Forex brokerlari tomonidan treyder uchun belgilangan eng kichik yosh — 18 yosh. KYC (ing. “know your customer” ya’ni, “o‘z mijozingni tanib bil”) regulyator tamoyili va pul yuvishga qarshi kurashishga qaratilgan qoidalarga muvofiq, broker har bir foydalanuvchini identifikatsiya qilishi shart. Voyaga yetmagan treyderda esa hali yetarli darajadagi yuridik huquqlar, shuningdek, shaxsini tasdiqlash uchun zarur hujjatlar bo‘lmaydi.

Bunday talablar yoshligidanoq moliya dunyosiga qiziqa boshlaganlarni sezilarli darajada cheklab qo‘yadi. Vaholanki, ilk bitimlarini 12-14 yoshida amalga oshirgan muvaffaqiyatli treyderlar, investorlar va boshqaruvchilar haqida ko‘plab misollar mavjud. Brokerlarda yosh cheklovi mavjud bo‘lgan bir paytda, ular bunga qanday erishganliklarini ushbu sharhdan bilib olasiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

  • Har bir broker potensial mijozni identifikatsiya qilishni, ya’ni uning shaxsiy ma’lumotlarini olishni nazarda tutuvchi KYC/AML qoidalariga rioya qilishi shart. Identifikatsiya jarayoni, jumladan, pasport nusxalarini taqdim etishni o‘z ichiga oladi, aksariyat mamlakatlarda esa pasport 18 yoshdan boshlab beriladi. Shu sababli real hisobvaraqda savdo qilishga faqat balog‘at yoshiga to‘lgandan so‘ng ruxsat etiladi.
  • Ota-onalarning o‘z nomiga brokerlik hisobini ochib, uni boshqarishni voyaga yetmagan farzandiga topshirish holati amalda ko‘p qo‘llansa-da, bu taqiqlangan. Bunda butun mas’uliyat hisobvaraqni ochgan va verifikatsiyadan o‘tgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
  • Demo-hisobvaraq ochish va unda savdo qilishga har qanday yoshda ruxsat beriladi, chunki bu treyder uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Forexda necha yoshdan boshlab savdo qilish mumkin?

Real savdo hisobini faqat balog‘at yoshiga to‘lgandan keyin ochish mumkin. Aksariyat mamlakatlarda bu 18 yoshni tashkil etadi, ayrim hollarda esa savdo qilish uchun yosh chegarasi 21 yoshdan boshlanadi. Buning ikkita asosiy sababi bor.

Birinchi sabab

Dunyo regulyatorlari tomonidan qabul qilingan qoidalarga ko‘ra, har bir moliya tashkiloti KYC/AML tamoyillariga amal qilishi lozim. Brokerlik hisobini faqat KYC tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng ochish mumkin.

  • KYC (Know Your Customer) — bu ro‘yxatdan o‘tish arizasi tasdiqlanishidan oldin brokerning o‘z mijozlarini tekshirish va identifikatsiya qilish tartibidir. KYCning maqsadi mijozning haqiqatan ham o‘zini kim deb tanishtirayotganiga va uning moliyaviy operatsiyalari qonuniy ekanligiga ishonch hosil qilishdan iborat. KYC talablari doirasida broker shaxsni, yashash manzilini tasdiqlovchi hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rashi mumkin.
  • AML (Anti-Money Laundering) — bu moliyaviy kompaniyalar pul yuvishning oldini olish va uni aniqlash uchun qo‘llaydigan qoidalar to‘plamidir.

KYC/AML siyosati birinchi navbatda pul yuvishning oldini olish uchun qo‘llanadi. Ikkinchidan, u treyderning o‘ziga kerak bo‘ladi. Hisob buzib kirilgan taqdirda, u o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta oladi.

KYC qoidalariga muvofiq verifikatsiyadan o‘tish uchun pasport talab qilinadi. Aksariyat mamlakatlarda u faqat 18 yoshdan boshlab beriladi. Shu sababli, agar potensial treyder 18 yoshga to‘lmagan va unda kerakli hujjatlar bo‘lmasa, brokerlar uni jismonan identifikatsiya qila olmaydi.

Ikkinchi sabab

Brokerlar duch keladigan muammolardan biri — bir vaqtning o‘zida barcha talablarga javob berish zaruratidir. Masalan, biror treyder Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan va CySEC litsenziyasiga ega bo‘lsin. Bu uning Kipr regulyatori talablarini bajarishi va mahalliy qonunlarga muvofiq ishlashi shart ekanligini anglatadi. Shu bilan birga, broker, masalan, Fransiya rezidentiga xizmat ko‘rsatishda Fransiya qonunchiligiga ham rioya qilishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi hududida amal qiluvchi MiFID II direktivasiga amal qilishi shart. Har qanday yurisdiksiyadagi treyderlar uchun talablarni birxillashtirish maqsadida minimal yosh chegarasi 18 yosh qilib belgilangan.

Nima uchun Forex brokerlari 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni qabul qilmaydi?

Forex — xalqaro bozor bo‘lib, brokerlik hisobini ochish va unda savdo qilish uchun aynan 18 yoshdan boshlash kerak degan rasmiy qat’iy talab mavjud emas. Bu holat ayrim mamlakatlarning qonunchiligida belgilab qo‘yilishi mumkin. Aksincha, ba’zi mamlakatlarda hisobvaraqni yoshroq, ya’ni 14–16 yoshdan ochishga ruxsat beriladi. Shunga qaramay, brokerlar orasida yozilmagan qoidaga amal qilinadi — 18 yoshga to‘lmaganlarga hisobvaraq ochilmaydi.

Forex brokerlarining savdo hisobvaraqlarini faqat voyaga yetgan (18 yoki 21 yoshdan boshlab) treyderlarga ochishi sabablari:

  • Huquqiy jihat. Voyaga yetmagan shaxs (bola) tomonidan tuzilgan har qanday bitim uning foydasiga bekor qilinishi mumkin. Agar broker voyaga yetgan shaxs bilan sud yoki boshqa tartibga soluvchi nizolarda teng huquqli ishtirok etsa, voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq holatlarda sudlar ko‘pincha ularning tarafini oladi. Voyaga yetmaganlarning ota-onasi roziligisiz tuzgan bitimlari haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
  • Verifikatsiya muammosi. Forex treyderi o‘zining haqiqiy yashash joyini tasdiqlashi kerak. Bunga, masalan, kommunal to‘lovlar uchun kvitansiyalar misol bo‘la oladi. Ammo kommunal to‘lovlar voyaga yetmaganlar nomiga rasmiylashtirilmaydi.
  • Ma’naviy-axloqiy va obro‘ masalasi. Voyaga yetmaganlar bilan bitimlar tuzish axloqqa zid ko‘rinadi. Agar broker voyaga yetmagan shaxs bilan sud ishiga aralashib qolsa, bu uning obro‘siga putur yetkazishi mumkin.

Asosiy omil — aksariyat yoshlarning tavakkalchilikni baholay olmasligi va o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilmasligidir. Yosh treyderlar yetarli bilimga ega bo‘lishi va qaror qabul qilish mas’uliyatini tushunishi amrimahol. Brokerlar esa “Mayli, 12 yoshli treyder Foydalanuvchi kelishuvini o‘qimagan bo‘lsa, o‘qimabdi-da, axir u hali bola, undan nima kutish mumkin? Xo‘sh, siz qayoqqa qarayotgan edingiz?” kabi vaziyatga tushib qolmaslik uchun Forex’da 18 yoshlik cheklovni belgilagan. Bu yoshda shaxs huquqiy nuqtayi nazardan o‘z harakatlari uchun to‘liq javobgar bo‘ladi va sudda javobgar sifatida ishtirok eta oladi.

Fond bozorida esa vaziyat biroz boshqacha. Bu yerda bo‘lajak voyaga yetmagan treyderlar uchun shartli ravishda “o‘tish davri” mavjud. Masalan, MDH mamlakatlaridan birida 14 yosh oraliq yosh hisoblanadi:

  • 14 yoshgacha bola uchun hisobvaraq ota-onasi tomonidan ochiladi va ular tomonidan to‘liq nazorat qilinadi.
  • 14 yoshda bola birinchi pasportini oladi va ota-onasi nazorat qila olmaydigan bankda o‘z hisobini ochish huquqiga ega bo‘ladi.
  • 18 yoshda esa bola voyaga yetgan shaxsning barcha huquqlarini qo‘lga kiritadi.

Mamlakat qonunchiligi voyaga yetmagan bolaga 14 yoshdan boshlab o‘z nomiga shaxsiy investitsiya hisobvaraqlarini (SHIH) ochishga ruxsat beradi. Bola bu hisobvaraq bo‘yicha bitimlarni faqat ota-onasining, farzandlikka olganlarning yoki vasiylarining yozma ruxsati bilangina amalga oshira oladi. Bunday ruxsatnomani brokerda oldindan tayyorlangan andoza asosida rasmiylashtirish mumkin. Amalda har bir bitim uchun ota-onadan rozilik olish qiyin, shu sababli ayrim brokerlar ichki hujjatlarga asoslanib, bunday xizmatni ko‘rsatishdan shunchaki bosh tortadi.

Forex bozorida savdo qilish uchun minimal talablar

Haqiqiy bozorda bitimlar ochishni rejalashtirayotgan Forex treyderi javob berishi lozim bo‘lgan minimal talablar:

  • Minimal yosh — 18 yosh. Ayrim mamlakatlarda — 21 yoshdan boshlanadi. Verifikatsiyadan o‘tish majburiy.
  • Broker ish yuritadigan mamlakat rezidenti ekanligini tasdiqlash. Cheklovlar mahalliy qonunchilikning o‘ziga xos jihatlari tufayli ayrim mamlakatlarga, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan sanksiya qo‘llanilgan davlatlarga nisbatan amal qiladi. Masalan, ko‘plab brokerlar Shimoliy Koreya, AQSH va Yaponiya rezidentlari bilan ishlamaydi.
  • Foydalanuvchi kelishuvi bilan tanishib chiqish. Buni tasdiqlash quyidagilarni anglatadi: treyder brokerlik hisobini ochishdan oldin barcha savdo shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqqan, Forex bozoridagi savdoning barcha ehtimoliy xatarlarini tushunadi hamda o‘z zimmasiga oladi.
  • O‘z nomiga rasmiylashtirilgan to‘lov vositasi (bank kartasi, elektron hamyon) mavjudligi.

Agar demo-hisobda mashq qilmoqchi bo‘lsangiz, Forex bozoridagi savdo uchun hech qanday cheklovlar yo‘q.

Voyaga yetmagan holda Forex savdosini qanday o‘rganish mumkin?

O‘rganishni xohlaysizmi? Unda savdo qilish uchun yoshning ahamiyati yo‘q. Muhimi – ma’lumot olishga bo‘lgan ishtiyoqingiz va olgan bilimlaringizni amalda qo‘llab ko‘rishga urinishingizdir. Axborot manbalari:

  • Oflayn va onlayn kurslar. Aksariyati bepul. Bu endi boshlovchilar uchun yaxshi tanlov, chunki kurslar asosiy bilimlarni beradi va qaysi yo‘nalishlarda rivojlanish kerakligini ko‘rsatib beradi.
  • Brokerlar sahifalaridagi o‘quv materiallari. Masalan, LiteFinance’da yangi boshlovchilar, tajribali va professional treyderlar uchun bepul kursga yozilish mumkin.
  • Vebinarlar. Bular ko‘pincha muayyan bir mavzuga bag‘ishlangan onlayn darslardir.
  • Kitoblar. Ularda treydingning o‘ziga xos jihatlari chuqur tahlil qilingan. Mualliflar, odatda, professional va tajribali treyderlar hamda investorlardir.
  • Investitsiya bloglari. Ularda ko‘pincha alohida mavzularda kichik maqolalar chop etiladi.
  • Tahliliy portallar, yangiliklar saytlari. Bu yerda moliya bozorlari bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlarni, uning o‘zgarish dinamikasini, tahlilchilarning fikrlarini topish mumkin. Misollar: Investing, TradingView, CoinMarketCap, Finviz.
  • Treyderlar forumlari — qiziqarli investitsiya g‘oyalarining tuganmas manbai. Bu yerda savollar berishingiz, muhokamalarda ishtirok etishingiz mumkin.
  • Foreks signallari. Ayrim brokerlar demo-hisoblarni professional treyderlarning hisoblariga ulashga ruxsat beradi. Hisobda bitimlarning avtomatik tarzda ochilishini kuzatar ekan, treyderning o‘zi ham savdo qilishni o‘rganib boradi.

Olingan har qanday bilimlarni demo-hisobda charxlash mumkin. Uning afzalliklari:

  • Verifikatsiya talab qilinmaydi. Necha yoshda bo‘lishingizdan qat’i nazar, uni 2 daqiqa ichida ochishingiz mumkin. Demo-hisob ochishda Foreks savdosi uchun yoshning ahamiyati yo‘q.
  • Pul kiritish talab etilmaydi. Siz hech narsa yo‘qotmaysiz, hech narsani tavakkal qilmaysiz. Siz faqat o‘z vaqtingizni sarmoya qilasiz.
  • Haqiqiy bozor sharoitlariga to‘liq mos keladi.

Demo-hisob brauzer platformasida ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish uchun mavjud.

Voyaga yetmaganlar Foreksda savdo qila oladimi?

Insonning ulg‘ayishi uning yoshiga emas, ko‘proq tug‘ma zakovatiga, yoshligidan shakllanadigan maqsad sari intiluvchanligiga, moliyaviy savodxonligiga va ma’lumotiga bog‘liq. Katta yoshdagi odam 40 yoshida ham treydingga moyil bo‘lmasligi mumkin. Aksincha, o‘smir treyder esa pul ishlashga allaqachon qiziqish va istak bildirishi mumkin.

Treyding tarixida voyaga yetmagan treyderlar o‘zining noyob qobiliyatlarini namoyon etgan qiziqarli misollar mavjud:

1. Jonatan Lebed (inglizcha: Jonathan G. Lebed), AQSH. U tarixga o‘z aybini tan olgan dunyodagi eng yosh fond firibgari sifatida kirgan.

LiteFinance: Voyaga yetmaganlar Foreksda savdo qila oladimi?

Jonatan treydingga juda yoshligidan qiziqqan: u moliyaviy yangiliklarni o‘qigan va hatto treyderlar forumlaridagi muhokamalarda ishtirok etgan.

1996-yilda, 13 yoshga to‘lganida, otasidan tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida 8 ming AQSH dollari oladi va bu pulga America Online aksiyalarini sotib oladi. Hisobvaraq voyaga yetgan shaxs nomiga ochilgan edi. Oradan 1,5 yil o‘tgach, 8 ming dollar 28 ming dollarga aylanadi. Keyinchalik Jonatan Lebed “Pump&Dump” nomli firibgarlik sxemasiga o‘tadi. 17 yoshida unga AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) qiziqish bildiradi, 2000-yilda esa jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qisman qoplash sharti bilan o‘zaro manfaatli kelishuv bitimi tuziladi.

2. Jon Dukas (inglizcha: John Doukas), Yevropa. Ko‘pgina manbalarda eng yosh treyder va investorlardan biri sifatida qayd etilgan. U 9 yoshida demo-hisobda ilk bitimlarini amalga oshira boshlagan, 13 yoshida esa ota-onasi nazorati ostida hisobvaraqni o‘z ixtiyoriga olgan.

LiteFinance: Voyaga yetmaganlar Foreksda savdo qila oladimi?

3. Desh Yarnold (inglizcha: Dash Yarnold), AQSH. Fond bozoriga 11 yoshida qiziqib, 14 yoshida real hisobvaraqda savdo qilishni boshlagan. Uning o‘ziga xos jihati — ikkita portfelni boshqarishidir: texnologik kompaniyalar portfeli bilan agressiv savdo strategiyasi va himoya aktivlari bilan konservativ strategiya.

Voyaga yetmagan shaxs qonunchilik va talablarni buzmagan holda Foreksda qanday savdo qilishi mumkin:

  • Demo-hisobdan foydalanish. Yoshidan qat’i nazar, undan har qanday Forex brokeri va har kim foydalanishi mumkin.
  • Ota-onalar, boshqa qarindoshlar, do‘stlar va hokazolar kabi voyaga yetgan treyder nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan hisobvaraqda bitimlar ochish. Nazariy jihatdan bu taqiqlangan. Ammo amalda, agar hisobvaraq egasining roziligi bo‘lsa, bu firibgarlik hisoblanmaydi, chunki hisobvaraq bo‘yicha bitimlarni aynan kim ochganini isbotlashning iloji yo‘q. Bunda voyaga yetmagan shaxsning xatti-harakatlari uchun to‘liq javobgarlik hisobvaraq egasi zimmasiga yuklanadi.
  • Kriptovalyuta savdosini tanlash. Ayrim kriptovalyuta birjalari, agar gap kichik savdo hajmlari haqida ketayotgan bo‘lsa, verifikatsiyani talab qilmaydi. Biroq regulyatorlar bosimi ostida bu amaliyotga asta-sekin chek qo’yilmoqda.

LiteFinance: Voyaga yetmaganlar Foreksda savdo qila oladimi?

Agar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, nimalarni qilish mumkin emas:

  • Verifikatsiyani talab qilmaydigan brokerlarni qidirish. Agar broker xavfsizlik talablariga beparvolik bilan yondashsa, ikkita savol tug‘iladi. Birinchidan, agar brokerning o‘zi bundan manfaatdor bo‘lmasa, hisobingiz himoyalangan bo‘ladimi? Regulyatorlar talablarini bajarmaydigan brokerga ishonish mumkinmi? Bu sizning pulingizni qo‘lga kiritishga urinadigan, treyderlarning bitimlari bo‘yicha kontragent sifatida ish yurituvchi “oshxona” (ya’ni noqonuniy faoliyat yurituvchi broker) bo‘lib chiqishi mumkin.
  • Verifikatsiyadan o‘tishda begona odamlarning hujjatlardan foydalanish. Aksariyat Forex brokerlari depozitni uchinchi shaxslar hisobidan to‘ldirishni taqiqlaydi, shuning uchun karta faqat sizga tegishli bo‘lishi kerak. Agar birovning kartasi va hujjatlari nusxalarini biror yo‘l bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsangiz ham — bu o‘zi firibgarlik hisoblanadi — siz baribir tavakkal qilayotgan bo‘lasiz. Broker istalgan vaqtda vizual verifikatsiyani, ya’ni sizni video orqali tasdiqlashni so‘rashi mumkin.

Yoshingiz nechada bo‘lishidan qat’i nazar, treydingda o‘z kuchingizni sinab ko‘rish uchun qonunchilik va nazorat qiluvchi organlar talablariga mos keladigan yo‘llarni topa olasiz. Lekin brokerni aldashga urinmang. Yaxshi holatda bu pul yechib olish imkoniyatisiz akkauntingizning bloklanishi bilan tugaydi, yomon holatda esa firibgarlikda ayblanasiz.

Xulosa

  • Brokerda real hisobvaraqni faqat 18 yoshga to‘lganingizdan keyingina ocha olasiz, ba’zi mamlakatlarda bu yosh — 21. Ayrim hollarda, har bir bitim ota-ona tomonidan tasdiqlanishi sharti bilan 14-16 yoshdan boshlab hisobvaraq ochishga ruxsat etiladi.
  • Demo-hisobdan istalgan yoshda foydalanish mumkin, chunki savdo virtual mablag‘lar bilan amalga oshiriladi va treyder uchun xavf tug‘dirmaydi.
  • Voyaga yetgan treyderlarga o‘z nomiga hisobvaraq ochib, uni voyaga yetmaganlarga berish taqiqlanadi. Amalda bu tez-tez uchraydigan holat, chunki hisobni aynan kim boshqarganini isbotlash deyarli imkonsiz. Bunda barcha xatarlar Forex hisobi egasining zimmasida bo‘ladi.

Hech qanday risklarsiz treydingda o‘z kuchingizni sinab ko‘rishni xohlaysizmi? Unda yoshingizning mutlaqo ahamiyati yo‘q. O‘rganing, o‘qing, tahlil qiling, intuitiv sezgilaringiz va qaror qabul qilish tezligingizni mashq qiling. Demo-hisobni istalgan yoshda ochishingiz mumkin. 18 yoshga to‘lganingizda esa haqiqiy treyding olamiga sho‘ng‘ishga tayyor professionalga aylanishingiz mumkin.


Voyaga yetmaganlar uchun Forex savdosi mavzusiga oid FAQ

Demo-hisob ochish uchun “Ro‘yxatdan o‘tish” yoki “Demo-hisob ochish” tugmasini bosish, elektron pochta manzilini ko‘rsatish va ushbu manzilga yuborilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlash kifoya. Haqiqiy hisob ochish uchun esa ba’zi hollarda telefon raqamini tasdiqlash va verifikatsiyadan o‘tish, ya’ni yashash joyini tasdiqlash uchun pasportning asosiy sahifalari va kommunal to‘lovlar uchun kvitansiyalar nusxasini yuklash kerak bo‘ladi. Shuningdek, depozitni to‘ldirishda foydalaniladigan to‘lov usulini ham verifikatsiyadan o‘tkazish talab qilinishi mumkin.

Bu sizning xohishingiz, axborotni tez o‘zlashtirish, ustuvorliklarni belgilay olish, diqqatni asosiy narsaga jamlash qobiliyatingiz va intuitiv sezgilaringizga bog‘liq. Asosiy oflayn kurslar o‘rtacha ikki oy davom etadi, shundan so‘ng treyder demo-hisobda amaliyotni boshlaydi. Haqiqiy hisobga o‘tish uchun yana bir necha oy vaqt ketishi mumkin.

Foreksda savdo qilish moliya bozorlarining ishlash tamoyillarini chuqur bilishni, shuningdek, fundamental omillarni doimiy nazorat qilib borishni talab qiladi. Buning uchun sabr-toqat, vazminlik va hissiy barqarorlik ham zarur.

Demo-hisob ochish uchun verifikatsiya talab etilmaydi, chunki savdo virtual pullar yordamida, mutlaqo risksiz olib boriladi. Shu sababli, har bir kishi istalgan yoshda demo-hisob ochishi mumkin.

Ha, lekin Yevropa va offshorlarning ancha erkin tartib-qoidalaridan farqli o‘laroq, bu yerda bozor ishtirokchilariga (brokerlar va treyderlarga) qat’iy talablar, jumladan, risklarni cheklovchi talablar ham qo‘yiladi.

Ha, demo-hisobda savdo qilish mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda real hisobda savdo qilishga faqat 18 yoshdan boshlab ruxsat etiladi. Istisno tariqasida, 14 yoshdan savdo qilishga ruxsat berilishi mumkin, biroq bunda har bir bitim ota-onalar tomonidan ma’qullanishi kerak. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga kattalar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan akkauntni topshirish varianti ham mavjud. Agar savdo hisob egasining roziligi bilan amalga oshirilsa, bu firibgarlik hisoblanmaydi.

Demo-hisobda — istalgan yoshdan. Real hisob ochish va uni mustaqil tasarruf etishga esa faqat 18 yoshdan, ayrim mamlakatlarda 21 yoshdan boshlab ruxsat beriladi.

Haqiqiy hisob ochish uchun shaxsni tasdiqlash (verifikatsiya) talab etiladi: buning uchun pasportning asosiy sahifalari skanerlangan nusxasini taqdim etishingiz kerak. Shu tariqa broker sizning haqiqiy yoshingizni bilib oladi. Boshqa birovning hujjatlari nusxasini taqdim etish imkonsiz, chunki hisobni to‘ldirishda ishlatiladigan hamyon/karta pasport egasiga tegishli bo‘lishi shart.

Forex brokerida savdo hisobini necha yoshdan ochsa bo‘ladi?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat