Moliyaviy bozorlarda maslahatchilar (savdo robotlari) ma’lumotlarni tezroq tahlil qiladi va hissiyotlardan yiroq bo‘ladi. Inson esa o‘z navbatida fors-major vaziyatlarga munosabat bildirishi va intuitsiyasidan foydalanishi mumkin. Daromad treyderning ikkala yondashuvni samarali uyg‘unlashtira olishiga bog‘liq: robotlarni instrument sifatida qo'llash va insoniy yechimni joriy etish.
Bugun biz turli xil algoritmlarga ega bo‘lgan eng yaxshi Foreks savdo robotlarini ko‘rib chiqamiz. Ular Martingeyl koeffitsientli tarmoq tizimlaridan tortib, o‘z-o‘zini o‘rgatuvchi neyron tarmoqlariga asoslangan murakkab kombinatsion tizimlargacha bo‘lgan instrumentlarni o‘z ichiga oladi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy xulosalar
- 10 ta eng yaxshi Foreks robotlari
- Foreks savdo robotlari nima?
- Foreks robotlari qanday ishlaydi?
- Avtomatik Foreks robotlari samaralimi?
- Avtomatik savdo tizimlarining ijobiy va salbiy tomonlari
- Eng yaxshi Foreks robotlarini tanlash mezonlari
- Savdo robotining asosiy sozlamalari
- Xedjirlash uchun savdo robotlari
- Skalping uchun savdo robotlari
- Oltin uchun eng yaxshi Foreks roboti
- Android uchun Foreks roboti
- EA Builder tahlili
- Savdo robotlarini sotish
- Savdo robotini tanlashda firibgarlardan qanday saqlanish mumkin
- Asosiy xulosalar
- Savdo robotlari va maslahatchilari haqida tez-tez so'raladigan savollar
Asosiy xulosalar
- Maqolada Foreks savdo robotlari yoki maslahatchilaridan (Expert Advisors) Foreks bozorida avtomatlashtirilgan savdo tizimlari sifatida foydalanish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Ushbu robotlar vaqtni tejash, bir zumda qaror qabul qilish va emotsional stressni bartaraf etish kabi afzalliklarga ega, ammo ularning yetarlicha moslashuvchan emasligi va muntazam optimallashtirishga bo'lgan ehtiyoji jiddiy kamchiliklari hisoblanadi.
- Foreks savdo botlarining samaradorligi treyderlarning to'g'ri sozlamalarni tanlash va risklarni baholash qobiliyatiga bog'liq.
- Maqolada bozordagi o'zgarishlarga moslasha oladigan, mashinal o'rganish qobiliyatiga ega neyron tarmoqlarga o'tish haqida so'z boradi. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu ilg'or botlar, asosan, yirik investitsion kompaniyalar tomonidan qo'llaniladi.
- Maqolada, shuningdek, bepul Foreks savdo botlaridan qanday foydalanishni o'rganib olish va maslahatchilarni sinab ko'rish tavsiya etiladi.
- Foreks robotlari juda foydali bo'lishi mumkin, ammo ular dinamik va volatil bozorda optimal ishlash sharoitini ta'minlash uchun ehtiyotkorlik bilan monitoring qilishni va malakali sozlamalarni talab qiladi.
10 ta eng yaxshi Foreks robotlari
Ushbu blokda biz bir necha yil davomida haqiqiy hisoblarda nisbatan yaxshi natijalarga erishgan eng yaxshi Foreks savdo robotlarini, umumiy jihatlarda ko'rib chiqamiz. Ularning asosida kechiktirilgan orderlarning avtomatik savdosi va grid-treyding tizimlari, trend va skalping algoritmlari yotadi, ularning ba'zilari "Martingale" dan foydalanadilar. Ularning aksariyati bozordagi ma'lum vaziyatlarda qo'llash uchun mo'ljallangan va vaqti-vaqti bilan optimallashtirishni talab qiladi. Murakkab professional robotlar mustaqil o'rganishga va avtomatik tarzda bozorga moslashishga qodir, ammo ular ko'pincha pullik bo'ladi.
Odin robotining tahlili
Maslahatchi Foreks Robot Trader kompaniyasi tomonidan MT4 platformasi uchun ishlab chiqilgan. Lokal trend va korrektsiya burilishlarini ushlashga yordam beradigan kechiktirilgan orderlarni setkali(grid) o'rnatish tizimi bo'yicha ishlaydi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Algoritmga kiritilgan hodisalar sodir bo'lishi zahoti robot bir-biridan teng masofa uzoqlikdagi kechiktirilgan orderlarni o'rnatadi. Masofa treyder tomonidan o'rtacha volatillikni hisobga olgan holda tanlanadi. Ishlamagan orderlar o'chirib yuboriladi.
Qo'llanilish doirasi. "Major" valyuta juftliklari va kross-kurslar. Taymfreym - M15 va undan yuqori har qanday taymfreym.
Sozlamalar. Indikatorlarning asosiy sozlamalari: setka hajmi, risk-menedjment tizimini o'rnatish.
Afzalliklari. Ko'p valyutali. Tavsiya etilgan depozit - 500 AQSh dollaridan boshlanadi.
Kamchiliklari. U asosan pullik versiyalarda taqdim etilgan. Risk darajasi yuqori bo'lgan robotlar turkumiga kiradi.
Xulosa. Orderlar tarmog'ini qurish bo'yicha savdo yuqori risk darajali hisoblanadi, chunki ishgatushirilgandan so'ng darhol teskari burilish sodir bo'lishi mumkin. Ammo "backtest" sinovlari turli xil instrumentlarda maslahatchining yaxshi ishlashini ko'rsatadi.
Force Trader tahlili
Aleksandr Elder tizimi asosida uning erkin adaptatsiyasida qurilgan ko'p funktsiyali uzoq muddatli maslahatchi.Unda quyidagi indikatorlar jamlangan: kuch indeksi, RSI, Momentum, DeMarker, WP Force Trader-ning o'ziga xosligi shundaki, u bir vaqtning o'zida bir nechta valyuta juftliklarida ishlaydi va sozlamalarda o'rnatilgan filtrlarga ko'ra turli xil orderlarni ochadi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Kirish signali har bir indikator bo'yicha shartlarni inobatga olgan holda, kompleks ravishda shakllanadi. Agar shartlardan kamida bittasi mos kelmasa, bitim ochilmaydi. Maslahatchining barcha orderlarida stop-loss va teyk-profit qo'llaniladi, qo'shimcha ravishda treyling-stop o'rnatiladi. Tavsiya etilgan depozit summasi - 1000 AQSh dollaridan boshlanadi.
Qo'llanilish doirasi. "Major" valyuta juftliklari va ularning ishtirokidagi kross-kurslar. Taymfreym - D1.
Sozlamalar. Maslahatchi bir nechta bloklardan iborat murakkab sozlamalar to'plamiga ega. Masalan, SL va TP sozlamalari alohida bloklarga ajratilgan, bir nechta bozorga chiqish bloklari, treylingni yoqish va boshqalar.
Afzalliklari. Yuqori samaradorligi.
Kamchiliklari. Sozlamalar soni ko'pligi. Bitimlarning kamdan-kam ochilishi.
Xulosa. Sozlash va optimallashtirish nuqtai nazaridan murakkab, uzoq muddatli strategiyalar uchun mo'ljallangan professional maslahatchi. Kunduzgi taymfreymlardan foydalanish, filtrlar va aktivlarning o'zaro bog'liqligini hisobga olgan holda bir vaqtning o'zida bir nechta aktivlar bo'yicha bitimlarni ochish orqali o'zini oqlaydi. Qisqa intervallarda u vaqtinchalik zararni keltirib chiqarishi mumkin, keyinchalik u plyusga o'tadi va treyling bilan sug'urtalanadi.
Ilan Expert Advisor tahlili
Treyderlar jamiyatida tez-tez tanqid qilinadigan eng munozarali maslahatchilardan biri. Bir vaqtning o'zida eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. Uning kamida uchta versiyasi mavjudligi buni tasdiqlaydi: 1.0, 1.6 (dynamic) va 2.0. U depozitni tezda "sovurib yuborish" xususiyati uchun tanqid qilinadi. Uzoq muddatli pozitsiyalarda shunday bo'ladi, ammo qisqa muddatlilarida aksincha depozitni tezda ko'tarib olishga imkon beradi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Proportsional ko'payib boruvchi lot bilan orderlar seriyasi qo'llaniladi. Strategiyadan foydalanishning cheksiz vaqti bilan nazariy g'alaba qozonish mumkin emas.
Qo'llanilish doirasi. "Major" valyuta juftliklari, M5-M15 taymfreymlari.
Sozlamalar. Savdoning konservativ yoki agressiv harakterini aniqlaydigan 15 dan ortiq sozlamalarga ega.
Afzalliklari. Aksariyat versiyalari bepul. Yuqori rentabellikka ega.
Kamchiliklari. Risk darajasi yuqori botlar qatoriga kiradi, chunki u pozitsiyaning hajmini hisoblashda Martingale koeffitsientidan foydalanadi. Depozit bo'yicha tavsiyalar - chuqur "drawdown"larga bardosh berish uchun 10000 AQSh dollaridan boshlanadi.
Xulosa. Algoritmik savdo tajribasiga ega bo'lgan, risk qilishga tayyor va o'z vaqtida to'xtay oladigan treyderlarga mos keladigan maslahatchi.
Greezly tahlili
2007 yilda ushbu maslahatchi avtomatik savdo tizimlari chempionatida TOP-10 talikka kirdi. Tez vaqtda bunga tasdiq topishning imkoni bo'lmagan bo'lsa-da, internetda bu haqida ko'plab sharhlar mavjud.
Maslahatchining ishlash printsipi. Bozor holatiga qarab bir nechta quyi tizimlardan foydalanadi. Ko'p hollarda kechiktirilgan orderlarni o'rnatadi.
Qo'llanilish doirasi: "Major" valyuta juftliklari.
Sozlamalar. Maslahatchini har qanday savdo uslubiga moslashtirishga imkon beradigan ko'plab sozlamalari mavjud. Lotni hisoblashning bir nechta variantlari: bo'sh mablag'larning foizida, fikslangan lot va boshqalar.
Afzalliklari. Foydaning matematik kutilmasi - 80-85%.
Kamchiliklari. Internetda ko'pincha pulli versiyani topishingiz mumkin.
Xulosa. Professional robot - yangi va murakkab narsalarni tushunishni yaxshi ko'radiganlar uchun konstruktor.
Breakout tahlili
Maslahatchi 2017 yilda ishlab chiqarilgan. U aniq algoritmga ega bo'lgan indikatorli strategiyaga asoslanadi — kodda ko'rsatilgan shartlardan chetlanishga yo'l qo'yilmaydi. Shuning uchun bitimlar soni nisbatan kam va ular bir necha kunga ushlanish ehtimolini hisobga olgan holda ochiladi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Bitta avvalgi (yopiq) shamning o'lchami kanalning minimal/maksimal kengligi qiymati bilan taqqoslanadi. MA shamning minimumi/maksimumidan MA_Otstup punktga pastroq/yuqoriroq. Agar ikkala shart ham mos kelsa, kechiktirilgan order joylashtiriladi.
Qo'llanilish doirasi. Yevropa sessiyasida EURGBP juftligi, h4 taymfreymi. Depozit bo'yicha tavsiyalar yo'q.
Sozlamalar. 10 ga yaqin sozlamalar: kechiktirilgan orderni o'rnatish va o'chirish vaqti, harakatlanuvchi miqdorning davri va otstupi, kanalning maksimal va minimal kengligi, bitim hajmi, himoya orderlari sozlamalari.
Afzalliklari. Tushunarli oddiy algoritm.
Kamchiliklari. Moslashuvchanlikning yo'qligi - pozitsiyaning hajmi fikslanganligi, treylingning yo'qligi. Nisbatan kam bitimlar soni.
Xulosa. Algoritmik savdoni endigina tushuna boshlaganlar uchun mos keladigan oddiy robot. Demo hisobda mashq qilish uchun ajoyib simulyator.
Forex Diamond tahlili
2013 yilda MT4 va MT5 platformalarida avtomatlashtirilgan savdo uchun ishlab chiqilgan va trendga aylangan maslahatchi. Ushbu robotning ishlashi bo'yicha kamida 2 yillik real monitoringni MyFxBook analitik portalida topishingiz mumkin. Uning ixtisosligi tor bo'lib, faqat GBPUSD, EURUSD, USDCHF va USDJPY valyuta juftliklari bilan ishlaydi, dam olish kunlaridan oldin barcha bitimlarni yopadi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Robotning batafsil algoritmi ishlab chiquvchilar tomonidan oshkor etilmagan. U indikatorlar va matematik tahlilni qo'llash asosida qurilganligi ma'lum. Va'da qilingan samaradorlik - kamida 75% foydali bitimlarni tashkil qiladi. Amaldagi strategiyalar: ortga chekinish (pullback)dan keyingi kuchli trendda savdo qilish, trenddan keyingi agressiv skalping, kontrtrend bo'yicha savdo qilish.
Qo'llanilish doirasi. 4 valyuta juftligi, M15 taymfreymi. Tavsiya etilgan depozit - 1000 AQSh dollaridan boshlanadi.
Sozlamalar. Ma'lumot yo'q.
Afzalliklari. Tez rentabellik.
Kamchiliklari. Asosan pullik versiyada mavjud, ammo robot sotib olish paytida e'lon qilingan natijalarni oqlamasa, ishlab chiqaruvchi 60 kun ichida pulni qaytarishga tayyor.
Xulosa. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko'ra, maslahatchi optimallashtirishga muhtoj emas. Uning kodiga o'z-o'zini tiklash algoritmi kiritilgan bo'lib, standart sozlamalar bilan ishlash ruhsat etilgan. Boshqacha qilib aytganda, u avtomatik ravishda, neyron tizimlar printsipiga ko'ra, bozorga moslashadi.
FX-Agency Advisor 3 tahlili
Ishlab chiqaruvchi, FxATrade kompaniyasi, o'z mahsulotini uzoq muddatli strategiyalar va skalping bo'yicha mukammal natijalarni ko'rsatadigan universal maslahatchi sifatida taqdim etgan. Ushbu Foreks savdo roboti - 3-versiyasida chiqqan bo'lib, foydalanuvchilarning fikriga ko'ra eng muvaffaqiyatlisi deb e’tirof etiladi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Ishlab chiquvchilar tomonidan ishlash algoritmi oshkor qilinmaydi.
Qo'llash sohasi. Har qanday valyuta juftligi, har qanday taymfreym. Demo hisobida maslahatchini boshqa aktivlar bo'yicha ham sinab ko'rish mumkin.
Sozlamalar. Turli xil signallarni qidirish algoritmlarini faollashtirish va har xil taymfreymlarda ishlashga imkon beradigan 20 dan ortiq sozlamalari mavjud.
Afzalliklari. Universalligi va bozor vaziyatlariga algoritmik moslashish imkoniyati.
Kamchiliklari. Asosan pullik versiyada mavjud.
Xulosa. Maslahatchi uchun yaxshi marketing kampaniyasi uyushtirilgan, ammo u haqida ma'lumot ko'p emas. Ko'plab ijobiy sharhlar mavjud - FxATrade foydalanuvchilarni o'ziga bog'lab olish uchun hammasini qiladi. Maslahatchi o'quv videosi bilan birga keladi, yangilanishlar bepul.
Wallstreet Forex Robot tahlili
Professional doiralarda eng mashhur maslahatchilardan biri, bazaviy va takomillashtirilgan versiyalarda mavjud. Evolutionning eng yangi versiyasida quyidagi funksional qo'shilgan: spredni boshqarish, "ko'rinmas" rejimi, soat bo'yicha filtr, yangiliklar oqimini filtrlash moduli. Maslahatchi bir vaqtning o'zida 5 valyuta juftligi bilan ishlaydi.
Maslahatchining ishlash printsipi. Ushbu trend bo'lgan robot, Foreksda skalping strategiyasida ishlash uchun mo'ljallangan bo'lib, asosiy trendning orqaga chekinish(pullback) paytida bitimlar ochadi. Robot indikatorlari: CCI, MA, ATR, WPR indikatorlari, robotning hodisa ro'y berish ehtimolini baholashdagi o'ziga hos matematik algoritmiga kiritilgan.
Qo'llanilish doirasi. GBPUSD, USDJPY, NZDUSD, EURUSD, AUDUSD juftliklari bo'yicha eng yaxshi natijalarni ko'rsatadigan ko'p valyutali maslahatchi. Tavsiya etilgan taymfreym - M15.
Sozlamalar. Robotning individual imkoniyatlariga tegishli standart va kengaytirilgan sozlamalari mavjud.
Afzalliklari. Algoritmda yuqori risk tug'diruvchi instrumentlar yo'q: orderlar setkalari, Martingale koeffitsienti, o'rtacha ko'rsatkichlar.
Kamchiliklari. To'liq funksiyali versiyasi pullik. Bitimlar nisbatan kamdan-kam hollarda ochiladi.
Xulosa. Siz ushbu maslahatchi va uning ishlab chiqaruvchisi haqida juda ko'p ma'lumot va ijobiy sharhlarni topishingiz mumkin. Uni universal deb tasniflasak ham bo'ladi, risk darajasi o'rtacha darajadan past bo'lganligi sababli, u yangi boshlaganlarga ham mos keladi. Maslahatchining eng yaxshi natijasi — agressiv strategiya qo'llanilganda, oyiga 40-60% umumiy daromad keltiradigan 90% daromadli bitimlar.
Milky Way maslahatchisining tahlili
Ishonchli o'rta muddatli maslahatchi, trendlarni orqaga chekinish (pullback) paytida bitimlar ochadi. Bir vaqtning o'zida bir nechta valyuta juftliklarida "ishga tushiring va unuting" tamoyili asosida ishlaydi. Algoritm Bollinger Bands kanalli indikatoriga asoslangan bo'lib, uning chegaralaridan qochib sakrash bu signal hisoblanadi. Qo'shimcha filtrlar - DeMarker va Ozymandias.
Maslahatchining ishlash printsipi. Bitimlar impulsli to'lqinlanishdan keyingi "pullback"da, keskin o'zgaruvchanlik to'lqini paydo bo'lgan paytda ochiladi. Bitimlar stop-loss, take-profit yoki boshqa MACD, ATR, Stoxastik indikatorlarining signallari bo'yicha yopiladi.
Qo'llanilish doirasii. "Major" valyuta juftliklari va ular bilan kross-kurslar. Taymfreym - H4.
Sozlamalar. Maslahatchi bir nechta bloklarga birlashtirilgan 30 dan ortiq sozlamalarga ega: har bir indikator sozlamalarini o'rnatish bilan kirish va chiqish bloklari, stop va treyling sozlamalari, manimenejment, xizmat sozlamalari.
Afzalliklari. Martingale koeffitsienti kabi yuqori riskli instrumentlar qo'llanilmaydi.
Kamchiliklari. Qisqa muddatli intervallarda u yo'qotishlarsiz chizig'ida bo'lishi mumkin-natija o'rta muddatli intervalda ko'rinadi.
Xulosa. Qo'shimcha maslahatchi sifatida Foreks savdosi uchun yaxshi robot hisoblanadi. Doimiy nazoratni talab qilmaydi. Garchi u yuqori rentabellik darajasini ko'rsatmasa ham, robot minimal riskli dasturiy ta'minot toifasiga kiradi — stoplar kamdan-kam hollarda ishlaydi.
Survivor maslahatchisining tahlili
Birja bozori va CFD uchun bir vaqtning o'zida bir nechta strategiyalar bo'yicha ishlaydigan gibrid turdagi ko'p valyutali Foreks savdo roboti. Signalni qidirish orderlar setkasini joylashtirish bilan kanalli va trendli indikatorlarda amalga oshiriladi. Ishlatilgan indikatorlar Bollinger Bands, RSI, ADX, DeMarker, Moving Average.
Maslahatchining ishlash printsipi. Tahlil qilish uchun Survivor o'rtacha qiymatga keltirish sullivan foydalanadi: robot moliyaviy instrumental narxining dinamikasini kuzatib boradi va lokal korrektsiyalarni tanlab beradi. Bitimlar sozlamalarda ko'rsatilgan maksimal ruxsat etilgan spredni hisobga olgan holda ochiladi.
Qo'llash sohasi. Valyuta juftliklari EURUSD, GBPUSD, USDCHF, USDJPY. Tavsiya etilgan taymfreymlar - M5-M15. Tavsiya etilgan depozit 0,01 lot uchun kamida 500 valyuta birligi.
Sozlamalar. Bloklardan tashkil topgan 20 dan ortiq sozlamalar: birinchi kirish parametrlari, keyingi kirishlar va "reverse", stop-loss va take-profit sozlamalari.
Afzalliklari. Algoritmi fundamental fors-major holatlariga (Brexit, Non-Farm va boshqalar) chidamli bo'lgan kamyob maslahatchilardan biri. Maksimal yo'qotish(drawdown) darajasi past. Hisobni mustaqil monitoring qilish dasturlari mavjud.
Kamchiliklari. Savdolarni vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish zarurati.
Xulosa. Sozlamalarni boshqarish nuqtai nazaridan spetsifik maslahatchi, ammo strategiyalar kombinatsiyasi nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli. "Cent" hisobida test o'tkazishni tavsiya qilaman.
IticSoftware savdo robotlari
BJF Trading Group kichik kompaniyasi 2000 yilda paydo bo'lgan. Dastlab u savdo uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bilan shug'ullangan, keyinchalik algoritmik savdo uchun dasturiy ta'minotga e'tibor qaratgan. 2009 yildan boshlab BJF Trading Group korporatsiyaga aylandi, va ITIC Software uning kompaniyalaridan biridir. Uning faoliyat doirasi - tajribali treyderlar uchun maslahatchilar va indikatorlarni ishlab chiqish, MetaTrader, cTrader va boshqa savdo platformalari uchun dasturlashni amalga oshirish.
ITC Software-dan bir nechta qiziqarli savdo maslahatchilari:
VIP Crypto Arbitrage Software. Birjalararo arbitraj savdosi - kotirovkalar farqiga asoslangan Skalping strategiyasi bo'yicha maslahatchi. Dasturiy ta'minotda 10 dan ortiq birjalar birlashtirilgan, ular orasida Binance, Poloniex, Kraken va boshqalar mavjud;
News Auto Trader Pro. Maslahatchi cTrader, jForex va FIX API platformalari uchun ishlab chiqilgan. U bir nechta yirik axborot provayderlari bo'yicha yangiliklarni yig'adi. Bir xil yangilik bir nechta provayderlar tomonidan efirga uzatilishi mumkinligi sababli, robot eng birinchisiga reaktsiya qiladi va bir necha millisekundlarda impuls harakati boshlanishidan oldin bitimni ochadi. Bu ko'pchilik boshqa treyderlar yangilikga reaksiya bildirishga ulgurishidan oldin o'z pozitsiyangizni ochib, bozordan oldinda bo'lish imkonini beradi. Maslahatchi ikkita versiyada taqdim etilgan: AQSh va Buyuk Britaniya serverlari uchun;
IPs Changer. IP-manzilni o'zgartiradigan yordamchi dastur. Ushbu instrument bitta broker terminalida turli xil nomlar ostida bir nechta hisob ochgan treyderlar uchun foydalidir.
Kompaniyaning 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritayotganligi shuni ko'rsatadiki, uning maslahatchilari nisbatan yuqori narxga qaramay, savdo doiralarida talabga ega. Bitta hisob uchun litsenziyani sotib olish 200-700 AQSh dollaridan yuqoriroq narxga tushadi.
Foreks savdo robotlari nima?
Foreks savdo robotlari yoki savdo maslahatchilari (savdo uchun EA) — bu inson ishtirokisiz belgilangan vaqt oralig'ida kodda berilgan algoritm bo'yicha savdolarni ochadigan va yopadigan avtomatik tizimlardir.
Algoritmli savdo o'tgan asrning 80-90-yillarida paydo bo'lgan - kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bitimlarni amalga oshirish jarayonini tezlashtirish va uni qisman avtomatlashtirish zarurati paydo bo'ldi.
Bir nechta qiziqarli raqamlar:
Nyu-Yorkdan Chikagogacha optik tolali kabel orqali signal o'rtacha hisobda 6,55 millisekundda o'tib boradi;
Signal tezligini yanada qisqartirish uchun ba'zi kompaniyalar mikroradio to'lqinlariga o'tdilar. Ularning yordamida signal bir xil masofani 4,25 millisekundda bosib o'tadi — bu farq bitimlarni amalga oshirishda raqobatdosh ustunlikni beradi.
Spread Networks kompaniyasi Chikago va Nyu-York o'rtasida optik tolali kabelni iloji boricha qisqa yo'l bo'ylab yotqizdi va buning uchun tog'da teshik ochdi. Sarmoya qilingan investitsiyalar 300 million AQSh dollarini tashkil etdi va signalni uzatish vaqti 3 millisekundgacha qisqartirildi.
O'rtacha bitta bitim uchun HFT roboti 0,09 sent oladi. 260 millisekund ichida u 5000 ga yaqin operatsiya bajaradi.
Regulyatorlarning turli baholariga ko'ra, HFT robotlari, mashinal o'rganish xususiyati va sun'iy intellektdan foydalangan holda amalga oshirilgan bitimlar umumiy aylanmaning 60-80 foizini tashkil etadi. Aniq raqamlarni aytish qiyin, chunki rasmiy ravishda, strategiyalarning aksariyati qonunchilikni buzadi. Bundan tashqari, regulyatorlar barcha bitimlarni nazorat qila olmaydilar — ularning soni millionlarni tashkil etadi va ular millisekundlarda amalga oshiriladi.
Xususiy savdoda maslahatchilar shunga o'xshash rolni bajaradilar. Ularning asosiy vazifasi — inson tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun vaqt yo'qotadigan vazifalarni bir zumda bajarish. Shuningdek, ular savdoni avtomatlashtiradi, insonning emotional yukini o'ziga oladi va vaqtni tejashga imkon beradi.
Foreks robotlari qanday ishlaydi?
Foreks savdo maslahatchisi - bu avtomatik algoritm bo'lib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
Bir zumda katta hajmli ma'lumotlar massiviga ishlov beradi. Ba'zi robotlarga qo'shimcha sifatida, hatto fundamental tahlil ham o'rnatilgan;
Savdoni avtomatlashtiradi. Avval qo'lda qilingan amallarni bajaradi;
Risklarni boshqaradi. Kodning ichida o'rnatilgan risklarlarni boshqarish tizimi, emotsional omilni istisno qiladi.
Avtomatlashtirilgan maslahatchi uning kodiga kiritilgan strategiya bo' yicha ishlaydi. Eng oddiy Foreks savdo robotlari ma'lum bir holat yuz berganda, savdo hajmi, signallar va stoplarni o'rnatish printsipini belgilab beradigan bir nechta sozlamalarga ega. Murakkab maslahatchilarda esa ularning o'nlab soni mavjud. Masalan, sozlamalarning har biri maslahatchining alohida strategiyasi uchun mas'ul bo'lgan bloklarga bo'lingan bo'lishi mumkin. Qo'shimcha ravishda noyob "chiplar" o'rnatilishi mumkin: spredni boshqarish, bozor holatining o'zgarishiga qarab sozlamalarni avtomatik tanlab olish uchun va boshqalar.
Misol. Siz savdo tizimini ishlab chiqdingiz, unga ko'ra stoxastik ossilator "80" darajasidan yuqori bo'lganida va ikki MA turli davrlar bilan kesishganida, bitim ochish signallari paydo bo'ladi.Bunda siz, stop-lossni 20 punkt masofada, take-profitni esa — 30 punkt masofada o'rnatasiz. Ushbu tizimga ko'ra, dasturchi kod yozadi, siz boshlang'ich faylni savdo platformasiga o'rnatasiz va uni faollashtirgandan so'ng, maslahatchi mustaqil ravishda kodga kiritilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Savdo maslahatchilarining qanday turlari borligi haqida ushbu sharhda o'qishingiz mumkin.
Avtomatik Foreks robotlari samaralimi?
Internetda siz yuzlab pullik yoki bepul Foreks savdo robotlarini topishingiz mumkin. Tabiiyki, ularning barchasi daromadli bo'lishi ilojsiz - ularning samaradorligi birinchi navbatda treyderning o'ziga bog'liq. Bu uning sozlamalar bilan ishlash qobiliyati, maslahatchini qachon to'xtatish kerakligi, risk qilish yoki qilmaslik zaruratini tushunish kabi boshqa muhim jihatlariga bog'liq. Savdo boti - bu"panatseya" emas. Bu u bilan qanday muomilada bo'lishni yaxshi biladigan insonning hayotini soddalashtirish uchun yaratilgan instrumentdir. Agarda ushbu vositadan bilib-bilmay foydalanilsa, bu hamma narsani yanada murakkablashtirishi mumkin. "Granata ushlab turgan maymun" tamoyili - zararlar ga olib boruvchi to'g'ridan-to'g'ri yo'l.
Savdo maslahatchilari bilan ishlashni qanday o'rganish mumkin:
Bepul botlardan boshlang. Uning qaysi indikatorlardan foydalanayotgani, qaysi aktivlar va taymfreymlarda qo'llanilishi mumkinligi, signallar qanday aniqlanishi, bitim hajmi qanday hisoblanishi, risklarni boshqarish parametrlari qanday va qayerda o'rnatilishi haqida tasavvurga ega bo'lishingiz kerak.
Demo hisobdan foydalaning. Kerakli natijaga erishmaguningizcha yoki hech bo'lmaganda algoritmik savdo tamoyillarini tushunib olmaguningizgacha mashq qiling.
Maslahatchini sinab ko'ring. Sentli hisobdan boshlang. Sinovdan o'tkazganingizdan so'ng, ko'zingiz oldida ekvitining o'sib borayotgan trendi va statistika namoyon bo'lishi kerak. Agar haqiqiy savdo hisobida yomon tomonga burilish bo'lsa, buning sabablarini izlab toping.
Savdo maslahatchilaridan quyidagi holatlarda foydalanganingiz ma’qul:
Skalping / HFT-treydingda. Bitimlarni ochish/yopish tezligi va qaror qabul qilish tezligi muhim bo'lgan strategiyalardir. Foreks savdo robotlari ko'pincha kriptovalyutalar narxlarini yuqoriga qo'zg'atish (razgon) uchun qo'llaniladi. Bu haqda "Kriptovalyutalar bo'yicha Pump & Dump: firibgarlikni oldini olish yo'llari" sharhida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin;
Qo'l bilan bajariladigan va algoritmik strategiyalarni birlashtirishda. Maslahatchi bitimlarni avtomatik tarzda ochayotgan paytda, siz qo'lda bajariladigan strategiyalar bilan ishlaysiz. Avtomatik ochilgan bitim, garov hajmini pasaytirishini hisobga olishingiz kerak bo'ladi;
Qo'lda bajariladigan sinalgan strategiyangiz mavjud bo'lganda. Sinalgan savdo algoritmi mavjud bo'lsa, uni kod ko'rinishiga o'tkazing, bu vaqtingizni tejashga yordam beradi. Agar hisob monitoringi mavjud bo'lsa, uning sotuvidan ham pul ishlash mumkin bo'ladi.
Asta-sekin klassik savdo maslahatchilarining o'rnini avtomatik ta'lim olish funksiyasiga ega neyron tarmoqlar egallab bormoqda. Kiritilgan ma'lumotlar va belgilangan maqsadlarga ko'ra, ular minglab algoritmlarni o'qishga, eng yaxshisini tanlash va bozor o'zgarishlariga mustaqil ravishda moslashishga qodir. Hozircha bunday vositalar faqat eng yirik investitsiya kompaniyalari tomonidan qo'llaniladi.
Avtomatik savdo tizimlarining ijobiy va salbiy tomonlari
Foreks savdo robotlarining afzalliklari:
Treyderning vaqtini tejash. Bozorni tahlil qilish va signallarni qidirish maslahatchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Bitimlarni boshqarish tezligi va intizomni saqlash. Bir zumda qaror qabul qilish kerak bo'lgan vaziyatlardagi xatoning sababi -bu inson omilidir. Natijani qabul qila olmaslik, vaziyat yaxshilanib ketishiga umid, ochko'zlik, shubha, charchoq. Robot uning dasturiga kiritilgan risk-menedjment qoidalarini avtomatik tarzda bajaradi.
Emotsional yukni yengillashtirish. Treyderlar tomonidan yo'l qo'yilgan ba'zi xatolarning sababi bo'lgan psixologik holat va charchoq kabi omillardir - savdo maslahatchi-botining faoliyatida esa bular istisno qilinadi.
Faoliyatni avtomatlashtirish. Maslahatchilar dastlabki ma'lumotlarni yig'ish va matematik hisob-kitoblar asosida ma'lum bir hodisaning statistik ehtimolini, masalan, trendning boshlanish ehtimolini baholashga qodir. Va shulardan kelib chiqqan holda, savdo qarori qabul qilinadi.
Yordamchi instrumentlar to'plami. Bitimlar bilan bevosita ishlaydigan avtomatik robotlardan tashqari, yordamchi funksiyani bajaradigan skriptlar ham mavjud. Masalan, shakllangan patternlarni izlash, joriy spredni baholash, savdo sessiyalarini grafikga joylashtirish va h.k. Skriptlar treyderga ma'lumotlarni taqdim etadii, bitimlarni esa treyderning o’zi ochadi.
Yana bir afzallik — bu kombinatsion avtomatlashtirilgan savdo. Aksariyat platformalarda bir vaqtning o'zida bir nechta maslahatchilardan, shu jumladan, bitta aktiv bo'yicha ham foydalanish imkoniyati mavjud. Agar ularning kodida bir paytning o'zida depozitga og'irlik keltirmaydigan turli tipdagi strategiyalar kiritilgan bo'lsa, bunday usul o'zini oqlaydi.
Foreks savdo robotlarining kamchiliklari:
Moslashuvchanlikning yetishmasligi. Bozor o'zgaruvchan - unga fundamental omillar, marketmeykerlarning harakatlari, fors-major holatlar ta'sir qiladi. Ularni oldindan aytib berish va kodga kiritish imkoniyati yo'q. Shuning uchun maslahatchilarni sozlamalarni yoki bitimlar bilan ishlash algoritmini o'zgartirish orqali vaqti-vaqti bilan optimallashtirib turish zarur. Albatta, bundan avval ular depozitni "quritish"ga ulgurishlari ham mumkin.
Muayyan strategiyalarda foydalanish maqsadga muvofiqligi. Treyder savdo tizimini yaratishi, kodni ishlab chiqish uchun pul sarflashi, sinov o'tkazishi kerak — bularning barchasi vaqt talab etadi. Agar strategiya uzoq muddatli bo'lsa va kuniga shartli ravishda 1-2 ta bitim ochishni o'z ichiga olsa, robotni ishlab chiqish uchun kuch sarflash mantiqlimi?
Kodning mos kelmasligi. Agar maslahatchi booting kodi platforma kodiga mos kelmasa, u ishlamaydi. Boshqa kodli qiziqarli maslahatchi topdingizmi? Uni kerakli kodga o'tkazing yoki platformani almashtiring. Masalan, MT4 platformasi MQL4 tili, MT5 — MQL5 tili, cTrader — C# tili bilan uyg'undir. Ba'zi platformalar foydalanuvchi uchun dasturiy ta'minotni umuman qo'llab-quvvatlamaydi.
Kafolatlarning yo' qligi. Va bu yerda gap nafaqat rentabellik haqida ketmoqda. Agar muallifli maslahatchi hali sinovdan o'tkazilmagan bo'lsa, "bug" qaysi vaqtda yuz berishi mumkinligi noma'lum. Hech kim xatolardan sug'urtalanmagan.
Kuniga 24 soat mobaynida onlayn bo'lish zarurati. Muammoni hal qilishning varianti - VPS serverini ijaraga olishdir. Bunday holda, maslahatchi yuklangan platforma kompyuterda emas, balki serverda joylashadi.
Savdo maslahatchilarining vazifasi inson omilini iloji boricha savdodan istisno qilish bo'lsa-da, ularni baribir doimiy nazorat qilish kerak bo'ladi. Ba'zan robotni to'xtatish va bitimni qo'lda yopish ma'qulroq bo'ladi.
Eng yaxshi Foreks robotlarini tanlash mezonlari
Savdoda biron bir narsani qo'llashdan avval, men uning ishlashini sinov versiyasida yoki demo-hisobida tekshirib ko'rishni tavsiya etaman.
Internetdagi turli xil saytlarda siz daromadli maslahatchilarning reklamalari bilan chiroyli % va rentabellik jadvallarini ko'rishingiz mumkin, ichingizda nimadir "qilt" etadi va "agar bu haqiqat bo'lsachi" degan fikr hayolingizdan o'tadi va bu fikr ko'nglingizga iliqlik baxsh etadi. Biroq, afsuski, bu o'yin avtomatlarida so'nggi pullarini yutqazayotgan odamlarning qulog'iga ham xuddi shu narsalarni pichirlaydigan o'chko'zlikdir (nafaqat sizniki - hammamiz gunohkor bandalarmiz) . Va inson uning pichirlashiga qanchalik ko'p quloq solsa, odatda, uning moliyaviy ahvoli shunchalik ayanchli bo'ladi. Ochko'zlik sog'lom fikrlash qobiliyatingizni mag'lub qilishiga yo'l qo'ymang, axir siz ushbu FX maslahatchilarini haqiqiy depozitingizga o'rnatasiz. Muvaffaqiyatsizlik yuz bergan taqdirda, u ichki ovoz sizga yo'qotishlaringizni qoplab berolmaydi.
Savdoda foydalanadigan mexanizm haqida tushunchaga ega bo'lmasdan, muvaffaqiyatingizda amin bo'la olmaysiz.
Bu yerda aytib o'tish joizki, savdo nafaqat foydali bitimlardan, balki emotsional jihatdan noqulayroq bo'lgan zarar keltiruvchi bitimlardan ham iborat. Shuningdek, "bitimlar qatorliligi" kabi tushuncha ham mavjud. Agar sizda sinanlgan savdo strategiyasi ishlab chiqilgan bo'lsa va u qaysi davrlarda yaxshiroq va qaysilarida yomonroq ishlashini tushunsangiz, unda siz zarar keltiruvchi bitimlar qatoriga(seriyasiga) deyarli befarq munosabatda bo'lasiz. Eng oddiy misol: Aytaylik, sizda 2 ta harakatlanuvchi o'rtacha miqdorga asoslangan trend strategiyangiz bor va ayni paytda bozorda "flat" holati shakllandi. Bu yerda daromad olish mexanizmi quyidagicha: yo'naltirilgan harakatlar paytida bizda ko'proq foyda keltiruvchi bitimlar, yo'naltirilmagan/yonmacha/tekis harakatlar paytida esa ko'proq zarar keltiruvch bitimlar kuzatildi. Flet holatida bunday strategiya bir qator zarar keltiruvchi bitimlarni keltirib chiqarsa, siz endi bunga tayyor bo'lasiz, chunki bu strategiyangizning bir qismi ekanligini bilasiz. Endi tasavvur qiling, agar siz savdo algoritmi nimaga asoslanganligi haqida umuman bilmaysiz va ketma-ket 3 ta bitim zarar bilan yopilsa, keyin 4-chisi, 5-chisi va hokazo, siz nimani his etgan bo’lardingiz? Agar treyder biroz noqulaylik his qilishi mumkin deb aytsam, albatta, Amerikani kashf etmayman. O'zini bunday his etishi tabiiy hol. Xuddi shu noqulaylikni haydovchi mashinani haydash paytida to'satdan dvigatel o'chib qolganda his qiladi. U nosozlik qanchalik jiddiyligini bilmaydi, shuning uchun tashvishga tushadi. Huddi yuqoridagi holatga tushgan treyder singari.
Agar sizda sinanlgan savdo strategiyasi ishlab chiqilgan bo'lsa va u qaysi davrlarda yaxshiroq va qaysilarida yomonroq ishlashini tushunsangiz, unda siz zarar keltiruvchi bitimlar seriyasiga deyarli befarq qarashni boshlaysiz.
Shuning uchun, tavsiya sifatida aytishim mumkin: Agar siz Foreks savdo maslahatchilari yordamida avtomatik savdoni sinab ko'rishga qaror qilsangiz, unda mexanizmi umumiy holda sizga tushunarli bo'lgan, soddaroq robotlardan foydalanganingiz to'g'ri yechim bo'ladi. "Maslahatchi super-daromadli algoritmga asoslangan bo'lib, u darhol bozor o'zgarishlariga moslashadi va narxlarning kutilmagan oshishidan himoya qiladi" yoki "maslahatchining ishlash algoritmini tavsiflash murakkab, juda ko'p indikatorlar mavjud, ammo u bitimlar uchun vaqt va joyni mukammal ravishda tanlaydi" kabi umumiy iboralarga aldanib qolmang. Bu xuddi mashina sotib olayotganda, sotuvchining "bu yaxshi mashina, agar pul bilan muammolarim bo'lmaganda, o'zim ham xuddi shunisini olib mingan bo'lardim" degan gaplariga hatto test-drayv qilib ko'rmasdan ham ishonish bilan bir xil holat. Siz hayotda bunday qilmaysiz, shunday emasmi?
Avtomatlashtirilgan savdo uchun yaxshi Foreks robotini qanday tanlash mumkin:
1. Avtomatik Foreks robotining ishlash mexanizmini tushunib oling. Maslahatchi 1-2-3 asosiy indikatorlar va 1-2 tasdiqlovchi indikator asosida qurilgani ma'qul. Risk-menedjment mehanizmi ta'minlanishi zarur.
2. Quyidagilarga e'tibor bering:
Kod. Yopiq kod (.ex4 - MT4 uchun kengaytma) uni ko'rib chiqish va korrektirovka qilish imkoniyatingiz yo'qligini anglatadi. Mualliflar g'oyani nusxalash va uni o'ziniki sifatida berishning iloji bo'lmasligi uchun kodni yopadilar. Investor uchun bu ko'proq minus. Shuning uchun ochiq kodli maslahatchilarni izlab toping (.mq4 - MT4 uchun kengaytma);
Sozlamalar. Ko'p sozlamalar - bir tomondan, afzallik hisoblanadi, chunki bu sizga maslahatchini individual vazifalar uchun sozlash imkonini beradi. Boshqa tomondan, optimallashtirishni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Sozlamalarning umuman yo'qligi, bundan ham yomon;
Pozitsiya hajmini hisoblash printsipi. Martingale koeffitsientiga ega maslahatchilar bor, ular yo'qotish yuz bergan taqdirda pozitsiya hajmini oshiradilar. Risk darajasi yuqori bo'lgan robotlar turkumiga kiradi.
3. Maslahatchini tester orqali sinovdan o'tkazing. Quyidagilarga e'tibor bering:
Ekviti(equity)ning harakteri. Depozitning egri chizig'i o'sib boruvchi va iloji boricha tekis bo'lishi shart. Keskin pasayishlar Martingale holati haqida va bozor o'zgaruvchanligi paytida savdo tizimining beqarorligiga ishora qiladi. Ekvitining oxiridagi zonasiga alohida e'tibor bering - agar u gorizontalga o'tsa yoki pastga qarab burilish kuzatilayotgan bo'lsa, demak maslahatchi noto'gri ishlamoqda;
Maksimal "o'tirish" (drawdown) hajmi. U qanchalik katta bo'lsa, risk ham shunchalik yuqori bo'ladi. Chunki haqiqiy hisobda depozitning hech bo'lmaganda bir kismini saqlab qolish uchun, robot-maslahatchining ishini qaysi paytda mustaqil to'xtatishingiz kerakligini aytish qiyin;
Zarar keltiruvchi bitimlar seriyasi. U oqilona chegaralangan bo'lishi kerak. Ketma-ket 5 yoki undan ortiq zararli bitimlar - bu normadan og'ishdir;
Daromadli va zarar keltiruvchi bitimlar sonining nisbati. Ideal holda, ularning nisbati taxminan teng bo'lishi kerak. Agar zarar keltiradigan bitimlar sezilarli darajada ko'p bo'lsa, unda maslahatchi ko'plab kichik zarar keltiradigan bitimlarni ochadi va ularni bitta katta daromadli bitim bilan qoplaydi. Bunday strategiyani ishlatish mumkin, ammo u risk darajasi yuqori strategiyalar turkumiga kiradi.
4. Haqiqiy hisob monitoringini ko'rib chiqing. Hech qachon haqiqiy hisobda ishlatilmagan maslahatchi sizga ishga yaramaydi.
5. Rentabellikni hisoblab chiqing (pullik maslahatchilar uchun). Sinov davrida olingan daromad dastlabki ma'lumot sifatida olinishi mumkin.
Agar robot tarixda sinovdan o'tkazilgandan so'ng depozitni nollashtirgan bo'lsa, undan umidingizni uzishga shoshilmang. Algoritm tufayli ertami-kechmi depozitni "quritib qo'yadigan", ammo daromad zonasida konservativ analoglariga qaraganda ancha samarali bo'lgan maslahatchilar mavjud. Sizning vazifangiz barcha zonalarni tahlil qilish, ekvitining burilish vaqtini aniqlash va bozordan vaqtida chiqib ketishga ulgurishdan iborat. Ba'zida bunday risk depozitning tez qo'zgaltirib olish bilan o'zini oqlaydi. Bunday maslahatchiga misol sifatida Ilan robotini keltirish mumkin, quyida u haqida batafsil to'xtalib o'tilgan.
MT4 va MT5-da Foreks roboti qanday o'rnatiladi?
Avvalam bor, har qanday avtomatik savdo maslahatchisini o'rnatish jarayonini tahlil qilish ortiqcha bo'lmaydi. Yaxshiyamki, bu barcha turlar uchun universaldir:
1. Odatda, Metatrader 4/5 uchun savdo maslahatchilarining o'zlari 2 ta kengaytmaga ega bo'ladi: .ex4 yoki .mql. Biroq, ba'zida shunday bo'ladiki, kengaytmalar bilan birga, ularning to'g'ri ishlashi uchun o'rnatilishi kerak bo'lgan bir qator indikatorlar va bibliotekalar ham keladi, chunki ular savdo terminalining standart komplektatsiyasida mavjud emas.
2. Maslahatchi faylini nusxalaymiz (.ex4 yoki .mql).
3. MT4 terminali o'rnatilgan papkani ochamiz.
4. U yerda MQL4 (yoki MQL5) papkasini topamiz, uning ichida esa maslahatchi bilan faylni kiritishingiz kerak bo'lgan Experts papkasini topamiz (sizga eslatib o'taman — u kengaytmaga ega .ex4 yoki .mql). Yordamchi fayllarni bu yerga nusxalash kerak emas.
5. Endi yordamchi fayllar bilan shug'ullanamiz. Kengaytmasiga qarab, biz ushbu fayllarni tegishli papkalarga ko'chiramiz. Ular Experts yoki MQL5 papkasida bo'lishi mumkin:
agar fayl kengaytmasi .set ko'rinishida bo'lsa, uni "Presets" papkasiga nusxalash kerak;
agar fayl kengaytmasi .dll bo'lsa, uni "Libraries" papkasiga nusxalaymiz;
agar komplektda indikatorli fayllar (ular ham .ex4 yoki .mql kengaytmalarida bo’ladi va ularni faqat nomidan ajratib olish mumkin) ham kelsa — Indicators papkasiga nusxalaymiz.
6. Barcha fayllarni papkalarga to'g'ri joylashtirganimizni tekshiramiz.
7. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, MetaTrader 4/5 platformasini ishga tushiramiz (yoki oldin ochilgan bo'lsa, uni qayta ishga tushiramiz).
8. Terminal ochilganda, yuqori qismida "Servis" vkladkasini topib, ustiga bosamiz va "Sozlamalar" ni tanlaymiz.
9. Endi maslahatchini ishga tushirish kerak. Buning uchun "Maslahatchilar" vkladkasini tanlab, skrinshotda ko'rsatilganidek, kerakli katakchalarni "galochka" bilan belgilab chiqamiz va "OK" tugmasini bosing.
10. Maslahatchiga mablag'larimizni (haqiqiy yoki virtual) tasarruf etish vakolatini topshirganimizdan so'ng, uning savdo strategiyasiga ko'ra, biz unga qaysi instrument bilan savdo qilishga ruxsat berishimiz kerakligini aniqlashimiz kerak. Buning uchun ushbu instrumentning grafigini ochishimiz kerak:
Terminalning yuqori qismida "Fayl" ni, so'ngra "Yangi grafik" vkladkasini ochamiz va so'ngra kerakli instrumentni tanlaymiz;
"Bozor sharhi" oynasida sichqonchaning o'ng tugmasini kerakli instrumentga bosamiz va"Grafikni ochish" ni tanlaymiz.
11. Endi esa bizga "Navigator"deb nomlangan oyna kerak. Odatda bu oyna standart ravishda mavjud bo'ladi, agarda u yo'q bo'lsa uni o'zingiz mustaqil qo'shishingiz kerak bo'ladi. Buni terminalning yuqori qismidagi "Ko'rinish" va keyin "Navigator" vkladkalarini tanlash orqali amalga oshirish mumkin.
12. Endi tanlangan instrument grafigiga maslahatchini qo'shib qo'yishimiz kerak. Buning uchun "Navigator" oynasida "Maslahatchilar" bo'limi qarshisidagi plyus belgisini bosamiz.
13. Biz nomi bo'yicha maslahatchimizni topamiz va sichqonchaning chap tugmachasini bosib turgan holda, uni grafikka ko'chirib o' tkazamiz.
Bu muhim! Grafikda belgilangan taymfreymga e'tibor bering. Ko'pincha maslahatchi faqat ma'lum bir vaqt oralig'ida ishlashga mo'ljallangan - bu uning tavsifida ko'rsatilgan.
14. Yuqoridagi operatsiyadan so'ng, savdo robotining sozlamalari bilan oyna paydo bo'lishi kerak (rasmda ko'rsatilgan).
Risk-menedjment parametrlariga, Foreks bozoridagi depozit hajmiga, shuningdek maslahatchidan foydalanish bo'yicha tavsiya etilgan qoidalarga rioya qilish istagiga qarab, siz sozlamalarni o'zingizning xohishingizga ko'ra o'rnatishingiz mumkin.
Misol uchun, agar maqsadingiz, bazaviy parametrlarga ega bo'lgan maslahatchini sinab ko'rish bo'lsa, ammo unga komplekt sifatida sozlamalar shabloniga ega (.set) fayl kiritilgan bo'lsa, ushbu shablonni shunchaki yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun, "Yuklab olish" knopkasini bosamiz va "Presets" papkasidagi sozlamalar bilan faylni tanlaymiz. Uni qanday topish mumkinligi haqida 4 va 5 bandlarda aytib o'tdik.
Bundan tashqari, agar siz sozlamalarini o'zingizga moslashtirgan bo'lsangiz va har safar terminalga kirganingizda ularni o'rnatishni xohlamasangiz, "Saqlash" tugmasini bosish orqali ularni o'z shabloningizga saqlab olishingiz mumkin.
15. Sozlamalar masalasini hal qilib, kerakli sozlamalarni o'rnatganimizdan so'ng, "OK" tugmasini bosamiz. Grafikning yuqori o'ng burchagida smaylik/ikonka va maslahatchining nomi paydo bo'lishi kerak.
Shuningdek, "Avtomatik savdo" tugmasi yashil rangda ekanligini tekshirishingiz zarur. Agar u qizil rangda bo'lsa, sichqoncha bilan uning ustiga bosing.
Hammasi tayyor. Bundan buyon, agar hammasi yaxshi o'tgan bo'lsa, maslahatchi unga kiritilgan algoritm bo'yicha savdo qiladi. Agar biron sababga ko'ra uni "o'chirib qo'ymoqchi" bo'lsangiz, yana qizil rangga aylanishi uchun "Avtomatik savdo" tugmasini sichqoncha bilan bosing. Ushbu holatda avtomatik savdo amalga oshirilmaydi.
Savdo robotining asosiy sozlamalari
Keling, o'z ijodiy salohiyatimizni qayerda namoyish etishimiz mumkinligi haqida so'z yuritamiz. Ijodkorligimiz depozitimizning hajmiga mos keladigan Foreks bozorining risk-menejment qoidalari bilan cheklanishi kerak (bu haqda birozdan so'ng). Albatta, agar sizning maqsadingiz "chika-puka" o'yinini o'ynash emas, balki daromadli savdo ustida ongli ravishda ishlash bo'lsa.
Shunday qilib, aksariyat hollarda sozlamalar raqamli bo'lishi (masalan, savdo loti), ba'zan esa "yoqish/o'chirish" yoki "true/false" ko'rinishida kelishi mumkin.
Ya'ni, agar biz biron bir parametrni yoqmoqchi bo'lsak, uning oldiga "true" belgisini qo'yishimiz kerak bo'ladi. Agar o'chirmoqchi bo'lsak - "false" belgisini.
Endi esa eng ko'p ucuchraydigan sozlamalarga o'tamiz:
1. Lotsize — maslahatchi bitimlarni ochmoqchi bo'lgan savdo lotining hajmi
2. MicroLots - mikro-lotlar bilan savdo qilish imkoniyatini yoqish/o'chirish opsiyasi (0.01, 0.02, 0.03 va h.k.)
3. MoneyManagement - ushbu opsiyani yoqish bilan, biz maslahatchiga savdo lotini mustaqil ravishda tanlash imkoniyatini beramiz.
Ushbu parametrni yoqishdan oldin quyidagilarni tavsiya qilaman:
Maslahatchining bitim hajmini oshirish/kamaytirish haqida "qaror qabul qilish" printsiplarini tushunib oling;
Ushbu printsiplarni risk-menedjment siyosatingizga to'g'ri kelishiga ishonch hosil qiling.
Mening shaxsiy fikrim - bunday tasodifning sodir bo'lishi dargumon. Uning "mustaqilligi" haqida tashvishlanmaslik uchun maslahatchiga savdo loti bo'yicha shaxsiy tavsiyalarigizniberganingiz yaxshiroq va osonroq.
4. Comment - savdo robotining bitimlari bo'yicha sharhlar. Statistikani yig'ish qulay bo'lishi uchun ishlatiladi. Maslahatchining savdo tarixini o'rganganingizda, ushbu sharh yordamida siz uning bitimlarini qo'lda ochilgan bitimlaringizdan yoki bir xil instrument bilan savdo qiluvchi boshqa maslahatchilarning bitimlaridan ajrata olasiz.
5. MagicNumber - maslahatchi o'z pozitsiyalarini shu kod bo'yicha belgilaydi. Ushbu kod, misol uchun, maslahatchi o'zi ochgan orderlar bilan birga sizning shaxsiy orderlaringizni ham yopib yubormasligi uchun kerak. Shuni yodda tutingki, agar siz bir vaqtning o'zida bir nechta maslahatchilar yordamida savdo qilsangiz, ular uchun bir xil "MagicNumber"dan foydalanishingiz mumkin emas.
Sozlamalar bilan ham, menimcha, hammasi tushunarli. Parametrlar boshqacha bo'lishi mumkin - odatda ulardan foydalanish haqida ma'lumot, maslahatchilarning tavsiflarida ham keltiriladi.
Qo'shimcha sozlamalar bilan ovora bo'lmaslikni va maslahatchini standart parametrlarda sinab ko'rishni tavsiya etaman. Agar standart parametrlarda, u ijobiy natijani ko'rsatmasa, ehtimol, u bilan daromadli savdoga erishish uchun unga ma'lum bozor sharoitlari kerakdir.
Kimdir sozlamalarni to'g'rilash va joriy bozor uchun eng yaxshi variantlarni aniqlash kerak deb o'ylar, ammo mening fikrimcha, bu vaqtni bekorga sarflashdir. Bozor sharoitlari qachon yana o'zgarishi noma'lum va meni, masalan, asabiylashtirishi mumkin edi. Siz o'zingizni go'yoki o'qdori to'ldirilgan bochkada o'tirganday his qilasiz va faqat taxmin qilasiz: hammasi yaxshimi yoki parametrlarni yana o'zgartirish vaqti keldimi?
Bu menga xodimni yollashda ikkilanayotgan boshliq vaziyatini eslatadi: o'z ishini xotirjam va uslubiy ravishda bajaradigan xodimni tanlash kerakmi yoki bir oyda ajoyib natija beradigan va keyingi oyda chuqur tushkunlikka tushadigan impulsiv yigitnimi? Tanlov, albatta, siznikidir. Menimcha, avtomatik maslahatchi bozor sharoitlari nuqtai nazaridan qanchalik universal bo'lsa, shunchalik yaxshi bo'ladi. Kelajakda u kamroq foyda keltirgan taqdirda ham. Har xolda, sinovdan o'tkazdik, o'rnatdik va unutib, boshqa yumushlarimiz bilan shug'ullanamiz (masalan, boshqa maslahatchilarni sinovdan o'tkazamiz). Bizning maqsadimiz - maslahatchining tushunarli algoritmi va kichik "drawdown"lar bilan asta-sekinlik bilan daromadga chiqish.
Xedjirlash uchun savdo robotlari
Xedjirlash va loklash — bu bir-biriga o'xshash, yuqori risk darajasi bilan ajralib turadigan strategiyalardir. Ular depozitni tez ko'paytirib olish uchun maslahatchilarda tez-tez qo'llaniladi. Xedjirlash — turli xil instrumentlar bo'yicha har xil yo'nalishli bitimlarni ochishni anglatadi, loklash esa - faqat bir instrument bo'yicha. Narx qaysi yo'nalishda harakatlanishidan qat'i nazar, bitta pozitsiya bo'yicha foyda bo'lsa, ikkinchisi bo'yicha zarar bo'ladi. Strategiyalarning mohiyati zarar keltirayotgan bitimni o'z vaqtida yopish va/yoki daromadli bitim hajmini oshirishdan iborat. Bu haqida batafsil "Foreksda xedjirlash nima" maqolasida o'qing.
Algoritmdagi zararli pozitsiyalarni xedjirlash va loklash uchun yaxshi va qiziqarli robotlardan biri - bu HEDGE GATE. Uning ishlab chiqaruvchisi 2008 yildan beri algoritmik dasturiy ta'minotni yaratishda ixtisoslashgan kompaniya. Xedjing uchun savdo robotining so'nggi takomillashtirilgan versiyasi - bu uchinchi versiya. Ishlab chiqaruvchilar unga yangi modullarni qo'shdilar:
Kun ichidagi maqsadli profit;
Belgilangan sanadan maqsadli profit;
Boshqa valyuta juftliklari bo'yicha olingan foydaning bir qismi hisobidan eng zarar keltiruvchi bitim bo'yicha zararni xedjirlash;
Prognoz qilingan foyda doirasida, oldindan o'rnatilgan kechiktirilgan orderlar setkasi bilan kun ichidagi bitimlarni ochish.
Xedjirlash bo'yicha maslahatchi MT4 va MT5 platformalari uchun ishlab chiqilgan.
Maslahatchining ishlash printsipi. Bitim yo'nalishini hisoblash "Gann kvadrati" nazariyasi algoritmi bo'yicha amalga oshiriladi. Ishlatiladigan indikatorlar va risk-menedjment haqida ma'lumot yo'q.
Qo'llanilish doirasi. "Major" valyuta juftliklari va ular bilan bog'liq kross-kurslar. Tavsiya etilgan taymfreym - H1-H4.
Sozlamalar. Maslahatchi 7 dan ortiq asosiy sozlama bloklariga ega. Sinov uchun demo versiyasini olayotganda, ishlab chiqaruvchilar asosiy tavsiyalarni taqdim etadilar.
Afzalliklari. Unumdorligi - 75-85% daromadli operatsiyalar. Bitimning bozordagi o'rtacha vaqt oralig'i - svop xarajatlarisiz 10 soatni tashkil qiladi. Bitimlar stop-loss bilan sug'urtalanadi, Martingale qo'llanilmaydi.
Kamchiliklari. Nisbatan yuqori narx. Litsenziyaning narxi 900-1200 AQSh dollaridan. boshlanadi Oylik ijaraga olish imkoniyati mavjud.
Xulosa. Asosiy afzallik shundaki, maslahatchi qayta optimallashtirishni talab qilmaydi. Bu matematik algoritmga asoslangan mustaqil ta'lim olish tizimi bo'lib, uning yadrosi ishlab chiqaruvchilar tomonidan oshkor etilmaydi. Savdo statistikasi juda hayratlanarli, ammo barcha sozlamalarni to'g'rilash uchun vaqt kerak. Aniqrog'i, ularni tushunib olish vaqtni talab qiladi.
Skalping uchun savdo robotlari
Foreksda Skalping bo'yicha maslahatchilarning afzalligi - bu tezlik. Yuqori chastotali savdoda soniya ulushi ham muhim ahamiyatga ega va treyder bozorni tahlil qilish, signallarni izlash va o'zgarishlarga reaksiya qilish uchun jismonan ulgurmasligi mumkin.
Ushbu toifadagi eng yaxshi maslahatchilardan biri - Vzlomshik Pro. Foreksda uch xil strategiya asosida ishlaydigan ko'p valyutali Skalping savdo roboti. Maslahatchi bir nechta versiyalarda mavjud, foydalanuvchilarning fikriga ko'ra, ulardan eng muvaffaqiyatlisi - 1.14 versiyasidir.
Maslahatchining ishlash printsipi. Maslahatchi burilish nuqtalari va impulsli korrektsiyalarni aniqlab, orderlar setkasini o'rnatadi. Soat intervali narx tebranishini tekislash uchun ishlatiladi.
Qo'llanilish doirasi. "Major" valyuta juftliklari,"major"lar bilan bog'liq kross-kurslar. Yuqori va o'rta volatillikga ega yuqori likvidli aktivlarni qo'llab-quvvatlaydi. Tavsiya etilgan depozit — valyuta juftligining har 0,01 loti uchun kamida 1000 valyuta birligi. Tavsiya etilgan taymfreym - H1.
Sozlamalar. Standart parametrlar: Martingale koeffitsientini hisobga olgan holda orderlar setkasi uchun pozitsiya hajmini hisoblash, setkadagi orderlar orasidagi masofa, risklarni boshqarish tizimi va boshqalar.
Afzalliklari. Depozitni tezda "qo'zg'atib olish"ga imkon beradigan ko'p funktsiyali maslahatchi.
Kamchiliklari. Martingale strategiyasini qo'llaganligi sababli, oxir-oqibat depozitni to'liq "sovurib yuboradi". Treyderning vazifasi - shu payt kelguniga qadar, daromad olish va daromadning kamida 100 foizini yechib olishga ulgurishdir. Chuqur “drawdown”ga olib keladi.
Xulosa. Vaqti-vaqti bilan foydani chiqarib olish imkonini beruvchi, yuqori riskli robot skalper. Sozlamalar sonining ko'pligi, har biri o'z skalping strategiyasi uchun javobgar bo'lgan sozlamalarning, 3 blokga bo'linganligi bilan izohlanadi. Maslahatchilar bilan qanday ishlashni biladigan treyderlarga tavsiya etiladi.
Oltin uchun eng yaxshi Foreks roboti
Happy Gold. Maslahatchining g'oyasi oltin va qimmatbaho metallarning fundamental volatilligiga asoslangan bo'lib, nemis ishlab chiqaruvchisiga tegishlidir. Asosiy indikator - ZigZag. Indikatorning printsipi skalpingga o'xshaydi: robot asosiy darajalarni quradi, trend harakatining boshlanishini topadi va daraja buzilganidan keyin uni ushlaydi.
Maslahatchining ishlash printsipi. ZigZag indikatorining modifikatsiya qilingan versiyasi, asosiy qarshilik va yordam darajalarini ekstremumlar bo'yicha chizadi. Darajada kechiktirilgan stop-order o'rnatiladi va uning buzilishida bitimning hajmi narxning harakatlanish yo'nalishi bo'yicha oshirib boriladi. Bitim trend bo'yicha maksimum foyda olish uchun treyling bilan sug'urtalanadi, stop bo'yicha chiqish imkoni mavjud.
Qo'llanilish doirasi. Qimmatbaho metallar, tavsiya etilgan taymfreym - M30-H4.
Sozlamalar. Standart sozlamalar: risk darajasi - lotni dinamik hisoblashda, stop, treyling va boshqa sozlamalarda har bir bitim uchun foizlarda hisoblanadi.
Afzalliklari. Tavsiya etilgan depozit - 100 AQSh dollaridan boshlanadi.
Kamchiliklari. Maslahatchi ko'p hollarda pullik, ammo bepul versiyalari ham mavjud. To'g'ridan-to'g'ri ishlab chiquvchiga murojaat qilib, siz 2 yoki 5 hisob uchun to'liq to'plamga litsenziyani sotib olishingiz mumkin. Litsenziya MT4 va MT5 uchun 10 ta maslahatchini, shu jumladan Happy Gold maslahatchisini ham o'z ichiga oladi.
Xulosa. Klassik to'lqin nazariyasi, impulsli harakatlar va patternlardan foydalanadigan oddiy va tushunarli maslahatchi.
Android uchun Foreks roboti
Mobil algoritmik savdoning desktopdagi versiyasidan farqi, robotni o'rnatish usuli bilan bog'liq. Desktop orqali algoritmik savdo bilan shug'ullanganingizda, brokerning platformasini yuklab olishingiz va uning ichiga robotni yuklashingiz kerak bo'ladi. Maslahatchini ishlab chiqaruvchining saytida registratsiyadan o'tish zarur - brokerni ularning hamkorlari qatoridan tanlash kerak. Bunday moliyaviy robotga misol sifatida Daxrobotni keltirish mumkin. Uning bepul versiyasi Android uchun ham, emulyator yordamida desktopda savdo qilish uchun ham mos keladi.
Mashhur MT4/MT5 haqida gapiradigan bo'lsak, bu yerda to'g'ridan-to'g'ri mobil algoritmik savdo tizimi ishlamaydi. Androiddagi Metatrader maslahatchilarni ishga tushirish uchun mo'ljallanmagan. Shu sababli uning alternativ varianti mavjud — VPS. Foydalanuvchi platformaning desktop uchun versiyasi o'rnatilgan serverning masofaviy quvvatlarini ijaraga oladi, unda maslahatchilar ishga tushiriladi. Smartfonga desktop platformasiga masofadan kirish imkonini beruvchi ilova o'rnatiladi.
EA Builder tahlili
EA Builder - bu dasturiy kodni bilmasdan qo'lda bajariladigan strategiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradigan bazaviy yoki muallifli indikatorlar asosidagi bepul maslahatchi konstruktor. Konstruktorning imkoniyatlari:
MT4 va MT5 platformalarida valyuta juftliklari, fyucherslar bilan avtomatlashtirilgan savdo qilish uchun maslahatchi shablonlarini ishlab chiqish. Foydalanuvchi dizayner muharririga strategiyaning bosqichma-bosqich algoritmini kiritadi: indikatorlar, signallar va boshqalar;
Risklarni boshqarish blokini yaratish;
Yaratilgan shablonlarni konstruktorda ham, Metatrader platformasida ham sinab ko'rish mumkin.
Bazaviy funktsionalli versiyasida konstruktor bepul. To'liq versiyaga kirish uchun obuna bo'lishingiz kerak. U yerda indikatorning EX-faylini qo'shishingiz mumkin, bundan tashqari, yaratilgan maslahatchilar soni uchun cheklov yo'qligi va boshqa imkoniyatlar mavjud.
Savdo robotlarini sotish
Savdo maslahatchilarining bepul versiyalaridan tashqari, narxi ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadigan pullik versiyalari ham mavjud. Ishlab chiquvchi sotishdan manfaatdor, chunki u uchun bu sarmoyaga ehtiyoj sezmasdan tez daromad olish yo'li hisoblanadi. Xaridor uchun pullik versiyalarning afzalliklari bor:
Pullik maslahatchi muallif tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Sozlamalar yoki ishlash bo'yicha savollaringiz bormi - ishlab chiquvchidan so'rang, u har doim mijozga yordam berishdan manfaatdor;
Pullik maslahatchi o'z mohiyatiga ko'ra noyobdir. Ishlab chiquvchi o'z g'oyasini kod bilan ifodalangan holda sotadi;
Iqtisodiy nuqtai nazardan, maslahatchini sotib olish signallarga obuna bo'lish yoki ijtimoiy savdodan ko'ra ko'proq foyda keltirishi mumkin.
Investorda savdo maslahatchilariga sarmoya qilishning uchta varianti mavjud:
Maslahatchini sotib olish. Qayerdan sotib olish - bu alohida masala. Forumlarda ko'plab takliflar mavjud, ammo bu holda ishlamaydigan yoki bepul mahsulotni sotib olish xavfi bor. O'z dasturlarini taklif qiladigan brokerlar yoki platformalar mavjud, ammo bu qimmat.
Maslahatchini dasturlashga buyurtma berish. Siz kodni bilmaysizmi - savdo tizimingizni yarating va uning algoritmiga muvofiq kod yozishga buyurtma bering. MT4/MT5 uchun buni qanday qilish haqida "Maslahatchini yozish uchun buyurtma qanday beriladi" sharhida o'qishingiz mumkin.
Maslahatchini konstruktor-platformalarida yaratish. Buning uchun kodni bilish shart emas. Bunday platformaga misol - System Creator. Sharh va bosqichma-bosqich ko'rsatmalar "Foreks maslahatchisini yaratish" maqolasida keltirilgan.
Savdo robotini tanlashda firibgarlardan qanday saqlanish mumkin
Savdo maslahatchilari sotuvchilarining eng tarqalgan aldash usuli bu bepul robotni sotishdir. Treyderlar mavjud bo'lgan barcha bepul versiyalar haqida bilishlari imkonsiz, va firibgarlar bundan foydalanadilar. Eng yaxshi holatda, sotuvchi kodga kichik o'zgartirishlar kiritadi va uni muallif sifatida sotadi. Eng yomon holda esa - shunchaki bepul maslahatchini pullaydi.
Robot sotib olayotganda firibgarlar tuzog'iga tushmaslik uchun nima qilish kerak:
To'g'ridan-to'g'ri yirik ishlab chiquvchilardan sotib oling. Ular brokerlar yoki mustaqil kompaniyalar bo'lishi mumkin. Shuningdek, ular o'zlarining dasturiy ta'minotini texnik qo'llab-quvvatlash va yangilash bilan shug'ullanadilar - bu esa qo'shimcha plyus;
Investor parolini talab qiling. Haqiqiy hisob monitoringi yo'qmi - darhol sotib olishdan bosh torting. Maslahatchi natijalarini haqiqiy hisobda ko'rish uchun investor parolini so'rang;
Bektestni talab qiling. Robotning "tashrif qog'ozi" - uning bektesti, savdo statistikasi. Firibgarlarning hiyla-nayranglaridan biri bu bektestni soxtalashtirish yoki maslahatchini demo hisobida ishga tushirishdir. Agar siz formulalarni bilsangiz, bektestning haqiqiyligini individual statistik ko'rsatkichlarni qo'lda hisoblash orqali aniqlashingiz mumkin.
Maslahatchi sotib olmoqchisiz, ammo firibgarlardan qo'rqyapsizmi? O'zingizning algoritmingiz bo'yicha maslahatchini ishlab chiqishga buyurtma bering. Buni, masalan, MQL5 (MetaQuotes ishlab chiqaruvchisi - ta'sischisi) platformasining frilans birjasida amalga oshirish mumkin.
Asosiy xulosalar
Yangi boshlayotgan treyder robotlar va algoritmik savdo haqida nimalarni bilishi kerak:
1. Foreks savdo roboti - bu bitimlarni boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradigan dasturiy ta'minot. Robot-bu kodda berilgan algoritm asosida ishlaydigan dastur. Ularni birlashtirish imkoniyati mavjudligi sharti bilan savdo platformasiga o'rnatiladi.
2. Maslahatchi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Bir necha millisekundlik farq bilan bitimlarini bir zumda ochish/yopish;
Kirayotgan ma'lumotlar oqimini tahlil qilish, voqealarni rivojlantirishning mumkin bo'lgan variantlarini ko'rib chiqish va eng yaxshi yechimni topish;
Xulq-atvor va hissiy omillarni bartaraf qilgan holda savdoni avtomatlashtirish.
3. Maslahatchilar pullik va bepul bo'ladi. Pullik maslahatchilarni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchidan yoki ularning brokeridan sotib olganingiz ma'qul. Pullik robotlar va bepul robotlar o'rtasidagi farq - bu bir nechta bloklardan iborat bo'lishi mumkin, qo'shimcha sozlamalarga ega bo'lgan murakkab yadro.
4. Maslahatchining unumdorligi ekvitining tabiati, statistik parametrlari: profit-faktori, maksimal yo'qotish hajmi va boshqalar bilan belgilanadi.
5. Maslahatchining samaradorligi, uning sozlamalari va uni testerda bozorning muayyan holatiga moslab optimallashtirish shartlariga bog'liq. Pullik maslahatchi ham, bepul maslahatchi ham bir xil darajada samarali bo'lishi mumkin.
Savdo robotlari va maslahatchilari haqida tez-tez so'raladigan savollar
Savdo maslahatchilarining samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq:
- Sozlamalar. Maslahatchini o'zgaruvchan bozor holatiga moslashtirish uchun, vaqti-vaqti bilan sozlamalar o'zgartirib turiladi;
- Savdo shartlari. Skalping uchun mo'ljallangan robot kunduzgi taymfreymda samarali bo'lmaydi va aksincha ham huddi shunday;
- Bozor sharoitlari. Masalan, ba'zi robotlar flet holatida samaraliroq, boshqalari esa trend harakatllari paytida;
- Fundamental omillar. Maslahatchi berilgan algoritm bo'yicha ishlaydi va fundamental omillarga javob bermaydi. Shuning uchun u tezda depozitni "sovurib yuborishi" mumkin. Yangiliklar chiqish paytida maslahatchilarni to'xtatib turish ma'qul.
Mukammal savdo maslahatchisi mavjud emas. Ko'p narsa sozlamalarga, uni qo'llash vaqtiga va boshqa omillarga bog'liq. Siz uchun bir nechta tavsiyalar:
- Robotning tavsifi bilan tanishib chiqing. Ko'pincha, maslahatchilarni ishlab chiqaruvchilar ulardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berishadi: aktivlar turi, bozorning tabiati va hokazo;
- Sinov versiyasida kotirovka tarixi bo'yicha maslahatchini ishga tushiring. Testerlarga misollar: МТ4 va МТ5 platformalarining o' rnatilgan testerlari, MT Forex Simulator va Fx Blue uchun ilovalar. Savdo statistikasini tahlil qiling. Ekviti turiga, maksimal yo'qotish(drawdown) darajasi, ketma-ket zararli bitimlar soniga e'tibor bering;
- Haqiqiy hisobda maslahatchini ishga tushiring, natijalarni kuzatib boring. Agar maslahatchi haqiqiy savdoda test rejimidagi statistikadan salbiy tomonga o'gib ketsa, uni to'xtating va optimallashtirishni amalga oshiring.
- Robotning ishlash statistikasini qanday baholash kerakligi haqida ko'proq ma'lumotni "Savdo tizimi va uning ekvitisini baholash qoidalari" sharhida o'qishingiz mumkin.
- Haqiqiy hisob monitoringini so'rang. Demo hisobida ishlaydigan maslahatchini sotib olish uchun to'g'ri kelmaydi.
- Bektestni taqdim etishni so'rang. Bektestni soxta emasligini tekshiring - 2-3 statistik ko'rsatkichni qayta hisoblash imkoniyati bo'yicha amalga oshirish mumkin.
- Tayyor savdo tizimi bo'yicha kod yozishga buyurtma bering.
Brokerlar algoritmik savdoni qo'llash bo'yicha cheklovlar qo'ymaydilar. Ammo ba'zilarida ular bor. Masalan, serverni ortiqcha yuklaydigan yuqori chastotali robotlardan foydalanishni taqiqlash. Ushbu cheklovlar ofertada belgilanadi. Qonunbuzarlik sodir bo'lgan taqdirda, broker order natijalarini bekor qilish yoki eng yomon holatda hisobni blokirovka qilish huquqiga ega.Maqsadlarga qarab. Robotlardan foydalanish taqiqlanmaydi, narxlar bilan manipulyatsiya qilish taqiqlanadi. Shuning uchun, masalan, HFT robotini yoki "spufing" (savdo hajmi bordek qilib ko'rsatish uchun zayavka berib, uni darhol bekor qilish) printsipi asosida ishlaydigan robotni ishga tushirish qonunbuzarlik deb hisoblanishi mumkin.
Siz optimal qilib sozlab olgan robot. Daromadlilik ko'plab omillarga bog'liq, shuning uchun eng yaxshi va eng daromadli maslahatchilar bo'lmaydi. Bugun har qanday maslahatchi plyusga ishlashi mumkin va ertaga depozitni "quritib qo'yishi" mumkin — barchasi bozordagi vaziyatning o'zgaruvchanligiga bog'liq.
Qaror hamma uchun individualdir. Algoritmik treyding vaqtni tejaydi, jismoniy va hissiy stressni kamaytiradi, qaror qabul qilish tezligi muhim bo'lgan joyda yordam beradi. Lekin shu bilan birga, hali ham bitimlarni doimiy nazorat qilish va ba'zan qo'lda aralashish zarurati bor.
Quyidagi Foreks savdo robotlari mavjud:
- Bepul. Bu treyderlar uzoq vaqtdan beri ishlatib kelayotgan robotlar, shuning uchun ularning kodi ochiq. Ularning samaradorligi sizning professionalligingizga bog'liq. Shuningdek, internetda bepul muallifli robotlarni topishingiz mumkin. Ular odatda, sinov maqsadida joylashtirilgan bo'ladi, shuning uchun ularda kod xatolari ham uchrab turadi.
- Pullik. Narx muallif tomonidan belgilanadi: hamyonbop narxlar 20-100 AQSh dollaridan boshlanadi, noyob dasturiy ta'minotning narxi 1000 AQSh dollarigacha yoki undan yuqoriroq bo'lishi mumkin. Ularning kamchiliklari shundaki, ishlab chiqaruvchi robotning rentabelligini kafolatlamaydi. Shuningdek, bozorda bepul versiyada ham topishingiz mumkin bo'lgan maslahatchilar tez-tez uchraydi. Ammo ishlab chiqaruvchi unga kichik o'zgartirishlar kiritib, keyin uni mualliflik huquqi ostida sotadi.
Savdo maslahatchisini ishlab chiqish algoritmi:1. Savdo tizimini ishlab chiqish. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- Tizimda qanday indikatorlar qo'llaniladi?
- Bitimlarni ochish va yopish shartlari qanday?
- Bitim hajmi qanday hisoblanadi?
- Qanday risk-menedjment usullari qo'llanilishi kerak?
Maslahatchi - bu kodga kiritilgan harakatlarni bajaradigan dastur. Kod - bu muayyan hodisalar sodir bo'lganda, qanday harakatlarni bajarish kerakligini ko'rsatadigan algoritm.Masalan, ossilyator qiymati 80% dan yuqori yoki 20% dan kam bo'lganda bitimni ochish. Shuningdek, kodda bitimlarni yopish, risklarni boshqarish shartlari ham belgilanadi. Maslahatchi uchun har qanday ish sharoitlari kodda yozilishi mumkin — barchasi ishlab chiqaruvchining maqsadlari va tasavvuriga bog'liq bo'ladi. Foydalanuvchi uchun maslahatchining ishlash algoritmi quyidagicha:
- Maslahatchini savdo platformasiga qo'shish va uni ishga tushirish.
- Sozlamalarni kiritish.
- Maslahatchi ishini nazorat qilish.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.