorni tahlil qiladi.

Ilovada korrektirovka qilish - oddiy bitim bo'lib, u avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi tomonidan ko'rib chiqilganidan so'ng amalga oshirilishi mumkin, shuningdek kerak bo'lganda o'zgartirilishi mumkin.

"Maestro" ilovasi bazasida Foreks savdolarini avtomatik xedjirlashni joriy etish Deutsche bankning ko'plab mijoz kompaniyalari misolida yaxshi natijalarni ko'rsatdi. Biroq, avtomatlashtirilgan Foreks xedjingni amalda tadbiq etish uchun, kerakli vazifalarni bajaradigan softlarni sozlab bera oladigan mutaxassislarning ishtirok etishi talab etiladi.

Xedj-maslahatchilari yordamida avtotreydingni tadbiq etish haqida ham huddi shu narsalarni aytish mumkin. Savdodan barqaror foyda olish uchun, bu yerda sizga berilayotgan nazariyani yaxshi o'zlashtirishingiz va uni amalda qanday qo'llashni o'rganishingiz kerak.

Valyutani xedjirlash nima degani?

В

Valyutani xedjirlash - valyuta bo'yicha risklarni kamaytirish maqsadida sotish va sotib olish bo'yicha bitimlarni amalga oshirish. Ushbu moliyaviy manyovr sizga bozordagi narxlar o'zgarishining ta'sirini yo'qqa chiqarish, va qolaversa, savdoni belgilangan kurs bo'yicha valyuta almashinuvi jarayoniga o'xshash operatsiyaga aylantirish imkonini beradi.

Yaxshiroq tushunishingiz uchun, valyuta xedjingiga oddiy misol keltiraman. Aytaylik, siz kelajakda bozorning yanada o'sishini kutib, USDJPY juftligini sotib olmoqchisiz.Biroq, tez orada qisqa muddatli volatilikni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muhim yangiliklar chiqishi kerak. Agar depozitingiz kichik bo'lsa yoki kredit yelkasi katta bo'lsa, hatto moliya bozorlaridagi nisbatan kichik tebranishlar ham mavjud bo'lgan barcha mavjud kapitalingizni quritib qo'yishi mumkin.

Bunday hollarda risk haqida o'ylash kerak va zararni sug'urtalash uchun qarama-qarshi bitim ochish zarur. Bozorda past darajali volatillik qayta kuzatilganda, xedj-pozitsiyani yopishingiz va bundan so'ng bazaviy pozitsiyangizdan foyda olishingiz mumkin.

Albatta, amalda belgilangan narx bilan bitimni bajarish narxi o'rtasidagi nomuvofiqlik, bir vaqtning o'zida qarama-qarshi bitimlar ochishdagi broker komissiyalari va spredlar borligi sababli, siz oz miqdorda zarar ko'rasiz. Ammo, bu zararlarning hajmi, ehtimoliy risklarning hajmi bilan taqqoslaganda hech narsa emas.

To'g'ri yondashuv qilinganda, siz narxlarning volatilligida ham yutishingiz mumkin, ya'ni yuqoridagi misolda ko'rsatilganidek, bir vaqtning o'zida ikkala pozitsiyadan ham foyda olishingiz mumkin.

Keling, valyuta risklarining turlari va ulardan himoyalanish usullarini batafsil ko'rib chiqamiz. 

Valyuta risklarining, umumiy hisobda, to'rtta asosiy turlari mavjud:

Operatsion (ba'zan "konversion" deb ham ataladi) - foydalanilgan valyutalarning kursidagi salbiy o'zgarishlar tufayli foyda ololmaslik yoki eksport operatsiyalari natijasida yo'qotishlar yuzaga kelish xavfi. Operatsion risk darajasini eksportni cheklash, eksport qiluvchilar va import qiluvchilar uchun belgilangan narxlar va qimmatli qog'ozlarning maqbul darajasini aniqlash, mablag'larni olish va to'lash muddatlarini qisqartirish, xarajatlarni qoplash uchun tushumlar valyutasidan foydalanish orqali kamaytirish mumkin.

Hisob-kitob bo'yicha risk (translyatsion, balansoviy) (ingl. settlement risk) har xil davlatlar valyutalarida ifodalangan zarar va foyda o'rtasidagi nomuvofiqlikka asoslangan. Masalan, Amerika xalqaro kompaniyasining Germaniyada filiali bor. Shuning uchun, uning aktivlarining bir qismi yevroda ifodalangan. Agar kompaniya Amerikadagi aktivlari bilan teng miqdordagi passivlarga ega bo'lmasa, uning aktivlari valyuta riski bilan yuzlashadi. Yevro kursining tushishi bosh kompaniyaning Amerika dollarida ifodalangan balans qiymatining pasayib ketishiga olib keladi. Xuddi shu asnoda, passivlarning aktivlardan sezilarli darajada oshib ketishi, yevro kursi oshgan taqdirda yanada katta risklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, hisob-kitob bo'yicha risklardan himoyalanishning yagona usuli bu aktivlar va passivlar o'rtasidagi muvozanatni saqlab turishdir.

Iqtisodiy - valyuta kursidagi mumkin bo'lgan tebranishining kompaniya faoliyati bilan bog'liq har qanday jihatlarga salbiy ta'siri: tovar aylanmasi, ishlab chiqarish, talab, mahsulotning tannarxi, raqobatchilik muhitining keskinligi va boshqalar. Buning naijasida kompaniyaning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. iqtisodiy risklar, xarajatlarini faqat milliy valyutada amalga oshiradigan kompaniyalarga eng kam ta'sir o'tkazadi.

Yashirin risk yuqorida tavsiflanganlarning har qanday turga tegishli bo'lishi mumkin. Yolg'iz farq shundaki, u kompaniyaning iqtisodiy siyosatida hisobga olinmaydi, ya'ni yashirin kechadi. Masalan, kompaniyaning bir yoki bir nechta ta'minotchilari ishlab chiqarishda import qilingan resurslardan foydalanishlari mumkin, shu sababli valyuta kursining volatilligi natijasida yetkazib berilayotgan komponentlarning narxi keskin oshib ketishi mumkin.

Valyuta risklarini xedjirlash turlari

Instrumentlar quyidagilarga bo’linadi:

  • birjadagi (fyucherslar, svoplar va birja opsionlari);

  • birjadan tashqari (birjadan tashqari svoplar, birjadan tashqari opsionlar va forvard shartnomalari).

Birja instrumentlari yuqori likvidliligi, kredit risklarining pastligi va birja kliringini o'tkazish imkoniyati bilan ajralib turadi, ammo shu bilan birga har kuni marja kiritish zarurati, shuningdek bazaviy aktivning turi, yetkazib berish muddatlari va shartlari bo'yicha qat'iy cheklovlar bilan bog'liqdir.

Birjadan tashqari instrumentlar esa, aksincha, investorga aktivlar turiga va bitim shartlari bo'yicha qulay talablarni qo'yishga imkon beradi, ammo kontragentni izlashda qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lib, kredit risklarining yuqoriligi va past likvidliligi bilan ajralib turadi.

Fyucherslar

Fyuchers shartnomalari oldindan kelishilgan vaqtda va ma'lum bir narxda o'zaro sotib olish va sotish majburiyatini ta'minlaydi. Valyuta bozoridan tashqari, ular fond bozorlarida, aksiyalar bozorida va tovar bozorida faol qo'llaniladi.

Fyucherslarning bu qadar ommalashganligi, ularni deyarli har qanday mavjud bozorlarda qo'llash imkoniyati, standartlashtirish imkoniyati, shuningdek, dastlabki kapital qo'yilmalar yo'qligi tufayli minimal marja to'lovlari bilan bog'liqdir. Shuningdek, ular aksiyalar, tovarlar yoki valyuta kursining qiymati qanchalik o'zgarishidan qat'i nazar, yo'qotishlarni to'liq qoplashga qodir.

Moliyaviy instrumentlar narxining harakat yo'nalishiga qarab, risklarni sug'urtalashning ikki usuli ajratiladi. Sotib olish bilan xedjirlashda, investor narxlarning kelajakdagi o'sishidan o'zini sug'urtalaydi. Agarda u sotish bilan xedjirlashni tanlasa, bozorda tovarlarni qiymati tushib ketishidan sug'urtalash uchun, ularning sotuvi amalga oshiriladi.

Fyucherslar yordamida Foreks bitimlarini to'liq himoya qilish 100% zararni qoplashni ta'minlaydi. Agar risklar qisman xedjirlangan bo'lsa, investor zararlarning faqat bir qisminigina qoplay oladi. Lekin, voqealarning qulay rivojlanishida, daromad ham yuqoriroq bo'ladi.

Opsionlar

Ba'zi treyderlar klassik fyuchers bitimlaridan ko'ra opsionlarni afzal ko'radilar. Ular fyuchers shartnomalari asosida taklif etiladi, bu esa opsion muddati tugagunga qadar, maqsadli aktivni sotib olish yoki sotish imkonini beradi. Bunday holda, kompaniya brokerga mukofot pulini to'laydi, va shu bilan birga, u o'zini valyutalar kursini o'zgarishi bilan bog'liq bolgan yo'qotishlardan to'liq sug'urtalaydi.

Oddiy misol keltiraman. Aytaylik, yoqilg'i kompaniyasi bir oydan keyin 5 000 000 dollarlik kerosin sotib olishni rejalashtirmoqda. Va uning asosiy kapitali yevroda saqlanadi. Agar bu vaqt ichida kurs kamida 1% ga oshsa, yo'qotishlar hajmi 50 000 dollarni tashkil qiladi. Opsion sotib olgan taqdirda esa, dollar qiymati joriy darajada qayd etiladi. Va hattoki bunday shartnomani tuzish uchun kompaniya bir necha ming dollar miqdorida brokerlik mukofotini to'lashi kerak bo'lsa ham, bu yo'qotishlar xedjirlashsiz yuz berishi mumkin bo'lgan valyuta risklaridan sezilarli darajada kamroq bo'ladi.

Forvard shartnomalari

Forvard shartnomalari - bu kelajakda aktivni belgilangan narxlarda yetkazib berish bo'yicha nostandart shartnomadir. Ushbu shartnomalar birja instrumentlari qatoriga kirmaydi.

Svoplar

Svoplar - qarama-qarshi bitim bilan birga amalga oshadigan qimmatli aktivlarni ayirboshlash bo'yicha operatsiyalar. Brokerlik svopi kompaniya o'zini valyutalarning mumkin bo'lgan tebranishlaridan valyuta risklarini xedjirlashga namuna bo'lib xizmat qiladi.

Foreks xedjirlashini qo'llash bo'yicha xulosalar

Foreks pozitsiyalarini xedjirlash, riskni sug'urtalashning eng keng tarqalgan instrumentlaridan biri ekanligi bejiz emas. Puxta o'ylab qo'llanilganida xedjirlash faqat ozgina foydangizni qurbon qilish orqali risklarni kamaytirishga imkon beradi. Shu bilan birga, aytib o'tish joizki, risklarni sug'urtalashning yagona kamchiligi bu bitimlarni ochishdagi xarajatlarning kamida ikki barobar oshib ketishi hisoblanadi.

Keyingi o'quv maqolamizda ushbu mavzuni o'rganishni davom ettiramiz va Forex grid va Forex Double Grid Strategy kabi Foreks strategiyalarini batafsil ko'rib chiqamiz. Foydali ma'lumotlarni o'tkazib yubormaslik uchun obuna bo'ling!

Bu muhim: Darhol kechiktirmasdan olgan bilimlaringizni demo-hisobida amalda mustahkamlashni tavsiya etaman. Bugun men siz bilan baham ko'rgan barcha ko'nikmalarni, ushbu maqolani yozishda men foydalangan qulay LiteFinance savdo terminalida sinab ko'ring!

Barchaga omad va yaxshi profitlar tilayman!

Foreks xedjirlash bo'yicha tez-tez so'raladigan savollar

Ingliz tilidan tarjima qilinganda "Hedge" - sug'urta, himoya degan ma'noni bildiradi. Treyderning kapitaliga taalluqli bo'lib, xedjirlash narxlarning kelajakdagi tebranish xavfini qoplash uchun qo'llaniladi.Uslubning mohiyati shundaki, birinchi bozorda ochgan asosiy pozitsiyangiz bo'yicha mumkin bo'lgan narx tebranishi risklarini qoplash maqsadida, ikkinchi bozorda qarama-qarshi pozitsiya ochasiz. Bunda, ikkala pozitsiyaning ham hajmi teng bo'lishi kerak. Ushbu uslub tovarlar, valyutalar, qimmatli qog'ozlar, forvard shartnomalari, opsionlar bozoridagi majburiyatlarni muvozanatlash uchun ishlatiladi.Ikkita bazaviy usul mavjud: sotib olish (kelajakda mumkin bo'lgan narxlarning oshishidan himoya qiluvchi aktivni sotib olish) va sotish (aktivni sotish). Natijada, ham risklarni pasaytirish, ham foydani kamaytirish ta'minlanadi.

Forex bitimlariniriskdan himoya qilishningning turli usullari mavjud. Klassik versiyada yo'nalishi bo'yicha qarama-qarshi bo'lgan ikkita bir xil bitim ochiladi. Agar muddatli bitim hajmi asosiy bitimdan kam bo'lsa, unda gap zararlarning faqat bir qismini qoplashni o'z ichiga olgan risklarni qisman sug'urtalash haqida gap ketmoqda. Ushbu usul kichik xavflarda qo'llaniladi.Risklarni, shuningdek, o'zaro kesishuvchi xedjirlash uslubi bilan ham kamaytirish mumkin, ya'ni asosiy aktivdan farqli aktivda muddatli order ochish yo'li bilan. Eng murakkab uslub - bu selektiv himoya hisoblanadi, bunda asosiy aktivlar bozoridagi bitimlar, vaqt va hajm jihatidan muddatli bozordagi bitimlardan farq qiladi.

Klassik xedjirlashni ko'rib chiqamiz. Aytaylik, treyder trend pastga qarab harakatlanadi deb hisobladi va qisqa pozitsiyani ochdi. Biroq, pozitsiyaga kirishi bilanoq, jadval yuqoriga qarab burila boshladi, kapitalni himoya qilish uchun treyder risklarni sug'urtalash usulini qo'llashga qaror qildi. Buning uchun u bir xil hajmdagi qarama-qarshi pozitsiyani ochdi, ya'ni "qulf"ni o'rnatdi. Bozor ohir-oqibatda pastga tushish tendentsiyasini ko'rsata boshlagach, u uzoq pozitsiyani yopdi va qolgan qisqa pozitsiyasidan sof daromad olishni boshladi. Qisman xedjirlash (ya'ni asosiy bitimdan kichikroq hajmdagi muddatli bitimni ochish) treyder yaqin kelajakda ayiq trendi shakllanishiga deyarli 100% amin bo'lgan taqdirda qo'llanilishi mumkin. Yonmacha harakat holatida, bir vaqtning o'zida ikkita qarama-qarshi pozitsiyani ochish orqali yo'qotishlarni kamaytirish mumkin edi.

Foreksda zarar keltiruvchi bitimlarni xedjirlash bo'yicha ikkita yondashuv mavjud. Birinchisi qo'shimcha yo'qotishlardan himoyalanishni o'z ichiga oladi, ammo bunda mavjud zararlar qoplanmaydi. Bunday holda, qarama-qarshi yo'nalishdagi teng hajmli pozitsiyalar ochish tavsiya etiladi.Ikkinchi yondashuv yo'qotishlarni to'liq qoplashga imkon beradi, ammo treyderdan juda ehtiyot bo'lishni talab qiladi. Uning mohiyati kattaroq hajmli qarama-qarshi pozitsiyani ochishdan iborat. Masalan, agar zarar keltiruvchi uzun pozitsiyaning hajmi bir lotga teng bo'lsa va siz aktivning qiymati pasayishda davom etishiga amin bo'lsangiz, unda sizga hajmi 2 lotga teng pozitsiyani ochish tavsiya etiladi. Keyinchalik, u yo'qotishlarni to'liq qoplaydi va foyda keltira boshlaydi.Ushbu yondashuvdagi asosiy xavf - bu trendning yuqoriga tez burilish ehtimoli. Treyder trend o'zgarishi belgilarini o'z vaqtida sezishi va xedj-pozitsiyasini yopishi yoki uni boshqa "long" bilan xedjirlashga ulgurish uchun bozorni diqqat bilan kuzatishi kerak.

Valyutani xedjirlash - bu mablag'larni biznesdagi valyuta kurslarining o'zgarishidan himoya qilish usullaridir. Uning asosiy instrumentlari quyidagilardir:

  • opsionlar-aktivni oldindan sotib olish bo'yicha shartnomalar;
  • fyucherslar-kelishilgan vaqtda aktivni kelishilgan narxda sotib olish bo'yicha shartnomalar;
  • forvard shartnomalari-bitim shartlarini fikslovchi shartnomalar;
  • svoplar-kontr-bitim bilan birga keladigan aktivlarni ayirboshlash operatsiyalari.
Fyucherslar birja instrumentlari hisoblanadi. Svoplar va opsionlar birjada ham, birjadan tashqarida ham tuzilishi mumkin, forvard shartnomalari esa birjadan tashqari savdo instrumentlaridir.

Xedjdan chiqish uchun siz pozitsiyalardan birini yopishingiz kerak. Bunday pozitsiyadan chiqishning asosiy qiyinchiligi to'g'ri vaqtni tanlay olishdan iboratdir. Pozitsiyani yopishdan avval siz narx yo'nalishi to'g'riligiga amin bo'lishingiz kerak, aks holda kapitalni himoya qilish bo'yicha barcha harakatlaringiz befoyda bo'ladi. Qaror qabul qilishdan oldin bir nechta izchil signallarni kutib turishni tavsiya qilamiz. Bundan tashqari, agar asosiy va muddatli pozitsiyalarning hajmi bir xil bo'lsa, prognoz qilingan narx harakatining yo'nalishiga qarab, ularninig ichidan hohlaganingizni yopishingiz mumkin.

Ushbu savolga javob berish uchun avval boshlang'ich treyderlar, tajribali treyderlar va xedj-treyderlarning qanday savdo qilishlarini ko'rib chiqamiz. Birinchilari, bir-biriga bog'liq bo'lmagan bir yoki bir nechta savdo instrumentlari bo'yicha katta hajmli bitta pozitsiyani ochadilar. Tajribasi ko'proq treyderlar pozitsiyaga minimal lot bilan kiradilar va asta-sekin uni o'stirib boradilar, ko'pincha uni trendga qarshi ravishda o'rtacha qiymatga olib keladilar.Xedj-treyderlar yanada murakkab yondashuvni qo'llaydilar. Ularning usulining mohiyati risklarni maksimal darajada diversifikatsiya qilish bilan bog'liq. Ular bir nechta instrumentlarga nisbatan, bir vaqtning o'zida, bir qancha savdo strategiyalarini qo'llaydilar. Savdo strategiyalari agressivlik darajasi, bozorni tahlil qilishdagi yondashuv va boshqa parametrlar bilan farq qiladi. Agressiv strategiya yaxshi foyda keltirishi mumkin va agar ushbu strategiya muvaffaqiyatsiz kelgan taqdirda, undan konservativroq strategiyani qo'llash yo'li bilan zararni qoplash mumkin.

Xedj-fondlarning savdo strategiyalari uchta qoidaga asoslanadi:1. uzoq bitimlarni tuzish (bir yil yoki undan ko'proq);2. umumiy kapitalga nisbatan kichik pozitsiyalar bilan bozorga dastlabki kirish;3. qulay tendentsiya rivojlanishi bilan pozitsiyalar hajmini asta-sekin oshirib borish.Xedj-fondlar o'zaro korrelyativ valyuta juftliklaridan faol foydalanish orqali risklarni diversifikatsiya qilishga intiladilar. Shu sababli, ular mavjud signallar diapazonini sezilarli darajada kengaytiradilar. Ahir, ikki yoki undan ortiq jadvallarda, bitta jadvalga qaraganda, trendning davom etishi yoki uning yaqinlashib kelayotgan burilishining ancha ko'proq belgilarini topish mumkin. Shuningdek, korrelyatsion instrumentlardan foydalangan holda, ular bitimlarni xedjirlash imkoniyatlarini kengaytiradilar.

Opsion - bu aktivni belgilangan narxda sotib olish yoki sotish bo'yicha shartnoma. Bunda, bitim faqat opsionning yashash muddati davomida amalga oshirilishi mumkin. Sotib olish bo'yicha shartnomalari "call" (ing. chaqirib olish), sotish shartnomalari esa "put" (ing. qo'yish) deb nomlanadi.Bozor trendi treyderning prognozlariga qarshi chiqsa ham, u oldindan kelishilgan narxda bitim tuzish orqali yo'qotishlardan qochishi mumkin. Biroq, investor bitim tuzilgani uchun brokerga mukofot to'lashi kerak bo'ladi. Ya'ni, ko'proq yo'qotishlarni oldini olish uchun oldindan yo'qotishlarga duch kelishi zarur.Aytaylik, kompaniya 1.1100 kursida 1 000 000 yevro sotib olish bo'yicha opsion oldi. Shartnoma uchun kompaniya brokerga 300 dollar mukofot to'laydi. Agar shartnoma muddati tugagunga qadar yevro kursi 2 foizga oshsa, sof yo'qotishlar hali ham 300 dollarni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, xedjirlashsiz dollar evaziga yevro sotib olish kompaniyaga 20 000 dollar yo'qotish olib kelgan bo'lar edi.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

  • Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
  • LiteFinance dan depozitingizga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinance platformasida Hisobni to'ldirish dagi tegishli maydonga kiritsangiz kifoya.
  • Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
  • Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance
Foreksda xedjirlash nima? Bitimlarni xedjirlash strategiyalari

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat