Noqonuniy yo'l bilan olingan pul mablag'larini legallashtirish - bu noqonuniy faoliyat (firibgarlik, korruptsiya, terrorizm va boshqalar) natijasida olingan pul yoki boshqa pul-kredit vositalarini qonuniy ko'rinadigan pul yoki investitsiyalarga aylantirish harakati bo'lib, ularning noqonuniy manbasini kuzatib bo'lmaydi.

LiteFinance Global LLC mijozi, agenti yoki xodimi tomonidan noqonuniy ravishda olingan pul mablag'larini legallashtirishga urinish fakti aniqlangan holatlar yuzaga kelganda, Kompaniya ichki va xalqaro qonunchilikka muvofiq tarzda, yuqorida ko'rsatilgan holatlar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarning oldini olishga qaratilgan barcha zarur choralarni qo'llaydi.

LiteFinance kompaniyasi tomonidan  pul yuvish bilan kurashish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

LiteFinance kompaniyasi jinoiy yo'l bilan olingan mablag'larni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunlarga rioya qiladi (AML/KYC). Davlat organlariga mablag'larni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda yordam berish uchun barcha moliyaviy tashkilotlar hisob egasini indetifikatsiyalovchi ma'lumotlarni to'plash, tekshirish va saqlashga majburdirlar. Shu maqsadda LiteFinance kompaniyasi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish va jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirish bo'yicha ichki tizimni ishlab chiqqan. Ushbu tizim mijozning identifikatsion ma'lumotlarini hujjatlashtiradi, tekshiradi va barcha bitimlar bo'yicha batafsil hisobotlarni yuritadi va kuzatib boradi.

Noqonuniy ravishda olingan pul mablag'larini legallashtirishga qarshi kurashish dasturi doirasida LiteFinance kompaniyasi quyida tavsiflangan protseduralarga amal qiladi:

Mijoz identifikatsiyasi

Noqonuniy ravishda olingan pul mablag'larini legallashtirishga qarshi qonunlarnining ijrosini ta'minlash maqsadida, LiteFinance kompaniyasi mijozdan uning shaxsini tasdiqlovchi ikkita hujjatni taqdim etishni talab qiladi. Biz talab qiladigan birinchi hujjat - bu mijozning yurisdiktsiya hukumati tomonidan chiqarilgan, mijozning fotosurati tushirilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. Bu hukumat tomonidan chiqarilgan pasport, haydovchilik guvohnomasi (haydovchilik guvohnomasi asosiy identifikatsiya hujjati sanalgan mamlakatlar uchun) yoki mahalliy shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma (korporativ kirish kartalari bundan mustasno) bo'lishi mumkin. Biz talab qiladigan ikkinchi hujjat - mijozning to'liq ismi va haqiqiy manzili ko'rsatilgan, muddati 3 oydan oshmagan to'lov hujjatidir. Bu xizmatlar uchun to'lov hisobi, bank ko'chirmasi, notarial guvohnoma yoki xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotdan mijozning ismi va manzili ko'rsatilgan boshqa har qanday hisob hujjati bo'lishi mumkin.

Depozitni amalga oshirish uchun bank kartasidan foydalanilgan taqdirda, kompaniya ikki kun ichida kartaning old va orqa tomonlarining rangli to'liq o'lchamdagi nusxalarini taqdim etishni talab qiladi. Kerakli hujjatlarni o'z vaqtida taqdim etishdan bosh tortish, savdo hisobining bloklanishi va pul mablag'larining jo'natuvchiga qayta yuborilishi uchun asos hisoblanadi. Kartaning old tomonida birinchi oltita va oxirgi to'rtta raqamlar, shuningdek karta egasining ismi va kartaning amal qilish muddati ko'rsatilgan bo'lishi shart. Kartaning orqa tomonida egasining imzosi bo'lishi kerak. CVC/CVV kodi yashiringan bo'lishi kerak. Imzo namunasi VISA va Mastercard to'lov tizimlari qoidalariga ko’ra,imzo uchun mo’ljallangan maxsus chiziqda joylashgan bo'lishi shart. Agar kartada egasining ismi ko'rsatilmagan bo'lsa yoki virtual kartadan foydalanilsa, u holda kompaniya bir vaqtda ham karta raqami, ham karta egasining ismi aks ettirilgan bank hisobidan olingan skrinshotni yoki bank hisobvarag'idan ko'chirmani taqdim etishni talab qiladi. 

Mijoz profilini ro'yxatdan o'tkazishda ko'rsatilgan telefon raqamini o'zgartirish uchun biz mijozdan, yangi raqamga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatni (uyali aloqa provayderi bilan tuzilgan shartnoma) va mijoz o'z yuzining yonida ushlab turgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat fotosuratini taqdim etishni talab qilamiz. Mijozning ikkala hujjatdagi shaxsiy ma'lumotlari bir-biriga mos kelishi lozim.

Mijozlar tegishli identifikatsion ma'lumotlarni taqdim etishlari va undagi har qanday o'zgarishlar to'g'risida darhol xabar berishlari shart.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo'lishi kerak. Aks holda, hujjat rasmiy tarjimon tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak; ushbu hujjat tarjimon tomonidan imzolanishi va egasining aniq fotosuratini o'z ichiga olgan asl hujjatning nusxasi bilan birga yuborilishi lozim.

Kuzatish va hujjatlashtirish

LiteFinance kompaniyasi shubhali harakatlar/operatsiyalarni diqqat bilan kuzatib boradi va ushbu harakatlar to'g'risida o'z vaqtida tegishli organlarga xabar beradi. Xalqaro Qonunchilik bazasi bunday ma'lumotlarni yetkazib beruvchi kimsalar uchun huquqiy himoyani ta'minlaydi.

Naqd pul to'lovlaridan voz kechish

Pul yuvish va terroristik harakatlarni moliyalashtirish xavfini minimallashtirish uchun LiteFinance kompaniyasi depozit sifatida naqd pul qabul qilmaydi va hech qanday holatda naqd pul to'lamaydi.

PEP monitoringi

Mijoz Profilini verifikatsiya qilish bo'limida tegishli bandni tanlash orqali, mijoz o'zining "siyosiy ahamiyatga ega shaxs" maqomi haqida ogohlantirishi va e'lon qilingan maqomni tasdiqlovchi va mijoz tomonidan depozit uchun foydalaniladigan mablag'larning kelib chiqish manbasini tushuntiruvchi hujjatlar nusxalarini taqdim etishi shart. Siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxs (PEP) - bu o'tmishda yoki hozirda muhim ijtimoiy funktsiyalar zimmasiga yuklatilgan va ularni bajarib kelayotgan shaxsdir. Bunday shaxslar ro'yxatiga quyidagilar kiradi:

a) davlat rahbarlari, hukumat rahbarlari, vazirlar va vazirlarning o'rinbosarlari yoki yordamchilari;

b) parlament a'zolari yoki shunga o'xshash qonun chiqaruvchi organlar;

c) siyosiy partiyalarning boshqaruv organlari a'zolari;

d) qarorlari shikoyat qilinmaydigan oliy sudlar, konstitutsiyaviy sudlar yoki boshqa yuqori darajadagi sud organlari a'zolari, alohida mustasno holatlardan tashqari;

e) hisob palatalari yoki markaziy banklar kengashlari a'zolari;

f) elchilar, elchlarning o'rinbosarlari va yuqori martabali qurolli kuchlar ofitserlari;

g) davlat korxonalarining ma'muriy, boshqaruvchi yoki nazorat qiluvchi organlari a'zolari;

h) direktorlar, direktorlar o'rinbosarlari va direktorlar kengashi a'zolari yoki xalqaro tashkilotlarda shunga o'xshash lavozimlarni egallagan shaxslar;

i) hokimlar.

(a) - (i) bandlarida ko'rsatilgan hech bir davlat lavozimi, o'rta yoki quyi darajadagi mansabdor shaxslarga tegishli deb tushunilmasligi lozim.

"Oila a'zolari" quyidagilarni o'z ichiga oladi:

a) (PEP) siyosiy ahamiyatga ega shaxsning turmush o'rtog'i yoki unga tenglashtirilgan deb hisoblanuvchi shaxs;

b) (PEP) siyosiy ahamiyatga ega shaxsning farzandlar va ularning turmush o'rtoqlari yoki turmush o'rtoqlariga tenglashtirilgan deb hisoblanuvchi shaxslar;

c) siyosiy ahamiyatga ega shaxsning ota-onasi.

"Yaqin hamkorlar" quyidagilar hisoblanadi:

a) (PEP) siyosiy ahamiyatga ega shaxs bilan birgalikda yuridik shaxslar yoki yuridik tashkilotlar bo'yicha benefitsiar egalik huquqiga ega bo'lgan yoki ular bilan boshqa har qanday yaqin ish munosabatlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar;

b) (PEP) siyosiy ahamiyatga ega shaxsning faktik manfaati uchun tashkil etilganligi ma'lum bo'lgan yuridik shaxs yoki yuridik tashkilotning yagona benefitsiar egalari bo'lgan jismoniy shaxslar.

Siyosiy ahamiyatga ega shaxs (PEP) depozit uchun mablag'larning kelib chiqish manbasini tushuntiruvchi hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan holda, kompaniya unga xizmat qilishni rad etishga va mablag'larni jo'natuvchiga qaytarishga majburdir.  LiteFinance kompaniyasi ma'lumotni yangilash maqsadida, bir marta tasdiqlangan siyosiy ahamiyatga ega shaxs (PEP) uchun har yili identifikatsiya jarayonini qayta o'tkazish majburiyatini o’z bo’yniga oladi.

Shubhali operatsiyalarni o'tkazishdan voz kechish

LiteFinance kompaniyasi har qanday bosqichda tranzaktsiyani rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi, agar kompaniya tranzaktsiya pul yuvish yoki jinoiy faoliyat bilan bog'liq bo'lishi mumkin deb hisoblasa. Xalqaro qonunchilikka muvofiq, LiteFinance kompaniyasi mijozga tegishli organlar tomonidan uning faoliyati shubhali deb topilganligi to'g'risida xabar berishga majbur emas.

Tizimni yangilash

LiteFinance barcha tegishli qonun hujjatlariga muvofiq elektron operatsiyalarni tekshirish tizimini va mijozlar idenidentifikatsion ma'lumotlarini muntazam ravishda yangilab turadi.

Ma'lumotlarni saqlash

Mijoz profiliga, sayt/ilova orqali mijozning savdo hisob raqamlariga va savdo platformalariga kirish huquqi bekor qilinganidan so'ng, quyidagi turdagi ma'lumotlar 5 yil davomida saqlanadi:

Jismoniy shaxs Mijozlar uchun

Shaxsiy ma'lumot:

Moliyaviy ma'lumotlar:

Rasm va videolar:

Yuridik shaxs Mijozlar uchun

Ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari:

Moliyaviy ma'lumotlar:

Rasm va videolar:

To’lov siyoati: pulni yechib olish va to’ldirish

Bizning kompaniyamiz Skrill to'lov tizimlari va bank kartalaridan foydalanilganda, to'lovlarni qaytarish xizmatini amalga oshirmasligini e'tiborga olishingizni so'raymiz. Savdo hisobingizdan ushbu tizimlardan biriga pul yechib olish uchun, Mijoz Kabineti orqali ariza berish zarur. Mablag'lar 3 ish kuni ichida hamyoningizga tushadi. Agar mablag'lar savdo qilish oqibatida yo'qolgan bo'lsa, afsuski, ularni qaytarib berish xizmati orqali qaytarib bo'lmaydi. Savdo boshlanishidan oldin risklar haqida ogohlantirish bilan tanishib chiqing: https://litefinance.uz/riskdisclosure/.

LiteFinance Global LLC kompaniyasi hisobni to'ldirish operatsiyasi paytida, mablag' jo'natuvchisining ismi, hisobni ro'yxatdan o'tkazishda ko'rsatilgan ismga to'liq mos kelishini talab qiladi (agar to'lov tizimi tomonidan mablag' jo'natuvchisining ismi ko’rsatilgan bo'lsa). Uchinchi shaxslardan to'lovlar qabul qilinmaydi.

Kompaniya mablag'larni to'ldirish va yechib olishning umumiy qabul qilingan tartibiga qat'iy rioya qilishni talab qiladi. Pul mablag'lari hisob to'ldirishda foydalanilgan huddi o'sha hisobga va huddi o'sha usul bilan yechib olinishi mumkin. Mablag'larni yechib olishda, qabul qiluvchining ismi kompaniya ma'lumotlar bazasidagi mijoz nomiga to'liq mos kelishi shart. Agar hisobni to'ldirish bank o'tkazmasi orqali amalga oshirilgan bo'lsa, mablag'lar faqatgina o'sha bankdagi to'ldirish amalga oshirilgan hisob raqamiga huddi shunday bank o'tkazmasi orqali yechib olinishi mumkin. Agar hisobni to'ldirish elektron to'lov tizimi orqali amalga oshirilgan bo'lsa, pulni faqatgina hisobni to'ldirish paytida ishlatilgan hisobga va huddi o'sha to'lov tizimiga elektron to'lov qilish yo'li bilan yechib olish mumkin.

Noqonuniy ravishda olingan mablag'larni legallashtirishga qarshi kurashish tartib-qoidalariga rioya qilish maqsadida, mablag'larni yechib olish faqat hisobni to'ldirish vaqtida ishlatilgan valyutada amalga oshiriladi.

Mablag'larni bank kartalari yordamida chiqarishda, protsessing markazlari tomonidan to'lovlarni qayta ishlash talablarini bajarish uchun, mijoz profilini (telefon, elektron pochta, shaxs, manzil) majburiy to'liq verifikatsiya qilish talab etiladi.

Mablag'larni kriptovalyutalar yordamida chiqarishda to'lovlar xavfsizligini ta'minlash va mijozning mablag'larini himoya qilish uchun mijoz profilini (telefon, elektron pochta, shaxs, manzil) majburiy to'liq verifikatsiya talab etiladi.

Bizning tegishli tekshiruv jarayonimiz mijozlarni Refinitiv World-Check yordamida keng ma'lumotlar bazasi orqali muntazam nazorat qilish ishlarini o'z ichiga oladi. Ushbu bazada doimiy ravishda sanktsiyalar va terrorchilik harakatlari bo'yicha asosiy ro'yxatlar mavjud. Bu bilan biz, vijdonsiz shaxslarni platformamizga kira olmasligini ta'minlaymiz.

LiteFinance kompaniyasi istalgan vaqtda va o'z xohishiga ko'ra mijozlarni xabardor qilmasdan noqonuniy ravishda olingan pul mablag'larini legallashtirishga qarshi kurashish dasturini qayta ko'rib chiqish huquqiga ega. Mijozlar, xodimlar, agentlar va boshqa tegishli tomonlar ushbu dastur qoidalariga rioya qilish bo'yicha javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar.

Agar sizda qo'shimcha savollar paydo bo'lgan bo'lsa, iltimos, quyidagi elektron pochta orqali biz bilan bog'laning:

Follow us on social media
Jonli chat
Leave feedback
Live Chat