O‘zingizga ma’lumki, ayni paytda birjalarning 4 ta asosiy turi (fond, tovar, valyuta va kriptovalyuta) mavjud. Shunday qilib, bir necha yil oldin turli moliyaviy aktivlar bilan savdo qilish har bir birjada alohida hisoga ega bo‘lishni talab qilgan, chet el kompaniyalari aksiyalari bilan savdo qilishga esa qonunchilik tufayli umuman imkon bo‘lmagan.

Biroq, ingliz brokerlari CFD shartnomasini ixtiro qilganlaridan so‘ng, har bir kishi brokerlardan birida yagona savdo hisobini ochib, xohlagan joyda va istalgan aktivi bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Buning sababi shundaki, CFD — bu aktivning o‘zi bo’yicha emas, balki narxlar orasidagi farq bo‘yicha tuzilgan bitimdir. Ushbu shartnoma orqali siz faqat shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, to u yakunlangunga qadar bo‘lgan narx farqiga da’vo qilasiz, aktivning o‘ziga esa egalik qilmaysiz.

Bu CFDni fyucherslar yoki opsionlar bilan bog‘liq standart bitimlardan ancha qulayroq, arzonroq va oddiyroq qiladi.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


CFD (narxlar farqi bo‘yicha shartnoma) nima?

CFD shartnomaning izohi quyidagicha:

CFD shartnoma — bu ikki tomon orasida moliyaviy instrumentning kelgusidagi qiymatiga nisbatan tuziladigan bitim turi bo‘lib, unda har ikki tomon savdo pozitsiyasining ochilish narxi va yopilish narxi o‘rtasidagi farqqa teng bo‘lgan summani kelishib olish majburiyatini oladi.

Tushunish oson bo‘lsin uchun biroz o‘zgartirib aytaman. CFD ingliz tilidan tarjima qilinganda "farq bo‘yicha shartnoma" degan ma’noni bildiradi va sotuvchi va xaridor orasida yopilish va ochilish narxlari o‘rtasidagi kelgusi farqdan foyda olish maqsadida tuziladigan shartnoma yoki bitim hisoblanadi. Agar yopilish narxi ochilish narxidan yuqori bo‘lsa, sotuvchi xaridorga farqni to‘laydi, agar yopilish narxi ochilish narxidan past bo‘lsa, xaridor sotuvchiga farqni to‘laydi. CFD hosilaviy moliya instrumenti bo‘lganligi sababli, u farqning o‘zidan tashqari, ushbu farq aniqlanadigan vaqtni ham nazarda tutadi.

Dastlab, CFD’ni o’ylab topishdan maqsad — bu aksiyalar savdosini hammabop qilish edi. Aksiyalar bo‘yicha CFD shartnomalar eng ommabop bo‘lganligi sababli, biz CFD ishlashini ularning misolida ko‘rib chiqamiz.

Aytaylik, siz Boeing Company aksiyalariga 100 ta shartnoma sotib olmoqchisiz. Bir dona aksiyaning narxi 160 dollarni tashkil etadi. Demak, aksiyalarni sotib olish uchun sizga 16 000 dollar kerak bo‘ladi. Ammo aksiyalar bo'yicha CFD sotib olmoqchi bo'lsangiz, savdo hisobingizda bu summaning hammasiga ega bolishingiz shart bo‘lmaydi, faqat marja garovi summasi kerak bo‘ladi. LiteFinance brokerida aksiyalar bo‘yicha marja foizi 2% ni tashkil etadi, demak, #BA (Boeing Company) aksiyalariga 100 ta CFD lotini sotib olish uchun sizga 16 000 ning atigi 2% kerak bo‘ladi, bu esa atigi 320 dollar + arzimas komissiya, hisoblash osonroq bo'lishi uchun uni hozircha hisobga olmay turamiz. Endi, bir necha kundan so'ng, aksiyalarning narxi bir donasi uchun 170 dollargacha ko‘tarildi deb faraz qilaylik. Narx oshdi, demak, sotuvchi bizga bitta lot uchun 170 - 160 = 10 dollarga teng bo‘lgan farqni to‘lashi kerak. Endi 10 ni shartnomalar soniga (100'ga) ko‘paytiramiz va 1000 dollar olamiz. Bor gap shu.

LiteFinance: CFD (narxlar farqi bo‘yicha shartnoma) nima?

Endi keling, farq bo'yicha shartnoma emas, balki aksiyalarning o‘zini sotib olganimizda nimaga erishishimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, 16 000 dollarga 100 ta aksiya sotib olindi, va endilikda aktiv narxi 170 ga yetdi va bizning aksiyalarimiz qiymati 17 000 ga tenglashdi. $17 000 - $16 000 = $1000. Biz o‘sha 1000 dollar foydani oldik. Lekin aksiyalarni o'zini sotib olishda, hisobda 16 000 dollaringiz bo'lishi talab etiladi, CFD shartnomalari uchun esa atigi 320 dollar kerak bo‘ladi. Agar foydada farq bo'lmasa, ko‘proq to‘lashning nima keragi bor? Bu, darvoqe, CFD shartnomasi bilan savdo qilishning, bazaviy aktiv savdosiga nisbatan asosiy afzalligidir.

Ma’lumki, CFD shartnomalari yordamida biz istalgan birjada ilgari biz uchun mavjud bo‘lmagan bitimlarni amalga oshirishimiz mumkin. Biz katta foyda olishimiz uchun savdo hisobida katta summaga ega bo‘lishimiz shart emas. Keltirgan misolimda, atigi 320 dollar sarmoya kiritib, 1000 dollar foyda olishga muvaffaq bo'ldik, bu esa investitsiya daromadining 300% dan ortiqligini ko'rsatadi, va bu aktivning o‘zi bilan ishlashda deyarli imkonsiz natijadir.

CFD savdosi o’zi nima

CFD savdosi nima ekanligini va nima uchun u dunyoda shunchalik mashhur bo‘lganini tushunish uchun keling, ularning paydo bo‘lish tarixiga biroz nazar tashlab o‘tamiz.

Birinchi bunday shartnomalar 1990-yillarning o‘rtalarida Londonda paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda, foreks bozori hali juda yosh edi va bu valyuta birjasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunilgan, unda faqat valyutalar sotilgan.

Asosiy birja kuchi Fond birjasida, ya'ni real aktivlar (aksiyalar va obligatsiyalar) va tobora ommalashib borayotgan hosila vositalar (derivativlar) mijoz uchun kurashadigan maydonda to‘plangan edi.

Aksiyalar bozori aslida asosiy bozor bo‘lgani va o‘sha paytdagi treyderlarning boshqa choralari yo‘qligi sababli, hukumat gaykalarni xohlagancha tartibga solib, aylantirar edi. Birja qonunchiligi deyarli har yili o‘zgarib turardi va asosiy cheklovlar "kredit yelkasi" deb ataluvchi "richag"dan foydalanish bilan bog‘liq edi.

Albatta, hozir hammamiz kredit yelkasidan foydalanishga o‘rganib qolganmiz va uni o‘zimiz xohlagancha, 1:1 dan 1:1000 gacha o‘zgartirishimiz mumkin. O‘sha paytlarda esa, hatto 1:5 kredit yelkalari ham faqat moliya mutaxassislarining tor doirasi uchun mavjud bo’lgan.

Ikkinchi jiddiy soliq "Stamp Duty" yoki hozirgi kunda ko‘proq "Gerb yig‘imi" deb nomlanuvchi soliq edi. Ushbu soliq ko‘chmas mulk, yer, shuningdek, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa investitsiya vositalarini sotib olishda katta komissiyalarni nazarda tutgan.

Aynan shu sabablar yosh moliyachilarning ushbu cheklovlarni chetlab o‘tish yechimlarini topishda asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qildi.

Va nihoyat, bir kuni derivativlar bilan shug‘ullanadigan yosh Smith New Court kompaniyasi yechim topdi. "Agar bizni kompaniyaning o‘zi emas, balki uning aksiyalari narxining o‘zgarishi qiziqtirayotgan bo‘lsa, aksiyalarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish, katta komissiyalar va soliqlar to‘lashning nima keragi bor?"

Shuning uchun kompaniya o‘z mijozlariga aksiyalarning o‘zi bilan savdo qilishni emas, balki ushbu aksiya narxlarining farqi evaziga shartnoma sotib olish va sotishni taklif qilishga qaror qildi. Ushbu shartnomalarning emitenti (yaratuvchisi) brokerlik kompaniyasining o‘zi bo‘lganligi sababli, u ularni mijozi xohlagan har qanday kredit yelkasi bilan sotish huquqiga ega edi.

Dastlab, yangi instrumentlar faqat qisqa muddatli bitimlar ishqibozlarini qiziqtirdi, ammo keyinchalik CFD shartnomalari bilan yirik investorlar ham jiddiy qiziqib qolishdi, ular CFD yordamida katta soliq to‘lashdan qochishdi, chunki asosiy aktivga haqiqiy egalik huquqi yo‘q edi.

90-yillarning oxirida texnologik kompaniyalarning o‘sishi boshlandi va CFD narx farqlari bo‘yicha shartnomalar sezilarli darajada qayta ishlandi. Gerard and Intercommodities kompaniyasi o‘z mijozlariga GNI Touch maxsus platformasida internet orqali CFD shartnomalarini sotishni taklif qilgan birinchi kompaniya bo‘lgan. Shu tariqa, zamonaviy FOREX bozorining birinchi prototipi paydo bo‘lgan.

Vaqt o‘tishi bilan CFD shartnomalarini onlayn sotish butun dunyo bo‘ylab boshqa moliya kompaniyalari va brokerlar tomonidan ham taklif qilina boshlandi.

Aslini olganda, o‘sha davrdagi brokerlar oddiy xususiy treyder uchun ancha qulay bo‘lgan o‘zlarining bozorlarini yaratdilar, chunki unda ishlash uchun mutaxassis bo‘lish shart emasdi.

CFD-shartnomalar bozori har qanday xohlovchiga haqiqiy aktivga ega bo‘lmasdan narx farqida pul ishlash, shuningdek, vaqtni tejash imkonini berdi, chunki endilikda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun siz, arizangiz broker va birjadan kliring palatasi va depozitariygacha bo‘lgan barcha bosqichlardan o‘tishini kutishingiz shart emas.

LiteFinance: CFD savdosi o’zi nima

"CFD" shartnomasi derivativ moliyaviy instrument hisoblanadi, demak, uning asosida doimo bazaviy aktiv yotadi.

Farq bo‘yicha dastlabki shartnomalar asosida faqat aksiyalar yotar edi, hozir esa sotish mumkin bo‘lgan deyarli barcha narsalar bo’yicha CFD mavjud.

Yaqinda AQShda deraza ortidagi havo harorati bo‘yicha CFD shartnomasi bilan kelishuv ro‘yxatga olindi. Shunday g‘ayrioddiy tarzda ikki kishi o‘z garovlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdi va yutqazgan g‘olibga shartnoma tuzilgan paytdan boshlab havo haroratidagi farqni pul bilan to‘lashi kerak edi.

CFD savdosining juda ko‘p afzalliklari mavjud. Deyarli hech qanday cheklovlarsiz kredit yelkasidan foydalangan holda savdo qilish ham, bitimlarni darhol tuzish ham, garov summasining minimal miqdori ham bularning jumlasidandir. CFD shartnomalarini, shuningdek, "qisqartirish" mumkin, nomarjinal aksiyalarni esa "qisqartirish" ning iloji yo‘q, ularni faqat sotib olish mumkin.

CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Keling, endi CFD shartnomalar savdosi qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz. Buni real misolda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Masalan, biz Tesla (#TSLA) aksiyalari bo‘yicha CFD shartnomasini sotib olishga qaror qildik. Mening fikrimcha, hozir aynan shu kompaniya aksiyalari bo‘yicha shartnomalarni sotib olish uchun qulay payt, chunki ular yaqinda sezilarli darajada pasaygan va asosiy strategiyalardan biriga ko'ra (quyida uni batafsil tushuntirib beraman) ushbu aksiyalarni sotib olishga arziydi.

Shunday qilib, biror narsa sotib olish yoki sotishdan oldin, ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga qo'yib ko'rish lozim. Ijobiy — bu, albatta, kutilgan foyda, va bunga qarshi, Salbiy — mumkin bo'lgan xatarlar va komissiyalar va spred miqdori.

Foyda bo'yicha hamma narsa aniq bo'lsa, xatarlar haqida batafsilroq to'xtalib o'tishimiz joiz. Ushbu parametrlarni hisoblashning eng tezkor usuli bu treyder kalkulyatori. Men uni quyida joylashtirdim, u bilan shu yerning o'zida foydalaning:

1. Avvalo, savdo hisobining parametrlarini kiritish lozim: hisob turi, hisob valyutasi va hisob kredit yelkasi. Men o‘z savdo hisobimning parametrlarini kiritdim;

2. Endi kelgusidagi bitimimiz sozlamalariga o‘tamiz. Savdo vositasi turini tanlaymiz, bizda bu "NASDAQ farq bo'yicha shartnomasi"dir;

3. So'ng bazaviy aktivni tanlaymiz. Biz avvalroq qaror qilganimizdek, bu Tesla kompaniyasining aksiyalari, ularning tikeri #TSLA;

4. So‘ngra bitimning taxminiy hajmini, aniqrog‘i, qancha CFD shartnomasini sotib olmoqchi ekanligimizni kiritamiz. Bu yerda bir lotda bunday shartnomaning qancha miqdori borligini bilish muhim. Aksiyalar bo'yicha CFD uchun bu deyarli doimo 1 CFD = 1 lot. Men 100 ta lot sotib olishga qaror qildim;

5. Bitim turini belgilaymiz. Bizning holatimizda bu xarid yoki "long";

6. Undan so'ng, sotib olmoqchi bo‘lgan narxni belgilaymiz. Men joriy bozor narxida sotib olmoqchi bo‘lganim uchun, u maydonga avtomatik tarzda kiritilgan;

7. Endi ko‘rishni istagan narximizni belgilaymiz. Men har bir aksiya narxining 460 dollargacha o‘sishini kutmoqdaman;

8. Parametrlarni kiritgach, "hisoblash" tugmasini bosamiz. Aynan shu tugmani bosganimizdan so‘ng, pastda kelgusi bitimimizning barcha parametrlari yozilgan maydon paydo bo‘ladi;

9. Avval bir punktning narxiga e’tibor qaratamiz. Bizning hajmimizda u 1 dollarga teng bo‘ladi;

10. Keyin garov summasini ko‘rish mumkin. Bu 100 ta shartnomani sotib olish uchun hisobimizda bo‘lishi kerak bo‘lgan pul miqdoridir. Yuqorida aytib o'tganimdek, bizga aksiyalarning to‘liq qiymati emas, balki umumiy summaning atigi 3 foizi kerak bo‘ladi. U quyidagicha hisoblanadi:

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

11. Quyida bitim ochilganda bizning hajmimiz uchun to‘lanadigan spred ko‘rsatilgan. O‘zingizga ma’lumki, spred — bu sotib olish narxi va sotish narxi o‘rtasidagi farq bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishga ega:

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

12. Bundan keyin svop miqdori, bitimni keyingi sutkaga ko‘chirish uchun komissiya keladi;

13. Nihoyat, kalkulyator kiritilgan parametrlar asosida, bizning bitimdan kutilayotgan daromadimizni chiqarib beradi.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Barcha nyuanslarni ko‘rib chiqdik, lekin yana bir narsa qoldi, biz soliqlarning yana bir turi — komissiyaga to‘xtalmadik.

Ma’lumki, CFD shartnomalari bozoridagi aksariyat brokerlarda 2 turdagi savdo hisobi mavjud, bular Classic va ECN. Demo hisob ham bor, albatta, lekin bu butunlay boshqa mavzu.

Bu haqda uzoq gapirishning hojati yo‘q, faqat shuni aytib o'tmoqchiman, ushbu hisoblarning asosiy farqi aynan spredlar, svoplar va komissiyalar kabi hisobdan chegirishlarning turlari va miqdorida yotadi.

Classic hisoblarida spred, ECN hisoblariga qaraganda yuqoriroq, chunki u ikkita tarkibiy qismdan — birja spredidan va brokerlik spredidan tashkil topgan.

Bozor — bu erkin savdo zonasi va bu yerda hamma, birja ham, broker ham pul ishlashni xohlaydi. ECN hisoblarida esa brokerlik ustamalarisiz "xom" bozor spredidan foydalaniladi, bu esa minimal vaqt oraliqlarida savdo qiluvchi trayderlar uchun ancha jozibaliroq taklifdir.

Lekin bu brokerga foyda olib kelmagani uchun, u doimo bu hisoblarda belgilangan miqdordagi komissiyani oladi. Turli xil instrumentlarda bu komissiya turlicha bo‘lib, CFD aksiyalar bo'yicha CFDlarda u har bir lot uchun 25 sentni tashkil etadi.

Endi esa sizning e’tiboringizga bir layfxakni havola etaman:

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Yuqoridagi skrinshotdan ko‘rinib turibdiki, men narx farqi bo‘yicha 2 xil shartnomani sotganman, biri Google aksiyalariga, ikkinchisi General Electric aksiyalariga.

Bu kompaniyalarning aksiyalari narxi bir-biridan qanchalik farq qilishiga e’tibor bering. Ammo eng qizig‘i shundaki, har ikkala holatda ham komissiya 25 sentni tashkil qiladi. Ammo Google aksiyasi uchun bu komissiya aksiya narxining atigi 0,017% ni tashkil qiladi, bu esa juda ham kam. "General Electric" uchun esa bu komissiya 4,09 foizni tashkil etadi.

Shu tariqa, bunday sharoitda qimmatroq aksiyalar bilan savdo qilish ancha foydali bo‘ladi. Adolat yuzasidan ta’kidlash joizki, ECN hisobi asosan narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar uchun yaratilgan.

Bitimni ochishdan avval, keling, CFD shartnomalari bilan ishlashda foyda qanday shakllanishini eslab o‘tamiz.

Demak, CFD savdosi deganda, biz pozitsiyaning ochilish narxi va yopilish narxi o‘rtasidagi farqdan foyda olishimiz nazarda tutiladi.

Boshlanishiga CFD shartnomani sotib olishda sodir bo‘ladigan jarayonlarni ko‘rib chiqamiz.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Yuqoridagi skrinshotda AQShning NASDAQ birja indeksi bo'yicha CFD shartnomasini sotib olish uchun bitim tasvirlangan.

Bazaviy aktiv narxi va CFD kontrakt narxi bir xil bo‘lgani uchun foyda va zarar oddiy usulda hisoblanadi. Xarid narxidan yuqori bo'lgan har qanday narx foyda keltiradi, undan past bo'lgan har qanday narx esa zarar keltiradi. Biz narxlar farqi bo‘yicha shartnomani, har qanday qulay vaqtda yopishimiz mumkin.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Qisqa pozitsiyani ochish yoki sotishda sezilarli darajada hech narsa o‘zgarmaydi, faqat endi bazaviy aktivning narxi bitim ochilgan narxdan past bo‘lganda foyda shakllanadi.

Yana bir muhim masala CFD shartnomalari bo‘yicha bitimlarning davomiyligidir va bu parametrda men narx farqlari bo‘yicha shartnomani asosiy derivativlar ro‘yxati bo‘yicha uning eng yaqin qo‘shnilari — fyuchers va opsion bilan taqqoslashni taklif etaman.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Sizga, ehtimol, ma’lumki, derivativlar yoki hosilaviy instrumentlar bilan ishlashda foyda uchun javob beradigan asosiy parametrlardan biri — bu vaqt, bitimning davomiyligidir.

Yuqoridagi rasmda men CFD shartnomasini fyuchers va opsion bilan yil oralig‘ida taqqosladim.

Ko‘rib turganingizdek, narxni yo‘qotmaslik uchun fyuchersni ham, opsionni ham har chorakda qayta tuzishingiz kerak bo‘ladi. Albatta, siz bir yillik fyuchers sotib olishingiz mumkin, ammo uni sotib olish narxi hozirgi bozor narxidan ancha yuqori bo‘ladi.

Opsion bilan ham o‘xshash holat. Narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar esa muddatsiz instrument hisoblanadi, chunki u bo‘yicha bazis aktiv bo‘lib so‘ndirish muddati bo‘lmagan aktiv hisoblanadi. Shunday qilib, siz ochiq bitimingizni xohlaganingizcha ushlab turishingiz mumkin.

Shunday qilib, bitimning o‘ziga ham yetib keldik.

Savdo shartlari o‘rtasidagi farqni pul miqdorida tushunib olishingiz uchun, men yanada yorqinroq tushuncha berish maqsadida ikki xil ECN va Classic hisoblarida parallel ravishda bitim ochganman.

Savdo shartlari bilan “Instrument haqida ma’lumot” vkladkasida tanishishingiz mumkin.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

  1. Birinchi va eng muhim farq xarid narxi bilan sotish narxi o‘rtasidagi spred yoki farqdir. ECN turidagi hisoblarda broker lik ustamasisiz xom bozor spredlari ishlatiladi va bu yuqoridagi skrinshotda yaqqol ko‘rinib turibdi: ECN -turidagi hisobda spred 75 ballga teng, Classic'da esa 94 ballga teng.
  2. Ikkinchi farq — bu instrumentga o‘rnatilgan kredit yelkasining hajmi bo‘lib, bu haqda keyinroq alohida to‘xtalib o‘tamiz. ECN hisobida yelka 1 ga 50, Classic hisobida esa 1 ga 33 ni tashkil etadi.
  3. Uchinchi farq — bu CFD shartnomasi bilan savdo qilish uchun zarur bo‘lgan garovni belgilaydigan marja foizining hajmi. ECN hisobida bu garov asosiy aktivning to‘liq qiymatidan 2%ni, Classic hisobida esa 3%ni tashkil etadi, bu esa garovning katta summasini savdo hisobida saqlash zaruratini keltirib chiqaradi.

Endi esa bevosita bitimlarni amalga oshirishga o’tamiz.

Ko‘rgazmali bo‘lishi uchun yana ikki xil hisobda ochaman.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

  1. Birinchi navbatda ochiladigan bitim turini tanlaymiz.
  2. Keyingi qadamda kerakli hajmni lotlarga o‘rnatamiz. Ushbu aksiyalarni sotib olishda 1 lot bitta aksiyaga teng. 100 ta lotni kiritamiz va "sotib olish" tugmasini bosamiz.
  3. Bitim tuzilgandan so‘ng, schyotlar orasidagi parametrlarni taqqoslaymiz. Buning uchun bitim holati satrini bosamiz, bu yerda, darvoqe, birinchi farq — garovni ham ko‘rish mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimdek, hisoblardagi marja foizi farq qiladi va bu 1 foizlik farq bizga 400 dollardan ziyod garov puliga tushdi. ECN hisobida u kamroq va 845.18 USD, Classic hisobida esa garov summasi 1271.19 USD ga teng.
  4. Parametrlar oynasini ochish uchun "yopish" tugmasining o‘ng tomonidagi uchta nuqtani bosish kerak.
  5. Hisoblarning yana bir muhim farqi komissiya hisoblanadi. Yuqorida aytganimdek, u bitta aksiya uchun 25 sentni tashkil qiladi. Bizda aksiyalar (kontraktlar) 100 ta sotib olingan, demak, komissiya ham 100 marta ko‘p bo‘ladi. Ammo "Classic" hisobida komissiya yo‘q va biz 25 dollarni tejab qoldik, lekin hammasi ko'ringanidek oson emas. Esingizda bo‘lsa, Classic hisobida ko‘proq spred mavjud bo‘lib, u odatda ushbu komissiyani qoplaydi.
  6. Natijada bizning joriy foydamiz kotirovka va komissiya farqidan kelib chiqadi. Foyda formulasi quyidagicha bo‘ladi:

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Boshqacha aytganda, men Tesla aksiyalari bo‘yicha 100 ta shartnoma sotib oldim. Bitta punktning narxi 1 dollarni tashkil qiladi. Agar men 400 dan sotib olib, 410 dan yopgan bo‘lsam, mening foydam: 100*1* (410-400) =1000 dollar bo‘ladi.

Bir muncha vaqt o‘tgach, men bitimlarni yopdim va adolat yuzasidan shuni aytmoqchimanki, ikkala hisobda ham foyda taxminan bir xil edi.

Avval aytganimdek, Classic’dagi yuqori spredni ECN’dagi komissiya qoplardi va yagona farq faqat ECN’dagi garov summasi pastroqligida edi.

LiteFinance: CFD savdosi qanday ishlaydi: misol

Savdo uchun CFD instrumentlari turlari

Bir necha bor aytganimdek, narxlar farqi bo‘yicha shartnomalarni qo‘llanilish sohasi juda keng.

Ayni paytda birjalarning 4 ta asosiy turi (fond, tovar, valyuta va kriptovalyuta) mavjud. Bu birjalarda deyarli barcha turdagi tovarlar uchun farq shartnomasi mavjud.

Eng ommaboplari hali ham eng mashhur va qimmat kompaniyalarning "moviy fishkalar" deb ataladigan aksiyalar bo‘yicha CFDlardir.

Nima uchun? Farq bo‘yicha shartnomalar yaratilish tarixini eslaymiz.

Ular, birinchi navbatda, qonun hujjatlariga ko‘ra chet el kompaniyalari aksiyalarini sotib ololmaydigan investorlarga kerak.

Ikkinchi o‘rinda neft, oltin, kofe, choy, gaz va boshqa ko‘plab tovarlar uchun shartnomalar turadi.

Uchlikni fond indekslari bo‘yicha shartnomalar yakunlaydi.

Shundan keyingina valyuta va kriptovalyutalar bo‘yicha CFD amal qiladi.

Siz uchun maxsus, birjalar turlari bo‘yicha eng ommabop CFD shartnomalar jadvalini tuzdim.

LiteFinance: Savdo uchun CFD instrumentlari turlari

Aytgancha, ushbu ro‘yxat to‘liq hajmda mening LiteFinance brokerimda bor. U Forex bozorida CFD shartnomalari bilan savdo qilish xizmatlarini taklif etgan ilk brokerlardan hisoblanadi.

CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

Keling, endi CFD kontraktlari bilan qanday savdo qilishni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Yo‘nalishni osonlashtirish uchun birinchi navbatda harakat strategiyangizni tuzing. U ham shartli, ham bosqichma-bosqich yo‘riqnoma ko‘rinishidagi to‘liq haqiqiy strategiya bo‘lishi mumkin. Moliya bozorlarida ilk qadamlarini tashlayotganlarga qog‘ozda reja tuzishni tavsiya qilaman.

Xo‘sh, tayyormisiz? Unda boshlaymiz:

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

1. Foreks bozori brokerlaridan birida brokerlik hisob raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.

Nima uchun aynan foreks bozori? Chunki aynan foreks bozori brokerlari fond brokerlari va investitsiya banklariga nisbatan ancha keng bo‘lgan narxlar farqi bo‘yicha eng keng shartnomalar to‘plamini taqdim etadi.

Sizlar uchun yo‘riqnomani ko‘p yillardan beri LiteFinance brokerida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy kabinetimda tayyorladim.

Nega aynan shu brokerda to‘xtadim? Chunki hamma narsa menga ma’qul, bir rus maqolida aytilganidek, "yaxshilikdan yaxshilik qidirilmaydi."

Biroq, darhol haqiqiy pul bilan savdo qilishni boshlashni tavsiya etmayman. Ushbu bozor bilan tanishish uchun eng yaxshisi, virtual pullar bilan savdo qilishni boshlash, ya’ni demo hisob ochishdir.

2. Demo hisob yaratilgandan so‘ng, shaxsiy kabinetimizga kiramiz. Chap tomonda asosiy vertikal panel joylashgan bo‘lib, unda "savdo qilish" menyusining birinchi bandini tanlab, uni bosishimiz kerak.

3. Savdo sahifasi ochiladi va ekranning pastki qismida to‘rtta ustunda nollar (0,00 USD) ko‘rsatilgan kulrang ajratib ko‘rsatilgan gorizontal chiziqni ko‘rishingiz mumkin. Bu savdo terminali paneli bo‘lib, unda savdo hisobingizdagi mablag‘lar haqidagi yozuvlar mavjud. Hozir u yerda hech narsa yo‘q, chunki demo hisobimiz bo‘sh.

4. Dastlab hisobni to‘ldirish kerak. Buning uchun "To‘ldirish" ko‘k tugmasini bosamiz.

5. Shundan so‘ng sahifa o‘rtasida ikki qismdan iborat oyna paydo bo‘ladi. Birinchisida bizga haqiqiy hisob ochishni taklif qilishadi, ikkinchisida esa ikkita maydon mavjud bo‘lib, ulardan yuqorisiga demo hisobimizni to‘ldirish uchun kerak bo‘lgan summani kiritishimiz lozim. O‘rganish uchun 10000 virtual dollar kifoya.

6. Endi "Davom etish" tugmasini bosamiz.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

7. Bir necha soniyadan so‘ng terminal satrida o‘zgarishlar yuz beradi, sizning balansingiz endi 0.00 emas, balki 10 000 dollarni tashkil qiladi.

8. Sinab ko‘rishga kirishishning ayni vaqti. Buning uchun asosiy paneldagi bizga tanish bo‘lgan "savdo qilish" vkladkasini bosamiz.

9. Yuqorida menyu paydo bo‘ladi, unda barcha savdo instrumentlari gruppalarga tasniflangan. Biz CFD shartnomalari bilan savdo qilmoqchi bo‘lganimiz sababli, bizni birinchi navbatda aksiyalar qiziqtiradi, demak, paneldan "Aksiya" vkladkasini tanlaymiz.

10. Broker tomonidan CFD shartnomalari taqdim etilgan barcha aksiyalar ro‘yxati ochiladi. Avvalroq biz Tesla aksiyalari bo‘yicha shartnomalar bilan tanishib chiqqan edik, shuning uchun biz ularni boshqalardan yaxshiroq bilamiz deb hisoblashimiz mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiya nomi yoki logotip ustiga bosing.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

11. Tugmachani bosganingizdan so'ng ushbu aksiyalar bilan savd qilish oynasi ochiladi. Ekran markazida aksiyalar narxlari grafigi joylashgan. Agar siz texnik tahlil asoslari bilan tanishib ulgurgan bo‘lsangiz, uni qo‘llashingiz mumkin.

12. Narx harakatini tahlil qilib, men narxning ko'tarilishi bo'yicha ishlashga qaror qildim. O‘ng tomonda, bitim turi maydonida "sotib olish" vkladkasiga o‘tish kerak.

13. Pastroqdagi satrda xaridning kerakli hajmini kiritish lozim. Minimal hajm 1 lot yoki bitta aksiya. Lekin bizda 10 000 AQSh dollari bo‘lgani uchun bitta aksiyani sotib olishnig ma'nosi yo'q. Shuning uchun men bir yo‘li 100 ta Tesla aksiyasi yoki 100 ta CFD shartnomasini sotib olishga qaror qildim.

14. Barcha ma’lumotlarni tekshiramiz, agar hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, faqat "sotib olish" tugmasini bosish qoladi, shunda bizning arizamiz brokerga yuboriladi va bitim ochiladi.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

15. Bir necha daqiqadan so‘ng men o‘z harakatlarimning natijasini ko‘ra boshladim. Terminalning pastki qismidagi qiymatlar o‘zgara boshladi va narx haqiqatan ham yuqoriga ko‘tarilib, menga 173 dollar foyda keltirdi.

16. Terminal maydonida kapitalimiz ham o‘zgara boshladi. Endi u yerda 10 000 emas, balki 10 148 bor.

Endi savol. Nega foyda 173 dollarni tashkil qilgan-u, bizning hisobimizdagi sof daromad esa 148 dollarga teng? Hammasi oddiy — komissiya. Bitim ochilgan paytda broker o‘z komissiyasini olgan va u avtomatik ravishda foydadan chegirib tashlangan. Esingizda bo‘lsa, bu har bir shartnoma uchun 25 sent, bizning holatda esa 25 dollar, chunki bizda 100 ta shartnoma bor. 173 - 25 = 148.

17. Boshlanishiga 173 dollarlik daromad bizga yetarli, yaxshisi, bitimni yopganimiz ma’qul.

Buning uchun biz bevosita balansimiz o‘zgarishini aks ettiruvchi maydonga bosamiz va biroz yuqorida bizning bitim yoki bitimlarimiz (agar u bitta bo‘lmasa) keltirilgan vkladka ochiladi. Keraklisini topamiz va o‘ng tomonda "yopish" tugmasini ko‘ramiz. Bosamiz. Tamom, bizning bitimimiz yopildi.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

18. Demo-hisobida foyda olish yaxshi — bu yaxshi, faqat bu bizga tajriba va ichki quvonchdan tashqari hech qanday moddiy manfaat bermaydi.

Agar biz CFD shartnomalari bilan savdo qilishda pul ishlashni o‘rganishga jiddiy qaror qilgan bo‘lsak, haqiqiy pul ishlashni boshlashimiz kerak, buning uchun esa real hisob ochishimiz mlozim.

Dastlab, keling, shaxsiy kabinetimizni real savdo rejimiga o‘tkazamiz. Buning uchun bevosita shaxsiy kabinetning yuqori o‘ng burchagidagi profil belgisiga bosishimiz kerak.

19. Kichik sozlamalar vkladkasi ochiladi, u yerda "Haqiqiy savdoni yoqish" tugmasini bosish zarur.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

20. Bu tugmani bosgandan so‘ng, shaxsiy kabinetimiz maqomi "real hisob"ga o‘zgaradi. Bu esa o‘yinlar tugagani va haqiqiy ish boshlanganini anglatadi.

21. Birinchi navbatda, bizning real hisob raqamimizni pul bilan to‘ldirish zarur. Hisobni to‘ldirish uchun asosiy paneldan "Mablag'lar" vkladkasini tanlash kerak.

22. Ochilgan oynada yuqoridagi menyudan "To‘ldirish" bandini tanlaymiz.

23. Bank kartasidan boshlab, to elektron to‘lov tizimlarigacha bo'lgan savdo hisobini to‘ldirish variantlari oynasi ochiladi. Har kim o‘ziga ma’qulini tanlaydi.

24. To‘ldirish usulini tanlagadan so‘ng, siz arizani rasmiylashtirishingiz kerak.

Birinchi maydonda, hisobingizni qanchaga to‘ldirishni xohlasangiz, o’sha summani ko'rsatasiz.

Hammaning imkoniyati har xil, lekin sizga bitta maslahat beraman. Men 10 yildan ko‘proq vaqt davomida turli moliya bozorlarida ishlayman va hisobingizni to‘ldirish kerak bo‘lgan summa faqat siz uning yordamida hal qilmoqchi bo‘lgan vazifalarga bog‘liq degan xulosaga keldim.

Barcha vazifalar 3 turga bo‘linadi: sinab ko‘rish, o‘ynab ko‘rish va pul ishlash. "O‘ynamoq" degan so‘z ham aslo hazilakam gap emas. Shaxsiy kabinetimizni haqiqiy savdo rejimiga o‘tkazgandan so‘ng, barcha hazillar tugaydi. Chunki shaxsan ishlab topgan pullarimiz xatar ostida bo‘lgani uchun, ularni shunchaki berib yuborishni, albatta, hech kim hohlamaydi.

  • Sinab ko‘rish. Bu variant moliya bozorlariga endigina kirib kelayotganlar uchun mos keladi. Ular uchun "pozitsiyani shakllantirish" degani — bu jiddiy qiyofa bilan qo‘llarni ko‘krakda qovushtirishdan boshqa narsa emas. "Stakan" so‘zini esa faqat suyuqlik ichiladigan idish sifatida tushunishadi.

Xullas, agar siz shu toifadan bo‘lsangiz, CFD bilan savdo qilish uchun, buning qanday ishlashini tushunish va birinchi kapitalni ishlab olishga harakat qilish kerak. Siz savdo qilmoqchi bo‘lgan aksiya qiymatidan kamida 2 baravar ortiq summa yetarli bo‘ladi.

Nega aynan ikki barobar? Bu bir yoki bir nechta muvaffaqiyatsiz bitimlar depozitingizga jiddiy ta’sir qilmasligi uchun zarur. Misol uchun, bizning Tesla kompaniyasi aksiyal

  • O‘yin o'ynash. Bu variant moliya bozoriga qiziqadigan, lekin savdoning barcha tafsilotlariga kirib borish, o‘rganish va nimanidir hisoblash istagi bo‘lmaganlar uchun mos keladi. Shunchaki ma’lum miqdordagi pulga ma’lum bir aksiyani sotib olib, 100, 200, 300 va hatto undan ham ko‘proq foiz foyda ko‘rish istagida bo‘lganlar uchun.

Bu haqiqatdan yiroq, deysizmi? Darhaqiqat, bunday bitimlar 99% holatlarda omadga bog‘liq va aynan shuning uchun ushbu bandni "o‘yin o'ynash" deb atadim. Ammo men bunday bitimlarning katta daromad keltirganiga ko‘plab misollarni bilaman.

Uzoqqa borishning hojati yo‘q, 2 hafta orqaga qaytamiz va bizga tanish bo‘lgan Tesla kompaniyasining CFD shartnomalarini sotamiz, ular o‘sha paytda har bir aksiya uchun 2200 dollar turardi. 1000 dollarga 100 dan sal ko‘proq shartnomalarni sotish mumkin edi va ular deyarli bir kunda 180 000 dollar daromad keltirdi.

Bu juda real voqea, lekin undagi ishtirokchilar soni kam bo‘lgan, chunki bunday pasayish ehtimoli deyarli nolga teng edi. Kimgadir bunday savdo yoqadigan bo'lsa, hisobni 1000, 2000, 3000 yoki xohlaganimizcha pul bilan to‘ldiramiz, barcha pullarni qandaydir ehtimoldan yiroq bo‘lgan hodisaga tikamiz va kutamiz.

Agar u omadli amalga oshirilsa, siz bir kunda boyib ketasiz, agar amalga oshmasa, siz hech bo‘lmaganda urinib ko‘rgan bo'lasiz.

  • Daromad olish. Ta’rifning o‘zidan ma’lumki, ishlashimiz kerak bo‘ladi. Xuddi shunday. Bu eng uzoq va olijanob yo‘l, uni faqat eng matonatli va qat’iyatli kishilargina bosib o‘tishlari mumkin va bu yo‘lning oxirida albatta mukofot bo‘ladi.

Har kimning o‘ziga yarasha. Kimdir yo‘lda olgan bilimlari yordamida o‘zining daromadli strategiyasini ishlab chiqishi va barqaror daromad topishni boshlashi mumkin.

Kimdir bu bilim va tajribani bozor ga yaqin sohada ishlash uchun qo‘llaydi.

Kimdir bebaho tajribaga ega bo‘ladi va mustaqil ravishda brokerlik kompaniyasini yaratish yo‘lidan borishga va bozordagi bitimlarning o‘zidan tashqari, bu sohada biznesga ega bo‘lib, pul ishlashga qaror qiladi.

Kimdir men tanlagan yo‘lni tanlaydi. Bozorda ancha muvaffaqiyatli savdo qilishdan tashqari, men o‘zimni ta’lim va moliyaviy tahlil sohasida topdim.

Shunday qilib, agar biz haqiqiy treyder bo‘lish yo‘lidan borishni va pul ishlashni o‘rganishni xohlasak, bizga mustahkam boshlang‘ich kapital va hisob-kitob qilish qobiliyati zarur.

O‘sha paytdagi o‘lchovlarimga ko‘ra, mening birinchi jiddiy sarmoyam 4000 dollar atrofida edi. Men savdo uchun boshlang‘ich kapital mavzusiga juda batafsil to‘xtaladigan ko‘plab maqolalarni yozganman, shuning uchun agar tafsilotlar kerak bo‘lsa, o‘qishni boshlaymiz va mening boshqa maqolalarimni topamiz.

Shunday qilib, davom etamiz. Bugun men boshlang‘ich kapital sifatida aynan 4000 ni tanladim va buning asosiy sababi, yuqorida yozganimdek, aksiyaning qiymati bo‘lib, u 400 dollarga teng.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

25. Hisob to‘ldirilganidan so‘ng "savdo qilish" tugmasini bosamiz va hisobimizda "jami kapital" maydonida aks etadigan kerakli summa paydo bo‘lganini ko‘ramiz.

26. Menda 4000 emas, 4852 dollar chiqdi, chunki hisobimda bundan oldin 852 dollar qoldiq bor edi.

27. Endi ongli ravishda savdo qilishga kirishamiz.

"Aksiyalar" bo‘limini ochib, biroz to‘xtab turamiz. Pulimiz haqiqiy bo‘lgani uchun, o‘ylamay turib bitim tuzish bizga to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo, "savdo rejasi" deb ataladigan rejani tuzishimiz zarur.

Bu haqda internetda ham, mening va tahlil bo‘yicha hamkasblarimning maqolalari chop etiladigan ushbu blogda ham ko‘plab maqolalarni topishingiz mumkin. Hozir sizga qisqacha savdo rejasini tuzib beraman.

Savdo rejasi — ijobiy natijaga erishish uchun siz albatta amal qilishingiz kerak bo‘lgan qoidalar to‘plamidir. Asosan u taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega:

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

Mening shaxsiy savdo rejamda hozirda 37 ta band mavjud bo‘lib, men ularning barchasini yoddan bilaman. Savdo uchun mos aktivni baholash jarayonim bir necha soniyadan bir haftagacha davom etishi mumkin.

Savdo rejasini birinchi marta ko‘rayotgan kishi uchun faqat bitta bandni o‘rganishga bir soatga yaqin vaqt ketadi. Biroq savdo rejasisiz, sizning bitimlaringiz tasodifiy xususiyatga ega bo‘ladi, natijada barqaror foyda haqida so‘z yuritib bo‘lmaydi. Men savdo rejasining har bir bandini batafsil yoritmayman, chunki bunga alohida maqola bag‘ishlamoqchiman. Asosiy bo‘limlar bilan cheklanamiz.

Ongli ravishda bitim ochish haqida qaror qabul qilish uchun, avvalo biz bitim tuzmoqchi bo‘lgan vositaning savdo vaqtini aniqlab olishimiz kerak. Shundan so‘ng savdo vositasini tanlash (odatda texnik yoki fundamental tahlil o‘tkazilgandan keyin) va mablag‘larimizning bir qismini bitimni amalga oshirish uchun ajratib, sarmoyamizni taqsimlashimiz lozim.

28. Biz o‘z istaklarimizni savdo rejasi bilan kelishib olganimizdan so‘ng va u qarshi chiqmagandan so‘ng, savdo jarayonining o‘ziga kirishish mumkin. Buning uchun bizni qiziqtirgan vositani bosamiz. Bizning holatimizda bu yana sevimli Tesla kompaniyasining aksiyalari.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

29. Agar biz texnik tahlilning tarafdorlari bo'lsak, ya'ni uni bizning holatlarimizda qo'llashga qaror qidim, unda narxlar jadvaliga e'tibor beramiz.

Umuman olganda, juda ko'p savdo strategiyalari mavjud, ammo ulardan biri deyarli har bir holatda muammosiz ishlaydi — bu "bozor bo'shlig'i (gap)". Men tafsilotlarga berilmayman, chunki ushbu strategiyani maqolalarimdan birida batafsil bayon qilganman.

Umuman olganda, g'oya shundan iboratki, savdolar endigina boshlangan va narxlar farqi, ya'ni "gap — bo'shliq" paydo bo'lgan, bu esa yana bir yoki ikki soat ichida aksiyalarning qisqa muddatli o'sishiga olib kelishini anglatadi. Shunday qilib, vaqt juda chegaralangan va harakat qilish zarur.

30. Bu yerda narx haqida gap ketayotgani sababli, biz narxning oshishida pul ishlaymiz — sotib olamiz. "Sotib olish" maydonida bitim turini belgilaymiz.

31. Bitim hajmini belgilaymiz. Men 100 ta shartnoma menga taxminan 900 dollar garov evaziga tushishini taxminan hisoblab chiqishga ulgurdim. Hisobimdagi deyarli 5000 kishi uchun bu juda maqbuldir, shuning uchun men 100 ta shartnomani sotib olaman.

32. Parametrlarni o'rnatgandan so'ng, "sotib olish" tugmasini bosamiz.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

33. Endi esa moliyaviy tahlil va savdo strategiyalarida kuchli bo‘lmaganlar uchun kichik lirik chekinish. Buning uchun maxsus "Tahliliyot" bo‘limi mavjud bo‘lib, uning tugmasi shaxsiy kabinetning bosh panelida joylashgan.

34. Ochiq oynada "tahlil lentasi"ni bosamiz va lentada bizni qiziqtirgan instrumentni topishimiz mumkin.

35. "Tesla" kompaniyasining sharhi aynan o‘sha yerda joylashgan va bugungi sana bilan belgilangan. Tegishli bandni bossangiz, kompaniyaning tahlilchilaridan birining qisqacha tahliliy sharhi ochiladi, u yerda ushbu instrument bo‘yicha o‘z fikrini bayon qiladi. Shunday qilib, strategiya sifatida muallifning dalillaridan foydalanish va uning tavsiyalarini amalga oshirish mumkin. Ammo kelajakdagi qarorlarni qabul qilish uchun sizga beradigan maslahatim, har doim o‘z fikringizga tayanganingiz ma’qul.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

36. "Analitika" bo‘limi bo‘ylab sayohat qilar ekanmiz, narx grafigida o‘zgarishlar yuz berdi. Narx bizning prognozimizga ko'ra ko‘tarila boshladi.

37. Depozitimiz holatini ko'rsatuvchi savdo paneliga qarashning ayni vaqti. Biz tahlilni o‘rganayotgan 10-15 daqiqa mobaynida narxlar oshdi va ayni paytda bizning bitimimiz bizga 560 dollar foyda keltiradi.

38. Men 10 daqiqalik bitim uchun bu yetarli deb hisoblayman, bizning strategiyamiz ish berdi va biz tezda bitimni yopishimiz va foydani hisobda qayd etishimiz zarur. "Yopish" tugmasini bosamiz.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilishni qanday boshlasa bo’ladi?

39. Bitim yopilgandan so‘ng, birinchi foydadan bahramand bo‘lishni va uni jismonan his qilishingizni taklif qilaman. Boshqacha qilib aytganda, foydani chiqarish va uni o‘z qo‘lingizda his qilish zarur.

Bu yangi boshlagan treyderlar uchun o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydigan juda foydali mashqdir. Savdo hisobidan foydani yechib olish uchun "Mablag'lar" bo‘limiga o‘tamiz.

40. Endi "to‘ldirish" o‘rniga "chiqarish" tugmasini bosamiz.

41. Chiqarish usulini tanlaymiz.

42. Maydonchada sizning savdo hisobingiz paydo bo‘ladi, unda mavjud bo‘lgan va chiqarish mumkin bo‘lgan summa miqdori ham. Menda bu 5 479 dollar. Men 5000 dan ortiq bo‘lgan summani to'liq yechib olishga qaror qildim. 479 dollar sizning g‘ayratingiz va oqilona strategiya qo'llaganingiz uchun munosib mukofotdir, borib o'zingizga sovg‘a oling.

CFD bilan savdo qilish namunasi

Keling, endi qisqacha yakun yasaymiz va narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar bilan ishlashdagi eng asosiy holatlarni eslab o‘tamiz.

Narxlar farqi bo‘yicha tuzilgan shartnoma qanday ishlashini, foyda va zarar qanday belgilanishini yodga olamiz.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilish namunasi

Savdo qilishni boshlaganimizdan so‘ng, biz savdo rejamizga murojaat qilishimiz lozim.

Savdo instrumenti va u bo‘yicha ishlash parametrlarini aniqlab, aktivni sotib olish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilamiz. Savdo natijasi biz yo‘nalishni qanchalik to‘g‘ri tanlaganimizga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Kutilgan natijani aniqlash juda oson. Yuqorida men hisoblashning to‘liq formulasini keltirgan edim, lekin soddalashtirilgan formulasi ham bor. Yopilish va ochilish narxlari o‘rtasidagi farqni siz tanlagan hajmdagi bir punkt narxiga ko‘paytirishingiz kerak.

Yuqoridagi rasmda men aksiyalardan chekinib, CFD savdosini Brent neft markasi bo’yicha kontrakti misolida ko‘rsatishga qaror qildim. Bu birjalardagi narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar orasida eng mashhuridir.

Misol uchun, biz neft bo‘yicha shartnomalar sotib olishga qaror qildik. Neft lotlarda sotiladi va bu yerda minimal lot 0.1. Shartnomaning o‘zi nisbatan arzon bo‘lganligi sababli, bemalol to‘liq lot va undan ham ko‘prog‘ini sotib olishingiz mumkin.

Misol uchun 1 ta lot sotib oldim. Men sotib olgan narx 40,00 dollarni, keyinchalik sotilgan narx esa 45,00 dollarni tashkil etdi. Sotish narxi sotib olish narxidan yuqori, demak, men foyda oldim.

Darvoqe, narx necha punktdan o‘tgan? 500. Nima uchun? Chunki punkt — bu birjadagi narxning eng kam o‘zgarishi bo‘lib, 45.00 ga qadar narx 40.00 dan keyin 40.01, 40.02 va hokazo 1 punktga va undan ortiq o‘zgarib borgan.

Shu tariqa, foyda quyidagiga teng bo‘ladi: bir punktning narxi (1 dollar) (sotish narxi, punktlar) ga ko‘paytirib, (sotib olish narxi, punktlar)ni ayiramiz, jami 1*(4500-4000) =500. Tamom.

Agar omadingiz kelmasa va narx yuqoriga emas, balki pastga tushsa, sizning sotib olish bo'yicha pozitsiyangiz zarar keltiradi va u xuddi shu formula bo‘yicha hisoblanadi 1* (3500-4000) = -500. Bu holda zarar -500 dollarni tashkil etadi.

Foyda va zararni aniqlab oldik, endi marjaning qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.

Narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar bilan ishlash asosida marjinal savdo prinsipi yotadi, bunda treyder broker tomonidan unga taqdim etilgan kredit yelkasi hisobidan daromad oladi. Bu haqda quyida batafsil gaplashamiz.

Marjinal kreditlash hisobda faqat minimal zarur depozitga ega bo‘lgan holda katta summalar bilan operatsiyalar o'tkazish imkonini beradi.

Treyder tegishli aktivlarni sotib olish uchun to‘liq summaga ega bo‘lmasdan turib ham aksiyalar yoki tovarlar bilan ishlashi va ulardan daromad olishi mumkin.

LiteFinance: CFD bilan savdo qilish namunasi

Keling, dunyoning eng mashhur kompaniyalaridan biri — Google (yoki to‘g‘ri nomi Alphabet Inc.) aksiyalari misolida buning qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.

Hozirgi kunda bitta aksiyaning narxi taxminan 1445 dollarni tashkil etadi va uni sotib olishimiz uchun hisobimizda bu summadan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi shart. Aslida esa undan ham ko‘proq summa kerak, chunki komissiya va spredni ham hisobga olish lozim.

Biroq, agar siz aksiyaning o‘zini emas, balki bir aksiya hajmiga teng bo‘lgan Google aksiyasi bo'yicha CFD sotib olishga qaror qilsangiz, hisobingizda 1445 dollarlik to‘liq qiymat bo‘lishi shart emas, chunki bu holda marja foizi tamoyili qo‘llaniladi.

Ushbu aksiya bo‘yicha marjinal garov to‘liq qiymatning atigi 2 foizini yoki 28,98 dollarni tashkil etadi. Siz xuddi o‘sha aksiyani olasiz, faqat bir necha barobar arzonroq narxda. Undan keladigan foyda esa odatdagidek hisoblanadi — narx sizning foydangizga qancha punkt bosib o'tsa, shuncha daromad olasiz.

Yangi boshlaganlar uchun CFD savdo strategiyasi

Shunday qilib, biz savdo strategiyasi yoki bozordagi xatti-harakatlar taktikasi kabi tushunchalarga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim boblardan biriga keldik.

Aynan aniq ishlab chiqilgan strategiya yordamida siz narxlar harakatidan daromad olishingiz mumkin.

CFD instrumentlari uchun ko‘plab savdo strategiyalari mavjud, men esa eng asosiy va eng qulaylarini ko‘rib chiqishni taklif etaman.

CFD sotib olish va sotish

Sharhni "Arzon bo‘lganda sotib ol/qimmat bo‘lganda sot" deb nomlangan birinchi va eng keng tarqalgan CFD foreks strategiyasi bilan boshlaymiz. Grafik nuqtayi nazardan bu taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

LiteFinance: CFD sotib olish va sotish

Yuqoridagi rasmda 2 xil aktiv narxi harakatining ikkita grafigi ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi grafik Facebook kompaniyasi aksiyalariga, pastki grafik esa eng mashhur eBay onlayn-auksionining aksiyalariga tegishli.

Ko‘rib turganingizdek, "Facebook" aksiyalari narxi uzoq vaqt pasayib borgan va narx faol pasayishni to‘xtatganidan so‘ng bir muddat muvozanat qaror topgan. Bu payt talab va taklif muvozanati deb ataladi. Ko‘pincha aynan muvozanatdan keyin aksiyalar kursining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ular uzoq vaqt davomida pasaygan bo‘lsa, tez orada o‘sishni boshlaydilar, boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

Narxlar tushib ketganidan keyin ular xaridorlar uchun jozibadorroq bo‘lib qolgan, chunki endi ularni sotib olish uchun kamroq pul kerak bo‘ladi, shuningdek, ular qancha uzoqroq pasaygan bo‘lsa, kelajakdagi o‘sish salohiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Demak, birinchi qoidani qo’llashimiz kerak — "narx pasayganda sotib ol."

Ikkinchi variant esa, eBay aksiyalari uzoq vaqt davomida oshib boradi va ertami-kechmi asosiy xaridorlar o‘z maqsadlariga erishadigan va o‘z pozitsiyalarini fikslashni boshlaydigan payt kelishi kerak.

Bu sodir bo'lganda, ular o'sishni rag'batlantirgan pul massasi bozordan ketadi va faqat pasayuvchi harakat bo'yicha "o'ynash"ni qaror qilganlarning pul massasi aktivda qoladi. Va sotuvchilarning pul massasi xaridorlarnikidan oshib ketganda va qayrilish sodir bo'lganda, aksiyalar pasayishni boshlaydi. Shu asnoda, ikkinchi qoidani qo'llash vaqti keladi — "narx ko'tarilganda soting".

Menimcha, bu strategiyada hech qanday murakkablik yo'q, u deyarli hammaga ma'lum, ammo bu fakt uni yanada samaraliroq bo'lishiga sabab bo'ladi va hozirgi kunda ham 100 yil oldingi kabi ishlaydi.

CFD savdosida kredit yelkasi

Mana, biz treydingdagi yana bir juda muhim bo‘limga yetib keldik. Kredit yelkasi haqida gaplashadigan payt keldi.

Shunday qilib, Foreks kredit yelkasi — bu broker tomonidan beriladigan foizsiz kredit bo‘lib, u treyderga o‘z kapitalidan kattaroq hajmdagi bitimlarni amalga oshirish imkonini beradi.

LiteFinance: CFD savdosida kredit yelkasi

Broker sizga taqdim etadigan kredit yelkasi tatbiq qilinmaganda, jismoniy shaxslar uchun birjada savdo qilishning treyder uchun ham, broker uchun ham hech qanday iqtisodiy ma’nosi bo‘lmas edi.

Jahon birjalarida savdolar ancha faol kechishiga qaramasdan, kunlik narxlar o‘zgarishi aktivlar qiymatining taxminan bir foiz ulushini tashkil etadi. Kredit yelkasi bo‘lmaganda, treyderning daromadi hatto eng muvaffaqiyatli bitimlarni amalga oshirishda ham atigi bir necha sentni tashkil etgan bo‘lardi.

Masalan, siz Hewlett-Packard kompaniyasining 18 dollar turadigan 1 ta aksiyasini sotib olmoqchisiz. Hatto eng omadli kunda ham aksiyalar narxi 3-4 dollarga o‘zgarishi mumkin, demak, sizning daromadingiz ham xuddi shu 3 dollarga teng bo‘ladi. Unda birjada qanday qilib millionlab pul ishlash mumkin? Juda oson, kredit yelkasi yordamida.

Keling, quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz:

1-misol

Dastlab valyutalar uchun kredit yelkasini ko‘rib chiqamiz.

Aytaylik, biz valyuta juftliklari kurslarining o‘zgarishidan pul ishlashga qaror qildik. Misol uchun bizda yaqindagina kotirovkasi 1.0000 ga teng bo‘lgan USDCHF valyuta juftligi bor.

Shunday qilib, biz ushbu valyuta juftligi kursining ko‘tarilishini kutmoqdamiz, shu sababli sotib olish kerak, degan xulosaga keldik.

Valyutalar uchun kontraktning bazaviy miqdori 100 000 birlikka teng. Boshqacha qilib aytganda, 1 lotli bitim 100 000 dollarga teng daromad yoki zarar keltiradi. Muvaffaqiyatsizlik yuz bergan taqdirda kredit yelkasining hamyonga qattiq urmasligi uchun uni eng kam miqdorda 0,01 lotgacha kamaytirish mumkin, shunda valyuta hajmi 1000 ga teng bo‘ladi.

Demak, biz o‘sishga umid qilib, USDCHF valyuta juftligining 0,01 lotini 1,00000 narxda sotib olamiz. Bu holda narx harakatining har bir nuqtasi bizning lotimizga qarab foyda yoki zarar olib keladi. 0.01 lotda har bir punkt 0.01 dollarga teng bo‘ladi.

Punktning narxini hisoblash uchun oddiy formula mavjud bo‘lib, uni bu yerdan topishingiz mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan narx oshdi va kotirovka 1000 punktga ko‘tarilib, 1.01000 ni tashkil etdi. Shu tariqa, bizning bitimimiz bo‘yicha foyda 1000*0.01=10 dollarga teng bo‘ladi. Agar biz katta hajmdan, masalan, 0.1 dan foydalansak, foyda ham 10 baravar ko‘payadi va 100 dollarga aylanadi, va shu asnoda ko'payib boraveradi. Yelkangiz qanchalik katta bo‘lsa, ehtimoliy daromad ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ammo shuni unutmangki, muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizda, sizning zararingiz ham yelkangiz bilan barobar bo‘ladi va hisobingizni ham shunchalik tez yo‘q qilishi mumkin.

2-misol

Endi CFD shartnomalarida kredit yelkasi qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.

Google kompaniyasi aksiyalariga nisbatan yelkaning ishlashini tahlil qilamiz. Narx farqi shartnomalari bo‘lgan taqdirda, eng kam miqdor ko‘pincha bitta aksiyaga teng bo‘ladi, boshqa so‘z bilan aytganda, 1 lot 1 aksiyaga teng bo‘ladi.

Bitta aksiya 1444 dollar turadi va foreks bozoriga kelsak, hisobda butun summa bo‘lishi shart emas, lekin bu haqida keyinroq gaplashamiz.

Shunday qilib, 1 lot aksiya sotib olinganda, kredit yelkasi 1:1 ga teng bo‘ladi va sotib olinayotgan aksiyalar sonining oddiy ko‘payishi bilan tartibga solinadi.

10 ta kontrakt sotib olsak, yelka 1:10 bo‘ladi, 100 ta kontrakt sotib olsak, yelka 1:100 bo‘ladi. Bundan osoni yo‘q.

1 lotda bir punktning narxi har doim aksiya narxining minimal o‘zgarishiga, ya’ni 1 sentga yoki 0,01 dollarga teng bo‘ladi.

Endi aksiyalar 1444 dollardan 1450 dollargacha oshganda, qancha daromad olishimizni hisoblab chiqamiz.

Agar biz 1 ta shartnoma sotib olgan bo‘lsak, foyda o‘tilgan punktlar sonini punkt narxiga ko‘paytirishga teng bo‘ladi yoki 600*0.01=6 dollar.

Va albatta, agar yelkamizni oshirmoqchi bo'lsak, shunchaki ko‘proq shartnomalar sotib olishimizga to'g'ri keladi, masalan, 100 ta, u holda foyda ham 100 baravar oshadi va 600 dollarni tashkil qiladi.

CFD savdosida marja

Broker sizga taqdim etadigan marja dastagidan foydalanmasdan, jismoniy shaxslar uchun birjada savdo qilish deyarli imkonsiz bo'lib, brokerlarning daromadlari esa deyarli nolga teng bo'lar edi.

LiteFinance: CFD savdosida marja

Marja savdo jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yaxshi. Biz, treyderlar, marjadan foydalanib, o'z mablag'larimiz yetarli bo'lmagan bitimlarni amalga oshirishimiz mumkin.

Masalan, siz Google kompaniyasining 10 ta aktsiyasini sotib olmoqchisiz. Hamma ham bunga qodir emas, chunki bitta aksiya 1445 dollarni, o'ntasi esa 14 450 dollarni tashkil etadi. Va marjali kreditlash orqali men savdo hisobida atigi 400 dollar bo'lgan 100 ta Google aksiyalarini sotib olishim mumkin.

Keling, misolni ko'rib chiqamiz:

Yuqorida men garovni hisoblash formulasini yozgan edim, mana u:

LiteFinance: CFD savdosida marja

Bu yerda asosiy parametr — bu marja foizi bo‘lib, aynan u aktivning to'liq qiymatining qaysi qismi hisobingizda bo'lishi kerakligi uchun javobgardir.

Google aksiyalariga kelsak, marja garovi umumiy qiymatning atigi 2 foizini tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, 1 ta aksiyani sotib olish uchun bizga 1444 dollar emas, balki atigi 28.89 dollar kerak bo'ladi. Aynan shu tufayli biz hisobimizda atigi 1000 dollarga ega bo'lgan holda, 30 dan ortiq aksiyalarni sotib olishimiz mumkin.

CFD savdosida xedjirlash

Endi men sizga CFD shartnomalari yordamida yutqazishsiz savdo strategiyasi haqida gapirib bermoqchiman. Bu "xedjirlash" strategiyasi. Moliya olamida kapitalni turli moliyaviy tavakkalchiliklardan himoya qilish usuli xedjirlash deb ataladi. Bizning holatimizda biz aksiyalar narxining pasayishidan xedjirlashni qo‘llaymiz.

LiteFinance: CFD savdosida xedjirlash

Yuqoridagi rasmda bu qanday ishlashi ko‘rsatilgan.

Misol uchun, biz Apple aksiyalarini sotib olishga qaror qildik. Grafikda narxlar oshib bormoqda va hammasi yaxshiga o‘xshaydi. Ammo to‘satdan biz kompaniyada yangi iPhone’larning yaroqsiz partiyasi bilan bog‘liq vaqtinchalik muammolar boshlanishi mumkinligini bilib qolamiz. Aksiyalarda bu hali aks etmagan, lekin aks etishi ehtimoli yuqori.

Pozitsiyamizni yopishdan hech qanday ma’no yo‘q, chunki muammolar vaqtinchalik va uzoq muddatli istiqbolda narx oshishi kerak. Bu holda biz hiyla ishlatishimiz mumkin. Ikkinchi brokerlik hisobini olib, qo‘lni pulsda ushlab turib, narx grafigini kuzatamiz.

Vaqt o‘tishi bilan aksiyalar haqiqatan ham pasaya boshlaydi va narx biz sotib olgan darajaga yetgan paytda biz ikkinchi hisobda xuddi shunday pozitsiyani (xuddi shu hajmda) ochamiz, lekin faqat sotib olish uchun emas, balki sotish uchun.

Shu tariqa, agar narx yanada pasaysa, ikkinchi hisobda birinchi hisobdagi zararga teng bo‘lgan foyda shakllanadi.

Bir muddat kutgandan so‘ng, oldimizda tanlov paydo bo‘ladi: yo ikkinchi hisobdagi foydali pozitsiyani yopib, asosiy hisobda ham foyda ko‘rish uchun narx ko‘tarilishini kutamiz, yoki narx biz boshlagan darajaga qaytishini kutamiz. Yoki narx biz boshlagan darajaga qaytishini kutamiz.

Bu yerda har kim o‘z tanlovini qiladi, lekin bunday qoplashni nima maqsadda amalga oshirayotganingizni tushunishingiz kerak. Agar qo‘shimcha foyda olishni istasangiz, 1-variantni tanlang, ammo u xatarli. Agar shunchaki vaqtinchalik zararning oldini olmoqchi bo‘lsangiz, u holda zararsiz deb ataladigan 2-variantni tanlang.

Professionallar uchun CFD savdo strategiyalari

Endi keling, tajribali treyderlar uchun CFD savdosiga asoslangan strategiyalar haqida gaplashamiz. Ammo bu yangi foydalanuvchi uchun mos kelmaydi degani emas, shunchaki bu strategiyalar ma’lum bir asosiy bilimlar majmuini talab qiladi, chunki ularning ishlash tamoyili ko‘pincha texnik tahlilning asosiy strategiyalari va narx farqi bo‘yicha shartnoma tuzilmasi simbiozi hisoblanadi.

Sharhni eng ommalashganlaridan boshlaymiz.

Diapazonli savdo (diapazondagi savdo)

"Diapazonli savdo" strategiyasi, ehtimol, foreks bozori treyderlari orasida eng mashhuri hisoblanadi.

LiteFinance: Diapazonli savdo (diapazondagi savdo)

Strategiyaning asosiy tamoyili narx kanalida ishlashga asoslanadi. Narx grafigi yon tomonga harakat yoki kichik qiyalikdagi yo‘lak mavjudligiga tekshiriladi. So‘ngra kanal indikatorlaridan biri CCI yoki RSI qo‘shiladi va narx kanalidagi maksimum va minimumlar indikator chizig‘ining haddan tashqari sotib olish va sotish zonalari tashqarisidagi chiqish nuqtalari bilan taqqoslanadi.

Agar nuqta to'liq mos kelsa, bu bozorga kirish uchun signal hisoblanadi va agar narx grafigida chiziqqa erishilgan bo'lsa, indikatorda esa chiziq EMA zonasiga yetib bormagan bo'lsa, bunday signal yetarli darajada ishonchli emas va strategiyada hisobga olinmaydi.

Fraktal uzilish (tafovut)

"Fraktal tafovut" yoki fraktal yorib o'tish strategiyasi ham treyderlar orasida juda mashhur.

Asosan kunlik intervallarda ishlatiladi.

LiteFinance: Fraktal uzilish (tafovut)

Oldingi strategiyada bo'lgani kabi, yonmacha harakat yoki fletning buzilishi faktiga asoslanadi. Indikatorlar sifatida "Bollindjer polosalari"va" Bill Uilyams fraktallari" ishlatiladi.

Grafikda narx eng yaqin fraktal darajasini buzadigan va grafikning eng yaqin Bollindjer diapazonidan tashqariga chiqish vaqtini qidiradi, va shunday holda signal to'g'ri deb hisoblanadi. Stop, odatda, qarama-qarshi fraktal darajasida o'rnatiladi.

Qarama-qarshi investitsiyalash

"Qarama-qarshi investitsiyalash" strategiyasi ko‘proq fundamental strategiya hisoblanadi, chunki uning asosida narx grafigi emas, balki "olomon" fikrini o‘rganish yotadi.

LiteFinance: Qarama-qarshi investitsiyalash

Jorj Soros o‘zining "Aqlli sarmoyador" kitobida olomon fikrini boshqariladigan xaos bilan taqqoslab, birinchi marta ushbu strategiyani bir muncha batafsil tasvirlagan.

Strategiyaning ishlash prinsipi kontr-trend nuqtalarini izlashdan iborat. Aniq ifodalangan yo‘naltirilgan harakatlanish bo‘lgan aktiv mavjud bo'lib, unda bu harakatga qarshi pozitsiya shakllanadi.

Ya’ni siz bozorning fikriga qarshi bitim yaratasiz. Misol tariqasida men Tesla kompaniyasining aksiyalarini keltirdim. O‘tgan hafta kompaniya S&P 500 indeksiga kirmasligi e’lon qilinganida, qimmatli qog‘ozlarni faqat dangasalargina sotmagan. Aynan shunday vaziyat strategiyaning asosini tashkil etadi. Binobarin, yaqin kelajakda narxning qayrilish va shunga mos ravishda uning o‘sishining ehtimoli yuqori.

Trendga ergashing

"Trendga ergashing" strategiyasi indikator strategiyalari orasida ancha mashhur. Mening fikrimcha, xuddi o‘sha "kanal strategiyasi"ga nisbatan bir qator kamchiliklarga ega.

LiteFinance:

Uning ishlash prinsipiga ko‘ra, bitimni yangi shakllangan trend yo‘nalishida tuzish kerak. Trendning shakllanish nuqtasi, tez (21 davr) va sekin (55 davr) sirpanuvchi o‘rtacha qiymatlarning o‘zaro kesishishgandagi asosiy signal bo‘yicha topiladi. So‘ngra signal ikkita ossillyator yordamida filtrlanadi. Odatda, bular "MACD" va "RSI" ossilyatorlaridir. RSIda narx koridor ichida qolishi, MACDda esa narxning kerakli trendda bo‘lishi nazorat qilinadi.

Xarid bilan bog‘liq holatda, tez EMA grafikda sekin EMAni kesib o‘tdi va shu bilan birga u RSI kanali ichida, MACD gistogrammasi esa ko‘tariluvchi trendda turibti — bu aniq signal hisoblanadi, demak, sotib olish mumkin. RSI indikatori kanaldan chiqqanida bitim yopiladi.

Skalping

Skalping turlari juda ko‘p, men sizga CFD savdosi uchun eng mos keladigan indikatorli sessiya skalpingini ko‘rib chiqishni taklif etaman.

LiteFinance: Skalping

Strategiya 4 ta asosiy indikator signallarini taqqoslashga asoslangan. Asosiy signalni MACD ossillyatoridan olamiz, so‘ngra bu signalni RSI va ikkita MA yordamida tekshiramiz.

Strategiyaning mohiyati shundan iboratki, signal to‘rtta indikatorning barchasida mos kelishi kerak.

Yuqoridagi grafikda muvofiqlik namunasini keltirdim.

Sotib olish signalini quyidagi holatlarda olamiz: MACD birinchi barni 0 darajadan yuqorida hosil qiladi, RSI 50 o‘rta darajani pastdan yuqoriga kesib o‘tadi va 10 davrli tez chiziqli-tortilgan sirpanuvchi o‘rtacha qiymat, 26 davrli eksponensial sirpanuvchi o‘rtacha qiymatdan yuqoriroq joylashgan bo‘ladi.

Sving-treyding

"Sving-treyding" ko‘pchilik o‘ylaganidek oddiy strategiya emas. "Sving-treyding" — bu bozor qonuniyatlari, usullari va bilimlarining murakkab majmuasi bo‘lib, hammasi birgalikda sizga aniq savdo rejasini beradi, unda har bir ikir-chikir hisobga olinadi.

LiteFinance:

Umuman olganda, sving-treyding shunday savdo usuli hisoblanadiki, unda treyder korreksion harakatlarni hisobga olmay, trend bo‘yicha ochiq pozitsiyani iloji boricha uzoqroq ushlab turadi va shu bilan birga to‘g‘ri yondashilganda qandaydir kichik bo‘lagini emas, balki butun trendi birdan egallaydi.

Sving pozitsiyalari ko‘pincha bir oydan ortiq muddat davomida ushlab turiladi. Biroq, ba’zan global miqyosdagi sving pozitsiyalar ham uchraydi.

Yuqoridagi grafikda men oltin bo‘yicha haqiqiy bitimimni yozib qo‘ydim, uni deyarli bir yil davomida ochiq ushlab turdim, asosiy bitimga tegmagan holda, qo‘shimcha qisqa muddatli bitimlarni qo‘shdim va kamaytirdim.

Umumiy qilib aytganda, men sving-treydingni treyderlik san’atining cho‘qqisi deb hisoblayman va bu usul haqida tez orada siz uchun alohida maqola yozmoqchiman.

Yangiliklar asosida savdo qilish

Yangiliklar asosida savdo qilish juda mashhur savdo turi hisoblanadi.

Odatda, yangiliklar asosidagi savdo ikki turga bo‘linadi: davriy yangiliklarga tayangan savdo va voqealarga tayangan savdo. Davriy savdo asosan iqtisodiy taqvim yordamida amalga oshiriladi. Voqealarga tayangan savdo uchun esa sizni qiziqtirgan instrument atrofida nimalar bo‘layotganidan xabardor bo‘lib turishingiz talab qilinadi.

LiteFinance:

Misol tariqasida men "Walmart Inc" kompaniyasi atrofidagi hodisalarni tanladim. Avgust oyi oxirida kompaniya mashhur "TikTok" xizmatini sotib olgani e’lon qilindi va aksiyalar narxi faol o‘sishni boshladi, mana sizga sotib olish uchun bitim namunasi. Ammo bir oy o‘tgach, ommaviy axborot vositalarida Xitoy hukumati ushbu bitimni bloklashi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘ldi va Walmart aksiyalari narxi faol ravishda pasaya boshladi — bu esa sotish uchun signal.

CFD ning afzalliklari va kamchiliklari

Xo‘sh, CFD treyding aslida nima o‘zi? Daromad olish usulimi yoki navbatdagi keraksiz instrumentmi?

Bu savolga javob topish uchun uning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish kerak bo‘ladi.

Taxminan o‘n yil oldin dunyo bo‘ylab brokerlar narxlar farqi bo‘yicha shartnomalarni faol ravishda ochishni boshlaganlarida, men o‘z-o‘zimga savol bera boshladim: "CFD nima o‘zi?"

Yangi turdagi shartnomalarni o‘rganish jarayonida ularning boshqa mavjud shartnomalarga nisbatan bir qator afzalliklarini aniqladim. Biroq, vaqt o‘tishi bilan afzalliklar bilan birga sezilarli kamchiliklar ham ko‘zga tashlana boshladi. Keling, bularni birin-ketin ko‘rib chiqamiz...

CFD afzalliklari

CFD bilan ishlash jarayonida men boshqa turdagi shartnomalarga nisbatan to‘rtta asosiy afzallikni aniqladim:

1. Savdo uchun juda oz mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu afzallik haqida ushbu maqolada ko‘p marta aytib o‘tganman.

2. Marjinal garov (kredit yelkasi) — bu CFD shartnomalari bilan savdo qilishni deyarli har kimga qulay qiladigan eng katta afzallikdir. Xo‘sh, bitta aksiyaning 1500 dollarlik qiymatiga nisbatan 2% li garov nima degani? Qandaydir 30 dollar evaziga men kuniga 100, 200, 300 va undan ortiq dollarlik daromad olish imkoniyatiga ega bo‘laman.

3. Juda past komission to‘lovlar. Biror kompaniyaning aksiyalarini "uzoq muddatga," bir necha oydan bir yilgacha sotib olish haqida gap ketganda, shaxsan mening miyamda darhol katta raqamlar namoyon bo‘ladi.

Mazkur raqamlar komission ajratmalar bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: sotib olish uchun soliqlar, aksiyadorlar reyestriga kiritilganlik uchun komissiyalar, yetkazib berish uchun mumkin bo‘lgan komissiyalar (agar gap tovarlar haqida borayotgan bo‘lsa), yelka uchun yig‘imlar, overnayt va boshqa to‘lovlar.

Bu to‘lovlar portfelga biror narsa sotib olishdan avval jiddiy o‘ylashga majbur qiladi. Men CFD shartnomasini sotib olishga qaror qilganimda esa, bu haqda umuman o‘ylamayman, chunki men faqat bir martalik spredni, lot uchun 25 sentlik komissiyani va bir sentdan kam bo‘lgan svop stavkasini to‘layman, xolos.

Больше тут говорить не о чем. Masalan, Google aksiyasi bo‘yicha 1500 dollarga 1 ta shartnoma sotib olsangiz, siz 80 sent spred, 25 sent komissiya va 10 kunlik egalik huquqi uchun kuniga 1 sentdan to‘laysiz. Tamom!!! 1500 dollarlik shartnoma uchun siz atigi 1 dollar komissiya to‘laysiz. Bu borada boshqa gapiradigan gap yo‘q.

4. Portfelni xedjirlash imkoniyati. Xedjirlash haqida yuqorida yozib o‘tgan edim. Umuman, xedjirlash uchun opsionlar va fyucherslar kabi ko‘plab derivativlar mavjud, ammo ularga nisbatan CFD shartnomasi ancha arzonroq.

Mohiyatan, narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar — bu "loklar" va sintetik xedj pozitsiyalarini yaratishning mukammal usulidir. Ammo ularning asosiy afzalligi jismoniy aksiyalar bo‘yicha pozitsiyani bir zumda xedjirlash imkoniyatidir. Buni qanday qilish kerakligini yuqorida aytib o‘tganman.

Qulaylik — bu band yuqoridagilarning barchasini umumlashtiradi. Qulaylikka farq qiladigan shartnomalar bilan bog‘liq barcha narsalar kiradi. Bular minimal garov, cheklanmagan kredit yelkasi va deyarli mavjud bo‘lmagan komissiyalardir. Ammo bir narsani alohida ta’kidlash kerak — bu hammaboplik.

Hozirda foreks bozori brokerlari bitta qulay va odatiy terminalda barcha turdagi instrumentlar bo‘yicha CFD shartnomalari bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etmoqda. Siz turli xil birjalarda hisoblar ochishingiz shart emas, har bir yirik broker o‘zidagi narxlar farqi bo‘yicha eng mashhur shartnomalarning barchasidan foydalanish huquqiga ega.

CFD kamchiliklari

Kamchiliklarga kelsak, men o‘zim uchun faqat ikkitasini ajratdim. Ehtimol, ularni kamchiliklar deb ham bo‘lmaydi, lekin men har doim mayda nyuanslarga e’tibor berishni maslahat beraman, chunki natija aynan shulardan hosil bo’ladi.

1. Qonunchilik bilan tartibga solinmaganligi

Menimcha, ko‘pchilik, "Agar biz hammamiz offshor maydonlarda savdo qilsak va soliq to‘lamasak, qanday qonunlar haqida gap ketyapti?" degan savolni berishi mumkin.

Albatta, shunday, men o‘zim ham daromad solig‘ini to‘lamasligimdan behad xursandman. Ammo sizga quyidagi statistikani keltiraman.

So‘nggi yillarda brokerlar va ularning mijozlari o‘rtasida narxlar farqi bo‘yicha tuzilgan bitimlarga oid nizolar holatlari ko‘paydi. Buning sababi shundaki, CFD shartnomasining market-meykeri, odatda, brokerning o‘zi bo‘lib, binobarin, qoidalarni ham uning o‘zi belgilaydi. CFD ning aniq belgilangan spetsifikatsiyasi yo‘qligi uni standartlashtirilmagan qiladi. Har qanday nizo yuzaga kelganda, broker doimo haq bo‘lib chiqadi.

Aynan shu sababga ko‘ra, ishonchli bo‘lmagan broker bilan CFD shartnomalari asosida ishlamaslikni qat’iy tavsiya etaman. Yaxshisi, komissiyasi biroz yuqoriroq bo‘lgan brokerni tanlang, shunda siz aldanib qolmasligingizga amin bo‘lasiz.

2. CFD egalari aksiyadorlar hisoblanmaydi

Va yana aytish mumkinki, bu kamchilik unchalik jiddiy asosga emas.

Treydingda yangi boshlayotganlar uchun bu unchalik muhim emasdir balki, ammo tajribali treyderlar uchun bu juda ahamiyatli narsa.

CFD shartnomani sotib olish va jismoniy aktsiyani sotib olishdagi farq, tartibga solish normalarida.

Agar siz aksiya sotib olgan bo‘lsangiz va uni aksiyadorlar reestriga kiritgan bo‘lsangiz, uni sotmaguningizcha yoki boshqa birovga topshirmaguningizcha uning egasi bo‘lib qolasiz. Boshqa masalalar — suv toshqini, yong‘in, global inqiroz, COVID-19 pandemiyasi, brokeringizning bankrotligi va boshqalar — bu jarayonga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi. Aksiya qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qoladi, hatto siz uni sotib olgan broker 10 yildan buyon yo‘q bo‘lsa ham.

Agar sizda aksiyasi bo‘lgan kompaniya to‘satdan yopilishga qaror qilsa yoki uni boshqa kompaniya sotib olsa, u holda aksiya sizda qoladi va u sizdan sotib olinmaguncha qiymatga ega bo‘ladi.

CFD shartnomasiga kelsak, uning uchun faqat sizning brokeringiz javob beradi va agar broker bilan nimadir sodir bo‘lsa, sizning shartnomalaringiz qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday yo‘qolib ketadi.

Yana bir bor eslataman — sinalgan brokerlarni tanlang!

CFD savdo platformalari va instrumentlari

Mana endi CFD shartnomalari bilan ishlashda nimalardan foydalanish kerakligi haqida gaplashadigan vaqt keldi.

1. Savdo platformalari

Farq bo‘yicha kontraktlar eng oddiy birja kontrakti hisoblanadi, binobarin, ular qandaydir maxsus softni talab qilmaydi. CFD shartnomalari bilan ishlash uchun brokeringiz taklif qilayotgan oddiy savdo terminalining o‘zi yetarli.

Eng mashhur platformalar orasida, shubhasiz, MetaTrader 4 savdo terminali birinchi o‘rinda turadi. Aslida, mening fikrimcha, undan yaxshiroq savdo terminali hozirgacha yaratilmagan. Unda savdo uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar mavjud: texnik tahlil vositalarining keng to‘plami, shuningdek tarixiy grafiklarni yuklash imkoniyati ham mavjud.

Ushbu terminalning 5 versiyasi ham mavjud, ammo u 4 kabi mashhur emas.

Keyingi o‘rinda so‘nggi paytlarda yetakchi brokerlar orasida paydo bo‘la boshlagan ancha qulay onlayn platformalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning afzalligi ulardan foydalanishning qulayligidadir, chunki platforma to‘g‘ridan-to‘g‘ri treyderning shaxsiy kabinetiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning egasi broker bilan o‘zaro aloqa qilishning barcha imkoniyatlaridan bir lahzada foydalanishi mumkin.

2. Savdo uchun instrumentlar

Instrumentlar qatoriga brokeringiz taqdim etadigan barcha qo‘shimcha imkoniyatlar kiradi.

Iqtisodiy taqvimlar ham, zarur tahlillardan bepul foydalanish ham shular jumlasidandir. Bunday xizmatni faqat juda ishonchli brokerlar taqdim etishi mumkin, chunki har kim ham o‘z tahliliy departamentini tashkil etishga qurbi yetmaydi. Men yuqorida ta’riflagan treyder kalkulyatoriga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha texnik dasturlar ham ushbu ro‘yxatga kiradi. Shuningdek, bularga yangiliklar asosida savdo qiluvchilar uchun zarur bo‘lgan yangiliklar lentalarini ham qo‘shish mumkin.

3. Grafik analiz elementlari

Odatda, bunday instrumentlar savdo platformasiga o‘rnatilgan, ammo vaqt bir joyda turmaydi va doimiy ravishda yangi savdo indikatorlari yoki grafik elementlari paydo bo‘ladi va ularni doimiy ravishda yuklab olish va savdo terminaliga o‘rnatish kerak bo’ladi.

4. Savdo maslahatchilari

Bu instrumentlar sizning savdolaringizni avtomatlashtirish uchun zarur. Savdo robotlaridan foydalangan holda savdo qilish algoritmik savdo deb ataladi. Ularning afzalligi shundaki, ular treyder uchun bozorga kirish uchun signallarni izlashdan tortib, to treyder ishtirokisiz to‘liq avtomatik savdogacha bo‘lgan ko‘p ishlarni bajaradilar.

Odatda, bunday instrumentlarning butun to‘plami muvaffaqiyatli treyderning arsenalida bo‘lishi kerak. Yetakchi brokerlar buni tushungan holda, o‘z mijozlariga ushbu to‘plamning barchasini bir joyda va bir platformada taklif qilishga harakat qilishadi.

Bir necha bor aytganimdek, men moliyaviy bozorlarda 15-yillik tajribaga ega bo‘lgan LiteFinance brokerini tanlaganman.

Ushbu broker bilan 5 yildan ortiq vaqtdan beri ishlayman, bungacha ko‘plab turli brokerlarni sinab ko‘rganman.

Ushbu brokerning boshqalardan asosiy farqi uning ochiqligidadir.

Barcha kerakli narsalar bir yerga jamlangan.

Saytning tuzilishi shunday qurilganki, siz istagan joyga yetib borish uchun ko‘plab havolalarni bosib o‘tishingiz shart emas. 2 — ko‘pi bilan 3 — marta bosish orqali sizga kerak bo‘lgan hamma narsani olasiz.

Agar mutaxassis tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, asosan komissiya kabi texnik jihatlarga taalluqli bo‘lgan savdo shartlari va narxning tezkor o‘zgarishlariga yoki sirpanishlarga serverning reaksiyasi meni mutlaqo qoniqtiradi. Kompaniya skalping va sving-treydingga nisbatan juda xayrixoh.

CFD savdosi bo‘yicha qoidalar va maslahatlar

Endi sizga o‘zingizning muvaffaqiyatli savdo strategiyangizni yaratish bo‘yicha bir necha maslahatlar berishga ijozat bering. Qanchalik oddiy va siyqasi chiqqan bo‘lmasin, har qanday savdo strategiyasi qoidalar to‘plamidan iborat bo‘lishi kerak. Keling, ana shu to‘plamni tuzib chiqamiz:

1. Doimo qoidalarga amal qiling!

Birinchi va eng muhim qoida — bu har doim o‘z savdo strategiyangiz qoidalariga qat’iy rioya qilishdir. Har qanday chekinish yoki yumshoq ko‘ngillik keyinchalik qahramonona yo‘l tutishga to‘g‘ri keladigan zarar yoki muammolarga olib kelishi kafolatlangan.

2. Cheklovchi orderlardan foydalaning

CFD shartnomalar bilan savdo qilishda siz ko‘pincha aksiyalar bilan ishlaysiz va aksiyalar savdosi vaqt bo‘yicha qat’iy tartibga solinadi. Shuning uchun savdolarda tanaffuslar yuzaga keladi, undan so‘ng narxlarda kutilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar sizning hamyoningizga zarar yetkazmasligi uchun doimo xatarlarni cheklash haqida unutmaslik darkor.

3. Qaror qabul qilishdan cho‘chimang

O‘z tajribamdan bilaman: agar xato qilishdan qo‘rqsangiz, hech qachon muvaffaqiyatli savdo strategiyasini yarata olmaysiz. Xatolar qilmay turib, siz ulardan qochishni hech qachon o‘rgana olmaysiz. Xatolar halokatli bo‘lib qolmasligi uchun esa 2-bandga qayting.

4. Kredit yelkani nazorat qiling

Doimo kredit yelkasining hajmini bitim ochilishidan oldin rejalashtirilgan chegarada ushlab turing va oldindan mo‘ljallanmagan harakatlarni qilmang.

Boshqacha aytganda, agar siz bitimda bo‘lsangiz va sizning fikringizni tasdiqlaydigon voqea ro‘y bersa, oldindan rejalashtirilmagan bo‘lsa, pozitsiya hajmini oshirish shart emas.

5. Bitimni ochishdan oldin uni hisoblab chiqing

Bitimni ochishdan avval siz qanday maqsadni ko‘zlayotganingizni va agar vaziyat kutilmagandek rivojlansa, qancha zarar ko‘rishingiz mumkinligini aniq bilishingiz zarur.

6. Hech qachon va hech kimga quloq solmang

Agar kimdir sizga bitkoindan million ishlab topganini aytsa, bu hamma narsadan voz kechib, bitkoin sotib olishingiz kerakligini anglatmaydi. Esingizda bo‘lsin, mish-mishlarning aksariyati ataylab tarqatiladi va ular sizga foyda keltirmaydi. Agar kimdir sizga LiteFinance yaxshi va ishonchli broker deb aytsa, unga quloq solmang — qarorni o‘zingiz qabul qiling!

7. Savdoda tanaffuslardan foydalaning

Doimo bozorda bo‘lishingiz shart emas. Tanaffus qiling, chunki tanangiz bunga juda muhtoj, zero charchoq oqibatida xatolar yuzaga keladi. Ayniqsa, muvaffaqiyatsiz bitimlardan so‘ng tanaffus qilish juda foydali.

8. Xatolaringizni tahlil qiling

Muvaffaqiyatsiz bitimni amalga oshirganingizdan keyin, bu sizning shaxsiy xatongiz bo‘lganmi yoki bu oddiy bozor xatarimi, aniqlashtiring. Agar bu bozor xatosi bo‘lsa va siz o‘z qoidalaringiz doirasida zararli bitimni yopgan bo‘lsangiz, o‘zingizni maqtang. Chunki hatto bunday murakkab vaziyatda ham siz sarosimaga tushmadingiz va o‘z strategiyangizga sodiq qoldingiz.

Bozor xatolari tez-tez sodir bo‘lmaydi va agar siz ularga doimo tayyor tursangiz, hisobingiz o‘sib boraveradi.

Boshqa moliyaviy instrumentlar bilan qiyoslaganda CFD savdosi

Bizning oldimizda CFD shartnomalarini birja taklif qiladigan boshqa instrumentlar savdosi bilan taqqoslash qoldi.

CFD vs. Aksiyalar savdosi

Agar aksiyalar bo'yicha CFD shartnomalarini jismoniy aksiyalar savdosi bilan taqqoslaydigan bo'lsak, bir nechta fikrlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

CFD afzalliklari

  1. Minimal marjinal talablar.
  2. Cheklanmagan kredit yelkasi.
  3. Komissiyalar va soliqlarning yo‘qligi.
  4. Shartnomalarni "shortda" ochish imkoniyati.
  5. Xedjirlash imkoniyati.

Jismoniy aksiyalarning afzalliklari

  1. Bitimlar qonun bilan qat’iy tartibga solinadi.
  2. Moliyaviy nizolarda garov aktivi sifatida qo'llanilishi mumkin.
  3. Broker likvidatsiya bo'lgan taqdirda, aksiyalar hali ham saqlanib qoladi.
  4. Mulkdor kompaniyaning ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadori hisoblanadi.

CFD vs. Spred-betting

Agar CFD savdosi va spred-bettingni taqqoslasak, bir nechta jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

CFD afzalliklari:

  1. Minimal marjinal talablar.
  2. Cheklanmagan kredit yelkasi.
  3. Komissiyalar va soliqlarning yo‘qligi.
  4. “Dillerlik faoliyati haqida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
  5. Xedjirlash imkoniyati.

Spred-betting afzalliklari:

  1. Mijozning o’zi bitim hajmini belgilaydi.
  2. Spred farqi bilan savdo qilish imkoniyati.

Spred-betting kamchiliklari:

  1. Tartibga soluvchi bazasi yo'qligi.
  2. Bukmekerlik bilan tenglashtirilgan faoliyat.
  3. Foyda bo'yicha cheklov mavjudligi.

CFD Vs. Fyuchers

Agar CFD savdosini fyuchers shartnomalarini sotib olish bilan taqqoslasak, bir nechta jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

Narxlar farqi bo‘yicha shartnomalarning afzalliklari:

  1. Minimal marjinal talablar.
  2. Cheklanmagan kredit yelkasi.
  3. Komissiyalar va soliqlarning yo‘qligi.
  4. Shartnomalarni "shortlarda" ochish imkoniyati.
  5. Xedjirlash imkoniyati.
  6. Yuqori likvidlilik.
  7. Muddatsiz shartnoma.

Fyuchers bitimlarining afzalliklari:

  1. Bazaviy aktivni xedjirlash imkoniyati.
  2. Qonun bilan qat’iy tartibga solish.
  3. Short ochish imkoniyati.
  4. Kontrakt bo‘yicha majburiyatlarning kafolatli bajarilishi.

CFD vs. Opsionlar

Agar CFD savdosini opsion shartnomalarini sotib olish bilan taqqoslasak, bir nechta jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

Agar CFD shartnomalari mavjud bo‘lmaganida, men hech ikkilanmasdan opsionlarni tarixdagi eng yaxshi moliyaviy vosita deb atagan bo‘lardim.

Narxlar farqi bo‘yicha shartnomalarning afzalliklari:

  1. Minimal marjinal talablar.
  2. Cheklanmagan kredit yelkasi.
  3. Komissiyalar va soliqlarning yo‘qligi.
  4. Shartnomalarni "shortlarda" ochish imkoniyati.
  5. Xedjirlash imkoniyati.
  6. Yuqori likvidlilik.
  7. Muddatsiz shartnoma.

Opsion shartnomalar afzalliklari:

  1. Bazaviy aktivni juda arzon xedjirlash imkoniyati.
  2. Qonun bilan qat’iy tartibga solingan.
  3. Kontraktni ham sotish, ham sotib olish imkoniyati.
  4. Kontrakt bo‘yicha majburiyatlarning kafolatli bajarilishi.
  5. Birja instrumentlari orasida, zararni cheklashning eng yaxshi o'rnatilgan tizimiga ega.

Opsion shartnomalarining kamchiliklari:

  1. Past likvidlilik.
  2. Binar opsionlar savdosi — mutlaqo yashirin va tartibga solinmagan OTC bozori ekanligini inobatga oling. Moliyaviy xizmatlarning noinsof provayderiga duch kelish ehtimoli juda yuqori.

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda, CFD shartnomalarini savdo qilish yangi kelganlar va katta sarmoyaga ega bo‘lmagan treyderlar uchun ideal variantdir. Katta miqdordagi mablag‘larga ega bo‘lgan treyderlar esa qonunchilik yetarlicha tartibga solinmaganligi va kredit yelkasidan foydalanish bilan bog‘liq yuqori xatarlar tufayli asosiy aktivni o‘zini sotib olishni afzal ko‘radilar.

CFD shartnomalarini tanlashda har bir treyder barcha xatarlarni sinchkovlik bilan baholashi lozim. Agar siz past komissiya va arzon narxni ma’qul ko‘rsangiz, CFD boshqa ko‘plab savdo usullariga nisbatan ajoyib muqobil variant bo‘ladi.

Biroq shuni yodda tutish kerakki, har qanday treyder uchun muvaffaqiyatning yagona o‘lchovi uning depozitidagi foyda miqdori hisoblanadi va savdoda qanday instrument bilan olinganligi mutlaqo muhim emas.

Gapni cho‘zib o‘tirmasdan, ishga kirishish vaqti keldi. Sizlarga omad tilayman, savollaringiz bo‘lsa, yordam berishdan doimo xursandman!

CFD shartnomalari savdosi bo’yicha FAQ

CFD shartnomasi yoki narxlar farqi bo‘yicha shartnoma — bu ikki tomon (sotuvchi va xaridor) o‘rtasidagi maxsus kelishuv bo‘lib, unda asosiy aktivning bitim ochilgan paytdagi joriy qiymati bilan bitim yopilgan paytdagi qiymati o‘rtasidagi farqni o‘tkazish nazarda tutiladi.

CFD savdosi — bu derivativdan foydalangan holda birjada bitim tuzish usuli. CFD savdosi aksiya, tovar, valyuta, fond indeksi ishtirok etishi mumkin bo‘lgan asosiy aktiv narxlarining farqi bo‘yicha shartnoma tuzish imkoniyatini nazarda tutadi. Bunda kontrakt bazaviy aktivga haqiqiy egalik qilishni nazarda tutmaydi.

Foreks CFDsi — bu turli birjalarda savdo hisoblarini ochmasdan narxlar farqi bo‘yicha shartnomalar bilan operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatidir. Foreks bozori brokerlari mijozlarga faqat bitta savdo hisobidan foydalangan holda turli moliyaviy vositalar bo‘yicha bitimlar tuzish imkoniyatini taqdim etadi.

CFD shartnomalari, birinchi navbatda, turli mamlakatlar fuqarolariga boshqa moliyaviy yurisdiksiyadagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar tuzishga imkon bermaydigan qonuniy cheklovlarni aylanib o‘tish usulidir. Shuningdek, CFD narxlar farqi bo‘yicha shartnomalari — investorda sotib olish uchun mablag‘i yetishmaydigan kompaniyalar aksiyalarini sotib olishning juda arzon usuli hisoblanadi.

Ha. CFD shartnomalari lot deb ataluvchi shartnoma hajmini shakllantirishning standartlashtirilgan tizimini nazarda tutadi. Birja aksiyalari bo‘yicha CFD shartnomasining minimal loti, odatda, 1 lot bo'lib, u bitta aksiyaga teng. Demak, bunday bitimda sizning kredit yelkangiz bo‘lmaydi va 1:1 ni tashkil qiladi.

Real aktiv bo‘yicha bitimni CFD shartnomasi yordamida xedjirlash uchun siz ushbu aktiv bo‘yicha CFD bitimini asosiy aktiv bilan bitimning qarama-qarshi tomoniga ochishingiz zarur. Agar asosiy aktiv sotib olingan bo‘lsa, CFD shartnomani hajmga rioya qilgan holda sotish kerak. Agar asosiy aktiv sotilgan bo‘lsa, sotib olishga CFD shartnomasini tuzish kerak.

Fyuchers shartnomasi va CFD shartnomasi o‘rtasidagi eng asosiy farq — bu shartnomaning ijro muddati. Fyuchers kontrakti muddatli instrument hisoblanadi va muddati tugashi (ekspiratsiya) ni nazarda tutadi, bu muddat kelgach, kontraktni qayta tuzish zarur. CFD shartnomasining muddati yo‘q va u har qanday vaqt davri uchun tuzilishi mumkin.

Foreks bozorida tuzilgan CFD shartnomalari valyuta juftliklari bilan o‘xshash soliq bazasiga ega. Boshqa so‘z bilan aytganda, agar broker offshor yurisdiksiyada bo‘lsa, mijozning o‘zi soliq agenti hisoblanadi va soliqlarni to‘lash to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra qaror qabul qilishi mumkin. CFD shartnomasi bo'yicha boshqa soliq yuklamasi mavjud emas.

CFD shartnomalari bilan ishlaydigan treyderning, xuddi boshqa har qanday treyder singari, muvaffaqiyati savdo strategiyasiga aniq va qat’iy amal qilishiga bog‘liq. Agar treyder o‘zi belgilagan qoidalarga rioya qila olsa, u tez orada muvaffaqiyatga erishadi. Boshqa barcha yo‘llar faqatgina zararga olib keladi.

CFD-kontrakt rasmiy standartlashtirilgan kontrakt hisoblanadi, shu sababli unga valyuta bitimlari yoki boshqa har qanday derivativlarga nisbatan qo‘llaniladigan barcha qonunchilik bazasi tatbiq etiladi.

CFD shartnomalari bilan savdo qilish xavfsizligi, o‘z mijozlariga narx farqlari bo‘yicha shartnomalarni taqdim etuvchi brokerning yurisdiksiyasi doirasida kafolatlanadi. Broker qanchalik ishonchli bo‘lsa, CFD shartnomalari bilan savdo qilish shunchalik xavfsiz hisoblanadi.

Ha, bunday CFD shartnomalari mavjud. Ba'zi xorijiy kompaniyalar aksiyalari bo‘yicha CFD shartnomalarini, agar siz ushbu aksiyalarning emitenti bo‘lgan mamlakat fuqarosi bo‘lmasangiz, ular bilan savdo qila olmaysiz.

Marjalil garov tamoyilining qo‘llanilishi barcha moliyaviy instrumentlar orasida CFD shartnomalari bilan savdo qilish imkoniyatini eng qulay qiladi. Misol uchun, "LiteFinance" brokeri orqali xorijiy kompaniyalar aksiyalari bo‘yicha CFD shartnomalari savdosi bazaviy aktivning to‘liq qiymatidan atigi 2% ga teng bo‘lgan garovni nazarda tutadi. Masalan, 112 dollar turadigan bitta Apple aksiyasini sotib olish uchun sizga atigi 2 dollar 25 sent kerak bo‘ladi.


P.S. Maqolam sizga yoqdimi? Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, bu eng yaxshisi. Rahmat :)

Foydali havolalar:

CFD o‘zi nima va u qanday ishlaydi?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat