Xayrli kun, hamkasblar! Ushbu maqolada biz birjadagi Bid va Ask nima ekanligi haqida gaplashamiz, narxlarning har bir turiga ta’rif beramiz va ularning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Bid va Ask narxi nima ekanligini anglab yetgach, treyder oldi-sotdi uchun limit orderlarini to‘g‘ri qo‘ya oladi, shuningdek, bitimni to‘g‘ri boshqara oladi. Masalan, bozor Take Profitni chetlab o‘tishiga yoki narx kerakli tomonga yo‘nalishdan oldin Stop Loss orderiga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik. Keling, treydingda Bid va Ask nima ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Bid va Ask nima?

  • ASK narxi - bu sotib olish yoki taklif narxi; sotuvchi belgilagan narx.

  • BID narxi - bu sotuv yoki talab narxi; xaridor belgilagan narx.

  • Ask va Bid narxlari o‘rtasidagi farq "spred" deb ataladi.

Narx shakllanish jarayonini klassik bozor munosabatlari misolida ko‘rib chiqamiz.

Har qanday bozorda har doim ikki tomon mavjud bo‘ladi: sotuvchi va xaridor. Talab va taklif bozordagi narxlar harakatini boshqaradi. Sotuvchilar va xaridorlar foydali ishlashi uchun yaxshiroq narx olish umidida o‘zaro savdolashadilar. Xaridor aktivni arzonroqqa sotib olishni, sotuvchi esa qimmatroqqa sotishni xohlaydi.

Savdo jarayonida sotuvchilar va xaridorlar bir-birlariga daromad olish maqsadida eng qulay narxlarni taklif qilishga harakat qiladilar. Ask va Bid narxlari o‘rtasidagi farq tufayli spred hosil bo‘ladi. Bozor ishtirokchilari doimo ham kelishuvga erisha olmaganliklari sababli, ba’zida spredning kengayishini, ya’ni Ask va Bid narxlari o‘rtasidagi sezilarli farqni kuzatamiz. Treyderlarning qiziqishi to‘plangan joylarda spred torayadi, hatto ba’zan nolga teng bo‘ladi. Odatda, bu sotuvchilar va xaridorlarning ko‘pligidan darak beradi. Ayrimlar aktivdan iloji boricha tezroq qutulishni istasa, boshqalar esa uni tezroq sotib olishga intiladi. Bu vaziyatda sotish va sotib olish narxlaridagi daromad ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.

Spredda broker pul ishlab topadi. Ask narxlari bo'yicha sotuvchilar o‘z narxlarini qo‘yadilar va daromad oladilar, Bid narxlari bo'yicha esa xaridorlar. Treyder esa aktivni sotib olish va sotish narxi o‘rtasidagi sezilarli farq tufayli foyda oladi. Boshqacha qilib aytganda, punktlar hisobiga daromad qiladi.

Bid narxi

Xarid qiluvchi treyder Bid narxini belgilaydi. Bu talab narxi yoki xaridor tovarni sotib olishga rozi bo‘ladigan maksimal narxdir. Xaridor qimmat sotib olishni xohlamaydi - bu talab va taklif qonunining mantiqiy ifodasidir.

Ask narxi

Sotuvchi treyder Ask narxini belgilaydi. Ask narxi - bu taklif narxi yoki sotuvchi tovarni sotishga rozi bo‘lgan eng past narx. Sotuvchi uni qimmatroqqa sotishdan manfaatdor.

Bid va Ask narxlarining shakllanishi

Bozorda tovarning qiymatini oshirish uchun asoslar paydo bo‘lganda sotuvchi ASK narxini oshiradi. Xaridor, shunga mos ravishda, eski narxda kerakli mahsulotni sotib olish imkoniyati kamligini tushunadi va Bid narxini oshiradi.

Aktiv narxi pasayganda jarayon teskari tomonga o‘zgaradi: xaridor aktivni ancha manfaatli narxda sotib olmoqchi bo‘ladi va Bid narxini pasaytiradi, sotuvchi esa bitimdan kutganlarini qayta ko‘rib chiqishga va Ask narxini pasaytirishga majbur bo‘ladi.

Bitim sotib oluvchi aktiv uchun sotuvchi istagan summani to‘lashga tayyor bo‘lganda yoki sotuvchi tovarni darhol sotib oluvchi belgilagan narxda sotishga rozi bo‘lganda amalga oshadi.

Bid-ask spred qanday hisoblanadi (bid-ask spread)

Bid-ask spredini hisoblab chiqish uchun avval aktivning joriy Bid narxini, so‘ngra esa - joriy Ask narxini bilish zarur.

So‘ngra Ask narxidan Bid narxini ayirish talab qilinadi. Shu tariqa instrument bo‘yicha bid-ask spredini hisoblab chiqish mumkin. Bu jarayonni quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz.

LiteFinance shaxsiy kabinetida joriy Bid va Ask narxlarini o‘ngdagi savdo instrumenti oynasida ko‘rish mumkin:

LiteFinance: Bid-ask spred qanday hisoblanadi (bid-ask spread)

Sotuv narxi (SELL) - bu Bid narxi. Yuqoridagi misolda EUR/USD juftligi bo‘yicha Bid narxi 1.05295 ga teng.

Xarid narxi (BUY) - bu Ask narxi. Yuqoridagi misolda EUR/USD juftligi bo‘yicha Ask narxi 1.05296 ga teng.

Bid-ask spredni hisoblash uchun xarid narxidan (Ask) sotuv narxini (Bid) ayirish kerak. Bid-ask misolida EUR/USD instrumenti bo‘yicha spred quyidagicha bo‘ladi:

1.05296 - 1.05295 = 0.00001 yoki 0.1 punkt

Bid-ask spred = Ask narxi - Bid narxi

MetaTrader terminalida bid-ask spredini hisoblash uchun Ctrl+M klavishlari yordamida "Market Watch" menyusini chaqirish mumkin.

LiteFinance: Bid-ask spred qanday hisoblanadi (bid-ask spread)

Ochilgan "Market Watch" menyusida standart ravishda Bid va Ask narxlari ko‘rsatiladi. Spredni hisoblab chiqish uchun Ask narxidan Bid narxini ayirish kerak.

Masalan, GBP/USD instrumenti bo‘yicha spred:

1.21903 - 1.21895 = 0.00008 yoki 0.8 punkt.

Vazifani osonlashtirish va " Market Watch " oynasida spred aks ettirishni yoqish mumkin. Bunday holda, dastur avtomatik ravishda instrumentlar bo‘yicha spredni hisoblab chiqadi.

"MetaTrader 4" da spred aks ettirilishini yoqish uchun "Symbol | Bid | Ask" panelidagi sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish talab etiladi. Ochilgan menyudan "Spread" tugmasini topib, uni bosing. Shundan so‘ng instrument bo‘yicha joriy spredli ustun Ask narxining o‘ng tomonida paydo bo‘ladi va "!" bilan belgilanadi.

LiteFinance: Bid-ask spred qanday hisoblanadi (bid-ask spread)

LiteFinance: Bid-ask spred qanday hisoblanadi (bid-ask spread)

Bid va Ask spredi misoli

Valyuta narxidagi farqni quyidagi skrinshot yaqqol aks ettiradi:

LiteFinance: Bid va Ask spredi misoli

Misoldagi GBP/USD juftligi bo‘yicha spred 0.6 punktga teng. Bid-spreadini hisoblab chiqish uchun “Ask price”dan “Bid price” chegirib tashlanadi.

Foreksda Bid va Ask bilan savdo qilish bo‘yicha maslahatlar

Nega savdoda Bid va Ask narxlarini hisobga olish kerak?

Hozir siz so‘rashingiz mumkin: bularning hammasini bilishning menga nima foydasi bor? Bid va Ask narxlari borligi yoki yo‘qligining menga nima ahamiyati bor?

Ishonchim komilki, deyarli har bir kishi quyidagi vaziyatga duch kelgan: biror moliyaviy vosita bo‘yicha sotish bitimini ochganingizda, Take profit’ni ma’lum bir darajaga qo‘yasiz; grafikdagi narx o‘sha darajaga yetadi, "tegib" orqaga qaytadi, lekin sotish bitimi ochiq holda qolaveradi.

LiteFinance: Nega savdoda Bid va Ask narxlarini hisobga olish kerak?

Yoki sizda Buy-Limit xarid qilish uchun limitli order o‘rnatilgan. Grafikdagi narx siz sotib olmoqchi bo‘lgan darajaga tegishlidir, lekin bitim ochilmaydi va bozor sizning ishtirokingizsiz kerakli tomonga ketadi.

LiteFinance: Nega savdoda Bid va Ask narxlarini hisobga olish kerak?

Nega bunday bo‘ladi? Chunki siz o‘z savdoingizda Ask narxlarini hisobga olmagansiz.

Har qanday vosita grafigida broker bizga faqat Bid narxini (talab narxini) ko‘rsatadi. Ask narxi esa har doim Biddan keyin keladi, lekin biz ko‘rmaydigan kichik masofa bilan.

MetaTrader terminalida Ask narxini aks ettirishni qanday yoqish mumkin

Deyarli har qanday terminalda biz "grafikda Ask narxini ko‘rsatish" parametrini o‘rnatishimiz mumkin. Mashhur MetaTrader 4 terminali misolida ko‘rib chiqamiz.

Ask chizig‘ini aks ettirishni yoqish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini grafik oynasining istalgan joyiga bosib, keyin "Properties" ni bosishingiz kerak. "F8" tugmasi yordamida sozlash oynasini ham chaqirish mumkin.

Oynada "Common" bo‘limiga o‘tib, "Show Ask line" tugmasini bosamiz. Shundan so‘ng grafikda Ask qizil gorizontal chizig‘i paydo bo‘ladi.

LiteFinance: MetaTrader terminalida Ask narxini aks ettirishni qanday yoqish mumkin

Boshqa savdo terminallarida Ask liniyasini xuddi shu tarzda yoqish mumkin.

Ushbu opsiya yuqori spredli instrumentlar bilan savdo qiluvchi treyderlar uchun foydali bo‘ladi.

Spred tuzog‘idan qanday qochish mumkin

Spred tuzoqlarini shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Broker sizning kechiktirilgan Buy Limit orderingizni faollashtirmaydi, garchi narx grafikda kerakli narxga yetgandek tuyulsa ham.

  2. Sotuvda Stop Loss ishga tushadi, vaholanki grafikdagi narx u o‘rnatilgan darajaga yetmagan bo‘ladi.

  3. Sotuvda TakeProfit ishga tushmaydi, garchi narx grafikda siz belgilagan qiymatga tegib o‘tgan bo‘lsa ham.

Bunday tuzoqlar treyder yuqorida ko‘rsatilgan orderlarni joylashtirishda instrument bo‘yicha spredni hisobga olmagan holda yuzaga keladi.

1-holat: broker kechiktirilgan Buy-Limit orderini faollashtirmaydi.

Bu holat grafikdagi narx (Bid) sizning kechiktirilgan buyurtmangiz darajasiga yetganda, lekin odatda grafikda ko‘rsatilmaydigan Ask chizig‘i buyurtmangiz darajasiga yetmaganda yuz berishi mumkin. Har doim esda tutish kerakki, sotib olish Ask narxi bo’yicha, sotish esa Bid narxi bo’yicha amalga oshadi. Buy Limit orderini ishga tushirishda faqat Ask narxlari hisobga olinadi.

Xarid orderingiz ishga tushishi uchun uni kutilgan narxdan (desired price) yuqoriroqqa, ya’ni instrumentning spred darajasiga (opening price with spread) o‘rnatish lozim. Shunda order faollashganda grafik xaridning kutilgan narxidan biroz pastroqqa tushadi, ammo bunday holda xarid aniq ochilishi ta’minlanadi.

LiteFinance: Spred tuzog‘idan qanday qochish mumkin

2-holat: Grafikda narx Stop-lossga yetib bormagan bo‘lsa ham, sotuv bo'yicha ushbu order ishga tushadi.

Bu holat, agar siz instrument bo‘yicha spredni hisobga olmay, himoya stop-orderini to‘g‘ridan-to‘g‘ri biror darajaga yoki oldingi maksimumga o‘rnatganingizda yuz beradi. Bunday vaziyatda narx sizning stop-loss darajangizga yaqinlashganda, siz zarar bilan chiqishni taxmin qilgan nuqtaga yetmasdan oldin bitim yopilishi mumkin.

Buning oldini olish uchun stop-loss orderi xarid narxi, ya’ni Ask narxi bo‘yicha ishga tushishini esda tutish lozim.

Sotuvni yopish uchun siz xuddi shu hajmdagi xaridni ochishingiz kerak. Narxlar farqida foyda yoki zarar bo‘ladi - bu bozorning asosiy qonunidir.

Endi bizda sotish bo'yicha bitim ochilgan yoki u sell-limit yordamida rejalashtirilayotgan deb faraz qilaylik. Stop-loss darajasiga yetganda sotuv yopiladi. Sotish bitimini yopish uchun, hatto Stop Loss bo‘yicha bo‘lsa ham, xuddi shunday hajmdagi xaridni ochish zarur. Shundan kelib chiqadiki, Stop Loss orderi Ask narxida ishlaydigan xariddir.

Sotishda Stop Loss orderining keraksiz ishga tushishi tuzog‘idan qochish uchun uni lokal maksimumdan instrument bo‘yicha spred (joriy spred) miqdorida yoki darajadan yuqoriroq o'rnating.

LiteFinance: Spred tuzog‘idan qanday qochish mumkin

3-holat: narx grafikda siz belgilagan qiymatga (desired price) teggan bo‘lsa ham, TakeProfit sotishda ishga tushmaydi.

Muammo shundaki, treyder o‘z savdolarida Ask narxini hisobga olmaydi. Avvalroq aniqlaganimizdek, Ask narxi xarid narxi yoki taklif narxidir. Sotuvni yopish uchun xuddi shu hajmdagi xaridni ochish kerak. Shunga ko‘ra, Take-profit orderi - bu sotuvni yopish maqsadida ochiq bitim bilan bir xil hajmdagi aktivni oddiy sotib olishdir. Shuning uchun Take Profit orderi Ask narxida ishlaydi. Grafikdagi Ask narxi odatda Bid narxidan yuqoriroq va agar siz uni hisobga olmasangiz, order yopilmasligi mumkin.

Bunday tuzoqlardan qochish uchun treyder istalgan yopish narxidan biroz yuqori sotish uchun Take Profit orderini vosita bo‘yicha o‘rtacha spred darajasiga qo‘yishi kerak (Take Profit price with spread).

LiteFinance: Spred tuzog‘idan qanday qochish mumkin

Xulosa

Bozor orderi har doim ham savdo uchun mos kelavermaydi, chunki foydali narxlar paydo bo‘lgan paytda treyder bozorda bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda limit orderi yordamga keladi, uni o‘rnatishda Bid va Ask narxlarini, shuningdek, spredni hisobga olish muhimdir.

Bid-ask spredi savdo uchun muhim, chunki u Ask narxi bilan Bid narxi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Broker spreddan daromad oladi. Treyder esa, savdo qilinayotgan instrumentlar bo‘yicha spredni hisobga olishi kerak, shunda bitimlar kechiktirilgan orderlar yordamida, treyderning fikriga ko‘ra, eng qulay narxlarda ochiladi va yopiladi. Bid-ask spredni hisobga olgan holda, savdoda bozordagi tegishli tuzoqlardan qochish va olinadigan foydani ko‘paytirish mumkin.

Bid va Ask narxlari bo‘yicha FAQ

Foreks bozorida Ask narxi - bu sotuvchi ma’lum bir moliyaviy vositani sotishga taklif qiladigan narxdir.

Foreksda Bid narxi - bu xaridor moliyaviy vositani sotib olish uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan narxdir.

Bid so‘zi inglizcha "bidder," ya’ni savdo ishtirokchisi so‘zidan olingan qisqartmadir. Bid narxi - bu taklif narxi, xaridor (ya’ni savdo ishtirokchisi) tovar uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan eng yuqori narx.

Forex bozoridagi Bid va Ask - bu valyuta juftligi uchun taklif va talab narxlaridir. Odatda, har qanday savdo terminalida xaridorning narxi (Bid) ko‘rsatiladi. Forexdagi Ask narxi, odatda, Bid narxidan bir necha punkt yoki punktning bir ulushi yuqori bo‘ladi.

Bid narxlari xaridorlar tomonidan belgilanadi, Ask narxlari sotuvchilar tomonidan shakllantiriladi. Narxlar o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, spred shuncha yuqori bo‘ladi. Instrument qanchalik faol sotilsa, bozorda sotuvchilar va xaridorlar shunchalik ko‘p bo‘ladi, shunga mos ravishda spred ham kamayadi.

Bid narxi - bu treyder har qanday savdo terminalida ko‘radigan asosiy narx hisoblanadi. Ask narxi esa, odatda, Bid narxidan bir necha punkt yoki punktning ma’lum ulushidan yuqori bo‘ladi.

Bidning hajmi - bu talab hajmi.

Talab hajmi taklif hajmidan yuqori bo‘lganda, xaridlar yanada kuchliroq bo‘ladi va narx pasayishdan ko‘ra yuqoriroq ko‘tariladi.

Ha, mumkin, lekin faqat siz so‘ragan xarid hajmi taklif hajmidan oshib ketgan holatdagina. Bunday vaziyatda, buyurtma Ask narxidan arzonroq narxda amalga oshadi.

Birja treydingida Bid va Ask nima?

Ushbu maqolada yozilganlar faqat muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, LiteFinance ning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etiladigan materiallar faqat ma'lumot berish maqsadlarida taqdim etilgan va 2014/65/EU Direktivasi maqsadlariga xizmat qiluvchi investitsiyavi maslahat yoki konsultatsiya sifatidatalqin qilinmasligi kerak.
Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu maqola intellektual mulk obyekti hisoblanadi, va uni ruxsatsiz nusxalash yoki tarqatish taqiqlangan.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
LiteFinance kompaniyasining 20-yillik yubileyi munosabati bilan $1.000.000 pullik mukofoti o'ynaladi.
Pul mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun ishonchli broker xizmatlaridan foydalaning va ballar to‘plang. Chellenjning tafsilotlari bilan bu yerda tanishing.
Savdoni boshlash
Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat