Avtomatik savdo tizimini ishlab chiqishning ikkita varianti mavjud: tayyor algoritm bo'yicha maslahatchi yozish va maxsus konstruktorlardan foydalanish. Birinchi variant samaraliroq, ammo ikkinchisi kodni bilishni talab qilmaydi. System Creator - bu shaxsiy risk-menedjment qoidalarini hisobga olgan holda bazaviy va foydalanuvchi indikatorlar bo'yicha savdo maslahatchilarining butun armiyasini qo'lda yaratish va ishlab chiqishga imkon beruvchi universal ko'p funktsiyali konstruktordir. Shuningdek, dastur sizga yangi yaratilgan yoki allaqachon mavjud bo'lgan maslahatchilarning sozlamalarini optimallashtirish, ularning samaradorligini bir nechta stress-test usullari bo'yicha baholash imkonini beradi. Ushbu sharhda siz avtomatik savdo tizimlarini noldan qanday yaratishni bilib olasiz.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Dasturlashsiz maslahatchi qanday yaratiladi
Bitta tugmani bosish bilan savdo tizimi darhol daromad keltira boshlashi haqidagi o'ylar, har bir treyderning orzusi bo'lsa kerak. Buning iloji yo'qligi mantiqan tushunarli bo'lsa ham, lekin buning hech bo'lmaganda kichik imkoniyati bor degan umid bo'lsa, bu orzudan voz kechish qiyin. Va umid haqiqatan ham bor - uni avtomatik savdo maslahatchilari ko'rinishida ro'yobga chiqarish mumkin.
Ishlaydigan savdo tizimi bo'yicha maslahatchi yaratishning ikkita varianti mavjud:
Aniq belgilangan savdo algoritmiga muvofiq kod yozishga buyurtma berish (yoki uni mustaqil yozish). MQL4 yoki 5 tilini bilsangiz - bu ideal variant. Ammo agar til bo'yicha ko'nikmalaringiz bo'lmasa, bu oson bo'lmaydi: ijrochi savdo tizimining g'oyasini to'g'ri ijro eta oladimi? Keyinchalik robotni qanday optimallashtirish mumkin? Va bunday savollar juda ko'p.
Maxsus dasturlar yordamida robotlarni yaratish, ahir buning uchun kodlash ko'nikmalari talab qilinmaydi. Ushbu variant treyderning imkoniyatlarini biroz cheklasa ham (siz baribir dasturga kiritilgan xususiyatlardan yuqoriroq sakrab o'tolmaysiz), ammo bu o'zining noyob maslahatchisini yaratmoqchi bo'lganlar uchun eng yaxshi variant bo'lib qolmoqda.
System Creator - bu oddiy va murakkab (kombinatsiyalangan) maslahatchilarni asosiy indikatorlar asosida ishlab chiqish uchun konstruktor bo'lib, ularni keyinchalik sinovdan o'tkazish, tahlil qilish va optimallashtirish imkoniyatini beradi. Dasturda ishlash oson emas, lekin uning funktsionali yomon emas.
Uning bir nechta o’ziga xos hususiyatlari:
Maslahatchilar MT4'ga mos qilib yaratiladi.
Dastur bepul (bu plyus) va uni internetdan 5 daqiqada topishingiz mumkin.
Dasturni o'rnatish uchun 2-3 daqiqa vaqt ketadi, ammo operatsion tizimlarning muvofiqlashtirilishi bilan bog'liq ba'zi muammolar mavjud. Bu muammoning sababi Windows'da deb o'ylayman. Bu aniq deb ayta olmayman, lekin kompyuterlardan birida System Creator versiyalarining hech birini ishga tushira olmadik.
Savdo maslahatchisini yaratish uchun System Creator'dan qanday foydalanish kerak?
Konstruktor bilan ishlashni boshlash uchun birinchi narsa - bu tilni tanlash. Buni View (Ko'rinish) menyusida amalga oshirish mumkin. Keyingi qadam - bu ma'lumotlar tarixini "Tarix markazi" asosiy oynasida yuklab olish. Agar ishga tushirishda tarix markazi oynasi ko'rinmagan bo'lsa (ya'ni monitorda faqat yuqori menyu va kulrang ekran ko'rinsa), uni "Bozor/arxiv ma'lumotlarini yuklab olish" menyusida chaqirishingiz mumkin.
Arxiv kotirovkalarini yuklab olish uchun ikkita variant mavjud: serverdan, MT4'dan (kotirovkalar avtomatik ravishda yuklanadigan joyda). E'tibor bering, maslahatchining samaradorligi kotirovkalarning sifatiga (ularning aniqligi, o'tkazib yuborilgan sanalarning yo'qligi va boshqalar), aniqrog'i tarixiy ma'lumotlar va real hisobdagi savdo natijalari orasidagi farqlanishga bog'liq bo'ladi:
FSB Demo Data ma'lumotlarini yuklab olish. Ishlab chiquvchilar serveridan kotirovkalarni yuklab olish. Bu yerda kotirovkalarning sifatini eng yaxshi deb bo'lmaydi. Sinab ko'rish uchun mos bo'lishi mumkin, ammo haqiqiy ishlaydigan maslahatchini yaratish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqqan yaxshiroq.
MT4. Kotirovkalarni terminaldan yuklab olishni nazarda tutadi. Nazariy jihatdan, bu variant eng yaxshisidir, chunki u treyderning o'z platformasiga yuklab olish orqali kotirovkalarni tanlashga mas'uliyat bilan yondashganligini bildiradi. Bundan tashqari, hamma narsani bitta brokerga murojaat qilish bilan amalga oshirgan ma'qul: savdo shartlari kimniki bo'lsa, maslahatchini kim ishga tushirsa, kotirovkalar ham uniki bo'ladi.
Konstruktorning o'ziga xos xususiyati - tarix barlari sonining 1 milliongacha bo'lgan cheklovi.
Shu yerda dastur bilan ishlash, ya'ni menyu va oynalar joylashuvining qulayligini ta'kidlab o'tish joiz. Ikkita asosiy menyu paneli mavjud: "Fayl/Tahrirchi..."va znachoklar paneli. Ba'zi funktsiyalar takrorlanadi. Masalan, siz birinchi (eng chap) tugmacha orqali yoki "Fayl/Yangi" menyusidan sal yuqoriroqda chaqirish yo'li bilan strategiya yaratishni boshlashingiz mumkin. MT4/5'ga strategiyalarni import va eksport qilish strategiya menyusida joylashgan. Chaqiriladigan barcha funktsiyalar (tarix markazi, strategiya shablonlari, yangi strategiya konstruktori va boshqalar) menyu ostida joylashgan alohida oynalarda ochiladi.
E'tibor bering, yuqoridagi rasmda Demo-strategiyalar keltirilgan vkladka mavjud, ularning ro'yxatini o'ng oynada ko'rish mumkin. Bu ishlab chiquvchilar tomonidan kiritilgan standart indikatorlar bo'yicha tayyor demo strategiyalardir. Bu foydalanuvchiga tayyor dasturning vizual ko‘rinishini namoyish etish uchun qilingan. Ularni sozlamalar panelida (rasmli menyu) joylashgan "Strategiyalar provodniki" tugmasini bosish orqali chaqirib olish mumkin.
Chap oynada qo‘shimcha menyu ko‘rinadi, uning bandlari asosiy oyna turiga qarab o‘zgarib turadi. Misol uchun, yuqoridagi tasvirda asosiy oyna - yangi strategiya oynasi, chap tomonda esa "Tahrirchi(redaktor)" quyi menyusidagi qo‘shimcha sozlamalar joylashgan. Bu sozlamalarga keyinroq to‘xtalamiz.
Yana bir necha foydali funksiyalar:
Ochiq kodga tuzatish kiritish imkoniyati nazarda tutilgan. Ya’ni, agar MQL tilini bilsangiz, yaratilgan maslahatchini o‘ziga xos risk-menejment usullari, treyling-stoplar va boshqalarni qo‘shish orqali takomillashtirish mumkin (konstruktorda to‘ldirib bo‘lmaydigan narsalar).
System Creator'da jurnallar ko‘zda tutilgan. Strategiyaning o‘zida (yuqoridagi skrinda "Sharh" chap quyi menyusida) jurnal - bu tayyor strategiya bo‘yicha ijro etilgan bitimlar yozuvlari statistikasi: tranzaksiya, yo‘nalish, lot narxi, marja va boshqalar. Pastki qismidagi jurnal - bu treyderning harakatlari statistikasi, foydalanuvchining nima qilganligi, xatolari va boshqa ma’lumotlar aks ettirilgan chiqish jurnali. Shunga o‘xshash analog MT4’da ham bor.
1. Hisob sozlamalari
Ishga tayyorgarlik mana shundan boshlanadi. Yuqori menyuda "Hisob/Hisobni sozlash" tugmasini bosib, alohida "Boshqaruv paneli" oynasini chaqiramiz. Bu yerda yangi profil yaratish kerak, buning uchun chap qismda tegishli tugmani bosamiz, profil nomi va tavsifini kiritamiz. "Bosh" sahifasiga qaytamiz.
Keyingi qadam: "Faol rejim"da yangi yaratilgan profilni tanlaymiz, ularni istagancha yaratish mumkin. Nima uchun - bu boshqa masala. Masalan, turli xil strategiyalarni bir-biridan tubdan farqlash uchun.
Boshqaruv panelida quyidagi kichik bo‘limlar mavjud:
Bektester. Sinovni haqiqiy bozor sharoitlarga maksimal darajada yaqinlashtirish uchun marjin-koll bo‘yicha bitimlarni avtomatik ravishda yopish imkoniyatini nazarda tutadi. Ikkinchi band qisqartirilgan davrlarda ishlash imkonini beradi. Ya’ni, agar strategiya soatlik davrlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, sinov uchun M1-M15 davrlaridan ham foydalaniladi. Ikkala opsiyani ham yoqishni tavsiya etaman.
Balans/Kapital grafigi. Ikkala opsiya ham qo‘shimcha bo'lib, ma'lumot beruvchi xususiyatga ega. Birinchisi, asosiy o‘sish chizig‘idan tashqari, uzun va qisqa bitimlar bo'yicha shunga o‘xshash statistikani alohida chiqarib beradi. Strategiya umuman ish beryaptimi-yo‘qmi, buni tushunish uchun uning keragi yo‘q. Ammo optimallashtirish uchun bu opsiya muhim: barqaror savdo tizimi uchun bitim qaysi tomonga ochilganligining ahamiyati yo’q. Ya’ni, qisqa va uzoq pozitsiyalar bo‘yicha foyda taxminan bir xil bo‘lishi kerak. Ikkinchi maydonda “galochka” qo‘yish ortiqcha bo‘lmaydi.
Programma. Bular ham yordamchi funksiyalar bo‘lib, ularning mazmun-mohiyati nomlanishidan ma’lum. Ularni yoqish kerakmi yoki yo’qmi - buni o‘zingiz hal qilasiz.
Tarmoqli. Proksi sozlamalari, ularni har kim individual ravishda o‘rnatadi.
Siz hozirgina "Bosh" bo'limida edingiz. Endi "Ma'lumotlar manbalari" pastki menyusiga o'tamiz (ushbu opsiya "Profil" bo'limi ostidagi chap oynada joylashgan).
Bu yerda shaxsiy ma’lumotlar manbasini qo‘shish kerak, uni qayerdan olamiz - bu yaxshi savol, o‘ylaymanki, treyding bilan shug‘ullanadigan har bir kishida paydo bo'ladi. Oynada, shuningdek, MT4 yoki maxsus fayldan (hali yaratilishi kerak bo‘lgan) manbalarni yuklab olish imkoniyati mavjud, ammo bizni bu variantlar qiziqtirmaydi. Ularni broker saytidan yuklab olganingiz ma’qul.
Keyingi qadam - hisobni sozlash. Chap paneldagi (Boshqaruv panelida) "Hisob" sahifasiga o‘tiladi. Faol rejimda biz yaratgan profilni, bizning holatda LiteFinance'ni yana tanlaymiz. So‘ngra hisobning tavsiflarini o‘rnatamiz: minimal depozit, valyuta, yelka va h.k. Statistikani valyuta yoki punktlarda ko‘rsatishni tanlash mumkin.
Oxirgi shtrix - Internetdan barcha valyuta kurslarini yangilash uchun "Yangilash" tugmasini bosamiz. Umuman olganda, bu yerda treyderning startdagi haqiqiy hisobida mavjud bo‘lgan kiritish ma’lumotlari aks ettiriladi.
"Belgilar" vkladkasida yangilangan kotirovkalarga ega bo‘lgan har qanday pozitsiyani qo‘shish, spred, uzun va qisqa pozitsiyalar bo‘yicha svop, lot qadamini qo'shib ko'rsatish mumkin. Verguldan keyingi belgilar sonini mustaqil qo'yish mumkin, lekin sukut bo‘yicha u darhol to‘g‘ri o‘rnatiladi. Shuni yodda tutingki, svop odatda punktlarda ko‘rsatiladi, garchi uni valyutada ham qo'yish mumkin. Sinov sharoitlarini real sharoitlarga maksimal darajada yaqinlashtirish uchun sirpanish parametrini ham qo‘shish mumkin.
Ushbu qiymatlarning barchasini qayerdan olsa bo'ladi? Siz ishlamoqchi bo'lgan brokerdan. Turli xil boshlang'ich savdo sharoitlari tufayli bir xil parametrlarga ega bo'lgan bir xil tizim turli xil natijalarni berishi mumkin. Ya'ni, kimdadir ishlaydi, kimdadir ishlamaydi. Masalan, rekvotalar sababli bitimlarni ochish juda kechikib qolishi yoki vosita bo‘yicha spred rejadagi daromadga erishishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun maslahatchi odatda ma’lum bir brokerga mo‘ljallab yaratiladi va undan kotirovkalar, spred va boshqa ma’lumotlar olinadi.
"Ma’lumotlar gorizonti." Bu yerda tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha tahlil qilish uchun barlarning minimal va maksimal soni, shuningdek barlar ichidagi tiklar soni ko‘rsatiladi. Shuningdek, test davrining boshlanishi va tugash sanasini ko‘rsatish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Afsuski, barcha diapazonlarda strategiyalarni N1 va undan yuqori taymfreymlarda shakllantirish uchun mos keladigan qat’iy cheklovlar mavjud. System Creator daqiqalik taymfreymlar uchun mos kelmaydi, qisqa davrlarda strategiyalar aniq bo‘lmaydi.
"Foydalanuvchi kodi". System Creator ishlab chiquvchilari foydalanuvchilarga tashqi resurslarga, ya’ni barcha asosiy ma’lumotlar saqlanadigan ma’lumotlar omboriga kirish imkoniyatini ta’minlashgan. Bu bo‘limda shu omborga o‘tib, o‘nlab tayyor strategiyalardan foydalanish mumkin. Savdo tizimini o‘zi yaratadigan treyderga buning keragi bormi? Bu albatta o‘rinsiz savol. Menimcha, yo‘q. Biroq, aniq kerak bo‘ladigan narsa - bu bazaviy indikatorlardan farq qiluvchi qo‘shimcha indikatorlardir. Shu sababli "Indikatorlar forumiga o‘tish" tugmasini bosamiz.
Ishlab chiquvchilarning saytiga kirgach, yuqori menyudagi "Repository" tugmasini bosamiz. U sizni qo‘lda boshqariladigan savdo tizimlari va indikatorlar bo‘limiga yo‘naltiradi. Sahifa menyusidan "Indikatorlar" bo‘limini tanlab, taklif etilgan ro‘yxatdan o‘zingizni qiziqtirgan indikatorni tanlang. Eng katta qiyinchilik indikatorning ishlash xususiyatlari va uning sozlamalarini tushuntirishdadir. Shuning uchun, agar indikator haqida ma’lumot topolmasangiz, System Creator’ga indikatorlarni import qilishning boshqa usullarini ko‘rib chiqishga harakat qiling. To‘g‘ri, ishlab chiquvchilar saytidan olingan indikatorlar konstruktor bilan mos keladi, ammo boshqa manbalardan yuklab olingan instrumentlar bilan uyg'unlashtirishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Bu ishlab chiquvchilar saytidagi indikator vkladkasining skrin-tasviri. Hozirda umumiy ma’lumotlar aks ettirilgan vkladka ochiq turibdi. Yonida til tanloviga qarab ochiq kodning ikki versiyasini ko‘rsatuvchi ikkita vkladka mavjud, ular bilan instrumentni yuklab olmasdan ham tanishib chiqish mumkin. Agar indikator mos bo'lsa, uning ikkala versiyasini yuklab olamiz: MQL Metatrader uchun, C# esa konstruktor uchun kerak bo‘ladi.
Endi konstruktor va ishlab chiquvchi saytining oynalarini yopamiz va System Creator arxiviga o‘tamiz. U yerda ishga tushiruvchi fayldan tashqari ikkita papka bor. "User Files/Indicators" papkasiga kirib, yuklab olingan indikator fayllarini u yerga ko‘chirib o'tkazamiz.
System Creator papkalarining qisqacha tavsifi:
Code. Bu yerda konstruktorga kiritilgan barcha qo‘shimchalar saqlanadi. Dastlabki versiyada faqat bitta hisob statistikasi fayli mavjud bo‘lib, dasturlashda bilimi bor kishilar unga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. Maslahatchilar yaratishni endi o‘rganayotganlar bu yerda hech narsaga teginmasliklari kerak.
Data. Strategiya tuzish uchun foydalaniladigan tarixiy ma’lumotlar shu papkaga nusxalanadi. Agar kotirovkalarni yangilash tugmasini bosgan bo‘lsangiz, ular aynan shu papkaga tushadi.
Indicators. Indikatorlar keltirilgan papka.
Libraries. Bu yerda allaqachon yaratilgan indikatorlar saqlanadi.
Logs. Bu yerda konstruktor jurnalida aks ettirilgan ma’lumotlar, ya’ni harakatlar tarixi saqlanadi.
MT4 Files. Bu yerda System Creator va MT4 o‘rtasida aloqa o‘rnatadigan yordamchi dastur joylashgan. Uning yordamida real hisobda maslahatchini, MT4 orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri System Creator bilan ishlatish mumkin. Uni System Creator yuqori menyusidagi "Savdo/Bridge o‘rnatilishini ishga tushirish" bo‘limida ishga tushirish mumkin.
Strategies. Bu papkada siz ishlab chiqaruvchilar saytidan olgan (agar xohlasangiz) strategiyalar, shaxsiy strategiyalaringiz va konstruktorning demo-strategiyalari saqlanadi.
System. Bu tizimli papkada konstruktor ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan tilni yoki o‘zingizning noyob so‘zlaringizni qo‘shishingiz mumkin. Bu yerda konstruktor modullari, ularning vizual ko‘rinishi va boshqa osiyalarni o‘zgartirish mumkin. Albatta, buning uchun kodlash ko'nikmalari va dasturning ishlash tamoyillarini tushunish talab etiladi.
Yuklangan indikatorlar konstruktor ro‘yxatida ko‘rinishi uchun Boshqaruv panelidagi Foydalanuvchi kodida (ishlab chiquvchi saytiga kirish amalga oshirilgan joyda) "Foydalanuvchi indikatorlarini yangilash" tugmasini bosish kerak. Agar indikatorlar paydo bo‘lmasa, demak mos kelmaslik mavjud. "Foydalanuvchi indikatorlarini sinash" tugmasi ham foydali - bu yerda konstruktor indikatorning to‘g‘ri ishlashini tekshiradi (ba’zida indikator ro‘yxatda ko‘rinadi, ammo kodida xatolik bo‘lishi mumkin). Agar "OK" yozuvi ko‘rsatilgan bo'lsa, indikator ishga yaroqli hisoblanadi.
"Maqbullik". Yana boshqaruv paneliga qaytamiz. Bu kelajakdagi strategiyaning xavf-xatarlarni boshqarish siyosati sozlamalariga ega bo‘lgan bo‘lim. Bu yerda valyuta va foizlarda ruxsat etilgan eng yuqori prosadkani, bitimlarning minimal va maksimal sonini va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ko‘rsatib o'tish mumkin. Agar pozitsiyalar xalaqit beradi deb hisoblansangiz, ularni butunlay o‘chirib qo‘yishingiz ham mumkin.
Keyingi "Maslahatchi" ichki oynasida maslahatchilarni MT4 papkalariga yuklash yo‘li ko‘rsatiladi. "Sozlamalar" qismida spredga qarab orderlarni ochish va yopishda sirpanish hajmini o‘rnatishning yana bir imkoniyati mavjud. "Avtostart" - platformada maslahatchini avtomatik ravishda ishga tushiradigan skript yaratish uchun ichki oyna. Unda strategiya nomini ko‘rsatish va maslahatchi dasturini avtomatik ishga tushirish (Avtostart) papkasiga nusxalash lozim.
2. Tarixiy ma’lumotlarni yuklab olish
Ma’lumotlarni yuklash bo‘yicha barcha ma’lumot men yuqorida aytib o‘tgan va maslahatchi yaratish ishlari boshlanadigan "Tarix markazi" menyusida joylashgan. Qiziqarli vkladkalardan biri "Ma’lumotlar statistikasi"dir. Bu yerda alohida ishga tushirilgan strategiyada foydalanilgan barcha narsa aks ettiriladi: kotirovkalar statistikasi, barlar soni va boshqalar. Bu maslahatchi natijalarini tahlil qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot maydonlaridan biridir.
Masalan, yuqoridagi tasvirda EUR/USD valyuta juftligining kunlik taymfreymidagi statistikasi ko‘rsatilgan (ekranning pastki qismidagi jurnal ham, agar uni aks ettirish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, bu haqda ma’lumot beradi).
"Ichki bar statistikasi". Bu foydali oyna bo‘lib, kotirovkalar sifatini baholash uchun vaqti-vaqti bilan unga nazar solish maqsadga muvofiq. Agar biron sababga ko‘ra ma’lum bir davr testdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bu ma’lumot "Ma’lumotlarni yuklashda xatolik" oynasida aks ettiriladi.
3. Strategiyani yaratish
Barcha sozlamalar amalga oshirilgach, narxlar yuklanib, hisob raqami yaratilganida, strategiyani ishlab chiqishga o‘tish mumkin. "Yangi strategiya" tugmasini bosib, uni shakllantira boshlaymiz.
Ochilgan oynada ham chap tomonda ichki vkladkalar menyusi va asosiy sektorlar mavjud: strategiyaning dastlabki parametrlari, strategiyaning mohiyati, bitimlarni ochish/yopish shartlari, indikatorlar grafigi, hisob raqami statistikasi, balans va kapital nisbati. E’tibor bering, biz hozirda "Builder" bo‘limining "Tahrirchi(redaktor)" ichki menyusidamiz (faol ichki menyu sifatida ko‘k fon bilan ajratilgan, menyu quyidagi tasvirda qizil ramkadan chapda joylashgan).
Avvalo, ekranda qizil ramka bilan ajratilgan vkladkalarda kirish ma’lumotlarini ko'rsatamiz. Profil, kotirovkalar manbasi, aktiv, taymfreym va sinovdan o‘tkazish usulini tanlaymiz - konstruktorda ular beshta. Ular pozitsiyani yopish yondashuviga ko‘ra farqlanadi. Misol uchun, yangi sham boshlanishida stop-loss va teyk-profit belgilangan vaqt intervalida joylashadi. Pessimistik testlash usulida stop-loss, optimistik usulda esa teyk-profit faollashadi. Shortest rejimida bitim kichikroq davrlardagi harakatga qarab yopiladi (qaysi buyruq birinchi uchrasa), Nearest rejimida pozitsiyani ochish narxiga qaysi order yaqinroq bo‘lishiga qarab yopiladi, Random rejimida esa bitim tasodifiy tarzda yopiladi.
Asosiy ekranda strategiyaning xususiyatlarini o‘zgartirish va belgilash mumkin bo‘lgan "Strategiya" maydoniga o‘tamiz. "Strategiya xususiyatlari" ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz.
Strategiya xususiyatlari uch blokka bo‘lingan:
Birinchi blokda lot hajmi va pozitsiyaning maksimal miqdori ko‘rsatiladi.
Ikkinchi blokda kirishga qo‘shimcha shartlar qo‘yish mumkin. Masalan, asosiy bitim foyda keltirsa, yana bir pozitsiya ochish. Yoki aksincha, zarar keltirsa (tarmoq tuzish, tarmoqli strategiya). Joriy pozitsiyani kamaytirish, muayyan hodisalar yuz berganda uni to‘liq yopish mumkin.
Uchinchi blokda fikslangan stop-loss va take-profit orderlarini ko‘rsatish, Martingeyl koeffitsiyentini belgilash mumkin (berilgan shartlarda keyingi pozitsiya hajmini ko‘paytirish koeffitsiyenti, masalan, oldingi bitimning foyda bilan yopilishi).
Strategiyaning asosiy maydoniga qaytamiz. Savdo taktikasining sozlamalaridan pastroqda bitimlarni ochish va yopish qoidalari joylashgan (oxirgi rasmda qizil ramkadan pastda ko‘rsatilgan). "Ochishning mantiqiy shartini qo‘shish" tugmasini bosib, indikatorlar menyusiga kiramiz. Bu yerda konstruktorning o‘zining bazaviy instrumentlari ham, foydalanuvchilar tomonidan yuklangan instrumentlar ham taqdim etilgan. Shu yerning o‘zida strategiya indikatori sozlamalarini belgilash mumkin - xuddi MT4 dasturidagidek (siljish, koeffitsientlar, sirg‘anuvchi davrlar va hokazo). Indikator parametrlarining har qanday o‘zgarishiga tezda javob beradigan balans va kapital nisbati grafigining o‘zgarishiga alohida e’tibor qarating.
Strategiyani tuzishning asosida "Mantiqiy guruh" yotadi, u bitimlarni ochishning ko‘plab shartlarini o‘z ichiga oladi. Har bir guruhga nom berish va unga istalgan miqdorda indikatorlarni qo‘shish mumkin. Shunday qilib, bir nechta turli xil strategiyalar bo‘yicha bitimlarni ochadigan savdo maslahatchi dasturini yaratish mumkin. Albatta, bunday yondashuvning qanchalik samarali ekanligi bahs-munozarali masala. Axir, barcha strategiyalar muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi, shuning uchun strategiyalar soniga teng maslahatchi dasturlar yaratish, so‘ngra ishlamaydiganlarini saralab tashlash ma’qulroq. Keyin esa ishlaydigan dasturlardan xohlasangiz, yagona avtomatik tizim yaratishingiz mumkin.
Strategiya samaradorligini grafikda aks ettirish bir yoki bir nechta chiziqlar orqali amalga oshiriladi. Agar grafikda bir nechta chiziq bo‘lsa, bu ekviti, ya'ni, qisqa va uzoq pozitsiyalarning daromadliligi (2 chiziq) hamda depozitning umumiy o‘sishi hisoblanadi. Oxirgi skrinshotdagi savdo tizimining grafigi shuni ko‘rsatadiki, uni qo‘llash mutlaqo mumkin emas: unda keskin chuqur pasayishlar ko‘rinib turibdi, natijada depozit oxir-oqibat nolga tushib ketadi.
4. Strategiyalar generatori
Tahrirlash menyusi, inson o‘zi qanday natija olishi kerakligini va qanday savdo tizimini yaratmoqchi ekanligini aniq tushunganida o‘zini yaxshi namoyon etadi. Ammo savdo tizimining qanday qurilishini umuman tasavvur qila olmagan holatlarda nima qilish kerak? Bunday vaziyatda "Generator" (Boshqaruv panelining ichki oynasi) yordamga keladi.
"Generator"ning asosiy oynasi "Redaktor"nikiga deyarli o‘xshash, biroq ba’zi farqlar mavjud. Birinchidan, yuqori qismdagi menyu (Instrumentlar paneli) butunlay boshqacha:
Umumiy parametrlar. Generator sozlamalari. Maslahatchini birinchi marta yaratayotganlar uchun order sozlamalarini "standart bo'yicha" qilib qoldirgan ma’qul. Bu yerda "Ochilish/Yopilish mantiqiy slotlarining maksimumi" ya’ni bozorga kirish amalga oshiriladigan shartlarning mos kelishi muhimdir.
Sozlamalar. Bu yerda, natijada, treyder qanday strategiyani ko‘rishni xohlashi bo‘yicha dastlabki shartlar qo‘yiladi: foydaning riskka nisbati, depozitning minimal prosadkasi va boshqalar. Bu yerda muhim parametr - strategiyani ishlab chiqish vaqti. U qancha ko‘p bo‘lsa, natija shuncha aniq bo‘ladi. Masalan, foydalanuvchilarning fikrlariga ko‘ra, kunduzgi taymfreym uchun 360-400 daqiqa vaqt ketadi.
Indikatorlar. Bu yerda konstruktorning barcha indikatorlari to‘plami keltirilgan. Agar galochka olib tashlansa, dastur strategiyada ushbu indikatordan foydalanmaydi. Galochkalarni olib tashlash yoki tashlamaslik - har bir kishining shaxsiy xohishi, lekin yuzaki bo‘lsa-da, ular nima ekanligini tushunib olishga to‘g‘ri keladi.
Ishlovdan tashqari. Bu yerda forvard testi o‘tkaziladigan kotirovkalarning umumiy sonidan tarixiy davrdagi kotirovkalar soni ko‘rsatiladi. Forvard test - bu ko‘proq optimallashtirish uchun ishlatiladigan test turi. Bozor o‘zgaruvchan va uning hozirgi holati 2-3 yil oldingi holatdan tubdan farq qilishi mumkin, hatto nisbatan o‘xshash bo'lgan vaziyatlarda ham. Shuning uchun maslahatchini faqat oxirgi davr (kamida 3 oy) bo‘yicha optimallashtirish kerak deb hisoblanadi. Aynan shu forvard test deb ataladi.
Yana bir e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihat. Har bir blokning yuqori o‘ng burchagida belgi bor. Aniqrog‘i, uni aks ettirishning uchta varianti mavjud: u butunlay yo‘q, qulf yoki to‘g‘ri to‘rtburchakga o‘xshash belgi aks ettirilgan.
Qulf - konstruktorga ushbu blokni o‘zgartirish taqiqlanganligini bildiradi. Afsuski, hatto dasturchi saytida yo‘riqnomani ochganimda ham blokda qanday o‘zgarishlar haqida gap ketayotgani va nishoncha faollashtirilgandan keyin kim nima bilan bog‘liqligini to‘liq tushuna olmadim. Agar sizning bu borada fikr-mulohazangiz bo‘lsa, izohlarda yozing.
Bloklardagi barcha belgilar belgilangandan so‘ng, oynaning pastki qismida "Boshlanish" tugmasi bosiladi. Generatsiya bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin (qaysi aniqlik, qaysi davr, qanday indikatorlar qo‘yilganligi va boshka paramentrlarga qarab).
Yaratilgan tizimni "Ko'rinish/Ombor" menyusidan topish mumkin. Bizni barcha strategiyalar (ham yaratilgan, ham yuklangan) saqlanadigan "Lokal repozitoriy" (chap vertikal menyu) qiziqtiradi. Strategiyalarni qulay tartibda joylashtirishga yordam beradigan filtrlash mavjud. Yaratilgan strategiyani topamiz (hozircha u bitta, izlashda muammo yo‘q) va uning statistikasini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun quyi o‘ng burchakdagi "Strategiya slotlari" bandini, keyin esa "Hisob statistikasi"ni ko‘rib chiqamiz.
"Strategiya" oynasida dastur ko‘rsatilgan parametrlar bo‘yicha tizimlarning turli xil variantlarini taklif qiladi, ular o‘nlab bo‘lishi mumkin (ayniqsa, agar barcha turdagi indikatorlar bo‘yicha belgilar qoldirilgan bo‘lsa) Akkaunt statistikasi natijalariga ko‘ra (ya’ni strategiyani sinovdan o‘tkazish) qaror qabul qilish mumkin: strategiyani real hisobda ishga tushirish yoki optimallashtirish. Agar forvard testi (oxirgi uchastka) muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, ya’ni oxirgi uchastkada egri yoki pasayuvchi yoki gorizontal bo‘lsa, statistikani tahlil qilmasdan strategiyani olib tashlaymiz. Bunday muvaffaqiyatsiz strategiyaga misol quyida.
Muvaffaqiyatli tuyulgan tizimni MT4 demo-hisobida sinab ko'ramiz va terminal statistikasini System Creator hisoblagan statistika bilan solishtiramiz.
Darrov ogohlantirib qo‘yay: konstruktor ideal strategiyalarni bermaydi. Masalan, internetda dastur tomonidan yaratilgan tizimlarni ishlab chiqish va tahlil qilishga sinchkovlik bilan yondashganlarning fikr-mulohazalari mavjud. Yaratilgan va sinovdan o‘tkazilgan 600 ta strategiyadan faqat 80 tasi maqbul bo‘lib chiqqan, ulardan faqat 10 tasi forvard sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan va faqat 2-3 tasi demo hisobda sinovdan o‘tishga loyiq bo‘lgan nisbatan chidamli natijalarni ko‘rsatgan.
5. Strategiya optimizatori
So‘nggi qadam - yaratilgan strategiyani optimallashtirish. Optimallashtirish deganda natijani yaxshilash maqsadida strategiyaning alohida parametrlarini moslashtirish tushuniladi. Mantiqan, nafaqat yangi yaratilgan tizimlar, balki real hisobda allaqachon ishlab turgan tizimlar ham optimallashtirilishi mumkin.
Strategiya ishlab chiqilgan (va yaratilgan) sahifaga qaytib, "Optimizator" bo‘limiga o‘tamiz. Bu yerda sozlamalar nisbatan kam. Oldingi menyularga o‘xshab, bu yerda asosiy oyna va yuqori asboblar paneli mavjud. Paneldan "Sozlamalar" bandini tanlab, kerakli joylarga belgi qo‘yamiz. Har bir bandning ma’nosini tushuntirishning hojati yo‘q, chunki ular juda tushunarli. "Optimallashtirish sozlamalari" asosiy oynasida indikatorlar sozlamalarini o‘zimiz zarur deb bilganimizdek o‘zgartiramiz, so‘ngra yana "Boshlash" tugmasini bosib, Xotira omboridan optimallashtirilgan strategiyani qidiramiz.
6. Sharh
"Sharh" - chap vertikal menyudagi alohida vkladkalar guruhi. Bu statistik ma’lumotlarni taqdim etishning yana bir variatsiyasi, ammo biroz boshqacha ko‘rinishda. Kimga qanday qulay bo‘lishiga bog'liq. Uning tarkibiy qismlari:
Sharh. Bozorga kirish va chiqish mantiqini, indikatorlar ishlashining batafsil tavsifini va boshqalarni o‘z ichiga olgan strategiyaning matnli tavsifi. Asosiy til - ingliz tili. Agar siz, aytaylik, rus tilida ishlasangiz ham, bu yerdagi tavsif baribir 50% ingliz tilida bo‘ladi (ya’ni rus tilida alohida iboralar, sarlavhalar va statistika, ingliz tilida esa tavsifiy qism bo‘ladi).
Balans grafigi. Oynaning pastki o‘ng burchagida ko‘rsatiladigan o‘sha grafik, faqat kattalashtirilgan holatda. Asosiy grafik oynasidan tashqari, yuqori asboblar panelida yana ikkita vkladka mavjud, biroq ularda muhim ma’lumot ko‘rmadim.
Asosiy grafik. Bu yerda har bir foydalanilayotgan indikator ma’lumotlarini, har bir pozitsiyaning ochilish va yopilish narxlarini, stop (qizil gorizontal chiziq) va teyk-profit (yashil chiziq) darajalarini ko‘rishingiz mumkin. Yuqorida 10 ta tugmachadan iborat instrumentlar paneli mavjud: tugmaga sichqonchani olib borganda, uning qanday vazifa bajarishini darhol ko‘rishingiz mumkin. Har birini alohida ta’riflab chiqishning hojati yo‘q.
Jurnal. Barcha bitimlarning natijalar va statistika bilan to‘liq ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Uni Excel’ga yuklab olish mumkin (muharrirda ma’lumotlarni saralash va filtrlash qulayroq bo‘ladi).
Bar provodniki. Har bir bar ichidagi maslahatchi faoliyatining yanada batafsil statistikasi.
7. Tahlil
Oxirgi guruh strategiya stress-testini o‘tkazish usullarini ifodalaydi.
"Komparator". Vkladkani ochamiz (har bir tuzilgan maslahatchi uchun majburiy harakat) va "Boshlanish" tugmasini bosamiz. Maqolaning birinchi yarmida men bitimni yopish usullari haqida qisqacha to'htalib o'tganman (teyk-profit bo‘yicha optimistik, stop-loss bo‘yicha pessimistik va hokazo). Bu vkladkada turli usullarda tuzilgan grafiklar taqqoslanadi. Tekshiruvdan so‘ng grafik chizig‘i bitta (yoki chiziqlar bir nechta, lekin bir-biriga yaqin joylashgan bo'lishi mumkin) bo‘lsa, demak, hammasi yaxshi. Agar nomutanosiblik kuzatilsa, strategiyani o'chirib tashlang va hammasini qaytadan boshlang - nimadir noto‘g‘ri ketgan. Quyidagi tasvirda bunday strategiyada xatoga yo‘l qo‘yilganligiga misol keltirilgan.
"Multi-bozorlar". Yaratilgan strategiyani sinovdan o‘tkazishning yana bir usuli: tizimning boshqa bozorlarda ishlashini tekshirish. Odatda, foyda ko‘rsatayotgan tizim boshqa bozorlarda ham zarar keltirmasligi kerak, deb hisoblanadi. Bu bahsli masala, ammo agar boshqa aksariyat aktivlarda daromadlilik saqlanib qolsa, bu tizimning barqarorligini ko‘rsatadi. Masalan, men yaratgan strategiya unchalik barqaror bo‘lib chiqmadi, chunki boshqa vositalarning deyarli 50 foizida zarar ko‘rsatdi (10 ming dollardan boshlab, davr oxirida depozit miqdori kamaydi). Boshqa tomondan, depozit butunlay nolga tenglashib qolmaganining o‘zi ham yaxshi natija.
E’tibor bering, bu yerda har bir bozor bo‘yicha statistika bilan tanishishni taklif qiluvchi instrumentlar yuqori paneli mavjud.
"Monte Karlo". So‘nggi stress-test bozor xatti-harakatlari to‘satdan o‘zgarganda maslahatchi xatti-harakatini tahlil qiladi. Yuqori menyuda ikkita vkladka mavjud: Simulyatorlar va Opsiyalar. Ularga tasodifiy spred, tasodifiy kotirovkalar va boshqalar kabi fors-majorlarni qo‘shish mumkin. Vazifasi - turli tasodiflar yuz berganda tizimning natijadorligini tekshirish. Eng muhim natija - bu grafikning pastki chizig‘i bo‘lib, u nazariy jihatdan eng yomon holatda sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Agar eng yomon natijada balans oxir-oqibat kamroq chiqsa, men bunday tizimni darhol o‘chirib tashlagan bo‘lardim. Masalan, agar mening tizimim natijalari bo'yicha hukm chiqarsak, u chegarada turibti.
8. Avtomatik savdo
System Creator MT4 uchun dasturni faylga saqlamasdan, bevosita konstruktorning o'zidan maslahatchi yordamida savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bu vaqtni tejashning bir usuli hisoblanadi. Avtomatik savdo rejimiga o‘tish uchun chapda joylashgan vertikal menyuning eng yuqorisida "Muharrir" pozitsiyasi ustidagi "Builder" toifasidan "Trader" toifasiga o‘tish kerak. Shuningdek, aloqa o‘rnatish (ko‘prik, Bridge) lozim. Buning uchun User Files/MT4 Files papkasida Bridge Installer o‘rnatish dasturini ishga tushiramiz. O‘rnatishdan so‘ng, ID raqamini belgilaymiz, uni konstruktorning Set Connection ID maydoniga nusxalaymiz va "Boshlash" tugmasini bosamiz.
Agar avtomatik savdo sizni qiziqtirmasa, u holda "Strategiya" menyusida "Maslahatchi sifatida saqlash" tugmasini bosib, yaratilgan strategiyani MT4 ga o‘tkazamiz.
Va so‘nggi qadam - yaratilgan barcha portfel bo‘yicha statistikani Excel dasturiga nusxalaymiz.
Buning uchun yuqori menyu belgisini bosamiz va paydo bo‘lgan o‘ng vertikal oynada barcha ma’lumotlarni Excelga import qilamiz.
Umuman olganda, menimcha, dastur bilan ishlash tamoyili tushunarli: strategiya va risk-menejmentning asosiy ma’lumotlarini kiritamiz, maslahatchi generatsiyasini ishga tushiramiz, statistikani tahlil qilamiz, optimallashtiramiz. Hammasi unchalik murakkab emasdek tuyuladi. Amaliyotda hammasi biroz murakkabroq. Birinchidan, barcha mavjud menyu va vkladkarni tasvirlashdan ma’no yo‘q - ularning soni juda ko‘p. Ikkinchidan, dasturlarning turli versiyalari (hatto dasturning bitta versiyasi, lekin turli tillarda) interfeysi va menyuning joylashuvi bo‘yicha farqlanadi. Tafovutlar unchalik katta emas, lekin ular baribir mavjud. Dasturni "Xato qilish usuli" bilan tushunib olish mumkin, lekin buni oson deb bo‘lmaydi. Ingliz tilini biladiganlar ushbu manzil bo‘yicha dasturchilar yo‘riqnomasidan foydalanishlari mumkin.
Kodni biladiganlar uchun System Creator bilan yanada ko‘proq imkoniyatlar ochiladi. Dastur bazaviy indikatorlardan boshqa har qanday indikatorlarni import qilish imkonini beradi. Eng muhimi, ular bir-biriga mos bo‘lishi kerak.
Dasturning afzalliklari:
Yaxshi o‘rgatuvchi qurol. Savdo tizimini yaratish jarayonida, treyder uning tuzilishini chuqurroq tushunadi, parametrlarni optimallashtirish ko‘nikmasini hosil qiladi, o‘z harakatlarining vizual ko‘rinishini kuzatadi. Bu bilimlar maslahatchilar bilan ishlashda ham foydali bo‘ladi, System Creator bilan esa jarayon yanada qulayroq kechadi.
Yordamchi vosita. Yaratilgan strategiyalar tanqid qilinishiga qaramay, uning yordamida ba’zi foydali natijalarni qo‘lga kiritish mumkin. Albatta, bu ancha vaqt talab etadi.
Qo‘shimcha daromad manbai. Dasturni mukammal o‘zlashtirgach, maslahatchilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ularni manfaatdor shaxslarga sotish imkoniyati tug‘iladi.
Ko‘p funksiyalilik. System Creator - bu konstruktor, optimallashtiruvchi va tekshiruvchi vazifalarini o‘zida mujassam etgan yagona dastur. Barcha bu funksiyalarni bitta dasturda birlashtirgan va shunchalik qulay bo‘lgan boshqa analoglarni hozircha uchratmaganman.
Dasturda yoqmagan jihatlar:
Xatoliklarning yuqori foizi. Konstruktor belgilangan algoritm asosida ishlaydi, shuning uchun berilgan mezonlarga ko‘ra u hatto demo hisobda ham samarasiz bo‘lgan maslahatchilarni taqdim etishi mantiqan to‘g‘ri. Hammasi emas, lekin ko‘pchiligi shunday. Optimallashtirishga va sinovdan o‘tkazishga vaqt sarflash kerakmi - bu o‘z-o‘zidan tug‘iladigan savol.
Yaratilgan strategiyalarni qidirishning noqulayligi. Men yaratilgan tizimga nom berish va ularni, masalan, alifbo tartibida yoki yaratilgan sana bo‘yicha saralash imkoniyatini topa olmadim.
Foyda olishning osonligi haqida tasavvur uyg‘otadigan qiziqarli dastur. System Creator - bu shunchaki belgilangan algoritm bo‘yicha ishlaydigan dastur, xolos.
Psixologik jihatga ham e’tibor qaratmoqchiman. Konstruktor ancha ishonarli taassurot qoldiradi. Ko‘rsatkichlarning ko‘pligi, savdo tizimlarini avtomatik tarzda yaratish imkoniyati, stress-testlar - bularning barchasi shunchalik ishonchli ko‘rinadiki, maslahatchi yaratilishining yakunida, bu raqamlar va grafiklar kishida muvaffaqiyatga bo‘lgan samimiy ishonchni uyg‘otadi. System Creator go‘yoki haqiqiy "Graal"ni yaratish imkoniyatining xomxayolini hosil qiladi. Biroq amalda stress-testlardan o‘tgan barcha yaratilgan strategiyalar puxta tahlil qilinishi lozim.
System Creator - bu yordamchi, ammo dasturga haddan tashqari umid bog‘lamaslik kerak. Bu avtomatik savdo tizimlarini yaratishning usullaridan biri, xolos. Uning o‘ziga xos kuchli va zaif tomonlari mavjud, vaqt talab etadi, lekin shu bilan birga savdo tizimlari sozlamalarining nozik jihatlarini tushunishni o‘rgatadi.
Xulosa
System Creator - idealdan uzoq bo‘lsa-da, hech narsadan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan konstruktordir. Uning kamchiligi shundaki, maslahatchilarni faqat soatlik va undan yuqori taymfreymlarda yaratish mumkin, biroq bunday strategiyalar tajribasi kam treyderlar uchun juda qulaydir. Yaratilgan strategiyani optimallashtirish eng ko‘p vaqtni talab etadi. Tabiiyki, ularning barchasi ham haqiqiy hisobda ishlamaydi, ammo savdo tizimlarini yaratish texnologiyasiga rioya qilgan holda va ularni sinchkovlik bilan tanlab olsangiz, yaxshi natijaga erishish mumkin. O‘rtacha hisobda, maslahatchilarning kichik to‘plamini yaratish va ulardan eng yaxshilarini tanlab olish uchun taxminan bir hafta vaqt ketadi.
Maslahatchilarni mustaqil yaratish imkoniyati turganida, allaqachon o‘z ahamiyatini yo‘qotgan maslahatchilarni internetdan yuklab olishning nima keragi bor? Konstruktorni yuklab olib, o‘rnatamiz va u bilan ishlashni o‘rganamiz! Fikr-mulohazalaringiz, takliflaringiz va natijalaringizni izohlarda kutib qolaman!
P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)
Foydali havolalar:
- Sinalgan broker bilan savdo qilishni bu yerda sinab ko'rishni maslahat beraman. Tizim sizga mustaqil ravishda savdo qilish yoki dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini nusxalash imkonini beradi.
- LiteFinance dan depozitingizga 50% bonusini olish uchun mening BLOG promo-kodimdan foydalaning. Promo-kodni LiteFinance platformasida Hisobni to'ldirish dagi tegishli maydonga kiritsangiz kifoya.
- Treyderlar uchun Telegram chatimiz: https://t.me/litefinance. Signallar va tajribamiz bilan bo'lishamiz.
- Treyderlar uchun ajoyib tahlillar, Forex sharhlari, o'quv maqolalari va boshqa foydali vositalar mavjud bo'lgan Telegram kanal: https://t.me/litefinance

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.


































