Foreks xarajatlarini kamaytirib, potensial daromadingizni oshirishni istaysizmi? Spred - bu brokerning komissiyasi bo'lib, u har bir bitimga ta’sir ko'rsatuvchi BID va ASK narxlari o‘rtasidagi farq. Ushbu maqolada spredning mohiyati, uning turlari (qat’iy belgilangan, suzuvchi, nolga teng) haqida bilib olasiz va minimal xarajatlar bilan savdo qilish uchun spredni qanday to‘g‘ri hisoblashni o‘rganasiz. Shuningdek, neft va valyuta juftliklari savdosi misolida strategiyalarni ko‘rib chiqamiz hamda broker tanlash bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Asoslarni o‘zlashtirib, hoziroq yanada samarali savdo qilishni boshlang!
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy faktlar
- Foreks birjasida spred nima?
- Spredga misollar
- Spreadni qanday hisoblash mumkin: Bid/Ask spred formulasi
- Spred bilan qanday ishlanadi
- Foreksdagi spred turlari
- Spredlar nimalarga bog‘liq?
- Qanday qilib spredlarda pul ishlash mumkin
- Katta spredlar yoki broker komissiyasi: qaysi birini tanlagan ma’qul?
- Eng kichik spredli Foreks juftliklari (Foreksda nolga teng spred)
- Foreksdagi spred bo‘yicha FAQ
Asosiy faktlar
- Foreksda spred - bu treyder brokerga bitim uchun to‘laydigan sotib olish (ASK) va sotish (BID) narxlari o‘rtasidagi farqdir.
- Spredlar belgilangan, suzuvchi va nolga teng bo‘lishi mumkin. Nolga teng spredlar ko‘pincha komissiyalar bilan qoplanadi, ayniqsa bu holat ECN brokerlarida kuzatiladi.
- Ekzotik valyuta juftliklaridagi spredlar likvidlikning pastligi sababli kengaygan bo‘lib, bu holat treyderlar uchun xarajatlar va xatarlarni oshiradi.
- Spredi past bo‘lgan brokerni tanlash uchun maxsus saytlardagi demo-hisoblar yoki qiyosiy spred jadvallaridan foydalaning.
- Spred savdosi - bu aktivlar (masalan, Brent va WTI nefti) narxlari o‘rtasidagi farqning o‘zgarishidan foyda olish strategiyasi bo‘lib, ko‘pincha uzun taymfreymlarda qo‘llaniladi.
- Kichikroq spred, ayniqsa yuqori likvidlikka ega bo‘lgan asosiy valyuta juftliklari (EURUSD, USDJPY) uchun, potensial foydani oshiradi.
Foreks birjasida spred nima?
Forumlarda "Foreksda spred nima?" degan savolni ko‘p uchratish mumkin. Keling, birgalikda buni tahlil qilib, savolga javob beraylik.
Zamonaviy hayot shunday tuzilganki, biz nafaqat tovarlar uchun, balki har qanday soha, shu jumladan moliya bozori bizga taqdim etadigan xizmatlar uchun ham haq to‘lashimizga to‘g‘ri keladi. Ular orasida eng ommabop va talabgir bo‘lgani vositachilikdir. Birjada vositachi vazifasini broker bajaradi. U mijozlarga bozorga kirish va u yerda bitimlar tuzish imkoniyatini ta’minlaydi. Broker xizmati uchun to‘lanadigan haq esa spred deb ataladi.
Spred tushunchasi
Biz yuqorida aniqlaganimizdek, spred deb birjada bitimlar tuzganlik uchun brokerga to‘lanadigan mukofotga aytiladi. Nima uchun? Chunki har qanday bitimni o‘zingiz amalga oshirmaysiz - sotib olish yoki sotish istagingizni arizada bildirasiz. Ariza brokerga kelib tushadi, shundan so‘ng u siz uchun bitim tuzadi. Bitim narxining bir qismini brokerga uning birjada vositachilik qilgani uchun to‘laysiz. Xo‘sh, Foreksda spred nimani anglatadi?
Oddiy tilda aytganda, spred - bu bitim amalga oshirilganligi uchun to‘lanadigan komissiya. Birja tilida esa - bu bir aktivni sotib olish yoki sotish narxlari o‘rtasidagi farq.
Endi keling, sotib olish narxi va sotish narxi nima ekanligini, hamda ular o‘rtasidagi farq, ya’ni spred qanday aniqlanishini ko‘rib chiqamiz.
Bankda yoki ayirboshlash shoxobchasida valyuta almashtirganimizda, ikki xil narx yoki almashtirish kursini ko‘ramiz. Biri xarid narxi - bank sizning valyutangizni sotib olishga tayyor bo‘lgan narx, ikkinchisi sotish narxi - bank sizga o‘z valyutasini sotishga tayyor bo‘lgan narx. Ularni taqqoslaganda, bank sizdan valyutani sotib olishga tayyor bo‘lgan narx doimo bank sizga shu valyutani sotishga tayyor bo‘lgan narxdan past bo‘ladi. Bu farq spred deb ataladi, ya’ni xarid va sotish narxlari o‘rtasidagi tafovut. Ushbu komissiya miqdorini valyuta ayirboshlash xizmatini ko‘rsatayotgan moliyaviy tashkilot belgilaydi.
Shuningdek, turli birjalarda "bid" va "ask" kabi belgilarni ko‘rishingiz mumkin. Ular sotish va sotib olish narxini bildiradi va ilg‘or birja tahlilida talab va taklif sifatida ifodalanadi.
"BID" - bu juftlikning asosiy valyutasini sotishingiz mumkin bo‘lgan narx.
"ASK" - bu juftlikning asosiy valyutasini sotib olishingiz mumkin bo‘lgan narx.
Asosiy valyuta nima ekanligini, o‘ylaymanki, siz allaqachon bilib olgansiz. Biroq, agar bu ma’lumotni xotirangizda yangilamoqchi bo‘lsangiz, mana valyuta juftliklari haqidagi maqolalarimdan biriga havola.
Quyidagi grafikda o‘z narx kotirovkalariga ega bo‘lgan, ammo aslida bitta aktivni ifodalovchi ikkita aktivning taqqoslanishi ko‘rsatilgan. Bular ikkita mashhur neft navi - UKBrent va WTI, aniqrog‘i, ular bo’yicha CFD shartnomalari. Bular aslida bir xil qora substansiya bo‘lishiga qaramay, turli narxlarga ega. Tarixan BRENT navli neft Shimoliy Amerikadagi WTI naviga qaraganda qimmatroq bo‘lib kelgan, ammo bu farq juda kichik bo‘lib, o‘rtacha 3-5 dollar oralig‘ida saqlanib qoladi. Biroq, tarixda odatiy diapazon o‘zgargan ko‘plab holatlar ma’lum. Hatto WTI BRENTdan qimmatroq turgan paytlar ham bo‘lgan. Xullas, ushbu aktivlar narxlarining nisbati spred pozitsiyasi deb ataladi. Shuningdek, biz korrelyatsiya yoki korrelyatsiya koeffitsiyenti tushunchalarini ham uchratishimiz mumkin.
Birja iqtisodiyotida aktivlar narxlaridagi farqlar o‘zgarishidan olinadigan daromad - bu spred savdosi yoki spred pozitsiyasidir.
Bunda qanday daromad topishadi? Hammasi juda oddiy. Yuqoridagi grafikka e’tibor qaratsangiz, shuni ko‘rasizki, ba’zi paytlarda bu ikki instrumentning narx diapazoni kengroq, ba’zi paytlarda esa torroq bo‘lgan. Treyderlar aynan mana shu holatlardan daromad olish uchun foydalanadilar.
Spred keng bo‘lgan va tor bo‘lgan davrlar mavjud bo‘lgani sababli, spred pozitsiyasi ham ikki turga bo‘linadi - torayishga va kengayishga yo‘naltirilgan.
Spred torayishi bo’yicha pozitsiya
Spredning torayishidan foyda olish uchun biz ikki aktivning narx kotirovkalari o‘rtasidagi farq o‘rtacha normal qiymatdan oshib ketgan davrlarni kuzatib borishimiz lozim.
Umuman olganda, spredlardan daromad olish strategiyasi eng uzoq muddatli strategiyalardan biri hisoblanadi, chunki u jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi va ko‘pincha uzoq taym-freymlarda amalga oshiriladi. Mening xotiramda bir yil davomida amalga oshirilishini kutishga to‘g‘ri kelgan pozitsiyalar ham saqlanib qolgan. Bu strategiya eng konservativ hisoblanadi, chunki unda risk deyarli yo‘q. Shu sababli, undan odatda yirik moliyaviy muassasalar, masalan, pensiya va sug‘urta jamg‘armalari, shuningdek, yirik investorlar foydalanadilar.
O‘z pozitsiyamizga qaytamiz. Birinchi navbatda, biz ikki aktivning tarixan bir-biriga nisbatan qanday harakat qilganini baholashimiz kerak. Grafiklarni ustma-ust qo‘yish eng yaxshi tanlov bo‘ladi, ammo buni barcha platformalarda ham amalga oshirib bo‘lmaydi.
Grafiklarni ustma-ust qo‘yganimizdan so‘ng, bu aktivlar uchun o‘rtacha narx farqini aniqlashimiz lozim. Neft holatida, avval aytganimdek, o‘rtacha qiymat 3-5 dollarlik diapazon hisoblanadi. Demak, bizni bu diapazon 5 dollardan kengroq bo‘lgan nuqtalar qiziqtiradi.
Yuqoridagi tasvirda men spred tebranishlarining eng ko‘zga ko‘ringan holatlarini ko‘rsatdim - biz izlayotgan oraliqlar grafikning chap tomonida joylashgan. O‘shanda narxlar o‘rtasidagi farq 10 dollarga yetgan. 10 dollargacha spredning kengayishi normal holatdan og‘ish bo‘lganligi sababli, farq odatiy qiymatga qaytishini kutib, spredning torayishi bo‘yicha pozitsiyani shakllantirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Ideal vaziyatda, qimmatroq aktiv narxlar farqini kamaytirib, arzonroq aktiv esa qimmatroq bo‘lishini ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi. Ammo bunday vaziyat juda kam uchraydi. Ko‘pincha aktivlar bir yo‘nalishda harakatlanishda davom etadi, bunda arzon aktiv narxi tezroq o‘sib, spredni toraytiradi.
Risklardan qochish uchun qarama-qarshi pozitsiyani shakllantirishimiz lozim. Demak, neftning qimmatrog‘ini sotamiz, arzonrog‘ini sotib olamiz. Masalan, grafikda BRENT 84.65 dollar, WTI esa 74.01 dollar turgan nuqta bor. Spred 10 dollardan oshadi, shuning uchun biz torayish pozitsiyasini shakllantiramiz - BRENT sotamiz va WTI sotib olamiz. Vaqt o‘tib, neft keskin arzonlasha boshlagan va BRENT sotish pozitsiyasi bizga foyda keltirayotgan, WTI sotib olish esa zarar keltirayotgan vaziyatni kuzatamiz. Vaziyat yomon bo‘lib tuyulishi mumkin edi, ammo vaqt o‘tishi bilan BRENT narxi 50.21 dollargacha, WTI esa 46.78 dollargacha tushib ketdi. Shunday qilib, BRENT sotuvida 34.44 dollar ishlab oldik, WTI sotib olishda esa 27.23 dollar yo‘qotdik. Umumiy pozitsiya bizga 7.21 dollar foyda keltirdi.
Ko‘rinishdan vaqt bo‘yicha foyda kam. Biroq ko‘plab omillarni hisobga olish lozim. Avvalo, pozitsiya deyarli xavfsiz, chunki u qarama-qarshi. Ikkinchidan, bu hisob-kitobni yengillashtirish uchun bir lot uchun namunadir. Endi tasavvur qiling, moliyaviy institutlar bunday pozitsiyalarni qanday miqdorlarda shakllantirishadi. Ular deyarli hech qanday xavf-xatarsiz ulkan foyda olishadi. Aytgancha, bu pozitsiya banklarning omonatchilar pullarini ishlatib daromad topish usullaridan biridir.
Spred kengayishi bo’yicha pozitsiya
Bu yerda uzoq va batafsil tushuntirish berishning hojati yo‘q, chunki pozitsiya xuddi torayishga o‘xshaydi, lekin aksincha. Biz narxlar o‘rtasidagi farq eng kam bo‘lgan paytlarni topishimiz va bu farqning kengayishiga mo‘ljallangan pozitsiyani shakllantirishimiz lozim.
Yuqoridagi grafikning o‘ng tomoniga e’tibor qaratsak, yaqinda BRENT va WTI narxlari deyarli tenglashgan vaziyat kuzatildi. Mana, spredning kengayishidan foyda olish imkoniyati. Biz yana bir neft turini sotamiz, boshqasini sotib olamiz, faqat farq shundaki, qimmatroq aktiv sotib olinadi, arzonrog‘i sotiladi. Aytaylik, BRENT 77.34 dollar, WTI esa 77.18 dollar turadi. Bunday holatda BRENT sotib olib, WTI ni sotamiz. Vaqt o‘tishi bilan ikkala neft narxi ko‘tariladi va BRENT xaridi 34.23 dollar foyda keltirsa, WTI sotuvi 30.12 dollar zarar keltiradi. Natijada, umumiy pozitsiya 4.11 dollar daromad olish imkonini beradi.
Ko‘rib turganingizdek, pozitsiya amalda deyarli risksiz - bu yerda yagona xatar - vaqt. Aytganimdek, WTI BRENTdan qimmatroq bo‘lgan paytlar juda kam uchraydi. Bunday vaziyatda bizning pozitsiyamiz zarar keltiradi. Biroq shuni tushunish kerakki, bu maksimum va bunday holat uzoq davom etishi mumkin emas, tez orada hammasi normal holatga qaytadi. Bunday hollarda shunchaki pozitsiyani saqlab, kutish kerak bo‘ladi.
Biroq, shuni esda tutish lozimki, spred pozitsiyasiga faqat yuqori korrelyatsiyaga ega bo‘lgan aktivlar kiritilishi mumkin. Misol uchun, bular Apple va Microsoft singari bir sohaga tegishli aktivlar yoki EUR/USD va GBP/USD valyuta juftliklari bo‘lishi mumkin.
Turli sektorlardagi aktivlardan spred pozitsiyasini shakllantirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Narxlarning o‘xshashligi aktivlarning bir xil yo‘nalishda harakatlanishini anglatmaydi.
Spredga misollar
Foreksdagi spred hajmi bir qator omillarga ko‘ra farqlanadi.
Yuqoridagi rasmga e’tibor qaratsak, "BID" va "ASK" ustunlaridan tashqari, yana bir ustun borligini ko‘ramiz - unda har bir moliyaviy vosita uchun spred miqdori punktlarda ko‘rsatilgan. Ba’zi vositalar uchun spred kichik ekanligini va pipslar spredi 20-40 birlikdan oshmasligini ko‘rish mumkin. Boshqa vositalarda esa spred kattaligi 200 yoki 300 pipsga yetadi. Turli instrumentlarda spredlar turlicha bo‘lishining bir necha sabablari bor.
Birinchi navbatda, spred hajmiga savdo instrumentining likvidligi ta’sir ko‘rsatadi.
Aytish mumkinki, likvidlik - bu savdo instrumentining mashhurligidir. Instrument bilan qancha ko‘p bitimlar amalga oshirilsa, u shuncha likvid bo‘ladi. Bu spred o‘lchamini hisoblash uchun asosiy parmetrdir. Yuqori likvidlik doimo past spred bilan bog‘liq bo‘ladi. Aksincha, instrumentning mashhurligi qanchalik past bo‘lsa, uning Foreks spredi shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mashhur valyuta juftliklari har doim pastroq spredlarga ega. Bu birja savdosining qonunidir.
Ikkinchi muhim parametr - bu volatillik.
Spred hajmiga volatillik ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Qachonki o‘zgaruvchanlik oshsa, narx tebranishlari soni oshadi, demak spred kengayadi. Volatillik past bo‘lib, narx o‘zgarishlari kamroq sodir bo‘lganda esa - spred torayadi. Shunday qilib, Foreks birjasidagi spred aslida volatillik indikatori hisoblanadi. Muhim fundamental yangiliklar e’lon qilingan paytlarda o‘zgaruvchanlik keskin oshib, spredning kengayishiga olib kelgan holatlar barchaga ma’lum.
Misol izlab uzoqqa borish shart emas. Hozir dunyoda vaziyat juda keskin va AQSH Rossiya iqtisodiyotiga bosim o‘tkazish uchun ma’lum qadamlar tashladi. Buning natijasida jahon bozorlaridagi volatillik oshib bordi va eng kuchli ta’sir USD RUB valyuta juftligiga nisbatan kuzatildi. Standart holatda bu valyuta juftligining spredi 4000-5000 pipsdan oshmaydi, lekin hozirda valyuta kotirovkalari tez o‘zgarib turganda spred 10000-11000 pipsga yetadi. Ba’zi banklarda esa taklif va talab narxlari 110.0000-125.0000 gacha farq qiladi.
Yana bir omil - bu brokerning manfaati.
Spredning yana bir qismi vositachi, ya’ni broker yoki dilerning manfaatidir. Brokerlik spredini vositachi o‘zi belgilaydi, ammo chegaradan chiqmaydi. Har bir broker o‘z spredlarini taklif qilsa-da, oxir-oqibat ular taxminan bir xil bo‘ladi, chunki brokerning foizi unchalik katta emas. Mashhur bo‘lmagan brokerlar yuqori spred o‘rnatadi, taniqli brokerlar esa, aksincha, yangi mijozlarni jalb etish uchun uni iloji boricha pasaytirishga intiladi.
Spreadni qanday hisoblash mumkin: Bid/Ask spred formulasi
Spred o‘lchamini punktlarda hisoblashga katta ehtiyoj yo‘q, chunki u deyarli har doim sizning terminalingizda yoki mobil ilovangizda ko‘rsatilgan. Endi esa bu punktlardagi spredni dollar yoki yevroga qanday o‘tkazish haqida sizlarga aytib beraman.
Yuqoridagi rasmda LiteFinance brokerimning mobil ilovasidan olingan skrinshot ko‘rsatilgan. Bitim tuzish oynasida ikkita narx - xarid va sotish narxlari aks ettirilgan. Yoki biz aniqlaganimizdek, bular Bid va Ask narxlaridir. Bu oyna EUR/USD valyuta juftligi uchun bitim tuzishga mo‘ljallangan bo‘lib, skrinshot olingan paytda BID narxi 1.10558 ni, ASK narxi esa 1.10554 ni tashkil etgan.
Bu narxlar o‘rtasidagi farq ushbu holda 1.10558 - 1.10554 = 0.00004 yoki 0.4 punktni tashkil etadi.
Endi punktlardagi spredni pulga o‘tkazishimiz kerak. Men hisob valyutasi - dollardan foydalanaman, demak, dollarga o‘tkazish kerak. O‘ylaymanki, siz bitim hajmi tushunchasi bilan tanishsiz, demak, "lot" so‘zi siz uchun quruq gap emas. Puldagi spred qiymatini aniqlash uchun bitim hajmini yoki lotni bilish kerak. O‘z misolimda men 1 lot hajmidagi bitimni amalga oshirishga qaror qildim. 1 lot hajm uchun spred hisoblash formulasi quyidagicha bo‘ladi: 1.10558 - 1.10554 * 10 000. Mening holatimda u 0.4 AQSH dollari yoki 40 sentga teng bo‘ladi.
Agar siz boshqa hajmlar uchun spred qiymatini hisoblashni istasangiz, shunchaki valyuta birliklarining o‘lchamini o‘zgartiring. Masalan, 0.1 lot uchun 1000 ga, 2 lot uchun esa 20000 ga ko‘paytirish kerak.
Albatta, spredni qo‘lda hisoblash mumkin, biroq savdo ancha taraqqiy etgan va o‘zini hurmat qiladigan har bir broker allaqachon treyderlar uchun kalkulyator xizmatini taqdim etadi. Bu kalkulyator siz uchun real vaqt rejimida spred va boshqa bitim ko‘rsatkichlarini hisoblab beradi.
Spredning ishlash mexanizmasiga qaytadigan bo‘lsak, shuni esda tutish lozimki, sotib olish va sotish spredi bir-biridan biroz farq qiladigan tushunchalardir. Xarid qilganda biz spredni bitimning boshida to‘laymiz, sotganda esa oxirida, ya’ni bitimni yopayotganimizda to‘laymiz.
Spreadlarni qanday talqin qilish mumkin
Xo‘sh, spred hisoblash formulasi bilan tanishdik, endi savdo terminalida spredni qanday tez aniqlash mumkinligini ko‘rib chiqaylik, toki qimmatli vaqtimizni hisob-kitoblarga sarflamaslik uchun.
MetaTrader 4 savdo terminalidan boshlaymiz:
MetaTrader terminalida bitim amalga oshirilganda, kelajakdagi operatsiya uchun parametrlarni belgilash talab qilinadigan oyna ochiladi. Aynan shu oynada bizga tanish bo‘lgan ikkita sotish va sotib olish narxlari ham ko‘rsatilgan. Bu narxlarni taqqoslaganda, ular o‘rtasidagi farq atigi 2 pip ekanligini darhol ko‘rish mumkin: 1.11229 - 1.11227 = 0.00002. Bu shuni anglatadiki, bitim paytida bizning spredimiz bir punktdan ham kam, ya’ni 0.2 bo‘lgan. Bu juda past spred hisoblanadi va aytish joizki, ushbu broker uchun bu oddiy hol.
Endi LiteFinance treyderi shaxsiy kabinetidagi onlayn-terminalda buning qanday namoyon bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
Bitim amalga oshirish oynasida biz "instrument haqida ma’lumot" yorlig‘ini tanlashimiz mumkin. Bu vkladkada bizga nafaqat ikkita narx ko‘rsatiladi, balki alohida maydonda yakuniy qiymat - "3" ham aks ettiriladi. Ushbu holatda spred yanada kamroq bo‘lib, atigi 1 pips yoki 0.1 punktni tashkil etdi.
Spred bilan qanday ishlanadi
Spredni hisobga olgan holda qanday savdo qilish to‘g‘ri bo‘ladi? Buni quyidagi rasmda yaqqol ko‘rish mumkin:
Aytaylik, biz EURUSD valyuta juftligi bo‘yicha sotib olish bitimini amalga oshirishga qaror qildik. Hozirgi paytda valyuta juftligining kotirovkasi yoki qiymati 1.11617 va 1.11616 ni tashkil etmoqda. 1 punktlik farq - bu sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi tafovutdir. Shunday qilib, biz sotib olishga qaror qildik, demak kimdir sotishi kerak. Bu sotuvchi birjadir va uning sotish narxi 1.11617 ga teng. Grafikda oxirgi narx 1.11616 ko‘rsatilishiga qaramay, bizning bitimimiz aynan 1.11617 narxda ochiladi. Buning sababi shundaki, biz sotuvchi belgilagan narxini to‘laymiz.
Biroz vaqt o‘tgach, narx ko‘tarildi va biz bitimni yopishga qaror qildik. Buning uchun sotib olgan narsamizni sotishimiz, ya’ni xaridor topishimiz kerak bo‘ladi. Birja bizga xaridorni topib berdi va birjadagi narx 1.11622 bo‘lishiga qaramay, hozirgi xarid narxi 1.11621 ekanligini ma’lum qildi. Shunday qilib, barcha bu narxlarni hisobga olsak, narx 1.11616 dan 1.11622 gacha, ya’ni 6 punkt masofani bosib o‘tgan, lekin biz faqat 1.11617 dan 1.11621 gacha bo‘lgan masofani, ya’ni 4 punktni qo‘lga kiritgan bo‘lamiz. Biz hisobga ololmagan ikki punkt esa spreddir.
Men avval aytganimdek, spred - bu sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi farqdir. Yuqoridagi rasmda ko‘rinib turibdiki, hozirda bu farq mavjud emas va spred 0 ga teng. Bu holat faqat ECN turdagi hisobraqamlarda bo‘lishi mumkin. Agar biz aynan shu paytda bitim tuzsak, demak omadimiz kelgan va har qanday treyderning orzusini ro‘yobga chiqaramiz - ya’ni spredsiz Foreksga kiramiz. Biroq, shuni unutmasligimiz kerakki, bitimni amalga oshirganligimiz uchun bizdan bir martalik komissiya undiriladi.
Asosiy savdo instrumentlarida spred har doim punktlarda ifodalanadi. Bitimingiz valyutasidagi spred qiymatini tushunish uchun uni pulga aylantirish kerak. Agar punktning qiymatini bilsangiz, buni amalga oshirish oson.
Spred kengaygan paytni kutib, hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. Hozirgi paytda u 1 punktga teng. Uning puldagi qiymatini aniqlash uchun shartlarimizga bitim hajmini kiritamiz. Qulay bo‘lishi uchun 1 lotlik standart shartnomani olamiz. GBPUSD valyuta juftligida standart hajmda bir punktning qiymati 1 AQSH dollariga teng. Spredimiz 1 punkt bo‘lgani uchun, uning narxi ham 1 AQSH dollarini tashkil etadi.
Shunday qilib, bizning instrumentimiz bo‘yicha 1 lotli shartnoma bilan bitim tuzganimizda, bitimni amalga oshirish paytida bizdan olinadigan 1 USD spredni to‘laymiz va bizning savdomiz darhol zarar bilan boshlanadi, bu spred hisoblanadi. Bizdan olingan pulni qaytarib olishimiz uchun kamida shu 1 punktni ishlab topishimiz kerak. Hammasi juda oddiy.
Foreksdagi spred turlari
"Foreks" spredi haqida gapirishda davom etar ekanmiz, shuni ta’kidlash joizki, ularning ikkita asosiy turi mavjud. Ular o‘zgaruvchanligiga qarab bir-biridan farq qiladi va o‘zgarmas (fikslangan) hamda suzuvchi turlarga bo‘linadi.
Fikslangan spred
Fikslangan (sobit) spred - bozordagi har qanday sharoitda ham hajmi o‘zgarmaydigan spred. Foreks bozorida fikslangan spred dilerlik kompaniyalari tomonidan avtomatik rejimda xizmat ko‘rsatiladigan mikro va mini hisoblarda o‘rnatiladi.
Suzuvchi spred
Suzuvchi spred - bozorning barqarorlik darajasiga qarab hajmi doimo o‘zgarib turadigan spreddir. Bunday spred turi haqiqiy banklararo bozor sharoitlariga eng yaqin hisoblanadi, biroq ayni paytda ba’zi savdo strategiyalarining samaradorligini pasaytiradi va ularni sinab ko‘rishni ancha murakkablashtiradi.
Fikslangan spred
Ushbu spred turining asosiy xususiyati shundaki, mazkur komissiya miqdori o‘zgarmas va bozor omillariga bog‘liq emas. Uni odatda brokerning o‘zi, aniqrog‘i diler belgilaydi. Spredning bu turi valyuta bozori rivojlanishining dastlabki davrlarida juda keng tarqalgan edi, hozirgi kunda esa juda kam uchraydi. Fikslangan (sobit) spred broker tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi. Treyder uchun sobit spred ko‘p hollarda ijobiy omil hisoblanadi, biroq agar diler bunday spredni taqdim etsa, uning hajmi odatda sof birja (xom) spredidan ancha yuqori bo‘ladi. Bunday spred bilan ishlash hammaga ham yoqmaydi. Shunga qaramay, savdo robotlari operatorlari va skalping strategiyalari orasida u hanuzgacha ommalashgan - chunki robot algoritmini unga moslashtirish talab etilmaydi.
Hozirgi paytda fikslangan spredni taklif etuvchi Foreks brokerini topish juda mushkul — deyarli barcha joylarda ko‘proq ommalashgan suzuvchi spred qo‘llanilmoqda.
Fikslangan spred bilan savdo qilishning afzalliklari
Afsuski, fikslangan spred bilan savdo qilishning afzalliklari ko‘p emas.
Sirpanish yo‘qligi. Bu haqda juda ko’p bor gapirilgan, aksariyat yangi boshlagan treyderlar undan olovdan qo‘rqqandek qo‘rqishadi. Aslida, qat’iy belgilangan spredli hisoblarda sirpanishning oldini olish mumkin - broker har doim shartnomangizni to‘liq ijro etadi.
Yuqori volatillik yoki likvidlikning pasayishi sharoitida spred kengaymaydi. O‘ylaymanki, har birimiz muhim yangiliklar chiqqan paytda spredning oshishiga to‘qnash kelganmiz. Bu suzuvchi spredning asosiy kamchiliklaridan biridir. Biroq, fikslangan spredli hisoblarda bunday holat kuzatilmaydi - broker spred diapazonini belgilab qo‘ygan.
Spredning hajmi har doim ma’lum. Foreksda ko‘pincha avtomatlashtirilgan savdo tizimlari: skriptlar va savdo robotlari ishlatiladi. Bunday dasturlar ishlashining asosiy mexanizmi algoritmik qurish usulidir. Agar spredning o‘lchami oldindan ma’lum bo‘lsa, u holda algoritm tuzish oson. Shuningdek, orderlarni sozlashda uni har doim hisobga olishingiz mumkin. Suzuvchi spred bilan ishlash qiyinroq - ko‘pincha savdo maslahatchilari uni hisobga olishmaydi.
Fikslangan spred bilan savdo qilishning kamchiliklari
Afzalliklari bo‘lsa, tabiiyki, kamchiliklari ham bor. Kichik kamchiliklarni juda ko‘p uchratish mumkin, lekin men spredning doimiyligi bilan bog‘liq uchta asosiy muammoni ajratib ko‘rsatishga qaror qildim.
Broker topish qiyin. Foreksda NDD orderlarni bajarish texnologiyasiga ega ECN turidagi hisoblar yetakchi rollarni egalladi. Fikslangan spredli brokerni topish juda qiyin: odatda bunday spredlar mashhurligi yuqori bo‘lmagan sentli hisoblarda qo‘llaniladi.
Yuqori hajm. Agar broker fikslangan spredni taklif qilsa, u potentsial volatillikni, o‘zining va birjaning qiziqishini hisobga olishi kerak. Bunday broker komissiyalardan daromad olmaydi va o‘z foydasini spredga kiritishga majbur bo‘ladi. Natijada spred haddan tashqari yuqori bo‘lib ketadi. Misol uchun, men so‘nggi marta EURUSD bo‘yicha 20 punktlik fikslangan spred bilan bitimlar tuzganman. Hozirda bu valyuta juftligi bo‘yicha suzuvchi spred 0.3 punkt atrofida. Tanlov oydek ravshan.
Instant hisoblaridagi rekvotalar. Birja shartnomalari amalga oshirilishining va orderlar ijro etilishining bir qator asosiy turlari mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalgani Instant Execution hisoblanadi. Uni belgilangan spred bilan qo‘llaganingizda, rekvotlardan qochib qutula olmaysiz, yuqori volatillik bilan esa istalgan narxda bitim ochish qiyin bo‘ladi. Skalperlar uchun bu sirpanishdan ham jiddiyroq xavf hisoblanadi - bitta ishlamay qolgan order tufayli butun tizim ishdan chiqishi mumkin.
Suzuvchi spred (bozor spredi)
Suzuvchi spred juda ommalashgan - u barcha foydalanuvchilar uchun manfaatli. Brokerlar va dilerlar uni operativ ravishda tartibga solishlari va bozor sharoitlarining o‘zgarishiga moslashtirishlari mumkin. Bu spredning kengayishi hisobiga daromad olish imkoniyatini beradi, shu bilan birga mijoz yanada sifatli xizmatlar oladi.
Ushbu spred ma’lum bir diapazonda - bozor sharoitlariga qarab o‘zgaradi. Odatda, eng likvid savdo instrumentlari bo‘yicha suzuvchi spred bozorning odatiy holatida 4-5 punktdan oshmaydi, lekin volatillik keskin oshgan paytlarda 50-60 punktga yetishi mumkin. Aynan shu sababli, suzuvchi spredli savdo hisoblari robotlar va maslahatchilardan foydalanadigan treyderlar orasida uncha ommalashmagan - avtomatik strategiyalar spred o‘zgarishlarini operativ ravishda hisobga ololmaydi. Qo‘lda savdo qilish uchun esa bu turdagi spred eng manfaatli hisoblanadi.
Yuqoridagi rasmda eng mashhur valyuta juftliklarining suzuvchi spredlari aks ettirilgan. Ko‘rib turganingizdek, ular kamdan-kam hollarda 1 punktdan oshishi mumkin va aksariyat hollarda 0.2-0.6 punktni tashkil qiladi.
Savdo terminali oynasida bu taxminan shunday ko‘rinadi. Sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi farq atigi 0.3 punktni tashkil etdi - bu EURUSD uchun juda ko‘p uchraydigan holat. Bunday past spred bilan savdo qilish qisqa muddatli bitimlar uchun juda manfaatli bo‘lib, ularda spred - xarajatlarning asosiy bandlaridan biri hisoblanadi.
Suzuvchi spred bilan savdo qilishning afzalliklari
Suzuvchi spred bilan savdo qilishning afzalliklari ancha ko‘proq.
Savdo sessiyasining ko‘p qismida past spredlar. Ma’lumki, Foreks bozorida savdo kunini to‘rtta yirik birja ta’minlaydi. Vaqtning ko‘p qismi Yevropa va Amerika savdo sessiyalari faoliyatiga to‘g‘ri kelganligi sababli, bu davrdagi spredlar minimal bo‘ladi va faqat jiddiy inqirozlar paytida kengayishi mumkin.
Rekvotalarning mutlaqo yo‘qligi. Suzuvchi spred bilan sizning bitimingiz har qanday holatda ham amalga oshadi. Bu vaziyatda yagona xatar - sirpanish.
Ba’zida spred umuman bo‘lmaydi. Bozorda hamma narsa nihoyatda tinch va savdo-sotiq o‘z maromida ketayotganda shunday bo‘ladi. Tan olishim kerak, bunday holatlarni ataylab hech qachon kuzatib bormaganman - faqat uzoq muddatli savdo qilaman. Biroq mashhur valyuta juftliklarida bunday vaziyatni bir necha bor uchratganman.
Brokerning savdo jarayonidan butunlay chetlatilishi. Bitimlar No Dealing Desk texnologiyasi bo‘yicha amalga oshiriladi - treyder xuddi o‘ziga o‘xshash treyderlar bilan bevosita muloqot qiladi va haqiqiy birjalarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Suzuvchi spred bilan savdo qilishning kamchiliklari
Afsuski, bozor spredi bilan savdo qilish qanchalik jozibador bo‘lmasin, bu savdo turining o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud.
Sirpanishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bu, ehtimol, suzuvchi spredning eng asosiy kamchiligidir. Yuqori volatillikda bitim albatta ijro etiladi, ammo ochilish narxi rejalashtirilganidan farq qilishi mumkin. Bu bozor narxi juda tez o‘zgarganda yuz beradi - u birja stakanidagi savdo ishtirokchilarining orderlari orqali sizib o‘tadi.
Likvidlik past bo‘lganda spredlarning kengayishi. Savdo faolligi past bo‘lgan davrlarda, masalan, Osiyo savdo sessiyasi paytida, spredlar sezilarli darajada kengayadi. Dam olish kunlari oldidan ham shunday holat kuzatiladi. Ba’zida spredlar shunchalik kengayadiki, hatto belgilangan spredlardan ham oshib ketadi.
Spred hajmini aniq bilmaslik. Bu kamchilik savdo robotlari yoki skriptlardan foydalanadigan treyderlar uchun ahamiyatlidir. Agar robotingiz qisqa vaqt ichida ko‘p sonli bitimlarni amalga oshirsa, suzuvchi spred oxir-oqibat barcha bitimlar bo‘yicha hatto zararni keltirib chiqarishi mumkin.
Fikslangan spred yoki suzuvchi spred: qaysi biri yaxshiroq?
Qaysi spred yaxshiroq - fikslangan yoki suzuvchi - buni aniqlash uchun asosiy xususiyatlar jadvalini tuzdim.
Yuqorida ko‘rganimizdek, suzuvchi spredning afzalliklari ko‘proq. Bu mantiqan to‘g‘ri: suzuvchi spredning mavjudligi siz brokerning platformasida emas, aynan birjaning o’zida savdo qilayotganingizning asosiy belgisidir.
Suzuvchi spred bilan savdo qilganda, doimo kamroq to‘lash imkoniyatini topish mumkin. Sizning yagona xarajatingiz deyarli har doim belgilangan spreddan past bo‘ladigan komissiya bo‘lib qoladi. Jiddiy brokerlarning suzuvchi spredlari doim xom bozor narxlariga yaqin bo‘ladi. Menga kelsak, men allaqachon suzuvchi spred bilan savdo qilishni tanlaganman. Bundan tashqari, mening LiteFinance brokerim xom bozor narxlariga maksimal darajada yaqin spred taqdim etadi. So‘nggi yillarda men o‘z strategiyamda spredni umuman hisobga olmayapman, chunki u juda past.
Spredlar nimalarga bog‘liq?
Men avval aytganimdek, spred - bu komissiya. Komissiya bo‘lgani uchun, u bitimning barcha ishtirokchilari manfaatlarini inobatga olishi lozim. Odatda, spred birjaning manfaati va broker manfaatidan tashkil topadi. Buni formula ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin:
Spread = birja (bank) spredi + broker spredi
Bank yoki birja sizga valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkonini beradi va buning evaziga o‘z ulushini oladi. Broker esa ushbu jarayonda vositachi hisoblanib, aynan u sizning buyurtmangizni birjaga yetkazadi va buning uchun u ham o’z komissiyasini oladi. Brokerning roli muhimroq bo‘lgani sababli, broker spreadi birja spredidan ancha yuqori bo‘ladi. Valyuta birjasi aslida banklar uyushmasidir, shuning uchun birja spredini sizdan brokeringizga kotirovkalarni taqdim etuvchi bank oladi, deyish mumkin. Birja undiradigan spred "xom" deb ataladi, ya’ni unga markap va broker spredlari qo‘shilmagan holda. Hozirgi kunda birjada faqat "xom" spred bilan savdo qilish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu ECN (Elektron kommunikatsiya tarmog‘i) turdagi savdo hisobvalari orqali amalga oshiriladi.
Bu vositachi manfaatini hisobga olmagan holda, sof birja spredi bilan savdo operatsiyalarini amalga oshirishning alohida kommunikativ tarmog‘idir. Bu spredsiz Foreks valyuta bozori deb ataladi. Umuman olganda, spredsiz savdo qilish deyarli imkonsiz, ammo ECN hisoblarida spred ancha kam bo‘ladi. Broker o‘z manfaatini ham hisobga oladi, lekin bu spredning bir qismi emas, balki komissiya hisoblanadi - bu holda u belgilangan va faqat treyder tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Munosabatlarning yana bir turi ham mavjud – bu CLASSIC turdagi savdo hisoblaridir.
Bu turdagi hisoblar ECN dan ancha oldin paydo bo‘lgan. Ularda birja va broker tomonidan olinadigan spred mavjud, shu sababli uning hajmi "xom" hisoblardan ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi. Biroq CLASSIC hisoblarida markap va komissiya yo‘q - ular fikslangan spredli hisoblarga nisbatan ancha manfaatliroqdir.
Shuni tushunish kerakki, spredsiz Foreksning o‘zi ham bo‘lmasdi - birjalar har doim o‘z komissiyasini oladi. Agar brokerning spredi butunlay nolga teng bo‘lsa, u qanday qilib daromad ko‘rishini faqat taxmin qilish mumkin...
Suzuvchi spred hajmiga bir nechta muhim omillar ta’sir qiladi:
Savdo instrumentining likvidligi - bu tovarning tez sotilish yoki sotib olinish qobiliyatidir. Birjadagi barcha savdo instrumentlari bir qator parametrlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan bo‘lib, ulardan biri likvidlikdir. Savdo instrumenti qanchalik mashhur bo‘lsa, u shunchalik likvidli bo‘ladi. Savdo instrumentining likvidligi qanchalik yuqori bo‘lsa, unga nisbatan spred shunchalik kam bo‘ladi. Va aksincha, instrumentning mashhurligi pastroq - spred ko‘proq. Masalan, EURUSD valyuta juftligi bo‘yicha, materialni yozish paytida spred miqdori 1 punktni tashkil etadi. EURHKD bo‘yicha esa - 187 punkt. Bu asosiy tamoyil, ammo ma’lum sharoitlarda bu bog‘liqlik o‘zgarishi mumkin.
Savdo instrumentining volatilligi - vaqt birligi ichida narxning o‘zgarish soni bo‘lib, tiklarda o‘lchanadi. Ma’lum vaqt oralig‘ida tiklar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, volatillik shunchalik yuqori bo‘ladi. Tabiiy ravishda, volatillik oshishi bilan punktlardagi narx o‘zgarishi ham ortadi. Instrumentning o‘zgaruvchanligi qanchalik yuqori bo‘lsa, narxlar sakrashi davrida spred shunchalik yuqori bo‘ladi. Aksincha, volatillik past bo‘lsa, spred ham kichik bo‘ladi. Yana ta’kidlash joizki, bular asosiy xususiyatlar bo‘lib, ular buzilishi mumkin. Volatillik doimiy emas, shu sababli spredning kengayishi "sakrashsimon" bo‘ladi. Misol uchun, muhim yangiliklar e’lon qilinganda volatillik vaqtincha keskin oshadi, uning ortidan spred ham kengayadi, biroq keyinchalik volatillik pasayib, spredni ham o‘zi bilan "tortib" ketishi mumkin. Aynan shu sababdan suzuvchi spred avtomatik savdo tizimlarida ommalashmagan: narx sakrashi paytida tizimdan tashqari bitimlar bo‘yicha orderlar ishga tushishi mumkin.
Savdo vaqtlari. Bu yerda uzoq tushuntirishdan ma’no yo‘q - spred hajmi kun vaqtiga bog‘liq. Asosiy operatsiyalar o‘tkaziladigan savdo sessiyasi ochiq bo‘lganda, spred doimo yopiq vaqtdagidan pastroq bo‘ladi. Buni asosiy valyuta juftliklarida kechasi, Yevropa savdo sessiyasi yopilgan va Osiyo sessiyasida narxlar belgilanayotgan paytda kuzatish mumkin. Spred miqdoriga kliring - qayta hisob-kitob vaqti ham ta’sir qiladi. U broker vaqti bo‘yicha soat 24:00 da hamda dam olish va bayram kunlarida birja yopilganda sodir bo‘ladi. Bunday paytlarda spred odatda kengayadi.
Brokerning manfaati. Albatta, spredning eng asosiy qismi vositachi, ya’ni broker yoki dilerning manfaatidir. Bu qismni broker vaziyatni qanday baholashiga qarab o‘zi belgilaydi. Har xil brokerlarning spredlari turlicha. Hamma daromad olishni xohlaydi, shuning uchun eng mashhur brokerlar o‘z manfaati bilan mijoz manfaati o‘rtasida muvozanat topadilar. Bu ECN hisoblarining paydo bo‘lish sabablaridan biri. Uncha taniqli bo‘lmagan brokerlar yuqoriroq spred o‘rnatadilar, eng mashhurlari esa, aksincha, uni iloji boricha kamaytirishga intiladilar.
Qanday qilib spredlarda pul ishlash mumkin
Ushbu bo‘limda Foreks spredni qaytarib olish kabi savdoda ancha ommalashgan masala haqida so‘z yuritamiz. Bu istiqbolli eshitilsa-da, aslida shunchaki balandparvoz gaplardir. Haqiqatda, spreddan foyda olish faqat broker yoki brokerning hamkori bo‘lish orqaligina mumkin. Xususiy treyderlar uchun mavjud bo‘lgan yagona imkoniyat - to‘langan spredning bir qismini qaytarib olishdir.
Buning uchun treyderlar maxsus rebate xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bir necha variant mavjud. Hisoblarning ikkita asosiy turi bo‘lgani sababli, spredlarni qaytarib olishning ham ikkita asosiy turi mavjud - bu CLASSIC turidagi hisoblarda spredning bir qismini qaytarish va ECN hisoblarida komissiya foizini qaytarish. Rebate tizimiga a’zo bo‘lish uchun brokeringiz bilan hamkorlik qiluvchi xizmatlardan birining veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki shunga o‘xshash ichki tuzilmaga ega broker bilan ishlashingiz lozim. Har bir brokerning spredni qaytarish bo‘yicha o‘z qoidalari mavjud.
Bu qoidalar ancha ko‘p bo‘lib, asosan firibgarlik sxemalariga qarshi kurashishga qaratilgan. Ular mikro-skalpingni deyarli butunlay cheklab qo‘yadi, chunki deyarli har bir brokerda bitimni ochish va yopish narxi o‘rtasidagi minimal punkt soni bo‘yicha cheklov mavjud.
Umuman olganda, bu xizmat faqat bir oyda 10-20 ta bitim bilan o‘rta muddatli savdo strategiyasini afzal ko‘radigan treyderlar uchun qulay bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar skalperlar orasida ommalashgan bo‘lsa-da, qat’iy cheklovlar tufayli ularning barcha bitimlari qaytarilmaydi. Uzoq muddatli strategiyalar uchun ham bu xizmatlar uncha mos kelmaydi - 1000 punktdan ortiq bitimlar uchun spred hajmi deyarli ahamiyatsiz. Shaxsan men bu xizmatlardan faqat faoliyatim boshida, tanishish maqsadidagina foydalanganman. Hozir spred miqdori haqida deyarli o‘ylamayman - o‘rtacha 3-5 ming punkt foyda bilan uzoq muddatli savdo strategiyasini qo‘llayapman. Bunday daromadda 1 punkt yoki 10 punkt spred to‘lashim haqidagi savol umuman o‘rinsiz.
Katta spredlar yoki broker komissiyasi: qaysi birini tanlagan ma’qul?
Shunday qilib, biz yuqorida aniqlaganimizdek, schyotlarning bir necha turlari mavjud. Ularning asosiy ikkitasi - birja spredlari va broker spredlari. Men doimo chatlarda va mavzuga oid forumlarda past spreadli Forex brokerlarini qidirish va taqqoslash bo‘yicha muhokamalarni ko‘raman. Umuman olganda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan spred miqdori o‘rtasida bog‘liqlik bormi?
Javob bir qarashda kundek ravshan ko‘rinadi - hamma ham Foreksda minimal spredlarni qo‘lga kiritishni istaydi, biroq bu u qadar oson emas. Buni chuqurroq tushunish uchun eng muhim savolga javob beraylik: brokerlar qanday qilib daromad topadi?
Komissiyalar. Bu har qanday brokerning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Yirik brokerlarda u shunchalik kattaki (mijozlar sonining ko‘pligi tufayli), ular o‘z vositachilik haqlarini deyarli minimal darajagacha tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Har bir mijoz bitim amalga oshirganda, masalan, 1 dollar to‘laydi. Agar mijozlar 10000 ta bo‘lsa, broker ham bir martalik komissiya sifatida 10000 AQSH dollari oladi. Har bir mijoz kuniga qancha bitim tuzadi? Shunday qilib, brokerning komissiya yoki spreddan oladigan daromadi uning asosiy foydasini shakllantiradi. Biroq komissiya miqdorini cheksiz kamaytirish ham mumkin emas, chunki har qanday biznesda rentabellik nuqtasi mavjud. Daromaddan tashqari, xarajatlar ham bor va yirik brokerlarda ular ham sezilarli darajada. Eng muhimini tushunib oling va eslab qoling: hech bir broker o‘z mijozlaridan komissiya olmasdan ishlay olmaydi. Aks holda u zarar ko‘radi va juda tez bankrot bo‘ladi. Yirik va ishonchli brokerlar spredlarni kamaytirishga qodir, ammo bu oqilona chegaralarda bo‘ladi. Agar sizga brokerning komissiyasi yo‘qligini va "xom" spredi ham yo‘qligini aytishsa, bu spreddan emas, balki mijozlarni aldab pul topadigan firibgarlardir.
Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjudlarini saqlab qolish - bu brokerning ikkinchi daromad manbai bo‘lib, aslida birinchisi uchun yoqilg‘i vazifasini bajaradi. Mijozlar bor ekan, bitimlar ham bo‘ladi, bitimlar bo‘lsa, komissiya olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Hammasi juda oddiy. Brokerlik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadigan maydon uncha katta emas, ammo kompaniyalar soni juda ko‘p. Yangi mijozlar uchun kurash shiddatli va uzluksiz davom etmoqda. Bizga (treyderlarga) kerak bo‘lgan narsa - brokerda bizni qoniqtiradigan shartlarning mavjudligi, xolos. Albatta, barchamiz hisoblarni to‘ldirish uchun komissiya olinmasligini, spredlar, svoplar va boshqa to‘lovlar bo‘lmasligini istaymiz, lekin bu imkonsiz. Shu sababli, eng kam komissiya oladigan brokerlarni izlaymiz. Buni brokerlar ham tushunadi. Ular doimiy ravishda komissiyalarni pasaytiradi, individual savdo shartlarini taklif qiladi va boshqa imtiyozlar beradi. Minimal komissiyali brokerni tanlashda ehtiyot bo‘ling. Hech kim o‘ziga zarar keltirib ishlamaydi. Agar broker o‘z mijozlaridan komissiya olmasa, demak u biz xayolimizga ham keltirmagan boshqa narsadan foyda ko‘radi. Yaxshisi, hamma narsa tushunarli va shaffof bo‘lgani ma’qul.
Mijoz zarari. O, bu iborani turli odamlardan, hatto bozorga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan kishilardan ham juda ko‘p eshitganman. Ha, unda haqiqat ulushi bor, lekin faqat ulushgina. Jarayon mexanizmi quyidagicha: biz birjada o‘z mablag‘imizning bir qismini tikib, bitim tuzamiz. So‘ngra bitimimizni broker qabul qilib, ijro etadi va birjaga chiqaradi. Agar bitim birjaga chiqarilsa, bizning kontragentimiz birja, aniqrog‘i bank bo‘ladi. Kontragent - bu birja atamashunosligi bo‘yicha bizga nisbatan bitimni bajarish majburiyatini oluvchi shaxs. Majburiyatni olish natija chiqish paytida javobgar bo‘lishni anglatadi. Sodda qilib aytganda, biz foyda ko‘rsak, daromadni kontragentimiz to‘laydi, zarar ko‘rsak - kontragentimiz foyda oladi. Shunday qilib, bitim "bozor"ga chiqarilganda, broker operatsiyadan chetlashadi va faqat kafolatlangan vositachilik haqini oladi. Brokerlarning ko‘pchiligi aynan shu bilan shug‘ullanadi. Biroq shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, sizning kontragentingiz broker bo‘lib qoladi. Bunday holda, muvaffaqiyat qozonsangiz, foydani sizga birja emas, balki broker o‘z cho‘ntagidan to‘laydi. Agar yutqazsangiz, zararingizni broker o‘zlashtiradi. Albatta, hech kim o‘z "qon terga botib topgan" pulini ixtiyoriy ravishda berib yubormaydi. Birjada bunday holat uchun ko‘plab mexanizmlar mavjud bo‘lib, ularning asosiysi marketmeyker hisoblanadi. Brokerda esa bunday mexanizmlar yo‘q - u deyarli hech narsa qila olmaydi. U yo birja qoidalariga ko‘ra vaziyatning halolligini tan olib, foydani mijozga berishi, yoki shunchaki aldab bermasligi mumkin. Yirik brokerlar ko‘pincha o‘z mijozlarining kontragentlari sifatida faoliyat yuritadi va har doim tegishli to‘lovni amalga oshirishga tayyor turadi. Mijoz uchun esa uning kontragenti kim bo‘lishidan qat’i nazar - kotirovka bir xil bo‘ladi. Muvaffaqiyatsizlikning sababi brokerda emas, sizda bo‘ladi, chunki shartlar hammaga bir xil. Biroq yangi brokerlar komissiya hisobidan yetarli daromad ololmaydilar, chunki ularni kamdan-kam odam tanlaydi. Odamlar yangilikka emas, sinalgan narsaga ishonishga o‘rganib qolgan. Shunda bu brokerlar turli hiylalarga qo‘l urishadi. Masalan, mijozni jalb qilish uchun spred va komissiyalarsiz savdoni taklif qilishadi. Ammo siz shuni tushunishingiz kerakki, bunday sharoitda broker zarar ko‘radi. Shuning uchun ular ko‘pincha o‘z mijozlari uchun bitimlar bo‘yicha kontragentlar sifatida harakat qilishadi, agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, uning pullarini o‘zlari olishadi. Bu normal holat, lekin muammo bor. Agar mijozning Teyk-profiti ish bersa, broker uni to‘lashi dargumon. Bu uning firibgar bo‘lgani uchun emas, balki shunchaki puli yo‘qligi sababli. Komissiya yo‘q, pul ishlash uchun hech narsa yo‘q. Shunday ekan, firibgarlar qo‘liga tushib qolishni istamasangiz, haddan tashqari qulay shartlarni izlamang. Esda tuting: "Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi"!
Eng kichik spredli Foreks juftliklari (Foreksda nolga teng spred)
Eng kichik spred bozor ijrosiga ega bo‘lgan ECN schyotlarida mavjud. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, quyidagi valyuta juftliklarini eng past spredga ega deb hisoblash mumkin:
EUR/USD - spredning o‘rtacha hajmi 1 dan 5 pipsgacha yoki 0.1 - 0.5 punktgacha tebranib turadi.
EUR/GBP - spredning o‘rtacha hajmi 2 dan 8 pipsgacha yoki 0.2 - 0.8 punktgacha tebranib turadi.
GBP/USD - spredning o‘rtacha hajmi 2 dan 8 pipsgacha yoki 0.2 - 0.8 punktgacha tebranib turadi.
USD/CHF - spredning o‘rtacha hajmi 2 dan 9 pipsgacha yoki 0.2 - 0.9 punktgacha tebranib turadi.
USD/CAD - spredning o‘rtacha hajmi 4 dan 10 pipsgacha yoki 0.4 - 1.0 punktgacha tebranib turadi.
EUR/JPY - spredning o‘rtacha hajmi 3 dan 11 pipsgacha yoki 0.3 - 1.1 punktgacha tebranib turadi.
AUD/USD - spredning o‘rtacha hajmi 4 dan 12 pipsgacha yoki 0.4 - 1.2 punktgacha tebranib turadi.
Tinch bozordagi o‘rtacha statistik ma’lumotlar keltirilgan.
Spredlarni real vaqtda brokerning sahifasida bevosita ko‘rish mumkin. U yerda spredlar besh xonali bozor kotirovkalari uchun punktlarda ifodalangan (shunga muvofiq, punktlar - verguldan keyingi beshinchi belgining qiymatidir). Agar spred 4 xonali kotirovkalar uchun formatda ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning qiymati odatda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi, masalan: 0.3 - bu spred 3 punktni tashkil etishini anglatadi. Savdo operatsiyasi ochilgandan so‘ng darhol joriy foyda ustunida spred miqdoriga teng bo‘lgan zarar aks ettiriladi. Faraz qilaylik, spred 2 punktni tashkil etdi, demak nolga chiqish uchun tanlangan savdo vositasi bo‘yicha narx daromadlilik tomonga 2 punktdan o‘tishi kerak, keyingi harakat esa endi treyderning ochiq bitim bo‘yicha daromadi bo‘ladi. ECN texnologiyalarida ishlaydigan halol brokerning asosiy daromad manbai asosan komissiya hisoblanadi va u Foreksda deyarli nolga teng spred taklif qiladi. Hozirgi kunda bunday brokerlarni nol spredli broker deb atash odat tusiga kirgan.
Foreksdagi suzuvchi bozor spredining qiymati har soniyada o‘zgarib turadi va bir nechta omillarga bog‘liq:
1. Valyuta juftining likvidligi
Savdo instrumenti qanchalik yuqori likvidlikka ega bo‘lsa, mumkin bo‘lgan maksimal spred shunchalik past bo‘ladi. Masalan, asosiy valyuta juftliklari bo‘yicha maksimal spred kamdan-kam hollarda 10 punktdan oshadi, ekzotik valyuta juftliklari bo‘yicha esa spred juda yuqori bo‘lib, yuzlab punktlarga yetishi mumkin. Misol uchun, EURMXN juftligi uchun 500 punktli spred oddiy hol hisoblanadi. Shuningdek, har bir vositaning past likvidli davrlari mavjud bo‘lib, bu davrlarda o‘rtacha spred qiymati yuqori bo‘ladi - odatda bu tunda kuzatiladi.
2. Iqtisodiy yangiliklar
Siyosiy yoki iqtisodiy hodisalar nafaqat moliyaviy vositalarning qiymatiga, balki spred hajmiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, iqtisodiy yangiliklar kutilayotgan paytda tegishli valyuta juftligi bo‘yicha spred kengayishi mumkin. Masalan, Brexit masalasi bo‘yicha o‘ta keskin munozaralar avj olgan paytlarda, Britaniya funti ishtirok etgan valyuta juftliklaridagi spred bir necha barobar oshib ketgan edi.
3. Broker harakatlari
Brokerlar kompaniya ichida spredni o‘z xohishlariga ko‘ra belgilaydilar. Narx belgilashda bir nechta omillar mavjud. Likvidlik ta’minotchisining xom bozor spredi ham muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, broker daromad olish uchun spred ustamasi siyosatini tanlaganmi yoki savdo qilingan lot uchun qat’iy komissiya qo‘shishni tanlaganmi, bu ham ahamiyatli. Halol brokerning asosiy daromadi spred yoki komissiyadan iborat, "oshxonalar" esa mijozning yo‘qotishi va foydasi o‘rtasidagi farqqa ishlaydi. Shunga ko‘ra, ular mijozlarni jalb qilish uchun juda past belgilangan spredlarni taqdim etishi mumkin. Bunda ular ko‘pincha o‘zlarini nol spredli Foreks-brokerlar sifatida tanishtiradilar, ammo aslida bunday emas.
Foreksdagi spred bo‘yicha FAQ
Foreks bozoridagi yaxshi spred tushunchasini har kim o‘zi uchun o‘zi belgilaydi. Ammo treyderlik muhitida aktivni sotib olish va sotish narxlaridagi minimal farqni yaxshi deb atash odat tusiga kirgan. Agar sizning spredingiz xom bozor sprediga yaqin bo‘lsa - bu yaxshi spred bo‘ladi yoki spred normal hisoblanadi.
Yo‘q. Institutsional savdo yirik moliyaviy tashkilotlarning Foreks bozorida savdo qilishini ko‘zda tutadi. Savdo hajmi va bitimlar soni shu qadar katta bo‘ladiki, ular o‘ta likvidlikka ega bo‘lish uchun jiddiy ravishda ortiqcha to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi. Natijada, institutsional savdoda spred hajmi sezilarli darajada ortadi.
Agar siz spredlarini taqqoslamoqchi bo‘lgan brokerlar o‘zlarini ECN brokerlari sifatida belgilashsa va ularning spredlari deyarli farq qilmasa, ularni taqqoslashning deyarli ma’nosi yo‘q. Biroq, agar baribir shunday qarorga kelingan bo‘lsa, eng oson yo‘l internetda turli brokerlarning spredlarini taqqoslash jadvali keltirilgan maxsus saytlarni qidirish bo‘ladi. Agar bunday saytlarga ishonmasangiz, taqqoslanayotgan brokerlardan demo hisob ochishingiz mumkin. Demo hisobda broker haqiqiyga o‘xshash spredlarni taqdim etadi, shuning uchun siz ularning spredlarini onlayn rejimda taqqoslashingiz mumkin.
Hammasi oddiy: bir tomondan ozaysa, ikkinchi tomondan keladi. Agar broker nolga yaqin spred taqdim etayotgan bo‘lsa, u komissiyada daromad olishi kerak. Zamonaviy brokerning faqat ikkita daromad olish usuli bor - spred yoki komissiya. Agar broker ECN tizimiga ulangan bo‘lsa, u xom bozor spredini taqdim etadi. Bu spred ba’zi paytlarda 0 ga teng bo‘lishi mumkin, ammo bunday holda broker sizdan albatta komissiya undirishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, demak, broker sizni aldayapti.
Ekzotik valyuta juftliklari asosiy valyuta juftliklariga qaraganda kamroq mashhur hisoblanadi. Bitimni amalga oshirishda ikkala tomon ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani bois, nisbatan kamroq ommalashgan valyuta juftliklari savdo jarayoni ishtirokchilari uchun yuqori xarajatlar va katta risklarni keltirib chiqaradi, shu sababli ular ko‘proq mukofot talab etadi. Market-meykerlar bunday juftliklarda spredni kengaytirish orqali shunchaki yetarli bo‘lmagan likvidlikdan o‘zlarini himoya qiladilar.
Bu butunlay tabiiy jarayon. Brokerlar xayriya tashkilotlari emas, balki moliyaviy vositachilardir. Ular sizning bitimingizni birjagacha olib borish uchun spred deb ataladigan o‘z ulushlarini oladilar. Siz qanchalik ko‘p bitim tuzsangiz va bu bitimlarga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflasangiz, broker shunchalik ko‘p daromad oladi. Bu jarayon faqat parallel tarzda sodir bo‘ladi. Agar siz foyda ko‘rsangiz, broker ham foyda ko‘radi. Agar bilimsizlik tufayli hisobingizni yo‘qotsangiz, broker ham daromaddan mahrum bo‘ladi. Shunday qilib, brokerlar uchun mijozlarni sindirib foyda ko‘rish davri allaqachon o‘tib ketgan.
Agar uzoq vaqt intervalidagi spred savdosi haqida gapiradigan bo‘lsak, dasturiy ta’minot har qanday bo‘lishi mumkin, chunki siz har 5 daqiqada o‘z pozitsiyangizni kuzatishingiz shart emas. U tez orada amalga oshirilmaydi, shuning uchun monitoringni Metatrader 4 va 5 yoki TradingView kabi standart platformalarda amalga oshirish mumkin. Biroq, TradingView’ning bitta muhim afzalligi bor - bu platforma MT4 va MT5’da amalga oshirib bo‘lmaydigan bir grafikni boshqasiga ustma-ust qo‘yish imkonini beradi, shuning uchun ushbu terminaldan turib Foreks spredlari bilan savdo qilish qulayroq.
Treyderlar kun davomida skalping bilan savdo qilishlari, ya’ni skalping strategiyalarini qo‘llashlari haqida misollar mavjud. Bunday savdoning samaradorligi ko‘p sonli operatsiyalardan yakuniy natija olishga asoslanadi. Bu juda ko‘p kuch talab qiladi va kun oxiriga kelib siz ma’naviy charchoqni his qilishingiz mumkin. Mening fikrimcha, treyding sizni qiynab qo‘ymasligi kerak. Birjadagi spred savdosi jarayondan ham, natijadan ham zavq keltirishi lozim. Shuning uchun, uzoqroq muddatli savdo operatsiyalari kamroq zo‘riqtiradi va sizda doimo voqealarning ehtimoliy rivojlanishini tahlil qilish, pozitsiyada qolish yoki chiqib ketish haqida qaror qabul qilish uchun vaqt bo‘ladi. Chunki siz tikli grafikda emas, balki global taymfreymda ishlaysiz.
Spred - Foreks bozoridagi BID va ASK narxlari o‘rtasidagi farqdir. Shuningdek, spred aktivni sotib olish va sotish narxlari orasidagi tafovutni ham anglatadi. Bundan tashqari, iqtisodiy doiralarda moliyaviy aktivga bo‘lgan talab va taklif narxlari o‘rtasidagi farq ham spred deb atalishi mumkin. Umuman olganda, treydingda spred oddiy tilda aytganda - bu bitimni amalga oshirish uchun vositachi oladigan haqdir.
Spred — bu sotib olish va sotish narxi o'rtasidagi farqdir. Bu har bir tranzaksiya uchun sizning brokerga to'laydigan komissiyangiz sanaladi. Spred qanchalik kam bo'lsa, foyda shunchalik ko'p bo'ladi. EURUSD, USDJPY, AUDUSD, USDCHF va NZDUSD eng past spredlarga ega.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.