15 yillik tajribaga ega professional treyder sifatida shuni aytishim mumkinki, Foreks bozorida, agar aql bilan yondashilsa, real daromad olish uchun 100 $ bilan ham ish boshlasa bo'ladi. Minimal depozit - bu savdo eshiklarini ochib beruvchi kalitdir, ammo chinakam muvaffaqiyatga erishish uchun sizga intizom, strategiya va risklarni boshqarish ko'nikmalari kerak bo'ladi.
Ushbu maqolada siz, 100$ sarmoya bilan haqiqiy hisobda ishlashni, kredit yelkadan samarali foydalanish va to'g'ri tizimni tanlay olishni o'rganasiz. Tez boyib ketish haqidagi xomhayollaringizni unuting, bizning maqsadimiz - noldan boshlab barqaror daromadgacha bo'lgan yo'lni qanday qurishni o'rganib olish. 100 dollarlik sarmoya bilan Foreksda savdo qilish - bu yangi ish boshlaganlar uchun yaxshigina mashq maydoni hisoblanadi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Asosiy faktlar
- 100 dollar bilan Foreksda savdo qilishni boshlash
- 1-qadam. Forex brokeri platformasida demo-hisob oching
- 2-qadam. Forex bozorining xususiyatlarini o'rganib chiqing
- 3-qadam. Haqiqiy mablag'lar bilan savdo qilish uchun minimal depozitni kiriting
- 4-qadam. Kerakli kredit yelkani hisoblab chiqing
- 5-qadam. Minimal depozit bilan munosib savdo strategiyasini tanlang
- $100 bilan savdo qilishdagi cheklovlar
- Kichik depozit bilan Foreksda qanday savdo qilish mumkin
- Xulosa
- 100 AQSh dollari miqdoridagi minimal depozit bilan savdo qilish bo'yicha FAQ
Asosiy faktlar
- 100 dollarlik minimal depozit real hisobda 1:1000 kredit yelkasi va har bir bitim uchun 5% dan ortiq bo‘lmagan xatar darajasi bilan savdo qilish va 0,01-0,05 mikrolotlar ochish imkonini beradi.
- Kredit yelkasi garovni kamaytiradi, masalan, EURUSD aktivi bo'yicha garov 0.01 lot - ~1-2 USD, ammo uni bitim hajmini oshirish uchun ishlatmaslik lozim, chunki bu "stop-aut" holatini keltirib chiqarishi mumkin.
- Demo-hisob huddi real hisobga o'xshaydi, strategiyalarni mashq qilish, "Forex Simulator" va MT4 tester kabi dasturlarni sinab ko'rish va zararga kirmagan holda, platformada ishlashni o'rganish uchun mukammal vositadir.
- Tahlil qilishning har xil usullaridan foydalanamiz: texnik tahlil - indikatorlar, patternlar yordamida; fundamental - iqtisodiy kalendar, yangiliklar yordamida; grafik - darajalar, Elliot to‘lqinlari yordamida; psixologik - bozor kayfiyatlari yordamida.
- Kichik depozitlar uchun mos strategiyalar: daqiqalik taymfreymlarda skalping, svoplarsiz intradey savdosi, uzoq muddatli global trendlar, kechiktirilgan orderlar bilan yangiliklar bo‘yicha savdo, algoritmik savdo.
- 100 dollar bilan asosiy cheklovlar - past foyda (oyiga taxminan 10%), savdo hajmi va chastotasining kichikligi. Alternativa - bu uzoq muddatli investitsiyalar.
- Tavsiyalar: g'oyalaringizni demo-rejimida sinab ko'ring, Martingeyl bo'yicha tezlashishdan va emotsiyalarga berilishdan o'zingizni tuting, maqsadlar qo'ying, masalan, har oy +20%, shuningdek, eng ohirgi pullaringizga savdo qilmang!
100 dollar bilan Foreksda savdo qilishni boshlash
Foreksda ochilayotgan pozitsiyaning hajmi lotlarda hisoblanadi. Masalan, valyuta savdosida, 1 to'liq lot - bazaviy valyutaning 100 000 birligiga teng, minimal lot - 0,01 ni tashkil etadi. Demak:
Agar GBPUSD valyuta juftligining joriy kursi 1,28 bo'lsa, 100 000 Britaniya funtini sotib olish uchun 128 000 AQSh dollari talab etiladi.
GBPUSD valyuta juftligi bo'yicha minimal lot — 0,01 ga teng. Ya'ni, siz standart lotning kamida 1/100 qismini sotib olishingiz mumkin, bu 1000 GBP ga to'g'ri keladi.
1000 GBP sotib olish sizga 1280 AQSh dollariga tushadi.
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, bitimni ochish va pozitsiyada pul ishlash uchun kichik hisob balansi yetarli emas. Yechim — kredit yelka. Masalan, 1:1000 kredit yelka bilan, treyderning ixtiyorida 1000 baravar ko'p summa mavjud deb aytish mumkin. Demak, 100 AQSh dollari miqdoridagi depozit 100 000 AQSh dollariga aylanadi. Minimal 0,01 lotli bitimni ochish uchun sizga 1280 AQSh dollari kerak bo'ladi, bu depozit summasining 1,2 foizidan sal ko'proq va risk-menejment qoidalarini ham buzmaydi.
Shartnoma hajmi va lotning minimal hajmi to'g'risidagi ma'lumotlar moliyaviy instrumentning spetsifikatsiyasida keltirilgan. LiteFinance savdo platformasida uni chap Menyudagi "Savdo qilish" tugmasini bosish orqali topish mumkin. Bu yerda mavjud aktivlar ro'yxati keltirilgan bo'lib, ularning har birida "Instrument haqida ma'lumot" quyi-menyusi mavjud.
Microsoft (#MSFT) aksiyalarining spetsifikatsiyasi misolida ko'rinib turganidek, kontrakt hajmi bir aksiyaga teng, bitimning minimal hajmi esa — 1 lot bo'lib, uning har bir aksiya uchun narxi 344,05 AQSh dollarini tashkil etadi. MT4-dagi 2% marja foizi 1:50 kredit yelkaga to'g'ri keladi. Demak, bitta aksiyani sotib olish uchun 344,05 × 0,02 = 6,88 AQSh dollari talab etiladi. Va bunday garov miqdori bilan treyderning bitimi, xatarning ruxsat etilgan diapazoniga deyarli mos kelyapti. Spetsifikatsiya ma'lumotlari yordamida boshqa aktivlar bo'yicha ham minimal summani xuddi shu yo'l bilan hisoblab chiqish mumkin.
Instrument haqida ma'lumotni MetaTrader 4 va 5 platformalaridan ham topish mumkin. Yuqori "Ko'rinish" menyusida yoki instrumentlar panelidagi "Bozorni ko'rib chiqish" vkladkasini chaqirib, sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing va ochiladigan Menyudan "Spetsifikatsiya" bandini tanlang. Agar panelda aktiv mavjud bo'lmasa, uni "Ko'rinish" → "Simvollar" → "Ko'rsatish" menyusi orqali qo'shish mumkin.
1-qadam. Forex brokeri platformasida demo-hisob oching
Demo-hisob — bu bir xil funksiyalarga ega bo'lgan haqiqiy Forex brokerlik hisobining to'laqonli nusxasi. Yagona farq shundaki, savdo qilishda haqiqiy emas, balki broker tomonidan taqdim etilgan virtual pul mablag'laridan foydalaniladi. Foyda va zarar ham virtual bo'ladi.
Demo-hisobining afzalliklari:
Demo hisobida savdo qilishda, treyder o'z pullarini xatar ostiga qo'ymaydi, chunki mablag'lar virtual. Zararli bitimlardan so'ng siz yangi demo-hisobini ochishingiz va unda savdo qilishni davom ettirishingiz mumkin.
Demo-hisobini istalgan vaqtda bir nechta klik bilan "To'ldirish" mumkin. Shu bilan birga, ishlash uchun har qanday texnik instrumentlar mavjud bo'lib, ular yordamida siz turli xil strategiyalarni sinab ko'rishingiz va savdodagi muvaffaqiyatingizni mustahkamlashingiz mumkin.
Demo-hisobi Forex brokerining afzalliklari, imkoniyatlari, funksionalligi va uning noyob mahsulotlarini baholashga yordam beradi.
Demo-hisobida savdo qilish uchun, aslida depozitni qanchaga to'ldirishni rejalashtirgan bo'lsangiz, shu miqdorni belgilash tavsiya etiladi. Agar siz Foreksda $100 bilan savdo qilmoqchi bo'lsangiz, demoda $100,000 depozit bilan mashq qilmang. Ushbu summalar uchun xatarlarni boshqarish butunlay boshqacha bo'ladi, shuningdek javobgarlik, potentsial daromad va yo'qotish ham xuddi shunday. Demo-hisobidagi savdoni $100 dan boshlab, siz haqiqiy bozorda duch kelishi mumkin bo'lgan sharoitlarni barpo etasiz.
Shuni ham yodda tutish kerakki, Forex treyderi o'z mablag'larining risk ostida ekanligini bilib turmasa, u shoshilinch qarorlar qabul qilishga va yuqori xatarli bitimlarni ochishga moyil bo'ladi. Bunday psixologiya haqiqiy hisobga o'tganda qoladi va sezilarli yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xatarlarni to'g'ri boshqarish — bu o'quv hisoblarida o'zlashtirish zarur bo'lgan birinchi ko'nikmadir.
Demo-hisob nima uchun kerak:
Savdo platformasining funktsional imkoniyatlarini o'zlashtirish, treyding va savdo imkoniyatlari bilan tanishish uchun. Siz tajribali Forex treyderi bo'lsangizu, ammo LiteFinance veb-saytiga birinchi marta kirgan bo'lsangiz, terminalning brauzer versiyasi imkoniyatlari bilan tanishib chiqing, boshqa platformalarda mavjud bo'lmagan noyob mualliflik indikatorlarini sinab ko'ring. Agar siz yangi boshlagan treyder bo'lsangiz, demo-hisob sizga depozitni to'ldirmagan holda, savdoning o'ziga xos xususiyatlarini tushunishga yordam beradi.
Tajriba, sezgi, qaror qabul qilish tezligini yaxshilash uchun. Demo-hisobda qanchalik ko'p amaliy mashq qilsangiz, qobiliyatlaringizga bo'lgan ishonch shunchalik yuqori bo'ladi va haqiqiy hisobda muvaffaqiyat qozonish ehtimoli ko'proq bo'ladi.
Strategiyalarni sinab ko'rish uchun. Sinov natijalariga ko'ra, treyder bektest oladi, bu strategiyaning samaradorligini, uning bozor fors-major holatlariga chidamliligini, rentabellik potentsialini ko'rsatadi. Qo'lda ijro etiluvchi va algoritmik strategiyalarni sinab ko'rish uchun o'rnatilgan MT4 tester, Forex Simulator tester, FxBlue kabilardan foydalaning.
LiteFinance demo-hisobi bilan ro'yxatdan va verifikatsiyadan o'tmagan hldan foydalanish mumkin. Brauzer platformasida siz virtual hisobingizni istalgan miqdorda to'ldirishingiz, bitimlarni ochishingiz, ijtimoiy treyding xizmati va treyderlar reytingi bilan tanishishingiz mumkin. Ochilgan va yopilgan bitimlar tarixini saqlab qolish uchun ro'yxatdan o'tish kerak, bu 2-3 daqiqa vaqtingizni oladi. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng haqiqiy savdo hisobida Forex treyding bilan shug'ullanish uchun verifikatsiyadan o'tish talab etiladi. Foreksda savdoni $50 USD bilan boshlashingiz mumkin.
2-qadam. Forex bozorining xususiyatlarini o'rganib chiqing
CFD savdosida muvaffaqiyatga erishish, to'g'ri prognozlashga bog'liq. Bir qarashda, narxlar jadvali tasodifiy harakat qiladiganga o'xshaydi, ammo aslida bozor ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi. Masalan, yangiliklar chiqishi. Kompaniya moliyaviy hisobotda daromadlar va sof foyda o'sishini ko'rsatdi — treyderlar aksiyalarni sotib olishni boshladilar, talabning o'sishi narxni oshirdi. Yoki aksariyat treyderlar tavakkal qilmaslikka va bitimlarni ma'lum bir belgida yopishga qaror qilishdi. Bu yerda Forex bozori ishtirokchilarining psixologik patternlari ishga tushadi — kuchli qarshilik darajasida bitimlarning yopilishi. Treyderning vazifasi — signallarni topish va mavjud tahlil usullari yordamida narxning xatti-harakatlarini prognoz qilishdir.
Foreksda bozorlarni tahlil qilish turlari:
Texnik tahlil o'tmishdagi patternlarni izlash va kelajakda ularning takrorlanishini taxmin qilish g'oyasiga asoslanadi. Texnik indikatorlar matematik formulalar va statistik algoritmlarga asoslangan.
Grafik tahlil patternlarni shakllantirish g'oyasiga asoslangan — bozorning keyingi harakatini prognoz qilishga imkon beradigan shamli modellar. Bunga Foreksada trend chiziqlari, qarshilik va tayanch darajalari bo'yicha savdo qilish ham kiradi.
Fundamental tahlil, makro va mikroiqtisodiy statistika tahlili: hisoblash stavkalarining o'zgarishi, inflyatsiya darajasi, ishsizlik bo'yicha statistika, to'lov balansi bo'yicha ma'lumotlar, alohida kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari va boshqalar.
Psixologik tahlil, ko'pchilik treyderlar standart psixologik patternlardan kelib chiqqan holda harakat qilishini nazarda tutadi. "Oxirgi vagonga" sakrab ulgurish, vahima ichida aktivlarni sotib yuborish va shunga o'xshash holatlar. Treyderlarning xulq-atvori modelini talqin qilish varianti — "Bozor kayfiyati" indikatoridir.
To'lqinli tahlil, bozor uzoq vaqt davomida alohida bosqichlardan o'tib, davriy ravishda rivojlanadi degan g'oyani ilgari suradi. Va bunda treyderning vazifasi — hozirgi vaqtda Forex bozori qaysi bosqichda ekanligini aniqlashdir. To'lqinlarni tahlil qilish vositasiga misol — Elliott to'lqinlari.
Asosiy ma'lumot manbalari: bazaviy va texnik foydalanuvchi indikatorlari, yangiliklar lentalari va metrikalar agregatorlari, statistik ma'lumotlarga ega analitik portallar, savdo forumlari, investitsiya bo'yicha mualliflik bloglari, iqtisodiy taqvim, moliyaviy hisobotlar chiqarilishi taqvimi, ta'lim va tahliliy kanallar, brokerlarning o'quv materiallari va boshqalar.
Fundamental tahlil
Fundamental tahlil — aktivlar narxiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarni, siyosiy omillarni baholashga asoslangan moliyaviy bozorlarni tahlil qilish usuli.
Fundamental tahlil bo'yicha Foreksda qanday qilib pul ishlash mumkin? Asosiy g'oya qaysi asosiy omil narxga ko'proq ta'sir qilishini aniqlashdir. Bitim narxlar harakati tomon ochiladi. Ikkinchi variant — yangiliklar chiqarilishidan avval, volatillikning ta'sirini istisno qilish uchun nisbatan uzoq masofada kechiktirilgan orderlar o'rnatiladi.
Fundamental tahlil instrumentlari:
Iqtisodiy taqvim. Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bo'lajak eng muhim hodisalar haqida ma'lumotlar to'plami, unda ushbu hodisalarning ehtimoliy ta'sir darajasi va yangiliklarning chiqish vaqti ko'rsatiladi.
Moliyaviy hisobot. Foyda va zararlar, balans va pul mablag'larining harakatlanishi to'g'risidagi hisobotlar tahlili. Kompaniya haqida boshqa har qanday ma'lumot: birlashishlar va qo'shib olishlar, biznesning yangi yo'nalishlarini rivojlantirish, yangi bozorlarga kengayish, sud nizolari va boshqalar.
Makroiqtisodiy ma'lumotlar. YAIM, inflyatsiya, ishsizlik bo'yicha o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlili.
Yangiliklar. Axborot tahlili: Markaziy bank vakillarining chiqishlari, regulyatorlar harakatlari, qonunchilikdagi o'zgarishlar, sohalarni qo'llab-quvvatlash va boshqalar.
Hisobotlar va tahliliy sharhlar. Brokerlar, investitsion fondlar, tahliliyot agentliklarining tadqiqotlari va tahliliy sharhlari.
Geosiyosiy omillar. Masalan, OPEK qarorlari, savdo urushlari, sanksiyalar va boshqalarning neft narxiga ta'siri.
Foreksda yangiliklar asosida savdo qilish - yuqori xavfli deb tasniflanadi, chunki axborot chiqarilgan paytlarda volatillik keskin oshadi.
Texnik tahlil
Texnik tahlil — tarixiy narx ma'lumotlari va Forex savdo hajmlari tahlili va ularni talqin qilishga asoslangan moliyaviy bozorlarni o'rganish usulidir. U narxlar harakatining umumiy xususiyatini tavsiflovchi matematik va statistik modellarga asoslangan.
Foreksda qanday qilib pul ishlash mumkin? Asosiy indikatorlar yordamida signallarni oling, natijalarni boshqa instrumentlar bilan tasdiqlang va prognozga qarab bitim oching. Pozitsiyalar soni ortidan chopmang. Bitimlar soni kam, lekin ularning aniqligi yuqori bo'lsa, sizning savdo tizimingiz shunchalik barqaror bo'ladi.
Texnik tahlil instrumentlari:
Trend indikatorlari, ossilyatorlar, prognozli, teskari(qayrilish) indikatorlar va boshqalar.
Qarshilik va tayanch darajalari, patternlar. Patternlar teskari va tendentsiyaning davomi bo'lgan ikki turga bo'linadi. Darajalar narx o'zgarishi mumkin bo'lgan nuqtalarni ko'rishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular ko'pincha "stop-loss" orderlarini o'rnatish uchun ishlatiladi. Psixologik darajalarning bir turi — bu Fibonachchi darajasi dir.
Grafik figuralar: uchburchaklar, parallelogrammlar, nurlar va boshqalar. Uzoq muddatli tendentsiyalarni topishga yordam beradi.
Gorizontal va vertikal hajmlar. Ular treyderlarning maksimal faolligi va buyurtmalarning hajmi eng katta bo'lgan narx darajasini ko'rishga yordam beradi.
Shamli va chiziqli grafik, Heiken Ashi shamlari, Renko grafigi, "Krestik-nolik". Bundan tashqari, bu yerga multi-taymfreymli tahlilni ham qo'shish mumkin — bunda trend tendentsiyasi katta taymfreymlarda turgan bo'lsa ham, lekin bitim kichik taymfreymda ochiladi
Ushbu instrumentlarning bir qismi ko'plab platformalar uchun bazaviy hisoblanadi. Desktop platformalari uchun maxsus foydalanuvchi indikatorlari, skriptlar, informatsion panellar qo'shimcha ravishda yuklab olinadi va o'rnatiladi. Masalan, MT4 va MT5 uchun juda ko'p bepul indikatorlarni, qisqacha sharhlar bilan keltirilgan variantlarini MetaQuotes ishlab chiquvchisining veb-saytida topasiz.
3-qadam. Haqiqiy mablag'lar bilan savdo qilish uchun minimal depozitni kiriting
Diqqat! Depozitni to'ldirishdan avval shaxsingizni tasdiqlashingiz zarur — shaxs va rezidentlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish. Shuningdek, to'lov usuli verifikatsiyasi ham kerak bo'lishi mumkin— to'ldirish amalga oshiriladigan hamyon yoki kartaning haqiqiyligini tasdiqlash. Uchinchi shaxslarning kartalari, hamyonlaridan to'ldirish, uchinchi shaxslar orqali bank o'tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanadi.
To'lov usullari variantlari bilan tanishib chiqing. Quyidagilarga e'tibor bering:
Minimal depozit va pul yechib olish miqdori.
Ikkala yo'nalishda ham komissiya (alohida to'lov usullari bo'yicha broker tomonidan komissiyani qoplash imkoniyati mavjud).
Mablag'larni hisobga tushish vaqti.
Agar siz o'zingizga mos to'lov usulini topmagan bo'lsangiz, Live-chat orqali mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga savol bering. Ehtimol, tranzit to'lov tizimlari bilan to'lash usulini topish mumkindir.
4-qadam. Kerakli kredit yelkani hisoblab chiqing
Kredit yelka — bu Forex brokeri tomonidan bepul taqdim etiladigan qarz mablag'laridir. Masalan, 1:10 kredit yelka bilan 100 AQSh dollari miqdoridagi depozitga ega bo'lgan treyderning tasarrufida 100 × 10 = 1000 AQSh dollari bo'ladi. Shu bilan birga, risk-menejment qoidalarini ham hisobga olish kerak, unga ko'ra bitta bitim bo'yicha maksimal garov depozit summasining 3-5 foizidan oshmasligi kerak.
Marjinal savdo qoidalari:
Eng avvalo, yelka garovni kamaytirish uchun va bundan keyingina pozitsiya hajmini oshirish uchun ishlatiladi.
Kredit yelka yordamida pozitsiya hajmining oshishi, avtomatik ravishda punkt narxining oshishiga olib keladi. Masalan, EURUSD juftligi bo'yicha 0,01 lot bitim uchun narxning 1 punktga siljishi 10 sentga teng bo'ladi. Bu potentsial daromad yoki zarardir. Agar siz yelkadan foydalanib, bitim hajmini 100 baravar oshirsangiz, punktning qiymati ham shunga qarab, bir xil darajada oshadi. Bunday holda, narxning 1 punktga siljishi 10 AQSh dollariga tengdir.
Kredit yelka bilan savdo qilishda, bitimlarni haddan tashqari ko'paytirish xavfi mavjud, bu esa "stop-autga "tushish" ehtimolini oshiradi. Xuddi shu holatni EURUSD misolida ko'rib chiqamiz. Kalkulyatorga ko'ra, juftlikning kun ichidagi volatilligi 60 punktdan yuqori. Agar siz bitim hajmini to'liq lotgacha oshirsangiz, 1 punkt qiymati 10 AQSh dollariga teng bo'lgan holatda, 10 punkt uzunlikdagi korreksiya yuz bersa, depozit nolga tenglashtiriladi.
Kredit yelka bilan ishlashdagi asosiy parametr — bu garov. Bu bitim ochilganda Forex brokeri tomonidan bloklanadigan mablag' miqdori. Yelka bo'lmasa, broker bitimning to'liq qiymatini bloklaydi, yelka bilan — faqat bir qismini.
Garov miqdorini va punkt qiymatini treyder kalkulyatori yordamida hisoblash mumkin. Hisoblash uchun savdo instrumenti, bitim hajmi va kredit yelka hajmini kiritish kerak bo’ladi.
#MSFT aksiyalari misolida garovni hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi skrinshotda ko'rib turganingizdek, bitimning minimal hajmi bilan garov 6,88 AQSh dollarini tashkil etadi, buni avval ham hisoblab chiqqan edik.
Kredit yelkani hisoblash printsipi, erkin marja va daraja tushunchalari "Kredit yelka nima: yangi boshlaganlar uchun to'liq qo'llanma" sharhida batafsil yoritib berilgan.
5-qadam. Minimal depozit bilan munosib savdo strategiyasini tanlang
Yuz foiz natijani kafolatlaydigan savdo strategiyalari mavjud emas. Xuddi shu kabi, ko'proq yoki kamroq foyda keltiruvchi strategiyalarni ham ajratish mumkin emas. Bularning barchasi strategiyaning treyder maqsadlari, xarakteri va ko'nikmalariga mos kelishiga bog'liq. Kimdir o'nlab Skalping bitimlarini ochib, monitor orqasida soatlab o'tirishga tayyor. Kimdir kriptovalyutalar bo'yicha yuqori xatarli strategiyalarni afzal ko'radi. Kimdir yangiliklarni o'qishni va fundamental harakatlardan pul ishlashni yoqtiradi.
Forex valyuta bozorlaridagi savdo tizimlariga misollar:
Skalping
Skalping - bu bir necha punktli foyda olishga qaratilgan qisqa muddatli, yuqori chastotali savdo tizimidir. Bu strategiya kun davomida minimal ushlab turish vaqti bilan ko‘plab pozitsiyalarni ochishni nazarda tutadi. Foreksda skalping ayniqsa tajribali treyderlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, bunday savdo yuqori diqqatni, tez reaksiyani va orderlarni sifatli bajarishni talab qiladi. U daqiqalik taym-freymlarda ishlatiladi, spredlar minimal bo‘lishi kerak.
Kun ichidagi strategiyalar
Kun ichidagi strategiyalar Foreksda daromad olish imkonini beradi, bitimlar bir savdo kuni ichida ochiladi va yopiladi. Bu strategiyalarning afzalligi svoplarning yo‘qligidir, bu esa ularni faol treyderlar uchun jozibali qiladi. Kunlik savdo doirasida trend va kanal strategiyalari, shuningdek sving-treyding qo‘llaniladi. Odatda treyderlar yuqori volatil aktivlar bilan ishlaydilar. Ayniqsa sving-treyding ommalashgan bo‘lib, bu strategiyani hatto yangi boshlaganlar uchun ham oson o‘zlashtirish imkonini beradi.
Uzoq muddatli strategiyalar
Forex bozorida uzoq muddatli strategiyalar pozitsiyani bir necha kun, hafta yoki hatto oylar davomida ushlab turishni nazarda tutadi. Bunday savdo tizimi global trendlar va fundamental omillarni tahlil qilishga asoslanadi. Uzoq muddatli strategiyalarda ko‘pincha minimal kredit yelkasi va katta depozit qo‘llaniladi, bu esa bozor shovqinining ta’sirini kamaytirishga imkon beradi. Mazkur yondashuv shoshilmay, atroflicha o‘ylab savdo qilishni ma’qul ko‘radigan investorlar uchun eng maqbul hisoblanadi.
Yangiliklar asosida treyding
Yangiliklar savdosi fundamental tahlil va bozorning muhim iqtisodiy hodisalarga munosabatiga asoslangan savdo tizimidir. Ushbu yondashuv bitimlarni chiqishdan oldin (odatda kechiktirilgan buyurtmalar) yoki yangiliklar (bozor bo‘yicha) e’lon qilinganidan so‘ng darhol ochishni o‘z ichiga oladi, masalan, ishsizlik bo‘yicha hisobotlar yoki foiz stavkalari bo‘yicha qarorlar. Yangiliklar bo'yicha savdo tezkorlikni va makroiqtisodiy ma’lumotlarni talqin qilish qobiliyatini, shuningdek, narxlarning ehtimoliy sakrashlarini hisobga olishni talab qiladi.
Algoritmli treyding
Algoritmik treyding - Foreks bozorida savdo robotlari va maslahatchilar xizmatidan foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan savdo tizimi. Bu dasturlar oldindan belgilangan algoritmlarga amal qilib, bitimlarni mustaqil ravishda ochadi va yopadi. Algoritmik treyding qaror qabul qilishda hissiyotlarni istisno qilish imkonini beradi va skalping hamda uzoq muddatli strategiyalar uchun mos keladi. Biroq, uning samaradorligi dasturiy ta’minot sifati va sozlash parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Foreksda savdo strategiyalarning qaysi tempi va turi maqbul ekanligini tushunish uchun demo-hisobda bir nechta variantni sinab ko'ring. Bir necha kundan so'ng siz qaysi variant o'zingiz uchun eng qulay ekanligini tushunib olasiz.
$100 bilan savdo qilishdagi cheklovlar
100 AQSh dollarlik depozit savdo imkoniyatlariga ba'zi cheklovlarni qo'yadi:
Potentsial daromad miqdori bo'yicha cheklovlar. Xatarlarni boshqarish qoidalariga ko'ra, bitim uchun ruxsat etilgan xatar — depozit miqdorining 5% gacha.
Bitimning maksimal hajmiga cheklovlar. Maksimal kredit yelka bilan ham, siz to'liq standart lot bilan savdo qila olmaysiz.
Ochilgan bitimlar soniga cheklovlar. Bu bir vaqtning o'zida turli xil aktivlar bo'yicha bitimlarni ochish, orderlar setkasidan va yuqori chastotali maslahatchilardan foydalanish imkoniyatlarini kamaytiradi.
100 AQSh dollariga teng minimal depozit haqiqiy hisobda ko'nikmalarni oshirish uchun mos keladi. Ammo olingan daromad faol treydingga sarflangan vaqtni qoplamaydi. Alternativa — fond bozori aktivlariga 100 AQSh dollari miqdorida uzoq muddatli sarmoya kiritish. Statistikaga ko'ra, S&P 500 indeksi o'rtacha 10 yil uchun balansning o'tirishini hisobga olgan holda, yiliga 10-12% daromadni ko'rsatadi. Agar siz ushbu davr uchun murakkab foizlarni hisobga olsangiz, depozitni 2,5 baravar oshirishingiz mumkin — 260 AQSh dollarigacha.
Kichik depozit bilan Foreksda qanday savdo qilish mumkin
Foreksda $100 depozit bilan savdo qilish bo'yicha mslahatlar:
Mikro-lotlar bilan savdo qilishdan boshlang. Kredit yelkani hisobga olgan holda, bu savdo aylanmasini oshirishga yordam beradi.
Depozitni tezda ko'paytirishga urinmang. Martingale koeffitsienti, o'rtalashtirish va piramiding yordamida depozitni oshirish modellari kichik depozitlar uchun mo'ljallanmagan.
Birinchi marta bitimlarni ochishda pul yo'qotishdan qo'rqmang. Har kim xato qiladi. Sizning maqsadingiz — haqiqiy Forex bozorida tajriba orttirishdir. Agar demo-hisobda ishlab chiqilgan savdo strategiyangiz, haqiqiy savdo hisobida muvaffaqiyatsiz bo'lsa, darhol taslim bo'lish kerak emas. Vaqt o'tishi bilan siz strategiyani bozor o'zgarishlariga tezda moslashtirishni, bozorni intuitiv ravishda his qilishni o'rganasiz. Agar siz 100 AQSh dollarini yo'qotgan bo'lsangiz, buni dars uchun to'lov deb qabul qiling. Agar siz Foreksda pul ishlashga muvaffaq bo'lsangiz, bu professional savdo yo'lida yana bir qadam tashlaganingizni anglatadi.
Tajriba qilishdan qo'rqmang. Ammo demo-hisobida eksperimental g'oyalarni oldindan sinab ko'ring. Har qanday savdo strategiyasi vaqt o'tishi bilan ishlashni to'xtatadi, uni moslashtirish uchun demo-hisobidan foydalaning. Yangi indikator sozlamalarini tanlang, yangi instrumentlardan foydalaning.
Hissiyotlarga berilmang. Agar siz zarar ko'rgan bo'lsangiz, hech bo'lmaganda zararni qoplash umidida depozitni qayta-qayta to'ldirishingiz shart emas. Hayajon va umidsizlikka tushmang. Pauza qiling, xatolarni tahlil qiling va keyingi safar daromad olishga harakat qiling.
Maqsad qo'ying va unga erishish algoritmini o'ylab chiqing. Masalan, 5 oydan keyin depozitni 2 baravar oshirish maqsadi. Buning uchun har oy depozitingiz o'rtacha 20% ga o'sishi kerak.
Foreksda $100 bilan savdo qilish uchun oxirgi pullaringizni sarflamasligingiz kerak. Bu miqdor, zarar ko'rgan holda ham, siz achinmaydigan miqdor bo'lishi lozim. Daromadning ortidan chopmang: foydali bitimlarning mavjudligi va depozitning asta-sekin o'sayotganligining o'zi — bu katta yutuq.
Xulosa
Xulosalar:
Xatarlarni boshqarish qoidalarini buzmasdan Foreksda 100 AQSh dollari bilan savdoni - kredit yelka yordamida minimal lot bilan amalga oshirish mumkin. Ushbu variant ko'proq haqiqiy hisobda savdo tajribasini rivojlantirish va hissiy barqarorlikni mashq qilish uchun mos keladi. Sarflangan vaqtni qoplaydigan daromad olish uchun bu yetarli emas.
Demo-hisob — bu savdo platformasi bilan tanishish, amaliy darslar, strategiyalarni sinab ko'rish uchun yaxshi vosita. Depozitni to'ldirishni talab qilmaydi.
Foreksda pul ishlashga imkon beradigan bozorlarni tahlil qilishning asosiy vositalari: texnik va fundamental tahlil. Asosiy va tasdiqlovchi signallarning kombinatsiyasi ularning samaradorligini va savdo tizimining bozor o'zgarishlariga chidamliligini oshiradi.
Demo-hisobida valyuta bozorida bitimlarni ochib ko'ring. Vaqt o'tishi bilan siz narxlar shakllanishi tamoyillarini tushunishni o'rganasiz va har safar avvalgidan yaxshiroq ishlashni boshlaysiz. O'z kuchingizga ishoning, o'rganing, xatolarni tahlil qiling, xulosalar chiqaring va siz muvaffaqiyatga erishasiz. Daromadingiz o'z qo'lingizda!
100 AQSh dollari miqdoridagi minimal depozit bilan savdo qilish bo'yicha FAQ
Hammasi sizning maqsadlaringizga bog'liq. Mashq sifatida sent hisoblarida bir necha USD bilan savdo qilishni boshlashingiz mumkin. 1:1000 kredit yelkasi bilan 100 AQSh dollari, xatarlarni boshqarish doirasida minimal hajmdagi bitimlarni ochish uchun yetarli. Ammo treyding asosiy daromad manbaingizga aylanishi uchun yetarli emas. Demo-hisobidagi tester orqali savdo tizimingizni sinab ko'ring. Uning samaradorligini ko'rgach, boshlash uchun qancha summa kerakligini hisoblab olishingiz mumkin.
Bu depozit miqdori va uning bitimlarda bevosita ishtirok etuvchi qismiga, tanlangan savdo strategiyasiga, savdoga ajratilgan vaqtga, tajribangiz va sezgirlik darajangizga bog'liq. Tajribasi boshlang'ichdan yuqori bo'lgan treyderning o'rtacha real rentabelligi - oyiga depozit miqdorining taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Ha. 100 AQSh dollari miqdoridagi depozit bilan va garov darajasini pasaytirish uchun maksimal 1:1000 kredit yelka yordamida siz xatarlarni boshqarish qoidalarini buzmasdan minimal ruxsat etilgan hajmdagi bitimlarni ochishingiz mumkin.
Bu moliyaviy instrumentga bog'liq. Masalan, EURUSD valyuta juftligi uchun minimal lot hajmi 0,01 ni tashkil qiladi. Kurs 1,10000 ni tashkil etganda, minimal bitim summasi — 1100 AQSh dollariga teng. Bu shuni anglatadiki, nazariy jihatdan 100 AQSh dollari uchun 1:15 yelkasi mos keladi, ammo bunda, siz risk-menejment qoidalarini buzasiz. 0,01 lot hajmdagi pozitsiyada garovni kamaytirish uchun mavjud bo'lgan eng maksimal kredit yelkadan foydalaning. Hech qachon xatarni boshqarish qoidalarini buzgan holda, kredit yelkadan pozitsiya hajmini oshirish uchun foydalanmang.
Bu moliyaviy instrumentga bog'liq. 100 AQSh dollarilik depozitlarda valyuta bilan savdo qilish uchun, optimal mos keluvchi hajm - bu 1:1000 kredit yelka bilan 0,01 lotli bitimdir. Masalan, EURUSD juftligi kursi = 1,12443 bo'lganda, garov 1,2 USD ni tashkil etadi. Bu risk-menejmentning "bitta bitim bo'yicha xatar - depozitning 5 % dan oshmasligi kerak" degan qoidasiga mosdir.
Bu har bir instrumentning spetsifikatsiyasida ko'rsatilgan shartnoma hajmiga bog'liq. Masalan, agar spetsifikatsiyada shartnoma hajmi 100 000 bo'lsa, instrument kursi esa 1,2443 bo'lsa, AQSh dollarida lot hajmi quyidagicha hisoblanadi: 100 000 × 0,01 × 1,2443 = 1 244 USD.
Bu yerda gap bitimni ochishda broker tomonidan bloklanadigan garov haqida ketmoqda. 1:1000 kredit yelka bilan, lot hajmi - 0,01 ga teng. Masalan, USDJPY valyuta juftligi kursi 138.86, yelka hajmi esa 1:1000 ga teng bo'lsa, garov 1 AQSh dollariga teng bo'ladi. Depozit valyutasida pozitsiya miqdorini hisoblash uchun LiteFinance veb-saytidagi Treyder kalkulyatoridan foydalaning.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.