O'zi haqida:LiteFinance treyderlar blogining bosh muharriri , so'z va ishni yaxshi ko'raman.
Qiziqishlari: Sayohat va chet tillari, makroiqtisodiyot va kriptovalyutalar.
Davomini o'qish
Ma'lumoti: Yevropa biznes maktabi va Manxetten menejment institutida "Makroiqtisodiyot va xalqaro biznes" yo'nalishlari bo'yicha oliy ma'lumot.
Ish tajribasi: 2009 yildan boshlab LiteFinancening mijozlarni qo'llab-quvvatlash jamoasida faoliyat yurishni boshladim. 2013 yildan beri men mustaqil ravishda brokerlar uchun kontent yarataman, yangi narsalarni kashf etaman, Forex atrofidagi hodisalar va savdo mavzularida fikr va mulohazalarim bilan o'rtoqlashaman, bundan tashqari, mavjud kontentning dunyoning 30dan ortiq tillariga tarjima qilinish jarayonini boshqaraman. Kriptovalyutalarga investitsiya qilaman. Faqatgina jarayonlarni tushunishga qiziqishim sababli, Forex bozorida savdo qilib turaman.
LiteFinance treyderlar blogida nashr etiladigan materiallarni diqqat bilan tanlayman, mualliflar bilan ishlayman va blogni dunyoning 11 tilida taqdim etilishini ta'minlayman. Kutilayotgan asosiy makroiqtisodiy voqealarni har haftalik sharhini tayyorlayman va ularning narxlarga ta'sirini tahlil qilaman.
O'zi haqida: mustaqil tahlilchi va treyder.
Ixtisosligim - bu texnik tahlillar va Elliotning to'lqinli tahlili. Ishda asosiy e'tiborimni muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga asoslangan to'lqinli tahlil qilish va Fibonachchi korrektsiyalari va kengayishlarini tahlil qilishga qarataman.
Davomini o'qish
Ma'lumoti: "Tadbirkorlik, savdo va birja faoliyati" mutaxassisligi bo'yicha oliy iqtisodiy ma'lumotim bor.
Ish tajribasi: 2008 yildan beri Forex savdosi bilan shug'ullanaman, 2013 yildan beri valyuta bozori bo'yicha chuqur tahlil bilan shug'ullanaman, 2015 yildan beri Rossiya iqtisodiyoti va AQSh fond bozori bo'yicha turli treyding portallari uchun tahlillar tayyorlab kelaman.
LiteFinance treyderlar blogida USD, CAD, EUR, JPY, GBP, CHF vositalari bo'yicha haftalik to'lqinli tahlilni nashr etaman.
O'zi haqida: mustaqil tahlilchi, savdogar va aktivlar bo'yicha boshqaruvchi.
Men pulni boshqarishning konservativ tamoyillariga amal qilaman va bozorda "asta yursangiz - uzoq marralarga yetasiz"degan gapga ishonaman.Davomini o'qish
Ish tajribasi: 2013 yildan beri bozorlarni tahlil qilish va savdo bilan shug'ullanaman. Men valyuta va xom ashyo bozorlarini texnik tahlil qilishga ixtisoslashganman. Tahlillarimni fyuchers bozorining spot bozori (marja zonalari) bilan o'zaro bog'liqligini asos sifatida olgan holda amalga oshiraman. Savdo vositalari: EUR / USD, GBP/USD, USD/CAD, USD/JPY, GOLD, WTI. Savdo bo'yicha amaliy vebinarlar va savdo strategiyalari asoslari bo'yicha nazariy vebinarlar muallifi va boshlovchisiman.
LiteFinance treyderlar blogida kundalik maqolalar va video sharhlarni nashr etaman, unda men o'z metodikam bo'yicha neft va qimmatbaho metallarni texnik tahlilini qilaman.
O'zi haqida: tizim treyderi, o'qituvchi va tahlilchi.
Menimcha, har qanday biznesda (va shu jumladan treydingda ham) o'zini tanimasdan va o'z tafakkuri ustida ishlamasdan katta muvaffaqiyat qozonish mumkin emas. Men texnik tahlilni afzal ko'raman.Davomini o'qish
Education: A degree in Economics.
Savdo tajribasi: Forex va RTS (Forts) saytlarida savdo bilan shug'ullanaman.
Savdoda o'zimning qaror qabul qilish bo'yicha strategiyamga amal qilaman, uning natijalarini doimiy ravishda takomillashtirishga intilaman. Kirish ma'lumotlaridan faqat narx bilan ishlayman, savdo vositalaridan faqatgina gorizontal chiziqlardan foydalanaman. Strategiyani har qanday vaqt chegaralarigacha kengaytirish mumkin, ammo men o'zim "kunduzgi kirishlar"(day trayding)ni afzal ko'raman. Menimcha, narx o'zgarishlarini tushuntirmoqchi bo'lib, ularni bashorat qilish harakatida tuzilgan har qanday nazariyalar (oy fazalari ta'siridan tortib, yirik o'yinchilar va olomon haqidagi moda tendentsiyalarigacha) ularning ishonchliligini tekshirish imkoni yo'qligi sabab o'z-o'zini aldashdir; natijada — masalaning mohiyati yo'qoladi va ortiqcha ma'lumot yuki paydo bo'ladi.
2012-2013 - "yo'lning boshlanishi", narxning keyingi yo'nalishini indikatorlar yordamida bashorat qila oladigan indikatorli savdo strategiyamni yaratish yo'lida qilgan urinishim muvaffaqiyatsiz bo'ldi.
2013-2014 - texnik tahlilning nazariy qismini (Price action shamlari, Elliott to'lqinlari, gorizontal va qiya chiziqlar, shuningdek ushbu mavzu bo'yicha o'qilgan bir talay kitoblar) va risk-menedjmentni faol o'rgandim. O'rtacha muvaffaqiyatli urinishim ("taxminan 0" savdo) - kunduzgi taymfreymda "Price action" tahlili asosida oddiy savdo strategiyasini yaratish.
2014-2017 - LiteFinance kompaniyasi uchun onlayn vebinarlar o'tkazish va ayni paytda, gorizontal darajalardan savdoning nozik tomonlarini o'rgandim, bozor auksion nazariyasi va bir nechta savdo usullarini sinovdan o'tkazdim. "Instinktiv", tizimsiz savdo qarorlarini yo'q qilish va ularning sonini minimallashtirish ustida ishladim.
2016 yildan beri men o'z savdo tizimim va risklarni boshqarish qoidalariga asoslanib, ongli va tizimli savdo bilan shug'ullanaman. Tizimimning ishlashini yaxshilash uchun muntazam ravishda yangi savdo g'oyalarini ishda sinab ko'raman.
Shuningdek, treydingda mustaqil yo'lini boshlamoqchi bo'lganlar uchun individual konsultatsiyalar olib boraman. Ushbu konsultatsiyalarimda rivojlanishning to'g'ri vektorini ko'rishda va savdoda nima asos ekanligini va nima ortiqcha va foydasizligini tushunishda yordam beraman.
LiteFinance treyderlar blogida o'zimning savdo-sotiq bo'yicha tadqiqotlarimni nashr etaman, maqsadim yangi treyderlarga ko'rib chiqilayotgan mavzuning umumiy ko'lamini ko'rish va tushunishga yordam berishdir. Bu savdo qilish jarayonida samarasiz vositalarni qo'llash xavfidan ularni saqlaydi.
O'zi haqida: mustaqil tahlilchi va treyder.
Ma'lumoti: "Moliya va kredit" mutaxassisligi bo'yicha BDIU (Minsk) bitiruvchisi, BDIU aspiranturasini "Moliya, pul muomalasi va kredit" mutaxassisligi bo'yicha tamomlaganman:Davomini o'qish
Ish tajribasi: 2010 yildan beri bozorlarni tahlil qilish bilan shug'ullanaman. Investkafe (2011-2017) bilan hamkorlik qilish tajribasiga egaman, 2012 yildan beri chakana FX brokerlari, shu jumladan LiteFinance bilan hamkorlik qilaman, tahliliy va o'quv materiallarini taqdim etaman. Uyg'un savdo modellaridan foydalangan holda, (FOREX, qimmatbaho metallar, neft) fundamental tahlildan foydalanish tarafdoriman. 2004 yildan beri treyder, 2014 yildan beri esa aktivlar bo'yicha menedjer sifatida faoliyat yuritaman.
LiteFinance treyderlar blogida valyuta juftliklari bo'yicha kunlik tahliliy sharhlarni nashr etaman. Haftaning asosiy voqealarini yoritib, ularning ta'sirini tahlil qilaman. "Forex nishon ostida" video sharhlar rubrikasini yuritaman. Mening "Galstuksiz Forex" bo'limim alohida e'tiborga loyiqdir, u yerda men dolzarb mavzularni muhokama qilaman va treyderlar uchun qiziqarli ma'lumotlarni erkin shaklda baham ko'raman.
O'zi haqida: tahlilchi va boshqaruvchi treyder.
Jon Merfining bozorlararo texnik tahlilini zamonaviy sharoitlarga moslashtirib undan faol foydalanaman. Men savdo va investitsiyalarda Larri Uilyams tomonidan ishlab chiqilgan COT CFTC hisobotlari bo'yicha treyderlarning pozitsiyalarini tahlil qilish usuliga, shuningdek optsionlar dinamikasiga tayanaman. Men moliyaviy bozorlar va kriptovalyutalarni klassik texnik tahlil qilish ko'nikmalariga egaman.Davomini o'qish
Savdo tajribasi: 2006 yildan beri moliya bozorlarida savdo va investitsiyalar bilan shug'ullanaman. Bozor ixtisosligim - Forex, tovar va fond bozorlari, fond aktivlariga investitsiyalar, ETF, PIF va qimmatbaho metallar. Men Markaziy banklarning siyosatini kuzataman va investitsiya g'oyalarini tahlil qilib ularni amalda qo'llayman.
LiteFinance treyderlar blogiga ikkita mavzu bo'yicha video sharhlarni nashr etaman: e'tiborni talab qiladigan vaziyatda bo'lgan valyuta juftliklari bo'yicha ko'p faktorli tahlil; savdo strategiyalarini tahlil qilish va treyding bo'yicha video o'quv qo'llanmalari.
O'zi haqida: 6 yildan ortiq tajribaga ega mustaqil tahlilchi va kriptotreyder.
Men doimiy rivojlanishga va Stiven Kovi aytgani kabi "boltani o'tkirlab turish"ga intilaman.
Intellektual va ilmli odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko'raman, lekin odamlarning o'zida insoniylik va insonparvarlik kabi hislatlarni hamma narsadan ham ustun qo'yaman. Va men eng katta g'alaba - bu insonning o'z ustidan qilgan g'alabasi deb hisoblayman!
Davomini o'qish
Ma'lumoti: Oliy iqtisodiy, MBA.
Qiziqishlari: Pul oqimlarini o'rganish, sarmoya kiritish va kapitalni ko'paytirish imkoniyatlarini izlash, iqtisodiy va biznes modellarini yaratish, savdo strategiyalari va savdo tizimlarini qurish, ICO auditi, texnik va fundamental tahlillar.
Savdo tajribasi: 2007 yildan beri Forex, MBVB, kriptovalyuta maydonlaridaman.
Savdoda men fundamental va texnik tahlillarning kombinatsiyasini qo'llayman, bozorning yirik ishtirokchilari faoliyatini kuzataman va bozor sharoitlarini barcha muddatlarda, ikki oydan 5 daqiqagacha bo'lgan davr diapazonida tahlil qilaman.
Men pozitsion savdo, trend bo'yicha savdo, QFL bo'yicha ishlashni afzal ko'raman.
Men 2017 yildan beri bepul onlayn treninglar o'tkazaman va minglab obunachilarim bilan savdo tajribamni baham ko'rib kelmoqdaman.
Men 2014 yildan beri kriptovalyuta savdosidaman. Kriptovalyutaning eng yomon qulash davrini boshdan kechirdim va depozitimni saqlab qoldim.
Yutuqlari: Muntazam ravishda www.tradingview.com vebsaytining kripto-tahlilchilari orasida kunlik, haftalik va oylik reytinglarning eng yaxshi o'rinlarini egallab kelaman.
Maqsadi: Kriptovalyuta dunyosining global reytingida top-10 tahlilchilari qatorida bo'lish.
LiteFinance treyderlar blogida kriptovalyutalar, xom ashyo, aktsiyalar va valyuta juftliklari bo'yicha tahlillarni nashr etaman, shuningdek qiziqarli va ishlaydigan savdo strategiyalari keltirilgan batafsil tadqiqot maqolalarini yozaman.
About me: I am a risk-manager, a trader and an economic analyst with practical work experience in large financial structures.
Ma'lumoti: Oliy iqtisodiy (Bank Akademiyasi)
Davomini o'qish
Ish tajribasi: Kredit risklarini boshqarish sohasida 7 yildan ortiq ishlaganman. 3 yildan ortiq vaqt davomida jahon tovar-xomashyo, valyuta, fond bozorlari, shuningdek, nostandart investitsiya bozorlari (kriptovalyuta, xayplar, kraudlending) kabilarni tahlil qilish bo'yicha faoliyat olib borganman. Sharhlar tayyorlayman, bloglar yuritaman, treyderlar psixologiyasini o'rganaman.
Savdo tajribasi: 2014 yildan beri savdoda (MBVB, Forex va optsionlar). Fond bozori va ETFni afzal ko'raman.
Yutuqlari: men ular bilan maqtanmaslikni afzal ko'raman, tajribam va bilimimni amalda isbotlayman.
LiteFinance treyderlar blogida men kriptovalyuta bozori vositalarini va ularning narx tendentsiyasini tahlil qilaman. Men patternlar va qonuniyatlarni qidiraman, asosiy omillarni baholayman va o'z xulosalarim va kashfiyotlarimni blog obunachilari bilan baham ko'raman. Savdo strategiyalari bo'yicha o'z tajribam va g'oyalarimni yetkazadigan sharhlarni nashr etaman, shuningdek treyderlar uchun foydali bo'lgan materiallarni tadqiqoti bilan shug'ullanaman.
O'zi haqida: mustaqil treyder, tahlilchi va aktivlar bo'yicha boshqaruvchi. Ko'p yillik ish tajribasi va mualliflik uslubiga ega o'qituvchi.
Ma'lumoti: Oliy iqtisodiy. Moliya va kredit mutaxassisligi bo'yicha Baltika Iqtisod va Moliya Instituti bitiruvchisiman.
Davomini o'qish
Ish tajribasi: Savdodagi yo'limni 2006 yilda boshlaganman. Shu paytdan boshlab hozirgi kungacha fond va valyuta birjalaridagi savdolarning faol ishtirokchisi bo'lib kelmoqdaman.
2010 yildan 2015 yilgacha mashhur "SmartLab" treyderlar blogida faol ishtirokchi va muvaffaqiyatli maqolalar muallifi edim. Moskva birjasida o'tkaziladigan "Eng yaxshi xususiy investor" boshqaruvchilar tanlovining ko'p marotaba ishtirokchisi bo'lganman.
2012 yildan 2014 yilgacha "UBS Investment" xalqaro birja savdo akademiyasida o'qituvchi sifatida faoliyat yuritganman.
2014 yildan 2015 yilgacha - "Share4you" tizimida aktivlar bo'yicha boshqaruvchi
2017 yildan hozirgi kungacha - "Ijtimoiy treyding" tizimida aktivlar bo'yicha boshqaruvchi
2006 yildan beri valyuta birjasida ishlayman.
2012 yildan beri fond birjasida faoliyat olib boraman.
2014 yilda men FORTS fyucherslari va optsionlari bozorida savdo qilishni boshladim.
Men uchta mualliflik strategiyalarimni ishlab chiqdim. Asosan texnik tahlilni afzal ko'raman.
2018 yilda men DL IT kompaniyasi uchun individual treyderlarni tanlash bo'yicha ekspert sifatida qatnashdim.
Ayni paytda, men "LF School" maktabida treyderlar va investorlar uchun o'quv kurslarini tashkillashtiraman va treninglar o'tkazaman.
Sizga foydali tavsiyalar berishdan va muvaffaqiyatli savdoning barcha nozik xususiyatlarini o'rgatishdan har doim mamnunman.
LiteFinance treyderlar blogida ikki yo'nalishda materiallarni nashr etaman: yangi boshlaganlar va profilar uchun o'quv materiallarini tayyorlash, shuningdek, o'zimning "TDS" strategiyam asosida tahliliy maqolalar yozish.
O'zi haqida: mustaqil tahlilchi va treyder.
Elliottning klassik to'lqin tahliliga ixtisoslashganman.
Davomini o'qish
Ish tajribasi: 2008 yilda Forex bozori bilan tanishib, turli xil texnik tahlillarni o'rganib chiqdim. Bir necha yil kvant tahlili bilan shug'ullandim, ammo bu usulning zaif tomonlarini ko'rgach, tahlilning yanada samarali usulini izlay boshladim. Shunday qilib, men to'lqin tahlili bilan tanishdim. 2012 yildan beri Elliott to'lqin patternlari yordamida valyuta bozorini chuqur tahlilini amalga oshirib kelmoqdaman.
LiteFinance treyderlar blogida asosiy kriptovalyutalarning to'lqin tahlili bo'yicha haftalik maqolalar va video sharhlarni nashr etaman.
O'zi haqida: treyder va ma'lumotim bo'yicha filologman, o'zimning bosma gazetamni nashr etganman.
Ish tajribasi: 2005 yildan treyding orqali pul ishlashni boshladim. Birjada birinchi muvaffaqiyatimni Fransiya va Niderlandiyada Yevropa konstitutsiyaning qabul qilinishi munosabati bilan yevro arzonlashgan bir paytda qo'lga kiritganman. 2008 yilda fond bozorining faol qulashi paytida savdodagi eng birinchi jiddiy sinovni boshdan kechirdim.Davomini o'qish
Qimmatli qog'ozlar bozorida muvaffaqiyatga erishdim. 2009 yilda o'z hisobimni yiliga 40 barobarga ko'paytirdim. Tovar va valyuta bozorida kamdan-kam savdo qilaman. Forex savdosida esa "ekzotik" valyutalarni afzal ko'raman, ular ba'zida faol ravishda devalvatsiyaga uchraydi. Menga uslubiy jihatdan mos kelgan Jek Shvagerni ustozim deb bilaman. Yaqin kelajakda savdo haqidagi kitobimni nashr etishni rejalashtirganman.
LiteFinance treyderlar blogida valyuta va fond bozorlari haqidagi g'oyalarimni baham ko'raman, tajribam va bilimlarim bilan o'rtoqlashaman, yangi boshlaganlar orasida mashhur bo'lgan mavzularni o'rganib chiqaman va savdo asoslarini oson tilda tushuntiraman.
Biz haqimizda: Claws & Horns — bu turli xil moliyaviy vositalarni texnik tahlil qilish va eng dolzarb prognozlar va signallarni tayyorlashga ixtisoslashgan mustaqil tahlil agentligi.
Kompaniya 2014 yilda tashkil etilgan va Kiprda, Limassol shahrida joylashgan. Claws & Horns mutaxassislari o'zlarining bashoratlarining aniqligi bilan o'zlarining benuqson obro'siga ega bo'lishdi. Bu taxminan 90% ni tashkil qiladi va ko'plab treyderlarning muvaffaqiyatli savdosining kalitidir.Davomini o'qish
Claws & Horns kompaniyasi sifatli tahlil har qanday professional treyderning asosiy ish vositasi deb hisoblaydi. Agentlikda tahlilning barcha turlari bo'yicha mutaxassislar bor bo'lib, ular FX, aktsiyalar, indekslar, tovarlar va kriptovalyutalar bo'yicha aniq prognozlar va savdo tavsiyalarini nashr etadilar.
O'zi haqida: fond, valyuta va kriptovalyuta bozorlarida ixtisoslashgan mustaqil treyder va tahlilchi.
Oliy iqtisodiy ma'lumoti bor.Davomini o'qish
His experience in investment and trading in the financial markets is more than three years.
He has increased his capital by more than ten times during his successful trading career.
In the LiteFinance trader blog, he publishes educational articles on trading based on candlestick analysis in the stock market, trading currency pairs, and cryptocurrencies.
O'zi haqida: mustaqil tahlilchi va treyder.
Ish tajribam: Mustaqil treyder va tahlilchiman. 2012-yilda, kriptovalyuta hali meynstrimga aylanishidan avval, mayning qilib o‘zimning dastlabki 11 bitkoinimni topganman va yo‘qotishga ham ulgurganman. Faoliyatimni 2008-yilda Foreks bozoridan boshlaganman, texnik indikatorlarga asoslangan avtomatik savdo tizimlarni yaratganman. Hozirgi kunda kriptovalyuta bilan treyder sifatida emas, balki ko‘proq tahlilchi va investor sifatida shug‘ullanaman. Shuningdek fond birjasida aksiyalar bilan faol savdo qilaman. Treyding, texnik indikatorlar va iqtisodiy tahlillar haqida o‘z kanalimni yuritaman.
Davomini o'qish
Ma'lumotim: Navigatsiya va stabilizatsiyani ta'minlovchi uskunalar va tizimlar, shuningdek iqtisodiyot va tadbirkorlik.
Qiziqishlarim: Kriptovalyutalar, fundamental va texnik tahlil, blokcheyn ma’lumotlarini tahlil qilish.
LiteFinance blogida texnik indikatorlarning ishlashi va to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda samarali savdo strategiyalari bo‘yicha tadqiqotlarimni e’lon qilaman.