Bugun men Foreks bozori haqida iloji boricha batafsil aytib beraman — bu o'zi nima va bu yerda nima bilan shug'ullanishadi.
Mening maqolamdan siz treyder sifatida to'g'ri rivojlanishning vektorini belgilab beradigan barcha kerakli asoslarni bilib olasiz.
Umid qilamanki, ushbu material haqiqiy maqsadingizni ko'ra olishda va uni anglashda sizga yordam beradi — pullarni tonnalab topish emas, balki haqiqiy mutaxassis bo'lishlik. Chunki ikkinchisini amalga oshirmasdan, birinchisiga erishishning ilojisi yo'q, va bu narsa savdodan hafsalani pir qilishi mumkin.
"Foreksda daromad olish mumkinmi?", — bu savolni valyuta bozoriga yangi kirib kelganlarning barchasi berishadi. Agar buning iloji bo'lmaganida, tarix valyuta kurslarini o'zgarishida boyib ketish holatlarini bilmagan bo'lar edi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
- Foreks nima o’zi?
- Foreks bozorining tarixi
- Foreksda nima sotiladi?
- Foreks bozori ishtirokchilari
- Foreksda savdoni qanday boshlash kerak?
- Foreks savdosining asosiy strategiyalari
- Foreks savdosi uchun eng yaxshi vaqt
- Foreksda savdo qilish sabablari
- Foreks bozorining imkoniyatlari va risklari
- Foreks bozorida savdo qilishga oid FAQ savollar
Foreks nima o’zi?
Foreks (FOReign EXchange) — bu jahon valyuta bozoridir. Bu valyuta sotib olish va sotishni amalga oshirish uchun, milliy va tijorat banklari, brokerlik kompaniyalari va boshqa iqtisodiy agentlarni o'zaro bo'g'lab turuvchi tarmoq hisoblanadi.
Valyuta bozori dunyodagi eng likvid bozor hisoblanadi: uning kunlik savdo aylanmasi 7 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. Bunga bozorning globalligi va bitimlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyati tufayli erishiladi.
Fond bozorlaridan farqli o'laroq, Foreks bozorida, savdo-sotiq amalga oshiriladigan yagona markaz mavjud emas. Qisman shu sababli, u kuniga 24 soat mobaynida (dam olish kunlaridan tashqari) tinimsiz va xattoki, birjalarga xos bo'lgan kliring tanaffuslarisiz ishlaydi.
Foreks bozoridagi operatsiyalarni taxminan quyidagilarga bo'lish mumkin:
- xedjirlovchi operatsiyalar;
- savdo operatsiyalari;
- spekulyativ operatsiyalar;
- tartibga soluvchi operatsiyalar — markaziy banklar tomonidan valyuta kurslarini tartibga solish uchun amalga oshiriladi.
Foreks bozorining tarixi
XVI asr oxirida xalqaro savdoning rivojlanishi bilan odamlar turli mamlakatlarning tangalari har xil og'irliklarga va shunga mos ravishda har xil nominallarga ega ekanligi haqida bosh qotira boshladilar. Bankda oltinga almashtirilishi mumkin bo'lgan "bir xil" qog'oz pullarga o'tishga qaror qilindi. XIX-asrning o'rtalariga kelib, "valyutaning oltinga nisbatan kursi" tushunchasi paydo bo'ldi. Shunday qilib, oltin standart shakllandi.
1944 yilda xalqaro valyuta jamg'armasini tashkil etish bo'yicha mashhur "Brettonvuds bitimi" imzolandi. AQSh dollari va Britaniya funti esa xalqaro valyutalar deb tan olindi.
1976 yilda oltin standart bekor qilindi va valyuta kurslari bozor talab/taklif qonunlariga bo'ysunishni boshladi.
1990 yildan boshlab Foreks bozori nafaqat yirik moliya institutlari, balki xususiy investorlar va treyderlar uchun ham savdo qilish imkoniyatlarini ochdi. 5 yildan so'ng esa valyuta bozorida Internet orqali savdo qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Aytish lozimki, Aynan 1995 yil — zamonaviy Foreks davrining boshlanishi bo'ldi deb aytish mumkin.
Foreks bozori qanday tuzilgan
Foreksning asosiy aylanmasi(oboroti) mamlakatlarning markaziy banklari va yirik tijorat banklari tomonidan ta'minlanadi.
Markaziy banklar valyutalarni sotib olish va sotish orqali, valyuta kurslarini tartibga soladilar, tijorat banklari esa o'zlarining valyutaga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradilar va mijozlar buyurtmalari bajarilishini ta'minlaydilar. Shu tarzda, valyuta kotirovkalariga xalqaro bozorlarda savdo qiluvchi kompaniyalar va valyutani sotib olish yoki sotishdan manfaatdor shaxslar ta'sir ko'rsatadi.
Xedj fondlari, brokerlar va xususiy treyderlar ham Foreks bozori tarkibiga kiradi, ammo ular vositachilar orqali ishlaydilar. Ular Foreks bozoriga odatda ulgurji elektron savdo platformalariga (yoki market-meykerlarga) ulanish orqali kirishadi. Platformalarning eng mashhurlari “EBS” va “Reuters dealing” hisoblanadi.
Foreks bozorining asosiy xususiyatlari uning markazlashmaganligi va kechayu kunduz savdo qilish imkoniyati mavjudligidir. Foreks — bu birjadan tashqari bozor bo'lib, yagona savdo qilish markaziga ega emas. Ish kunlari 24 soat mobaynida savdoni amalga oshirish, to'rtta savdo sessiyasi tufayli mumkin bo'ldi, kuniga 24 soat mobaynida har bir sessiya keyingisiga o'tib boradi.
Bozorning hajmi va likvidligi
Jahon valyuta bozori hajmining tadqiqotlari bilan Xalqaro hisob-kitoblar banki shug'ullanadi. Ushbu bozorda Foreksning likvidligi va savdo hajmi to'g'risidagi hisobot har 3 yilda tuziladi.
1989 yildan boshlab deyarli har bir hisobot davrida kunlik aylanma o'rtacha 25-30 foizga o'sdi. Ushbu dinamika so'nggi 10 yil ichida ham saqlanib qoldi.
- 2010 yil — $ 4 trln. kuniga;
- 2013 yil — $ 5,3 trln. kuniga;
- 2016 yil — $ 5,1 trln. kuniga;
- 2019 yil — $ 6,6 trln. kuniga;
- 2022 yil — $ 7,5 trln. kuniga.
Manba: BIS Triennial Central Bank Survey.
Foreks bozorlarining turlari
Foreks bozorining 3 toifasi mavjud: spot, forvard va fyuchers bozorlari. Bozorlar orasidagi farq yetkazib berish muddatlaridadir — ayni paytda yoki ma'lum bir belgilangan sanada.
Spot valyuta bozori
Spot bozorda bitim bo'yicha hisob-kitob, uning ayni tuzilgan zahoti amalga oshiriladi. Misol uchun, agar siz bugun soat 15:00 da yevro sotib olgan bo'lsangiz, bu valyuta darhol sizning hisobingizda bo'ladi. Ba'zi hollarda hisob-kitob jarayoni 1-2 kungacha kechiktirilishi mumkin.
Spot bozorida hisob-kitoblarning uch turi mavjud:
- TOD. («today», bugun). Kun mobaynida hisob-kitob qilinadi. Eng arzon usul.
- TOM. («tomorrow», ertaga). Bitim tuzilgan sananing ertasiga, to'lov amalga oshiriladi.
- SPT. (“spot” yoki Т+2). To'lov bitim tuzilgan sanadan ikki ish kuni o'tib, amalga oshiriladi.
Qoldirilgan hisob-kitoblar bo'lgan taqdirda, bitim hajmiga asosiy stavka ham qo'shiladi. TOM uchun — 1 kun, SPT uchun — 2 kun.
Forvard valyuta bozori
Forvard shartnomasi kelajakda valyuta juftligini oldindan kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish bo'yicha bitim tuzish jarayonini nazarda tutadi. Masalan, siz bugun soat 15:00 da yevro bo'yicha forvard shartnomasini tuzdingiz. Bu shuni anglatadiki, kelajakda biron bir vaqtda siz valyutani kelishilgan stavka bo'yicha sotib olishingiz, sotuvchi esa uni sizga o'sha kurs bo'yicha sotishi shart. Bundan kelib chiqadiki, kelajakda kotirovkalar o'sgan taqdirda siz foyda ko'rasiz, chunki siz kelishilgan yevro miqdorini "arzonroq" narxda olasiz.
Foreksning Forvard bozorida jahon valyutalarining kotirovkalari muddati bir yilgacha yetishi mumkin. Shartnoma muddati qanchalik uzoq bo'lsa, likvidlik shunchaga past bo'ladi.
Fyuchers valyuta bozori
Fyuchers shartnomasi bilan tuzilgan bitim bo'yicha hisob-kitob, forvard shartnomasi singari, kelajakda amalga oshiriladi. Asosiy farq shundaki, fyuchers shartnomasi bo'yicha bitimni amalga oshirish sanasi qat'iy belgilanadi. Shuningdek, fyucherslar forvard shartnomasidan farqli o'laroq, uchinchi tomonga takror sotilishi mumkin.
Bitimning har ikkala tomoni kelajakda narx o'zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararlardan sug'urtalanishni istagan taqdirda, fyuchers bozori tanlanadi. Xaridor aktiv narxining pasayishidan, sotuvchi esa uning ko'tarilishidan sug'urtalanadi.
Valyuta fyucherslari ikki xil bo'ladi:
- Hisob-kitob valyutasi AQSh dollarida bo'lgan shartnomalar (masalan, GBP/USD);
- boshqa valyutalarning kross-kurslariga asoslangan bitimlar (masalan, dollar/turk lirasi — USD/TRY).
Foreks bozoriga nima ta’sir qiladi
Foreksda bir qarashda tushunarsiz ko'rinadigan turli xil to'lqinlanishlar mavjud. Ko'pincha ular dunyo iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatadigan global voqealar bilan bog'liq bo'ladi.
Markaziy banklar faoliyatining ko'lami, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi makroiqtisodiy yangiliklar, tabiiy ofatlar kabi bir nechta omillar valyuta kotirovkalariga ta'sir qilishi mumkin.
Markaziy bank
Markaziy banklarning asosiy vazifasi milliy valyuta kursining barqarorligini ta'minlashdir.
Foreks kotirovkalariga eng sezilarli ta'sir qiluvchi omillar — foiz stavkalarining o'zgarishi va valyuta intervensiyalari hisoblanadi.
Mamlakatlar Markaziy banklari inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun foiz stavkalarini oshirishadi va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun esa pasaytirishadi.
Valyuta intervensiyalari — bu markaziy bankning milliy valyuta kursiga bevosita ta'siri bo'lib, ushbu jarayon kursni maqsadli qiymatlargacha oshirish yoki pasaytirish maqsadida uni Foreks bozorida sotib olish va sotish amaliyotidan iborat.
Ba'zida hatto markaziy banklarning aralashuvi haqidagi mish-mishlar ham, valyuta kursiga ta'sir qilishi mumkin.
Yangiliklar
Treyderlar sifatida bizni kotirovkalarning tez va sezilarli darajada o'zgarishiga olib kelishi mumkin bo'lgan voqealar haqidagi ma'lumotlar qiziqtiradi.
Narxlarning eng sezilarli harakati "yuqori ustuvorlik" maqomiga ega yangiliklar bilan bir vaqtda kuzatiladi.
Bunday yangiliklarga quyidagilar kiradi:
- Bandlik/ishsizlikning foizlari haqidagi ma'lumotlar;
- Rivojlangan mamlakatlarning YaIM (yalpi ichki mahsuloti) to'g'risidagi ma'lumotlar;
- Banklar foiz stavkalari bo'yicha qarorlar;
- Pul-kredit siyosati qo'mitasining yig'ilishlari.
Yangiliklarning ro'yxati, chiqish sanasi va vaqtini "LiteFinance"ning iqtisodiy taqvimida topish mumkin. Yangiliklarning faqat yuqori ahamiyatga egalarini qoldirish mumkin. Qolgan yangiliklarning chiqishi, odatda, bozorlarda sezilarli ahamiyatga ega emas.
Foreksning qonuniyligi va tartibga solinishi
Internetda ko'pincha: "Foreks savdosi qonuniymi?" — degan savol berishadi. Javob: valyuta bozori, Foreks brokerlarining faoliyati bilan bir qatorda, qonun bilan tartibga solinadi.
Banklararo bozorga kirish uchun broker litsenziyaga ega bo'lishi shart emas. Biroq, litsenziyalangan brokerlar ishonchliroq hisoblanadi — ular muntazam ravishda tekshiruvlardan o'tadilar, shaffof buxgalteriya hisobini yuritadilar va kompensatsiya fondiga egalar.
Uchta asosiy organ mavjud bo'lib, ularning litsenziyalarini olish Foreks brokerining ishonchliligini tasdiqlaydi:
- AQShning tezkor birja savdosi bo'yicha komissiyasi (CFTC) va AQSh milliy fyuchers assotsiatsiyasi (NFA).
- Buyuk Britaniyaning moliyaviy tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasi (FSA) va Avstraliyaning qimmatli qog'ozlar va investitsiyalar bo'yicha komissiyasi (ASIC).
- Kipr Respublikasining qimmatli qog'ozlar va birjalar bo'yicha komissiyasi (CySEC) va Malta moliyaviy xizmatlar boshqarmasi (MFSA).
Foreksda nima sotiladi?
Foreks — bu bir valyutani boshqasiga almashtirish uchun mo'ljallangan savdo-sotiq maydonidir. Muayyan ayirboshlash operatsiyalarining mashhurligidan kelib chiqqan holda (masalan, EUR-ni USD-ga almashtirish), valyuta bozorining asosiy instrumentlari bo'lgan ma'lum valyuta juftliklari shakllandi.
Valyuta juftliklari
Foreks bozorining asosiy instrumenti valyuta juftligi bo'lib, unda bir valyutaning qiymati boshqa valyutada ifodalanadi. Masalan, EUR/USD juftligida 1 yevro qiymati AQSh dollarida ifodalanadi.
Maksimal savdo hajmini tashkil etadigan mashhur juftliklar asosiy valyuta juftliklari yoki "majors" deb nomlanadi. Qolganlari "kross-kurslar" deb ataladi.
Mashhur valyutalar
Asosiy valyuta juftliklariga EUR/USD, USD/JPY, GBP/USD, USD/CAD, NZD/USD, USD/CHF, AUD/USD kabilar kiradi. Ularning likvidligi eng yuqori hisoblanib, bu juftliklarning narx harakatlari "silliq"ligi bilan ajralib turadi.
Kross-kurslar balandroq volatillikga ega valyuta juftliklari hisoblanadi. Ular o'rta hisobda bir kunda ko'proq pipslardan o'tadilar, ammo ularning past likvidlik darajasi, rentabellik potentsialini sezilarli darajada kamaytiradi. Kross-kurslarga misol tariqasida USD/PLN, USD/SGD, USD/CZK, USD/NOK kabilarni keltirish mumkin.
Foreks bozori ishtirokchilari
Foreks bozorining asosiy savdo aylanmasini tashkil etuvchi ishtirokchilari — markaziy va tijorat banklari, investitsiya va pensiya jamg'armalari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq yirik kompaniyalardir. Ushbu moliya institutlari Foreks bozoridan — ko'proq valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun va kamroq — spekulyatsiyalar uchun maydon sifatida foydalanadilar.
Foreksda kim savdo qiladi
- Banklar va xalqaro moliya institutlari;
- Yirik tijorat kompaniyalari;
- Hukumatlar va markaziy banklar;
- Spekulyantlar va xususiy treyderlar.
Xususiy treyder uchun ishtirokchilar zanjiri uning Foreks brokeri va likvidlik provayderi bilan cheklangan.
Foreks brokeri yoki Foreks dileri — bu treyder uchun valyuta bozorida savdo qilish imkoniyatini beradigan moliyaviy tashkilotdir. Shuningdek, broker treyderni kerakli intrumentlar bilan ta'minlaydi: onlayn kotirovkalari mavjud bo'lgan savdo terminali, savdo hisobi, tahlillarni olish imkoniyati, kredit ko'magidan foydalanish imkoniyati.
Likvidlik provayderlari, odatda, valyuta bozorining vakillari hisoblangan xalqaro banklardir. Ular Foreks brokeriga valyuta juftliklari kotirovkalarini taqdim etadilar.
Foreksda savdoni qanday boshlash kerak?
Foreksda savdoni qanday boshlash kerak?
Treyderning potentsial daromadi va mumkin bo'lgan risklari lotlarda ko'rsatiladigan bitimlar hajmiga bog'liqdir.
Foreksda qanday savdo qilinadi? Treyder kotirovkalarning o'sishi yoki pasayishidan pul ishlashi mumkin. Buning uchun ikki turdagi bitimlar mavjud:
- uzoq pozitsiyani sotib olish yoki ochish;
- qisqa pozitsiyani sotish yoki ochish.
Agar treyder kelajakda aktivning o'sishini bashorat qilsa, foyda olish uchun uzoq pozitsiyani ochishi kerak. Agar pasayish kutilsa, qisqa pozitsiyani ochgan ma'qul.
Har bir bitimda "stop-loss"dan foydalanish kerak — agar narx treyderning prognoziga zid bo'lib chiqsa, savdoni avtomatik ravishda yopadigan himoya orderi.
Asosiy atamalar
Foreks savdosida muvaffaqiyat qozonish uchun siz o'zingizning savdo qobiliyatingizni asta-sekin oshirishingiz kerak bo'ladi. Birinchi qadam — asosiy atamalarni o'rganishdir: pips, lot, spred, kredit yelka va marja.
Foreksda Pips nima degani?
Yangi boshlagan treyderlar: "Valyuta bozorida savdo qilishda pips nimani anglatadi va uning hajmini qanday aniqlash mumkin?" degan savolni ko'p beradilar. Foreksda pips — bu savdo instrumentining qiymati o'zgarganligini o'lchash uchun minimal standart birlikdir. Masalan,Yangi boshlagan treyderlar: "Valyuta bozorida savdo qilishda pips nimani anglatadi va uning hajmini qanday aniqlash mumkin?" degan savolni ko'p beradilar. Foreksda pips — bu savdo instrumentining qiymati o'zgarganligini o'lchash uchun minimal standart birlikdir. Masalan, besh xonali kotirovkaga ega bo'lgan funt/dollar juftligi (GBP/USD) uchun 1 pips = $ 0,00001 ga teng. besh xonali kotirovkaga ega bo'lgan funt/dollar juftligi (GBP/USD) uchun 1 pips = $ 0,00001 ga teng.
Foreksda Lot nima degani?
Foreksda Lotlar — bu valyuta juftligini sotib olish yoki sotish uchun pozitsiya hajmini o'lchash birliklari.
Agar treyder EUR/USD instrumentini sotib olish bo'yicha 1 lot hajmdagi bitimni ochsa, u 100 000 yevro sotib oladi. Aksariyat Foreks treyderlari kredit yelkadan foydalanadilar va brokerlar orqali savdo qiladilar, shu sababli, ularga ishlash uchun kamroq miqdordagi mablag' kerak bo'ladi.
Foreksda Spred nima degani?
Foreksda Spred — bu eng past sotish narxi ("ask") va eng yuqori sotib olish narxi ("bid") o'rtasidagi farq.
Agar bid = 0,91437 ga, ask = 0,91440 ga teng bo’lsa, spred 3 pipsni tashkil etadi.
Biz har doim ask (yuqoriroq) narxda sotib olganimiz va bid (pastroq) narxga sotganimiz sababli, spred miqdorini siz kutgan harakat hajmiga qo'shishingiz kerak.
Foreksda kredit yelka nima degani?
Foreks savdosida kredit yelkasi — bu treyderning shaxsiy mablag'larining, bitimlarni ochish uchun brokerdan olgan qarz mablag'lariga nisbatidir. Foreks brokerining kredit ko'magi treyderning sarmoyasini 10, 100 va hatto 1000 barobargacha oshirishi mumkin. Ushbu xizmat valyuta bozorida 1 ta standart lotni, ya'ni 100 000 dona valyutani sotib olish uchun, talab qilinganidan kamroq depozit bilan ham, bitimlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Foreksda Marja nima degani?
Marja — bu treyderning ochiq pozitsiyalarini saqlab qolish uchun zarur bo'lgan shaxsiy mablag'lari miqdoridir. Mablag'larning bu qismi pozitsiya yopilguncha bloklanadi. Kredit yelkasining hajmi qanchalik katta bo'lsa, bitimni ochish uchun shunchalik kam shaxsiy mablag' talab qilinadi. Kutilganidek, marja hajmi ham ozroq bo'ladi.
Tahlilning uch xil turi
Foreks savdosida treyderlar odatda uchta tahlil turidan foydalanadilar:
- Texnik: ushbu turdagi tahlilning ob'ekti narxlar jadvalidir.
- Asosiy: o'rganish ob'ekti-makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va yangiliklar.
- Sotib olish va sotish uchun ochiq pozitsiyalar bo'yicha bozorning holatini tahlili.
Texnik tahlil
Texnik tahlilda narxlarning harakati, olib kelgan sabablarni hisobga olmagan holda ko'rib chiqiladi.
Tahlil qilishda quyidagi instrumentlar foydalaniladi:
- Grafik patternlar — bu narx harakatining o'zini tashkil etuvchi modellar, masalan, "bosh va yelkalar", "uchburchak", "bayroq" kabi shakllar.
- Indikatorlar — bu narx qiymatlari bo'yicha hisoblanadigan instrumentlar. Ular grafikda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi. Indikatorlarga misollar: harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkich (moving average), stoxastik ossilyator.
- Sham modellari grafiklarda narx shamlari ko'rinishida bo'ladi. Prognoz shamlarning turiga va ularning kombinatsiyalariga, masalan, "PIN-bar" yoki "singdirish(engulfing pattern)"ga asoslangan holda tuziladi.
Fundamental tahlil
Foreks bozorining fundamental tahlili ma'lum bir mamlakat valyutasiga bo'lgan talabni va taklifni o'zgartirishi mumkin makroiqtisodiy yangiliklarni o'rganishdan iborat. Odatda bunday prognozlar o'rta va uzoq muddatli istiqbolda amalga oshiriladi.
Fundamental tahlil ob'ektlari:
- Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga oid yangiliklar va ma'lumotlar nashrlari: ishsizlik va chakana savdo bo'yicha statistika, iste'mol narxlari indekslari, AQSh Federal zaxira tizimi qarorlari. Bunday ma'lumotlarni eng qulay yo'li — iqtisodiy taqvim yordamida kuzatib borishdir.
- Geosiyosiy voqealar: saylovlar, boshqa mamlakatlar bilan savdo hamkorligi to'g'risidagi qarorlar, qo'shma milliy loyihalarda ishtirok etish.
- Global fors-major holatlari: tabiiy ofatlar, harbiy jarayonlar, ish tashlashlar.
Bozor kayfiyatini tahlil qilish
Bozorning kayfiyati deb ma'lum bir instrument bo'yicha sotib olish va sotish uchun ochiq pozitsiyalarning nisbatiga aytiladi.
- Agar ochilgan xaridlar hajmi, ochilgan sotish hajmidan kattaroq bo'lsa, unda aksariyat ishtirokchilar narxning ko'tarilishini taxmin qilishadi.
- Agar ochilgan sotuvlar hajmi ochilgan xaridlar hajmidan kattaroq bo'lsa, unda ishtirokchilarning aksariyati narxning pasayishini kutishadi.
Ilgari ochilgan pozitsiyalar hozirgi va kelajakdagi narxlar harakatiga ta'sir qilmaydi. Bundan tashqari, Foreksning asosiy ishtirokchilari spekulyativ maqsadlari uchun emas, balki ma'lum bir valyutaga bo'lgan ehtiyoji tufayli bitimlar ochadigan banklardir.
Grafiklarning turlari
Foreks instrumentlarining narxlari to'g'risidagi ma'lumotlar odatda grafikda sham, bar yoki chiziq ko'rinishida aks ettiriladi.
Shamlar bozor holatini eng aniq aks ettiradi. Ular to'rtta asosiy nuqtalar asosida quriladi:
- davr boshidagi narx;
- davr bo'yicha minimal narx;
- davr bo'yicha maksimal narx;
- davr oxiridagi narx.
Barlar ham xuddi shu to'rt nuqtaga asoslanib quriladi. Ushbu turdagi grafiklar faqat davr bo'yicha maksimal va minimal narxlar muhim bo'lgan treyderlar uchun qulaydir.
Chiziqli grafik har bir davrning oxirgi narxiga yoki "yopilish narxiga" asoslanib quriladi. Bu umumiy ko'rinishni tahlil qilish uchun mukammal vosita, ammo detalizatsiya nuqtai nazaridan unchalik yaxshi emas.
Tajribali treyderlar Foreksda ishlashda, grafik patternlarni diqqat bilan o'rganadilar. Turli xil shakllar narxlarning o'zgarishiga ishora berishi va shu asnoda, bozorga kirishning maqbul nuqtalarini topishda yordam berishi mumkin.
Shamli grafiklar
Shamli grafiklar yapon shamlari ko'rinishidagi narx dinamikasini aks ettiradi. Shamning turi ma'lum bir davr ichida narxning maksimal va minimal o'zgarishiga bog'liq:
- agar yopilish narxi ochilish narxidan past bo'lsa, sham pastga tushadi (odatda qora yoki qizil rangga bo'yaladi);
- agar yopilish narxi ochilish narxidan yuqori bo'lsa, sham yuqoriga ko'tariladi (oq yoki yashil rangga bo'yaladi).
Sham patternlarini tahlil qilishda pozitsiyalarni ochish uchun kuchli signallarni aniqlash uchun sham rangiga e'tibor berish kerak (masalan, "buqachasiga yutib yuborish" patterni — ing. bullish engulfing).
Barli grafiklar
Barli grafiklar — tanlangan davr uchun instrumentning maksimal va minimal narxlarini yaxshi aks ettiradi. Davrning ochilish va yopilish narxlari mos ravishda barning chap va o'ng tomonidagi kichik gorizontal chiziqlar shaklida aks ettirilgan bo'lib, ular shamlarga nisbatan ko'rimsizroq tasvirlangan.
Barli grafiklar Foreksdagi grafik shakllar va narx darajalarining klassik texnik tahlili uchun mos keladi.
Chiziqli grafiklar
Chiziqli grafikalar tanlangan vaqt oralig'i bo'yicha oxirgi bitimning narxlariga asoslanib quriladi. Masalan, H1 taymfreymli chiziqli grafikada uning har bir nuqtasi o'tgan soat uchun oxirgi bozor narxini aks ettiradi. Ushbu turdagi grafiklar har bir soat ichida narx qanday o'zgarganligi haqida ma'lumotni taqdim etmaydi.
Foreks savdosi orqali qanday pul ishlash mumkin
Foreksda qanday qilib pul ishlash haqida ma'lumot izlaganda, bozorga yangi kirgan treyderlar odatda noto'g'ri ma'lumotlar bilan tanishadilar, u ma'lumotlarning umumiy ma'nosi — iloji boricha aniq prognozlar qilishdir. Natijada, treyder har qanday biznesda muvaffaqiyat keltiruvchi tajribani orttirishni o'rniga, narxlarni bashorat qilish yo'llarini izlaydi.
Xedj-fondlar- daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlar jamoatga ochiq holda saqlanadi — ular doimiy ravishda treyding orqali daromad olishadi. Bunday fondlarning asoschilari intervyuda muvaffaqiyatning uchta tarkibiy qismi haqida gapirib berdilar:
- daromadli savdo strategiyasi;
- tanlangan strategiyaning qoidalariga rioya qilish qobiliyati;
- kapital hajmidan kelib chiqqan holda risklarni boshqarish.
Foreksda orderlar turi
Foreks bozorida 2 xil turdagi orderlar mavjud:
- bozor narxlari bo’yicha order (darhol amalga oshiriladi);
- kechiktirilgan order.
Xarid qilish va sotish uchun bozor orderlari, mos ravishda "ask" va "bid" joriy narxlarida tuziladi. Bularga "market buy"va "market sell" kiradi.
Kechiktirilgan buyurtmalar ma'lum narx qiymatida belgilanadi. Ular faqat narx ushbu qiymatlarga yetgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Shuningdek, ular ham 2 turga bo'linadi:
- Limitlangan (buy limit, sell-limit, take-profit). Narxlar harakatiga qarshi yo'naltirilgan.
- Stop-orderlar (buy stop, sell stop, stop-loss). Narxlar harakati bilan mos yo'nalishda keladi.
Qachon xarid qilish yoki sotish kerak
Dastlabki bir necha yil ichida Foreks treyderining aqli quyidagi savol bilan band bo'ladi: Qachon xarid qilish yoki sotish kerakligini qanday aniqlash mumkin?
Bu treyderlarning bozor harakatlarini bashorat qilish mumkin degan yanglish taxmini bilan bog'liqdir. Vaqt o'tishi bilan ular kelajakdagi narx harakatining yo'nalishini oldindan aniqlash mumkin emasligini tushunib yetishadi. Va bu safar treyderning diqqati, bir qator bitimlar natijasida foyda olish imkonini beradigan yondashuvni izlashga qaratiladi.
Shun sababli, qachon xarid qilish va sotish kerakligi haqidagi savolga: — "Savdo strategiyangiz qoidalariga muvofiq" deb javob beraman.
Yangi boshlaganlar uchun demo hisob
Demo hisobda savdo qilganda, treyder bozor kotirovkalariga kirish huquqiga ega bo'ladi, ammo shu bilan birga haqiqiy pulini xavf ostiga qo'ymaydi.
Foreksda savdo qilish uchun demo hisobining ahamiyati yetarlicha baholanmaydi. Demo hisob — bu to'kis trenajyor bo'lib, uning yordamida siz nafaqat savdo strategiyasini, balki uning qoidalariga amal qilish qobiliyatingizni ham bozorga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda sinab ko'rishingiz mumkin.
- Demo hisobidan haqiqiysiga o'tish faqat quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- 100 ta bitim seriyasining umumiy natijasi taxminan 0 yoki ijobiy bo'lsa;
- bitimlarni ochish va yopish uchun aniq qoidalarni o'z ichiga olgan savdo strategiyasi ishlab chiqilgan bo'lsa.
Treyder psixologiyasi
Foreks treyding psixologiyasi bilan bog'liq asosiy muammo shundaki, boshlang'ich treyder turli xil his-tuyg'ular, istaklar va qo'rquvlarning uning qarorlariga qanday ta'sir o'tkazishini tushunib yetmaydi.
Optimal ravishda, treyderning psixologiyasi "men eng aqlli emasman" iborasi bilan tavsiflanishi kerak. Bashorat qilish qobiliyati juda cheklanganligini qabul qilishingiz va foydali operatsiyalarning foizlari va rentabellik ko'rsatkichlari bo'yicha o'zingizga keragidan ortiq yuqori talablar qo'ymasligingiz kerak.
Savdoga bo'lgan bunday munosabat o'z-o'zidan, ko'p yillik tajriba va xatolar bilan birga rivojlanadi.
Foreks treyding orqali boyib ketish mumkinmi?
"Boyib ketish" iborasi tez vaqt ichida katta miqdordagi pulni olishni anglatadi, shuning uchun u darhol treyder diqqatini noto'g'ri tomonga yo'naltiradi — "yaxshi treyder bo'lish" istagidan "yetishmayotgan narsani olish" istagi tomonga.
Boshqa har qanday sohada bo'lgani kabi, Foreksda ham siz faqat professional bo'lish yo'li bilan boyib ketishingiz mumkin.
Valyuta bozori katta kredit yelkasidan foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, nazariy jihatdan, siz bir vaqtning o'zida barcha depozitingizni xavf ostiga qo'yib, ko'p pul ishlashingiz mumkin. Ushbu usuldan foydalanib, Foreks savdosidan daromad olish mumkinmi? Agar siz uni doimiy ravishda ishlatmasangiz, mumkin.
Foreks savdosining asosiy strategiyalari
Foreks savdo strategiyasi, odatda, aktiv narxining harakatini tahlil qilish asosida qaror qabul qilishni anglatadi.
Eng yaxshi Foreks savdo strategiyalarining asosi — bu o'tmishda muntazam ravishda takrorlangan, o'ziga xos narx o'zgarish patternini aniqlashdir. Strategiya — bu narx sxemasi doirasida bitimga kirish va chiqish shartlarining (foyda yoki zarar bilan) tavsifi.
Foreksdagi savdo yondashuvlarini grafikni tahlil qilish usuli va bitim davomiyligi bo'yicha shartli ravishda ajratish mumkin.
Tahlil qilish usuli bo'yicha:
- narxlar harakati(price-action) strategiyalari;
- kanalli(narxlar koridori) treyding strategiyalari;
- trendli savdo strategiyalari.
Bitimda bo'lgan vaqt bo'yicha:
- pozitsiyali treyding;
- kunlik(intraday) treyding;
- skalping;
- sving-treyding.
Bundan tashqari, hech qanday toifaga kirmaydigan savdo strategiyalarining variantlari ham mavjud — bu kerri-treyd, marjinal va avtomatik strategiyalaridir.
1. Price-action strategiyalari
Klassik narx harakati(Price Action) strategiyasi ma'lum shakldagi bitta yoki bir nechta narx shamlariga asoslanadi. Har bir Price Action modeli tanlangan vaqt oralig'ida ma'lum narxlarda xaridor va sotuvchilarning xatti-harakatlarini namoyish etadi.
Mashhur price action modellari — "PIN-bar" va "yutib yuborish" — joriy trendga qarama-qarshi yo'nalishda bitimlar hajmini oshirish orqali narxlarning potentsial o'zgarishini ko'rsatadi.
2. Kanalli treyding strategiyasi
Kanalli savdo strategiyalari narxlarning to'lqinli harakatiga asoslangan. Narx kanalining pastki chegarasi narxning chuqurliklariga asoslanib, yuqori chegarasi esa narx cho'qqilari asosida tuzilgan.
Kanal yuqoriga yo'naltirilgan yoki pastga yo'naltirilgan bo'lishi mumkin.
Kanal chegarasidan qaytgan vaqtda ham, uni teshib o'tganidan keyingi vaqtda ham, xuddi shu yo'nalishda harakatlanishini hisobga olgan holda, Foreks bitimlari ochish mumkin.
3. Trendli savdo strategiyalari
Foreks trend strategiyalarida bozor holatini belgilaydigan ko'rsatkichlar qo'llaniladi.
Agar ko'rsatkichlar to'plami ko'tarilish trendining boshlanishini ko'rsatsa, sotib olish uchun bitim ochiladi, agar pasayish trendining boshlanishini ko'rsatsa, sotish uchun bitim ochiladi.
Agar indikatorlar Foreks bozorida flet holatini ko'rsatsa, bozorga kirish signallari yo'qligini anglatadi.
Yaxshi volatillikga ega instrumentlar bilan savdo qilishda, trend strategiyalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
4. Pozitsion savdo strategiyasi
Pozitsion savdo strategiyasi uzoq muddatli Foreks bitimlarini tuzishni anglatadi, shuning uchun ish katta taymfreymlarda amalga oshiriladi — D1 va undan yuqori. Pozitsion treyderlar, odatda, texnik va fundamental tahlilni birlashtirigan holda savdo strategiyasini olib boradilar. Taxminiy bitimlar soni — yiliga 10 tagacha borishi mumkin. Pozitsiyalar uzoq muddatli trend asosida ochiladi. Flat chegaralari o'rtasida qilingan savdo e'tiborga olinmaydi.
5. Bir kunlik(intraday) treyding strategiyasi
Bir kunlik treyding doirasida treyderlar kuniga 5 tagacha bitim tuzadilar. Odatda, pozitsiyalar ma'lum bir vaqtda, ya'ni tanlangan instrument eng likvid va o'zgaruvchan bo'lgan ma'lum bir savdo sessiyasining ishlash davrida ochiladi.
Bitimda bo'lishning o'rtacha vaqti — 1 dan 60 minutgacha.
Kichik teyk-profitlar tufayli kelib chiqqan spred, natijaga sezilarli darajada ta'sir qiladi.
6. Skalping strategiyasi
Ushbu strategiyada treyderning uskunasiga qo'yiladigan muayyan talablar mavjud. Bitimlarning davomiyligi bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha cho'zilishi mumkin. Skalperning diqqati kichik narxlar harakatiga yo'naltirilgan, shuning uchun eng kichik kechikish — Internetning sekin ishlashi yoki yetarlicha kuchli bo'lmagan kompyuter tufayli treyder o'z daromadidan ayrilishi mumkin.
Foreksda Skalping strstegiyasi har qanday savdo sessiyasida, ham yuqori, ham past volatillik holatida ishlatilishi mumkin. Asosiy mezon — bu instrumentnigning spred miqdori kichik bo'lishidir.
7. Sving-treyding strategiyasi
Sving-treydingning asosiy xususiyati shundaki, ochilgan pozitsiyalar ertasi kunga o'tkaziladi. Savdoning o'rtacha vaqti bir kundan bir necha haftagacha yetishi mumkin. Sving-treyderlar pozitsiyaga yanada aniqroq kirish va daromadni ko'paytirish uchun hatto kichik taymfreymlarni ham tahlil qilishlari mumkin.
Ushbu yondashuv doirasida siz deyarli har qanday instrument bilan savdo qilishingiz mumkin, chunki spred foydaning kichik qismini tashkil qiladi.
8. Kerri-treyd strategiyasi
Kerri-treyd (ingl. carry trade) — bu narx yo'nalishiga bog'liq bo'lmagan savdo strategiyasining bir turi. Kerri-treyd strategiyasida ochiq pozitsiyani keyingi kunga o'tkazishdagi svoplar hisobiga foyda olinadi. Mamlakatlar banklarining foiz stavkalari farqidan kelib chiqib, ba'zi valyuta juftliklari uchun svop ijobiy bo'lishi mumkin.
9. Marjali savdo strategiyasi
Marjali savdo strategiyasi — bu bitimni ochish va yopish qoidalari mavjud klassik savdo yondashuvi emas. Bu Foreks savdosida kredit yelkasidan foydalanishning umumiy tushunchasidir.
Foreks bozoridagi strategiyalarning aksariyati marjinallikni anglatadi, chunki valyuta juftliklarining narx o'zgarishi juda kichik-agar siz faqat o'z mablag'ingiz bilan savdo qilsangiz, foyda kam bo'ladi.
10. Avtomatik strategiyalar
Avtomatik Foreks strategiyalari (algotrading) — bu "savdo robotlari" dan foydalangan holda, treyderning ishtirokisiz mustaqil ravishda savdo qiladigan maxsus dasturlardir. "Savdo roboti" tushunchasi — sun'iy intellekt yordamida savdoni anglatmaydi, chunki bitimlarni ochish va yopish qarorlari o'rnatilgan algoritm yordamida amalga oshiriladi.
Avtomatik strategiyalar, ko'pincha, flet(flat) trendi bo'yicha savdoga asoslangan va past volatillik davrida keng qo'llaniladi.
Foreks savdosi uchun eng yaxshi vaqt
Foreks savdosi uchun qulay vaqt qaysi valyuta juftligi bilan savdo qilishni rejalashtirganingizga qarab tanlanishi kerak. Asosiy valyuta juftliklari uchun maqbul vaqt Yevropa, Amerika va Osiyo moliya institutlarining ish davri. Osiyo valyutalari savdosidagi faollikning o'sishi Tokio va Singapur fond birjalarining ish davriga to'g'ri keladi.
Foreks bozorida savdo sessiyalari
Foreks bozorining savdo soatlari to'rtta savdo sessiyalariga bog’liq:
- Tinch okeani (22:00-06:00 UTC/GMT 0);
- Osiyo (24:00-08:00 UTC/GMT 0);
- Yevropa (08:00-16:00 UTC/GMT 0);
- Amerika (13:00-21:00 UTC/GMT 0).
Tokio sessiyasi
Foreksda Osiyo yoki Tokio savdo sessiyasining ishlashi ushbu vaqt zonasidagi uchta eng yirik birjalarini ish bilan ta'minlaydi: HKE HONG KONG, SSE SHANGHAI va TSE TOKYO.
Ushbu sessiya davomida JPY, SGD, CNY valyuta birliklari bilan faol savdo qilinadi. Ushbu soatlarda asosiy valyuta juftliklari past o'zgaruvchanlikni ko'rsatadi.
London savdo sessiyasi
Yevropa yoki London Foreks savdo sessiyasi LSE LONDON, SIX ZURICH, FWB FRANKFURT va JSE JOHANNESBURG birjalari bilan bog'liqdir.
Ushbu savdo sessiyasida Foreksdagi asosiy valyuta juftliklari ko'pincha Osiyo sessiyasiga nisbatan keskin o'zgaruvchanlikni ko'rsatadi. EUR, GBP, CHF kabi valyutalar bilan savdo faolligi oshadi.
Nyu-York sessiyasi
Foreksning Amerika yoki Nyu-York savdo sessiyasi Yevropanikidan keyin darhol boshlanadi, natijada asosiy valyuta juftliklarining volatilligi yuqori bo'lgan holicha qoladi.
Uning ishi ikkita Amerika birjasi va bitta Kanada birjasi tomonidan ta'minlanadi: CHX CHICAGO, NYSE NEW YORK и TSX TORONTO.
Amerika sessiyasi davrida USD va CAD juftliklari bilan eng faol savdo qilinadi.
Sidney savdo sessiyasi
Tinch okeani yoki Sidney savdo sessiyasining ishlashi ushbu vaqt zonasidagi ikkita eng yirik birjalar tomonidan ta'minlanadi: NZX WELLINGTON, и ASX SYDNEY.
Ushbu davrda asosiy valyuta juftliklarining o'zgaruvchanligi minimal bo'ladi; AUD va NZD juftliklari faol savdo qilinadi.
Foreks savdosi uchun eng qulay vaqt
Likvidlik va foyda potentsiali bo'yicha, Foreksda asosiy valyuta juftliklari bilan kunduzgi savdoni amalga oshirish uchun eng yaxshi vaqt — bu Yevropa va Amerika sessiyalarining ish davrlaridir.
Biroq, Foreks savdosining yuqori volatillik davrlari hammaga ham mos kelavermaydi. Agar treyder flet davrlarida yoki past volatillik davrida yaxshi savdo qilsa, Osiyo yoki Tinch okeani sessiyalariga diqqat bilan qarash va ushbu davrlarda faol savdo qiladigan valyutalarni tanlagani afzaldir.
Muayyan valyutaning likvidligi joriy sessiyaga bog'liqdir. Masalan, Yevropa valyutalari — EUR, GBP, CHF — Yevropa sessiyasi davrida eng likvid hisoblanadi, chunki bu vaqtda Yevropa moliyaviy markazlari ochiq bo'ladi. Dollar — USD, CAD valyutalari esa Amerika sessiyalari davrida. Osiyo sessiyasi davrida JPY va SGDning likvidligi oshadi; NZD va AUD — Tinch okeani sessiyalarida.
Foreks savdosi uchun eng yaxshi kunlar
Mening fikrimcha, narx harakatlari tabiatidagi farqlar hafta kunlariga nisbatan minimaldir. Chorshanba uchun dushanba va seshanba kunlariga nisbatan o'zgaruvchanlikning biroz pasayishi kuzatiladi. Juma kunida esa — narx harakatlarining ko'proq "flet" tabiatini kuzatish mumkin. Shuning uchun, trend bo'yicha Foreks savdosi uchun eng yaxshi kunlar — bu dushanba, seshanba va payshanba; flet yoki past volatillik davrida — chorshanba va juma kunlari.
Foreksda savdo qilish sabablari
Foreksda hisob ochish uchun brokerning platformasida ro'yxatdan o'tish kifoya. Foreks brokerlari 0,01 lotdan minimal hajmlarda savdo qilish va 1:1000 gacha bo'lgan kredit yelkalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuning uchun, 50 $ depozit bilan ham, ba'zi instrumentlar bo'yicha qulay tarzda savdo qilish mumkin. Foreks savdosi 24/5 rejimida amalga oshiriladi, shuning uchun treyder ma'lum bir birjaning ish davrlariga bog'liq emas.
Foreks va aksiyalar bozori o'rtasidagi farq
Agar biz "aksiyalar savdosi va Foreks savdosi" ni taqqoslasak, u holda valyuta bozori likvidlik, hisob ochishning qulayligi va savdo davomiyligi bo'yicha g'alaba qozonadi. Qimmatli qog'ozlar bozori mashhur instrumentlar soni, spred hajmi va savdolarning shaffofligi jihatidan kuchliroq bo'lib chiqadi.
Foreks likvidligi barcha jahon birjalarining likvidligidan yuqoriroqdir. Foreksda hisob ochish faqat brokerning platformasida ro'yxatdan o'tishni talab qiladi, aksiyalar savdosiga kirish uchun esa hujjatlar to'plamini taqdim etishingiz kerak bo'ladi.
Foreks savdolari kuniga 24 soat davom etadi. Aksiyalar savdosi esa birjaning ish vaqti bilan cheklangan. Jahon fond birjalarida bir necha ming kompaniyalarning aksiyalari sotiladi, dunyoda valyutalar soni esa sezilarli darajada kamroq.
Ba'zi likvid aksiyalarda spred hajmi nolga teng bo'lishi mumkin, Foreks valyuta bozorida esa bunday holat ehtimoldan yiroq.
Savdo shaffofligining afzalligi Foreks bozorining markazlashmaganligi va birjalarning aksincha markazlashganligi bilan bog'liqdir — savdo hajmi to'g'risidagi barcha ma'lumotlar ommaga ochiq ravishda taqdim etilgan.
Foreks va fond bozori o'rtasidagi farq
Foreks valyuta bozori va fond bozori o'rtasidagi asosiy farq — bu savdo instrumentlari to'plamidir. Foreksda — bu valyuta juftliklari, fond bozorida esa — aksiyalar va fyuchers, optsion, ETF va shunga o'xshash turli xil derivativlardir.
Fond bozoridan farqli o'laroq, Foreks bozorida savdo kuniga 24 soat davom etadi, chunki bir savdo sessiyasi boshqasiga o'tadi. Shu bilan birga, ikkala bozor ham shanba va yakshanba kunlari "dam olishadi".
Fond bozori 1/10 gacha bo'lgan kichikroq kredit yelkasini taqdim etadi, ammo aksiyalar, fyucherslar va boshqa instrumentlarning o'zgaruvchanligi valyuta juftliklariga qaraganda yuqori. Shuning uchun bu yerda katta hajmli kredit ko'magi talab ham qilinmaydi.
Shuningdek, markazlashtirilgan fond bozorida, foreksdan farqli o'laroq, savdo hajmi haqida ma'lumotlar mavjud.
Foreksda savdo qilishning afzalliklari
Foreksda savdo qilishning asosiy afzalliklari:
- kunning istalgan vaqtida savdo qilish mumkin;
- savdo hisobini ochish juda oson;
- yuqori likvidlik;
- kredit yelkasi mavjud;
- demo hisobida mashq qilish imkoniyati;
- kichik depozit bilan ham savdo qilish mumkinligi;
- savdo instrumentlarinin keng tanlovi: valyuta juftliklari, kriptovalyutalar, indekslar, aksiyalar va xom ashyo tovarlari bo'yicha CFD;
- kun davomidagi yuqori va past volatillik davrlari, turli xil savdo usullari va strategiyalarini amalga oshirishga imkon beradi;
- Foreks brokerlarining boy tahliliy arsenali: turli xil aktivlar bo'yicha prognozlar, iqtisodiy yangiliklar taqvimi, savdo signallari, boshqa treyderlarning bitimlarini tahlil qilish imkoniyati.
Foreks bozorida sun'iy talab yoki taklifni yaratish imkonsiz, chunki savdo hajmlari juda katta. Ba'zi brokerlar boshqa treyderlarning bitimlarini nusxalash xizmatini taqdim etadilar, shuningdek siz o'zingizning bitimlaringizni nusxalash uchun taqdim etishingiz ham mumkin.
Rentabellikning ravon dinamikasi kuzatilganda, bu investorlarning mablag'lari hisobidan depozitni ko'paytirishga imkon beradi.
Foreks bozorining imkoniyatlari va risklari
Foreks savdosining imkoniyatlari va risklarini har tomonlama baholash kerak:
Imkoniyatlar | Risklar |
Kredit yelkada foydalanish | Ishqibozlikning qaror qabul qilishga ta'siri |
Spredning kengaymaganligi va qisqa muddatli savdo qilish imkoniyati | “Sirpanishlar”(ing. slippage) va rekvotlar(ing. re-quote) |
Depozitni bir necha barobar oshirish imkoniyati | Depozitni yo’qotish xavfi |
O'quv va tahliliy materiallardan bepul foydalanish imkoniyati | Analitik prognozlarning aniqligi 100% emasligi |
Risklar ta’sirini ko’rib chiqamiz
- Ishqibozlik hissiga ko'paytirilgan "borini tikib" savdo qilish imkoniyati. Yangi boshlagan Foreks treyderi ichki istaklar, instinktlar va his-tuyg'ularning savdo jarayoniga ta'siri darajasini anglay olmaydi, chunki u hali bunga duch kelmagan. "Hissiy" qarorlar qabul qilish xavfi birinchi o'rinda turadi va uni boshqarish qiyin. Agar iloji boricha tezroq daromad olish uchun risk-menejment qoidalariga rioya qilinmasa, kredit yelkasi treyder uchun kamchilikka aylanishi mumkin. Boshqa tomondan, kredit ko'magi — bu minimal depozit qiymatini tushurishga imkon beradigan foydali vositadir.
- "Sirpanish" va rekvot paydo bo'lishi xavfi, ya'ni orderlar oldindan belgilangan narxda ishlamasligi mumkin. Bu instrumentning past va yuqori likvidlik davrlarining bir-biri bilan almashinishi bilan bog'liq. Ushbu xavfni iqtisodiy taqvim yordamida oldini olish mumkin: muhim yangiliklar chiqishi arafasida bitimlar amalga oshirmaganingiz yaxshiroq. Yuqori likvidlik davrida Foreks treyderi hatto skalper strategiyasi bo'yicha savdo qilish imkoniyatiga ham ega -ba'zi turdagi hisoblarda spred qiymati mos keladi.
- Depozitni yo'qotish xavfi, asosan, risk-menejment qoidalariga amal qilinmaganligi yoki demo-hisobdan real hisobga muddatidan oldin o'tishlik bilan bog'liq. Demo natijasi "nol atrofida" yoki "kichik plyus"bo'lmaguncha, haqiqiy hisobda savdo qilish tavsiya etilmaydi. Aks holda, ruhiyat tayyor emasligi sababli, hissiy qarorlar qabul qilish ehtimoli oshadi. Boshqa tomondan, malakali yondashuv bilan kelganda, treyder o'z depozitini asta-sekin bir necha barobarga oshirishi mumkin.
- Asossiz prognozlar xavfi Foreks narxlari harakatining ehtimoliy tabiatidan kelib chiqadi. Ya'ni, har qanday tahlil turi kelajakdagi kotirovkalarni 100% aniqlay olmaydi. Tahliliy prognozlar haqiqiy ma'lumotlarga mos kelishiga kafolat berolmaydi, ammo savdo instrumenti bilan bog'liq hozirgi makroiqtisodiy vaziyat haqida umumiy ma'lumot berishi mumkin.
Foreks treyderi har doim to’laligicha aniq bo'lmagan sharoitlarda harakat qiladi, shu sababli nazorat qilishning ilojisi bor risklarni kamaytirish juda muhim ahamiyatga egadir.
Foreks bozorida savdo qilishga oid FAQ savollar
Har qanday moliya bozoridagi bitimlar risk bilan chambarchas bog'liqdir va Foreks bozori ham bundan mustasno emas. "Stop-loss" himoya orderlaridan foydalanish, “har bir bitim uchun 1% dan ko'p bo'lmagan depozit” qoidasi va boshqa risklarni boshqarish qoidalariga rioya qilish, Foreks savdosini iloji boricha xavfsiz qiladi.
Ha. Foreks bir necha sabablarga ko'ra yangi boshlagan treyderlar uchun juda mosdir: ro'yxatdan o'tish va savdo hisobini ochish oson, haqiqiy pul mablag'larini kiritmagan holda demo hisobida savdo qilish imkoniyati mavjud, minimal depozit miqdoriga bo'lgan talablar pastroq. Shu bilan birga, Foreks brokerlariga mashhur valyuta juftliklarining kotirovkalariga, shuningdek indekslar, aktsiyalar va tovarlar bo'yicha CFD-larga kirish huquqini beradi.
Xarid qilish yoki sotish bo'yicha bitimlar tuzish orqali. Foreks treyderlari kelajakda uning qiymatini oshirish uchun aktivni sotib olishga yoki agar uning narxi pasayishi taxmin qilinsa, uni sotishga harakat qilishadi. Agar prognoz to'g'ri chiqsa, treyder foyda ko'radi, ya'ni aktivni sotib olish narxi va uni sotish narxi o'rtasidagi ijobiy farq unga daromad keltiradi (uzoq muddatli bitim misolida).
Ha. Moliya bozorlarida sotiladigan aktivlarning narxi o'sishda va pasayishda davom etmoqda. Qolaversa, Foreks brokerlari uchun ishlash sharoitlari yaxshilanmoqda: spred hajmi kamaymoqda, savdo instrumentlari soni ko'paymoqda va likvidlik provayderlari bilan aloqa tobora barqarorlashmoqda.
Agar siz Foreks savdosiga qimor o'yini sifatida qarasangiz — HA bu juda xavfli. Brokerlar treyderlarga kredit ko'magini beradi, bu orqali treyder bitta savdo sessiyasida o'z depozitining 100 foizini yo'qotish xavfi ostiga qo'yishi mumkin. risk-menejmentining oddiy qoidalariga rioya qilgan holda ishlasangiz, bunday ssenariyni rivojlanish imkoni yo'q.
Maqsadlar bozor ishtirokchisiga bog'liqdir. Xususiy treyder uchun bu tugallangan bitimlar natijalariga ko'ra barqaror foyda olish, tijorat bankining maqsadi esa valyutani sotib olish bo'lishi mumkin va mamlakat markaziy bankining maqsadi valyuta kursini tartibga solish bo'lishi mumkin.
Bu risk-menejment qoidalari va treyderning shaxsiy savdo strategiyasi doirasida Foreks bitimlarini tuzishni anglatadi. Treyder tizimli yondashuvga ega bo'lishi kerak, uning qarorlari taxminlar emas, balki aniq qoidalarga asoslanishi lozim.
Foreks bitimlarini tuzish mexanikasi tezda o'zlashtiriladi. Biroq, o'z savdo strategiyangizni ishlab chiqish va savdo qilishdan daromad olishni boshlash uchun bir necha yillar talab qilinishi mumkin.
Savdoni boshlash uchun hech qancha pul kerak emas, Foreksning demo-hisobida haqiqiy pul kiritmay ham savdo qilish mumkin. Haqiqiy hisobdagi minimal depozit miqdoriga qo'yiladigan talablar savdo instrumentining xususiyatlariga — 1 punktning qiymatiga, marja talablariga, kredit yelka mavjudligiga va rejalashtirilgan bitim hajmiga bog'liq.
Ha. O'qish uchun narxlar jadvali va moliya bozorlarida orderlarni ochish bo'yicha boshlang'ich bilimlar talab qilinadi. Qolganlari amaliy tajriba bilan o'zlashtiriladi.
Ha, Foreks bitimini ochishda uning ijobiy va salbiy natijalari ehtimoli bor bo'lib, narx istalgan vaqtda o'z yo'nalishini o'zgartirishi mumkin.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.