Valyuta juftliklari — bu bir valyutaning qiymati boshqasiga nisbatan o'lchanadigan juftliklardir. Eng mashhur valyuta juftliklari major valyutalar deb ataladi, ularning savdo hajmi boshqa juftliklarga qaraganda ancha yuqori. Ular, albatta, AQSh dollarini o'z ichiga oladi, chunki AQSh iqtisodiyoti dunyodagi eng katta iqtisodiyot hisoblanadi. Ushbu maqolada siz ushbu juftliklar haqida va ular bilan savdo qilish orqali qanday daromad olish to’g’risida ko'proq bilib olasiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

Asosiy tezis

Xulosa va asosiy fikrlar

Asosiy valyuta juftliklari (majorlar) – bu nima?

Asosiy valyuta juftliklari eng yuqori savdo hajmiga ega bo'lgan asosiy moliyaviy instrumentlardir, shu sababli, ularning yordamida yuqori daromad olish mumkin.

Nima uchun treyderlar asosiy valyuta juftliklari bilan savdo qiladilar?

Treyderlar valyuta juftliklari savdosini, ularning yuqori likvidliligi va Foreksda mashhurligi, shuningdek, yuqori daromad olish potentsiali uchun tanlaydilar.

Qaysi valyuta juftliklari an'anaviy major juftliklar deb hisoblanadi?

An'anaviy asosiy juftliklar valyuta bozorining asosiy instrumentlari bo'lib, dunyoning eng kuchli iqtisodiyotlarini ifodalaydi. Bular EURUSD, GBPUSD, USDJPY, USDCHF. Asosiy valyuta juftliklari har doim AQSh dollarini o'z ichiga oladi.

Tovar (xom ashyo) valyutalari nima?

Tovar valyutalari – bu savdo eksporti ma'lum bir mahsulot turiga, odatda xom ashyoga yo'naltirilgan davlatlar valyutalari.

Kross-valyuta juftliklari nima?

Kross-valyuta juftliklari deb, tarkibida AQSh dollari bo'lmagan asosiy valyutalardan tashkil topgan juftliklar hisoblanadi. Masalan, EUR/GBP, GBP/CHF, AUD/CAD, CHF/JPY.

Valyuta juftliklari kurslariga nima ta'sir qiladi?

Valyuta juftliklarining qiymatiga iqtisodiy ko'rsatkichlar, geosiyosiy hodisalar va bozor kayfiyati ta'sir qiladi.

Valyuta juftliklari bilan qanday savdo qilish kerak?

Asosiy valyuta juftliklari bilan savdo qilish uchun savdo hisobini ochish va to'ldirish, sotib olish yoki sotish uchun bitimlarni ochish kerak bo'ladi. Savdo qarorlarini qabul qilishdan avval texnik va fundamental tahlilni o'tkazish muhimdir.

Valyuta juftliklarining qiymati qanday hisoblanadi?

Valyuta juftliklari juftlikdagi bir valyutaning boshqasiga nisbatan qiymatiga qarab hisoblanadi.

Qanday asosiy Forex juftliklari mavjud?

Bu masala bo'yicha fikrlar turlicha. Ba'zi ekspertlar faqat to'rtta asosiy valyuta juftligini (EURUSD, USDJPY, GBPUSD va USDCHF) ajratadi, boshqalari esa ularning yetti turi mavjudligini ta'kidlaydilar ( NZDUSD, USDCAD va AUDUSD qo'shilgan).

Odatda har qanday asosiy valyuta juftligining tarkibida AQSh dollari bo'lishi kerak, deb sanaladi, ammo ba'zi mutaxassislar EURCHF, EURJPY va EURGBP kabi kross-valyutalarni ham major juftliklar qatoriga kirishi joiz deb hisoblashadi.

Agar valyuta juftligi tarkibida AQSh dollari bo'lmasa, u kross-valyuta juftligi yoki kross-kurs deb ataladi. Kross-valyuta juftliklari "ikkinchi darajali" deb ham ataladi, ular orasida EURCHF, EURNOK, GBPJPY va boshqalar mavjud.

Asosiy valyuta juftliklari ro'yxati

LiteFinance: Asosiy valyuta juftliklari ro'yxati

Quyida yettita asosiy valyuta juftligi keltirilgan:

  1. EUR/USD;
  2. USD/JPY;
  3. GBP/USD;
  4. USD/CHF;
  5. AUD/USD;
  6. USD/CAD;
  7. NZD/USD.

Oxirgi uchtasi ko'pincha tovar juftliklari deb ataladi va ba'zan asosiy valyuta juftliklari qatoriga kiritilmaydi.

Asosiy major valyuta juftliklari

Foreksda savdo qilish, bir vaqtning o'zida bitta valyutani sotib olish va boshqasini sotish amaliyotini o'z ichiga oladi. Shu tarzda, valyuta juftligini sotib olganingizda, siz asosiy valyutani sotib olasiz (birinchi qayd etilgani) va kotirovka qilinuvchi valyutani sotasiz (ikkinchisi qayd etilgani. Juftlikni sotishda siz asosiy valyutani sotasiz va kotirovka qilinuvchi valyutani sotib olasiz.

Savdo juftliklari va valyutalarning narxlariga foiz stavkalari, iqtisodiy o'sish yoki valyutalar bilan savdo qilayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti ta'sir qiladi Forex.

AQSh dollari har qanday asosiy valyuta juftligining ajralmas qismidir. Ular majorlar deb ham ataladi — barcha bitimlarning 75 foizi aynan shu juftliklar bilan amalga oshiriladi. Faqatgina EURUSD barcha operatsiyalarning 20 foizini tashkil qiladi. Uning ortidan bozor ulushi nisbatan pastroq bo'lgan USDJPY, GBPUSD, va USDCHF keladi.

Nima uchun treyderlar asosiy juftliklar bilan ishlaydi

Bu haqiqatan ham manfaatli. Foreksdagi asosiy valyuta juftliklari ekzotik juftliklarga qaraganda kichikroq spredlarga ega, bu esa treyderlarni yanada jalb qiladi. Shu munosabat bilan asosiy juftliklarning savdo hajmi yuqori darajada saqlanib turadi. Bu nima uchun muhim?

Yuqori hajmlarda treyder uchun bozorga kirish va chiqish osonroq bo'ladi va sirpanish ehtimoli ancha past bo'ladi. Shuningdek, juftlikning kursi savdo hajmiga ham bog'liq bo'ladi.

Major valyuta juftliklarining asosiy xususiyatlari — bu eng yuqori barqarorlik va likvidlilikdir. Major valyuta juftliklari kurslarini prognoz qilish oson, bu tajribasiz treyderlar uchun juda muhim omildir.

An'anaviy to'rt major juftliklar

Yuqorida aytib o'tilganidek, ba'zi ekspertlar va treyderlar asosiy valyuta juftliklarining yettitaga tasniflanishiga qo'shilmaydilar va ularning faqat to'rttasi bor deb hisoblashadi.

EUR/USD

Ushbu valyuta juftligi Yevro va Amerika dollaridan iborat. Siz u bilan istalgan vaqtda savdo qilishingiz mumkin, ammo xatarlarni kamaytirishga yordam beradigan bir nechta sirlar mavjud. Savdo uchun eng yaxshi vaqt — Yevropa va Amerika bozorlarining ish vaqti. Biroq, sessiyalar ochilishida darhol savdo qilishni boshlash yaxshi fikr emas, biroz kutishingiz lozim. Agar siz kunlik savdoni afzal ko'rsangiz, GMT bo'yicha soat 13:00 dan 16:00 gacha bo'lgan vaqtni o'tkazib yubormaslikka harakat qiling.

USD/JPY

Yapon iyenasiga qarshi Amerika dollari savdosi uchun eng yaxshi vaqt GMT (Amerika savdo sessiyasi) va 23:00 dan 8:00 gacha (Osiyo savdo sessiyasi). USDJPY valyuta juftligi, boshqalar singari, YAIM, inflyatsiya, foiz stavkalari va ishsizlik bo'yicha statistika ma'lumotlariga bog'liq bo’ladi.

GBP/USD

GBPUSD bilan savdo qilish uchun GMT soat 6:00 dan 16:00 gacha eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Ushbu davrda siz foyda olishingiz va spred va komissiya xarajatlarini qoplashingiz osonroq bo'ladi. Maksimal foyda GMT soat 8:00 dan 10:00 gacha va 12:00 dan 15:00 gacha ishlaganda olinishi mumkin.

USD/CHF

Ushbu valyuta juftligi har ikki mamlakatning iqtisodiy hisobotlarini e'lon qilinish jadvaliga muvofiq soat 2:00 dan 5:00 gacha va 8:30 dan 10:00 gacha maksimal foyda keltiradi.

Tovar valyuta juftliklari

Tovar valyutasi-bu xom ashyolarning jahon narxlari harakatlarini takrorlovchi valyuta bo'lib, u ma'lum turdagi xom ashyolarning importi/eksportiga juda bog'liq bo'ladi. Foreksda bir nechta tovar valyutalari mavjud, ular orasida Yangi Zelandiya dollari, Avstraliya dollari, Kanada dollari, Norvegiya kronasi, Janubiy Afrika rendi, Braziliya reali, Rossiya rubli va Chili pesosi mavjud.

AUD/USD

AUDUSD valyuta juftligi 2000 yilda Avstraliyada xom ashyo "bumi (inqirozi)" boshlanganidan beri barqaror o'sib bormoqda. Savdo uchun optimal vaqt — GMT 19:00 dan 4:30 gacha bo'lgan davrdir.

1 AUD = 0.66707 USD

USD/CAD

Ushbu valyuta juftligi Amerika va Kanada dollarlaridan tashkil topgan. Shimoliy Amerika savdo sessiyasi soat 12:00 da ochiladi va GMT 20:00 da yopiladi, bu USDCAD savdosi uchun eng yaxshi vaqt.

1 USD = 1.37552 CAD

NZD/USD

Siz GMT 22:00 dan 7:00 gacha AQSh dollariga qarshi Yangi Zelandiya dollari bilan savdo qilishingiz mumkin, ammo eng yaxshi vaqt yarim tundan 2:00 gacha, 6:00 dan 8:00 gacha va 12:00 dan 17:00 gacha bo'lgan davrlardir. Treyderlar jamoatida NZDUSD valyuta juftligi "kivi" deb nomlanadi. U butun savdo aylanmasining deyarli 2 foizini tashkil qiladi.

1 NZD = 0.59750 USD

Kross-kurslar / Kross-juftliklar

LiteFinance: Kross-kurslar / Kross-juftliklar

Kross-juftliklar — bu AQSh dollarini o'z ichiga olmaydigan asosiy juftliklardir. Yapon iyenasi va yevro ko'pincha kross-kurslarda uchraydi.

GBP/EUR

Yevropa savdo sessiyasi Britaniya funti va Yevro bilan savdo qilish uchun eng yaxshi vaqtdir. U soat 7:00 da boshlanadi va GMT 16:00 da tugaydi.

EUR/CHF

Muhim iqtisodiy yangiliklar nashr etilganidan so'ng, Yevro va Shveytsariya frankidan tashkil topgan ushbu valyuta juftligi yuqori savdo hajmlarini namoyish etadi. EURCHF bilan ishlash uchun eng yaxshi vaqt GMT 8:00 dan 16:00 gacha bo'lgan davrdir.

1 EUR = 0.93300 CHF

EUR/JPY

Ushbu juftlik bilan savdo qilish uchun eng yaxshi davr - soat 13:30 atrofida yangiliklar chiqarilishi paytida. Siz EURJPY jufligi bilan 20:30 EST gacha bo'lgan vaqtda eng samarali savdo qilishingiz mumkin.

1 EUR = 173.567 JPY

Asosiy juftliklarning narxi qanday aniqlanadi?

LiteFinance: Asosiy juftliklarning narxi qanday aniqlanadi?

Valyuta juftliklari narxlarini shartli ravishda ikki toifaga bo'lish mumkin: bid (sotib olish narxi) va ask (sotish narxi). Valyuta juftligining qiymati kotirovka qilinuvchi valyutaning asosiy valyutaga nisbatan kuchi yoki zaifligi bilan belgilanadi. Bazaviy valyutaning qiymati har doim 1 ga teng.

Foreksda asosiy valyuta juftliklari bilan qanday savdo qilish mumkin

Quyida savdoni boshlashning bir nechta oddiy qadamlari keltirilgan:

  1. Savdo hisobini yarating va uni to'ldiring.
  2. Siz savdo qilmoqchi bo'lgan valyuta juftligingizni tanlang.
  3. Texnik va fundamental tahlil o'tkazing.
  4. Savdo strategiyasini tanlang, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarni o'ylab chiqing. Foydali tavsiyalarni LiteFinance mutaxassislarining materiallarida topish mumkin.
  5. Sotib olish yoki sotish uchun pozitsiya oching.
  6. Kutilmagan yo'qotishlarni oldini olish uchun bozorni kuzatib boring.

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

Valyuta juftligini hisoblash namunasi

Dunyodagi eng mashhur asosiy valyuta juftligi - yevro/AQSh dollari. EUR/USD joriy kursi bugungi kunda 1.18435 ni tashkil qiladi, ya'ni hozirgi paytda 1 yevro (EURUSDrate) AQSh dollariga teng.

Keling, EUR/USD misolida major valyuta juftligini sotishda treyderga kerak bo'lgan barcha asosiy parametrlarni hisoblab chiqamiz.

Pips qiymati

Pips — bu narx o'zgarishining minimal qiymati, aksariyat valyuta juftliklari uchun bu o'n mingdan bir qismlarga to'g'ri keladi. Hisoblash formulasi quyidagicha:

Pips qiymati = 1 pips / instrumentning kursi * bitim hajmi

Demak, EUR/USD bo'yicha 1 lot hajmli bitimning pips qiymati quyidagicha: 0,0001/1,001*100000 = $9,99.

Bitim hajmi pasayganda, pips qiymati mutanosib ravishda kamayadi. Shunday qilib, minimal 0,01 lot (1000 yevro) savdo hajmidagi bitta pipsning narxi 0,0999 dollarni tashkil qiladi.

Garov va yelka

Kredit yelka — bu treyderning yirik bitimlarni ochish uchun brokerdan qarzga olishi mumkin bo'lgan mablag'lar miqdori. Pozitsiyalar ochiq qolishi uchun garov, ya'ni, marjani ma'lum darajada saqlab turish lozim. Kredit yelka hajmi qanchalik katta bo'lsa, bitimlarni ochish uchun shunchalik kam mablag' kerak bo'ladi va shunga mos ravishda marja hajmi ham kichikroq bo'ladi.

Masalan, EUR/USD bo'yicha 1 lot pozitsiya ochish uchun sizga 100100 dollar kerak bo'ladi, 1:50 kredit yelkasi bilan esa 2002 dollar kerak bo'ladi. Va agar 1:200 ga teng kredit yelka olsangiz, huddi shunday hajmdagi bitimni ochish uchun sizda atigi 500,5 dollaringiz bo'lsa kifoya.

Pozitsiya hajmi

oreksda pozitsiya hajmi lotlarda o'lchanadi, bir standart lot bazaviy valyutaning 100000 birligiga teng, EUR/USD juftligida bu 100000 yevro bo'ladi.

Pozitsiyalar hajmini aniqlashda risk-menedjment qoidalariga rioya qilish muhimdir. Odatda, treyderlar har bir bitim bo'yicha shaxsiy kapitalining 2% dan ko'p bo'lmagan qismini xatar ostiga qo'yib ishlashadilar. 

Pozitsiya hajmini hisoblash formulasi:

Kapital hajmi * xatar / kirishdan stop-lossgacha bo'lgan masofa * pips qiymati.

Misol. Treyderning savdo kapitali 1000 dollarni tashkil etadi. Kirishdan stop-lossgacha bo'lgan masofa — 40 pips, EUR/USD bo'yicha pips qiymati — 10 dollar.

$1000*0,02 / 40*10 = 0,05 lot bir bitim uchun.

Bunda, treyder kredit yelka yordamida kattaroq hajmdagi bitimni ochishi mumkin.

Forex trendlari va trend valyuta juftliklari nima

Foreksda trend — bu ma'lum bir davr uchun aktiv narxining aniq intensivlilik va lokal maksimumlarning izchil yangilanishi bilan keladigan yo'naltirilgan harakati. Trendlarning uchta asosiy turi mavjud:

  1. Yuksaluvchi ("buqa") trend — narx yuqoriga qarab ko'tariladi. Agar har bir keyingi maksimum avvalgisidan yuqoriroq bo'lsa, unda trend saqlanib qoladi.
  2. Pasayuvchi ("ayiq") trend — kotirovkalar pastga qarab harakatlanadi. Narx doimiy ravishda minimumlarni yangilaydi.
  3. Yonmacha trend (flet), bir tomonlama aniq harakat yo'q. Bu bozorning eng keng tarqalgan holati.

Trend uning tugashi haqida signal paydo bo'lgunga qadar davom etadi, masalan, yuksaluvchi bozorda narx avvalgi maksimumdan oshib keta olmagan holat.

EUR/USD

Yevro-dollar juftligi Foreksda eng mashhur hisoblanadi: uning valyutalari dunyodagi ikkita eng yirik iqtisodiyotni taqdim etadi. Juftlik yuqori volatillikka ega (o'rtacha 96 punkt), bu uni kunlik savdo qilish uchun ajoyib instrumnetga aylantiradi. Shuningdek, EUR/USD bo'yicha yangiliklarni kuzatib borish oson — AQSh va Yevropa Ittifoqining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari, shuningdek Federal rezerv tizimi va Yevropa markaziy bankining yig'ilish protokollari internetda muntazam ravishda chop etib boriladi.

USD/CAD

Jufrtlik yuqori likvidlilik va volatillikka ega (80-100 punkt), uning harakatini oldindan prognoz qilish mumkin va tahlil qilishga oson. USD/CAD mashhurligi, Kanadaning neft va oltin eksportiga asoslangan kuchli iqtisodiyoti bilan bog'liqdir. Shu sababli, juftlikning kursini qimmatbaho metallar va neft bozorlarining holatiga qarab prognoz qilish oson.

AUD/USD

Ushbu juftlik uzoq va kuchli trendlarni shakllantirishi bilan ham mashhurdir. AUD/USD kursi xom ashyo ishlab chiqarish hajmi va ularning narxlariga bog'liq, chunki Avstraliya qishloq xo'jaligi mahsulotlari va minerallarning yirik eksportchisi hisoblanadi. Shuningdek, treyderlar jargonida "avstraliyalik" deb nom qozongan juftlikning narxiga Xitoy va Yaponiyaning iqtisodiy holati ham ta'sir qiladi.

GBP/JPY

Funt/iyena ham treyderlar orasida mashhur bo'lib, uning o'rtacha volatilligi 110 punktga yetadi. Biroq, endigina boshlagan treyderlar ushbu juftlikni kamdan-kam hollarda savdo qilish uchun tanlaydilar — uning kursiga juda ko'p omillar ta'sir ko'rsatadi. GBP/JPY bilan ishlashda, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining holatini (YAIM, ishsizlik, inflyatsiya, sanoat ishlab chiqarishi va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlar) hisobga olishingiz, shuningdek Yaponiyaning pul-kredit faoliyati va siyosatini kuzatib borishingiz lozim. Ushbu juftlik foiz stavkalardagi farq tufayli, ko'pincha kerri-treyd savdo strategiyasida qo'llaniladi.

Asosiy juftlikning kotirovkasi va tebranishlariga namuna

Valyuta kotirovkalari doimiy ravishda o'zgarib turadi. Major valyuta juftliklarining narxi yanada tez o'zgarib turadi — ko'plab treyderlar aynan shu juftliklar bo'yicha bitimlarni ochishadi. Biroq, bu juftliklar narxlarining volatilligi unchalik yuqori emas, chunki ular nisbatan barqaror hisoblanadi.

LiteFinance: Asosiy juftlikning kotirovkasi va tebranishlariga namuna

EURUSD narxi 1,1285 ga teng bo'lishi mumkin — bu €1 sotib olish uchun $1.1285 talab qilinishini anglatadi. Agar kurs 1,1238 ga tushsa, demak, yevro narxi tushib ketgan, shuning uchun endi 1 yevro sotib olish 1.1285 dollarga tushadi. Agar kurs 1,1290 ga ko'tarilsa, unda yevro sotib olishingiz mumkin bo'lgan AQSh dollari miqdori ko'payadi, demak, AQSh dollari narxi tushib ketgan yoki yevro qiymati mustahkamlangan hisoblanadi.

Asosiy valyuta juftliklari bo‘yicha FAQ

Asosiy valyuta juftliklari – tarkibiga AQSH dollari kiruvchi juftliklardir. Ular Foreks bozorida eng keng miqyosda savdo qilinadi. Bu ro‘yxatga EURUSD, USDJPY, GBPUSD, USDCHF, AUDUSD, USDCAD va NZDUSD juftliklari kiradi.

Valyuta qanchalik ko‘p savdo qilinsa, shunchalik ko‘p daromad olishingiz mumkin. Foreks bozoridagi barcha savdolarning qariyb 70 foizi AQSH dollari, yevro va Yaponiya iyenasiga to‘g‘ri keladi; 10 foizi esa Britaniya funti va Avstraliya dollariga to‘g‘ri keladi.

Hozirgi kunda Forex bozorida savdo qilish uchun asosiy valyutalar AQSH dollari, yevro, yapon iyenasi va Britaniya funt sterlingi hisoblanadi. Bu valyutalar yuqori likvidliligi, iqtisodiy jihatdan jozibadorligi va savdo operatsiyalarida keng qo‘llanilishi bilan Foreks bozorida yetakchilar qatorida turadi.

Yevro-dollar valyuta juftligi eng yuqori likvidli bo‘lib, bozorning katta qismini egallaydi. Bundan tashqari, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH dollari dunyodagi eng ko‘p savdo qilinadigan valyuta hisoblanadi. Yevro ikkinchi o‘rinda. Bu valyuta juftligi himoya aktivi bo‘lib, agar bu sohada yangi bo‘lsangiz, savdo qilish uchun sizga juda to'g'ri keladi.

EURUSD, GBPUSD, USDCHF, USDCAD va USDJPY Forex bozorida savdo qilish uchun eng oson valyuta juftliklari hisoblanadi.

Valyuta juftliklarida bir valyutaning boshqasiga nisbatan qiymati belgilanadi. Masalan, agar EUR/USD kursi 1,011 bo‘lsa, bu 1 yevro sotib olish uchun 1,011 dollar kerak degani. Shuni ta’kidlash joizki, valyuta almashinuv kursi doimo o‘zgarib turadi va bu holatdan foyda olish mumkin.

Agar treyder EUR/USD juftligini sotish bo‘yicha bitim tuzgan bo‘lsa, u holda u dollarni mustahkamlash orqali daromad oladi. Aksincha, yevro qiymati o‘sib borsa, zarar ko‘radi.

Volatil juftliklar deb, kuniga o‘rtacha 70-80 punktdan ortiq yo‘l bosa oladigan juftliklarga aytiladi. GBP/NZD, GBP/AUD, GBP/CAD, GBP/JPY, EUR/NZD, EUR/CAD, EUR/AUD, EUR/JPY kabi juftliklar beqaror bo‘lib, ularning narxi ko‘pincha kuniga 100 punktdan oshadi.

Valyuta bilan xalqaro Foreks bozorida savdo qilish mumkin. Buning uchun LiteFinance onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tib, savdo hisobini ochish va mablag‘ kiritish kifoya. Shundan so‘ng darhol savdoni boshlash mumkin. Birjadan farqli o‘laroq, Foreksda hisobdagi minimal balansga qat’iy talablar qo‘yilmaydi.

Forex valyuta juftliklari: bu nima va qanday qilib pul ishlash mumkin

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat