Bugungi kunda har kim istalgan kompaniyaning aksiyalarini bir necha soniyada sotib olishi mumkin. Lekin bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘nlab kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish va alohida korxona aktivlari narxining tushishi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirishning iloji bormi?
Fond indekslari aynan shu maqsadda yaratilgan bo‘lib, ular muayyan belgi yordamida birlashgan kompaniyalar klasterlariga va hatto butun tarmoqlarga sarmoya kiritish imkonini beradi. Ushbu maqolada biz kotirovka indekslari, ularning ishlash tamoyillari, LiteFinance’da savdo qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, daromadli savdo strategiyalarini batafsil ko‘rib chiqamiz!
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Fond indekslari nima?
Fond indeksi (birja indeksi) – tanlangan savdo instrumentlari guruhi qiymatining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich. Indeks umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan muayyan aksiyalar portfeli narxlarining o‘rtacha qiymatini aks ettiradi.
Indekslar turli formulalar asosida hisoblanadi. Bu oddiy o‘rtacha arifmetik yoki vaznli qiymat, ya’ni aksiyalarning o'lchangan o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘lishi mumkin. Formulalarni yodlash va ularning mohiyatini chuqur o‘rganish shart emas – indekslar bilan savdo qilishda ularning qiymati avtomatik tarzda hisoblanadi.
Asosiy fond indekslariga misollar
Deyarli har bir muayyan bozorda indeks fondiga investitsiya kiritish imkoniyati mavjud. Quyida bozor kapitallashuvi eng yuqori bo‘lgan indekslar haqida so‘z yuritamiz.
Dow Jones
Birja indekslari savdosining keng tarqalishi ko‘p jihatdan Dou Jons (Dow Jones) kabi indekslarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu mavjud fond indekslarining eng qadimgisi bo‘lib, unga AQShning eng yuqori kapitallashuvga ega 30 ta kompaniyasining aksiyalari kiradi.
Dastlab Dow Jones Amerika sanoatining rivojlanishini aks ettirgan bo‘lsa, AQShda IT sektori va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishi bilan u sanoatga bevosita sarmoya kiritish bilan bog‘liqligini yo‘qotdi. Hozirda unga 3M, American Express, Amgen, Apple, Boeing, Caterpillar va boshqa kompaniyalar kiradi.
Dou Jonsning tarkibiy qismlari Nyu-York fond birjasi (NYSE) yoki Nasdaq fond birjasida savdo qilinadi. Shu sababli, treyding uchun eng qulay vaqt bu ikki birjaning dushanbadan jumagacha bo‘lgan ish soatlari, ya’ni 09:30 dan 16:00 gacha (Sharqiy standart vaqti bo‘yicha).
S&P 500
Ushbu indeks AQShning eng yuqori kapitallashuvga ega bo‘lgan 500 ta ommaviy kompaniyasining aksiyalarini o‘z ichiga oladi. S&P 500 kapitallashuv bo‘yicha o’lchangan indeks hisoblanib, hisob-kitob indeksga kiritilgan korxonalarning bozor kapitallashuvining o‘rtacha o'lchangan qiymatiga asoslanadi.
S&P 500 yuqori qiymatga ega bo‘lganligi sababli, treyderlar shartnomalarni faqat katta kredit yelkasi yoki jiddiy depozit bilan sotib olishlari mumkin. Indeks NYSE, Nasdaq va CBOE (Chikago birjasi) bozorlarida savdoga qo‘yiladi. Birjalar yopilgandan keyin ham savdo qilish imkoniyati bor, biroq bu holda spekulyativ likvidlilik sezilarli darajada pasayadi.
Shuningdek, ETFlar bilan savdo qilish imkoniyati ham mavjud – bu original o‘lchangan kapitallashuv indeksi harakatini to‘liq takrorlaydigan, ammo narxi pastroq bo‘lgan derivativ instrumentdir.
NASDAQ
NASDAQ’ning uchta indeksi mavjud:
- NASDAQ: Composite – ularning eng mashhuri bo‘lib, 2500 dan ortiq qimmatli qog‘ozlarni o‘z ichiga oladi;
- NASDAQ 100 – yuqori texnologiyalar sohasidagi 100 ta eng yirik kompaniyaning bozor kapitallashuviga asoslangan o'lchangan indeks;
- NASDAQ Biotechnology – eng yirik biotexnologiya va farmatsevtika kompaniyalari indeksi.
Nasdaq qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qilish uchun birjaning 9:30 dan 16:00 gacha (GMT-5) bo‘lgan ish vaqti eng qulay hisoblanadi. Fond indeksiga sarmoya kiritishning afzalliklari orasida, birinchi navbatda, unga kiruvchi kompaniyalarning an’anaviy fundamental omillarga kam bog‘liqligini ta’kidlash lozim. Buning o‘rniga NASDAQ kotirovkalariga yuqori texnologiyalar sohasidagi yangiliklar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
FTSE
FTSE 100 – aksiyalari London fond birjasida savdo qilinuvchi TOP-100 eng yirik Buyuk Britaniya kompaniyalarining kapitallavushi bo‘yicha o‘lchangan indeksidir.
Ushbu indeks bilan savdo qilish uchun eng qulay vaqt London birjasining ish soatlari, ya’ni 08:00 dan 16:30 gacha bo’lgan vaqt hisoblanadi. FTSE 100 bilan ishlash uchun turli instrumentlardan foydalanish mumkin: aksiyalar, opsionlar, ETF, CFD va fyucherslar. Treyderlar va investorlar savdo qarorlarini qabul qilishda texnik (ko‘rsatkichlar va grafik patternlar) hamda fundamental tahlil ma’lumotlariga tayanadilar.
FDAX
FDAX 40 (avvalgi nomi FDAX-30) – yana bir Yevropa aksiyalari indeksi bo‘lib, 40 ta eng yirik nemis kompaniyalarining qiymati va ular to‘laydigan dividendlarni hisobga oladi. Bu indeks yaxshi diversifikatsiyalangan va yuqori likvidlikka ega. DAX bilan savdo qilishning eng maqbul vaqti dushanba-juma kunlari soat 09:00 dan 23:00 gacha (Sharqiy Yevropa vaqti bo‘yicha).
ASX200
S&P/ASX200 indeksi Avstraliyaning 200 ta eng yirik kompaniyalari aksiyalarining qiymatlarini vaznli usul yordamida hisoblaydi. ASX200 ham boshqa yirik indekslar kabi yuqori likvidligi bilan ajralib turadi. Savdo vaqti Avstraliya qimmatli qog‘ozlar birjasining ish vaqti bilan cheklangan – soat 10:00 dan 16:00 gacha (GMT+10).
HK50
HK50 (Hong Kong 50) – Gonkong fond birjasining asosiy indeksidir. U dunyodagi eng aniq fond ko‘rsatkichi hisoblanib, 12 xil sohada faoliyat yuritayotgan Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik korxonalarning bozor kapitallashuvi asosida hisoblab vhiqiladi.
Treyderlar orasidagi mashhurlik yuqori spekulyativlik bilan bog‘liq. Savdolarning eng maqbul vaqti soat 9:00 dan 16:00 gacha (GMT+4).
Japan225
Japan 225, ko‘proq Nikkei 225 yoki "The Nikkei" nomi bilan tanilgan, Yaponiyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. U Tokio fond birjasida savdo qilinadigan 225 ta yirik korxona aksiyalarining narxi asosida hisoblab chiqiladi. Tajribali treyderlar ta’kidlashicha, Nikkei 225 grafigi deyarli barcha vaqt oralig‘ida Dou Jons bilan juda aniq korrelyatsiyaga ega. Ko‘pincha u Dow Jones harakatlarini bir kunlik kechikish bilan takrorlaydi. Savdo vaqti Tokio fond birjasining ish tartibi bilan belgilanadi – soat 9:00 dan 15:15 gacha (GMT+9).
Fond indeksi qanday hisoblanadi?
Diqqatli mushtariylar allaqachon o‘ylanib qolgan bo‘lsalar kerak: hatto kompaniyalarning bozorlari bir bo’lib, ularning aksiyalari bitta birjada (masalan, Euronext NV) savdo qilinsa ham, ularni indeksga birlashtirish oson emas, misol qilib kompaniyalar tomonidan chiqariladigan aksiyalar soni har xilligini olish mumkin. Agar o‘rtacha arifmetik qiymat bo‘yicha tuzilgan shartli passiv indeksni olsak, bu haqiqatan ham shunday.
Biroq, NYSE, Nasdaq va boshqa birjalarda sotiladigan zamonaviy fond indekslari murakkabroq formulalardan foydalanadi. Odatda uchta klassik metodika farqlanadi:
- o’lchangan bozor kapitallashuvi;
- o‘rtacha o'lchangan narx;
- teng ravishda o’lchangan indeks.
Yanada rivojlangan Smart Beta yoki aqlli-Beta indekslar ham mavjud. Ularda nafaqat mashhur aksiyalardan portfel tuziladi, balki qimmatli qog‘ozlarning risk va daromadlilik ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi. Baholashning beta-usullari oddiy bozor kapitallashuvi oddiy bozor kapitallashuvi tarozisi o‘rniga muqobil, narxga bog‘liq bo‘lmagan parametrlardan foydalanadi: kotirovkalarning volatilligi, foyda va dividendlar darajasi, pul oqimlari.
O’lchangan bozor kapitallashuvi
Bozor kapitallashuvi bo‘yicha o'lchangan indekslar alohida komponentlarni ularning umumiy bozor samaradorligi yoki kapitallashuviga (kompaniya chiqargan barcha aksiyalarning umumiy qiymatiga) mos keladigan miqdorlarda o‘z ichiga oladi. Masalan, Fransiyaning CAC 40 indeksi 40 ta komponentni o‘z ichiga oladi, ammo har bir kompaniyaning ta’sir darajasi turlicha. Indeksni hisoblash formulasida bozor kapitallashuvi yuqori bo‘lgan korxonalar ko‘proq og‘irlikka ega bo‘ladi.
O’lchangan bozor narxi
Bunday birja indekslarini hisoblashda kompaniyalar aksiyalarining joriy qiymati, shuningdek, har bir korxonaning og‘irligi hisobga olinadi. Narx bo‘yicha o'lchangan indekslarni hisoblash formulalarida qiymati yuqoriroq bo‘lgan aksiyalar ko‘proq og‘irlikka ega bo‘ladi.
Teng ravishda o’lchangan indeks
Teng ravishda o’lchangan (muvozanatli) indeksda barcha kompaniyalar kapitallashuvidan qat’i nazar, taxminan bir xil vaznga ega bo‘ladi.
Fond indekslari savdosi
Fond indekslari o‘z-o‘zidan aktiv hisoblanmaydi. Shuning uchun treydingda qo‘shimcha vositalar, masalan, fyuchers shartnomalari qo‘llaniladi. Bular faqat hisob-kitob vositalari bo‘lib, energiya resurslari fyucherslari kabi yetkazib berishni nazarda tutmaydi. Shuningdek, ular indeksga kiritilgan kompaniyalarga ulushli egalik huquqini ham bermaydi.
Indekslarga investitsiya qilishning yana bir usuli ETF fondlarining aksiyalarini sotib olishdir. Bunday indeks fondi ommaviy kompaniya bo‘lib, u alohida birja indeksining barcha aksiyalarini sotib oladi va o‘zining qimmatli qog‘ozlarini (paylarini) chiqaradi.
ETF qimmatli qog‘ozlari savdosi oddiy broker orqali nisbatan kichik miqdordagi mablag‘larni kiritib, bitimlar tuzish imkonini beradi. Shuningdek, treyderlar uchun skalpingdan tortib sving-treydinggacha bo‘lgan turli xil usullar mavjud.
MT4 da savdo indekslari
MT4 yoki MT5 platformalarida indekslar savdosini boshlash uchun bir nechta oddiy qadamlarni bajarish kifoya:
1-qadam. Hisob ochish.
Avvalo https://litefinance.uz/ saytida hisobingizni ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing va ko‘rsatmalarga amal qiling. Hisob ochish jarayoni odatda bir necha daqiqa davom etadi.
2-qadam. Depozit kiritish.
LiteFinance shaxsiy kabinetingizga kiring va ekranning chap tomonidagi bar menyusidan "Mablag’lar" bo‘limini tanlang.
"To‘ldirish" bo‘limida to‘lov tizimini tanlaymiz, valyutani, depozit summasini kiritamiz va "Davom etish" tugmasini bosamiz. Minimal to‘ldirish miqdori 10 AQSh dollari. LiteFinance bank o‘tkazmalari, elektron to‘lov tizimlari, shuningdek kriptovalyuta tranzaksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. So‘ngra to‘lovni tasdiqlaymiz va mablag‘larning hisobga o‘tishini kutamiz. Odatda bu jarayon darhol amalga oshiriladi.
3-qadam. Mijoz dasturini yuklaymiz
Asosiy menyudan "MetaTrader" bandini tanlaymiz va ochilgan oynada "Terminalni yuklab olish" tugmasini bosamiz. Keyin MT4 ni o‘rnatamiz va uni savdo hisobiga ulaymiz.
4-qadam. Indekslar bozorini ochish
MetaTrader’ni ishga tushiring va unga savdo hisobingizni ulang. Buning uchun treyder login va parolini kiriting hamda serverni tanlang. Savdo hisobi ochilgandan so‘ng barcha ma’lumotlar elektron pochtangizga yuboriladi. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotlarni LiteFinance veb-saytidagi "MetaTrader" bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Terminal asosiy menyusida "Ko‘rinish" vkladkasini bosing va "Belgilar" bandini tanlang.
Ochilgan oynada mavjud savdo instrumentlari aks ettiriladi. Biroq ularning aksariyati faol emas. Fond indekslari bilan savdo qilish uchun Major Indices vkladkasini ochish va kerakli instrumentlarga ketma-ket bosish lozim. Faollashtirilganda ular kulrangdan sariq rangga o‘zgaradi. Barcha kerakli instrumentlar faollashtirilgandan so‘ng, "Yopish" tugmasini bosib oynani yoping.
Endi indekslar "Bozor sharhi" vkladkasida ko‘rsatiladi va siz ularning har biri bo’yicha narxlar grafiklarini ochishingiz mumkin.
5-qadam. Savdo
Kerakli savdo instrumenti bo’yicha chartni ochish uchun "Bozor sharhi" oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va kontekst menyusidan "Grafik oynasi" bandini tanlang. Xuddi shu menyuda "Yangi order" bandi ham mavjud. Uni bossangiz, kengaytirilgan sozlamali order oynasi paydo bo‘ladi.
Buy va Sell tugmalari pozitsiyalarni zudlik bilan ochish imkonini beradi: Buy tugmasi bosilganda sotib olish uchun bitim, Sell tugmasi bosilganda esa sotish uchun bitim ochiladi. Quyida ko‘proq foyda keltiradigan bitimlar tuzishga yordam beruvchi savdo strategiyalari haqida gapirib o’taman.
Birja indekslari savdosida mashhur strategiyalar
Indekslar savdosi an’anaviy treydingdan deyarli farq qilmaydi – barcha birja instrumentlari grafikda vaqti-vaqti bilan texnik tahlil shakllarini hosil qiladi va asosiy omillarga bo‘ysunadi.
Quyida bir nechta samarali strategiyalarga misollar keltiraman. Bunda tanlangan instrumentlar sotiladigan birjalarning ish vaqtini hisobga olish muhim. Fond indekslari yangiliklar foniga kuchli ta’sirlanadi, shuning uchun birja ishining dastlabki yarim soatida va yopilishidan yarim soat oldin savdo qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ochiq pozitsiyalarni keyingi kunga qoldirishni ham maslahat bermayman.
Patternlar bo‘yicha savdo
Bu strategiya har qanday vaqt oralig‘i va savdo uslublari uchun mos keladi. Uning mohiyati grafik patternlarni topishdan iborat: Bayroq, Vimpel, Bosh va Yelkalar hamda boshqa shakllar. Grafik tahlil elementlari haqida batafsil ma’lumotni "Eng yaxshi Forex patternlari: ularni tushunish va qo‘llashni o‘rganamiz" maqolasidan olishingiz mumkin. Bunday patternning buzib o‘tilishi kirish nuqtasini aniqlashga yordam beradi, narxning asosiy tayanch yoki qarshilik darajalariga erishganligi esa bozordan chiqish uchun signal bo‘lishi mumkin.
FDAX grafigida binafsharang chiziqlar bilan “Ikki jarlik” figurasi belgilangan. Uning cho‘qqisini yorib o‘tgandan so‘ng uzun pozitsiyani ochamiz – grafikda u ko‘k chiziq bilan ko‘rsatilgan. Stop-lossni oxirgi mahalliy minimumdan biroz pastroqqa o‘rnatish va keyinchalik treyling-stopni yoqish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Buqa harakati maqsadi 13900-14100 AQSH dollari atrofidagi kuchli qarshilik zonasi hisoblanadi. Uning pastki chegarasida teyk-profitni o‘rnatamiz – unga erishilganda, pozitsiya avtomatik ravishda foyda bilan yopiladi.
Sinalgan broker bilan savdoni boshlang
Darajalar asosida savdo
Ushbu kunlik strategiyaning mohiyati shundaki, har bir kun oxirida treyder ikkita gorizontal darajani belgilaydi. Tayanch darajasi kunning minimumi bo‘yicha, qarshilik esa maksimum bo‘yicha quriladi.
Bozorga kirish narx darajalardan birini yorib o‘tishi va 15 yoki 30 daqiqalik sham darajadan tashqarida mustahkamlanishi bilanoq amalga oshiriladi. Teyk-profitni o‘rnatish uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
Buzib o’tish narxi – ATR/3 masofasida, BUY orderi uchun "+" va SELL orderi uchun "-".
Stop-loss buzib o’tish shamidan biroz yuqoriroq yoki pastroqda o’rnatiladi va birinchi qulay imkoniyatdayoq yo’qotishlarsiz holatiga o‘tkaziladi.
Taqdim etilgan grafikda 11-aprel kuni minimum 14058 punkt, maksimum esa 14096 punktda shakllangan. Bu yerda binafsha rangli tayanch va qarshilik darajalarini belgilaymiz.
12-aprel kuni soat 4:00 da tayanch darajasidan pastda qizil sham paydo bo‘ldi. Keyingi shamning ochilishida bozorga qisqa pozitsiya bilan kiramiz. Bu paytda ATR taxminan 40 punktga teng edi. Teyk-profit o‘rnatish narxini hisoblab chiqamiz:
40/3=13,3 punkt.
Brokerning punkti 10 tikka teng bo‘lgani uchun, teyk-profitni quyidagi narxda joylashtirish kerak:
14058-13,3*10=13925.
Grafikda u yashil chiziq bilan belgilangan. Stop-loss dastlab uzun qizil buzib o’tish shamidan biroz yuqoriroq o’rnatiladi. Diagrammada u qizil chiziq bilan belgilangan. Grafik pastga tushgandan so‘ng, stop zararsiz holatga o‘tkaziladi. Shuningdek, foydani qayd etish uchun treyling-stopni ham qo’shish mumkin.
Sving treyding
Indekslar bilan kunduzgi savdo qilishning juda oddiy strategiyasi. Unda fundamental ko‘rsatkichlar va ko‘p sonli texnik signallarni qo‘llash kerak emas.
Bozorga kirish uchun indikatorlarning qayrilish signallari ishlatiladi. Masalan, MACD bo’yicha – bu chiziqlarning kesishishi bo‘ladi. Undan chiqish uchun esa – trendning sekinlashish signallari qo‘llaniladi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda tayanch va qarshilik darajalaridan foydalanish mumkin. Strategiyaning mohiyati kun davomida iloji boricha ko‘proq qisqa muddatli bitimlar tuzishdan iborat.
Diagrammada ko‘k doirachalar bilan kirish nuqtalari belgilangan bo‘lib, ular indikator chiziqlarining kesishishi ko‘rinishidagi qayrilish signali bilan birga keladi. Yashil doiralar esa bozordan chiqish nuqtalarini ko‘rsatadi. Bu yerda narxning yo‘naltirilgan harakatini sekinlashtirish belgilari mavjud – MACD gistogrammasining boshqa tomonga qayrilishi yoki uning gorizontal harakati kuzatiladi.
Fond indekslari savdosining afzalliklari va kamchiliklari
Fond indekslari, boshqa treyding instrumentlari singari, ma’lum afzallik va kamchiliklarga ega. Quyidagi jadvalda savdoni boshlashdan oldin e’tiborga olish lozim bo‘lgan kuchli va zaif tomonlarni jamladim.
Afzalliklar | Kamchiliklar |
Hamma foydalanishi mumkin. Hozirda ko‘plab yirik Forex brokerlarida eng yirik indeksli fyucherslarni sotib olish imkoniyati mavjud. Bitimlar tuzishni boshlash uchun katta kapitalga ega bo‘lish shart emas. | Qo‘shimcha xarajatlar. Brokerlar depozitar xizmatlar uchun haq to‘laydilar, bu esa spredlar darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. |
Mahsulotlar diversifikatsiyasi. Alohida kompaniya aksiyalariga sarmoya kiritishda treyder zarar ko‘rishi mumkin bo‘lsa, indekslar savdosida bunday xavflar yo‘q. | Savdo vaqti bo’yicha cheklovlar. Indekslar bilan savdo qilishning optimal vaqti ular joylashtirilgan birjalarning ish vaqtiga mos keladi. |
Likvidlilik. Fond bozorining qimmatli qog‘ozlarini istalgan vaqtda sotib olish yoki sotish mumkin. | Indeks bo‘yicha fyucherslarni sotib olganingizda, siz kompaniyalarning dividend daromadiga da’vo qila olmaysiz va uning aksiyadori hisoblanmaysiz. |
Aktualligi. Fond bozorining obro‘si yuqori bo’lgani tufayli treyderlar ETFga bo‘lgan talabning keskin pasayishiga duchor bo’lishlari ehtimoldan yiroq. Har qalay, yaqin kelajakda bunday bo’lmaydi. | |
Volatillik. Indekslarning harakati, odatda, kompaniya aksiyalari narxining o‘zgarishiga qaraganda ancha texnik va ularni oldindan bashorat qilish mumkin. |
Xulosa
Fond indekslari faqatgina sanoatning yetakchi kompaniyalari yoki butun iqtisodiyot sektorining statistik ko‘rsatkichlari emas. Bugungi kunda bu valyuta juftliklari yoki oddiy aksiyalar kabi to‘laqonli savdo instrumentidir: savdolar tarixini o‘rganish, texnik, fundamental va indikator tahlilini qo‘llash, samarali strategiya ishlab chiqish va mashaqqatli mehnat natijasida munosib foyda olish mumkin!
Indekslar savdosiga oid FAQ
Indekslar – turli xil ko‘rsatkichlar majmui asosida alohida mamlakatdagi u yoki bu tarmoqlarning rivojlanishini aks ettiruvchi indikatorlardir. Ya’ni, indeks umumlashtiruvchi statistik vosita bo‘lib, u bozorga ta’sir etuvchi omillar majmuini hisobga oladi.
Fond indeksi umumiy belgi yoki belgilar guruhi bo‘yicha birlashtirilgan kompaniyalar guruhi aksiyalari qiymatining ma’lum uslubiyat asosida o‘rtacha qiymatga keltirilgan ko‘rsatkichidir. Moliyaviy olamda ular tarmoqlar va butun iqtisodiyotning rivojlanish indikatorlari hisoblanadi.
Indekslar iqtisodiyotning alohida sektori yoki bir nechta sektorlarining rivojlanish dinamikasini baholashda yordam beradi. Hukumatlar ham, oddiy investorlar ham o‘zlarini qiziqtirgan kompaniyalar aksiyalari salohiyatini baholashda ularga tayanadi. Indekslar yordamida bozorning umumiy yo‘nalishini va eng istiqbolli sohalarni aniqlash, shuningdek, alohida kompaniyalar aksiyalarining indeks narxlari bilan o‘zaro bog‘liqligini baholash mumkin.
Bu maqsadlar uchun ko‘pincha bozor kapitallashuvi bo‘yicha o'lchangan indekslar, teng taqsimlangan va o‘rtacha o'lchangan indekslar ishlatiladi. Aytib o‘tilgan turlarning har biri o‘zining hisoblash uslubiga ega bo‘lib, tegishli ravishda, u yoki bu iqtisodiy omillarni aks ettiradi.
Buning uchun LiteFinance’da hisob ochib, uni Metatraderga qo‘shish kerak. So‘ngra "Belgilar" bo‘limida fond indekslarini ko‘rsatishni yoqing, kerakli vositani tanlang va savdoni boshlang.
Hindiston fond birjasi (National Stock Exchange of India Limited, NSE) indeksidagi qimmatli qog‘ozlarni tashqi brokerlardan sotib olish imkoni yo‘q. Biroq, uni birjada investitsiya yoki spekulyatsiya maqsadlarida sotib olish mumkin.
Birja indekslari bilan savdo qilish, boshqa moliyaviy vositalar singari, foyda keltirishiga ham, zarar ko‘rishiga ham olib kelishi mumkin. Foydali bitimlar sonini ko‘paytirish uchun savdo strategiyalari, fundamental va texnik tahlil usullarini o‘rganib chiqing.
Ha. 2019-yilda Uorren Baffet xoldingi S&P 500 qimmatli qog‘ozlarini xarid qildi. Bundan tashqari, mashhur moliyachi bozorning barcha yangi ishtirokchilariga aynan indekslarga mablag‘ kiritishni tavsiya etadi – ularning qiymati o‘zgarishini boshqa ko‘plab moliyaviy vositalar narxidan ko‘ra oldindan aytish osonroq.
Ilgari indekslarga sarmoya kiritish uchun jismoniy birjada qimmatli qog‘ozlarni sotib olish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu jarayon ancha osonlashgan. LiteFinance’da hisob ochib, uni to‘ldirsangiz, eng yirik fond indekslarining ETF’larini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Asosiy uchlikka quyidagilar kiradi:
- Dow Jones – Dow Jones sanoat indeksi bo‘lib, u AQShning eng yuqori kapitallashuvga ega 30 ta kompaniyasini o‘z ichiga oladi.
- S&P 500 – AQShning 500 ta eng yirik kompaniyasini qamrab olgan keng qamrovli indeks.
- NASDAQ: Composite – yana bir Amerika indeksi bo‘lib, unga Nyu-York fond birjasida joylashgan 2500 dan ortiq kompaniya aksiyalari kiradi.
Tajribali treyderlar yangi boshlaganlarga eng yirik indekslarga e’tibor qaratishni maslahat beradi: Dow Jones, S&P 500, NASDAQ. Ular haqida ko‘plab tahliliy ma’lumotlarni topish mumkin. Ushbu indekslar yuqori likvidligi bilan ajralib turadi.

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.























