Narxlar dinamikasining muqobil aks ettirilishi bozor tendentsiyalarining o'zgarishini o'z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun tajribali treyderlar faqat yapon shamlaridan foydalanish bilan cheklanib qolmaydilar, balki qo'shimcha instrumentlardan ham foydalanadilar.
Ulardan biri - chiziqli uzilish grafigidir. Uning yordamida siz hozirgi trendning o'zgarishini aniqlashingiz va unga mos ravishda foyda keltiradigan bitimni ochishingiz mumkin. Chiziqli uzilish grafigi nimani ko'rsatishi va uning savdoda qanday ishlatilishi haqida – ushbu materialda o'qing.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Ushbu chartni tahlil qilish murakkabligiga qaramay, uning mohiyati juda sodda. Chiziqli buzilish grafigida faqat tanlangan taumfreymda so'nggi uchta yopilish darajasini buzib o'tuvchi narx harakatlari aks ettiriladi.
Uch darajali qiymat sukut bo'yicha o'rnatilgan bo'ladi, lekin Renko grafigi blokining hajmiga o'xshash tarzda u ham sozlanishi mumkin. Shu tarzda indikatorning bozor tebranishlariga sezgirligini sozlab olish mumkin.
Afsuski, men daraja turini o'zgartirish imkoniyatini topa olmadim. Mening fikrimcha, yopilish darajalari emas, balki maksimum yoki minimum darajalarining buzilishini aks ettirish ancha qiziqroq bo'lar edi, chunki aynan shunday harakatlar oxir-oqibat trend yo'nalishi bo'yicha signal beradi. Shuning uchun, men kimdir fikrimni eshitib, shunday indikatorni kashf etishiga chin dildan umid qilaman ;)).
Grafikning tuzilishi
Yuqorida biz haftalik taymfreymda ikkita grafikni ko'ramiz. Chap tomonda – shamli grafik, o'ng tomonda esa – chiziqli buzilish grafigi.
Ko'rib chiqilayotgan maydon yashil oval bilan belgilangan. 16-iyul kuni oldingi uchta shamning yopilish darajalarini buzib o'tgan uzun buqa shami paydo bo'lgan (raqamlar bilan belgilangan). Demak, chiziqli uzilish grafigida buqa shami paydo bo'lgan. Bu holda, bunday barning maksimumi yapon shamining maksimumi bilan emas, balki uning yopilish darajasi bilan to'g'ri keladi.
Taxmin qilganingizdek, chiziqli uzilish grafigidagi barning ochilish darajasi har doim oldindagi shamning yopilish darajasi bo'ladi.
Ushbu indikatorning o'zi o'ta sodda signallarni beradi:
Sotib olish uchun signal - uchta ayiq shamidan keyin buqa shami paydo bo'lishi;
Sotish uchun signal - uchta buqa shamidan keyin ayiq shami paydo bo'lishi.
Bu yerda shunga e'tibor qilish joizki, chiziqli uzilish grafikining aksariyat foydalanuvchilari qat'iy trendni tasdiqlaydigan qo'shimcha sham paydo bo'lganidan keyin kutib turishni taklif qilishadi. Shuning uchun, agar bu shart bajarilmasa va ayiq shamlari buqa shamlariga aylanib borsa, bozorga kirmaganingiz yaxshiroq.
Ma'lumki, yaponlar o'zlarining patternlariga nom berishni yoqtiradilar va bu holat ham bundan istisno bo'lmadi.
Aniq ko'rinishi uchun men chiziqli uzilish grafigida buqa patternini ko'rsatib o'tdim.
Qizil doira bilan uchta ayiq shamini belgiladim - yaponlar ularni "boshmoq" deb atashadi. Sariq doira bilan "boshmoqlar" dan keyin kelgan buqa shami belgilangan, u "kostyum" deb nomlanadi. Yashil doiradagi sham tasdiqlovchi hisoblanib, u "bo'yin" deb nomlanadi.
Yaponlarning ta'kidlashicha, "bozor ayiq boshmoqlarini kiyib, buqa kostyumida bo'ynini ko'rsatganida" sotuv bo'yicha bitim ochish kerak, ya'ni, bozor to'liq buqa yoki ayiq kostyumini kiyganida.))
Shu bilan birga, "kostyum" uzunligiga e'tibor berish kerak: agar u juda katta bo'lmasa, unda soxta uzilish ehtimoli katta. Aynan shu narsa birinchi holatda, ya'ni, "kostyum" ning uzunligi juda qisqa bo'lgan holatda sodir bo'ldi.
Yuqoridagi grafikda – bozor "ayiq kostyumi"ni kiyganida sotish signaliga ("buqa"nikiga o'xshash) misol keltirilgan.
Umuman olganda, ushbu patternning bitta katta kamchiligi bor: bozor o'zining "bo'ynini" ko'rsatgunicha, asosiy trendning kamida yarmi o'tib ketishi mumkin. Ushbu kechikishni kamaytirish uchun siz buzilish darajalarining sonini kamaytirishingiz mumkin. Ammo men tajriba sifatida qo'shimcha ravishda MACD va harakatlanuvchi o'rtacha qiymatlardan foydalanishni taklif qilaman.
To'rt soatlik taymfreymda chiziqli uzilish grafigi signalni biroz kechikish bilan ko'rsatadi. Biroq, yonmacha harakat holatida (qizil oval bilan belgilangan), bu indikator ko'plab soxta signallar beradi va samarasiz bo'lib qoladi. Ammo MACD-ga tan berish mumkin: chiziqli uzilish grafigida indikator volatillikning oshganini ko'rsatmaydi, ammo yapon shamlari grafiki haqida bunday emas.
Ushbu indikatorni batafsil o'rganish uchun biz uni haqiqiy savdoda sinab ko'ramiz.
Chiziqli uzilish grafikining amalda qo'llanilishi
Men MACD va harakatlanuvchi o'rtachalar indikatorlari bilan birgalikda chiziqli uzilish grafigini sinab ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Eksperimentning to'liqligi uchun Renko va yapon shamlarining grafiklari ham qo'shimcha ravishda ishlatilgan.
Grafik sozlamalarining uchta darajasidan foydalangandagina chiziqli uzilish grafigi uchun eng maqbul natijani olishga muvaffaq bo'ldim.
Ikki darajadan foydalanganda, grafik juda ko'p soxta signallarni beradi va asosiy funktsiyasini bajarishni to'xtatadi – bozor shovqinini olib tashlash funksiyasi.
To'rt daraja yoki undan ko'proqdan foydalanilganda, chiziqli uzilish grafigi, signallarni narx harakatining asosiy qismi o'tib ketganda, yuqoriroq kechikish bilan ko'rsatishni boshladi.
Chiziqli uzilish grafigi narx harakatlariga Renko grafigiga qaraganda sezgirroq. Bu ham plyus, ham minus bo'lishi mumkin: bir tomondan, biz signalni tezroq olishimiz mumkin, ammo uning soxta signal bo'lish ehtimoli bor.
Yuqoridagi grafikda biz chiziqli uzilish grafigi (markazdagi) ikkita soxta qayrilish patternlarini (doiralar bilan belgilangan) aks ettirganini ko'ramiz, ammo narx o'sishda davom etdi.
Signallarni qo'shimcha filtrlash uchun MACD indikatoridan foydalangan yaxshiroq. Bundan tashqari, markaziy grafikda chiziqli uzilish grafikining MACD chizig'idagi qayrilish signali, huddi o'sha Renko indikatoriga qaraganda bir necha kunga ertaroq qayrilish signalini berganini kuzatish mumkin.
Xulosa
Chiziqli uzilish grafigi, shubhasiz, trendning qayrilishini tasdiqlash uchun xizmat qilishi mumkin. Renko grafigi singari, ushbu chart qisqa vaqt ichida kichik volatillik bilan bog'liq bozor shovqinlarini filtrlashga qodir. Biroq, keng koridorli cho'zilib ketgan flet bo'lganida, soxta signallarni olish xavfi mavjud. Shuningdek, men uzilish paytida yopilish darajasini hisobga olishni noto'g'ri deb bilaman - texnik tahlil nuqtai nazaridan, uzilishlardagi eng muhim darajalar - bu minimum va maksimum darajalari hisoblanadi (trendning turiga qarab).
Chiziqli uzilish grafigi bo'yicha FAQ
Chiziqli uzilish grafigi - bu faqat narx ma'lum bir taymfreymda oxirgi uchta yopilish darajasini buzib o'tgandagina, kotirovkalar harakatini ko'rsatadigan grafik turidir. Shu tarzda, bozor shovqini tekislanadi va treyderlar yangi trendning boshlanishini aniqlashlari mumkin.
Global trendlarni, asosiy tayanch va qarshilik darajalarini aniqlashda, masalan, kunlik savdoda, yirik taymfreymlardan foydalangan yaxshiroq. Qisqa muddatli savdoda esa H1 taymfreymidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Chiziqli uzilish grafigi bilan bir qatorda, tajribali treyderlar ko'pincha MACD va harakatlanuvchi o'rtacha qiymatlardan foydalanadilar. Odatda, chiziqli uzilish grafigi, kechiktirilgan signallarni beradi va qo'shimcha indikatorlar yordamida kechikishni kamaytirish va o'z vaqtida manfaatli bitimni ochish mumkin.
Agar uchta ayiq shamidan keyin chiziqli uzilish grafigida buqa shami paydo bo'lsa, uzun pozitsiyani ochsangiz bo'ladi. Agarda uchta buqa shamidan keyin ayiq shamlari paydo bo'lsa - sotish pozitsiyasini ochganingiz ma'qul. Soxta signallarni olib tashlash uchun chiziqli uzilish grafigi bilan birgalikda yapon shamli grafigi, shuningdek, MACD indikatorlari va harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkichlar ishlatiladi.
Chiziqli uzilish grafigi MetaTrader 4 texnik instrumantlari to'plamiga standart ravishda kiritilmagan, ammo uni [MQL5.com] rasmiy veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin. Sozlamalarda sukut bo'yicha belgilangan taymfreymda uchta yopilish darajasiga teng qiymat o'rnatilgan, ammo bozor shovqiniga sezgirlikni sozlash uchun uni o'zgartirsa bo’ladi.
Chiziqli uzilish grafigidagi barlar, narx treyder tomonidan belgilangan taymfreymda so'nggi uchta yopilish darajasini buzib o'tganda, ya'ni trendning o'zgarishi haqida signal berganda hosil bo'ladi. Agar uchta pasayuvchi shamdan keyin, yuksaluvchi sham paydo bo'lsa, bu sotib olish bo'yicha bitimni ochish uchun signaldir. Va aksincha: agar uchta buqa shamidan keyin ayiq shamlari paydo bo'lsa, unda siz qisqa pozitsiyani ochishingiz mumkin.
Chiziqli uzilish grafigidagi barlar, narx belgilangan taymfreymda oxirgi uchta yopilish darajasidan yuqori yoki pastroq (trendga qarab) o'rnatilganda shakllanadi. Shu tarzda, trendning qayrilishini yoki uning barqaror davom etishini aniqlash mumkin.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.